Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillohir robilarimin. Vassalomu alayhi vas salamu alayhi va barakatuhu muhammadin va alayhi vas hadyajun va alam. Ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi taolo va barakatuhu. Hayrul kalam, kalamulloh va hayrul hadya, hadya rasulillahi sallallohu alayhi vas sallam. Ammabodo. Rasululloh sollallohu alayh sahih hadislarida marhamatulloh aytadiki, man salaka torayxon yaqlu bu fiyha ilman sa halallohu la hud torayxonning quluqul jannat. Qaysi bir kishi allohni roziligi uchun o'rganiladigan ilmni o'rganishlik niyati bilan ko'chaga chiqar ekan, mana shu kishini bosgan qadamini jannat yo'llariga to'g'rilab qo'yadi. Albatta farishtalar ilm o'rganishi yo'lida ko'chaga chiqqan kishidan rozi bo'lgan holatda qanotlarini uni oyog'ini ostiga qo'yadi. Albatta olim kishiga osmon u yerdagi jamiyka narsa, hattoki ana shu suvni qaridagi bo'lgan baliqlar ham tasvirlab qaytadi. Albatta, olim bilan obidning fazilati badr kechasidagi to'lin oy bilan boshqa yulduzlarning misoliga o'xshaydi. Albatta olamlar payg'ambarlarning merosxo'rlaridir. Albatta payg'ambarlardan dinor va dinor va dirham meros bo'lib qolmagan, ulardan ilm qolgan. Kim mana shu ilmga ega bo'lgan bo'lsa, katta ulushga ega bo'libdi deb marhamat qilganlar.
Mana birodarlar, muborak ramazon oyida bir necha mana kunlardan beri har majlisimizni ma'lum bir darsni ma'lum bilan ilmga o'rgan ekan bo'lyapmiz. Biz ilm bilan molni qadrni belgilash kerak bo'lgan paytda, albatta ko'pchiligimiz ana shu molni afzalligini aytamiz.
Allohni rozi qilishlikda yo'llardan biri bu ilm bo'lsa, yana bittasi mol deb aytamiz. Bir odamga aql bilan ilm bilan dunyo taklif qilinganda, ilmni tanlab turib, eskirgandan keyin, ha, molni olsam bo'lardi ekan. Degan bir rivoyat bor ekan. Va albatta bu dunyooparast odamlarni misoli. Ya'ni ahli tug'ilgandan keyin pulni olishim kerak, keyin ahli kelgan ekanmi shuni. Lekin Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan Basra ahli so'ragan ekan shu narsani. Ya'ni Basra ahli ixtilof qilib, ilm afzalmi yoki mol afzalmi, shuni bilishlik uchun Basiradan ana shu Madinaga qarab Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni mana ulug' sohibalaridan Payg'ambarlarimizni amakivachchalaridan bo'lgan Abdulloh ibn Abbosga elchi jo'natishgan ekan. Bu elchi kelib, ilm afzalmi yoki mol afzalmi degan savolni bergan ekan.
Mana, albatta hammamizni bir gapiga quloq soladigan bir odamimiz bor. Otamiz bor, amakimiz bor, bir domlamiz bor. Ya'ni siz shu odam menga to'g'ri maslahat beradi, shu odam to'g'ri yo'lda deb e'tiqod qilasizki, shu odamni gapini olasiz. Bu kishilar kimdan so'rayapti? Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan. Ana shu Basrahm elchisi kelib aytdiki, Abdulloh Ibrohim Abbozga ilm afzalmi yoki molmi dedi. Unda Abdulloh Navboz albatta ilm afzal dedi. Nimani hujjat qilaman ularga? Ya'ni birorta bir hujjat bormi, moldan ko'ra ilmni afzalligini deganda, Ibn Abbos javob beryaptilarki, inn al olima merosul ambiya. Avvalambor inn al ilma merosul ambiya, avvalambor ilm Payg'ambarlardan qolgan meros, shunisi bilan afzal. Mol esa faroana, ya'ni Fir'avnga o'xshagan tog'ilardan qoladigan meros. Aytdik ku, payg'ambarladan ilm qolgan, boshqalardan dunyo qolgan. Ilm afzal dunyodan, chunki ilm seni qo'riqlaydi, sen molingni qo'riqlaysan. Ilm afzali, chunki Alloh Taolo ilmni faqat yaxshi ko'rgan bandasiga beradi, lekin molla yaxshi ko'raganiga ham beraveradi, yomon ko'rganiga ham beravoradi, lekin ba'zida yomon ko'rga bandasiga ko'proq beradi dedi da, quyidagi oyatni hujjat qilib berdi.
