# Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 10 of 510
- Section: —
- Duration: 40 min
- Original title: Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/10
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/w7Urk6WGjYo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=w7Urk6WGjYo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/9.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/11.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:19] Qisqa va tez yo'lini topdim deb uzoq yo'lga tushib qolmagan. Insonni mana shu tezda, katta narsani topaman degan shoshqaloqligi riboga, qimorga, xoronga, qarzga kiritib qo'yadi. Nafs, pul hozir bo'lsin. Uy hozir bo'lsin. Mashina hozir bo'lsin, natija hozir bo'lsun deydi. Savol. Agar hozir bo'lmasa chi?

[0:53] Agar hozir bu bo'lmasa chi? Unda nima qiladi? Bitta odam aytadi, demak hali vaqti kelmabdi deydi. Men kutaman, halol mehnatimda turaman deydi. Ikkinchisi aytadi, halol yo'l juda ham sekin ekan. Boshqa yo'l qidirish kerak deydi. Xavf mana shu yerdan boshlanadi. Avval natija tezroq bo'lsa edi. Keyin bo'lsa, qanaqa qilib bo'lsa ham, deyildi. Mana shu joyda muammo boshlanadi. Mana shu ikkita jumlani orasidagi qanaqa qilib bo'lsa ham degansiz, insonni taqdirini o'zgartirib tashlashi mumkin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, birodarlar, katta kichik eshitib qo'yaylik.

[1:38] Anna nafsan lan tamu taxta tas takmila rizqaha. Payg'ambarimiz aytyaptilar, hech bir jon o'z rizqini to'liq olmagunicha o'lmaydi. Allohdan taqvo qilinglar va rizq talab qilishda chiroyli bo'linglar. Rizqning kechikishi sizlarni uni Allohdan ma'siyat qilish orqali talab qilishga olib bormasin.

[2:05] Sizlar aytayotgan narsa kelavermasa xoromga urmanglar o'zinglarni. Bu suhbatning markaziy jumlasi mana shu. Vala yaxmiyannakum istibutavur riski ala antotlubuhu bi ma'siyatinglar. Rizqinglarni kechikishligi sizlarni uni Allohga ma'siyat qilish orqali talab qilishga olib borib qo'ymasin.

[2:28] Yana bir oyatda hudu ma'alla va da'vumi harumi dedilar. Rizqinglarni kechikka ekanligi sizlarni gunohga olib borib qo'ymasin. Gunoh ishni qilib tur rizqimni topaman demanglar. Halolini olinglar, haromini tark qilinglar dedilar Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Qoida. Harom rizqini yaqinlashtirib qo'ymaydi. Halol rizqini uzoqlashtirib qoidaydi. Tushunarlimi? Harom amal rizqini tezlashtirib yubormaydi, halol amal rizqni uzoqlashtirib yuba olmaydi.

[3:06] Ahmad taqvoliy yigit haromni yoqtirmaydi. Yaxshi yigit, namoz o'qiydi, halolda hol edi. Lekin rizq masalasida ozgina shoshilib ketadi. Tushungin, baraka topgur. Sen onangni qornida yuz yigirma birinchi kunga yetganingda farishta kelib, seni taqdiringga to'rtta narsani yozib qo'ygan. Shuni birinchisi rizqing. Ikkinchisi ajaling. Uchinchisi amaling, to'rtinchisi baxtli yoki baxtsiz bo'lishing. Birinchi nima yozilibdi?

[3:40] Rizq. Sen uni tezlashtira olmaysan. Boshingni toshga ur. O'tdan cho'qqa ur. Seni qo'lingda uni sababi bor xolos. Shoshilma. Mana shu shoshqaloqlik insonni haddidan oshib yuboradi. Qarang da. Avval maqsad halol edi. Uyli bo'lishim kerak. Yaxshi maqsad. Tezroq uyli bo'lishi kerak. Hali muammo emas. Uch to'rt yil kuta olmayman. Mana bosim boshlandi. Protsentga bo'lsam, uy olib turing. Mana endi ketdi. Maqsadi halol uyli bo'lish, lekin vosita buzildi, vosita halol bo'ldi.

[4:21] Uyli bo'lishim kerak, yaxshi maqsad. Tezroq uyli bo'lishim kelay. Hali muammo yo'q. Uch to'rt yil kuta olmayman. Bosim boshlandi. Protsentga bo'lsa ham olib turaveray. Mana ketdi endi. Yana bir yigit aytadi, avvaliga oilamni yaxshi ta'minlasam bo'ldi deydi. Keyin ta'minlaydi. Keyin oddiy biznes qilsam uzoq vaqt ketar ekan, degan fikrga keladi. Keyin bir oyda ikki barobar foyda bor degan taklif chiqadi. Iymonaql aytadi, bu halolmi? Shariatda nima deyilgan? Bu sistema qanaqa ishlaydi? Shunaqa deyish kerak edi. Ammo nafs nima deydi? Qancha topamiz deydi. Qancha topamimiz deydi. Natijaga shoshilish insonning savollarini ham o'zgartirib qo'yadi.

