# Ramazon 2006

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 101 of 510
- Section: —
- Duration: 27 min
- Original title: Ramazon 2006
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/101
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/onCZEPZ1xJ0.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=onCZEPZ1xJ0
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/100.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/102.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vassalat va salamu alayhi va salamu ala xoyre huquqiy, muhammadin va alayhi va asr va biyaj mayli. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Mana o'tgan suhbatimizda sizlar bilan ana shu rizqqa taalluqli darslarni birini sinab boshlagan bo'ldik. Bu tavakkal degan dars edi. Va ana shuncha vaqtni ko'p ketganiga qaramasdan, bu mavzu oxiriga yetgani yo'q, birodarlar. Chunki bu shunday bir mavzuki, shu tavakkalni nimaligini tushunib yetib olsak, tavakkal qilishlikni o'rganib olsak, qolgan aytiladigan yettita mavzuga amal qilishligimiz oson bo'ladi. Mana tavakkalni bir qancha bir misollar bilan tushuntirgan bo'ldik. Ya'ni insonni devorga suyanib o'tirganligi yu, suyanmay o'tirganligini misolida. Devorga suyanib o'tirgan odamni belita olmaydi, suyanmaydigan odamni belita oladi. Xuddi shunga o'xshagan bunday hayotda allohga suyanishni bilib yashagan odamni belita olmaydi hayotda. Aksincha, robbisini topolmasdan, robbiga suyanishini bilmay yashayotgan insonni har qancha quvvati katta bo'lmasin, baribir bir kun belita olishligi bor.

[1:07] Tavakkalni yana balo ovlagini chiqqan dengizchiga o'xshatdik. Bu baliqchi dengizga chiqib to'rini yoyib qo'yar edi, qolganini Allohga tavakkal qilar edi. Tavakkal degani, bu tafkir, tadbir, so'ngra tavakkal. Ya'ni ro'paramizda bir mushkula turadigan bo'lsa, buni hal qilishlik yo'li haqida fikr yutamiz avval. Kallani ishlatamiz. So'ngra shu yegan yechimimizga amal qilib, harakat qilamiz, natijasini Allohga qo'yamiz. Tavakkur degani bu Allohga tashlab qo'yish ekan deb bir tomonlama noto'g'ri tushunib olmaylik. Inson o'ziga bog'liq bo'lgan hamma sabablarni qiladi, natijasi haqida g'am qilmaydi. Mana shu narsani tavakkur dedik. Va aytdikki, tavakkur bu Alloh Taolo siz bilan bizni buyurgan bir ibodat. Tavakkur bu iymon sharti. Alloh Taolo mana Qur'onda marhamat qiladi.

[2:03] Mana va Alloh, falyatavakkalul, falyatavakkali muminun, boshqa oyatda inkun tun muminin. Ey imon keltirganlar, agar sizlar haqiqatdan iymon keltirgan mo'min bo'lsanglar, unda Allohga suyaninglar deydi. Allohga tavakkal qilinglar deydi. Bu siz bilan biz xohlasak suyanib, xohlamasak suyanmaydigan, xohlasak qilib, xohlamasaksa qilmaydigan ish emas. Alloh tomonidan buyruq bu. Agar mo'min bo'lsanglar, modomiki o'zinglarni mo'minlardan hisoblarkansizlar, bas sizlar albatta Alloh Taologa tavakkur qilinglar. Va Alloh, fatavakkal u in kun tun mu'mining. Agar mo'minliginglar rost bo'lsa, Allohga suyaninglar. Mana tavakkuydan bir qancha misollarda aytdik. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam mana yahudiylarni bir qabilasini qamal qilib turgan paytida, qo'rg'onda qal'ada yahudiylar qamal bo'lib turadi. Rasululloh sultonov shu paytda qo'shindan ajrab, daraxtda soyasiga salqiniga borib ozgina dam olmoqchi bo'ladi. Borib yotgan paytda qo'rg'onni ustidan qarab turgan yahudiylar aytishki, Muhammadni bundan boshqa xoli holda topishinglar qiyin. Kim borib uxlayotganda uni o'ldirib keladi da, bizni mana shu mushkuladan qutqaradi dedi. Shulardan ulardan bir kishi shunday shoshilgan tash tushdi da, ko'z ochim yumguncha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ustida qilichini yang'ashlab turar edi.