Asta alaykum Alloh. Valavla an yakuna nasu ummatan va ahidatan la ja'anla aliman yakfuru bi rohman ili buyutihim so'g'ufan minar min firdor va ma'a la ja'ali hayyos harun. Oyatga e'tibor beraylik. Mana aytamiz ku, albatta insonni zo'r insonligi, Allohga uni yoqayotganligi, yoqmayotganligi, dunyosiga qarab o'tishimizmiz. Ming afsus bo'lsin shunaqa bizda, shunaqa o'lchov o'qigan. Allohga yoqqan joyi bor, zuvolasini katta olgan. Mana, shuncha yildan beri namoz o'qiydi, bir ikki o'n edi. Qaysini zini yaxshi hayoti?
Shu miyamizga undan qolgan. Mana aytamiz. Alloh Taolo mo'min bandasini yaxshi ko'rsa, kafirlarni yomon ko'rsa, nimaga ularda dunyosi zo'r u, nimaga musulmonlarni qo'lida dunyo ko'p emas? Bizda yaxshi xat faqat pul bilan uchlanadi. Quyidagiga oidga e'tibor bering. Agar deydi Alloh Taolo. Agar. Bizga kofir bo'lgan kimsalarga uylarini, shiflarini oltindan qilib bersak, uylariga ko'tariladigan ana shu narvonlarni kumushdan qilib berib qo'yganimizda, hamma kofir bo'lib ketar edi. Dunyo miqdori zo'r bo'lar ekan, a Rahmonga kofir bo'lsak. Shunday narsa bo'lmaganida, ya'ni odamlar dunyosiga qarab, hamma ularga ergashib kofir bo'p ketishi bo'lmaganda, men ularni shiflarini oultindan qilib berardim deydi. Ya'ni dunyo matosini to'kib sochib qo'yishligi hech narsani belgisi emas. Yoki aksincha, agar La ilaha illalloh deb turib musulmon bo'lgan odam denglar, katmonni uchaversa, imtihon bo'lmay qolardi. Yaxshi yashash uchun nima qilardik baribir?
Musulmon bo'lar edik. Demak, ey Alloh Taolo dunyo matosini ko'p ozligi, bandasini yaxshi yoki yomon ko'rishligini belgisi bo'lganida, imtihon o'lmay qolardik, vallohu a'lam. Alloh ba'zida berar ekan, ba'zida olib qo'yar ekan. Birodarlar mana shunday ilm majlisida o'tiribmiz. Alloh Subhanah va Taolo o'rganayotgan ilmimizga amal qilishiga tavfiq bersin. Bugun sizlar bilan gaplashmoqchi bo'lgan mavzumiz bu duo. Duoda. Mana inshaalloh bugun Qur'on xatni nihoyasiga yetyapti. Ertaga meni Qadr kechasi kelyapti, birodarlar. Muborak oilada o'tiribmiz. Duo qilishlikni o'rganaylik.