[5:11] Natijaga shoshingiz inson o'ziga berish kerak bo'lgan savollarni ham almashtirib qo'yadi. Mo'minni birinchi savoli qanaqa bo'lishi kerak edi? Necha pul topamiz, qancha chiqadi emas. Mo'minni berilgan birinchi beradigan savoli, bu mol menga halol yo'l bilan kelyaptimi, yo'qmi? Mana shu savolni berish kerak. Chunki Alloh Taolo aytadi, astajibilla, ya yo'qilladingna amanu la ta'qulu ammu alakum baynakum bilbatil. Ey mo'minlar, mollaringizni o'zaro botil yo'llar bilan yemanglar. Shuning uchun iymon aytish kerak edi, mo'minni iymon aytish keladi, shu pul halolmi? Shu tijoratni qilsam Alloh men qilgan ishga kirib qolmaymanmi? Demak, katta foyda va tez natija shariatdagi birinchi tarozi birinchi o'lchov emas. Qaytaramiz. Katta foyda u tez natija shariyatdagi birinchi mezon emas.

[6:11] Avval yo'li halolmi? Botilmasmi? Ha. Botilmas, yo'li. Unda qancha foyda topamiz? Uchinchi savol bu. Qancha topamiz degani. Risk qilmagan, haligina qanaqa narsa ichmaydi deydi. Riskovat qilmagan, hali gina ichmaydi deydi da. Akalar, bu buzuvchi o'lchov emas. Islom o'zi mana shu biz aytayotgan riskni harom qilmagan. Tijoratda, yangi biznesda, mahsulot chiqarishda risk bor. Hisob kitob qilib bo'lmay qolishi ham mumkin. Buyog'i endi biz aytayotgandek, tavakkal ketadi. Mo'min qo'rqoq bo'lmaydi. Hisoblaydi, maslahat oladi, istixora qiladi, keyin tavakkal qiladi. Ammo birodarlar, tavakkal qimor emas. Qimoq tavakkal degani emas. Tavakkal o'n ming dollar qo'yachi, bo'lsa srazu yigirma ming bo'ladi deydi. Bo'lmasa chi?

[7:05] Bo'lmasligi to'qson to'qqiz foiz, bo'lishi yuz ga bir shans desa o'n ming tikib yuboradi da. Demak, tavakkal degani qimor emas. Qimor degani tavakkal emas. Tijoratda mahsulot yoki xizmat, mehnat bozor bor. Qimorda bo'lsa, pulni noaniq natijaga tikadi, omad kelsa birdaniga ko'payishadi, imkoniyati bor, yoki bo'lmasam kuyib ketishlik imkoniyati bor. Riskovat qilayotgan narsa o'zingizniki bo'lsin. O'zingizni ellik ming dollaringiz bormi, ellik ming dollarga riskovat qiling. Ukalar, eshitib qo'yinglar. Kuyib ketsangiz, nol bo'ldingiz, boshidan boshlaysiz. Ammo o'zingizniki bo'lmagan, qarzga olingan ellik ming dollarni olib turib riskovat qilsangiz nima bo'ladi? Xonavayron bo'lasiz. Tushundinglarmi? Biznesga endi kerak ekan ukalar. O'zinglarni kapitalinglardan oshish anasiga riskovat qilmanglar.

[7:58] Risk bor akalar. Tavakkal deb qo'yamiz bu narsani. Islom ana shu riskni o'zini harom qilmaydi. Chunki tijoratda, ishlab chiqarishda, yangi biznesda biz aytaylik mana shu xatar, risk bor. Mo'min odam qo'rqoq bo'lmaydi. Lekin aqlli xushligi u. Hisob kitob qiladi, maslahat oladi, istixora qiladi, keyin tavakkal qiladi. Riskovat qiladi bizning tilida. Ammo birodarlar, tavakkal degani bu qimor degani emas. Qimorda pulni tikadi, yo bo'ladi, yo bo'lsin. Lekin tijoratda nima? Mahsulot bor, ishlab chiqarish bor, xizmat bor, mehnat bor. Shuning uchun u tavakkal, tijoratdagi tavakkalni riskini u qimordagi riskga tavakkalga o'xshatib bo'lmaydi.

[8:49] Alloh azza va jalloh Qur'onda marhamat qiladi, astaydu billah. Ya yo'qalladina amanu, indamal xomruval, maysiruval, ansobuval, azlamu ridusum min amal ish shayton, fajitani buhu la'alla kun tufli hun. Ey mo'minlar, albatta aroq, qimor, butlar, cho'plar bilan pol ochishlik, folbinlik qilishlik, shayton amalidan bo'lgan haromishdir. Bas, najot topish uchun ulardan uzoq bo'linglar. Ya'ni o'ynamanglar emas, yaqin bormanglar deb aytyapti. Uning sari telefonimizda biror narsani bossang, darrov shu internet qimor, qimor pullajeniyalarda doim bizga nima qilib turadi? Reklama qilib turadi. Oltmish ming so'm bekorga oling deydi. Ya'ni bir balo qilib uylashtiradi da sizni. Alloh taolo aytadi, mana shu ichkilik, qimor, sababli shayton o'rtalaringizga bug'zi adovat solishni hamda sizlarni allohni zikr qilishdan va namozdan to'sishni istaydi xolos, endi to'xtarisizlar.

[9:57] Shayton qimorga chaqirayotib, birinchi kun iymoningni ber demaydi. Bir marta sinab ko'r deydi. Bir marta deydi. Futbolga tikib ko'r deydi, sen futbolni tushunasan deydi. Qaysi klub kuchli, qaysini zaif bilasan? Sen boshqalardaqa emassan. Bir marta yuksang bo'ldi, qaytib o'ynamaysan deydi. Pulni olasan, chiqib ketasan deydi. Mana shu qimorga qo'l urgan yosh yigitni eng katta dushmani birinchi yutuq. Yutib oldimi? Bo'ldi, ilashdi. Birinchi marta oson pul ko'rsa, ana shu mehnat haqidagi tushunchasi buziladi.

