# Sahobalar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 123 of 510
- Section: —
- Duration: 16 min
- Original title: Sahobalar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/123
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/GhKoJpAuMts.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=GhKoJpAuMts
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/122.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/124.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Va ala qizukunin mutaqin. Vassalat vassala ma ala xoyri xolqin. Muhammadin ma ala alix i vas fabiha jumaid. Annaobod. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Rasululloh sollallohu alayhi vas salam marhamat qiladi. Qoyrul qurul i qorniy simmalladina yalunaxum. Simmalladina ya lunaxum.

[0:24] Insoniyat yashab o'tgan asrlarning eng afzali meni asrim deydi. So'ngra ana shu asrdan keyingi kelgan asr, so'ngra undan keyingi keladigan asr. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch zamonni, uch asrni maqtadi. Ulardan albatta eng afzali Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallam o'zi yashagan, zamoni saodat bo'lgan, o'zi yashigan asr. Undan keyingi sahobalarni asri, undan keyin tobinlarni asri. Siz bilan biz mana shu zamon saodat deb zikr qilingan aslida ikkinchisi, sahobalar davri haqida gaplashar ekanmiz. Siz bilan biz har bitta sahobani hayotini o'qib o'rganishlikda o'zimizga ularni hayotidan ibrat namunani olishligimiz lojib bo'ladi.

[1:07] Bugungi o'qiydigan sahobani ismi abdulloh ibn xuzof as sahmiy, rodiyallohu anhu. Bu kishi haqida umariddin xattobning nuhaddi bir she'r aytgan so'zi bor. Shu bilan boshlaymiz darsni. Har bitta musulmon Abdulloh ibn Xuzofani boshidan peshonasidan o'pib qo'yishligi kerak va men mana shu narsani birinchi bo'lib boshlab beraman.

[1:30] Abdulloh i brun xuzofa sahihmiy juda ko'p arab yigitlari qatorida bir yigit edi. Agar islom degan ne'mat Alloh Taolo tomonidan unga berilmaganida, agar islom Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotni yelkasiga qo'ygan yuk agar shu kishiga berilmaganida, boshqa arab yigitlari qatorida tarix hech qanday iz qoldirmagan holda yashab o'tib ketishligi aniq edi. Lekin bu kishiga mana shu baxt hushi boshiga qo'ndi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida u zotga sahoba bo'ldi va o'zini zamonasida yashayotgan eng buyuk ikkita podshoh, Rum, Qaysari va Fors chislosini huzurida suhbatda bo'ldi, ular bilan bahs qildi.

[2:13] Hijratni oltinchi yilida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam islom dinini butun yer yuzida tarqashlik uchun, yer yuziga e'lon qilishlik uchun bir qancha dunyodagi katta podshohlarga maktublar yozdi. Mana shu maktublar orqali Payg'ambarimiz ularni islom diniga da'vat qildi. Va mana shu safar uchun Payg'ambariz o'zini xos sahobalarini tanlab oldi. Payg'ambar alayhissalom mana shu sahobalarni tollab xat bilan jo'natar ekan, bilardi bu qanchalik xatarli safar ekan deganligini. Chunki bu xat ko'tarib ketayotgan kishilar kimlar edi? Bu kishilar o'zini zamonida eng biz sizni har qanday buyrug'ingizni bajarishga tayyormiz, xohlagan buyrug'ingingizni buyuring dedi. Shunda Payg'ambar alaysalom ana shu ko'p sahobalarni ichidan olti kishini islom degan chiroqni tarqatishlik uchun, islom degan nurni yer yuzida tarqatishlik chun, olti kishini qo'liga xat berdi.