Ya'ni. Ba'zida shayton shunday bir xayollab keladiki, mana shuncha yildan beri duo qilyapman. Borichaqamni haqqiga, nevaralarimni haqqiga. O'zimni haqqimga duo qilyapmanmi shu. Chunki biz uchun bir yil, ikki yil o'tib ketishligi juda katta masofaga o'xshaydi da, muddatga o'xshaygan. Qarab turinglar. Ollohni eng yaxshi ko'rgan bandalari payg'ambarlar bo'lsa, ana shu payg'ambarlardan eng ulug' beshtasidan bittasi muso kalimulloh fir'avn va uni qavmini halok qilishlikka duo qilgan. Olloh aziz va jalloh ijobat qildi. Qod ujiba da'vat ukama fasda qiyma. Ey muso, sizni akangiz horunni ikkalanglarni qilgan duolar ijobat qilindi dedi. Yana nima bo'ladi?
Ya'ni o'tgan zamon fe'lida, fe'li moziy aytilinyapti. O'tgan zamon ferdiyati ijobat bo'ldi deyapti. Demak nima bo'ladi endi? Ertasi kuni bo'lmagan ekan. Indinikuni bo'lmagan ekansiz. Agar bizni yomonligimiz uchun duoyimiz cho'zilyapti desak, mohisho alayhissalom zo'r banda bo'lgan. Alloh taolo o'zi bilar ekan qachon duoyimizni ijobat qilishini. Qirq yil o'tgan ekan birodar o'rtadan.
Fastaqiymi deyapti, qarang. Duolar ijobat bo'ldi, endi dinda mustaqiy bo'linglar. Men aytganday yashanglar dedi. Demak, rasululloh sallalloh aytdi, hadislarida, mo'min kishi yaxshilikni ustida davomiy turadi, modomiki shoshiltirmasa. Shoshilmasa. Yo'q, rasululloh, qanaqa qilib shoshiladi desa, shuncha yildan beri duo qildim, bo'lmayapti. Shuncha yildan beri so'radim, bema'di dedimi? Shu bilan duosi uchar ekan.
Mo'min odam robbisiga duo qilganda, bu robbisiga ibodat qilyapti. A duo muhul ibada. Duo ibodatni nimasi? Muhri, pechati. Quyida beshta narsa keltiriladi. Har bitta keltirilayotgan qator oyat bilan hujjatlangan.
Abu hurrah roziyallohim aytadiki, kimga alloh taolo mana bu beshta narsani bergan bo'lsa, albatta uni muqobilida uni ro'parasi yana beshta narsani bermadi, albatta. Ya'ni ma'no bormi sizda? Ma'no albatta bo'ladi. Chunki Alloh Taolo oyatni bu narsa, oyat bilan bu narsani tasdiqlagan. Man ruziq va shukr lam yahreymuz ziyada, lam yuhramuz ziyada, liqob lih ta'ala la in shakartum la aziyidannakum. Kimga Alloh azza va jalla Allohni bergan ne'matlariga shukur keltirishlik ne'matini bergan bo'lsa. Mana domla kechagi suhbatda aytdi, alhamdulillah dinishlik ne'mati. O'zi alhamdulillah deydigan qilib qo'yganligi o'zi ne'mat. U bergan ne'matilarga shukur keltirolmas, shu shukur keltira oladiganlardan qilib qo'yganing o'zi ne'mati. Shuni shu kuni qanaqa qiladi xohlaymiz?
Bergan ne'matiga shukur keldiradiganlardan qiptimi? Demak, albatta Alloh shukur keltirdigan bandasini ziyoda qilib berishiga ma'no qilgan ne'matlarini. Alloh Taolo ilm berdimi? Ilmni shukrini ado qildingizmi? Albatta nima olar ekan? Alloh aytadi, agar sizlar shukur keltirsanglar, albatta, long ta'kid ma'nosida, la azeydannakom, albatta, albatta ziyoda qilib beraman. Sizlarga nima ne'mat berdim? Tinchlik berdim, shukurna ado qilinglar. Tinchliklarni ziyoda qilib beraman. Ilm berdim, shukurni ado qilinglar, ziyoda qilibberaman. Davlat berdim, shukrna ado qilinglar,ziyoda qilib beraman! Lekin bizni hamma shukurimiz nima bilan? Xudoga shukur. Monchi bo'pti moyida. Xudoga shukr. Monasiga yetdim. Birodarlar, sizga qanaqa ne'mat berilgan bo'lsa, shu ne'matni Alloh aytgandaqa sarf qilishligingiz, shu ne'matlarni shukrini ado qilganingiz bo'ladi. Alloh pul berdimi? Pulni haloldan topdingiz, halol joyga Alloh rozi bo'ladigan joyni sarf qilsangiz, pulni shukr ado bo'ladi. Nima bo'ladi endi?
