# Ramazon 2006

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 110 of 510
- Section: —
- Duration: 32 min
- Original title: Ramazon 2006
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/110
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/nZixCwYaHfk.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=nZixCwYaHfk
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/109.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/111.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Vassalomu alayhi va salamu alayhi va alayhi va salomu alayhi va barakatuhu. Assalomu alaykum va rahmatullohi ito'g'ri va barakatuhu rohimi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahih hadislarida marhamat qilib aytadiki, yuhrob umid ibn adam kunlu shay illat natan al xersu val amal.

[0:28] Sadoqat rasululloh. Mana sizlar bilan bir necha kundan beri xalq kasalliklari haqida gaplashib kelyapmiz. Qo'rquv haqida gaploshdik, kervozlik haqida gaplishdik, umid haqida gaplushdik. Ya'ni aytdikki, rasululloh sollallohning mana shu bir hadislarida ala innifel jasadiy mudvatan i da salohat saloh al jasadul kunluh. Albatta insonning jasadida bir parcha bir kichkinagina a'zo bor. Agar shu a'zo tuzalsa, butun jasad tuzaladi va mana shu a'zo buzilishligi bilan butun jasad buziladi. Ala va hia qalb. Albatta u qalb dedi. Mana shuni shior qilib, sizlar bilan bir necha kundan beri qalb kasalliklari haqida gaplashyapmiz.

[1:11] Mana bugun sizlar bilan gaplashadigan bir mavzuyimiz mana shu quyidagi aytilingan hadis bilan boshlanadi. Rasululloh marhamat qilib aytadiki, inson bolasidan har qanday narsa olib qo'yilishligi mumkin. Inson har qanday narsasidan ayrilib qolishi mumkin. Boyligidan, sog'ligidan, obro'yidan, chiroyidan. Lekin shunday bir kasal borki, hech qachon insondan bu ayrilmaydi. Bu xers va orzu havas.

[1:41] Ya'ni bir odamni ta'farras qiling, beli uzilib ketdi da, yurishlikdan bo'lmaydi uzildi. Boyligidan ayrildi, yotib qoldi. Lekin hech qachon uni qalbida xirs, dunyoga bo'lgan muhabbat ana shu tuzalib qolsa bir kuni, yana ana shu qaytadan dunyoda qo'lga ketishlik xirsi, havasi yo'qolmaydi. Bugun mana shu xirs haqida gaplashamiz. Xirs bir narsani qattiq xohlashlik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana quyidagi sahih hadislarga marhamat qiladi.

[2:13] Oshiazullohidan so'rashdiki, yonmul mo'miniy, ma aktarimakan yaqul rasulullohi sollallohu alayhi vasallam, ida da halal bayt. Oshiazumizdan so'rashadiki, rasululloh so'rasallam uyiga kirgan paytda ko'proq qaysi gapni aytar edi, qaysi gapni ko'proq takrorladi deganda, oshiazumimiz rasulullohning quyidagi hadislarni aytadi. Lav anna li bine adamu vodiyaylim in zahabin latamanna ilayhi mat salihan. Valayam la'ud ja'fai bina adam ila turob. Va yotubullohu alamantab innama ja'alallohu ta'ala hadil ma'lili to'q liqomi behis sola va yu'tabi behis zaka. Rasululloh uyga ko'p payt, kelgan paytda ko'p takrorlaydigan so'zlar shu ediganki, agar inson bolasiga ikki vodiy oltin berilsa, bir vodiy degan rivoyatlar ham bor. Bu yerda ikki, ikki vodiy deb aytilinyapti.

[3:04] Ya'ni, mana bunday tillar bo'lsa, o'zi yetadi, deb o'ylaymiz, birodarlar. Agar g'ishtdek bo'ladigan bo'lsa, yana yaxshi. Agar mashinaday bo'ladigan bo'sa, biz uni qancha pul bo'lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Kalkulyatorimizga sig'maydi birodar. Uni gramma falon pul turadi, to'g'rimi? Endi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Sulaymon tog'achalik demayapti. Bir vodiy demayapti. Ikki vodiy deyapti. Aytamiz ku, agar meni mana buncha pulim bo'lganda yetardi deymiz. Birodarlar u quruq gap. Agar shu gapni gapirib, odam men gapimda rost gapiryapman, menga yetadi desa, qasd op deb qo'yavering shu odamni. Chunki Rasululloh bir vodiy emas, ikki vodiy oltin berilsa, uchinchisini orzu qilardi deydi. Biron biron odamlar bor dunyoda.

[3:53] Shvetsiyaskiy bankadagi pullarini nolini Alloh biladi va o'zlari biladi. Lekin nima yetmayapti shularga? Agar inson bolasini qalbi Allohga bo'lgan muhabbat bilan ovora bo'lmaydigan bo'lsa, dunyoga bo'lgan hirs dunyoga bo'gan muhabbat bilani to'laydigan bo'lmasa, hech qachon to'lmaydi. Insonni ko'ziga butun butun olamlar sig'ib ketadi, shunaqa chuqur bo'ladi va bir hovuch tuproq bilan to'lib qoladi. Haqiqatda.

