# Ramazon 2006

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 108 of 510
- Section: —
- Duration: 34 min
- Original title: Ramazon 2006
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/108
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/tAQjvQP5PSI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=tAQjvQP5PSI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/107.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/109.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilal amin. Assolatu vassalomu ala xoli hukm muhammadin va ala alayhi vas obiyatun amma ba. Assalomu alaykum va rahmatullohi va ala barakatuh. Sahifa harakat qilgan bir qissa bilan boshlaymiz, mavzui bo'lsa. Mana sizlar bilan bir necha kundan beri xalqqa taalluqli bo'lgan ba'zi bir kasalliklarni da'vosini istagan bo'ldik. Xalq, umid, hasad, orzu havas, kibr va kervozlik degan darslarni o'qib chiqqan bo'ldik.

[0:36] Bugun inshaalloh alloh taolodagi bergan kuniga rozilik degan mavzuda gaplashgan bo'lamiz. Alloh nasib qilsin. Alloh subhanahu va taolo mana qur'onda bizga bayon qilishicha, astayribillar va kallamallohu musa taklima deb marhamat qiladi. Alloh musoga bevosita so'zladi. Alloh taoloni ovozini muso alayhissalom eshitdi va gaplashganligini bilamiz. Shuning uchun Muso kalimulloh deyiladi. Shunday rivoyatlarda keladi. Muso alayhissalom Alloh Taolo bilan ana shu so'zlashgan paytida, ey Muso, bir banda Men bilan xusumatlashyapti. Bir banda Meni taqdirimga, Meni qazoyimga norozi bo'lib, Men bilan arzlashib xusumatlashyapti, deganida Muso alayhissalom bundan hayron bo'lib, Parvardigor, Seni qazoyingga kim norozi bo'ladi? Kim Sen bilan xusumatlashadi? Shu bandangni qayerdan topaman deb so'radi. Ya'ni qanday bir badbaxt chiqdi yu, Alloh Taoloning taqdiriga norozi bo'ladimi, Allohga xusumat qiladi.

[1:41] Ya'ni bu xusumat deganda, norozilik deganda, biz har narsani tushunishimiz mumkin. Bu xusumat deganida, Allohni taqdiriga norozilik deganday, siz bilan bizda deyarli Alloh kechirsin, har kuni sodir bo'ladi. Ko'nglimizga yo'q yoqmaydigan biror bir voqea bo'lsa, biz kutgan narsa ba'zida bo'lmasa, haligi ishga noroziligimiz, Alloh Taoloni taqdiriga norozligimizni ayni o'zi bo'ladi. Biz rozi emasman, farovatgarcha, sendan bu qilgan ishing uchun demaymiz. Biz bunday deyishlikdan ehtiyot bo'lamiz, lekin ozgina jazoga tushamizmi? Nimaga endi odamlarniki bo'laveradi yu, meniki bo'lmaydi? Bizga kelganda, ariqda oqayotgan suv ham to'xtab qoladi. Biz shu tijoratga qolaversak, shu tijorati yo'q bo'ladi. Bo'ladi da, mana shu Allohni taqdiriga norozi bo'lishlik bo'ladi.

[2:33] Alloh Taolo Muso alayhissalomga mana shunday bir banda borki, meni taqdirimga norozi bo'lyapti dedi. Va Muso alayhissalom u kishini qayerdaligini so'radi da, u kishini istab bordi. Alloh Taolo Muso aleyhissalomga shu kishini turgan joyini aytib aytdiki, ey Muso, borib qarab turing dedi. Norozilamiz hayotda.

[2:59] Yetolmaganimizga, kiyolmaganimizga yeyolmaganimizga. Lekin ming afsus bo'lsinki, ibodatda boshqalardan qolib ketayotganlarimizga rozi bo'laveramiz. Nimadan rozi bo'lishi kerak u, nimadan norozi bo'lishi kerega o'lchovni yo'qotib qo'yganmiz. Mo'sor restoran mana shu aytilgan joyga borganda, bir daraxtga bir kishi suyanib turganligini ko'rdi. U kishini ikki qo'li ham yo'q edi, ikki oyog'i ham yo'q edi.

[3:26] Endi o'tiribdi da, siz ham bo'laveradi, turibdi da, siz hammasiz ham bo'laveradimi, demasiz ham bo'layveradi. Alloh Taolo nima dedi? Qarab turing dedi. Kuzatib turuvdi, bir otliq odam oldidan o'tib qoldi. Nihoyatda bir dallandman, kuch quvvatga to'lgan, kelishgan, masalan bir g'irchillagan paytimiz bo'layotgandek.

[3:49] Haligi oyoq qo'li yo'q odamni oldidan o'tib ketayotganda, qo'lidagi qamchi tushib ketdi. Daraxtga suyab to'yganga qarab uzatib yubor dedi. Ya'ni holini ko'rib turibdi. Uzatib yubordi dedi. Chunki unga doim uzatib yurganligini o'rgangan u. Doim buyruq o'rgangan, doim ot tus tuyg'u o'rgangan. Buyruq dedi. Tabiiyki hali o'tirgan odamni oyog'i ham yo'q, qo'li ham yo'q. Uzata olmayman dedi. Nimaga uzatmaysan dedi, ko'rib turibsan, oyog'im ham, qo'lim ham yo'q dedi. Hali otda turganga bu yoqmadi.