[10:35] Shu yerda bir narsani aytib o'tishimiz kerak. Mana yosh boy birodarlarimiz bor. Yoshi o'ttiz besh ga, qirq ga, qirq besh ga kirgan. Sizlarga tegishli gap. Albatta pul o'zinglarniki, xohlaganinglarni qilasizlar. Ammo o'n ga, o'n ikki ga, o'n besh ga kirgan o'g'illaringlarga, qizlaringlarga bolam ko'chada bemalol yursin, o'rtoqlarini oldida bo'yni qisilmasin, meni bu yoshimda bunchalik imkoniyatim yo'qdi deb turib, qo'liga kattagina pulni berib qo'yasiz. Shu bilan bolamga yaxshilik qildim deb o'ylaysiz. Eshitib qo'yinglar. Yosh o'spirinlar uchun qo'lida doim katta pul bo'lishi yaxshi ish emas.

[11:20] O'zi eski gap bor. Pulsizlik qizni aynitadi, pulni ko'pligi yigitni. Agar bir hafta ishlab, bir besh ming so'm topadigan bo'lsa, bu pulni qadrini biladi, o'ylab ishlatadi. Iqlim chiqimlarini bir qator ellik dan o'tkazadi, tejaydi. Tartibga o'rganadi, isrofdan qochadi. Ammo kun ora qo'liga yuz dollardan berib tursangiz nima bo'ladi? Bu pulni qanday kelganligi, bu pulni qaddini qiymati bo'lmaydimi? Endi isrofiga o'rganadi. Endi mehnat qilib agar bir haftada yuz dollar topadigan bo'lsa, ana shu pulini o'rniga sarflashga harakat qiladi. Shuning uchun birdaniga shu qo'liga katta pul kelib qolsa yoki doimiy suratda ota onasi unga bir pul berib turadigan bo'lsa, bu keyinchalik pul haqidagi, mehnat haqidagi tasavvur buziladi.

[12:12] Payg'ambarimiz aytadilar, innalloha karihalakum salatan. Alloh sizlar uchun uchta narsani yomon ko'rdi. Qiylab vaqol, mish mish gaplar, quyidagi gap so'zlarni va ido atal mal, molni zoyi qilishlikni va kattalatol suval, savolni ko'p berishlikni. Tasavvur qiling, bir yosh yigit bor, besh ming dollar oborot qiladi. Aytishadiki, bir besh yuz dollarni qimorga tikmaysanmi deydi. Hech qancha emas, o'n foizda deydi. Tikadi, yuk uzadi. Endi ikkinchi marta tika ekanda nimada tikadi u? Shu pulimi? Bilarkan sizlar a? Endi deydi, qaytarib olaman deydi. Endi boshida besh yuz dollar tikib turib, uni besh ming qilish edi, foydada ko'rish edi, ko'paytirish edi. Endi yut tuzib qo'ygandan keyin maqsad o'zgarib qoldi. Endi uni qaytarib olish kerak deydi. Keyin qolgani ham ketadi. Shayton aytadi, bitta yutsang deydi, hammasi to'lanib ketadi deydi. Mana shu qimorning eng xavfli yolg'onlardan bittasi mana shu. Bitta yutsang, hamma yoq yopilib ketadi deydi.

[13:22] Endi bu yerda qimorga kirgan yoshlar yana bitta muammoni bilib qo'yishlari kerak. Bu yerda faqatgina bir finansoviy, moliyaviy muammo emas. Bu yerda luqumani muammosi ham bor. Haromga kirib, qimormidi, ribo'midi, shu haromni pulini yeydigan bo'lsangiz, luqmingiz harom bo'lsa, duoyingiz ham ijobat bo'lmaydi, ibodatlaringiz ham qabul bo'lmaydi.

[13:48] Esimizdan chiqmasin, faqat pul masalasi emas bu. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir kishini aytadilar. Uydan uzoq bo'ldi, uzoq safarda yurdi, kiyimlari chang bo'ldi, boshlari kir bo'ldi va hokazo. Va qo'lini ko'tarib duo qiladi, e Rob, e Rob deb. O'zi bir insonni musofir bo'lishligi, uni duosi ijobat bo'lishligini shartlaridan. Musofirni duosi ijobat. Lekin bu odamni deydi Payg'ambarimiz, vo mat'an muh u haromun, vo mashrab u hu haromun, vo malbas u hu haromun va g'udiyabil harom. Fannan yuzta ja bo'la.

[14:27] Duosi ijobat boladigan musofir, yegani harom, ichgani harom, kiygani harom, haromga o'ralib qoldi. Qayoqdan ijobat bo'lsin deydi. Shuning uchun tezroq pul topay deb haromga qo'l urgan odam faqat moliyaviy xato yo'l qo'ymayapti. U o'zini qalbi bilan Robbasi o'rtasidagi ana shu nozik aloqalarga ham zarar yetkazyapti. Kuta olmayman degan nafsni yana bitta xatosi. Riboga qo'l urish. Men kuta olmayman uncha vaqt deydi. Undan ko'ra pul olib bitta oborot qilay, keyin protsent yopib, pulni qaytaraman, tavba qilib olaman. Alloh taolo aytadi va ahlullohul bay'a va harromar reba. Alloh savdoni halol qildi va riboni harom qildi.

