Maviza
—Qoralama38 daq

Ramazon 2006

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
38:08
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdillillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh va naruhullohullohi min shukur ya'nfu sinavamin sayy'at ya'malinah. Man yahdihi la hu falamudilaluh va man yuzidiluhu falahadiyaluh. Mana shuhratulloh ilohi illalloh va hidahullohu sharaikaluh. Mana shu hududda anna muhammad ana abduhu rasululloh amma bar. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alluhu barakatuh.

Mana undaycha ko'p g'ururni va'da qilganimiz, mana shu rizq haqigida, rizqqa taalluqli bo'lgan darslarni bilgan birinchisini boshlagan bo'lamiz inshaalloh. Inshaalloh, bu darslarni eshitgandan keyin, agar Alloh bizni qalbimizga buni jon qiladigan bo'lsa, xotirjamlik degan narsa nima ekanligidan ozgina xabardor bo'lsak, ajabmas. Alloh Taolo Odam alayhissalomni yer yuziga tushirganidan keyin, u kishini yer yuzida yashashligi uchun kerak bo'ladigan qonun qoidalarida Alloh Taolo nozil qildi. Va ana shu qonunlar bilan yashashligi insonni, hayotda xotirjam yashashligi va vafot etgandan keyin Allohni huzuriga borgandan keyin jannatga kelishligiga sabab bo'ladigan hukmlar edi. Alloh Taolo bandasiga mehribon va bandasini qiynalishigini xohlamaydi.

Ba'zan Alloh Taoloda siz bilan bizga tushirgan hukmlari nazarimizda bizga mashaqqat, bizga og'ir narsaga o'xshab, biz uchun tushunarsiz tuyulgan bo'lgani bilan, bu albatta bizni foydamizga bo'lgan. Buni misoli, farzandi sariq kasal bo'lib qolgan ota yoki ona, bolasini doktorga olib borib, qo'lini tutib beradi, doktor tomiriga yig'nasay.

Bir marta tushib qolsa, xo'p, bo'lmasam tomoniga sayr ko'radi, hali boshqa yerdagiga sayr ko'rar edi. Farzand ota onasini qilayotgan ishiga tushunmaydi. Nimaga meni bunday mashaqqatga qo'yyapti? Aqli zaif bo'lganligidan, hayotiy tajribasi bo'lmaganligidan, bu yina sayishlik unga foyda ekanligini tushunmaydi da, xohlamaydi. Agar ota ona bolam qiynalmasin yig'ini saylab, qo'y deb qo'yadigan bo'lsa, unga yaxshilik qilgan bo'lmaydi. Balki zulm qilgan bo'lar. Bolasini halok bo'lishiga sabab bo'ladi bu narsa.

Xuddi shunga o'xshagandek Alloh Taolodir ba'zi bir hokimlarni bizga og'ir bot ekan bo'lsa, qilishimiz og'ir bo'lib, tushuna olmay ekan bo'lmasa hikmatini, bu bizni aqlimizni noqisligidan boshqa narsa emas. Poyezd degan narsa bor. Vagon degan narsa bor, birodarlar. Vagonni ishi ana shu ungacha kun yasab qo'yilgan ikkita relsga g'ildiragini qo'yib, oldidagi lokomotivga shunday ilashib olish, shu uni ishi. Agar mana shu relsda turar ekan, bu relsni kengayib ketgan joyi bo'lmaydi. Torayib ketgan joyi bu bo'lmaydi, podyomni spuskasi bo'lmaydi. Uni ishi relsga ikkita g'ildiragina qo'yib oldidagi oson sal foiz to'dirab ketib yuboradi. Bu rels yevropada ham razmeri bir birodarlar. Osiyoda ham bir, qirg'izistonda ham bir, yaponiyada ham bir.

Alloh taolo payg'ambar assalom sizlarga ikkita narsani qo'yib ketyapman. Kitob va sunnat dedi. Kitobni sunnatga birodarlarini shu g'ildiraylikni qo'ygan singariyatga qo'yadigan bo'lsak oyog'imizni, oyat hadis asosida yashaydigan bo'lsak, bu oyat hadis kengayib, torayib ketmaydi. Podyom spuskasi yo'q. Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamni yo'liga shunday ergashib turib, oyat hadis asosida yasharkanmiz, bizni hayotimiz doim zo'r bo'laveradi. Mana, bugungi boshlaydigan darsimiz mana shu aynan xotirjamlik, rizq, barakat degan mavzularni o'z ichiga oladi. Muqaddamasi haqida gaplashamiz ozgina, darsga kirishlikdan bo'lib. Hozirgi kunda yer yuzida yashayotgan odamlarni aksariyati, balki hammasini o'ylantirgan bitta narsa, bu rizq muammosi. Mana shu rizqini topib kelishlik yo'lida odamlar haloliga ham qaramay qo'ydi, xoromiga ham qaramay qurdi.

Rizq topishlik yo'lida inson ibodat ham tashlab qo'yapti, qarindosh urushidaroq ham tashlab qoyapti, umuman odamgarchilik ham tashlab qolyapti. Ana shu rizq topishli yo'lida ikkita og'ayni bilish kerak bo'lib tijorat qilyapti, ozgina pul topgandan keyin xuddi shu rizqli deb turib, bir biri bilan qiyomatliroq bo'lib ketyapti. Aka ukalar ajrashib ketyapti eshikni to'lashib, otalariga tikka gapiryapti. Rizq o'zi nima?

Alloh taolo mana aytdik, bodom alayhissalomni yerga tushirgan ekan, bandalarini yerda xotirjam hayot kechirish uchun kerak bo'ladigan hamma qonun qoidani chizib qo'ygan. Shariatul islomni ham shunaqa bir mukammal nizomki, hojatxonaga qaysi oyog'i bilan kirib, qaysi oyog'dan chiqishlikkacha bo'lgan mayda ishni o'rgatgan dinimiz. Pul topishingizni o'rgatmagan deysizlarmi?