[3:12] Ularning qatorida Abdulloh ibn Xuzofa Sahmiy roziyallohu anhum bor edi. Bu naqadar sharaf, naqadar baxtki, Rasulullohni qo'lidan xatni olib, boshqa podshohlarga yetkazishlik vazifasini olishlik. Mana aytdik, bu Abdulloh i bin Xuzofa boshqa arab yigitlaridan qilib bir yigit edi xolos. Agar shu sharaf u kishiga berilmaganda, dunyoga kelib ketganligini birov bilmas edi ham. Lekin islomni mahkam ushlaganligi, Rasulullohda so'ziga so'zsiz itoat qilganligi, u kishini qiyomatgacha ismi zikr qilinganda, rodiyallohu anhu, Alloh undan rozi bo'ldi degan so'zni olish sharafiga muyassar bo'ldi. Abdulloh bin Xuzofaga fors podshohi Kisroqqa xat olib borishlik vazifasi topshirildi. Xatni oldi. Rasulullohni omonatini oldi. Rasulullaohni elchisi bo'ldi, rasulning rasuli bo'ldi. Shu sharaf bilan keldi, uyga tayyorgarligini ko'rdi. Ayoli bilan, farzandlar bilan xayrlashdi va Allohga tavakkal qilib, fors yurtlariga qarab ot qo'ydi. Fors yerga yetgan paytida Kisroni huzuriga kirishlikka ruxsat so'radi. Elchi kelganligini eshitgan Kisro buyurdi, saroyni bezashdi, butun ayollar to'plandi va ruxsat berildi.

[4:30] Abdulloh emmuhu zofaga kirishlikka. Abdulloh muzaffar sahro odamlardan edi. Kiyimoq deydi, ko'rishod deydi, qo'yni hidikalarida, Kisroq o'zini zamonasida, ilohiyda da'vo qiladigan podshohlardan edi. Ana shu davrda agar bir qisqacha gapiradigan bo'lsak, ana shu davrda insoniyatni ko'proq qismi yashab turgan joyni ikkita buyuk bir imperiya egallab turar edi, bo'lib turar edi. Yarmini Fors, yarmini Rum egallab turar ekan. Ana shu dunyodagi eng qudratli ikkita mamlakatni bittasiga Abdulloh Payg'ambarimizni risolatini xatini ko'tarib bordi.

[5:09] Unga ruxsat berildi, kirdi. Abdulloh xatni olib kelayotganda Kisiroq ishora qildi. Xizmatkoriga xatni olib kelishlikka. Abdulloh xatni bermadi, Rasululloh menga Kisiroqni qo'liga topshirishlikka buyurdi. Qo'liga topsilaman dedi. Xatni oldi, olib borib Kisiroqni quriga topshirdi. Kisiroq oldi va o'zini arab tilini biladigan tarjimonlardan bittasini chaqirdi. Xatni ovozini chiqarib o'qishlikka buyurib turdi. Xat quyidagicha edi. Bismillahir rohmanir rohim. Min muhammadin rasululloh ila kesroq odinufuz. Salamun alaman ittabal huda.

[5:47] Xatni mazmuni, bismillahir rohmonir rohim. Muhammad rasulullohdan forslarning buyiga kesroga hidoyatga ergashganlarga salom bo'lsin dedi. Mana shu satrlarni eshitdi da, davomini eshitmasdan kislorod shunday bir g'azab o'tiga mindi. Yuzlari qizardi, bo'yinda tomirlari irg'ib ko'tarilib chiqdi. Qanday qilib bu meni qulun bo'lgan sahroi arab o'zini ismini meni ismimdan burun ajjurat qiladi. Bu buni nazarida falonchi falonchi falonchiga falonchidan deb turib, payg'ambar alayhissalom o'zini ismidan keyin aytishligi kerak edi. Bu tug'yonga, kushurga botgan podshohni ahvoli shu edi. Xatni qo'lidan oldida yirtib tashladi. Abdullohni haydab chiqarishlikka buyurdi. Abdullohni sahrodan, sahrodan olib chiqib urg'itishib yubordi. Abdulloh endi nima bo'lishigina o'ylandi. Endi nima bo'ldi? Xatni yirtib yubordi? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan so'ramagan ekan nima qilishni. Agar yirtib yuborsa nima qilaydi? Eng asosiysi, Payg'ambarimizni buyrug'i bajarildi. Endi buyog'i qizil o'lada, qizig'i yo'q. Otini sahro qarab chopdi, ketdi. Kesroq, g'azabdan tushgandan keyin, Abdullohni topib kelishga kelib yurdi. Lekin uzoq, ancha uzoq yo'lga ketib qolgan edi va uni topisha olmadi.