[3:27] Ya'ni shunday holatki, qilichni to'sib turadigan hech narsa yo'q. Man yamla, aka meniya, Muhammad. Ey Muhammad, endi seni mendan kim man qilib qoladi, to'sib qoladi? Ya'ni Rasululloh sollollohu alayhi vassalom tamomiy xotirjamlik lahjasi bilan, xotirjamlik shevasi bilan Alloh deb.

[3:50] Alloh degan kalimani aytishligi bilan, haligi yahudiyni oyog'i qaltiradi, qaltiradi, quli titradi, qilichi tushib ketdi qo'lidan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qilishdan oldin, endi seni kim qutib yuboradi mendan dedi. Bu o'rinda nima dars olamiz? Alloh azza va jalla Payg'ambarini himoya qilishiga qodirroq. Nimaga yahudiyga mana shu darajaga yaqin kelishiga qo'yib qo'ydi? Bu ilohiy hikmat, Alloh Ta'alo. Lekin siz bilan bizga berilgan ibrat shuki, Rasululloh Sodiq Sultonni mana shu holati bilan Alloh Ta'olo bizga dars beryapti. Hatto mana shunday holatda ham Allohda qolmanglar. Qilichni ko'tarib chopayotganda ham Alloh deb turinglar. Agar Alloh xohlasa bo'ladi, xohlamasa bo'lmaydi dedi.

[4:32] Mana tavakkur haqida bir qancha oyatlarni, xalislarni misolida eshitgan bo'ldik. Agar xabarimiz yumshoq, Allohda zikrdan olam olib, ozgina bir xaltiragan bo'lsa xabarimiz, bu yaxshilikni belgisi. Zero, Alloh Ta'olo Qur'onda aytadi va la dinna innama al mo'minuna la dinna idha bukir allohu vajidatu hulu buhim va idha to'liyat alayhim ayyatu hu zadathum imanu va ala robbihim ya tavakkalun. Ya'ni uchta sifatni aytadi Alloh Ta'olo. O'zini yaxshi bandalarida bo'lishi kerak bo'lgan uchta sifatni aytadi. Quloq solaylik va o'zimizdan topishlikka harakat qilaylik. Meni bandalarim shunday bo'ladilarki, agar ularga Alloh zikr qilinsa, Alloh eslatilinsa, qalblari titraydi, qalblar yumshaydi.

[5:17] Alloh degan so'zni eshitganda, qalbimiz yumshaydigan bo'lsa, yaxshilikni bitta belgisi. Va idha tul yod alayhim ayyatuhu zadathum imana. Agar ana shu qalbi yumshab turgan mu'minlarga bizning oyatlarimiz tilovat qilib bersa, ularni iymonlariga iymon qo'shiladi. Haqiqatdan shunaqa deysiz u. Baribir biz aytgan bo'lmayapti yu, Alloh aytgani bo'ladi yu. Oyi, hadis, bularni eshitgan paytimizda iymonimizga iymon qo'shilishi kerak. Va nima deyishimiz kerak? Allohga tavakkal deyishimiz keraks. Bir muammo o'ylantirib, siqib bo'g'ib turuvdi bizni. Keldik, Allohni eslatuvdi, qalbimiz dunyoda ozgina ajratildi da, mazza qilib, Allohning zikri bilan. Birodalar, qalbni dorisi bitta.

[6:04] Chanqog'ida to'rt yesangiz qoldirmaydi. Shunday emasmi? Non yesangiz qoldirmiydi. Chanqog'da suv, suyuqlik qondiradi. Xuddi shunga o'xshaganday qalbni, xotirjamligi, qalbni oromi pul bilan bo'lmaydi. Obro' bilan bo'lmaydi, buni yaxshi bilamiz. Faqat Allohni zikri bilan bo'ladi. Ala bitta kirillahi tatumayinul qul. Qalblar faqat Allohniya eslaganda orom olmaydimi deyapti Alloh.

