Maviza
—Qoralama38 daq

Sahobalar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
38:07
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilen amin. Vassolatu vassalomu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'lam tana innaka antal alimul hakim. Allohumma al imna ma yonfauna va fanabiy ma'lam tana vazidna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon va rizqu natiba va arina al ba'tila ba'tilan va rizqu natishdinaba. Vajallan minman yestamin unan qovlu fayt topiunax sana. Odin xiyla nabirahmatiki fii a'l badika solihiyin. Ammabot. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayot haqida o'qiyotgan navbatdagi darsimiz, bugun yigirma to'qqiz dars abulos ibn robiya roziyallohu anhu haqida. Payg'ambaringiz sollallohu alayhi vasallamning katta kuyov bolasi.

Rasulullohning asoblarini qissalaridan yana bir qissa. Bu qissani o'zgachaligi bor. Chunki bu qissa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ahli baytiga, xonadoniga aloqasi bor qissa. Bu qissa Rasululullohning katta kuyovi, to'ng'ich kuyovi Abulos ibn Robi roziyallohu anhu haqida. Bu qissa orqalik Rasululloh sollollohu alayhi vassallam o'zining qarindoshlariga qilgan muomalasini qanday bo'lganligini ko'rib olishimiz mumkin bo'ladi. Bu qissa Abulosim Nurobiyning qissasi. U kim edi?

Qurashning ulug' xonadonlaridan birini farzandi. Kelishgan, nasm nasabli, boy badavlat, ne'matlarga o'ralgan, mohir chavandoz, ko'zni quvontiradigan Qurashni peshqadam yigitlaridan edi. Bu kishi islomdan avval savdogarlikni yaxshi ko'rar edi va savdo bilan shug'ullanar edi. Yiliga ikki marta Shomga tijorat karvonini boshlab olib borar edi. Bir marta qishda, bir marta yozda. Yuzlagan tuyalar, yuzlagan kishilar, uni qo'l ostida odamlarni unga topshirgan omonatlari, mollari bor, olib borib sotib, sheriklik tijorat qilib olib kelib, molni egalariga sheriklarni foydalani bo'lib beradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjay mutaxaralaridan komila bo'lgan to'rtta ayolni bittasi, Hadicha onamiz roziyallohu anho Abulosning xolasi edi.

Abulos Hadicha onamizning jiyani. Hadicha onamiz Abulosni yaxshi ko'radilar va Hadicha onamizni qalbida Abulosni tutgan o'rni baland edi. Zamonasini peshqadam, ko'zga ko'rilgan, havas qilinadigan yigitlaridan edi. Yillar o'tdi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xonadonida Zaynab roziyallohu anhu balog'atga yetdi. Hadicha onamiz va Payg'ambarimizning qizi. Qurishni manaman degan saidlari Zaynab roiziyallohu anhumni o'ziga kelin qilib olishlikka xaris bo'ldi. Xohlar edi. Chunki kimni qizi? Muhammad alayhissalomni, Hadicha onamizni. Chunki Quraysh qizlarining nasl nasabdagi eng peshqadamlaridan, ulug'laridan edi Zaynab onamiz. Ona tarafidan ham, ota tarafidan ham. Axloqi jihatdan eng pokizalardan edi. Xaridor o'shancha, ammo hech qaysiga yo'li yo'q. Chunki ular bilan Zaynabni o'rtasida, roziyallohu anha, Abu o'zi Imrobey turibdi. Hadichonamizni jiyani turibdi, boshqa hech kimga yo'l yo'q.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga risolat kelganida, Abulos ibn Robiyning tutgan mavqefi qanday bo'ldi? Payg'ambarimizga hali vahiy kelmasdan avval, Zaynab onamizni Abulosga nikohlab berishdi. Turmushga chiqdi. Hech qancha vaqt o'tmadi, Alloh Taolo Makka Mukarramani risolat nuri bilan munavvar qildi. Muhammad alayhi salomga vahiy keldi. U zot arablarga va butun yer o'zidagi millatlarga payg'ambar bo'lib yuborildilar. Alloh azza va jalloh payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni o'zini yaqin qarindoshlarini iymonga da'vat qilishligiga buyurdi. Ko'p aytamiz, hamma ish ilm asosida bo'lishligi kerak. Hunarmi, tijoratmi, ilm asosida. Da'vat ham shunaqa.