[7:07] Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamga bu xabarni yetkazganida, yo Rasululloh, sizni xatingiz yetib tashladi deganda, Alloh Taolo uni mulkini yetib tashlasin dedi. Haqiqatan yetib tashlagan Alloh Taolo. Ming yildan ko'p turgan Fors imperiyasi musulmonlarni qo'llarida vayron bo'ldi. Musulmonlar g'olib bo'lardilar ustidan. Bu kichikroq mana ana shu davrlarda Yaman, mana biz bilgan Yaman forslarga tobe edi. Yamandagi Kisro o'zini volisi bo'lgan Bozon degan podshohga xat yozib aytdiki, ana shu arablarning ichida payg'ambarlikni da'vo qilarkan Muhammad akasimniki chiqibdi. Ikkita bir kuchli odamingni jo'natgin, meni oldimga olib kelasin dedi.

[7:55] Bozon bu haqda ishga olganidan keyin ikkita baquvvat, kuchli polvonlaridan Madinaga jo'natdi. Madinaga kelib Payg'ambarimiz bilan uchrashishdi. Seni podsholarni podshohi, kechroq bizni podshohimiz Bozonga, mana bu mana bu xatni yozdi, biz bilan kechlikka tayyorgarlikni ko'r. Bo'lmasam kuchi bilan olib ketamiz deyishdi. Rasulullohga tahdid qilishdi. Rasulul vasul sulton aytsin, ertaga kelinglar, ertaga xabarimni aytaman, javobimni aytaman dedi. Faryodni kelishdi. Shunda Payg'ambar Sulton assalom aytdiki, sizlar bozonga borib aytinglar podshohilarga. Bugun tunda Kisroni o'g'li Shiraveh o'zini otasini qatl qildi dedi.

[8:38] Fors bilan Madina o'rtasida bir necha kunni, bir necha bir oila deganlarga muddat edi. U yerda bo'lgan xabarni faqat Vahiy orqali yechishimiz mumkin edi. Haligi kishi polvon aytdiki, e nima deyapsan? Nima deyotganini tushunyapsanmi? Dedi. Sizlar borib shunday aytinglar dedi. Ikkita palon yamanga qaytib keldi. Voliga, podshohga, bu Muhammad degan kishi mana bunday, mana bunday gaplarni aytdi. Kishiravay o'zini otasi Kisiravani o'ldiribdi dedi. Bozor aqlli odam bo'lganida aytdiki, kutib turamiz dedi. Agar bu gap yolg'on bo'lsa, o'zimiz bilishimizni qilamiz. Yo'q, agar rost bunday bo'ladigan bo'lsa, bu gapni faqat Nabiy aytishi mumkindir dedi. Va bir necha kunlardan keyin, Bozonga Forsdan xat keldi. Shiraveh o'zini otasini o'ldirganligi, o'zini xalqiga zulm qilganligi uchun, sharafli kishilarni o'ldirib yuborganligi uchun. Ularda ayollarni o'ziga cho'ri qilib olganligi uchung, xalqim uchun imtihon olib, otamni o'ldirdim va menga itoat qilishlikka xalqingdan va'dani qasam deb olib qo'y degan xatni eshitdi. Shunda Bozon xatni oldida ashxadu alla iloh ilohi illallohu ashxadandir muhammad rasululloh. Iymonga keldi. Va unga ergashib Yamandagi barcha, ana shu Yaman xalqini boshqarib turgan forslar islomga kirdi.