[4:20] Dunyoni qarang, atrofingizni qarang, biram biram boylar bor. Shularga nima yetmas ekin? O'lib tolib savdo qiladi, bez so'm ustida tolashadi va o'shalarga kerak da pul. Ya'ni, insonni qalbi qancha och bo'lsa, shuncha ko'proq talab qiladi. Mana haligi, zamonamizda oladigan bo'lsak, haligi Microsoft degan kompaniyani prezidenti bor. Besh yil burun eshitganimda, uch yuz milliard dollari bor edi ekan. Yana u qanaqa pul? U programma ishlab chiqaradi kompyuterlarga, shuni sotish evaziga puli ko'payadi. Yana aksiyalari ko'payib turadi. Kuniga pul tug'ib turadi. Besh yil burun yer yuzidagi olti milliard odamga bir mahal nonushta berishiga qurbi yetardi ekan. Mana shunga nima yetmas edi?

[5:05] Ishlayapti yana. Lekin shuni og'zi tan bilmas ekan bir odam. Shu kishini og'zi tan bilimas ekan. Inson borasida to'lmasligini hammamiz bilamiz. Aytaveramiz, lekin hayotda amal qilyapmizmi, qilmayapmizmi Allohimiz? Biz sevatda suv tashimoqchi bo'lgan odamlarga o'xshaymiz. Qalbimizni dunyo bilan to'ldirmoqchi bo'lgan paytimizda. U sevati bilan suv olib kelishi mumkin bo'lmaganda, insonni qalbi hech qachon dunyoga to'ymaydi.

[5:36] Qalb faqat Allohni zikri bilan orom olishigini Qur'ondan Alloh Taolo marhamat qildi. Ala bibi kirillahi tatumayinbul qulun bir. Mana, o'n ming bo'lsa yetadi deganmiz. Bo'ldi, bo'lganlardan. Yetdimi? Yetmadi. Endi ellik ming bo'lganda yetadi dedik. Bo'ldi. Yetdimi? Birodarlar yetmaydi. Rasululloh ikki vodiy deyapti. Desa, uchinchi vodiyda orzu qiladi deydi.

[6:06] Inson bolasini qornida dedi rasululloh, faqat tuproq to'lg'azadi dedi. Va Alloh Taolo tavba qilgan bandani tavbasini albatta qabul qiladi. Endi bu pul nima uchun berilgan? Mana aytyapmiz, kiyimniki, issiqdan, sovuqdan sovutiladi, nima qilishligi uchun, saqlanish uchun kelamiz. Telefonda uzog'imizni yaqin qilish uchun ishlatamiz. Har bitta narsani Alloh Taolo belgilab qo'ygan bir vazifasi bor. Mana mikrofonda ham o'zini vazifasi bor. Shu vazifa bajarilmasa, kerak emas, tashlab yuboramiz buni. Shundaymi? Pulni Alloh Taolo nimaga bergan desa, namoz qoyim qilinishligi uchun, zakat sadaqa berishligi uchunda deydi. Demak, bir inson dunyoda qancha topganligi farqli bo'ladi ikkinchisidan. Qancha bo'lishidan qat'iy nazar, shu topgan puli bilan namoz o'qiyotgan bo'lsa, zakat sada'asini berayotgan bo'lmasa, pulni o'zini vazifasi nima qilibdi? Bajaribdi. Dunyoda insonlar qo'lida dunyo matosi ozroq bo'lganiga doim xafa bo'lib kelgan va qiyomatgacha xafa bo'lib boradi.

[7:03] Lekin bir kun borki, inson qo'lida dunyo matosi ozroq bo'lganligiga xursand bo'ladi. Bu qiyomat kuni. Oddiy narsa. Aeroportdan o'tayotganingizda qo'lingizda oltita chamadon bo'lsa, oltita mashaqqat u. Qo'lingizga chamadoningiz bo'lsa, yengil o'tib ketasiz. Birodarlar qo'lida bunyosi bor birodarlar kambag'allarga berganda, tamojniy mumkin oldiga olib o'tib ketar ekan, bu odamga o'xshaydi. Olib o'tib berishadi naryoqqa.

[7:26] Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa hadisda marhamat qiladi. Uch kishiga uchta narsani va'da qilaman deyman. Ya'ni sen falon falon sifatlarga ega bo'lsang, falon falon sbat albatta seni yoningda qo'shimcha bo'ladi. Lil mukabbi ala dunya, va al xarisa alayhi va shahihabihah, faqirun la rina ba'da hu, va shug'ullun la farog'ata minhu, farog'at va hammulloh faraja ma'hu. Dunyoga mukkasidan ketgan odam bo'lsa, bir. Dunyoga xariz bo'lgan bo'lsa ikki va baxil bo'lgan bo'sa dunyoda. Bu uchta odamga nima va'da qilingan?

[8:02] Dunyoga mukkasidan ketgan odamga hech qachon tugamaydigan faqirlik beriladi deydi. Yetmaydi, doim kambag'al bo'laveradi. Kechirasiz ku? O'lchov qanaqa edi? Islom bizga qo'ygan o'lchov. Dunyo ishlarida o'zimizdan holi xarobroq bo'lgan odamga qarasak, shukur degan sifat paydo bo'ladi qalbimizda. Alhamdulillah onam chalaymasman deysiz. Din ishlarida o'singizdan yuqoriroq bo'lgan otamga qaraganingizda, shularga yetishim kerak degan g'am bo'lardi da, xotirjamlik paydo bo'lardi. Lekin bu o'lchov teskari bo'lib qoldi bizda.