[6:31] Allohniya eslatdi, qalbingiz orom oldi, dard chiqdi esga. Oyatni o'qib beradi, iymoningizga iymon qo'shildi. Keyin nima deysiz? Allohga tavakkal dedingiz. Men o'zimga bog'liq bo'lgan hamma ishni qildim, bu dedi, chashdim, suvni qo'ydim, dorini qo'ydim. Endi natija kelganmi qo'lida? Tovarda konteynerga sezoniga urgut olib keling. Rasxodni iloji boricha ozroq qilib, naqdi minimalniy darajada hozirga qo'ying, tovarda chiroyli yoying, endi nima deng? Ketarmikin endi, desak birodarlar, bu tavakkal bo'lmay qoladi.

[7:07] Demak, tavakkalga xulosa yasaydigan bo'lsak, tavakkur bu mana ulamolar aytadi huva sidqu etiymadul qalba alalloh azza va jalla fiz tijlab il ma solih va daf il mador min umumiy dunya va ala ahli kul liha. Tavakkur degani dunyo ishida ham, oxirat ishida ham, foydani ham, ziyonni ham, keltiradigan ham, qaytaradigan ham faqat Alloh degan so'zga tamomiy iymon keltirib olgan bo'lsak, tavakkur degan so'zni tushunibmiz. Yana qaytarib aytamiz. Dunyoda ham, oxiratda ham. Foydani ham, ziyonni ham, keltiradigan ham, qaytaradigan ham. Ya'ni mushkulaga soladigan ham, mushkulidan chiqaradigan ham faqat Alloh degan e'tiqodga kelib olsak birodarlar, biz mutavakkininglardan bo'lamiz inshaalloh. Bizni qo'limizda faqat sabab bor. Avval ana shu mushkulani fikr qilamiz, tadbir, so'ngra tadbir, qo'limizdan keyin harakat qilamiz, natijasini nima qilamiz?

[8:04] Tafkir, tadbir, tavakkal. Agar shior shu bo'ladigan bo'lsa, inshaalloh xotirjamlik degan narsani totib beramiz, inshaalloh. Qo'limiz ishda, qalbimiz Alloh bilan bo'lishligi kerak. Mana bugun ana shu rizqqa barakot olib keladigan sabablarni kelishi haqida gaplashamiz. Birinchisi, tushunarli bo'ldi. Demak, tavakkur qilgan el na qalqonni, na qalqonning g'amini yer. Dil va yoru dast bakyor. Dil yor bilan bo'lsin, Alloh bilan qo'l ishda bo'lsin. Shiorimiz shu.

[8:44] Bugun mana ikkinchi darsimizni boshlagan bo'lamiz, inshaalloh, bu rizqqa barakat olib keladigan, rizqni keng bo'lishiga sabab bo'ladigan, qalbimizga xotirjamlik olib keladigan ishlarni ikkinchisi, bu taqvo. O'zi bu yerda aytilinadigan mana shu sakkizta darsimiz birodarlar mo'min odamda har bittasini kundalik hayotida borish kerak. Kundalik hayotida bor bu narsa. Faqat ayni mana shu narsalar rizqimizga baraka olib kelishligini ham eshitib qolsak, avval ellik foiz harakat qilayotgan bo'lsak, endi ellik bir foiz harakat qilyapmiz. Chunki xohlaylik, xohlamanglar, biz shunaqa zamonda yashayapmizki, birinchi o'rinda iqtisodimiz turib qolgan.

[9:21] Ana shu cho'ntagimizga to'g'ridan to'g'ri aloqasi bor mana shu taqvoyingni demasangiz, biz odamlar mukofoti faqat oxiratni olamiz ekan deydi da, taqvoni qo'yib bozorga yurib ketayotganini ko'ryapmiz. Bir birovdan buni so'ragan edi, mana. Subhanalloh, alhamdulillah, astag'firulloh degan kalimalarda aytamiz. Albatta buni ajrini qayerdan olamiz? Oxiratdan olamiz. Endi dunyo hayotida ham foydasi bormi buni?