[15:14] Savdo halol, biznes halol, foyda halol. Molni, pulni ko'paytirishlik harom emas, birodarlar. Lekin Alloh taolo chegarani qo'yib qo'ygan. Ey mo'minlar, Alloh'dan qo'rqinglar va rostdan mo'min bo'lsanglar, sudxo'rlik sarqitlabni tark qilinglar. Oyatni pryamoy teksti bizni tilda ribodan qaytaryapti. Endi kimdir ribodan qaytamasa chi? Alloh Taolo aytib qo'yapti. Endi agar farmonimizni qilmasanglar, u holda Alloh va Payg'ambar u tomondan bo'lgan urushni bilib qo'ying. Ya'ni Alloh Taolo shu bandani xor qilishi vaqt masalasi. Shuning uchun bo'p ketaman, bir oborot yetadi, kakraz shu pul yetmay turibdi deb riboga qo'l urmanglar. Hozir mashinali bo'lishim kerak degan xohish odamga ana shu mashinani umumiy narxini emas, har oyda to'laydigan to'lov deylar ko'rsatishi mumkin. Hech narsa emas deydi. Bir ming ikki yuz dollarga iphone oladi, ha yuz dollardan ekan deydi, aylanib kelib o'sha pul. Yoshlarga gapiryapmiz bu narsani. Yoshing endi yigirma yigirma besh ga keldi. Nimaga shoshilasan? Ko'rpangga qarab oyoq uzatmaysanmi? Nimaga sakraysan? Topishingga qaramaysanmi?

[16:30] Kimga, nimani isbotlamoqchisan? Haligi o'rinsiz chiransang beling chiqadi degan maqol bor. O'n besh ga kirgan bolaga ming dollarga iphone olib balo bormi? Endi ajoyibki, nasiyaga bir narsa olaysiz da odamlar. Qarzga, nasiyaga olayotgan bo'lsa, xuddi bekorga olayotgandek olaveradi, bilasizmi? Endi sen o'sha ming dollarga telefonni olyapsan qarzga. Yo bir o'n ming, yigirma ming dollarlik mashinani olding. Har oyda stabilno uch yuz dollardan to'lab tura olasanmi? Ya'ni muntazam ravishda uch yuz, besh yuz dollardan to'dab turishga yaqining yetadimi?

[17:08] Sabr qil, shoshilma, qarz bo'lma. Loyiq bo'lgan kuning Alloh Taolo beradi. Desang quloq solmaydi. Shoshiladi. Aytadiki, agar bunaqa halol yo'l bilan ketadigan bo'lsam, kutsam besh olti yil ketar ekan deydi. Besh yil kutamanmi deydi, lekin keyin o'n yillik muammoga kirib ketadi. Ya'ni qisqa yo'lni topdim deydi da, mashaqqatli uzoq yo'lga kirib qoladi.

[17:37] Kreditniy istoriya degan narsa bor, g'arbda, Amerika, Yevropada. Mana shu kapitalistik tizimni poydevori hisoblanadi. Ularda bu narsa shunchaki odamlarni xohishi bilan emas, balki butun boshli davlat va jamiyatni ishlash mexanizmiga aylanib bo'lgan. Mana imkon boricha yoshlarimizga mana shu sistemani qanaqa ishlashligini sodda qilib tushuntirishga harakat qilamiz. Birinchidan, kreditniy istoriye deydi. Bizda yo'q bu, alhamdulillah bo'lmasin ham, kerak emas bizga. Kredit tarixi. Bu bir odamni moliyaviy pasporti. Ana shu kapitalistik mamlakatlarda insonni jamiyatdagi o'rnini qo'lidagi pul emas, balki kreditni istoriyasi, kredit tarixi belgilaydi. Bu shunaqa reytingki, odam bankdan qarzni olib, vaqtida qaytargan, qaytarmaganligini ko'rsatadigan bir ko'rsatkich.

[18:34] Agar sizni umuman qarzingiz bo'lmasa ham, hamma narsani naqd pulga olib yashashga imkoniyatingiz bo'lsa ham, mana shu reytingiz bo'lmasada siz odam emassiz. Bu sistema uchun siz bor emassiz, mavjud emassiz, ishonchsiz, tajribasiz odamsiz. Pulingiz bor, lekin kreditniy istoriya bo'lmasa, siz hech kim emassiz bu jamiyat uchun. Ikkinchidan, bu sistema, bu tizim sizni qanaqa qilib qarz olishga majbur qiladi? Ana aytdik, agar reytingingiz bo'lmasa, kredit tarixingiz bo'lmaydigan bo'lsa, yoki past bo'lsa, cho'ntagingizda pulingiz ko'p bo'lsa ham, normal yasholmaysiz u yerda. Nima uchun? Uyni ijaraga olmoqchi bo'lsangiz, ijaraga uy berayotgan odam sizni kreditning istoriyangizni so'raydi. Reytingi qanaqa ekan? Pastmi? Ishonsizmi? Berilmaydi, chunki bu odam to'lashiga qodirmi, qodirmasmi, pasporti yo'q ekan deydi. Yana, aloqa va xizmatlar. Masalan sim karta oladigan bo'lsangiz, unga ham kerak, kreditniy istoriya. Internet o'rnatmoqchisiz, hatto kommunal xizmatlarni olmoqchi bo'lsangiz ham baribir kreditniy istoriyaga kerak. Kreditniy istora kerak. Ishga kirish. Biror yaxshiroq kompaniyaga yaxshi ishga kirmoqchi bo'lsa, ular ham kreditniy istorya so'raydi.

