# Sahobalar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 125 of 510
- Section: —
- Duration: 37 min
- Original title: Sahobalar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/125
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/u-81W9XuADo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=u-81W9XuADo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/124.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/126.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqil va'dil amin. Allohumma allim na'ma ya'mfaun na'mfaun nabima'allam tanavuzi inna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon orzuqunat tiba. Va arenal botila botila orzuqun ajdi na'ba. Va ja'allamin man yastamayun al qovli fayattabi una husana. Vodixin nabirahmatika fiya ibodakas solihin. Mabod assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

[0:35] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qishlikdagi navbatdagi darsimiz Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anh. Abu Ayyub Mansoriy, o'zini ismi Xolid ibn Yazid, ibn Kulayb, ibn Molik, ibn Najjor. U kishi Madinalik bo'lgan, ansollardan. Banu Nadjor urug'idan. Bu kishi o'zini ismidan ko'ra ko'proq mana shu kunyasi bilan mashhur bo'lgan Abu Ayyub.

[1:04] Abu Ayyub Ansori roziyallohu anhuni hozirgi kunda qabri Istanbul shahrida. Mana shu Qostantiniani fath qilishlikka chiqqan qo'shin orasida bu kishi bo'lgan va ana shu ajralayotgan paytda u kishini o'zini mana shu Qostantinniyaning devorlari ostiga dafn qilishlikni o'zini asxoblariga vasiyat qilgan va mana shu joyga ko'milgan.

[1:29] Odam bolasi dunyoga kelar ekan, hayoti davomida ko'p amallarni qiladi. Savobli amal, gunoh amal. Mana shu qilgan savobli amallarni ichidagi eng ulug'i qaysi? Deb so'ralsa, javob shu bo'ladiki, haqni yoyishligi. Haqni havo oyoqqa tanitishligi va mana shu haq yo'lida umrini o'tkazishligi.

[1:54] Aksariyatni qaraydigan bo'lsangiz, mana shu bir din diyonatdan, iymondan bexabar yoki uzoq bo'lgan odamlarda qarasangiz, hayotini shu uch to'rt chaqa topishlikka sarflaydi. Topgandan keyin ham yana sarflayveradi umrini shunga. Lekin musulmon odam bunday bo'lmaydi. U uch to'rt chaqa topishlik, uni hayotini mazmuni emas. Tirikchiligini o'tkazishlik uchun bir vosita. Million topgandan keyin ikki million qilaman deydi. Ikki million topgandan keyun o'n million topaman deydi. Inson zoti to'ymaydi. Musulmon odamni dunyoga kelgan paytda qiladigan xayrli ishlarning eng ulug'i nima ekan? Haqqa xizmat qilishlik, haqni xaloyiqqa yoyishlik.

[2:38] Abu Ayyub Ansoriyning hayotini o'qib o'rganarkanmiz. Nima xulosa olamiz, nima ibrat olamiz? Abu Ayyub Ansori roziyallohu anhu hali Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelmaslaridan avval iymon keltirgan edi. Ma'lumilar siratlarida darslarida aytganmiz. Yasriblik, u paytda endi Yasrib deyiladi, hozir Madina deymiz. Yasribdan bo'lgan bir jamoa odamlar kelib Payg'ambarimizga birinchi, ikkinchi Aqaba bay'atida bay'at berishgan, Islomni qabul qilishgan. Avayp Ansori roziyallohu anhu Aqabada bay'at berib, iymon keltirgan kishilardan edi.

[3:15] Bu sahobani hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zining sahobalariga qanday bir go'zal muomala qilganligiga guvoh bo'lamiz. Bu sahobani hayatini o'qir ekanmiz, nima xulosa olamiz? Bu sahoba bizga nimani o'rgatadi? Biz sahobalarni ismlarini aytgan paytimizda roziyallohu anhu deymiz. Alloh undan rozi bo'ldi. Bu taqrir, duo emas. Ya'ni Alloh ulardan rozi bo'ldi. Chunki alloh taolo aytadi laqodir rodiyalloh an il mu'minina id yuba ya'unaka taxtash chachara. Ey Muhammad alayhissalom, daraxt ostida sizga bay'at bergan sahobalardan Alloh rozi bo'ldi. Bu duo emas. Ammo Abu Hanifa rahmatulloh alayh deganimizda, Abu Hanifaga Allohni rahmati bo'lsin deganimiz bo'ladi, bu duo. Ammo roziyallohu anhu deganimizda bu taqdir. Biz shunday bo'lganligini tan olyapmiz, shunga guvoh bo'lyapmiz. Roziyallohun anhu degan gap faqatgina sahobalarga ishlatilinadi.

[4:19] Roziyallohu anhum majmua. Alloh sahobalarni hammalaridan rozi bo'ldi. Albatta bu ulug' martaba. Ya'ni koinotni xoliqini sendan rozi bo'lishligi, sendan rozi bo'sganligini Qur'onida aytishligi va sen o'tib ketganingdan keyin sendan odamlar ismini aytib turib Alloh rozi bo'lding deyishlik, juda katta martaba, juda katta maqom. Ha, to'g'ri, tarixda mana ulug' qo'mondonlar o'tgan, shoirlar o'tgan, xullas, siyosiy arboblar o'tgan. Tug'ilgan kuni bo'lganda bir eslab qo'yiladi. Ijodidan ozgina bir namunalar keltiriladi, bo'ldi, boshqa paytda eslamaymiz. Ammo sahobalar, birodarlar ular toifasidan emas. Qachon ularda eslasak nima deymiz? Rodiyallohu anhu. Alloh undan rozi bo'ldi.