[4:25] Otdan tushdi, qamchini olib, unga yoqmagan gapni qilgani uchun rosa qamchilar urdi. Haligi sho'ring qulgur, qochib ketganini oyog'i yo'q, to'siq bo'lgani qo'li yo'q. Har qamchi yeganda, o'zi odatda voydod, nimaga uryapsan? Tegib qo'ymang u, odamlar yordam beringlar deyish kerak. Lekin unaqa demadi qamchi yeganday. Har qamchi uni jonini ochganda, voydod, parvardigor, tavba qildim. Endi bildim. Tavba qildim, endi bildim to'g'ri.

[4:54] Bir xo'p go'sht uryapti, xohlagancha. Har urganda meni urma demayapti, Parvardigor, endi tushundim, tavba qildim, meni kechirdim u deb. Biror marta meni urma demadi. Haligi otliq, qo'mondan chiqib, yaxshilab urgandan keyin, otam minib ketdi. Haligi hazilni yegan shu shunchaki bir yig'lab o'tirgandi, Mohiyson alayhissalom oldiga keldi, aytdiki, ey avlodi quli, nimaga har qamchi urganda meni urmagin, Allohda qo'rqin, boydod, yordam beringlar deyishdi o'rniga. Esim kirdi, endi tushundim, tavba qildim Parvardigor deding. Deganda o'tiring dedi. O'tirdi Muso alayhissalom. Aytib berdi.

[5:38] Men tush ko'rdim dedi. Ya'ni Alloh Taolo ikki oyog'ini yo'q qilgan, ikki qo'lini yo'q qildi. Hayoti mana shunday shor, xor holatda yashayapti. Shu kuniga rozi bo'lib yashayotuvdi. Birodalar, e'tibor beringlar, puli yo'qmas, aytishicha, dardi bor emas, umuman oyoq qo'li yo'q. Shu kuniga rozi bo'lib yashayotuvdi. Alloh menga tushimda deydi, jannatni ko'rsatdi deydi.

[6:04] Jannatda, jannatinglarga tayinlgan ne'matlarni ko'rdim deydi. U yerdagi ne'matlar, u yerdagi xurlar, u yerdagilar bir noz ne'matlarida zo'rligini jannatga kelmay ko'rib turib, mana shunday joylar borligidan va mana shunday joylaga tushishligimni o'ylab turib, parvardigor ikki qo'limni yo'q qilib yurayotganiga ham roziman deb yubordim deyman.

[6:26] Ya'ni shunaqa joylar bor ekan, ozgina sabr qilsam, shu dunyo mashaqqatiga bari o'ladi yu, to'g'rimi? To'rtta qo'li, to'rtta oyoqqa bo'lganda ham odam bari o'lardi. Allohdan rozi bo'ldim deydi. Uni ketidan do'zaxni ko'rsatdi alloh tushundim menga deydi. Do'zaxdagi azoblar, u yerdagi chayonlar, ilonlar, u yerdagilar anvoyi azoblarni ko'rganda, shu yerga tushib qolishim mumkinligini o'ylab turib, allohdan norozi bo'ldim dedi. E Parvardigor, bu jahannam meni yo'q qilmasang, men sendan rozi emasman dedim deydi. Shunday gaplashyapti. Parvardigor ham aytdi, ey, uni ham ahli bor, buni ham ahli bor, desa, yo'q, Parvardigor, ya'ni o'zini do'zaxga tushib qolishigina faraz qilib turib, do'zaxni yo'q qilmabsan, bekor yaratibsan chi, do'zax qil dedi.

[7:15] Endi dedi, har qancha urganda javob qaytarishiga qo'rg'un yetmay, jonini o'tib ketganda, ha, o'zi do'zax ham o'zi bo'lishi kerak ekan. Shunaqa odamlar do'zaxga tushish kerak ekan deb har qamchi ekanida Parvardigorim hakim ekanligini tushundimmi? Ha Parvardigor, rozi bo'ldim. Tavba qildim, endi tushundim deb rozi bo'lgan ekan bir odam.

[7:41] Aytmoqchi bo'lganimiz, Alloh Taolo bu dunyoda maxluqotlarni yaratar ekan, odamlarni yaratar ekkan. Fari qufil jannati va fari qufil sayr. Insonlarda bir toifasi jannatda bo'ladi va bir toifasi jahannamda bo'ladi dedi. Albatta dunyoda oq bo'lmasa qorani qadriga yoki qora bo'lmasa oq qadriga yetilinmaydi. Hamma bir xil yaxshi bo'lib ketsa ham, bu yomon bo'lmasa yaxshi qadriga yethilinmaydi.

[8:12] Kimdir sheralim rolini o'ynash kerak edi birodarlar hayotda. Kimdir mo'g'ul salom ishini bajarish kerak edi. Alloh taolo hammaga sochib qo'ymadimi bu narsani? Ixtiyorni berdiki, qaysi rolda o'zingni tanlaysan? Va jahannamni ham o'zini ahli bor, jannatni ham o'zining ahli bor. Hayotda ba'zi bir bizni ko'nglimizga yoqmaydigan, biz kutmagan, ko'nglimizda o'tirmaydigan ishlar sodir bo'lganda, shikoyat qilib, qiynalib ketdim. Qachon tugarkin deb birovga dardimizni achishdan burun, bir qator o'ylab qo'yaylik. Alloh taolodir, bu taqdiri bu. Rozi bo'lsangiz ham shukur, rozi bo'lmasangiz ham shukr. Va asan takrahu shay'an voh vohaynun nakum. Hayotinglarda bir sodir bo'lsa deydi alloh taolo, sizlarga yoqmaydi. Ehtimol shu yoqmagan narsani orqasida bir yaxshilik bordir.