[9:57] Bu Abdulloh ibn Xuzofani Fors podshohsi bilan bo'lgan muomalasi edi. Shunga Alloh aziz va jalla Abdulloh iibni Xuzofani yer yuzidagi ulkan ikki buyuk podshohni ikkinchisi qaysarga ro'baro' qildi. Bu Rum, biz bilgan vizantitskiy imperiyani imperiyani imperatori edi. Nasroniy odin edi bular. Ana shu haysar, ana shu imperator musulmonlarni e'tiqodi mustahkamligi haqida ko'p eshitgan edi. Payg'ambar ham bo'lgan muhabbatini qattiq ko'p eshitgan edi. Iymondan ularda siljiti bo'lmasligini juda ko'p eshitgandi da, aytgan ediki, ana shu musulmonlar bilan bo'layotgan jangda, musulmonlardan birorta bir asir tushsa va Muhammaddan to'g'ri ta'lim olgan sohibalardan bitta yarmarkasi bo'lsa, tiriklay olib keladi deb buyruq bergan edi. Ana shu musulmonlardan asir tushdi urushda va ularni ichida Abdulloh ibn Huquq G'ofur Sahniy ham bor edi.

[10:52] Asirlarda olib kelishdi. Dunyoda ikkinchi katta sulton, ikkinchi podshoh turibdi. Abdullohni qo'lida kishanba qilgan holda olib kelishdi da, qarab turib, imperator aytdiki, bitta taklif bor dedi. Abdulloh, eshitaman, gapir dedi. Aytdiki, diningdan yuzaga yurasan dedi.

[11:16] Nasroniy diniga o'tasan. Senga bir ko'p hadyalarni beraman dedi. Bu rasulovning sohibasi aytdiki, hayhot dedi. Ming marta o'lganim afzal seni dininga kelib o'zimni dinimdan qaytgandan ko'ra dedi. Shunda haligi qaysar aytdiki, bu o'jar odamga o'xshaysan. Agar sen men aytgan ishni qilmasang, o'ldirib yuboraman dedi. O'lim menga yuz marta afzal dedi.

[11:40] Ozgina turdi da, yana bitta taklif bor dedi podshoh. Abdulloh eshitaman dedi. Diningdan qaytasan. Nasroniylikka o'tasan. Meni vazirim bo'lasan. Mulkini yamini beraman dedi. Uch to'rt chaqa uchun dinini almashtirib yuborayotganlar yo'q bo'lmayapti, eshitib turibmiz. Nasroniylik o'tib ketayotgan, xalqni sektolyar kirib ketayotgan. Arzimagan uch to'rtchaqa uchun oxiratini sotib yuboraykan kishilarni qulog'imizga chalinib turibdi. Eshitib turibsiz.

[12:13] Bu zotlarni ko'ringki, yer yuzidagi eng katta imperiyaning imperatori yarim mulkimni beraman deyapti. Bular e'tiqodini, iymonini qadrlayotgan kishilar bo'lgan. Yo'q dedi. Agar sen mulkingni hammasini berganingda, butun arab, ajandi yerlarni bir qilib turib, meni qo'limga topshirganingda ham, sen bu taklifni men xuddi javob bermayman dedi. Shunda noumid bo'lgan qaysar olib chiqib, qo'rqitishlikni ixtiyor qildi. Yog'ochga qo'yishdi, kamonchilarga buyurdi, qo'lini yoniga otinglar, qo'rqitinglar dedi. Otishdi, qo'limni oldiga kelib sayildi. Yana arz qildi taklifini. Abdullayevna inkor qildi. Endi oyog'ini oldiga otinglar, dedi. Oyoqlarini oldiga otdi, sayildi, cho't tushlik uchun. Yana bosh tortdi. Shunda aytdiki, olib chiqib dedi. Qaynab turgan doshqozonday yoqqa, sovolinglar, dedi. Ularni Rodiallohu Anhun desa, hayron bo'lmaylik. Bekorga bu bu sharafga ega bo'lmagan ular. Butun dunyoda boyligini eng katta davlat o'zini yarim boyligini ta'kidlab turgan paytda ular yo'q deyishlikka quvvat yetgan.