[19:53] Chunki qarzini vaqtida to'lamagan odam mas'uliyatsiz bo'ladi. Bu odam bizga foyda keltira olmaydi deydi da, qabul qilmaydi. Tushunyapsizlarmi? Bizda yo'q, alhamdulillah hirot bir alamin yo'q, bo'lmasin ham. Lekin kapitalistik sistema shunday qiladi. Hozir qarzga olib turib, keyin maydalab to'lashlik xuddi shu sistema.

[20:18] Qopqonga tushirish usulini qarang. Kredit karta. Hozir aytdik, jamiyatda bir normalni yashashlik uchun kreditni katta olishlikka majbur bo'ladi. O'zini naqd puli bo'lsa ham, o'sha katta bilan oziq ovqat sotib oladi da, keyin kreditni yopishlikni o'zini puldan to'lab qo'yaveradi. Mana shu yo'l bilan tizim insonni yoshligidan qarz olib yashash, hayotning ajralmas qismi degan psixologiyaga o'rgatadi va nafsiga yo'l ochib qo'yadi.

[20:48] Oltin qafas yoki tinimsiz yugurish yo'lakchasi. Olmaxonni hisob qo'yadi yu, yuguradi, qancha tez yugursa, shuncha tez aylanadi. Yoshlar qarz olib yashashga o'rgangandan keyin, sabr qilishni unutadi, yillar pul to'plashlik xayoliga kelmaydi, chiqqan yangi telefonda darrov olishni xohlaydi. Mashinani zo'rini olishni xohlat, chunki hammasi nasiyaga.

[21:13] Yigirma besh ga kirgan bolani yelkasida o'ttiz yillik qarz turibdi. Endi bu erkin inson emas. Ishlayotgan ishxonasidagi xo'jani yoqmasa ham, ishlayotgan, ishxonasidagiga o'zini ishi yoqmasa ham ana shu ishdan bo'shab ketmasligi uchun sabr qilib ishlashga majbur. Chunki bir oy kreditini to'lolmasa, bank uni uyini ham tortib oladi, mashinani ham tortib oladi ko'chaga chiqarib tashlaydi.

[21:41] Avvalgi mantiq qanaqa edi? Odatdagi normal mantiq qana qa edi? Pul yo'qmi? Mehnat qil, to'pla, keyin ol. Bu to'g'ri mantiq. Pul yo'q, mehnat qil. Pul to'pla, keyhin ol. Lekin kredit iqtisodiyotini mantig'iga ko'ra, pul yo'qmi, hozir nasiyaga ol, keyin ishlab to'la.

[22:07] Bu shunchaki zamonda qulaylik emas. Bu insonni kelajakdagi erkinligini, xotirjamligini va umrini bankka sotib qo'yish degani. Ya'ni mana shu mexanizmni yana ham soddaroq qilib aytsak, eski iqtisod aytar edi insonga. Avval imkoniyatingni paydo qil, keyin xohishingni qondir der edi. Bizni zamonimizga kelib bo'lsa, iste'mol krediti aytadi, avval xohishingni qondir, keyin yillar buni tuzib yuborasan deydi. Ana shu keyin maydalab uzovorasan degan joy hiyla.

[22:43] Bir yil to'plab turib ming dollarga olsangiz, endi bir yilga nasiga olsangiz bir ming ikki yuz ga olasiz. Tushunyapsizmi? O'sha nasiga olganingiz ikki yuz so'm belgilaringizga qarz yuklaydi. Undan ko'ra to'plang o'zingiz, bir yilda ming dollar bo'lsin, keyin oling haligi narsani. Yoshlar mana shu nasiyaga qarzga urgan bo'ldi. O'sha nasiya magazinga boryapti, id kartasini shunday pasportini beryapti, shart beryapti bunga.

[23:12] Ukalar tushunyapsizlarmi? U tuzog' u. Maydalab uzib yuborasan degani. Qayoqdan uzasan? Yo'q o'sha narsa orqangda. Yig'ib olsang, sabr qilsang bir yilda ming dollarga olasan, yo sabr qilmasdan hozir olib olsang bir ming ikki yuz ga olasan. Albatta bu sistemani orqasida katta bir biznes bor. Sotuvchi, sotuvchi molini o'tkazadi, puli yo'q bo'lsa ham. Mijozni puli yo'q desa ham o'tkaza oladi. Chunki nasiya borda. Kredit uni oldidagi shu to'siqni olib tashlaydi. Bank bilan mana shu moliyaviy kompaniyalar qarz berishdan foyda qiladi. Sotuvchi mahsulotini sotadi. Xaridor bo'lsa, ana shu tovarlik, moliyalar bo'lib qoladi.

[23:57] U bo'ynini ixtiyori bilan sirtmoqqa solib berish. Bankdan kreditga pul olib, nasiyaga olib, hayotini nasiyaga qarzga qurishlik, bo'yniga ilingan sirtmoq. Hech kimga qochib keta olmaydi. Tushunarlimi? Boricha yashanglar. Eski sistema, puling yo'qmi? Ishla, pulni top, keyin ol edi.