[9:47] Deb so'ragan edi. Birodarlar bor, to'g'ridan to'g'ri aloqasi bor. Inshaalloh mana keyingi darslarimizda istiqfor va tavba degan dars keladi. Mana muhal yassalom o'zini qavmini, Allohni diniga da'vat qittirib aytadi va qulti ustaferu robbakum innoh ukani offuaro. Yursiz sama alaykum midrora, yumdidkum bi avval va banin, voyaj allakum jannatin, voyaj allahum anharo. Bitta istig'for aytsanglar, beshta narsa beradi Alloh, dunyoni o'zida birodarlar. Bu aytiladigan beshta mukofot oxiratda deyilmayapti. Dunyoni o'zida beriladigan beshta. Nimani beradi? Istig'for aytsanglar, ustinglarga yomg'irli bulutni jo'natadi. Dunyoda olyapmizmi? Yo g'ilofda olyapmiz mi buni? Yumi deydi ku, beavval pul bilan quvvatlaydi. Va baniy, farzandlar beradi. Dunyoda olayapmizmi?

[10:39] Voyaj allohum jannatiy, bog'irog'lar deb beradi. Voyaj allohum anharom. Daryoliklarda to'ldirib suv oqizaman deyapti. Nima kerak? Qarang. Yomg'ir, bu ekologiya degani bu. Tabiat zo'r bo'ladi, pul bo'ladi, farzand bo'ladi, bog' bo'ladi, suv bo'ladi. Nima kerak yana dunyoda? Nimani evaziga beryapti? Istiqbol. Shunaqa osonmi? Oson, birodarlar. Istiqbol o'tishni o'rniga televizor ko'rib qo'yamiz biz. Shu narsani aksi bo'lgan rizqimizni tib tiktiradigan.

[11:15] Mana ikkinchisi, taqvo deb aytdik. Innoha kroma ko'ma ayni dallohi at hokim dedi Alloh Taolo Hujurat surasida. Allohni huzurida sizlarni eng hurmati baladiylar dedi, olimiylar demadi. Ominlar demadi. Arabiylar, ajamiylar demadi. Boyilar, kambag'alliklar demadi. Bitta sifatda aytdi.

[11:38] Agar faqat meni Allohni huzurida kambag'allarni hurmati baland bo'lsa, boylarga zulm bo'lib qolardi. Yo'q aksincha, faqat erkaklarni Alloh meni huzurimni hurmati baland desa, ayollarga zulm bo'lib qolardi. Bu hammani qurbi yetmaydi bu narsaga. Lekin Alloh Taolo shunday o'lchovni qo'ydi-ki, bu o'lchovda oldida hammani imkoni, shansi bir xil. Boy odam ham taqvoliy bo'la oladi, harakat qilsa. Kambag'al odam ham. Meni huzurimda, sizlarni eng hurmati balandinglar taqvodorrog'inglar, mendan ko'proq qo'rqqaninglar. Xo'p, taqvo degan so'zni o'zini hal qilib olaylik. Taqvo nima?

[12:18] Mana Ali bilan bitta olib aytadi. At taqvo al xaufu minal jalil, val amal u bittanzil, val ridobil qalil, va isti'adannu niyavmir rohiyn. Taqvo biz tilga to'g'ridan to'g'ri o'girsak, qo'rquv degani. Taqvo degani ehtiyotkorlik degani. Nimadan ehtiyotkor lik?

[12:43] Gunoh ish qilib qo'yishlik, qilmaslik emas. Bu boshqa narsalar. Gunoh qilib qo'ishlikka yaqin borishlikdan ehtiyot bo'lish taqvodorlik. Ali karimulloh boshqa aytadi, taqvo degan nima desa aytadiki, al xaufu minal jalil. Jalildan qo'rqish, bir. Va amaloviy tanzil. Hayotda qiladigan hamma ishini tanzil bo'yicha, Qur'on bo'yicha bajarishlik. To'g'ri kelgan narsani xohlagandaqa qilib yuboraverishmas. Musulmon odam mol bo'lmaydi birodarlar. Musulmon odammda kitobi bor, musulmon odamni payg'ambar qo'yib ketgan yo'li bor. Bir narsani yeyishdan burun so'raydi, buni yesa bo'ladimi, bo'lmaydimi? Halolmi, xoronmi? Mana bu savdoni qilmoqchiman. Shu savdosi halolmi, xolammi?