Qaysi tomoningiz bilan yotib, nimada bug'lab turganda, nima deyishingiz kerakligini o'tgan dinimiz, ana shu pulni qayerga sarflashini o'rgatmagandingizmi? Lekin ming afsus bo'lsinki, bizda din degani nafaqat ma'lum bir rasmlar, rusumlar, ma'lum bir kalimalarda aytib qo'yishlik, ma'lumbir vaqtda shu bo'lib qolgan. Din birodarlar, bozorda, din oilada, din hunarda, din o'qishda, hayotimiz din bo'lishi kerak edi birodarasi bilan. Xo'p, rizq haqida nima deyilgan? Odamlar Alloh Taoloda ko'rsatgan ko'tarish so'ramasdan uzoqlashib ketgandan keyin, rizqni faqat o'zi topib yeyishligi haqida tushuncha paydo bo'lib qoldi. Ishlamagan birodarlar biron biron odamlar ishlamay tishlab yuribdi. Alloh rizqiga yozib qo'yganligi uchun. Va biron biron odammlar eshikdek ishlayapti, lekin tishlay olmayapti. Buni atini nima deb qo'yadi? Buni atini rizq deb qo'yadimi, birodarlar?

Alloh Taolo Qur'onda marhamat qilib aytadiki, va men menda'abbatin illa alallohi rizqu ha. O'yna laganki, jonivor bor, rizqi Allohni zimmasiga. Xo'p, rizq degani biz pulni tushunamiz da, to'g'rimi? Rizq o'zi nima? Rizq, birodarlar, faqat pul emas. Bir mish ko'zingizga yeyishligingiz ham rizq.

Chanqab qolib ketishlik ko'chada rizq. Mashinangiz buzilib, sovuqda qolib ketib soqatishligingiz rizq. Farzand ko'rishingiz rizq, pul topishligingiz rizq. Rizq, xullas, sizga Alloh Taolo onangizni qornida yuz yigirma bir kunga to'lgan kuningiz farishta orqali yozilib qo'ygan jamiyatga narsa rizq deyiladi. Mana shu yerdagi qusur olib o'tirishingiz ham rizq, shunday emasmi? Qoqilib tushishligingiz ham rizq.

Demak, rizq biz uchun Alloh Taolo nimani yozgan bo'lsa, shu rizq. Pul ham rizq, birodarlar. Rizq emas deganda o'ylamaylik. Xo'p, mana shu rizqni qayerdan istaymiz biz? Pulni gapiraylik biz. Biz rizq degani faqat pulni tushunamiz da. Mana kasbikorimga baraka ber deymiz. Rizqimga baraka berdeymiz. Avval rizqni nima yu, baraka nima hal qilib olaylik. Keyin uni ko'paytirishlik haqida gaplashamiz bu odamlar. Mana aytdik, rizq. Alloh Taolo tomonidan nimaki berilgan bo'lsa, shu narsa rizq deyiladi. O'shani ochib ko'ringlar daje.

Mana o'rtadagi odamlarga havo yetmay qolyapti. Alloh tomonidan nima yozilgan bo'lsa rizq. Rizq ko'payib ozayadimi? Shu savolni hal qilib olaylik hozir. Xo'p, mana shu yerda o'tirgan hamma erkak kishi. Rizqmi shu?

Bu o'zgaradigan narsami? O'zgarmaydigan narsa. Pul ko'payadigan, ozadigan narsami yoki bir xilda keladigan narsami? Men asror o'zingizniki, aksariyatimiz bu bu masalalarni hal qilib olmaganmiz o'zimiz uchun. Alloh taolo ana shu rizqni qayerdan istashlikni o'rgatyapti. Ana shu pulni, ana shu tirishchilikni, xotirjamlikni faqat puldan istaganlarimiz topganimiz, ba'zilarimiz, bo'lmayapti xotirjamlik u pul bilan. U aksincha, ko'p bo'lgan sari g'am ham shuncha ko'p bo'lib ketyapti.

Rizqni topishlikni Alloh taolo o'rgatgan. Shunday bir sabablarni ko'rsatganki, shunday bir yo'llarni ko'rsatkanki, bizni shariatimiz, islomiyamiz, agar shu sabablarni qoyim qilib qo'ysa, ko'p ham o'zini o'tdan cho'qavermasa ham kelishligini aytib qo'ygan. Ya'ni, bir qattiqroq qadrlagan gayka bo'lsa, haligini bo'shatishni yo'li kluch. Shundaymi? Kluch bo'lmaydigan bo'lsa qo'lingizda, ming xil yo'li bor. Ombir bilan urish mumkin, otvyorkani qo'yib tosh bilan urish mumkan. Ming xil yo'll bilan bo'shatish mumkin, lekin yagona to'g'ri yo'li kluch edi. Shunday siz bitta burasiz, bo'shari. Lekin shu kluchni yo'qligidan ming xil qiyinchilikka kirib ketamiz. Rizq degan gaykani bo'shatish deydi birodarlar. Kluchi bor. U faqat bozorda emas u. Bozor bitta sabab xolos. Agar shu sabablar Alloh ko'rsatgan, Payg'ambar alayhissalom ko'rsatgan sabablarni zo'r qilib qo'ysak, ko'p ham qiynalmasak ham kelaveradi birodarlar.

Biz topayotgan rizqda qoringa to'g'ri topib yeykan nonimizni o'rmondagi bo'ri ham topyapti. Mana bu chimchiqni teshigidagi kavedagi chimchiq ham topib yegizyapti bola chaqasiga. Ha endi biz odamiz, aqlimiz bor, konteynerimiz bor, hunarimiz bor desa, chimchiqda nimasi bor? Bo'ri nimasi bor? Uni faqat harakati bor va Allohga tavakkuri bor.