Masalan zakot a? Shukurlarda beriladi, mana ramazonda beramiz. Zakot degan so'zni lug'aviy ma'nosi unib, o'sish. Bersang deyapti, qolganini saqlab beraman, yana ko'paytirib beraman deyapti. Demak, zakot berganimizda molimizni shukrini ado qilgan bo'lamiz, ko'p yezishga nima qilamiz? Urug'da tashlab qo'ygan bo'lamiz. Ko'zni shukri til bilan bo'lmaydi.
Nima bilan bo'ladi? Ilm o'rganishlik bilan, Qur'on o'qishlik bilan ko'zni xoromdan tiyinishlik bilan. Tilni shukri quloq bilan ado bo'lmaydi bo'ladi. Tilni shukr ana shu gunohdan tiyinishligi bilan. Agar deyapti Alloh Taolo. Men bergan shu ne'matlarni shu kuni ado qilishlikni ham berdimi imkoniyatini? Ko'p aytib berishim ham aniq deyapti. Ikkinchisi, men ro'ziqor tavba, lam yuxram al qabul. Kimga Alloh Taolo qilgan gunohlaridan tavba qilishlik ne'matini bergan bo'lsa, albatta kechirishligini ham va'da qilgan. Tavbani berdimi? Mag'firatni ham beradi Alloh.
Qul vahual ladiy yaqbol tavban ibadihi. U Alloh shunday zotki, bandalarini tavbasini nima qiladi? Qabul qiladi. Meni gunohim kecharmikin Alloh? Ha, meni gunohim ko'p. Meni tavba qilishimni hojiotda deb bo'lmas ekan. Qul ya ibadiyalladin asrafa alam fuzihim la taqdimotunna rahmatilla. O'zlarini nafslarida gunoh qilib, o'zlarini navslariga isrof qilib yuborgan bandalarim meni rahmatimdan noumid bo'lmanglar deydi. Demak, tavba qiladigan til berdimi? Demak gunohi jamol nima qilyapti? Kechirishlik va'dasini beryapti.
Uchinchisi, va man ro'ziqa sobir bilan yuhram mustavvur. Kimga Alloh Taolo bergan yaxshi kuniga ham, yomon kuniga ham, sog'ligiga ham, kasalligiga ham shukur keltirishlik ne'matini beribdimi? Alloh albatta savob berishligini ham va'da qilgan. Sabr qilishlik, kechirasizlar. Innama yuvafos sobirun ajrohim behol ehsa. Alloh taolo bergan kunga sabr qildingmi? Albatta Alloh savob berishligini mana va'da qilyapti, ziyoda qilib. Ozgina havo kirgizib yuboringlarda.
Ozgina. To'rtinchisi, men ruziqal iste'for. Men ruziqa iste'for. Lam yuxram al mag'fira. Endi kim Alloh taolo qilgan gunohlardan kechirim so'rashlik ne'matiga ega bo'lgan bo'lsa. Astag'firulloh deyishlikni Alloh bergan bo'lsa tilingizga, umid qiling. Alloh nima qiladi albatta? Gunohingizni kechiradi. Istig'for aytadigan qildimi, demak gunohingizni kesilganligi, kechirishligi uchun bergan Alloh taolo bu narsani. Istig'firu robbaku min nahum kani g'affo. Istig'for aytinglar, albatta parvardigoringlar gunohni kechiruvchi bo'lgan zotdir.