[5:06] Alloh azza va jalloh payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga shunday xitob qildi, fa innaka bi ayunina. Zotan siz, shak shubhasiz bizning ko'z o'ngimizdadirsiz. Ya'ni men o'zim saqlayman degani. Men o'zim yo'lni to'g'ri yo'lga haqqa boshlayman degani? Mufassirlar aytishadi mana shu oyatning tafsirida, mana shu oyatdan har bir mo'minga ulush bor. Ya'ni sizga ham Alloh qarab turadi. Sizni ham saqlaydi. Sizni ham to'g'ri yo'lga boshlaydi. Iymonini, ixlosini, taqvosini miqdoriga qarab. Qanchalar iymonli, ixlosli, taqvoli bo'lsak, Alloh Taoloning rioyati ham, Alloh Taoloning inoyati ham bizni ustimizda shunday bo'ladi. Sahobalar taqvoliydi, iymonliydi, ixlosliydi, Alloh Taoloning rioyasida bo'ldi ular. Alloh ulardan rozi bo'lsin.

[6:00] Kuch quvvat, mulkiy saltanat egalari odamlarni bo'yinlariga ega bo'lishadi. Ammo ambiyolari esa odamlarning qalblariga ega bo'shishdi. Qo'lida mansabi bor odam, kuch quvvati bor odam, odamlarni o'zini hukmiga bo'yin sindiradi. O'zi xohlagan gapni gapirtiradi, o'zi xohlagani ishni qildiradi. Ularni zohirigaylar hokim bo'ladi. Zohirigayli hukmron bo'ladi, ammo qalbiga emas. Insonda ichki dunyosi bor, tashqi dunyosi bor. Zohiri bor, botini bor. Ambiyolar insonlarni qalblariga ega bo'lgan. Insonlarni xalblariga. Demak, kuch quvvat, mol u davlat insonni zohiriga hukmron qiladi bir kishini. Ammo ambiyolar insonlarning qalblariga, garchi zaif bo'lishgan bo'lsa ham, garchi quvvatsiz bo'lgan bo'lsa ya, qo'lida mulkiy saltanat bo'lmagan bo'lsa ham ularning qalbilariga hukmron bo'lganlar. Aksar ambiyolarni Alloh Taolo zaif bo'lishini xohladi. Aksar ambiyolarnini zaif bo'lishligini Alloh Taoloni o'zi xohladi. Mana Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallam Toifga borib, Toif ahlini islomga da'vat qilmoqchi bo'lganida ular u zot Sallallohu aleyhi vasallamni toshbo'ron qilib haydashdi.

[7:14] Zaifligidanmi? Nochorligidanmi? Toshbo'ron bo'lib, Toifdan chiqib, Rasululloh mana shu bog'ga kirib, o'tirganida nimadir duo qilgani, bir eslaylik da. Parvardigorim, quvvatsizlik, chorasizlik, odamlar oldida ojizligimdan o'zingga shikoyat qilaverma. Ey, eng mehribon zot, sen bechoralarning robbisi, mening Parvardigorim, meni robbimsan. Meni kimlarga tashlab qo'yaversan? Meni yoqtirmaydigan notanishgami? Yoki ustuvor dushmangami? Mendan g'azablanmagan bo'lsang bas, boshqasiga parvoyim yo'q. Shubhasiz avfa ofiyating men uchun kengdir. Zaifligini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh Taologa arz qilyapti. Lekin shunday bo'lsa ham, quvvati bo'lmasa ham, anbiolar odamlarni qalblariga ega bo'lgan. Demak, ulug'lik, buyuklik nimada ekan? Odamlarni kalbida muhabbatga ega bo'lishlik. Qahramonlik nima ekan musulmon uchun? Odamlar seni haqiqiy ma'noda yaxshi ko'rishligi, qalbi senga moyil bo'lishida, seni qo'lingdagi narsadan ta'ma uchun bo'ysunayotgan emas, sen unga murvat qilib turganligi uchun yaxshi ko'rayotganligida emas. Iymoni bilan, ixlosi bilan, amali bilan.

[8:31] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni qalblarini to'ridan joy oldi. Haqiqatdan sahobalar Payg'ambarimizni shunday yaxshi ko'rishdi. Rost bilan shunday muhabbatga loyiq zot edilar. Mana Xubaybimni adini Abu Sufyon tutib olib, olib chiqib azoblab qatl qildi. Ana shu azobli yotib turib, aytar edi. Xohlaysanmi? Hozir seni o'rningda Muhammad bo'lib, sen oilangda xotirjamlikda ofirda bo'lishligingni.

[8:58] Ya'ni Muhammad alayhissalomga iymon keltirganligi uchun sen shu azoblanyapsan deganida unamadi. Rasulullohni oyog'iga tikan kirishini xohlamayman, men oilam bilan o'tirgan holatimda dedi. Ya'ni Payg'ambarimiz ular haqiqiy ma'noda yaxshi ko'rgan. Hozir birodarlar, hozir mana shu muhabbat yo'q. Rasulullohga bo'lgan shu muhabbat siz bilan bizni qalbimizda yo'q. Kitob bor, ma'ruza bor, ma'lumot, saqofat yetarli, lekin shu muhabbatyo'q. Sahobalardan farqimiz ham shundamikin deyman da.

[9:29] Ma'luminglar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkada o'n uch yil da'vat qilganlaridan keyin Madinai Munavvarga hijrat qilib kelganlar. Ansonlar uzoq sollallohu alalayhi vasallamni istiqboliga chiqishdi. Uylarini to'g'rilaridan, qalblarini to'g'dorlaridan Rasululloh sollallohu alaluhi vasallamga joyni taklif qilishdi. Rasululloh Quboda to'xtab, to'rt kun ichida Qubo masjidini qurib, so'ngra Madinaga kirib kelganlar.