[24:21] Bu sistema nima deydi? Puling yo'qmi? Olaver, maydalab uzib yuborasan deydi. Allohning sen uchun qilgan tadbiri. Inson men hayotimni tezroq to'g'rilab olaman deydi. Va eng katta xato shu yerda. Ana shu hayotimni to'g'rilashlik meni qudratimda deb aniq ishonganligida. Yo'q. Seni qo'lingda hayotingni to'g'irlashlik uchun sabablar bor. Mehnat qilasan, isrof qilmaysan, tejaysan, aql bilan ish yuritasan, bular sabab. Mana mana shular hayotingni to'g'ri yaxshi bo'lishingni sababi. Lekin seni hayotingni to'garlab qo'yadigan, farovon qilib qo'yadigon Alloh Taoloning o'zi. Tushungin. Qalbingga ayt. Allohning sen uchun qilgan tadbiri sening o'zing uchun qilkan tadbiringdan yaxshiroq.

[25:16] Bu degani hech narsa qilmay o'tiraver degani emas. Bu degani olma pesh og'zimga tush degani emas! Yo'q, ishlaysan, reja qilasan, hisoblaysan, mehnat qilasan, sababni qilasan, ammo sen aytganday bo'lavermasa, holating. Rizq kech kelyapti deb, harom bilan Allohning taqdirini tuzatishga, qo'shtirnoq ichida tuzatishga urinma.

[25:40] Tushunarlimi? Hamma sababni to'g'ri qilyapsan, bo'lmayaptimi, demak hali vaqti kelmabdi. To'g'ri ketaver, yaxshi ketyapsan sen. Birodarlar, qarz o'zi harom emas. Qarz mumkin, joiz. Joiz muomala. Haqiqiy ehtiyojingiz uchun, zarurat uchun qarz olishingiz mumkin. Ammo muammo nimada? Mana shu qarz olish hayot tarziga aylanib qolishi. Muammo yelkasiga o'zi ko'tara olmaydigan katta yukni ko'tarib olish. Muammo obro' uchun qarz olish. Muammon bitta qarzni ikkinchi qarzi bilan yopishlik. Ma'qulmi?

[26:21] Qarz zarurat uchun bo'laveradi. Lekin yoshlarda olayotgan qarz u biz aytayotgan zarurat emas. Payg'ambarimiz aytadilar, men ahoda ammu ala nasiy yuriydu adaha addallohu anhu. Kim odamlarni molini qarzga qaytarish uchun olsa, qaytarish niyati bilan olsa, Alloh unga ado qilishga yordam beradi. Olayotganda qaytaraman deb olsa, halol, zarurat uchun bo'lgan qarzni qaytaraman deb osa, Alloh uzib qo'yadi shu bandaga, yordam beradi va men ahado yuriydu it lafaha at lafahulloh. Endi kim odamlarni mollarini qarzga olsa yu, talofatga uchrashish niyati bilen. Olsa, Alloh uni talofatga uchratadi. Ukalar qarz bo'lmanglar imkoni boricha. Qarz sizlarni ishinglarni orqaga tortadi.

[27:13] Qarz agar yaxshi narsa bo'lganida payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ana shu qarzdor bo'lib qolishingizdan panoh tilamas edilar. Allohumma inniy audhu bika minal ma'tamiy val mag'rom. Parvardigor. Gunohdan va qarzdan sendan panoh tilayman. Bu qarzdan uncha ko'p panoh tilaysiz deganida payg'ambarimiz aytdilar, innna rojula ida g'oriy maqdasa fa kadaba va va'da fa axlafa. Chunki inson qazdor bo'lsa, gapirsa yolg'on gapirishga majbur bo'ladi. Va'da qilsa, xilof qilishi mumkin bo'ladi.

[27:52] Bir kishini janozasini o'qimoqchi bo'lib keladilarda, mayyitni qarzi bormi? Ha, bor deganida o'qimaydilar. Men to'layman degan odam chiqqanidan keyin payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'qiydilar janozasini. Shuning uchun qarzdan yeta olish kerak. Hatto shahid odam ham odamlardan qarzi bo'lsa, uni jannatga kirishigida mana shu qarzni to'sib turadi.

[28:17] Birodalar, bu dalillar qarz olishda harom deyotgani yo'q. Bu hadislar, bu oyatlar siz bilan bizni qarzni yengil o'yin yoki oddiy qo'shimcha pul deb ko'rishdan ogohlantiryapti. Qarz kelajakdagi o'zingdan bugungi kun uchun pul olish. Qarz bu hali topib olgan pulingni qiladigan mehnatingni bugun ishlatish. Qarz bugungi xohishing uchun ertangi kuningni, ertangi daromadingni va ertangi energiyangni oldindan sotib yuborish. Qarz bugungi ahmad ertangi ahmadni bo'yniga kelayotgan yuk. Sen qarz olayotganda faqat birovni pulini olayotganing yo'q. Balki ertangi erkinliging, vaqting, mehnatingni garovga qo'yyapsan. Bugun ishlatgan pulingni ertaga hali ishlab topmagan peshona tering bilan nima qilyapsan? To'layapsan. Buni oqibatida shunday kun keladiki, qarzni qaytarish uchun topganingdan ko'ra kattaroqni berishga to'g'ri keladi.