Yazid yoqoshiydan aytilinadi, qiyomat kuni xoin bo'lsa, Alloh Taolo bir bandasini tiriltirib turib, bandadir ekan. Dunyoda qilgan duolaring bor edi, ijobat qilmagan edim. Dunyoda bermagan edim. Ol mana bugun deb turib, savobni o'lchamasdan, o'lchamasidan tashlab berganda, haligi banda dunyoda qilgan duolarini oxiratga olib qo'yilganidan xursand bo'lib aytar ekan, ey, qaniydi bitta ham duoyi mijobat bo'lmaganda yu, hammasini shu yerda olgan bo'lsam der ekan. Shuning uchun birodarlar duo qilaveraylik. Duo qilinganda, mana ko'p qaytarganmiz. Million so'radingiz Allohga. Biz endi shu shuni so'raymiz da.
Alloh xohlasa millionni berar ekan. Bu birinchi varianti. Xohlasa ikki million qilib berar ekan. Bu ikkinchi variant. Xohlasa, millionlik ziyondan saqlab qo'yar ekan Alloh Taolo. Tinch yurganligingiz ne'matmasmi? Yaxshi ham o'sha safar bormaganim. A? Ammo molini konfiskatsiya qilib yuboribdi. O'sha tinch yurganingiz o'zi millionmasmidi? Qaranglarda, biz faqat bir tomondan ko'ramiz, ikkinchi tomondan qaraylikda. Uchinchisi Alloh xohlasa milliard qilib berar ekan oxiratdan. Mana shu to'rtta varianti qaysinisida bir yutqazyapmiz biz?
Duo qilinglar, rejobat qilaman deyapti Alloh Taolo. Beradi, ikki barobar qilib beradi, so'ragancha ziyondan to'sadi yoki oxiratga opa. Qaysinisida yutqazyapmmiz biz? Duo qilmaganda yutqizamiz, birodarlar. Mana endi duo ustida gap ketyapti.
Duoda ijobat bo'lishlik shartlari ham bor. Qisqa qisqa qilib aytib beraman, inshaalloh. Hukmronlar aytadi, duo qilamiz, lekin ijobat bo'lmay ekanligini ko'ryapmiz. Sababi nima deganda, vaholanki Alloh Taolo duo qilinglar, ijobat qilaman degan. Nimaga ijobat qilmayapti bizga? Tezda. Deb so'raganda aytgan ekanki, sizlarda yettita sifat bor. O'shaning uchun duoyilar surilyapti orqaga deydi. O'sha yettita sifatsimiz bo'lsa ham duo qilaveraylik. Eng kamida nima bo'larkan? Oxirat oramiz akami? Yettita sabab bor ekan, shu bizni sabablarimizni, duolarimizni ijobat bo'lishini to'sar ekan. Diqqat qilaylik. Akalar.
Birinchisi, annakom asxotum murabbakom va lafzatli ummona rido. Sizlar robbiylarni roziligini istayapsizlar u, lekin robbiylarda g'azablantiradigan ishlarni qilyapsizlar. Misol, otangizdan bir narsa so'ramoqchi bo'lsangiz, agar o'tishni olib qo'yib, mashinasini yuvib qo'yish, chiroyli qilib xizmatini qilib qo'yibdi yu, bir narsasini so'raysiz. Ya'ni sizni berishligiga shu xizmat qilib qo'yasiz. Endi aksincha, aynigina sindirib qo'yay mashinasini, patinkasini ezib, qiyshirtirib qo'ydi tursang, biz robbimizni g'azablan turadigan ishni qilib duo qilyapmiz, orqaga surilyapti. Ayb kimda ekan? Alloh va'dasida turadigan zot, duo qilinglar, ijobat qilaman deyapti. Lekin biz o'zimiz yasab qo'yyapmiz bu yoqqa. Ikkinchi sababi, sizlar biz Allohnin bandalarimiz deysizlar u, lekin bandaga o'xshab yashamaysizlar a, qulga o'xshab deydi.