Tabutag'o indallohi rizqo, va'buduhu vashkululohu ilayhi turjaun. Rizqini deyapti Alloh Taolo. Bozordan, guzardan demayapti. Allohni huzuridan istanglar. Unga ibodat qilgin, shukur qilgin deydi. Alloh aytganday yashasanglar deyapti, Alloh rizqinglarni yetkazaman. Boyagi aytayotgan mehnat, ozgina mehnat bo'lsa ham Alloh yetkazaveradi. Ming afsus bo'lsinki, birodarlar. Ana shu sabablarni bilmaganligimizdan, buni men yoshligimdan aytaymi? Nasos bilan kamerani ishlamaymiz ku.

Rosa ishigandan keyin, ishlangani sug'ursak, piss qilib qo'yib yuboradi havoni. Nima bo'lishi kerak uni ichida? O'sha zavlatnigi bo'lishi keraksin. O'sha zavlotnigi yo'q bizda, birodarlar! Biz nasosni ovoryapmiz. O'n ikki oy ishlayapmiz, yigirma besh soat sutkasiga ishlayapmimiz. Shlangani shunday sug'urishimiz bilan pistachib chiqib ketyapti. Yana nasoslayapmiz bu odamlarni. Ana shu tavakkur, taqvo vositalari ham sakkizta dars keladi. Shu, zolotnigini olaylik da. O'nta to'rtib turib zolotnigina solib qo'ysangiz turaveradi, keyin yana o'nta tursangiz yigirmata oladi. Lekin men afsus bo'lsinki, ana shu yo'lini, texnikasini bilmaganligimizdan nasoslayveryapmiz. Hayotimiz.

Nasoslashdan nariga o'tmay qoldi. Namoz o'qimaysizmi desa, ishlaring ko'payib ketdi. Dehqonchilikni yig'ishtirib olaylik. Hajga bormaysizmi? Uyimni kutkizib olaylik. Ibodatni surib qo'yyapmiz da. Zavlatniy egadi mana shu bitta haj birodarlar. Haj ham rizqqa baraka keladigan ishlardan bittasi. O'sha zavlatniyni o'rniga qo'ymayapmiz da, nasoslayveryapmiz birodarlar. Rahmimizga, so'zimizga. Vajayi minda'a patinla taxmilu rizqu ollohu yozuquha va iyaku va huvas samilu alayhi.

Yer yuzida o'malaganki, janobar, borki rizqi Allohnı zimmasiga deydi. Sizlarni rizqinglar ham Allohnı zimnasida deydi. Xo'p, rizq deganda tushundik. Endi, Alloh bergan shu rizq ko'payib ozayadimi yoki bir xil turadimi? Tabiiy ha deydiganlar ham bor, yo'q deydiganlar ham bormi? Rizq bir oy ko'paymaydi.

Rizq ko'paymaydi? Unga faqat baraka so'rash mumkin. Rizqni hal qil degan tushunarli bo'ldimi? Alloh nima bergan bo'lsa rizq. Yaxshi kun ham yo'q, yomon kun ham rizq. Baraka nima unda? Baraka degani ko'p deganimi? Bizda shunaqa bo'lib qolgan. Ko'p bo'lsa yaxshi. To'g'rimi? O'nta sotmang, yigirmata soting. O'n ming g'ishti yigirma to'rt ming. Ko'p bo'lsa, albatta nima? Yaxshi deymiz. Shunaqami? Lekin ming afsus bo'lsin, birodarlar, ko'p degani baraka degani emas.

Yolg'on gapirib, yuz so'm toping, rost gapirib, besh so'm toping. G'isht quyib topgan besh ming so'm, g'isht purishni puli bilan qimorvozni topgan o'n ming so'mini solishtirib ko'ring. Farqi bormi? Ba'zida bo'ladi yu, mehnat qilib, birovni bir mashina ko'mirini tushirib berib qo'yib, g'ishini tashlab berib qo'yg'i ikki yuz so'm pul topgan bolamiz. Haligi ikki yuz so am bilan chakani ham emas, ishimiz kutmaydimi, yana bir ellik so'm qoladi cho'ntagidan. Va ba'zida bir e'lonlab dodrabu kelib qoladi ming so'm. Qayoqqa ketganini bilmaymiz, nima qilganimizni ham bilmaymiz. Baraka degani ko'p degani emas, shuni tushunib olaylik. Ko'pini quvurmaylik birodarlar. Ko'p bo'lsa baraka degani emas. Baraka deganini agar misol bilan tushuntira oladigan bo'lsak, bir inson chanqab keldi, odatda bir litr suv ichsa, chanqog'i qoladi. Uni normasi shunaqa edi. Bir litr suv ishsa, chanqoqqa qoladi. Endi agar Alloh Taolo baraka bersa, bir pera suvga ham chanqog'ini nima oladi? Demak, baraka degani ko'p degan so'z ekanmi?

Tatimli bo'lishligi degani. Tushunarlimi? Ko'p degani baraka degani emas. Ko'p ham yolg'on gapirib o'nta sotibmi, ikkita sotib qo'ying rost gapirib. Baraka shunda bo'ladi. Baraka nima? Bir qop un, to'rtta farzand, o'sha xotin, o'sha tandir, o'sha mozapoya. O'sha bir qop un sizga qirq kunga yetar edi. Endi keyingi olgan o'sha uningiz endi ellik kunga yetdi. Nima, bir qop un ko'payib qolyaptimi? O'sha un, o'sha qo'l, o'sha tandir, o'sha g'uzapoya. Lekin qorinni to'yg'izishligi ziyodaroq bo'lyapti. Demak, ko'p degani emas bolalar.