[9:57] Qo'bo masjidi. Birinchi kunidan taqvo ustiga qurilgan masjid. La masjidun ustisi alat taqvo, min avval yalmin fi. Birinchi kunida taqvo ustiga quyilgan masjid. Birodarlar, qurilayotgan masjidlar xo'jako'rsinga qurilishi kerak emas. Shuhrat uchun, faxr uchun, hurmat e'tibor uchun qurilmasligi kerak.

[10:18] Agar shunday bo'lsa, masjidni qurayotgan odam xolis Alloh uchun qilgan bo'lsa, ana shu masjidni xizmatini qilayotganlar, domlasi bo'ladimi, sopsi bo'ladimi shupurib tozalayotgani bo'ladimi kimsa, xolis bo'ladigan bo'lsa, mana shu masjid taqvo ustidagi masjid bo'ladi. Bilasizlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidlardan bittasini kuydirib tashlash deb yurganlar, hijratning to'qqizinchi yilida. Masjidni kuydirishga yurganlar. Chunki bu masjidni munofiqlar qilishgan edi.

[10:49] Fitna fasod, musulmonlarga bir nayrenlar to'qishlik uchun, o'zlariga bizni tilda ofis qilishlik uchun qurilgan masjid edi. Payg'ambarimiz kuydirib yuborishni buyurdilar. Shuning uchun masjidda xizmatda turgan akalar, ukalar shu narsa esimizdan chiqmasin. Oylik o'sha ishlanilmaydi. Sopiga beradigan uch to'rt chaqamiz ularda qilayotgan xizmatiga loyiq emas, to'g'rimi?

[11:13] Qubo masjidi to'rt kun davomida qurildi, so'ngra Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga qarab yurdilar. Mana ansonlar Payg'ambarlarimiz Madinaga munavvarga yaqin kelganlarida chiqib kutib olishdi. Ana shu hammamiz bilgan tola al badru alayna nashidini aytib. Shunda ansonlarni saidlari to'sib olishib, bizni huzurimizda turing, bizni mahallamizda to'xtang. Bizda tayyorgarlik va adab bor, biz kuchli qavmiz, bizda qurol aslah yetarlik, sizni dushmanlaringizdan himoya qilib olamiz.

[11:46] Hammasi Rasulullohni o'zini hovlisiga, o'zini mahallasiga olib ketishlikni xohlagan. Albatta bu ulkan sharaf irodalar. Madinaga kim keldi? Rahmatan lili alamin bo'lgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Hamma sahobalar, asorlar xohlashdi Rasulullohni rozi bilan olib ketishlik. Mana endi Rasululloh bittasiga xo'p desa, ikkinchisi xafa bo'lib qoladi. Ikkinchisiga xo'p bersa, birinchisi xafa bo'lib qoladi. Boshlig'ida ish qiyin. Agar qo'l osti deylarni bittasiga moyil bo'lsa, ikkinchisini ko'nglida bir g'alati, yaxshi emas narsa paydo bo'lib qolishi mumkin. Har bitta sahoba, har bitta ansor bizning mahallaga yuring degan. Rasulullohga o'zini juda yaqin deb bilyapti.

[12:28] Yana qaytarib aytamiz, bittasini ko'ngliga qarasa ikkinchisini ko'nglida xaraj paydo bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda bir hikmatli ish tutdilar. Boshlig'ida hikmat bo'lishligi kerak. Rasululloh aytdilar, tuyani ushlab tumshug'idan o'zi tomonga tortmoqchi bo'lganda, Rasululloh aynitdilar, ansonlarga da'u ha, fa innaha ma'mura. Ut riku ha, fa innaha la'mura. Tuyani qo'yib yuboringlar. Unga buyurilgan. Tuyani o'zini holiga qo'yinglar, unga buyurilgangan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har xil o'ylab qolmasin deb odamlar hatto tuyani ipini tashlab yuborgan ekan. Shu menga to'xtatib qo'ydim, ot tomonga bur deb bo'lmasin deb, tuyani o'zini holiga tashlab qo'yib, Rasululloh tuyani ustida o'tirdilar. Va tuya qalamini bosib, Madinaga minolanchaga kirib bordi. Bir o'sha holatni tasavvur qilib ko'ringlar turib. Muhammad alayhissalom Madinaga birinchi marta kirib kelyaptilar. Va qayerga to'xtaydi deb ansonlarda hammasini qalbi shafqat bo'lgan. Ko'zlari tuyaga tikilgan. Qayerga to'xatar ekan?

[13:30] Biror bir kishini eshigini tagida o'tayotgan bo'lsa, haligi odam shunday bir o'ylanib turadi, to'xtamikan, o'tib ketdi. Narigi xursand. To'xtamadi. Shunday qilib tuya yurdi, yurdi, yurdib, bir keng joy bor edi, bo'shliq, ikkita yetim bolaniki edi. Shu yerda xurmoq quritishadigan bir maydon edi. Shu yerga keldi, tuya to'xtadi. Rasululloh shart sakrab tushmadilar, balki tek turdilarki, tuya cho'kib olsin. Yana bir rivoyatda tuya o'tib ketib, qaytib keldi shu yerga deyiladi. Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu yerga tushdilar va mana shu joyda Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning masjidi Masjidun Nabaviy qurildi.