Banda degani qul degani ekan a. Qul degani xo'jayini bor degani. Xo'jayini iznini siz tashqariga hech qaysi ishni qilmasligi degani. Lekin sizlar biz qulmiz Allohnin bandasimiz deysizlar u, lekin ozod odamdaqa xohlagan ishlarni qilib yurasizlar. Shu sabab bo'lyapti duolar orqaga surishlikka deydi. Uchinchidan, sizlar Qur'onda o'qiysizlar, faqat o'qiysizilar. Faqat o'qiysizlar. Ma'nolariga e'tibor berib, fikr yuritib, Qur'on bilan yashamaysizlar.
To'rtinchidan, biz ummati Muhammadmiz. Muhammad alayhissalomga ummatmiz deysizlar u, lekin payg'ambarimiz sunnatiga ergashmaysizlar. Shuning uchun duoyilar orqaga surilyapti deydi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Uhud g'azotida ellikta kamchilik turasan shu yerda dedi. Biz yutkizsak ham, yutsak ham jilmaysan dedi. To men o'zimdan xabar kelmaguncha jilmanglar dedi. Yigirma ikki, yigirma uch minutda tugadi Uhud g'azab. Yetti marta bayrog'ini ontarishdi yarim soatni ichida. Alloh Taolo na g'alabani berdi qachon? Payg'ambarini sunnatiga so'zsiz itoat qilib turishuvdi.
Jilmadi da, jilmadi. Alloh Taolo no g'alabani derdi. I nima bo'ldi? Xulosa olaylik akalar. Payg'ambarni sunnatiga xilof qilishdi, Payg'ambarniy buyrug'iga itoat qilishmadi, na g'alabaning nima qildi? Mag'lubiyatga aylantirib qo'ydi. Demak duoyiladi ijobat bo'lmasligi sababi sunnatga amal qilmaysizlar. Boshqa bir qasosda misvo ishlatish kelib yurgan bo'ladi Payg'ambar alayhissalom. Jihodga chiqayotgani o'sha qo'shni misvo ishlatiladi deydi, shunga beparvo bo'lishadi. Shu sab bo'lmasam nima aloqasi bor misvo edi jihodga?
Nima u bilan kuch kamayib qoladimi? Yoki qurol ozayib qoladmi? Hamma yog'i joy, lekin Payg'ambariga, sunnatiga itoatsizlik bo'lganligi uchun Alloh taolo mag'rur. Surishtirsa shu sunnatga amalga qilishmagan bo'ladi. Beshinchidan, dunyo bevafo deysizlar u, ko'zinglarni qisib yuborasizlar.
Mana aytganidek, ulamolar dunyoda ketib yuborgan chiroyli bir qizga o'xshatar ekan. Baland kursida shunday o'tirar ekan chiroyli qiz. Dunyo degan chiroyli qiz, hamma ko'zini qisar ekan bor haliginga. Lekin u hech kimni ko'zini qismas ekan. Vaholanki ana shu ko'zini qisa ekanlar, biz. Bilamiz bizdan burun hech qaysiga ko'zini qiysinmaganligini. Bizga ham qismasligini bilamiz. Bizdan keyingi oyga qismasligini ham bilamiz u. Nima deb qo'yamiz? Dunyoviy ana bilasizlar a? Dunyoviy umid.
Qiyomatda Alloh mana shu chiroyli qizni kampir qilib tiritirib berar edi. Buni ham aytdik darslarimizda. Qiyomatga o'tib mana shu biz yaxshi ko'rgan dunyo hayotini Alloh Taolo qari burishgan, tishlar ko'karib ketgan, qora eto bir kampir qilib tirtirib qo'yar ekan. Bandalar Parvardigor, bu kim bu desa, a sizlar yaxshi ko'rganinglar haligi, dunyo hayoti. Shunga shuncha muhabbat qo'yganmidik? Rostdan nima dedi? Sizlarni ichinglardan bittalar barmog'ini shunday dengizga botirsa suvga va chiqarsa, dengizdan qancha kam edi dedi.