[13:30] Hayotda qiladigan ishini tartibi bor. Al amal u bittan zil. Ya'ni ana shu Allohning kitobi bilan amal qilishlik, taqvod yana bir ko'rinishi ar rizobil qolil. Ozgina narsaga nima bo'lishlik? Rozi bo'lishlik. Mana shu joyda juda ko'pchiligimiz oqsaymiz. A xo'p, amalut bittanzil qiyin endi. Allohni kitobi bilan hammasiga yashash haqiqatdan mashaqqat qiyin. Lekin Alloh bergan kuniga rozi bo'lib qo'yish ham birodarlar, taqvodorligini belgisi ekan.

[14:04] O'zi rozi bo'lgan odam uni oz demaydi. Rozi bo'lgunigacha u narsa oz emas. Rozi bo'lgani uchun ko'p bo'laveradi. Norozi bo'lgan adamda ko'p bo'lsa ham oz bo'laveradi va iste'dod liberalniy rohiyni. Rohin kuniga, safar qilinadigan, ketadigan kunga tayyorgarlik. Mana shu narsa taqvo deb aytgan.

[14:28] Umariddin xattob roziyallohu anhudan taqvoni nima deb so'rashganda, u kishi javob berib aytganlarki, tikanzordan, tikkanlari ko'p bo'lgan yo'ldan yalang oyoq yurganmisan deydi. So'rayotgan odamga ha yurganman deydi. Qanaqa qilib yurgansan? Ehtiyot olib, bitta qadamimni ko'tarishdan burun, qayerga qo'yib olishimni ko'rib olib turib, oyog'imni uchini qo'yib ehtiyot bo'lib, keyingi oyog'imni ko'tarmay, narigi joyda qaraganman deganda, taqvohi xuddi shunaqa deydi. Bitta gapni gapirishdan burun o'ylanasan, to'g'rimi, noto'g'rimi? Bitta ishni qilishdan burun fikr qilasan, tushadimi, tushmaydimi kitobga?

[15:07] Qiyin bo'lib ketadi unda hayot. Har bitta gapingizni o'ylab gapiraversangiz. Uni gapirmaslikka to'g'ri keladi yu. Shunaqa birodarlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni mana abu zardifori aytadi, yo rasululloh, bu og'zimizdan chiqqan gapga ham hali javob beramizmi? Gapirgan gapimizga ham hali javat beramizmi desa, vakillatga u Mukayyo Abbodlar dedi. Onangiz yo'qotib qo'ysin ziyod Abboslar, qurib ketgin degan bizni tilda. Ha bilmaysizmi, odamlarni jahannamga ko'prog'i tili tufayli tushib ketadi dedi.

[15:36] Subhanalloh, Alloh Taolo bu tilni shunday qilib yaratibdiki, charchamas ekan. Qo'lingiz bilan, oyog'ingiz bilan gunoqsiz ham, savopsiz ham charchab majbur bo'lasiz, lekin tilimiz charchamas ekan. Taqvo qorin bilan bo'ladi. To'g'ri kelgan narsani yemaslik bilan. Ko'z bilan bo'lada, quloq bilan bo'lsa, tili bilan bo'ladida, qo'l bilan, oyoq bilan bo'ladida. Al xavfu minal jalil deyildimi? Allohdan qo'rqsangiz taqvodor bo'laverasiz. Taqvodor bo'lsangiz, mukofoti dunyoda ham bor. O'n uchta foydasi tanilgan va Alloh haligi qanchaligini. Ayni taqvodor odamga beriladigan o'n uchta foyda. Mana endi rizqni nima daxli bor buni?

[16:19] Rizqni nimalari bor? Ya'ni topayotgan pulimizga nima aloqasi bor? Yaqululloh aziz va jalla, fisurati to'liq. Va men yattaqilloh, hayaj allohu mahrojon va yarzuqumin hayfulla yaxtasib, va men yatavakkal alallohi fahva hasbuhu. Kim? Deydi Alloh Taolo. Allohdan taqvo qilsa, Alloh bu kishi uchun mahorojni beradi. Mahoroj degani nima degani?