Taqimli bo'lishligi. Oyoq kiyim olasiz. Bitta birodar bilan bir xil olasiz, uniki tezroq tugadi, sizniki uzoqroqqa yetadi. Baraka shu ekan birodar. Barakada yana ko'p deganimas ekan. Biz rizqimizga birodarlar baraka so'rashligimiz kerak bo'ladi. Havo og'ir bo'lyaptimi deyman, hali o'n minut bo'lmasdan uyqusirashni boshladik birodarlar.

Bu uyqusiradigan dars emas. Xo'p, kasb bekorimizga, rizqimizga nima so'raymiz ekan? Ehtimol berib qolgandir barakani Alloh. Faqat uni biz nimaligini bilmaganligimiz uchun ko'ra olmayapmiz. Bor sizni uyingizda o'sha narsa. Siz o'sha deylik, patinchi ustozsiz, o'sha yamoqchiligingizni qilib bola chaqangizni boqyapsiz, yonboshlarga bitta odam xolani og'riy qolmasdan qarayapti, u ham bola chaqasini boqyapti. Barakat degan narsa ko't degani emas. Demak, rizqni hal qildik, barakani hal qildik.

Mana ana shu rizqimizga baraka kirsa, birodarlar, qalbimizda xotirjamlik paydo bo'ladi. Xotirjam bo'lib qolasiz. Un qimmatlayapti, hammani tilida shu unni qimmatlagani, yog'ni qimmatlagami, nonni qimmatlagali. G'ammi? Bugungi mavzuyimizga o'tamiz. Tavakkal degan bob. Agar yetmasa, ikki bo'lamiz darsda.

Tavakkal dega nima degani? Hayotda beg'am yashash mumkinmi aqli joyida odam? G'am qilmasdan yashash mumkin mi? Aqli joyida, odam bepul. Mumkin emas a? Hamma shu fikrga qo'shiladimi?

Eslaylik da, hammamiz mana shu yerda cho'ntagimizda qancha pulimiz bor, yo'qligimizdan qat'iy nazar bir yoshligimizni eslaylik da. Zo'r hayot bo'lgan a? Beg'am hayot bo'lganda. Shoh ham, jadoy ham nima qilar ekan? Yoshligini xo'msar ekan. Nimaga desangiz, g'am bo'lgan emas. Patinkasini yirtib kelib, so'kishni eshitgan tepavering ertasiga chiqib turib, chunki olib beradigan dadasi bor. Urishib ko'ynagini lol qilib, kir qilib kelavergan, yuvib beradigan onasi bor. To'g'rimi?

Hech narsani ham buni qilgan emas. Remontga pul desa hech o'ylangan shunaqa, dada deydi, remontga pul deyapti deydi. Nima dardi bo'lsa shakllab dadasiga aytgan, dadasi hal qilib beravergan. Xotirjam hayot bo'lgan, eslanglar hammamizda. Shunaqa yashash mumkinmi katta bo'lgandan keyin? Hech o'ylanib ko'rganmizmi shuni? Mumkin biror bir. Mumkin. Xuddi dardangizga dardingizni aytgandek, yana kimgadir dardingizni aytingiz kerak bo'ladi.

Akangiz pasportstolda ishlaydi, hajmonoson bo'lib qoldi, pasport so'rovshchini qilish kerak. Men uchun g'am. Lekin sizni akangiz pasport stolda ishlagani uchun sizga shu muammolaringizni hal qilib beradigan konkretno bitta odamingiz bor, siz uchun emas u. G'am emas. Aqsh kelyapti, dublyonka olish kerak. Bitta jo'rays dublyonka purish. Muammoni? Pulingiz yo'q bo'lsa ham muammo emas. Chunki variantga beradi.

Uzib olishlikka. Menga muammo, chunki meni dublyonka sotadigan birodarim yo'q. Aytmoqchi bo'lganim, sizni muayyan bir muammoyingizni hal qilib berayotgan bitta odamingiz bo'lsa, shu muammo sizga nima emas? Muammo emas, problema emas. Mana yosh bolalik paytimizda hamma problemamizni otamiz hal qilib bergan, suyanchig'imiz bo'lgan, biz uchun g'am bo'lmagan. Hayotda katta bo'lganda shunga ishlashi mumkinmi?

Qanaqa ish mumkin? Xo'p, mana shu tavakkal haqida gaplashamiz. Allohga tavakkal qilgan el na talqonni, na talqonni g'amini yerda ekan, so'fi allohga. Shu tavakkal haqida gaplashamiz. Nima u tavakkal? Ollohga tavakkal deymiz. Nima tavakkal deydi? Aksariyat odam endi tavakkal da, oti boylab tavakkal qilishdi deydi. A xo'p, to'g'ri, o'sha tavakkal nima desangiz bilmaydi. O'sha bilmaganligimiz uchun qiynalmayapmiz, birodarlar. Bilmaganligimizdan hayotimiz mashaqqatdan chiqmayapti. Tavakkal bu boyagi aytayotganimizdek suyanish.

Mana bir qancha esi bor odamlar masjidga joylashayotganda ustuni tagiga o'tirgan. Ana shu suyanishlikni hisobini olgan. Mana suyanmay ekanlarda beli tolyapti. Lekin suyanib olgani beli tolmayapti. Hayotda xuddi shunaqa birodarlar. Hayotdagi g'am tashvishlarini robbiziga topshirib qo'ygan odam go'yoki devorga suyanib o'tirgan odamga o'xshaydi.

Endi g'amini allohga topshirishga ahli yetmagan odam xuddi devorga suyanmay, o'zini yukini o'zi ko'tarib beli tortgan odamga o'xshaydi. Birodarlar, beg'am yashash mumkin. Bitta g'am bilan yashash kerak faqat. Allohni rozi qilishning g'ami bilan. Alloh aytayapti, meni rozi qilishing g'ami bilan yashagan hamma muammoyi meni zimmamga, hadislarda kelyapti. Lekin topshira olmayapmiz Allohga g'amni.