[8:34] Dunyo ichida doim bizdan kimdir oldida. Yetolmayapti, chiqib olib, din ishlarida qarasa ancha muncha odamdan yaxshi bo'lib qolgansiz. Shuning uchun o'lchov chatoq bo'lganligi uchun hech hisobimiz to'g'ri chiqmayapti. O'lchov chatag'i rodalar. O'zimizni shaharda bo'lgan ish. Bittasi bozordan metr olib, uyini romlarini o'lchab turib, plastik qiladigan joyga olib boribdi. Plastik qiladigonlar, rom qiladiganlar o'sha o'lchov bilan romni qilib olib kelsa, to'g'ri kelmabdi.

[9:01] Kichkina kelib qolibdi u, men xitoyda metr edik ekan, sal urib olingan metr ekan. Ya'ni ana shu ishxonadagi metr bilan, ana shu uyda egasini metri bir xil bo'lganda to'g'ri kelar edi. Lekin o'lchov chataqligi uchun, ular har qancha millimetrga to'g'ri qilmasin, klientni metri chataq bo'lganligi uchun o'lchov chiqmaydi. Biz agar dunyo matosi bilan qalbimizni xotirjam qilmoqchi bo'lib, dunyo bilan to'yishimiz mumkinligi haqida xayolga bor ekanmiz ku, bu xom tamom bo'lmaydi, bo'lmaydigan ish bu. Rom to'g'ri kelmaydi doim bir xillarda. Yo katta kelib qoladi, yo kichkina kelib qoladi. Mukkasidan dunyoga qul bo'lgan kishi hech qachon boy bo'lmaydi. Doim faqir bo'ladi. Payg'ambar sifatida ham bu sahih hadislarda va'da qilyapti.

[9:41] Dunyoga xariz bo'lgan odamga, his qo'yib, dunyoni ketidan quvvatlab yuradigan odamni, g'ami faqat pul topish bo'lsa, hech qachon bo'sh vaqti bo'lmaydi uni deyapti. Hatto onasini oldiga kirgani vaqti bo'lsin. U qarindoshini opa singilni qo'yay. Ishga o'tding. Ishga o'pding. Mana inshaalloh bir necha kunlardan keyin mana shu rizqqa taalluqli narsalarni boshlaymiz, xotirjamlikka taalluqli. Ana shu rizqda barakat olib keladigan ishlardan bittasi, sakkizta ishidan bittasi silayi rahm deyilgan. Silayi rahm nima degani? Qarindosh urug'ni holidan xabar olishlik. Opa singil birinchi navbatda ota ona, aka uka, undan keyin amma xola tog'alar. Mana shu narsani qilsanglar deydi Payg'ambarimiz, umringlarga baraka keladi, rizqinglarga kenglik keladi deydi. Yo'q, biz ularni ziyorat qilmasdan bozordan istayapmiz barakani.

[10:32] Favo tavo, indallohi risqu va abduhu boshqaruv. Rizqni bir balo, bozordan, konteynerdan, mashinadan, do'kondan topib yeymiz, yaxshilab tushunib olaylik. Rizqni meni huzurimdan istanglar deydi Alloh. Menga ibodat qilish bilan, men aytgan ishni qilish bilan yashanglar da, men beraman barakani deyapti Alloh. Alloh bu yoqda desa, bu yoqqa tashlayapti o'zi inson.

[10:54] Dunyoni ketidan quvilgan kishini hech qachon bo'sh vaqt, haqiqatda da. Bo'sh vaqtingiz bo'lmayapti yu, to'g'rimi? Ish ko'p. O'zimga qarasa, absolyutno bekorchi o'zi. Lekin dunyo ketidan quvilganlikdan hammasini borib ko'rishadi. Bu bekorchilikda bo'ladigan ish deydi. A meni holingni ziyod qilib qo'yib turib, ozgina harakat qilgin edilar. Alloh berar edi, sen bu yoqni buzib qo'yyapsan o'zing. Rizqni Allohni uzudidan izlash kerak birodarlar. Avval, keyin dunyoga harakat qilish kerak, odam bilib olsin. Va dunyoda baxil bo'lgan kishiga hech qachon tugamaydigan g'amni beraman deydi. Qo'lidan puli ketib qolsa, ya'ni qo'lidagi puli qalbiga joylashib qolgan kishi pul chiqib ketayotganini ko'rganda joni chiqib ketay ekan bo'ladi. Pul jigardan bo'ladi. Jigarni bir chekkasini uzib olganday bo'ladi. Agar insonda, insonda pulga baxillik olsa, pulga shunday muhabbatga keladigan bo'lsa, bu insonni hech qachon g'ami tugamaydi. Chunki har kuni nima qilish kerak?

[11:54] Chiqim qilish kerak, bolachaqa boqish kerak, svetcha gazga to'lash kerak. Har safar dadasi sog'liqni tugab tursa, yana mi deydi. Chunki yurakdan chiqib kelyapti. Oilaga, oilaga sarflashga Allohni buyruq emasmidi? Xursand bo'lib sarflashga kerak emasmidi? O'zimizga oladigan dam olamiz. Shu ertaman deb pul so'ramasanglar deb chiqiladi cho'ntak kalyati.