[9:04] Mo'lsog' alayhissalom bilan Xizr alayhissalom qissasini eslaylik da. Mo'lsoq bilan Xizr kelmaga chiqishdi. Kemachini mana Xizr alayhissalom kemani tagiga tushdi da, kemani teshib qo'ydi. Kemachi uchun chiqim bo'ldi. Esalon meni narigi sohilga yetib oldi da, endi nima bo'ldi? Bizga chiqim bo'ladi, zarar bor deb turgan paytda, mana Xizr alaysalom aytdi, ana shu narigi sohilni podshohi o'shaga borgan sog' kemalarni tortib qo'yapti da.

[10:00] Endi buni kemasi borganda teshikligini ko'rib turib, a bu teshik teshik kemani nima qilaman dedi da, egasiga qaytarib qoldirib berdi. Lekin teshilgan mahalla kemasi, kemani egasi nima oldi? Xafa bo'ldi. Shuncha ovqat olatyapti, birinchi sodir bo'lsa, ehtimol sizlarga yoqmas deydi. Lekin ehtimol orqasida bir yaxshilik bor deydi. Mana birodarlar, ramazon oyida o'tirib sanamiz. Allohga hamdlar bo'lsin. Bu shunday bir mavsumki, bu mavsumda olib qolishlik kerak. Qorasuvchilarda sezona boshlangan. Mana shu sezoni avjiga chiqqan mahalda bir odam bir oyga issiqko'lga dam olgani ketib qoladigan bo'lsa, bu odamda aqlli odam deya olmaymiz.

[11:22] Chunki boshqa oyda olti oy dam olishi mumkin, lekin ana shu ayni sezon bo'ladigan, pul topadigan mahalda dam olgani ketilib qoladigan bo'sa, bu odamda haqli deya olmaymiz, hozir biror bir mana shunday bir savoblarda olib qoladigan bir sezon. Televizor ko'rgan shoshilmaylik, Qur'on o'qiylik, ko'p uxlamaylik, mana domla o'tgan safar aytib o'tdi, ko'p yemaylik, ibodat qilaylik. U olib qoladigani payti. Bu oyda sunnat bo'lgan amallar farzli o'rnida o'tadi. Farz bo'lgan amalalar necha barobar? Yetmish barobar ko'p savol beriladi. Mana shunday bir fursatdan foydalanib qolishi kerak bo'ladi. Shunday bir g'animat kunlar. Tirik ekanmiz, qadriga yetmaymiz, o'lganimizdan keyin qadriga yetamiz. Mana, inson o'lganda hammasi pushaymon ishini aytganmiz. Mo'min odam ham pushaymon yeydi, kofir odam ham pushaymo' yeydi. Kofir dunyoda mo'min bo'lmaganligiga pushaymon yesa, mo'min odam ko'proq ish qolmaganligiga pushaydigan yeydi. Mana eslaylik, bir kishi o'lishidan oldin, ya laytaq o'kani, tavoilam, ya laytaq ho'kani, jadidam, ya laytau ho'kani, kamilam deb jon taslim qildim. Ya'ni qaniydi uzunroq bo'lsa? Qaniydi putun bo'lsa, qaniydi yangi bo'lsa deb. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam davrida edi bu. Borib aytishdiki, yo rasululloh, bir odam mana shunaqa uchta gapni aytib o'ldi a?

[12:37] Bu gapni sizda nima dedi? Rasululloh sallashtirayotganim aytdilarki, ana shu kishi tiriklik paytida uyiga bir tilanchi tiriklanib kelganida, yarim tan olib chiqib, sadaqa qilib bergan edi. O'lishligidan oldin tili, so'zidan qolmay turib, yarim tomonga beriladigan ajrni, oxiratdagi ajrni ko'rsatib qo'yganda, e, yarim tomongacha shuncha mukofot katta beriladimi? Qaniydi putun bo'lgani shu non. Ya layka xo'kan, akam ilan devordim. Bergan, lekin putun bo'lmaganligiga pushaymon yeyapti. Kunlari birida shu kishi dedi, bir ko'ra, ko'zi ko'r odam, omma odam, ko'chada yo'lini topolmasdan turgan paytda, besh yon qadam yetalab yo'lga solib qo'ygan edi.

[13:18] Shu besh yon qatam yetalab qo'yganligini mukofotini ko'rsatganda Alloh Taolo bilmay turibdi. Ya laytaqa ukani, tog'inglarni. Qaniydi uzunroq bo'lganda shu yo'l deb yubordi. Kunlarda birida bir tilam shu to'lanib kelganda ustidagi bir eskiroq yaxtagini olib kiygizib yuborgan edi. Ana shu eski yaxtakka beriladigan narsani ko'rsatgandi. Qaniydi yangi bo'lsa deb yubordi deb.