Dunyo hayoti ana shu nam birodarlar, oxiratdagi ne'mat ana shu okean. Taqqoslay olamizmi? Ana shu kampir qiyomat kunida tirilib, Parvardigor, ana shu jannatiy bandaligidan bittasiga meni mulk qilib ber desa, e dunyo yalinarkan Allohga, shu bitta hamma ko'zini qisgan bo'lmasa unga.
Yalinarkan, shu bandanga meni mulk qib ber desa, seni ichingda, dunyoda yashayotganda muammo bandamga dunyoda ravo ko'rmaganman, sizlarga arzimaydi. Val aqiratuhon va abhahod, dunyo sizlarga oxirat dunyodan yaxshi ham, boqirog' ham degan. Seni ichingda yashayotganda ravo ko'rmaganman u bandamga seni. Endi jannatga kirib ketgandan keyin sen ravo ko'raman. Ulamas ekan Alloh azal uchun. Sizlar dunyoda bevafo dunyo o'tkinchi deysizlar u, lekin dunyodan ketmaydigan unaqa xotirjam yashaysizlar deydi. Odam alayhissalomni beshta narsani qilganingizda deydi, farzandlariga. Birinchi nasihati, dunyodan chiqib ketishligini esdan chiqarib qo'ymasin farzandlaringlar. Chunki men ham jannatdan chiqib ketishim mumkinligini esdan chiqolmaganimda, malomatga tushib qolmasmidimikin? Hammanglar chiqib ketasizlar akalar. Kim erta, kim keyin?
Demak duolarimizni ijobat bo'lmayotganligini, orqaga surilayotganligini sabablardan bittasi, dunyoda musofirligimizni esdan chiqarib qo'yibmiz. Qarang da duolarimizni. Omin. Tagizdan shamol o'tsin. Mashinangizni olib borib qo'ysangiz. Omin. Topganingiz duolarimiz zijobat bo'lyapti bizlar. Shu to'yda oshira olmayapmiz.
Topgan tutgan kasbiga bir haligi oxiratini bersin, iymonini bersin deydigan duolar kam, bilasizlarmi? Mana shu rasturxonni so'rab olsin, eslanga qilib chaqirib yuborsin bizni, biz kelib yeyaveraylik, Allohu akbar deymiz. Duoyimiz zijobatbo'lyapti. Chunki bizni duoyimiz ham, g'amimiz ham dunyo bo'lib qolgan. Oltinchidan, annakun ta'kidlunal haromi va shubha, va la tarjiya unani humi. Shubhali va harom bo'lgan narsalardan o'zinglar tegizsizlar. Yeyaverasizlar.
O'ylanmasdan yeyaverasiz. Halolmi, harommi, mumkinmi, mumkin emasmi? Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan olib kelib, sa'di nabi yoqqa, sathki yo rasululloh dedi, duo qiling dedi. Meni doim duoyim ijobat bo'lsin dedi. So'rayotgan narsani qarang. Shunday duo qilsinki, payg'ambarimiz, sa'd ibn abib vaqos qachon parvardigor desa alloh nima qilaverishi kerak? So'rayotgan narsasini qarang, ular mayda narsani so'ramagan.
Mayda narsaniso'ramagan. Duo qiling, doim duoni mijobat bo'lsin deganda payg'ambarimiz alayhissalom u duoni qilmadi. U duodan yaxshiroq narsani berdi va faqat sa'atga emas, butun ummatga berdi. Yasat, atib amaka takur mustaja abu da'va. Esat, yeyotgan taomingizni halol qiling, duoyingiz doim mijobat bo'ladi dedi. Bizga ham tegishli ku.