[12:17] Bu ana shu dunyoga bo'lgan muhabbatni belgisi, cho'ntakdan chiqishga kerak ekanligi. Mana Aliyev Nabitoliyev aytadi, sizlarni ikkita kasalga duchor bo'lib qolishinglardan qattiq qo'rqaman deydi. Bu orzu havasga berilib ketishlik va havoyi nafsinglarga qul bo'lib qolishliginglar deydi. Bu qayerga olib boradi bu kasal? Mana orzu havas birodar.

[12:44] O'g'il ko'rsak, yigirmata terik ekanmiz. Qiz ko'rsak, sondi ochamiz. Nima deymiz u atini? Orzu havas deymiz. Shu orzu havasni yo'lida qul bo'lib ketyapmiz. Bir o'g'il bola Allohni bir yo'lida bola chaqasini boqish uchun besh yil Rossiyaga borib ishlab kelyapti. Qachondek, duo olgan. Nimadir duolgan? Topganing?

[13:12] Olti oy ishlab kelyapti da, o'n besh kunda savdo qo'yib turib, topgani to'yiga sal duo ijodan bo'lyapti birodarlar. Tagidan shamol o'tsin, topganing? Tagidan tinni shamol o'tyapti, topgani to'tyaga sal deyapti. Yana ketyapti. Yana, xotinlarni qo'lida bo'lganligi uchun bizni hayotimiz rahbariyati ikki metr material deb turib, olti oy ishlatib kelgan xachirda mehnatini ko'kka sovuryapti. Orzu havas. Nima, bizni qizimiz yerdan chiqibdimi? Nima, bizni o'g'limiz qo'ziqorin ekanmi? Nimaga bizga shum ham mazor olib kelmaydi? Qayerdan chiqdi shu narsalar?

[13:45] Otakortisi bor, chaqirig'i bor, tiqilib ketgan bu narsa. Birodarlar, agar erkaklarni qo'lida bo'lsa, bu narsalar kamroq bo'ladi. Orzu havas. Biz ham odamlarni yashaylik. Falonchi manaqa pardaylik da dadasi, biz ham yig'masak bo'lmaydi. Mana odamlar eslolamda o'ta vafot etayotganda qilgan beshta naqd sayti bor ekan. Shuni o'qib beraman. Juda chiroyli narsa xatar ekan, Subhanalloh. Havo inabsizga ergashlik, mana orzu havasga berishlik deyapti Alibn Abdutolib. Sizlarga oxiratni esdan chiqargizib qo'yadi. Endi mana shu parday deb yuborishim kerak, falon pullik. Ha uyingiz. Endi kafil qilib olishim kerak, ha qildingiz. Keyin manaqa gilam solib olishim kerak qildingiz. Keyingi titan listga qo'yishim kerak, keyin keyin change manager qo'yishimiz kerak deysiz. Chiqaveradi. O'sha orzu havasni ko'pligi o'lim borligini esdan chiqarib yuzib qo'yadi deyapti. O'lim haqida gapirsangiz, e og'zingni shamollasin deydi. O'lim ha qida gapirsangiz eshitishni xohlamaydi. Chunki orzu havas nima? Rostini aytsam shunday chizildi chizildi. Bunday chizildi mana bu dadil insonni orzu havaslari dedi. Shart o'rtasidan chizib bu dedi ajal dedi.

[14:55] Biz kimimiz bilamiz? O'sha orzu havasimizni hammasiga yetishligimizni. Biz orzu havasimizga javob beramiz. Ajalsak kesib ketaveradi. Orzu havasga kelib berilsanglar, o'rnini esdan chiqarib qo'yasizlar. Endi havoyi nafsinglarni yurgizsanglar, haqqa itoat qilishingdan to'silib qolasizlar dedi. Ko'nglinglar xohlamay qoladi haqda. Bu narsa mumkin emas desa, ko'nglingiz yoqmaganligi uchun u gapga itoat qila olmaysiz.

[15:25] Qaysi kasal haqida gaplashyapmiz, birodarlar? Orzu havas dunyoga mehr muhabbat qo'yishlik. Ali ibn abit olimdan hasrat umar bir nasihat qilishligini so'raganida, ali ibn abit oliy aytadiki, ya'ni miralmumining, agar sohidingiz rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo'li qishlikni xohlasangiz, ko'nglida soddaroqini kiying. Otmiroyining, orzu an'analar, orzu havaslarni qisqaroq qiling, rasulullohni yonida bo'lasiz deydi. Ya'ni rasululloh sollollohu alayhi vassallam vafot etganda bilamiz, uyda hech narsasi bo'lgan emas. Rasululloh sollillohu alayhi va sallamni uyiga mehmon kelganda, rasulullohniy mehmonligiga kim ziyofat qilib beradi desa, bitta sohibi turib men deya olgan emas. Qo'lida yo'q bo'lgan. Ziyofat deganda birodarlar bizni ziyofatimiz emas u qaymoqlar somsasi ushbu mazali bilan. Ular bir mahal qonunni to'lqizib qo'ysa mehmonda, shu ziyofat dini o'rgan. Qaranglar, kimimiz shunaqa bir ziyofat qilib bera olmaymiz?