[13:41] Qaniydi o'n bir gacha emas, o'n ikki gacha namoz o'qiganimizda deydigan bir kun keladi, birodarlar. Qaniydi shu quruq ketgan televizorda o'chirib qolgan bo'lganimda deydigan kun keladi, bi rodarlar. Fursat, momenti kelyapti, birodarlar! Mana, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sahobalarini hayotiga qaraydigan bo'lsak, ular vaqtidan juda chiroyli foydalangan. Momenti kelib qolganda shunday urib qolishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuni adabiyotdiki, meni ummatimdan jannatga yetmish mingta kishi hisob kitob qilinmasdan kirib ketadi dedi.

[14:14] Ya'ni qiyomat kuni tiriladi, to'g'ri jang kelib ketadi. Siroq, savol javob, tarozi, kitob degan narsa yo'q. Tiriladi, jang kelib ketadilar. Yetmish ming ta odam dedi. Shunda sohibalaridan u kishi rozi bo'ldi, shunday turibdi da, yo Rasulullohda momenti kelib qoldi. Duo qiling, men o'shalardan bittasi men bo'lay degandi, siz o'shalardansiz dedi. Ikkinchisi turdi. Duo qiling, Rasululloh. Men ham o'shalardan bo'lay degandi. Bu birodar sizdan o'zib ketdi dedi. Bo'ldi.

[14:42] Urildim. Endi qaytib berilmaydi bu yerda. Ya'ni nima qildi bu? Momentida, fursatida sezuvda urib qoldi. Birodar ramazonda turibmiz. Mana shunday urib qoladigan payt. Alloh biladi, ramazonni oxiriga kim yetadi, kim yetmaydi. Dunyo dushi nobop qololmayapmiz a, tugab ketmayapti dunyo dushi. Ro'z g'or ibodatlar. Uni birov to'lg'iza olmagan.

[15:07] Rozi ham bo'lgan emas bu dunyo hech kimdan. Zulxarnaynlar qo'limni chiqarib qo'yilar degan tobutimdan, ko'rsin odamlar nima bilan ketaykanimi degan. Biron biron jahongirlar, biron biron dunyoni so'ragan podshohlar aytdi, nimani olib ketishdi. Ana shu fursatida bo'lib qolgan ishlarni yana bittasini aytib beraman, inshaalloh mana shu bilan vaqtimiz ham bo'lib qoladi. Uzr o'qishsa. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida bu jannatga oshiqlar degan bir qancha bir darslar bor, so'zsalar, shulardan bittasi birodarlar. Jannatga oshilar qanaqa bo'lgan? Biz agar jannatga olishib olsak, mana bu ramazon oyi, oshig'lar oyi birodarlar. Ishlab qoladigan oy. Rasululloh sulton huzuriga bir yetim bola keldi da. Yo rasululloh dedi, qo'shnim bilan o'rtamizda devor yo'q edi. Sahih Buxoroda kelgan birodarlar dedi.

[15:59] Qo'shnim devor tortdi o'rtadan deydi. Bitta xurmo daraxtim qo'shnimning devorini orqasiga o'tib ketdi. Shu xurmoimni olib bering dedi kelib. Yetim bola keldim. Yetimni molini zulmat yeykanlar, qorniga jahannamni o'tini yeyapti degan mazmunda oyatlar bor, birodarlar. Atrofimizni bir qaraylik da. Biz yemaganmizmi yetimni molini? Har bittamiz so'rab kelinglar o'zimizga. Yo'q, men yemaganman deymiz. To'g'rimi?

[16:29] Otasidan ayrilib, sag'ir bolalar bilan qolgan tul xotin ehson qilganda, borib yeganmizmi, yemaganmizmi? Har kim o'zi bilsin buni. Yetimni molini yeyishmasmi bu? O'zi boqqusdan ajralib, u bechora juvon katta bolasi o'n ga kirgan, o'n besh ga kirgan, endi nima qilishiga o'tkazaman deb o'ylanib turgan paytda, mahallani bir ikkita eslilari bo'ladi. Endi uyat, ehson qilmasangiz, el yurtni oldida, deydi da bir ikkita maraz xotin bo'ladi, ikkita maraz erkak kishi bo'ladi. Bor o'zi holi yo'q, qiyin sharoiti yo'q, lekin ana shu odamlarda yuzidan o'ta olmasdan, odamlar atrofida gap bo'lmaydi deb turib nima qiladi? Ehson qiladi. Yo'q emas a bunaqa odamlar atrofi emaslar. Birodarlar ehsonga deganda ha tekin bo'lib qolibdi deb ketavermasdan sal qaraylik. Agar mahallani bir oqsoqoli bo'lsak, mahallada bizni gapimizga xulosa olishadigan bo'lsa, boquvchisi tarjimalgan oilaga borib aytaylik, singnim, aka opa, siz ehson qilmang, sizga buyurmaydi, biz sizga ehson qilishimiz kerak, sizni dasturxonchi kerak berib ketmasdan, qorni muzmoz ettirib, deydigan odam bo'lishi kerak.

[17:36] Yetimni molini ishlay deganda, albatta uni borib turib tortib olib, og'zidagi nonini yeb, yo pulini olib turib, kechirib yuborishmas ekanlar. O'zi muhtoj bo'lib, ehson talab bo'lib turgan, oilani borib, dasturxon to'g'risida o'tirib, qornini mo'ljallantirib, durgan chigitga chiqib kelishi yetimni molini ishlay emasmi? Shu davrda gapiradigan, shu so'zni gapiradigan vaqtlar ham yetib kelishi kerak. Bir o'n yil burun gapirsangiz yetimni moli haqida, har xil laqablar bilan laqablashgan.