[16:49] Mas dara xaraja degan so'zdan olinadi. Chiqib ketadigan joy degani. Kiynoxonaga kirganinglarda, svet o'chgan mahalda vix deb yozib qo'yardi zangor chiroq bilan. O'shanga qarab yurib kelardinglar. Agar o'sha chiroq bo'lmasa, ko'zimizni ko'rib turaverardik. Chiqib ketadigan joy maxroj deyiladi. Nimadan chiqib ketadigon joy?

[17:14] Mana shudan chiqib ketadigon joymi? Mushkuladan chiqib ketaydigan joy. Iqtisod mushkula bo'lyaptimi? Muomala, oilada kelishmovchilik mushkuli bo'lyaptimi? Mahalla ko'yi muomala mushkuli bo'lmayaptimi? Qanaqa problema, qanaqa bir qiyinchilikka kirib qolsak, chiqib ketishlikni yagona yo'li pul emas ekan. Puling bo'lsa lyuboy joydan chiqib ketasan. Pul bo'lsa, changalda shu yoqqa kechirasizlar. Biron biron puli bor odamni o'sha cho'rvani changalda usha olmayapti. Men pulim bor, hajga xohlagan mahalimda boraman degan akalar uch to'rt yil bo'ldi akalar. Borolmay qolganlar bo'ldi. Pul hal qilmas ekan. Ming afsus bo'lsinki, bizga mana shu tashqaridan kelayotgan bir salbiy ta'sirlar, televizordan olayotgan tarbiyamizdan pul hamma yoqda reshak qiladi degan tushuncha kelib qolgan kallamizga. Pul ham hal qila olmaydigan ishlar bor, birodarlar. Uni faqat taqvo hal qiladi. Shunday emasmi? Ana shu milliarderlarni og'zida tan bilmayapti bittasini. Dunyoyimni yamini beraman deyapti. Agar shu tanbilishlik sifatini qaytarib bersa deyapti. Topibdi o'sha dunyoni kattasini. Lekin yarmini voz kechib olishlikka tayyor olyapti. Birodarlar, podshohlardan biri vaziriga menga bir nasihat qil deydi.

[18:33] Podshoh vazirlarni aqlligini xudodan qo'rqadim tanlagan oxirgi zamondagi yaxshi podshohlar. Qaddini oshib ketay desam, Allohni eslatib, joyimga qo'yib qo'y deyishga yaraydigan vazirlarni tanlagan. O'shanaqa vazirlardan bittasiga menga nasihat qiling desa aytadiki, ey podshoh deydi, sahroda qolsangiz, suvingiz tugagan bo'lsa, tomog'ingiz yopishib o'lishga yaqin bo'lsangiz, bir piyola suv uchun yarim podshohligingizni berarmidingiz? Ha o'lib qolsam nima qilaman butun podshohlikni? Berardim yarmini deydi. Bir piyola suvuqqa yarim boyligini almashtirib yuboryapti.

[19:08] Endi ana shu ichirgan bir piyola suv chiqmay turib oldi, azob beryapti, chiqa olmayapti. Qolgan yarmini berarmidingiz deydi. Qolgan yarmeni berardim deydi. Demak, qadri bir piyolachalik suvga bo'lgan dunyoga muhabbatingizni qattiq qo'ymang deydi. Ana birodar. Suvni ichishligimiz ne'mat, chiqarib yuborishimiz qanaqa ne'mat? Buni chiqara olmay qolganlar biladi.

[19:35] Qanchadir bir miqdorda turar ekan bu pul, ana shu doktorlarni o'zlari biladi. Bir marta o'sha bavul qildirib siydirib qo'yishligi ma'lum bir summa deb pulni to'laydi, bir marta siyib olishligi rohati uchun. Pul hamma narsani hal qilmaydi. Qanaqa mushkulalar bo'lsa deyapti Alloh Taolo. Chiqib ketadigan yo'l faqat taqvo bilan bo'ladi. Xo'p, bo'ldimi? Mushkuladan chiqarib qo'ydi, tashlab qo'yadimi Alloh? Yo'q. Yana orqasidan nima degan? Kutmagan joydan rizqini berib qo'yadi. Mana kecha gapirdik. Ali roziyalloh taqvo qildi, bitta onani berdi. Kirdi. Nima bo'ldi?