Bizga ham tegishlik. Kichkinaligimizda zehnimiz zo'r bo'ladi a? Chunki gunoh qilgan emasmiz da, gunoh yozilmaydi bizga. To'g'rimi? O'shaning uchun zehn zo'r bo'ladimi, katta bo'lgan sari, gunohni ko'paytirganimiz sari zehn nima olaveradi? U qarichilik emas u, birodarlar. U zamonda yomon bo'lib ketgani emas. Biz gunohni ko'p qilayotganligimiz, ustozlar yetmish ga kirganda qori bo'lyapti yu, birodarlar, yoshlar. Ish ko'payib ketdi, ikkita uchta bolalar bo'lgandan keyin dunyo kirmay qolar ekan. Yetmish ga kirgan ustozlarimizni ba'zilari qori bo'ldi yu. Bizga hech qanaqa bahona yo'q ukalar, akalar.
Gunohni kamroq qilaveraylik da. Bu Allohni nuri, osiyo qalbga kirmas ekan. Yettinchidan, annakum taqulun, inn ala ahirata xoyru minat dunya, vala tashshihidun fi tol obiha va taxta urvot dunyo ala ahiro. Yana yettinchidan, gunoh va oila sabab bo'l. Ijobat bo'lmasligini sababi, dunyodan ko'ra oxirat yaxshi deysizlar u, lekin aksini qilasizlar.
Ha, ular jonga ko'p ham narsa kerak emas ekan deysizlar bu masalani eshitganinglarda. Yoki bir qabristonga kirib bir mayitni qo'yib chiqqanda hamma zo'r bo'lib chiqadi. Vabikushu shu yerga kelamiz deydi. Lekin mashinasiga o'tirib bir ikki yuz minut yurgandan keyin haligi zaryad qabristonni tagida qolib ketadi. Bizni duolarimiz ijobat bo'lmasligini sabablari Allohlar mana shu yestasini keltiribdi, harakat qilaylik. Mana inshaalloh duolari, ibodatlari ming oydan afzal bo'lgan qadr kechasi kerak, birodarlar. Mana Alloh buyursa ertaga bir qadr kechasini o'tkazgan bo'lamiz. Mana shu aytilgan ma'nolar esimizda tursin. So'raveraylik. So'raveraylik. Rasululloh aytadi, sizlar duo qilib so'raveringlar, to malollanib ketasizlar, charchab ketasizlar deydi. Lekin robbilar eshitib charchamaydi deydi.
Duo ibodatda muhr. Mana ulamolardan biri aytadi, to'rtta odamda hech qanaqa yaxshilik yo'q deydi. Payg'ambarga salovat aytmagan. Muvozzinni duosi ijobat qilmagan, da'vatiga, masjidga bormagan. Boshqa odam bir yaxshilikka yordam so'raganda yordam bermagan va namozini orqasida o'ziga va muovinlar haqiga duo qilmagan odamda hech qanaqa yaxshilik yo'q deydi.
To'g'ri, farzand oqsangiz yelkangizdan soqit bo'ldi. Assalomu alaykum va rahmatulloh. Assalomu allaykum va rahmatullohni. Vozda tutib ketamiz a? Alloh taolo duoni ibodat ekan birodarlar. Ana shu namozdan keyin o'tirib duo qilishlik ham ayni nima? Ibodatni o'zi. Paqolaro bukun mudun ya stajibla kun. Innalladin ya stakbirona ibodatiy, sayyaduhulun al jahannama daxiring. Parvardigoringiz menga duo qiling, albatta men ijobat qilaman dedi. Endi parvardigorga ibodat qilishlikdan kibr qilganlar jahannamni abadiy holatiga keladi. Demak, duo qilinglar deyapti, orqasidan ibodat deyapti. Demak duo nima ekan? Duo ibodat ekan. So'raylik, bandasidan so'raganimizni yomon ko'rsa, parvardigorimizni so'ramay qo'ysa yomon ko'radi. Duo qilaylik, albatta ijobat qiladi. Duo qilayotganda yuragimiz bilan ishonib turib duo qiladi. Albatta Alloh nima qiladi? Ijobat qiladi. Mana shu aytilingan gunohlardan mas'uliyatlarni o'zimiz e'tibor qilarkanmiz, inshaalloh duolarimiz ijobat bo'ladi. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.