[18:02] Yo bo'lmaganmi bu davrda? Bu vahobiy ekan deyilganmi? Yetimni molini yeb bo'lmaydi desa, yomon ko'rganmi ba'zi bir odamlar? Murodalar, alhamdulillah, zamonamizda odamlar ancha muncha ilmdan xaloslar bo'lib qolgandan keyin, bid'at nima, shirk nima, tushunib qoldik. Otasidan ayrilgan, yetim qolgan bola chaqali bola ehsonini yeyishlik, birodalar, ehtiyot bo'laylik bu narsadan. Endi nima deydi? Ha endi deydi, umid qilib dasturxon solib qo'yibdi da deydi. Biz bormasak kim edi? Sen bormi edi qilmas edi bu? Senga o'xshagan ikkita eslik, nafsi och opa bo'lgan bola aytmaganda qilmas edi u. Otini sotgandir, molni sotgandir yo qarz olgandir. Uyapti endi bormasak. Biz bormasak kim boradi? Xo'p, ehson qilsa sen borma, shunga o'xshagan yetimlar borsin. Men qoyil qolardim shunaqa ehson qilgan odamga. Agar mahallani faqat kambag'al bechoralarini chaqiribdi ehson qilib berganda. Miyamsiz bo'lsang kim gul o'chekadi qoladi? Rasululloh nima degan? Eng yomon dasturxon kambag'al bekoralar qolib, boylar o'tirgan dasturxon deydi.

[19:03] Yetimni muammosi turibdi dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib, meni dedi, shu xulmonni qaytarib olib bering dedi. Muammo katta. Rasululloh sallalloh hali qo'shimcha qidirib keldi. Zamonni saodatda yashaydi bo'laveradi. Payg'ambar sollallohu alalayhi vasallamni ko'radi. Payg'amlarimizni ovozini eshitadi. Qo'lini qo'liga berib ko'rishadi. Shunaqa zo'r zamonda yashaydigan odamlardan bittasi, Alloh iqtidor bermasa, qalbi marazligicha turaverar ekan. Keldi da, ey falonchi dedi Rasululloh, bu yetimni daraxtini qaytarib bering o'ziga dedi.

[19:33] Sahobalar bi abiy an ta'voo ummi yo Rasululloh deyishgan. Pulim fido bo'lsin, jonim fido bo'lsin, mashinam fido bo'lsun demagan. Insonni eng aziz kishisi otasi bilan onasi. Xotinni ham, bola chaqani ham topsa bo'ladi. Lekin ota ona topilmaydimi? Eng aziz bo'lgan ota onam sizni yo'lingizda fido bo'lssin. Sizni shunaqa yaxshi ko'ramanki, ota onamdan ham ustun ko'raman. Hatto o'zimdan ham ko'proq yaxshi ko'raman degan sahobalar. Tondan tashladi da sahobalar ikkilanmasdan tashlagan. Dengizga sho'ng'iylar desa, bir og'iz gap uchun bori burun fido qilgan sahobalar. Payg'ambarimizni juda yaxshi ko'rishgan.

[20:10] Payg'ambimiz bir og'iz gapiga, har qanday ishga tayyor turgan sahobalar. Endi haligi odam chaqiribdi yu falonchi. Yetimlar vaqtini qaytarib ber desa, yo'q deydi. Biz nimamizni berardik rasulullohni bir marta ko'rishlikka? U buyrug'ini bajarishingni qo'ying. Rasulullohga shunday bir yuzga bir marta qarashlikka nimamizni berardik? Har kim ichidan nima o'tgan bo'lsa, o'zi biladi. Rasulullohiga bo'lgan muhabbati qanchalik bo'lsa, borini berardim deydi.

[20:39] Yo'q unday emasmi? Rasulullohni gapini yerga qo'yyapti. Yo'q deydi. Bermayman deydi. U davrda yashab turib, bunaqa kofiri bilan yashagandan ko'ra, hozir iymonlab yashagan odamlar baxtli ekan a? Yo'q deydi, qilmayman deydi. Ey falonchi, bu yetimni moli qaytarib ber desa, yo'q deydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni bu o'ljaligini ko'rib, yetimga daraxtni qaytarib berishning shavqida, ey falonchi deydi, agar sen daraxtni qayerda qaytarib bersang, senga jannatdan bitta hurmat va'da qilaman deydi.

[21:16] Ya'ni jannatni biletini shunday beryapti. Jannatiy bo'lasan deyapti. Jannatta bitta xurmo beraman senga. Va'da qilaman deydi. Yo'q deydi. Chunki birodarlar, bu yerda naqd bilan nasiya muammosi turibdi. Bizda ham shunaqa. Cho'ntagimizdagi o'n ellik so'm naqd, o'n so'm berib yuborgan bo'lsang, nasiya olib ketdi u. Birodarlar, nasiya degani cho'ntagimizda ekan. Ishonib yuboringlar. Hozir bo'lsak, yer deb ertaga hamma narsamiz nasiya bo'ladi. Xuddi kecha ko'rgan tushimiz bilan kecha bo'lgan ish bir xil bo'lib qolyaptimi hozir? Ularda naqd bilan nasiyasining farqi bo'lgan. Bizni sohibarodan farqimiz ham shunda. Ular og'ir atga tuzgan naqd deb bilgan.