[20:14] Kuttirdimi? Alloh azrab ajrab kuttirdimi? Tavakkur qildi, taqvo qilding, bitta onani o'nta bo'lib kelmadimi? Yana to'qqizta bersa, o'lamayapti. Yo'q, o'nta bo'lishi kerak deyapti. Ana birodarlar. Mushkuladan qanaqa qilib chiqilgan ular? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sahobalari Badrda, birodarlar. Uch yuz o'n to'rtta edi. Kofirlar ming tadan oshig'ida. Ashshiru ilayyuha narsa dedi Rasululloh. Nima qilamiz? Maslahat beringlar dedi sahobalar, hammasi bir ovozdan urishamiz yo Rasululloh dedi. Alloh Taolo ming yillagan farishtalarni tushirib qo'ydimi? Taqvo qilishuvdi, problemasini hal qilib berdimi?

[20:53] A? Nimaga ibrata olmaymiz? Dunyodagi konkretniy bo'lib turgan problemasini Alloh hal qilib berdi. Nima qilganligi uchun? Va ishonib yuboring, qilib ko'raveradi da shu taqvoni. Gapga kirmayotgan xotinimizni ham ota tarbiyaga solib qo'yadi. O'sha kutmayotgan imoratimizni ham kutkizib beradi Alloh. Faqat taqvo qilaylik. Mana Ibn Abbos: voyarzuqu min hayf u la yaxtasib, kutmagan joydan rizqini yetkazadi degan oyati sharof aytadiki, yarzuqu min hayf ul la yaxtasib ay min hayf u la yarmal va la yarju. Kutmayotgan, xayoliga keltirmayotgan joydan rizqni yetkazib qo'yadi. Bu oyat, birodarlar. Agar shuncha shubhamiz bo'lsa, kalima keltirib yangilab olaylik. Iymondan aylab qolish xavfimiz bor. Taqvo qilsam, Alloh har qanday mushkuli hal qiladi, degan e'tiqodda. Shubhasi bor odam kalimani keltirib olsin boshqadan. Chunki avvalo va'da beryapti, albatta mushkuli hal qilaman, orqasidan mukofotini ham beraman.

[21:57] Mana boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi, valav an naqhil al quruq, a'mon avotdaqov, la fataqna alayhim barakatun niyasunna, ila al al. Agar deydi, bir qavmga Alloh Taolo payg'ambarni yubordi. Payg'ambar ularni Allohga da'vat qildi. Qavm inkor qildi, masxara qildi, Alloh balo yuborib yo'q qilib tashlaverardi. Yo'q bo'lgandan keyin Alloh aytyapti. Agar o'shalar deydi, iymon keltirib, taqvo qilishganida, osmoni yerdan baraka eshigini ochib qo'yardik ularga deydi.

[22:30] Endi bular yo'q bo'lib ketdi. Endi bularga bu imkon yo'q. Ikkita shartni qo'yapti, iymoni bo'lganida, iymon keltiri turib taqvo qilganida, osmondan yerdan baraka esshiklarini ochib qo'tar edik. Lekin nima qilishdi? Vala keyin katta bu fahad nax mimakan yoki sibun. Lekin Payg'ambarni yolg'onchi qildi, shu qilgan ishi tufayli ularni vayron qildik deydi. Xulosa. Bizda iymon va taqvo sifati bo'lsa, osmon yerda nima kelar ekan?

[22:56] Baraka kelar ekan. O'rik bo'lmayapti a, birodarlar, bir necha yildan beri. Bekorga bo'lmayaptimi bu narsa? Budoy bo'lmayaptida. Bekorga bo'mayapti, birodarlar. Ana shu yer taqvoga, mana Islom ummati, Islom davlati shunday bir gulchiragan paytda, bo'rilar qo'ylab oldi yurdi dedik. Ekin tikin mo'l bo'ldi, birodarlar. Hatto yomg'irga gapiradigan bo'ldi xalifalar. Qachon, birodarlar? Taqvo bo'lganida.