[14:09] Endi, Rasululloh kelyaptilarki, hammasi o'zi tomonga tortyapti. Tuya to'xtashdan burungi holatda aytaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizga Qur'oni o'rgatdilar. Chek tashlashdi. Qur'a. Faraz qiling, ikkita odam bir vaqtda kelib, bir kunga to'yga aytdi. Qaysinisiga borasiz? Agar biri avvalroq, biri keyinroq bo'lsa, avvalotganga boriladi birinchi. Ikkalasi teng aytib kelsa nima qilinadi? Shunda qur'a tashlash kerak bo'ladi. Shunda hech kim xafa bo'lmaydi. Birodalar, xafa bo'lmaysizlar, biringlar qosh, biringlar ko'z. Chek tashlaymiz. Qaysi tomonga tushsa, shunga boramiz, xafa bo'lish yo'q. Yoki bo'lmasam, to'rttasi bizni mashinada keting deyapti, to'rttasi. Qaysinga borasiz? Shunda bir qalblar xarajga kirib qolmasligi uchun qur'a ekan. Chek tashlashlik ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qilgani shu xuddi shu qur'a edi. Alloh taolo o'zi tanlab beryapti. Tuyani qayerga to'xtatishlik, Alloh taoloni ixtiyorida bo'ldi. Mana qur'a, mana chek.

[15:07] Demak, Payg'ambarimizni mana shu tuyani o'zini holiga qo'yilar degani qur'a edi. Shuni tushunib olaylik. Tuya yurib borar ekan, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam duo qilardilar: Allohu maqturli. Allohu maqturli. Parvardigor, o'zing tanlab ber menga. Parvardigor, hozir o'zing menga tanlab ber. Mana shu joydan oladigan dars shuki, ona mashinani olaymi, mana bu mashinani olayman. Onani qiziga o'g'lim uylaymi, ma'noni qiziga o'g'lim. Ikkilani qo'ygan paytingizda musulmon odam Parvardigorga topshirib qo'yishlik kerak ixtiyorni. Mana istixora degan namoz bor bilasizlar. Ya'ni siz qaysini tollashlikka ikkilanib turgan paytingizda Parvardigoringiz mehribon, shu tollashlikda ham menga qo'yib qo'yib, meni tollab bering, qiynama mandan deyapti. Parvardigor men uchun o'zing tollab ber deb duo qilib turdilar. Tuya hozirgi Masjidun Nabaviyning o'rniga to'xtadi. Va asa antak rohuy shay'an vahua hayrun lakum. Alloh taolo aytadi, zotan sizlar o'zingiz uchun yaxshi bo'lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon bo'lgan narsa yaxshi ko'rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmasiz.

[16:16] Bilmayapsizmi? Ikkilanyapsizmi? Robbingizga duo qiling. Bo' bo'ldi bir ish. Endi o'sha ish haqida so'z ketganda agar degan so'zni ishlatib bo'lmaydi musulmon. Bo'lib o'tgan ishlarni muhokamasi ketgan yoki shu haqida so'z ketganda, agarda bo'lmaydi musulmon. Bu so'zni olib tashlash kerak. Ya'ni, agar o'sha paytda chek olib qo'yganimda, agar o'sh paytda bir tiyinlik yuk topib qo'ygunimda, agar u shu paytda seni gapingga kirmaganimda, sen qayoqdan bilasan o'sha sen aytayotgan narsani senga foyda yoki zararligini? Uni kim biladi?

[16:55] Bo'ldimi shu ish? Demak Alloh senga shu narsani tanlab berdi, shu mashinani, shu hovlini yoki shu xotinni. Endi sening ishing Qodir Allohim adashad, fimmofaliy deyish. Alloh xohlagan narsasini taqdir qildi, amalga oshirdi. Shuning uchun bu kishi duo qiladi, Parvardigor, o'zing tanlab ber. O'zing menga ixtiyor qilib ber.

[17:19] Tuya to'xtadi. Mana shu joyni Alloh azza va jalla Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tanlab berdi. Mana shu joy endi Rasulullohning joyi. Mana shu joyga masjid qurildi va mana shu joyga eng yaqin uy Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhuniy uy edi. Endi shu uyga to'xtash kerakmi? Eng yaqin uyga tushlik kerak Rasululloh. Abu ayyub xursandchilik bilan keldi da, rasululloh sollallohu alalayhi vasallamni muborakbod etib, u zotning yuklarini yelkasiga ko'tarib, uyga olib kirib ketdi. Go'yo yelkasida butun yer yuzining boyligi bor edi. Haqiqatdan boyligi edi birodarlar bu. Muhammad sollallohu alayhi vasallam sizni yuzida yashaydi. Alloh taqdir qilganicha. Yetti oy turdi rasululloh aboyub ansorey roziyallohu anhun uyida. Yetti oy. Yetti oy Rasululloh bilan qo'shni bo'lib yashadi. Yetti oy Rasulullohning suhbatidan bahramand bo'ldi. Yetti oy Nabaviy axloqni o'zi yuqtirdi. Boylik emasmi bu? Boylik emasmi birodarlar? Bunaqa boylik yo'q. Alloh taolo aboyubni payg'ambarimizga qo'shni bolishligini o'zi xohladi. Alloh tanlab olgan bandalar edi.