[13:20] Chunki o'lishiga ishongan ular. Uch to'rt so'm uchun oxirini sotib yuborib, jahannamni o'ziga bir haq qilib olmagan ular. Ikki kishini olib kelishdi, musulmonlardan asr tushgan. Katta qaynab turgan, doshqozonni yoqqa shunday tashlashib yubordi. Go'shtlari etiladi, shuni ajrab ketdi, go'shtlari qojirab ketdi, suyaklari yalang'och va rajrab qoldi. Endi navbat Abdullohga keldi. Abdullohni olib kelib, o'choqni olib kelib, ana shu qozonga tashlamoqchi bo'lib turgan paytda, Abdulloh yig'lab yubordi.

[13:46] Shunda, e bu sindi bu. Bu yig'ladi bu. Bu endi hozir taslim bo'ladi deyishdi. Va qaysarga podshohga uni yig'laganligini xabarini aytishdi. Shuni olib keldinglarmi shuni dedi? Olib keldi. Nasroniy deylik o'tasanmi endi desa, yo'q dedi. E senga o'lim bo'lsin. Nimaga unday yig'lading dedi. Abdulla aytadiki, yig'laganimning sababi quyidagicha. Mendan buni ikkita birodarim yoqqa tashladi. Shahid bo'ldi, Allohni diydoriga aytdim. O'zimga aytdim, e Abdulla, hozir seni ham tashlashadi. Joning kelib chiqadi. Bir dona joningni qurbon qilasan, Alloh diydoriga yetasan. Yig'laganim shu narsaki, nimaga joni mingta emas? Ming tasi Alloh deb qurbon bo'lmaydi. Jonimni bittaligiga yig'ladim deydi.

[14:32] O'limdan qo'rqib emas, Allohning oldida bitta jonim bor, bitta aziz jonim. Shuninglar bersam Allohga rozi aytamanmi? Bu shunchalik osonmi deb jonimni bittali yig'ladim. Mingta bo'lganda, mingta jonimni qurbon qilib qolishga fayr bo'ladim dedi. Qaysar qoyil qoldi da, agar meni peshonamdan bitta urf qo'ysang qo'yib yuboraman seni dedi. Chunki bu haqiqiy erkakligi da. Haqiqiy dovyurakligi da. Realniy Allohga bo'lgan iymoni da. Abdulloh aytdi, boshqa musulmonlarni ham qo'yib olasanmi dedi. Boshqa musbulmonlarni ham qurib yuboraman dedi. Abdulloh aytsadi, bitta Allohnі dushmani peshonasidan urf qo'yishsam, musulmonlarniga o'rnini olib qo'yadigan bo'lsam, unchalik zarar bo'lmasa kerak dedi da, peshonasidan urfa qo'ydi.

[15:15] Shunda hamma musulmonlarni qo'shib berdi, Madinaga qaytib kelishdi. Bo'lgan voqeani eshitgan Umar ibn Xattob roziyallohu anhu har bitta musulmon Abdullohni peshonasini olib qo'yishligi kerak. Birinchi bo'lib o'zim boshlayman dedi, peshonasini olub qo'ydi. Rasululloh sizlarni bekorga qaysinisini ertagina ushlasanglar, albatta sizlarda to'g'ri yuraydi dedi, bekorga aytgan emas. Bularni ichida kuchga to'lgan palonlari bo'lgan, boylari bo'lagan, miskim kambag'allari bo'lgan, har bittamizga bittadan ibrat namuna bo'lishlikka loyiq sahobalar bor. Bizni haqiqiy kumirlarimiz, bizni tili bilan aytganda, mana shu sahobalar, shularni o'rganishligimiz kerak bo'ladi. Uch to'rt so'm ozgina dunyoda chaqasi matosi deb turib oxiratni almashtirib bo'lmaydi, dunyosiga. Farvardigorov, eshitgan ma'ruzalar yana o'qishlarimizga tabriq bergin va qiyomat kunida mana shu sohalarda qaysi biri bilan bo'lsa ham, yonida birla turishga nasib qilgan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