Va manga tavakkal Alloh, Alloh hasbuhu, innalloha bali va amrihi qod ja'alallohu likul lishain qodro. Kim Allohga tavakkal qilsa? Bas bu kishini hisobi, bu kishini hamma muammolari Allohni zimmasiga bo'ladi. Tushunarli bo'ldimi? Allohga tavakkal qilsa. Tavakkal degani, hamma g'am tashvishni yig'ishtirib, egasiga topshirib qo'yasiz, g'am qiladigan joyingiz faqat Alloh desin.

Ta'rif qarasak, tavakkalchilar tiqilib yotibdi. Payg'ambarlar eng birinchi o'rinda. Ibrohim alayhissalomni o'n yetti yashar bolani eslaylik, oyoq qo'lini boylab, ana shu palaxpolni kapkirga o'tkazib, o'tga otamiz deb turganda, bitta odam kelib qo'yinglar ey, bu yosh yigit ekan, bilmay qo'ydi, bitta odam himoyasiga o'tmadi. Ibrohim alayhissalom tamomiy xotirjam, g'amda robbizga topshirib qo'ygan, ey, senlar aytgan bo'larmidi, Alloh aytgan bo'ladi deb cho'chimay o'tiribdi. Hasbunalloh va ne amal vakil dedimi? Otishdi.

Uchib ketyapti havoda. Rivoyatlarda Ibrohim alayhissalom keldi. Alakaha jay ibrohim. Ibrohim, bizga xizmati yo'qmi? Deb keldi. Ollohga tavakkal qilgan bandani xizmatini kimlar qilay deb kelyapti. Ey Ibrohim, menga hojatingiz bormi? Desa, Ibrohim alayhissalom qarab, sizgami? Deyapti. Sizga hojatim yo'q, deydi. Bo'lmasam hozir o'tga tushadi. Allohga suyanishlikni tomoni cho'qqisini ko'ring tavakkalida. Sizgami deyapti? Yo'q, sizga hojatim yo'q deydi. Ammo robbimga hojatim bor, biroq robbimga gapirishimni ham hojati yo'q deyapti. Ya'ni nima qilyapti? Bilib turibdi menga nima kerakligini. Biz ba'zida duo qilib aytamizmi chekkadan nima kerakliginini? Biz bilamiz o'zimizga nima kerakligiini. Ollohni o'ziga topshirib qo'yib, parvardigor, menga nima kerakligini sen mendan ko'ra yaxshiroq bilasan? Allohga bir deya olmaymiz biz. Biz bilamiz o'zimizga nima kerakliginini. Tilimizda aytmasa yetmaydiganga o'xshaydi.

Birodar, qo'ldoshli parvardigor, o'zingga tavakkal qildim da endi. Alloh o'zi biladi sizga nima yaxshi nima yomonligini, yomonligini. Mushkuli ham shu edi da. Biz o'zimiz bilamiz bizga nima keraklikini. Robbimizga tashlamaymiz, biz o'zimiz bilamiz nimaga. Bizni muammoyimiz ham shunda. Yomg'ir parashtasi keldi rivoyatda. Parvardigor do'stning ibrohimni o'tga irg'itishdi. Izn ber, yomg'irda o'chirib qo'yay suv bilan dedi. Yomg'ir yog'dirib. O'tdi. Ibrohim alayhissalom bunaqa suyangan bandasini Jabroilga ham, yomg'ir farishtasiga ham qo'ymadi. Kutilmagan joyidan rizqlantirib qo'yapti ku. Quyida shunaqa sabablar bor. Agar buni bu zo'r qoyim qilib qo'yadigan bo'lsanglar birodarlar, biz kutilmagan joyidan olib kelib qo'yadi. Ikki marta, uch marta hayotingizda ko'ring da, problemangizni siz kutilmagan joydan hal bo'lib ketganligini. Qarang orqani, ovaga tavakkal qilib, g'am qilmadingiz. E, gap bu yoqda ekan u.

Qaytib biroqqa dardingizni otmen qo'yasiz. Alloh bir mushkula bersa qarab turar ekan. Qani kimdan so'raydi yechimini? Biz unga yuguramiz, bunga yuguramiz bo'lmaydimi oxirida Alloh deymiz. O'zi aslida boshida Alloh deb turib ino yugurish kerak emasmidi? Kutmagan joydan hal qilib qo'yaman deyapti Alloh. Kuydirish kerak bo'lgan o't Jannatni bog'iga aylanib qolmadimi Ibrohim alayhissalom uchun?

Sizni boshingizni tupikka tiqib oladigan odam yechim bilan keladi o'zi aslidan. Tushunarlimi? Biz shunga ishonolaymizmi? Biz ishonolaymimizmi? Tavakkalchilarni ustozlari, Payg'ambarlar. Muso alayhissalom olti yuz mingta yahudiyda yetarli. Dengizni bo'yiga borganda, Fir'avn orqadan ko'rindimi?

Inna mudroqqa unda dedi yahudiylar. E bo'ldi dedi, Fir'avn yetib keldi. Orqadan o'sha zamonda eng kuchli armiyasi polniy varojonda keldi orqasidan. Kirib tashlash uchun keldi. Cho't tushdi yahudiylar. Bo'ldi pishdik dedi. Ibrohim alayhissalom muso alayhissalom kalla inna may robbiy sayyahdi. Yo'q dedi. Robbi men bilan. Albatta yo'l ko'rsatadi dedi. Deyishiga nima dedi Alloh? Asoiz bilan dengizni. Kutuvdimi shu muammoni shunaqa hal bo'lishligini? Kim o'yladi dengiz yorib o'tish deydi. Mos olishtirnoq o'zi ham o'ylagan masalan. Faqat g'am qilmadi. Men Alloh aytganqa yasha, Allohga suyaning, Alloh yo'l ko'rsatadi dedi. Dengiz yorilib chiqib ketdimi? Birodarot, tavakkal qilgan kishilarni tarixda minglab misolini topsa bo'ladi. Biz o'zimiz qila olamizmi shu ishni?