Qarang, fa anzir ashirat akal aqrobin dedi alloh taolo. Yaqin qarindoshlaringizni ogohlantiring. Hali da'vat oshkor bo'lmay turib. Bundan ma'lum bo'ladiki, kishi o'zini oilasini ishini bitkazmasdan turib, o'zini oilkasini islomga da'vat qilmasdan turib, tashqariga chiqib ketishligi to'g'ri bo'lmaydi. Astaydubillah. Fala tad'ru ma'allohilahan a hora fatakuna minal muaddabin va an zhir ashirot akal aqrobiyin. Va yaqin qarindosh o'g'illaringizni allohning azobidan ogohlantiring. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o'zini yaqin qarzdoshlarini yig'ib, ularga islomni as qildilar. Yagona Allohga iymon keltirishlikka da'vat qildilar. Ayollardan birinchi bo'lib iymonda qabul qilgan hadinchi onamiz roziyalloh anho bo'ldi. Qizlari ham iymonga kelishdi. Zaynab onamiz, ro'qoyi yo'q, mukumsin va Fotima roziyallohu anhun najmang. Ammo keyingi qizlari yoshi juda ham kichkina edi.

Abulosga iymonga kelishlik taklif qilindi, ammo u o'zini bobolarini dinidan voz kechishlikni xohlamadi. Mana endi o'rtada to'siq paydo bo'ldi. Qaynota Rasululloh bilan kuyov Abulos o'rtasida. Rasulullohni kuyov iymon kelishlikni xohlamadida. Endi aytiladi yu o'zi, inson tanimagan narsasiga dushmanlik qiladi deb. O'zi bilmagan narsasiga.

Mard odamlar bo'ladi. Qanaqa marddasiz? To'g'ri narsani to'g'ri deb ayta oladi. Noto'g'ri narsa noto'g'r deb ayta oladi, garchi o'ziga yoqmasa ham. To'g'ri aytyapti muakkamiz deydi, biz noto'g'il ish qildik deydi. O'zi qilyapti bo'lmasa o'sha ishni. Yoki falon ishni qilmayapti, o'sha ish to'g'ri deydi biz qilmayotgan bo'lsak ham. O'zi odatlanib qolgan noto'g'ri ishini botinligini tan olishi kishining zakovatidan hisoblanadi. Qaytaraman. O'zi odotlanib qolgannoto'g'ri istini botir ekanini tan olishi, kishining zakovatiidan hisoblanadi, o'zi odatlamagan bo'lsa ham, to'g'ri ishini haqligini tan olish i, kishining zakavatidandir.

Tushunarli a? Qilmayapsiz u ishni, lekin shu ishda to'g'ri deyapsiz. Bir ishni qilyapsiz o'zi odatlana olgansiz, sigaret chekyapsiz, masalan. Himoya qiladi o'zini, bilasizmi? Amru ma'rufiy qilay, narxini inkor qilay deb turib sigaretini tashla desa nima qiladi? Zarar desangiz, osh ham zarar ku deydi. To'g'rimi? Shu, shu odam zakovatli odam emas. Shu odam mard odam emas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kurash bilan o'rtadagi nizosi kuchayib ketdi. Mushriklarni musulmonlarga beradigan aziyatni ko'payib ketdi. Shunda mushriklar Payg'ambarimizni biror bir boshqa narsa bilan ovora qilib qo'yish edi xohlashdi. Shu bir mushkula boshiga qilib bersak, bir mushkula paydo qilsak, shu mushkula sabab ovora bo'lib qolib, da'vatini to'xtatsa. Shunda ayrimlar aytdiki, sizlar Muhammadni qizlarini nikohlaringlarga olib, xutuba qilib, ularni Muhammadni mushkulasini hal qilib qo'yinglar. Agar qizlarini talog'ini berib javobini bersanglar, qizlari bilan ovora bo'lib qoladi deyishdi. Boshqalar aytdi, yaxshi fikr bo'ldi deyishdi. Va Payg'ambarimizni qizlarini nikohini buzishdi. Payg'ambarimni Sallallohu alayhi vasallamning ikkita qizi, keyingi ikkita qizi Abu Lahabni ikkita o'g'liga xutba qilingan edi. Ular ikkalasi xutbasini buzdi, nikohi buzildi, xutbasi buzildi. Endi Abu Lahosni oldiga borib ham xuddi shu narsani aytishdi.

Qaranglar, Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallam bizga tamomiy ibrat bo'lgan zotki, hayotda qanaqa mashaqqati bo'lsa, inson boshiga kelishi mumkin bo'lgan. Hammasini totaganlar. Tug'ilganida otasi o'lib bo'lgan edi. Oltiga kirganda onasi o'ldi. Bobosini qo'lida, amakisini qo'liday, kambag'allik, cho'ponlik, Payg'ambar bo'lgandan keyin aziyatlar, haqoratlar qanaqa achchig'i bo'lsa hayotni, Rasululloh hammasini totiganlar. Rasulullohni yettita farzandi bo'lgan bo'lsa birodarlar oltitasini o'zi ko'mganlar.