[18:19] Rasululloh Abu Ayyubni uyiga kirdilar. Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu uyi ikki qavat edi. Kichkinaroq uylar, lekin ikki qavat edida. Rasulullohga uyini ikkinchi qavatini bo'shatib berganida, Rasululloh birinchi qavatda bo'lishini ixtiyor qildilar. Chunki uzoqni ziyoratiga keladigan odamlar ko'p bo'ladi. Ikkinchi qavatga ko'tarilishlik, albatta ziyoratchilarga bir xaraj tug'diradi. Shuning uchun pastda bo'lishini xohladi. Abayub ko'ndi. Rasululloh birinchi qavatda, abayub ikkinchi qavatda. Tun kirdi. Abayub ayoli bilan o'zini xonasiga kirdi ikkinchi qavatdan. Ayoliga aytdi, bizga voy bo'lsin. Nima qilib qo'ydik? Biz Rosuloni ustida turamizmi? Agar Rosuloga vahiy kelib qolsa, vahiy bilan Rosuloni o'rtasida turamizmi, uyni o'rtasida tushmasdan, ikkita devolda tayada tunashdi.

[19:09] Tushib, Rasululloh. Noqulay bo'lyapti bizga. Vahiy kelib qolsin siz bilan biz o'rtamizda bir, biz to'siq bo'lib qolishni xohlamaymiz deganida, yana Payg'ambarimiz aytdilar, e ba yo'q, bizni ziyoratimizga odamlar ko'p keladi. Yana ko'ndi, yana xonasida o'zi qoladigan bo'ldi. Ertasi kuni, kundosh bo'ldiki, idishdagi suv ontallib ketdi, uyni poliga suv to'kilib ketdi. Endi u paytdagi uylarni poli bizni pollardaqa bo'lgan emas. Shox shabba bo'lgan, ustiga bir narsa solib qo'ygan. Pastga suv o'tib ketishi aniq edi. Shunda shoshilishgani uchun ustiga yopadigan ko'rpasini shu suvga solib, suvni emdirib, pastga oqizmaslikni payida bo'lishdi. Keyingi tong otganda tushib, yo Rasululloh, deb kechagi yuvgan ishni aytib berishdi. Shunda Rasululloh ko'nib, bu sahobasini xarajga qo'yishini xohlamasdan, ikkinchi qavatga ko'tarib oldilar. Sollallohu alayhi vasallam. Qarang, albatta bu Abu Ayyub va umuman Ayyubni qilgan ishi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan hurmatdan edi. Rasulullohga bo'lgan muhabbatdan edi. Kishi musxabni ulug'labdimi? Ka'bani ulug'labdami? Masjidni ulug'labddimi? Ahli ilmlarni hurmat ulug'labdmi? Demak, bu odamni iymoni borligiga dalolat qiladi shu narsa. Endi aksincha, mana shu narsalarga behurmatlik qilibdimi?

[20:27] Bu iymonidagi nuqsonni belgisi. Domlalarni masxara qiladiganlar bor. Soqol qo'yganda masxara qilayotganlar bor. Bu iymondagi judayam katta nuqsonni belgisi. Alloh insof bersin, Alloh isloh qilsin. Masjidga kelib, saflarimizda qo'shilish nasib qilsin bularga ham. Qarang, Abu Ayyub Rasulullohni ustida yursak, ayb bo'ladi deyapti. Chang baloda pastga tushadi. Musulmon odam, musulmon odam, munofiq odam. Munofiq od ham o'zini qilayotgan gunohini pashadek kichkina ko'rar ekan. Musulmon odam bo'lsa, o'zini qilib qo'ygan pashadek gunohini tog'dek ko'rar ekan!

[21:10] Munofiq qilgan gunohini poshadek ko'radi. Mo'min pashadek qilgan gunohi tog'dek ko'tradi. Qilgan gunohingizni qanchalar ulug' sanasa, shunchalik kichrayib boraveradi. Qilgan gunohingizni qanchalik kichkina sanasangiz, tog'day ulg'ayib boraveradi. Masjidni nabaviy bitgunicha rasululloh sollallohu alayhi vasallam aboyib ansoriy roziyallohu anhuni uyida yetti oy turdi. So'ngra, masjid bitganidan keyin, masjidni atrofiga Rasululloh sollollohu alayhi vassallamning zavjay mutaxaralarga hujralar qurildi va Rasululloh ana shu hujraga ko'chib o'tdilar. Mana Abu Ayyub Ansoriy roziallohu anhu, masjidni qo'shnisi. Mana endi hozirgi kunda ana shu joyda dunyodagi eng hashamatli masjid shu yerda. Masjidun Nabaviy. Ana shu Masjidun Nabaviy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan hurmat yuzasidan, ikrom yuzasidan qurildi va xizmat qilinyapti.

[22:05] Abu Ayyub roziyallohu anhuni Payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallamga bugan muhabbati. Mana yetti oy rasululloh Abu Ayyubni uyida yashadilar. Mana shu muddat ichida Abu Ayyubni qalbida rasulullohga bo'lgan muhabbatni birodarlar cheki yo'q edi. Bir odamni kimligini bilishlik uchun u bilan birga yashash kerak. U bilan birga safarga chiqish kerak. U bilani tijorat muomalasini qilish kerak. U balan qo'shni bo'lganmisan, shuning uchun aytilarkan, bir inson birinchi marta ko'rganingizda uni kiyimiga, tashqi ko'rinishiga qarab turib, bir kallangizda bir fikr paydo bo'ladi. Endi gaplashsangiz, birinchi fikr o'zgaradi. Yaxshi tomonga yoki yomon tomonga. Ahnafimni qaysi o'zini qavmini saida edi? Ko'rimsiz, qora, yelkasi kichkina, ko'rinishi bir xunuk. Hech kim o'ylamas edi bu kishini o'zini qovmini saidi deb, lekin qovmini saida eda. Bir qaraganingizda hech kim emas edi. Lekin kimligini tanib, muloqot qilganingizdan keyin bilardingiz uni kimligini.