[29:27] Bir marta yashaymiz. Olaver deydi. Bir marta yoshaymiz deydi. Hayotga bir marta kelasan deydi. Ha, bir marta kelasiz. Shuning uchun bir marta yashaydigan hayotingda xatoga yo'l qo'yma. Bir marta yashaysan, shuning uchun halol yasha. Bir marta yashaysansan, shuning uchu shoshilma. Birodarlar halol eshiklari kam emas.

[29:51] Ko'p hollarda qarzga pul olib olgan, riboga pul olib olgan odamni bahonasi ilojim yo'q bo'ldi da deydi. Ilojim bo'lmadi da, majbur bo'ldim da deydi. O'zi aslida shu gapni tagidagi ma'no nima? Yaxshilab tekshirib chiqsangiz, kutgim kelmayapti, bo'ladi. Ilojim yo'q, majbur bo'ldim degan so'zda asl ma'nosini bo'ladi, kutgim kelyapti degani.

[30:17] Arzonroq bo'lsa ham mashinasi bor edi. Kichkinaroq bo'lsa yam uyi bor edi. Yoki bo'lmasa ijarada turishi mumkin edi. Kichkina biznesdan boshlashi mumkin edi. Yo'q, kutkisi kelmadi. O, eski darslarimizda bor. Bitta katta kompaniyaga farroshlikka odam kerak bo'ldi. Kirdi, suhbatdan o'tdi. Bo'pti, biz sizga xabar qilamiz. Emailingizni tashlab keting, elektronniy adresingizni dedi. Meni emailim yo'q dedi. E, siz mana shu asrda yashab turib emailingiz yo'qmi, elektronniy pochtangiz yo'qmi? Bizga yaramaysiz ekan dedi. Chiqib ketdi. Hatto farroshlikka yaramadi. Nima qildi? Nima qildi? Pomidor olib sotdi. Qo'lidagi pulga bir yashil pomidorni oldida maydalab ko'tarib yurib sotdi. Daromad qilib, ertasi kuni ikki karobka sotdi. Shunaqa qilib turib, bir yil, ikki yil kutdi.

[31:15] Shoshilmadi. Majbur bo'ldim deb protsentga pul olmadi, qarzga olmadi, nima qildi? Kutdi. Va katta o'zi bir ana shu meva cheva savdosi bilan shug'ullanadigan katta biznesmenlardan bittasiga aylandi. Shuning uchun ilojim yo'q. Majbur bo'lib qoldim degan gapni tagida nima yotadi? Kutgim kelmayapti degani yotadi. Yoshlarni muammoga, shoshqaloqlikka kiritayotgan narsa nima? Hayot haqidagi ularning tasavvurlarini noto'g'riligi. O'lchov tushunchani noto'g'riligi. Chunki har qanaqa, harakatni orqasida bitta bir tasavvur turadi. Hayot nima, iymon nima, rizq nima, baraka nima, o'lim nima, yoshlik nima, sog'liq nima, xotirjamlik nima, baxt saodat nima? Ijtimoiy tarmoq nima?

[32:10] Hozirgi bizni yoshlarimizni shoshqaloq qilayotgan narsa, asosiy narsa ijtimoiytarmoq bo'lyapti. Endi dinini mahkam ushlagan ibodatdagi taqvol yigit ham ehtiyotaversin. U riboyga kirmaydi, qimor o'ynamaydi. Ammo o'zini imkoniyatidan ko'ra kattaroq bo'lgan bir qarz davoladi. To'lashga imkoniyati bo'lmagan katta qarz davoladi? Nima deydi? Biznesni kattatirish uchun deydi. Senchi, qaytaraman degan yaxshi niyatingni o'zi yetmaydi. Hisob kitobni yaxshilab qilgin. Qayerdan qaytarasan? Qaysi daromaddan qaytarasan? Ish yurmay qolsa chi? Oilada bir kutilmagan chiqim bo'lib qolsa chi? Birodalar, mana shu savollarni berish kerak qarz olishdan oldin.

[32:56] Shuning uchun pul topishdagi eng asosiy savol, qancha topamanmas, bu noto'g'ri savol. Tushunarlimi? Necha pul topamanmas. Qiyomat kunida, birodarlar, pulni qanaqa qilib topgansan deydi, qayerga sarflagansan deydi. Qiyomat kunidan inson ikkita tomondan so'raladi. An malixi min ayni ikkita sabah u va fima an faqoh u. Qiyomat kunida Payg'ambarimiz aytdilar, inson moli haqida so'raladi. Qayerdan topgani va qayerga sarflagani haqida.

[33:37] Yo'q. Menga hozir shu zarur emas deya olish ham boylik. Yo'q deya olish ham boylik. Boylik faqatgina pul emas. Yo'q deya olish ham boylik. Zarur emas deb o'zini tiya olish ham boylik. Chunki eng katta boylik nima edi? Qanoat.

[34:00] Qanoati bor odam eng boy odam bo'ladi. Aytdik ku, yoshlarni mana shu muammoga kirgizayotgan asosiy narsa hayot haqidagi noto'g'ri tushuncha. Noto'g'ri o'lchov. Xato tasavvur. Yana ana shu yoshlarni bitta xatosi, yelkasiga olib olgan qarzini o'zining daromadi deb hisoblashi. Yigirma ming dollar qarz oldingiz. Endi sizda yigirma min dollarlik boylik emas, yigirma miz dollarlik majburiyat bor. Qarab tursangiz, ayni yoshlarda ko'rinadi. Masalan, Ahmad besh ming dollar bilan tijorat yurgizayotgan edi. Haftasiga o'ttiz dollar, qirq dollar sarf qilar edi oilasiga. Endi ellik ming dollar qarz oldi.