[21:57] Abu dado roziyallohim aytdi, mana katta puldor bo'lgan, iymonda mazasini tushunib qolgandan keyin, shu faqir yashagan ekan. Ximskiy voli bo'lib turganda mehmon bo'ladi uyga. Gubernator bitta viloyatni voliysi. Kechki ovqat berib uchta mehmon to'xtamayman menga, yotaman, yaxshi yotginlar deb chiqib ketadi uni xonasiga. Bu oliyni uyi. Yopilgani hech narsa bermaydi. Tagida o'tirgan to'shagi bor. Mehmonlar kutishadi, yopinchi beramikin deb, shom, Suriya bizga o'xshagan kech paytda salqin bo'ladi, kunduzi suv bo'ladi. Bittasi chiqib, men so'rayman deydi da, qarasa, Abu Dardor o'tirgan xo'jalarda ham yopinchi yo'q bo'ladi. Egarga qo'yib boshini otadigan odamlar bo'lgan da ular.

[22:35] Chaqirib turib aytadiki, uy jihozlari yo'qmi deydi. Voley birovlar. Voley. Bizni deydi, oyoqda bitta uyimiz bor deydi, o'shanacha jo'natyapmiz deydi. Xo'p deydi. U yoqda uyingiz bo'lsa, mana bu yerda ham uyingiz bor u. Bu yerga mana shuncha jihoz kerak ku desa, ha, to'g'ri aytdingiz. Lekin rosti ular bizga shunday nasihat qilganki, narigi uyinglarga yetishni o'rtada bitta bir davom bo'ladi, pereval bo'ladi. Yukinglar qancha yengil bo'lsa, shuning uchun oson chiqib ketasizlar degan. O'sha yoqqa o'tkazyapmiz degan.

[23:05] Mana shunday kishilar bo'lgan. Ularda naqa naryog' bo'lgan, nasiyasi bu yoq bo'lgan. Naqd xurmog'da va'da qilsa, unga nasib ulanmaydi, yo'q deydi. Birodarlar, jannatdagi bitta xurmog'. Endi shu yerdagi bitta pauzani bosamiz. Muso alayhissalom Alloh Taolodan so'rar ekan. Parvardigor, jannatda Sendan eng eng kam ovoz, ne'mat olgan bandang nimalarni oladi? Hali hech narsa tegmaganiga nima ayting a deganda, Alloh Taolo shunday bir bayon qilgan ekanki, Alloh Taolo jahannamda azoblanayotgan bir bandani Allohga yolvorar ekan rosa, meni do'zaxdan chiqargin, qaytib hech narsa so'ramayman. Faqat azobdan qutqazing der ekan. Alloh lab beda buni do'zaxidan chiqarib, jannat bo'lmagan joyni qo'yib qo'yar ekan. Shu banda aytar ekan, menga Allohni eng katta marhamati bo'ldi. Haqiqatdan shunaqa bo'ldi.

[23:55] Abadiy qolib ketishi mumkin edi. Chiqarib qo'ydi, qalboga roziman, men hech narsa so'talmayman sendan. Bo'ldi der ekan. Qalbiga pechat turib, tiliga pechat turib rozi bo'lib turar ekan. Shunda Alloh Taolo halibandasini erkalatib, jannatdan bitta xurmonda chiqarib ko'rsatib qo'yar ekan. U ko'zga yoradigan joyi qo'yibdi. Halibanda bir dona xurmonni ko'rib turib, Parvardiga ro'shini ber der ekan.

[24:26] Parvardiga shuni ber, boshqa hech narsa so'ramayman. Banda so'ramayman deganding u. Men aytdim, faroling shuni ber, boshqa so'ramayman, va'da berar ekan, Alloh Taolo berar ekan uni. Endi jannatdan chiqqan bitta xurmoni tagida yotibdi. U jannatni xurmosi bo'ladi ular. Uni hidi, harorati, ta'mi, salqini u bu dunyodagidek bo'lmaydi. Bizni tilimiz ojiz unga. Men endi rostmana niyat qilib, endi hech narsa so'ramayman deb turganda Alloh Taolo boshqa undan ko'ra chiroyliroq bitta daraxtni ko'rsatib qo'yar ekan ko'ziga yana.

[24:57] Banda yana ta'maga tushib qolar ekan, Parvardigor o'shani ham ber der ekan, qaytib so'ramay hech narsa der ekan. Parvardigor yana eslatadi, Parvardigorimiz karimjon birodarlar. So'ranglar deydi Rasululloh. Sizlar so'ralib mololanib ketasizlar, Parvardigoringlarchi mololanib ketmaydi. Bandasidan so'raganimizni yomon ko'radi bizlar. Parvardigorimiz so'rolmay qo'ysa yomon ko'rardi. So'rash nima? Bu pastlik, xorlik. Allohdan so'rayotganda, Allohdan oldida xorligimizni, pastligimizni tan olishimiz bo'ladi. Bo'ldi, menga hech narsa kerak emas, so'radigan hech narsa qolmadi. Demanglar birodar, har qancha dunyoda zo'r bo'lib ketgan bo'lsa. Hali ko'rib so'raladigan narsa.