Biz bunday qaraymiz. Men bu mashinani tekis qilib qilib beraman deysiz. Javob deysiz. Qayerdan bo'lasiz ta'sir? Og'rib qolarsiz, o'lib qolarsiz, svet o'chib qolar, qo'li sinib qolar, yo'q. Men qilib beraman deysiz. Men gapimga javob beradigan bitta o'g'il bola, gaplik o'g'il bolaman deysiz. Ismoil a'zamda, men sizni so'yaman, nima deysiz desa, inshaalloh sabr qilganimni ko'rasiz deyapti. U tutkizib beraman demay, prosta chidab beraman deydi, o'zida bor suhbat. Sabr. Inshaalloh sabrli ekanligimni ko'rasiz deb, o'zidagi sifati ham kimga yopishtiryapti? Ishonishmagan ular o'zlariga. Akasiga ham, dadasiga ham, qaynotasiga ham ishonmagan. Ular Allohga suyanib ular.

Bizni zamonimizda yashayotgan odamlarimizni eng birinchi muammosi shu, akalar. Shu pul masalasini, rizq masalasini to'g'ri hal qilib olsak, inshaalloh ibodatda ham huzur topib qolamiz. Un qimmatlashsa ham xotirjam bo'lamiz, tovarimiz muzlab qolsa ham xotirjam bo'lamiz. Endi nima bo'larkin demaymiz. Nima deymiz? Allohning aytgani bo'ladi. Zo'r a?

Bizlar o'ylanaversangiz siqilaverasiz, bo'g'ilaverasiz, tugamaydi muammo, to'g'rimi? Kechqurun uyqusigacha o'ylandingiz. Bir narsa hal bo'lib qoldimi? O'zingizni nervingizni kemirgan qoldingiz. Ertaman turdingiz, problema yana turibdi. Yana siqilasiz. Agar siz boshida Allohning aytgani bo'ladi, Parvardigor, men faqat o'sha muammoni hal bo'lishlik sababini qilib qo'yaman, natija seni qo'lingda deb qo'yganimizni bilasizmi? Qanaqa xotirjamlik bo'lardi? Yo bo'ldi xotirjam bo'ldi, men qilib beraman, aka desa bitta odam, haligi ishingizni.

Haligi pasporti stolda akasi bor, oshnasi keldi, bo'ldi men qilib beraman. Opkeldi pasport oldimi? Xotirjam bo'morasiz a? Keyin kelyapti konteyner, bitta beraman shu mashinamdan davom etasiz. Variantga. Bitta odamni gapi sizni qalbingizni qanaqadir ko'tarib yuboryapti. Endi Allohga suyanishni bilgan odam qanaqa yashar ekan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadi la anna kun tavakkaluna alallohi haqqi tavakkuluhi la ro'zi hukm kamatu ziqu toir taqdu himo san vala ta'ruhu betonah. Agar sizlar deyapti, Rasululloh. Haqiqiy tavakkal qilishni, tavakkal nima edi?

Nima edi tavakkal, Allohga? Qanaqa suyanamiz? Natija haqida g'am qilmaymiz, mehnatni qilamiz. Sababni qilamiz, o'sha kiyikni olayotgan bo'lsak, kamonni cho'zamiz, shamolni raschotini olamiz, keyingi qadamni sotib qo'yib yuborib turib, endi kimdan buyog'i? Tezda ham Allohda, tegmasa ham Allohda. Qo'lingizdan kelgandaqa hunariz bilan motorga yig'dingiz, endi bosadigan payt keldi. Kimdan buyog'i? Ana. Mana shu tavakkal. Natija haqida g'am qilmaslik, mehnat qilinadi, lekin natija haqida siqilinmaydi.

Agar sizlar deyapti Rohululloh, rost akamga tavakkal qilishni bilganinglarda, sizlarni qorninglarda Alloh Taolo xuddi qushni qornini to'yg'izganday to'yg'izib qo'yardi deydi. Uch yil bo'ldi a? Bir metr qor yog'di. Qushlar qirilib ketdimi ochig'i? Bir metrda o'yib kira olmasdi bo'ladi. Butun yer yuzini bosdi, mana shu viloyatini bosdi da o'sha bir metrlik qor. O'lib qoldimi qushlar?

Endi nima olar ekan, bunday bo'mabdi bu yil? Endi nima qilamiz, non oson bo'libdi? Birodarlar, agar ishonib yuboring, agar rizqingiz bo'lsa o'lmaysiz, yashaverasiz. O'lmaysinmi, demak, rizqingiz bor. Qaranglar, qancha bir uzoqlashib ketganmiz tavakkal degan narsadan. Qush, albatta aytaman, qonni ochib uchib chiqib ketar ekan, kechki payt albatta qonni to'q qaytar ekan. Bu mo'jiza bu bir odamlar. Boya aytdim ku, ularda konteyner yo'q qushlarni. Hunari, tijorati, hech narsasi yo'q. Uni faqat qonoti bor. Shu sababni qonotda qoqib uchib chi qib ketadi, Alloh albatta beradi. Biz ham o'sha oyog'imizni bosib chiqamiz kechaga, Allohga suyanib, Alloh albatto nima qiladi?

O'zimni hayotimda sodir bo'lgan narsa. Bozorda turganimda pista olib keladigan bir arava yo'lidan chiqib ketdi da, qop charchilib ketdi. Qopini eng tagidan bir aravasiga yarashib qolib turib, bir yarim kilo shu pista to'kildi. Pistani egasi aravachasida so'kish so'kish qarab turibman, guvohman shunga. Yerdan qolgan pistani kelib, yana qanaqa qopni tagidan yirtildi. Agar tevasidan tushganda, endi tevasida turganda, tushishi mumkin bo'lsa ham ustidan tushishi kerak. Lekin tagidan tushmas edi, shunday emasmi? Hali odam ketdi, besh minutdan keyin qarasam Subhanalloh to'rtta mishcha rizqini teryapti hali yerda.