[34:45] Yelkasida ellik ming dollarlik mas'uliyat bor. Endi oborotdagi puli qancha bo'ldi? Ellik besh ming bo'ldimi? Endi magazinga kirganda endi yuz ellik dollar ishlatadi endi. Nimaga? Ha, ellik besh min dollar oborot qilyapman u deydi. Ha, esi yo'q. U ellik ming qarz edi. Tushunarlimi? Avval besh ming dollarga bir marta ehtiyot bo'lsang, ellik ming dollarga o'n marta ehtiyoj olishing kerak edi.

[35:13] Mana shu qarzga kirib ketgan ukalarimizni qarasanglar, xuddi shunaqa ketgan. Uje ellik dollar pul emas da. Ikki yuz uch yuz dollar sarflab yuboraveradi. Demak, yelkasidagi ellik ming dollarni qarzligini unutib qo'yadi da, ana shu pulni xuddi o'zini pulidek, o'zini foydasidek ko'rib sarflashni boshlaydi. Shuning uchun aytyapmizda, eng katta xato qarzni daromadda bilish.

[35:42] Rizq kech qolyapti deb, uni harom bilan tezlashtirishga harakat qilma. Shoshilma. Ba'zida odam riboga nimaga keladi desa, kuta olmaganidan keladi. U Allohga qarshi chiqishni istaganidan emas, shoshilganidan keladi. Qimorga birov kiradi. Nima deb kiradi? Natijani tezroq xohlaganidan, qimorda halol deganidan kirmaydi. Firibgarlikka kirib qoladi. Esi pastligidan emas, xirsi aqlini o'chirib qo'yganidan, shoshilganidan.

[36:15] Endi mana shu bizni suhbatlarimizni eshitayotgan odamlarning ishida qimorga kirib qolgan, riboga kirib qolgan. Qarzga botib qolgan, firibga uchrab qolgan insonlar bor bo'lishi mumkin. Biz ularga sen tamom bo'lding demaymiz. Chunki Alloh Taolo aytadi, astayr villa quliya ibadiya la dinah srofu ala anhusihim la taqunatu me rahmatilla innallohu yav firuz zunubu jamiyat. Ayting, ey Muhammad ali assalom. Ey o'z jonlariga isrof qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo'lmanglar. Albatta Alloh gunohlarni barchasini mag'firat qiladi.

[36:57] Shayton vasvasa qilib bitta gunohni qildiradi. Gunohni qilib qo'ygandan keyin endi tugadi endi deydi. Noumid qiladi. Lekin mo'min esa xatosi har qancha katta bo'lmasin, Allohning rahmatidan noumid bo'lmaydi. Qarzga kirib qolganda, haromga kirib qolganida, muammoga kirib qolgandan o'g'iladigan duo. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar allohumma kfein i bi halalika min haromika. Vo agniyniy minfaltlikka, vo agniyniy bifaltlikka amman sevak. Parvardigor, meni haloling bilan haromingdan kifoyalantir va fazling bilan o'zingdan boshqalarga muhtoj qilma.

[37:42] O'zimizga quyidagi savollarni beraylik. Birinchisi, men nimaga shoshilyapman? Zaruratmi yoki boshqalarga yetib olishgami? Ikkinchisi, mana shu men shoshilib olmoqchi bo'lgan narsani ikki yildan keyin olsam, hayotim buzilib ketmaydimi? Uchinchisi, qarz olayotgan narsam haqiqiy ehtiyojimmi yo faqat orzu havas xolosmi?

[38:08] To'rtinchisi, ishim yurishmay qolsa, olgan qarzimni to'lay olamanmi? Beshinchisi, hozir qaror qil, hozir rishat qil deyaptimi? Sen savol ber. Nimaga shoshilish? Nimaga? Oltinchisi, faqat ko'p foyda keladi degan gap uchun kiryapmanmi? Yettinchisi, natija kechiksa, yana besh yil halol mehnat qila olamanmi? Sakkizinchisi, agar ishim Allohning chegarasini buzishni talab qilsa, uni to'xtata olamanmi?

[38:44] Obro' uchun qarz olma. Tushunmagan narsangga pul tikma. Haromni vaqtinchalik deb boshlab yuborma. Katta moliyaviy qarorni hayajon paytida qilma. Qarz olsang, uzish rejasi bilan ol. Rizq kechiksa, sababni yaxshila, chegarani buzma. Tezlashtiraman deb xatoga yo'l qo'yma.

[39:12] Maqsadni yaxshiligi yoki niyatni to'g'riligi haromni halol qilib qo'ymaydi. Uy yaxshi, lekin ribo yaxshi emas. Oila farovonligi yaxshi, ammo harom pul yaxshi emas, biznesni kattaytirish yaxshi, leki birovni pulini xatarga tikish yaxshi emas! Kimdir mana shu ishni hozir qil desa, so'rang, nimaga hozir qilishim kerak? Birov bir marta yashaymiz desa, aytginki, shuning uchun bir marta yashaydigan hayotimni haromga bermayman.

[39:47] Ollohning rizqiga, ollohga olsak bo'lib, yetib bormayman degan.