[25:34] Parvardigor karim berar ekan u daraxtni. Endi bo'ldi, barakam. Endi hech narsa so'ramayman ikkita daraxtni oldida. Alloh taolo bandasini erkalatib, undan ham chiroyli uchinchi daraxtni ko'rsatib qo'yadi deyiladi. Hadislarda kelgan bu. Bandani erkalatyapti. O'zi do'stvatdan chiqqani uchun sharafida. Uni ham berar ekan. Endi haqiqatdan so'ramayman deb turganda parvardigor ham, bu qanaqa savol javob bo'lyapti? Jannatdan hech qanaqa mehnat olmagan bandaga nimani berasan degan savolga javob ketyapti. Uchta hurmat daraxtni olib mazza qilib turganda parvardigora aziz navajonlar qizil oltindan bo'lgan jannat darvozasini ko'rsatib qo'yar ekan.

[26:14] Zirasini uzugini emas, darvozasini, qizil oltindan bo'lgan. Banda nima deydi? Banda nima deydi. Banda ber deydi da, parvardigor, ber degani yaxshi ko'radi da. Eshigiga boray, qaytib so'ramayman derkan, Alloh unga ham ruxsat berar ekan. Jannat eshigiga borib, endi hech narsa so'ramayman deb turganda Parvardigor Jannatni hidlarini, Jannatdagi ovozlarni ko'rsatib eshittirib qo'yar ekan.

[26:41] Endi bu yoqdagisi hech narsa olmay qolyapti, birodarlar. Bu ertaga bo'ladi biz uchun. Ehtimol bomdodda bo'ladi. Ehtimol bir oydan keyin bo'ladi, lekin bo'ladi birodarlar. O'lamiz hammamiz. Mana shu uyqusada o'tirganimizga xursand bo'lamiz shu kunda. Borib yonboshda televizor ko'rganimizga xursandsiz bo'lmaymiz. Sezon birodarlar. Hozir boshqa shaqqa o'tib ket demanglar, olib boraman boyagi shaqqa hozir. Molni tugatib qo'yaylik.

[27:07] Parvardigor kiraylar ekan. Parvargar keldilar ekan. Kirganda unga mana shu dunyoga o'n barobar katta keladigan jannat berilar ekan. So'radilar ekan Alloh. Yana. Manavvar senga. Manavvar senga. Manavvar. Inson to'xtab qolar ekan aqlimni. Nima so'rashni bilmay qolar ekan endi. Banda rozi bo'ldingmi der ekan. Parvardigor aqlim yetmay qoldi, roziman deganda, senga yana shuncha, shuncha, shuning uchun o'n barobar narsani berar ekan.

[27:40] Shunda Muso alayhissalom Parvardigor bu jannatda hech narsa olmagan bandang shuni olsa, sal ko'proq narsa olgan bandang nimani oladi deganda, uni hali ko'rgan ko'z, eshitgan quloq yo'q, insonda aqli bovar qilmaydi deydi. Bitta Qur'onnin Payg'ambar sallallohu alayhi vasallam haligi fositasi qilaman qilyapti.

[28:04] Tortiq qilyapti. Yo'q deydi. Yo'q deyapti. Ellikta so'm bilan kimdir jannatga kirib ketishi mumkin. Ehtimol bir so'm bilan kirib ketishi mumkindir. Bu kim beradi Allohga yordam bir so'mni birodarlar? Oxiratga aniq ishongan odamdan, chunki olaman deb biladi. Agar oxiratga ishonmasa, albatta bermaydi. Agar berolmayotgan bo'lsa, demak ishona olmayapti u.

[28:30] Shunda tupik bo'lib qoldi bir odam. U jannatni biletini olmayapti, Rasululloh taqlid qilyapti, yetim haqqimni berdi turibdi. Haligi yetmish mingta sahobada musulmondan yetmish ming tasi hisob kitobini o'tkazgandan bittasi urib qoldimi? Yana shu moment kelib qoldi. Ana. Abu dahda ismli sahoba bor edi da shaytan. Yo'q, Rasululloh dedi. Agar men dedi. O'sha xurmog'ini olib, yetimga xatar bersam, u siz va'da qilgan jannatdagi xurmog'im meniki bo'laveradimi dedi.

[29:06] Dedi. Ha dedi. Endi qarab turing. Haligi nasiyani naqdga almashtirmayotgan yoki naqdni nasiga almashtirmayapti, keyin hozir qayerga kelib turib, bitta xurmog'iga beshta xurmog' beraman desa ham berar edi u. U materialist edi u. O'nta beraman desa ham berar edi. Lekin yo'q devormasin, shu jannatdagi xurmoq qo'limdan chiqib ketib qolmasin deydi da. Ey falonchi deydi. Meni taniysan a deydi. Meni taniman. Bog'ini ham bilasan a deydi. Bog'ni gapiryapti, yarim bog'ini to'g'ridan biri buni emas. Butun bog'ini gapirib aytadiki, bog'ini bilasan a, Madinadagi eng sermeva, eng yosh, kuchga kirgan bog' seni bog'ing deydi. O'sha bog' deydi. Yonboshiga qo'rg'on solib qo'yganman, bilasan a deydi. O'sha qo'rg', deydi. Senga deydi. Daraxtni menga ber deydi. Borib uzuni beryapti. Chunki dunyodagini nasiya deyapti, oxiridagini nax deyapti u.