[23:06] La xoyrafiy jasa matel ajisa ammi bal xufel uquli val afhomi deydi shoir. Yaxshilik faqat jussani kattaligida emas. Yaxshilik, faqat jussaning ulkanligida emas, balki u aql bilan, fahmda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Abayyu birga yashadi. Rasulullohni avval yaxshi ko'rgandan ko'ra ko'proq yaxshi ko'rdim. Mana shu muhabbatni ziyoda bo'lishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun musulmonlar ham chi, ko'cha ko'yda ko'rganda assalomu alaykum deb ko'rishni muomala qilaveradi. Endi bular tijorat qilsa, bular safarga chiqsa, shunday lekin shu safar, shu tijorat ishi ularni yo bir biriga yana ham yaqin qilib tashlaydi. Yoki bir biridan uzoq qilib tashlayda. Agar bir biridan uzo qilayotgan bo'lsa, bular qilayotgan tijoratni, bular qilaydigan ishi. Demak, shu ikkalasidan bittasini iymonidagi nuqsonda borligiga dalolat qiladi.

[23:55] Aboyub roziyallohu anhu alloh taolo bu sahobani ikrom qildi. Rasulullohni uzoqqa qo'shni qilib berishlik bilan. Mana endi Rasululloh uyga ko'chib chiqib ketganlaridan keyin, bu ikrom to'xtab qoldi. Ammo abu ayyub mana shu ikromni davom etishini xohladi da, har kuni ovqat qilib rasulullohni uyiga chiqarardi. Shu odat bizda ham bo'lar edi. Avvalgi ma'ruzalarda ham aytganman, hozir ham aytaman.

[24:19] Biz o'sha nonni tortib, onamiz rahmatli shu solib berardi, etagimizga solib ishonmasin, qo'shniga olib chiqib beradi. Men qo'shniga, men qo'shnigaga qilib. Hech kim och qolayotgani yo'q. Lekin yo'q bo'lib ketdi shu narsa. Yo'q bo'lib ketdi shu narsani. Rasulullohni uyiga ovqat chiqarishida abayub yana davom etdi. Kunlarni birida umariddin xattob roziyallohu anhuhu qorni och ko'chaga chiqdi.

[24:48] Qaranglar, qanaqa zotlar qorni och. Ko'chada turuvdi, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ko'rinib qoldi. E abu bakr, kunda bunaqa issiqda nima qilyapsiz ko'chada deb umarul xattob so'radi. Abu Bakr Siddiq qornim och, yegan hech narsa yo'q dedi. Siz nima qilib turibsiz deb so'radi, umarul xattobi javob berdi, meni ham qornim och dedi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chiqib qoldilar. Men xorajakumman. Sizlarni uylarda nima chiqardi? Nimaga ko'chada turibsizlar? Ha qornimizni ochar Rasululloh deyishdi. Sizchi? Deb so'rashuvdi. Sizlarni chiqargan narsa meni uyimdan chiqardi. Rasulullohni ham qornini ochishdi. Shunda Rasululloh aytdilar, yuringlar dedilar da, Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhuniy uyiga boshlab bordilar. Qarang, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bizga ibrat bo'lgan zot. Mashaqqatni qanaqasi bo'lsa, Rasulullohning boshiga kelgan. Kishi bitta farzandi o'lsa, bitta farzandini ko'mib qanaqa bir aziyat chekadi. Rasululloh oltita farzandini o'zi ko'mganlar. Uch qizini, uch o'g'lini. Rasulullohga yetgan aziyat hech kimga yetgan emas. Menchalik hech kim aziyatlanmagan deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Ochlik, mashaqqat, odamlardan aziyat, farzandlarini ko'mishligi, qanaqa mashaqqat olsa, hammasi Rasulullohni boshiga kelgan. U zot bizga ibrat da, sollallohu alalayhi vasallam.

[26:06] Yuringlar deb, Rasululloh bu ikkala sahobasini Abu Ayyu Ansoriy roziyallohu anhu uyiga boshlab keldilar. Alloh tanlab olgan baxtli odamlar bular. Rasulullohni ko'rgan bular. Rasulullohni mehmon qilgan bular, Rasulullohni ovozini eshitgan, Rasulullohning qo'lini ushlashgan bular. Aboyibni uyiga kelib eshigini xohlaydi. Abu Ayyu roziyallohu anhu bir xurmosingizni ishi bilan ovora bo'lib turganda keldi-da, Rasulullohni va ikkala sahobasini ko'rib, xush kelibsiz Rasululloh, siz bilan kelganlar ham xush kelishibdi, dedi.

[26:41] Ba'zida uyingizga kelgan mehmonni birinchi darajali mehmoningizga e'tibor berasiz da, u bilan kelgan ikkinchi darajali mehmonga ishingiz bo'lmaydi. Endi haligi ikkinchi darajaliy mehmon noqulay ahvolga tushib qoladi. To'g'rimi? Mana shu narsani esdan chiqarmaylik. Keldimi, hammasi bir mehmon. Ha, bittasi ustoz, bittasi bir hurmatli odam, unga bir boshqacharoq muomala bor, lekin qolganlarga be'etibor bo'lib qolmaylik. Shoperimi, shagetimi, bular keldimi?