Qopni tagiga tushgan hali pista donalari. U to'kilishi kerak emas hech qachon, chunki tagida qopdi. Lekin Alloh birodarlar, shu mishchalarni rizqini, rizqini yozib qo'ygan ekan shu to'rtta beshta pista donasiga. Qoldi, kelib terib ketyapti. Ana shu qushlarni rizqini bergan Alloh, siz bilan bizga rizqimizni bermaydimi? Birodarlar xotirjam bo'laylik. Mehnatni qilaylik, harakatni qilaylik. Natija haqida g'am qilmaylik.

Tushuntira olyapmanmi? Bitta darsga sig'maymiz shekilli. Tavakkur bu iymonni sharti.

Va alallohi va tavakkalu inkuntun lu'mining. Alloh aytib aytyapti, agar sizlar rost muammoman desanglar, rostdan musulmon bo'lsanglar, Allohga suyaninglar deyapti. Bu degani Allohga suyanolmay ekan bo'lsanglar imoninglar nima qilinglar? Tekshirib qo'yinglar bir qator. Musulmon odam Allohda boshqaga suyanishi Allohda boshga ishonmasligi kerak. Allohga tavakkal qilishlik.

Nimaga o'xshaydi? Allohga tavakkal qurishlik bir baliqchiga o'xshayda. Baliqchi to'rini qayig'iga soladi. Baliq bor deb gumon qilgan joyiga boradi, to'rini tekis qilib yayib qo'yadi. U ishlab tashlab yubormaydi. Alloh yozgan bo'lsa chiqar demaydi. U sababini qiladi. Tekis qilib yayaadi, qayig'i borib endi nima deydi? Allohga tavakkal buyog'i. Keyin tortadi. Chiqsa ham Alhamdulillah, chiqmasa ham Alhamdulillah. Siqilmaydi bugun chiqmadi. A bugun yozmabdi da. Va o'sha mashina sizga o'tganda besh yuz dollar foyda qilardingiz. Mana bu falonchi ilib ketdi. I sherigingiz bilan urishaverasiz. Men senga aytgandim ushlab tur deb. A taqsir xotirjam bo'ling, bugun shu mashina sizni qo'lingizga kelishingiz yozmagan. Nima bo'lmadi?

Sen sen bo'lmaganda mana bunaqa bo'lmas edi. Tavakkur mana shunday narsa ekan murodalar. Ali roziyallohu anhu kunlarni birida mana ana shu urush bo'lib turgan paytlarida hujrasiga kirib kelsa, yonidagi bir hamrohlari, bu alini dushmanlari bor. Baribir tajovuz qilib qo'ymasin. Kelinglar qorolchilik qilamiz deb eshikdaydi, qorolchilik deb turishibdi.

Ali karim alloh boshqa chiqsa, eshikdaydi qurolli odamlar turibdi. Ha nima turibsizlar, sizni qo'riqlayapmiz. Kimdan qo'riqlayapsizlar? Samo ahlidanmi? Yo yer ahlidanmi desa, nima? Eomirol mo'minov, bu sizni samo ahlidan, farishtlardan qanaqa himoya qilamiz? Albatta yer ahlidan himoya qilyapmiz desa, agar samo ahlida yozilgan bo'lsa, menga musibat yetishligi, sizlar meni himoya qila olmaysizlar. Agar yozmagan bo'lsa, nimadan himoya qilasizlar? Birorim aytgan ekan, yozilmagan narsadan nimaga qo'rqay? Agar yozilgan bo'lsa musibat, qayoqqa qochay degan ekan. Tushuna olaymi? Burningizni sinishini yozgan bo'lsa, Alloh Taolo, ko'chaga chiqib mushtlashib sindirib kelgan bo'lsangiz, siz men mushtlashgani uchun sindirdingizmi? Demak, uyda turganingizda, shu yukib kelib bir borangiz chig'anaqa teyibman, burningiz nima bo'larkan? Sinar ekan. Rozi bo'laveringlar. Allohni bergan kuniga faqat nima bo'lishi kerak? Rozi bo'lishlik kerak.

Yarim soat bo'lib qoldi a? Ali roziyalloh ham hu yahudiyning uyida ittifoq bilan bog'dagi xurmonlarni sug'orib berishlikda ittifoq qildi. Ya'ni, faraz qilaylik, hududdan chiqib bir paqir to'kkan suviga ikki dona xurmo beradi. Ali yarim olloh o'sha hududni olib chiqib suvni sug'ordi. Bir qancha xurmo daraxtlarni sug'urgandan keyin yahudiyning bog'ida bir hovuch xurmoga yarasha yetdi. Ya'ni bir kunlik xotin bola chaqasi bilan yeydigan ovqat bo'ldi. Paqirni sharg'itdi. Ber haqqini dedi.

Yahudiy hayron bo'ldi. Tugatma degan ishni hali. Tugat desa, men sen bilan bog'ni tugatishlikka dogovor qilmaganman. Paqirga ikkitadan gaplashdik, ber xurmoyim. Bugungi yetadi deydi. Biz besh yil, o'n yilda rashotini olamiz u. O'ng qop, un olib qo'yganlar yo'q emas ishimizda.