[29:58] Qo'l qoqishda. Xurmoq o'tdi bunga, bog' uy bunga o'tdi. Ular yuragini quvvatini qarang, ertaga nima qilaman demagan ekan ular. Un qimmatlab ketdi, endi nima qilarkimiz demagan ekan bir otalar. Tirikmisizlar, rizqinglar bor, yigitlar o'sha undi. Ikki ming dollar bo'lganda ham.

[30:20] G'am qilyapmizmi hukumatlar ketib? Vahimaga tushib ketyapmizmi, besh olti litr olib qo'yaylik yo'qmi undi deb? Bizni iymonimizdagi halol bu. Va qadar xayriy ibn alloh sharhi ibn allohni itari degan joyimiz qani? Qadarni yaxshisi ham yomon deb allohdan degan joyiga iymonimiz qani? Islomada bir voqea bo'lgandi. Bir hoji akani bomdodni o'qib chiqib, bir nonushtaga chiqib, ana o'tiringlar, bismillahini olinglar deganda to'yga. Nonda bir tishladi yu, o'sha yerda joni uzildi. Bo'ldimi shu? Og'zida bir tishlamnoni qolib ketdi. Nima bo'ladi? Shu tishlamnon, rizqida yo'q ekan, tishlovni ham og'zidan chiqarib yuboradi o'sha dunyodan.

[30:54] U bosib qo'ygan uninglar, bosib qo'yg'an pulinglar Alloh biladi kimlarga nasib qiladi. Xotirjam bo'laveringlar. Hech g'am qilmanglar, u yog'ini uning qimmatlansa, u yog'ini qimmatlansa. Bir metr qor yog'uvdi, ikki yil, uch yil burun. Qushlar o'lib ketmadi yu qishda. To'g'rimi? Rizqi bor yashaveradi birov ikki metr qor yog'sa ham. Xotirjam bo'linglar, qani bizni imomimiz?

[31:18] Qo'lda qoqdi. Endi bitta muammo turibdi. Uyda kim bor? Ayoli bor. Yutdi. Endi uyga borib turib, bo'ldi, dah, dah, dah chaqirib qoldi. Ayol ayol hayron bo'ldi. Bu o'zini uyiga chaqirib kelayotgan, tinchlikmi? Chiqdi. Chiqinglar dedi. Uyni sotdim dedi.

[31:40] Sotdingizmi? Yaxshi pulga sotdingizmi ha? Nimaga qanchaga sotdingiz? Ko'chadan kelgandingiz, qani mashinangizni o'tirib, bittasi obloqni yo'qda so'radi, berib yubordim desa, bilamiz biz keladi nima muomala qilishini. Chunki biz shunaqa ayollarga loyiqmiz. Biz shunaqamiz o'zi. U sahobani xotin edi u. Ular tarbiya topgan edi. Rosti Alloh nimadir asrasin o'qishgandi ular. Qanchaga sotdingiz dedi. Payg'ambarimiz jannatdan bitta xurmo va'da qiluvdi, almashtirib yubordim dedi.

[32:08] U xotinni ham qarang. Yutibsiz savdoda Abu Dardor dedi. Bolachaq qizni yetalab chiqib ketdi. Uy o'tdi, xurmo egasiga qaytdi. Bu kishi jannatda xurmog'iga ega bo'ldi. Momenti keldi, sezonida urib qoldi. Savol. Bitta savol turibdi hozir. Necha yil bo'ldi shu ishga? Bir yarim ming. Ramazon turib bir yarim deyaveraylik. Ramazon oyida turibmiz birodarlar. Bir yarim ming bo'ldi.

[32:38] O'sha xurmo daraxti bormi hozir, bir dona sporniy bo'lgan? Bormi? Yo'q. Abu Dardak bormi? Haligi bog' bormi xurmoni bilan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hozir bormilar? Haligi fasliq bormi? Nima qoldi? Jannatdagi hurmat qoldimi? Kim yutdi?

[33:01] O'sha paytda qiyin edi. Birodarlar, ichkarisiz qolmadi. Kun nu mana alayha fan, g'oyabu qoloji xurod aka ben jalali va ikrom. Yerni yuzidagi hamma narsa faniydi dedi o'tguncha. Faqat parvardigorini buyuk jamoligina qoladi dedi. Birodarlar? Parvardigorini jamoliga yetadigan oyda turibmiz. Bu sezon. Bundan foydalanib qolaylik. Televizorni kamroq ko'raylik. Qur'on o'qiylik. Bir kunda bittada qarab o'qisangiz, o'ttiz kunda yigirma sakkiztani tugatib, qoidasiga tushib olasiz. Qur'onni o'qishlikka. Bir kunda bir qator yodlasangiz, o'tti qator yodlaysiz. Lekin qilmaymiz buni. Ertaga qilaman, indagina qilaman.

[33:43] Rostdan shunday chizib tortdi. Mana bu dedi, insonni orzu umidlari dedi. Va o'rtasidan shat bunaqasiga chizdi, bu ajal edi. Shu ajal kelib qolguncha sezondan o'zi bo'laveradi. Foydalanib qolaylik. Dunyo mo'min uchun qafas, kofir uchun jannat bo'laveradi, qafasda hech kim qolishida xohlamaydi, agar uni qafasligini tushungan bo'lsa. Shunday emasmi? Agar qafasligini tuzungan bo'lsak, bu dunyoni suv bilan buzgan. Og'riqimizga tayyorgarlik ko'raylik va sezondan foydalanib qolaveraylik. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakali.