[27:10] Aboyib roziyallohu anhu rasululloh turganidan keyin, bordi da xurmoni shoxlardan sindirib olib keldi, mevasi bilan. Ichida xomi ham bor edi, pishgani ham bor edi. Abayub, u sindirishligida hojati yo'q edi, terib kelsangiz bo'lardi deganida, aboyib aytdiki, rasululloh xohlasangiz xomidan yeng, xohlasangiz pishganidan yeng. Ikrom. Mehmonga bo'lgan izzat hurmat, ikrom. Men yana bir jonliq ham so'yib kelaman dedi, borib turib kichkina echkini oldi, so'ydi. So'ygani ketayotganda rasululloh aytdilar, agar so'yadigan bo'lsangiz, indabaxta farazat az baxannatat talaban. Sut beradiganini so'ymang dedilar. Pishirib, rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldiga olib keldi. Ayoliga xamir qorib, non yopishlikni buyuradi. Ovqatni Rasulullohni va ikkala sahobini Allohga olib kelib qo'yganida, Rasululloh haligi go'shtlarni ozgina olib, nonga o'rab, nononi oling da, Fotimaga olib boring, bir necha kundan beri bu narsani yegani yo'q edi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Rasulullohni uyida haftalar o'tib ketar edi, qozon qaynamas edi, o't yoqilmas edi. Sollallohu alayhi vasallam.

[28:11] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ovqatlanib bo'lganlaridan keyin, va alladiy inavsi biyadixi innaha daho niyam alladiy tus aluni anu yomon qiyam. Albatta bu ne'matlar shuni ne'matlarki, qiyomat kunida savolga tutilasizlar masalan. Shuning uchun musulmon odam ovqat yeyishdan oldin bismillah deyishligi kerak. Toki shayton sherik bo'lmasin. Shukur keltirishni bitta ko'rinishi. Uyga kirib kela ekanda bismillah deyishi kerak. Uyning shukronasi, bismillah desa shayton ko'chada qoladi. Agar bismillah demasdan kiradigan bo'lsangiz, shayton billa kiradi, uyda g'alva jajjali shuncha oladi. Allohni doimiy suratda eslashdik, shu berilgan ne'matlarini shukri bo'ladi birodarga. Bismillah.

[28:53] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam saxovatpesha insonlarni taqdirlardilar. U zot sallallohu aleyhi vasallamga biror yaxshilik qilsa, u zot shunga yarasha javob berardilar. Rostini aytganlar, men asda ilaykum ma'rufam, fakafiy u. Kim sizlarga bir yaxshi ma'ruf ishni qiladigan bo'lsa, bas sizlar ham unga munosib ish qilinglar, javob qaytaringlar. Ovqatlanib bo'lganlaridan keyin rasululloh aytdilar, ey abayub, ertaga bizni uyimizga boring. Ertasi kuni abayub rasulullohni uyiga borganida, rasululloh abayubga bir kichkinagina joriyani hadya qildi. Xizmatingizni qilib yursin deb. Payg'ambarimiz joriyani berib aytdi, unga yaxshi muomala qiling. Yaxshi muomalada bo'ling. Aboyib joriya qizdi, uyga olib keldi. Ayoli nima bu deganida, rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu joriyani bizga hadya qildi va unga yaxshi muomala qilishimizni vasiyat qildi, dedi. Ayoli qanday qilib Rasulullohni bir so'ziga bir amal qilamiz va Rasulullohning vasiyatini amalga oshirish uchun nima qilamiz deganida, Aboyib aytdi, eng yaxshisi ozod qilishimiz dedi.

[30:00] Ya'ni qul uchun eng katta yaxshilik nima? Ozod qilishdi. Rasulullohni vasiyatiga amal qilib. Aboyib roziyallohu anhuning vafoti. Aboyib roziyallohu anh umri davomida g'oziy bo'lib, mujohid bo'lib yashadi. Rasulullohnik qatnashga bironta g'azotida orqada qolmadi. Umrini oxirida Muoviyatun Nabu Sofiyon xalifalik davrida musulmonlar qo'shini Yazidinni Muoviyaboshchiligida Qostantiniyani fatig'iga chiqishdi. Hozirgi kundagi Istanbul.

[30:31] Payg'ambarimiz aytganlar latuf taxannar Qostantin iya. Qostantin iye fath bo'ladi. Ne amal jayshu jayshuha. Naqadar zo'r qo'shin bo'ladi u qo'shin. Ne amal amiru amiruha. Naqkadar zo'r amir u amir deganlar. Sahobalar davrida bo'lmadi, tobeinlar davrida bo'madi. Bir ming to'rt yuz ellik uchinchi yil Muhammad Fotih tomonidan fath qilindi.

[30:54] Qaranglar, o'n ikki ga kirgan payti shu hadisni eshitarkan, Muhammad Fotih. Rasululloh aytganlar, Qostantin yana fath qilasizlar. Eng zo'r qo'shin bo'ladi u qo'shin, eng zo'r amir bo'ladi u amir. O'sha amir men bo'laman degan ekan. Himmatni qarang. Himmat, oliy himmat bo'lgan ekan. Ana shu qo'shinni ichida Abu Ayyub Ansuriy roziyallohu anhunxon bor edi. Yoshingiz sakson dan o'tgan edi.

[31:22] Musulmonlar kelgan, Qostantinani devorini ustida, qo'shin chiqsa, nasroniylar chiqsa musulmonlarni ko'radi, musulmonlar bularni ko'radi, jang bo'lgani yo'q. Shunda Aboyib Ansoriy roziyallohu anhuni o'lim soatlari aytadi, betob bo'ladi. Yazidimni Moviya, qo'shinni amiri, xalifani o'g'li kiradi da, yo Rasulullohni sohibi, nima bir vasiyatingiz bor? Deganida aytadiki, agar o'lsam, meni jasadimni imkon boricha dushman yerlardan uzoqroq masofaga ko'tarib boringlar. Qostantiniani devorlar ostiga dafn qilinglar meni, deydi.