[23:30] Alloh taolo mana shu yahudlar haqida aytadi, valav annaxim aqomut tavrotoval injilah va na unzila ilahimi robbihim la akalu min favqixim amin taxtavar julihim, minhum ummatu muxtasid va kakafiru minhum sa amayamirun. Agar ular deydi Alloh taolo. Tavrot bilan Injilni qoyim qilishganida, ular oyoqlarini ostlaridan ham, boshlarini ustlaridan ham Allohni bergan marhamatini ko'rishgan bo'lar edi, lekin bosh tortishdi. Ularni insofliylari ham bor, ko'prog'i fosiqlar bilan vaqt olib bor.

[24:01] Ana shu aytilingan o'n uchta foydasi. Mana yarim soatga borib qolyapti birodarlar. Alloh subhanah rasulullohu alayhi vasallam hadislarida bir biridan marhamat qilib aytadi. Men ja alal hu umuman hamma vohidan. Kafahullohu men hammohin minan bi dunya. Va men shaqalatu hu hammuhu ahvoli dunya, lam yubalilahi ta'rifi ayyi avdiyati innali i ahlakaho.

[24:34] Insonda g'am bo'ladi. Hamma odamda g'am bo'lar atigi. Beg'am odam bo'lmaydi o'zi. Aqli joyida. Hamma g'amlarini deydi Rasululloh. Dunyodagi hamma g'amlarinini bitta g'amga almashtirib olsa bitta odam. Ya'ni Allohni rozi qilishlik g'amini birinchi o'ringa qo'yib, boshqa g'amni surib qo'ysa, boshqa gamlarini yechimini Alloh Taolo o'zini zimmasiga oladi deydi. Siz Allohni rozi bilaman deb Alloh aytgandaqa yashang da, Alloh aytganday qilib tijorat qiling, Alloh aytganiday qilib muomala qiling, Alloh aytyapman yuring. Alloh boshqa hamma problemangizni hal qilib beraman deyapti. Ishonmaymizmi bunga?

[25:13] Agar kim mana shu g'amni qilmasdan boshqa g'amlarni qiladigan bo'lsa, Alloh o'zi biladi qaysi azob bilan zavtashishligini. Endi hozir mana shu o'n to'rtta foyda, o'n uchta foydasi kelisha oladigan bo'lsak, yarim soatdan o'tib ketadi. Shuning uchun bugun mana shu muqaddimasi bilan kifoylanamiz. Bitta oyatni sharhini ko'rgan bo'ldik. Agar mana vaman yattaqillahi ya jallohu mahruji va yarzuqumina hayfullohi yaxtasib, kim Allohdan taqvo qilib yashasa, Alloh Taoloning har qanday mushkulni osonlikka, yengillikka chiqaradi va shundan keyin kutmagan joyidan rizqini berib qo'yadi. Demak, taqvo qilsak, rizqimizni Alloh barakotli qilib beradi. Inshaalloh ertaga bo'ladigan suhbatimizda ana shu taqvodorlarga beriladigan foydalarni aytib o'tgan bo'lamiz. Alloh Taolo birga bo'ladi taqvodor bilan. Alloh Taolo taqvodorni yaxshi ko'radi. Alloh Taolo taxvodorlarni do'sti bo'ladi, ishlarini oson qiladi, gunohlarni kafforat qiladi, xavf va xatarni omonda saqlaydi. Yaxshi amallarni qabul qiladi, baraka yog'diradi, dushmanlarni makalliligini nari qiladi, ilm beradi, najot beradi, jannatni beradi. Mana shu o'n to'rtta, o'n uchta tezda aytib o'tgan mavzuni bitta bittadan ko'rib chiqamiz inshaalloh. Har bittasiga hujjat bor, Payg'ambarlar, sahobalarning hayotidan, inshaalloh mana o'rniga kelganda gaplashgan bo'lamiz.

[26:34] Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakati.