[16:25] Rasululloh sahobalari kambag'al bo'lgan, Rasululloh o'zi kambag'al bu ham. Lekin hayoti shirin bo'lavergan. Abu Dardor roziyallohu anhun puldor bo'lgan, juda katta puldor bo'gan musulmon bo'lguncha. Lekin islomga kirgandan keyin, iymonni mazasini qalbiga tushib, iymonni halovatini tortib qolgandan keyin, dunyoda sal surib qo'ygan ekan. Nimaga? Agar deganki, Abu Dardor roziyallohu anhu. Bu haligi qo'lida yo'q bo'lganligi uchun, ya'ni yo'q bo'gandan keyin, kaneshna bu iymon bilan mazza qilishga majbur da deb. U bo'lgan qo'lida, lekin surgan. Solishtira olgan, dunyoni muhabbati bilan iymonda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda deydi, masjidiga bir devor do'konim bo'lsin, sharoit qarang. Kuniga ming denov poda qilsam, ming dollar bo'ladi endi bizda ish to'ldirayotganda. Ming denov podda qilib turib, besh mahallamizda payg'ambar so'rasa, endi masjidda o'qisam, shunaqa sharoit bo'lsa, shu tijoratni qilmadim deydi. Nimaga? Sharoit zo'r u desa, namozda turganimda baribir qalbim dunyo tijorati bilan ovora bo'lib qolardi. Hozir keyinlar kelib qoladi. Hozir Namangan keladi. Hozir Qo'qon keladi. Jumani narigi ozodasiga taqab boramiz, Allohu akbar deymiz, to'g'ri aka bilan qochamiz, kim yerdan ketib qolmasin deb. Namozda turganimizda hisob kitob kutib turadi kallamizda.

[17:37] Abu Dordo iymonni mazasini tushunib qo'ygandan keyin, ko'p ham, ey bari o'lib ketdi hammasi, sing. Abu Jahl ham o'ldi, Abu Sofiyon ham o'ldi. Iymon keldi Abu Sofiyonni. Horun ham o'ldi? Horun alayhissalom ham o'ldimi? Fir'avn ham o'ldimi? Kim bundan olib ketdi? Hamma gunohlarni boshlanishiga uchta gunohdan boshlanar ekan. Bu xirs, hasad, kibr. Agar ta'qiqlansak, hasad, xirs, kibr. Shu uchta kasal bo'lmasa insonda, boshqa gunoh bo'lmas ekan. Bu mana shu hamma gunohlarni bo'shanishi ekan. Hasad kimdan bo'ldi? Birodalar birinchi kibr bo'lmagan gunoh. Birinchi hasad bo'lgan. Odam alayhissalomda jannatni Allohu Taolo ana shu oltmish metrlik haykal sur'ati yaratib qo'ygan paytda, shayton kelib hasadi keldi. Inayki bir xilni sajda qil degandim.

[18:33] Hasad Shaytondan bo'ldi. Xirs odam alayhissa alomdan bo'ldi. Qaranglar, Alloh Taolo Jannatga Odam alayhissalom bilan Havo onani yaratib turib, mana Jannat dedi. Birodalar, Jannat. Nima keragi bor yana boshqa yerda? Shayton nimalarni aldagan? Umuman kerak bo'lmagan narsalarni aldab qo'ygan. Mana Jannat sizlarga dedi. Xohlagan joyda yashanglar dedi. Xohlagancha yenglar ichinglarni och qolmaysizlar, chanqamaysizlar, o'lmaysizlar, qiynalmaysizlar. Jannat birodarlar. Shayton nima deb keldi?

[19:02] Bilasizlarmi dedi? Sajda qildi deganda sajda qilmadi, chiqarib yubordi. Alloh Taolo, Alloh Taolo aytdi, Shayton sizlarga dushman dedi. Mana jannat dedi. Mana bitta daraxt dedi. Aniq, matematika, oddiy matematika. Mohammad, moho daraxt, moho shayton. Ikkita yirik narsani aytyapman Alloh. Shayton bilan daraxt aytyapti. Shayton kelib nima deb atadi? Sizlarga abadiy mulk va bitmas tuganmas boylikni beradigan daraxtni ko'rsataymi dedi. Ya'ni tugamaydigan hayot va bitmaydigan nima? E birodarlar, jannatda pul nima kerak bor edi?

[19:40] O'ylab ko'ringlarchi. Jannatda o'lmaysan degan edi. Abadiy hayotda nima keragi bor edi? Kerak edi shu ikkita narsa. Xuddi shunga o'xshaganda dunyoda oshchasi ham kerak emas bir odamni. Chunki javob berish bor. Yuz kilolik odamni bitta oyog'iga ellik kilodagi yuz tushadi. Ellik kilo bo'lsa yigirma besh kilodan tushadi. Shvoborani tiyadimi?