[32:00] O'layotgan, haystondan o'tgan odamni qilayotgan vasiyatini ko'ring. Aboyib Ansoriy roziyallohu anh vafot etdi. U kishini vasiyatiga ko'ra, musulmonlar ko'tara olib borib, Qostantiniani devorini oldiga olib borishdi. Rumlilar chiqib turib qarasa, bir to musulmonlar to'planib shu yerda bir narsa qilyapti. Rumni podshohi Qaysar chiqdi da, nima qilyapsizlar deb so'radi, Yazidovni ma'oyidan. Bu Rasulullohning sohibasi vafot etdi. U kishini vasiyati mana shu devor ostiga ko'mishlik, dedi.

[32:34] Ma'oyotimni Abu Sofiyonni daholigi butun xalqlar orasida mashhur edi. Endi Yazid shu ma'oyani o'g'li. Qaysar aytyapti, sizlar seni otang Muoviyani daholigini gapirasizlar u, senga otangni aqlidan tegmabdi da. Sen otangga o'xshamabsan da. O'ylamaysanmi, hozir sizlar ko'masizlar, ketasizlar. Sizlar ketganlardan keyin biz qabrni ochib, itlarga tashlab beramiz bu sohibilar dedi.

[33:04] Haq. Musulmonlar fath qilmadi, qaytib ketadi. Yazilniy Muoviy nima dedi? Men buni bilaman dedi. Ammo men ulug'laydigan, lekin sen tanimaydigan zotga qasamki, men bu kishini ana shu zotning roziligi uchun dafn qilyapman. Agar mana shu qabrni kovlaganingizda xabari menga yetib keladigan bo'lsa, Arab jazirasida bironta nasroniyni qoldirmasdan qatl qilaman, dedi. Yoki bironta noqusish olinmaydi, bitta bitta chelovek yoqda qoldirmayman dedi.

[33:35] Jaziradagi nasroniylarda holidan xavotirga tushib qolgan qaysilar? Shu yerda nima dedi? Masihga qasamki, uni qabrini saqlaydiganlarning birinchisi men bo'laman, dedi. Alloh taolo aziz qilsa, Alloh taolo saqlasa, shunday bo'larkan birodarlar. Musulmonlar ketishda Abu Ayyub roziyallohuni hushiga dafn qilib qoldi. Imom Voqidi aytadi, Abu Ayyub ellik ikkinchi hijriyilda vafot etdi. Muoviyatun nabi Sufiyonning o'g'li Yazid unga janoza o'qidi. Qostantiniya devorlar ostida dafn qilindi.

[34:08] Mana hozir bu sahobani qabri Istanbul shahri ichida. Chunki musulmonlar Muhammad Fotih davrida Qostantinini yana fath qilishdi va shahar kengayib, kengayib hozir shu devor shaharni o'rtasida bo'lib qolgan. Sulton Ayyub masjidi deyiladi. Agar Turkiyaga boradiganlar bo'lsanglar, savdogarlar yoki tijorat bilan birga boringlar, ko'ringlar.

[34:35] Mana shu soha bor edi, kimligini mana o'qidik, o'rgandik, eshitdik. Ibrat olaylik, o'zimizga namuna olaylik. Mana, bundan ham ajablanishi shuki, musulmonlar ketganlaridan keyin, rumlilar o'sha davrda qabrini ziyoratiga chiqishar ekan va voyasida skuna bi qobrihi ida qohatu. Qurg'oqchi yili bo'lib, yomg'ir yo'q bo'lib qolsa, shu kishini qabrini oldiga kelib, shu kishining hurmatidan Allohda yomg'ir so'rashar ekan.

[35:06] Bilasizlar, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'tib ketganlaridan keyin Umariddin Xattob istisqo namozini o'qib duo qilgan, Parvardigor, Payg'ambaring bor edi, Payg'ambarning hurmatidan Payg'ambaringni duosi bilan yomg'ir surar edik. Endi Payg'ambaringning amakivachchasi Ibn Abbosni duosi bilan u yoqda yomg'irni so'raymiz der ekan. Bular bu kishini nafaqat qabrini qo'riqlashlik, balki ziyoratiga kelishar edi va yomg'ir so'rashlik kerak bo'lsa, qabrni oldida turib duo qilishar ekan.

[35:32] Damashqqa kelgan yevropalik ziyoratchilar Salohiddin Ayyubini albatta qabrini ziyoratiga kirishar ekan. Nima uchun desa, bu ulug' inson Baytul Maqdisni egallaganda nasroniylarga qilgan chiroyli muomalasini qadrlashar ekan. Vaholanki bir ming ellikinchi yilda nasroniylar Baytul Maqtisni egallaganda birchikadan qirgan, musulmonlarni ham, yahudlarni ham.

[35:57] Otlarimiz tizza bo'yi qon kech deb yozadi muarrixlar. O'zlarini eng sharmandalik davrida deb tan olishadi tarixchilari. Ammo Salohiddin Ayyubiy Bayt al-Maqdisni fath qilganida, ularga musulmoncha muomala qilgandirlar. Mana shu narsani hurmatini qilib, u kishini qabrini oldida hurmat bajo keltirib turishadi. Salohiddin Ayyubiy. Alloh Subhanahu va Taolo bu darslarimizni bizga foydali bo'lishini, o'zi rozi bo'lgan mana shu ulug' sahobalarda hayotini o'qib o'rganib, bizlarga ibrat qilishini hamda ularga iqtidor qilishimizga tavfiya berishini so'rab duo qilamiz. Aquli qovli ha da