Birodarlar, Alloh biladi, uni kuyoq yeydimi, o'g'ri oladimi, o'tib ketadimi, nasib qilsa yeysizmi? Ertagacha, ertagasa, ertaga Xudo poshsho deydi. Tavakkalni qarang. Bir dona nolni ko'tarib keladi, o'zi alik alimni olib ochgan. Bir dona. Shu bilan tugatsak ham bo'laveradi o'zi. Fotihmonimiz omad egagina xohlagan, yo eshitib xohlagan ekan. Qarang. Kim bular? Birodarlar, faqirona hayotda bizni yomon narsada bilmaylik. Qo'limiz rizqimiz kalta bo'lgan bo'lsa, bu yomon ko'rgani uchun Alloh buni berayotgani yo'q. Yaxshi ko'rgan bandalarga mana shunday hayotni bergan. Ali, Payg'ambarimizni amakivachchasi bo'ladi. Nasl nasl to Payg'ambarlarimizga bog'lanadi. Payg'ambarimizni eng yaqin sahobalaridan o'nta asharayi mubashshalari bittasi jannatinglarni. Payg'ambarimizga kuyov, jannat yigitlari sayyidlari bo'lgan Ali, Hasan va Husaynlarni otasi, yer yuzida yashab o'tgan eng komil ayolni, to'rtta ayoldan bittasini eri bo'lgan, Ali kambag'al bo'lgan. Lekin rozi bo'lgan hayotidan. O'shaning uchun zo'r yashagan ular. Bir donalarga qurbi yetib, bir dona nonni ko'tarib kelasiz ham, yo'lda bittasi Alloh uchun xayr qiling deydi, shart beradi.

O'rniga qo'yib kelaveradi biz o'zimizni. Biz aqlimizga sig'maydi, chunki biz aqlimiz sig'dirmaydigan bo'lib qolgan bunaqa narsalarni. Har xil narsa bilan to'lib qolgan bizni aqlimiz. Uyga keladi, olib keldingizmi desa, Alloh yo'lda bitta narsa xayr qiling degandi, berib yubordim dedi. Mana ko'ringlar birodar, bugun Fotima onamizni onor yeyishini Alloh taqdir qilgan bo'lsa, onor yeydi.

Agar onor yeyishni taqdir qilmagan bo'lsa, yemaydi. Nima bo'ldi onam? Yo'q bo'ldi. Jannatga oshiradi deb gapirdik. Abu Dag'dag' uyini bitta xurmog'iga nima qilib yubordi? Demak, bugun Abu Dag'dag' uyisiz, bog'siz qolishini Alloh ta'qdir qilgan, yaxshilikka almashtiruv degan uysiz qoldi. Agar yaxshilikka almashilmaganda ham bo'ladigan baribir. Uysiz qoladi ekan. Shunaqa birodarlar. Yaxshi bo'lsa ham shu hayot. Yomon bo'lsa ham bu hayot. Shu gapni ikkalasi gaplashib turuvdi, eshik taqillab qoldi. Chiqsa, bir odam qo'lida xolta.

Bu dedi, Allohda payg'ambarga keldi dedi. Payg'ambar sizga jo'natdi alayhissalom dedi. Ali karim Alloh boshqa shu narsa, onor. Rahmat deb kirib ketmadi. To'xtang dedi. Shart to'xta. Sanadi. Birodarlar hadya sanalmaydi. Hadyani sifatiga qaralmaydi. Hadyaning nimaga qabul qilish kerak? Sanayapti u. Sanasa to'qqizta. Yana bitta bo'lishi kerak deyapti.

Allohga tavakkul shunaqa qattiqki, robbisini va'dasiga shunaqa ishonadiki, o'nta deyapti. Yana bitta bilish kerak. Qani deydi. Rost Payg'ambarimizga Allohdaan keldimi? Payg'ambarlarimiz menga jo'natdimi? Nima bo'lishi keragi u? Qayerdan bilasiz degandi? Aytdiki, eshitmaganmisan? Birda bersang o'nni beraman degan Allohning va'dasi. Shunaqa ishongan ular Allohning va'dasiga. Har ikki kishi vavvonga tekshirmoqchi edilar, yengidan chiqarib berdi.

Bizga o'zi ikkita kelsa ham jon deymiz bizni odamlar. O'shaning uchun kelmayapti bizga srazu. Ular, ular xuddi eshitadigan odamga o'nta nusxatib qo'yib, aka bering deganda qanaqa ishonasiz o'nta aka berishiga? Bitta qani qolsa berdingizmi senga o'nta berganman deb. Allohni va'dasiga shunaqa qattiq ishongan ular. O'shaning uchun ular aziz yashagan birodarlar. Pulini ko'pligi bilan aziz bo'lgan emas. Allohga suyanganligi bilan aziz bo'sgan. Rizqqa, baraka olib kelishlikka sabab bo'ladigan birinchi sabab Allohga tavakkur birodarlar. Tavakkul o'ziga bog'liq bo'lgan ishni qilib, natijasini Allohga qo'yishlik tavakkul. Tavakkul to'rni yaya qo'yib, chiqadimi, chiqmaydi deb o'ylanmaslik tavakkul. Tahakkul o'qni otib turib kiyikka, teyamnikida siqilmaslik tavakkul, g'am qilmaslik tavakkul. Birodarlar, g'am qilmaydan yashasa bo'lar ekanmi endi?

Agar bir kun yashab ko'ring da, bir kun g'am qilmaydan. I ni hayotni kamaytiradi, yettita rangini ko'rib svidnoy bo'lib qoladi hayot birodarlar. Hali gapiradigan gapimiz ko'p edi, lekin mana yarim soatdan o'tib ketdi. Bu birinchi dars edi birodarlar. Endi bundan keyingisi, bundan ham shirin bo'ladi inshaalloh. Keyingi darsimiz taqvo. Rizqqa baraka olib keladigan, qalbga xotirjamlik olib keladigan ishlarni ikkinchisi, bu Alloh Taologa taqvo qilishlik. Inshaalloh, ertaga bo'ladigan suhbatimizda mana shu haqida gaplashgan bo'lamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashRamazon 2006