[20:04] Bir kun o'g'ri urib ketadi shu uyda. Birodalar, dunyo qancha ko'p bo'lsa, javobgarlik shuncha ko'p bo'ladi. Dunyoda ham, oxiratda ham. Boshqa holatda keladi, bilasizlarmi, Parvardigorga: "Mana shu daraxtni nimaga yemanglar", dedi, "sizlarga", dedi. Sizlarni abadiy hayot kechiruvchilardan bo'lishingizni xohlamadi va Parijda bo'lishingizni xohlamadi, dedi. Ha, birodarlar, Parijda bo'lib qolsa, Jannatda nima kerak bor? Yeyish, ichish bo'lmasa, erkak ayoling bo'lmasa.

[20:34] Kerak emas narsalar bilan Shayton nima qilib qo'ydi? Oldab qo'ydi. Birodarlar, Alloh Taolo aytadi: "Ota-onangizda Shayton adashtirib Jannatdan chiqarib yuborgandek, sizlarni ham adashtirib qo'ymasin". Sizlarga oshishda ko'p kerak bo'lmagan narsalar ko'pidan quvur bermanglar, deyapti. Mana aytdik, hasad Shaytondan bo'ldi, hirs Odam alayhissalomdan bo'ldi. Kibr Iblisdan bo'ldi. Yer yuzida qilingan birinchi gunoh ham hasaddan boshlandi. Ukasini qurbonligini qabul bo'lgan, ko'rgan Qobil hasadi keldi da, shaytonni gapiga kelib nima qildi?

[21:10] Ana shu Qobil, Qobilni o'ldirguncha arslon bilan qo'y bir joyda yotib yashavergan ekan. Ana shu qon to'kilgandan keyin ekan, yirtqichlar boshlagan ekan tashlashda. Vaqtimiz cheklanganligi uchun. Ya'ni gapiradigan gapimiz ko'p edi, lekin mana shuni beshta nasihat bilan inshaalloh qisqartiramiz. Ya'ni shunday bir rivoyatlarda kelar ekanki, rivoyat birodarlar ibratlansak bo'ladi. Bu oyat yoki hadis emas, lekin chiroyli bir ibratlanadigan so'zlar. Odam alayhissalom vaqt qilishidan oldin bolalarini to'plab, ularga vasiyat qilar ekan. Ya'ni barobar ham diqqat qilaylik. Hammamizni otamiz bo'lgan Odam alayhissalom bizga nasihat qilyapti. Ya'ni ota o'tyapti, bolalar chaqasiga hayotda to'plagan eng yaxshi bir tajribalarni gapirib ketadi. Shunday emasmi?

[22:03] Bollaringlarga aytinglar, dedi Odam alayhissalom. Dunyo bilan xotirjam bo'lib qolishmasin. Dunyoga ko'ngil qo'yib yubormasin. Chunki men ham jannatga ko'ngil qilib, xotirjam bo'lib qoluvdim, chiqib ketishim mumkinligini esdan chiqarib qo'yuvdim, jannatdan chiqib ketib qoldim, dedi. Dunyoga keldinglar, deyapti Odam alayhissalom, chiqib ketasizlar, deyapti. Shuni esdan chiqarmanglar, dedi.

[22:28] Agar bir odamga, bir oydan keyin siz o'lasiz, sizni jigaringiz tugayapti desa, nima ish qiladi u odam? Hech qorasuvga borib savdo qiladimi? Hech narsa qilmaydi. Yotib olib ibodat qiladi. Birinchi nasihat, dunyodan chiqib ketishinglar, esdan chiqarmanglar. Har qaysi lahzada chiqib ketishingiz mumkin. Ikkinchi nasihati, farzandlaringlarga aytinglar, ayollarini havoyi nafsiga ergashmasin. Agar men ham ayolimni havoyi nafsida ergashmaganimda, menga malomat yetmasin deydi.

[23:03] Biz erkak kishi sifatida juda ko'p ishni sodda, oddiy bo'lib ketishligini xohlaymiz. Bitta nonushta berasiz, bitta osh beradi, shu bilan nima? Bo'ldi biz uchun. Endi undan keyingi mana shu narsalari nima? Oyatda buyurilganmi keyingi mana shunaqalarini? Hadisda buyurilganmimi? Sahobalar yoki tobinlar qilganmi? Ha, Abdurahmon ibn Ad roziyallohu anhu uylanibdi yu, Payg'ambarimiz ahamiyat qilib turgan. O'tib ketarib turgan. Bo'lmaydi aytmasak.

[23:34] Ko'rishganda Abdurahmon ham atirni hidi keldi. E Abdurahmon dedi rostini bilan, uylar, rosti rulloni aytmabdi. Eshitmay qolibmiz, aytmabdi bizlar. Nima bo'pti aytmasa? A oling mana bu ishating dedi. Bitta qo'ysin dedi, e'lon qilib qo'ying, ziyofat berib qo'ying dedi. Bitta qoy ekan. Agar bizga qolsa. Ha unda orzu havas kim qiladi? Ana shu orzu havasda deb turib, o'ttiz ga kirib ketyapti bolalar. Yigirma besh ga kirib ketyapdi qizlar. Sepini qilib bera olmaganligi uchun. Kim javob beradi bunga? Ana shu orzu havosni o'ylab topganlar javob beradi da. Ana shu orzu havosni o'ylab, topganlarga inobat qilarkan, erkaklar javob berardi.

[24:13] Qarzni uzishga, o'rniga olib borib qo'yishlikka, qizi bolani javob chiqsa berishlikka shoshilinglar demaganmi Payg'ambarimiz? Qolgan ishda shoshilmasanglar ham deb. Yo'q, biz tayyor emasmiz hali. Uylarimizni remont qilganimiz yo'q hali. Xotininglarda havoyi narsaga ergashmanglar deydi. A mijoli havoni uni alamaysan degan Alloh Taolo erkaklar, ayollar ustida nima? Rahbar degan.

[24:39] Xo'sh, ho'kiz deymiz biz. Hozir ho'kiz aravaga chiqib oldi. Aravada o'tirgan tushib sudrab yuribdi akalar. Otalarimiz haqiqatdan o'tkazib bo'lgan. Ayollar aravada o'tirgan. Yozda issiq sal qingini o'ralgan, qishda issiqqina o'ralgan chodirdan tushmasdi ayollarimiz. Uyda o'tirar edi. Mukarrama bo'lib o'tirardi, xo'p, muhtarama bo'lib o'rlar edi. Erkak yozni changini qishda loyng tepalab so'tirar ekanlar edi. Topganiga rozi bo'lib o'tilar edi ayol. Zamondan keldi. Ayol bilan erkakni huquqini tenglaymiz deyishdi. Tenglashdi o'zlaricha.

[25:17] Ayolni huquq aravada o'tilishini. Bolalarni tarbiya qilish edi. Tushirib qo'ydim. Uka oting tortadigan bo'ldi, xo'p. Kolxoz bo'ldi. Zamonlar keldi, erkak kishi ko'chaga chiqishiga qiyin bo'lib qoldi. Endi aravaga erkak kishi chiqib oldi. Xotin so'darib yuribdi. Endi bizda hayot aziz bo'lsinmi? Xotininglarni havoyi narsaga ergashmanglar deyapti. Agar men ergashmaganimda, bu degani umuman gapini ikki pulga olmanglar degani emas, to'g'ri tushuninglar. Bir safar aytganda o'shanacha deb tushunibdi. Xotinimni umuman maslahat qilib bo'lmaydi deb, birov shunaqa deb so'radi. Unaqa emas. Chiqqan erdan aqboyga gilofga maslahat qiladigan ishlari bor ayol bilan. Lekin shunday ishlar borki, havoyi narsa ergashib bo'lmaydi.

[25:59] Xotin bilan maslahat qil. Uchinchi qilgan nasihati, qul. La qul, qul la amallohu an taur i dun, a hu fanzur a'qubat, a hu. Nima ish qilmoqchi bo'lsanglar, oqibatini o'ylanglar deydi. Bir ishni qilmay turib, oqibatni o'ylanglar. Ya ilhom la dinna manu injaakun fasihun binaba ifataba yanaun tusi i buqaubon bi jahlat infa tusi i buqalama faradum nadimiy. Ey, iymon keltirganlar, dedi alloh taolo. Bir fosiq, bir xabar olib kelsa, tekshirmasdan turib bir ish qivormanglar shu xabarga qarab. Bilmasdan bir taomga ozor yetkazib, nadomat bo'lmanglar deydi. Bir ishni qimirtirib o'ylanglar oxirini deydi. Agar men ham shu mevani yemasdan turib, yesam, nima bo'lishini o'ylaganimda yemasmidimikin deydi. O'ylamay qilib qo'ygandim, chiqib ketib qoldim jannatdan dedi. Bitta xato qildim, chiqib ketti shu bilan.

[26:54] To'rtinchi nasihati, bir ish qilmoqchi bo'lsanglar, qalbilarga quloq solinglar dedi. Mo'min odamni qalbi haligi bir datchikka o'xshab qolar ekan. Hamma qilyapti yu, hamma ruxsat berapti, qilaver deyapti, lekin ko'ngil chopmayapti shuni. Qilmay qo'yavering. Shuning uchun mevani shu og'zimga olib kelgan paytimda qalbimni olgan bir iztirobga ekanligimga yuboraverganman. Orzu havas bilan, hirs bilan. Ho bizga abadiy pul bo'lar ekan, abadiy hayot bo'lar ekan. Jannatda nima kerak bordi birodar opa?

[27:24] Va beshinchi nasihati, istashilu fil umr. Bir ish qilishdan burun, shu ishda aql yetadigan kishilar bilan maslahat qilinglar, qilmay turib. Agar men ham shu mevani yeyishdan burun farishtalarga maslahat solganimda, farishtalar yengdami bu mevani? Odam alayhissalom, xirs, orzu havas degan narsaga oldinib qoldi shayton tomonidan. Va jannatdan chiqib ketdi. Beshta nasihat. Birinchisi. Nima edi?

[27:56] Dunyo bilan xotirjam bo'lib qolmanglar, balki chiqib ketasizlar dunyodan. Ikkinchisi, ayollaringlarni havoyi narsaga ergashmanglar. Uchinchisi, bir ishni qilmoqchi bo'lsanglar, oqibatini o'ylanglar. To'rtinchisi, qalbinglarga quloq solinglar. Beshinchisi, maslahat qilinglar. Biz qilib o'tirib, qori aka, uchtalab yo'l bormi?

[28:19] Ha u uchtalar qo'yishdan burun nomard kelib maslahat so'ramadi. Qanaqa qilib tarbiya qilsam bo'ladi? Men ishtonsizni oluvdim, o'zim shu ishtonsizga loyiq bo'lganman, o'zim ham ishtonsizdim. Endi namoz o'qib keldim, ro'mol o'rab qilsam o'ramayapti, ishton kelsam nima qilay demaymiz da, uchtalar qo'llab qurib turib, keyin maslahatga kelamiz. Nima qilsa bo'ladi? Yo'lbog' Muhammad aka. Rost bo'lsa bilsalar mana boshqarishni marhamat qiladi. Kun fild dunyo kamnaki g'arib, ava abel samil va ud nar sa kim inakhlet g'ur. Dunyoda g'arib xuddi yo'l ochilsin degan yashanglar dedi.

[28:54] Musofir unaqa yashanglar dedi deydi. Ko'payib ketdi a? Mana Payg'ambarimizdan bu duo bor ekan. Mana musofir haqida. Bir musofir mana kinolarda ko'ramiz, qadim zamonda tayoqni ko'tarib yo'lda yursa, biror bir daraxt tagiga boradida, salqinlab o'tiradi, dam oladi, yeydi, shug'ulladi, nima qiladi yana? To'xtashdan maqsad nima? Dam olib, dam olishdan maqsad nimami? Ketish. Endi bir odam daraxt tagiga o'tirsa yu, daraxtlarni tutab, atroflarini chopib, toshlar terib, haligi yerda parvarish qilib qolsa. Ha, ta'sir. Mana shu yerda qolmoqchimisiz desangiz, yo'q, ketaman deydi. Nima ovora qilyapsiz? Endi qilyapman da. Birodarlar, biz daraxtni aydigan odamlarmiz. Ketishimizni esdan chiqarmaylik. Ja obod qilishingizni olib borib qolmaylik. Esdan chiqarib qo'ymaylik dunyodan chiqib ketishimizni.

[29:47] Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar, allohumma man ahad bani forzu quli afa afa va kafaa va man abog'a bani faktiri ma'allohu va valadahuh, subhanalloh. Parvardigorroq deydi rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Kim meni yaxshi ko'rsa deydi. Ya'ni meni yo'limga ergasa, meni sunnatimni ushlasa, unga deyapti, ikkita narsani ber deydi.

[30:13] Ha. Ana otaxon bir duo qilib qo'ying deganda srazu duoyimiz dunyo matosidan nariga o'tmaydi. Tayinidan shamol usin, topganing to'g'riga buyursin. Allohu akbar. Kamda unaqa bir oqsoqollarki, oxiratini bersin, iymoningni bersin, iymon bilan yashashni nasib qilsin, ketayotganingda la ilaha illalloh bilan kelish nasib qil deydiganlar kam. Shu to'yga yurilsin, zbor o'tirib aytib yuborsin da, tag'in mana shu odat o'lsin. Yuraver ko'chadan. Payg'ambarimiz bu narsani aytmagan ekan. Meni yo'limni tutgan kishiga ikkita narsani ber. Iffatni ber. Iffat. Iffat degani birovni qo'liga qaramaslik. Birovdan umidvor bo'lmaslik, bandasini oldida mana shunday turishlikka va kifoyalikni ber. Birovni qo'liga qaratma va yetadigan narsasini ber. Oshirib yubordim deyapti.

[30:59] Biz albatta pullik bo'lishni so'raymiz da. Kasbni ko'rmagan baraka ber, topganlarim boya aytayotgandek to'yga yurishsin. Birodalar ikkita narsani so'rayapti. Iffatni ber. Muhtoj qilma birovga va yetadigan narsa berib tur. Endi kim meni g'azablantirsa, meni yo'limni yurishini xohlamasa, uni bankrot qil, uni kasal qil, uni kambag'al qildirmagan ekan. Bizda yomonlik yo'q bu narsa, to'g'rimi? Kasal bo'lish yomonlik. Kambag'al bo'lishni yomonligi yomon narsalar. Biz qo'rqamiz bu narsadan.

[31:30] Nima degan ekan? Meni yo'limda yurishlikni xohlamagan kishini pulini ko'paytirib qo'y. Bola chaqasini ko'paytirib qo'y deydi. Yuribmiz bola chaqa deb. Ikkita narsa. Bola, chaqa. Yavmala yavfa u ma'lum vala banun illa man ato allohu biqol min salim. Qiyomat kunida insonni na bolasi, na chaqasi yordam bermay deyapti Alloh. Faqat pokiza qalbi yo'q. Imonni shu ikkita narsani aytyapti Alloh Taolo. Payg'ambarimiz ham shu ikkita nasani aytyapti. Pulini ko'paytirib qo'y, ovora olib qolsin puli bilan, bola chaqasini ko'paytir, shular bilan oxiratdan ovora bo'lib qolsin deydi. Bir xillat, dunyoni chiqib ketishimizni esdan chiqarmaylik. Musofirda yashaylik. Inshaalloh shaytonni makriglasini ommada qolsa yaxshi emas. Demak sizlar bilan bugun orzu havas va xirs degan kasalni ko'rib chiqqan bo'ldik. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