Bitta Fotima onamiz qolgan orqasida, bilasizlar. Oltita farzandini ko'mganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko'rgan aziyatni oldida hech qaysi odamni aziyati aziyat hisoblanmaydi. Mana endi u zotga qizlarini oilasini buzilib kelishi musibati ham yetdi. Albatta ota uchun bu og'ir narsa. Albatta bu og'ir nars. Abulaziz sindirombekka ham xotinini qo'yasan deb Qurash mushriklari talab bilan borishdi. Sen Muhammadni qizini qo'yib ol. Biz senga Qurashni ichidagi eng sharafli bo'lgan qizlarimizdan xohlaganingni nikohlab beramiz deyishdi.

Ammo Abulaz yo'q dedi. Yo'q dedi. Ayolimni javobini bermayman dedi. Shunaqa odamlar bor. Qaynotasi bilan, qaynonasi bilan kelisha olmay qolsa, yoki qaynakalar bilan kelisha olmay qolsa, ular bilan bo'layotgan muomalani, ular bilanbo'layotgan mushkulani alamini xotinidan oladi. Mana shu g'irt nomard deyishni.

Qurash mushriklari nomardlik qilishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qizlarini oilasini buzishlik bilan. Xotinni aka ukasi bilan bo'ladimi, xotinni ota onasi bilan bo'ladi mi, muammosini alamini xotinni olayotgan bo'lsa, taloq qilaminda qo'rqitayotgan bo'lsak, bu mard odamni ishi emas. Unda nima ayb? Xotinda nima ayb? Axir Alloh Taolo Qur'onda, istay deb bilinglar.

Vala ta'zirova ziraton vizro oxir odam ekanmi? Hech bir ko'targuvchi jon, ya'ni hech qaysi gunohkor jon, o'zga ko'targuvchisi jonni gunohini ko'tarmas. Ichavor, meni bo'ynimga, qiyomatda men javob beraman. Nikohlab qo'yavering, domla, uchtalar qo'ygan bo'lsa ham, gunohi meni bo'ynumga. Bu havodagi gap. Hech kimni gunohini hech kim bo'yniga ololmaydi.

Demak, abdulosimnirobiy qurishni talabini bajarmadi. Zaynab roziyallohu anhoni xotin qilib olib qoldi. Hali bu paytda mushrik bilan turmush qurib yashashlik hali man qilinmagan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita qizi kelib qolganidan qattiq qayg'uga botmadilar. Sababi, mushriyni qo'lida qolmasligini rasululloh xohlardilar. Endi qani abulos ham qo'yib yuborsa, payg'ambarimizni qizlari oldiga kelib qolsa, mushriyni qulida qolmaganligi bilan payg'ambarim xursand bo'lardi bu yerda. Ammo abulos bunday qilmadi va mana shu go'zal xulqi uni keyinchalik islomga boshlab keldi. Alloh taoloni mana shu go'zol xulqini islomga kelishiga sabab qildi.

Abul osilni Robiya musulmonlarni qo'liga asr tushdi va uni ayoli Zaynab roziyallohu anho qanday yo'l tutdi? Ma'lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai Munavvaraga hijrat qilib borganlaridan keyin, hijratning ikkinchi yilida eng ulug' g'azotlardan Badr g'azoti sodir bo'ldi. Musulmonlar unda ulkan bir g'alabaga erishishdi. Mushriklar mag'lub bo'lishdi. Ulardan yetmish kishi qatl qilindi, yetmish kishi asr tushdi.

Abul Oz ham mana shu Badr g'azodiga chiqqan edi. Musulmonlarga adovati, musulmonlarga bir dushmanchiligi yo'q edi, ammo chiqmasa bo'lmas edi. Quraishni ichidagi tutgan mavqeyi, hurmati chiqishlikka majbur qildi. Chiqdi, asr tushdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'lga tushgan asrlarni ustida mana fidolarni berib ajratib kelishlik hukmini chiqardilar. Har bitta asr o'zini iqtisodiy ijtimoiy ahvoliga qarab turib, ma'lum bir belgilangan pulni beradi, qutilib ketadi.

Rasululloh asrlarni kuzatar ekanlar, kuyovi, o'zini shu paytdagi mana katta kuyovi Abulosibni robiyaga ko'zi tushdi. Va unutilmaydigan so'zni aytdilar. Qarang, mushrik musulmonlarga qarshi qilich ko'tarib keldi. Asr tushib o'tiribdi. Biz birov bilan o'n yil, yigirma yil muomala qilgan bo'lamiz da, bitta qilgan noto'g'ri ishi uchun ish shaxsiy pisat qilib yuboramiz, bo'ldi. To'g'rimi? Yo'q, hech qaysi yaxshi fazilat esimizda qolmaydi da. Ha bir o'n yil birga yuruvdik, ulfat bo'luvdik, safarga chiqib, unaqa yo'q. Srazu qoraga chiqaramiz da.

Rasulullohni qarang, bu mushrik kuyovoy haqida nima deyaptilar? Vallohi ma dha mamnaho sehrom. Vallohi uni kuyov sifatida biron bir yomonlamaganmiz. Ya'ni kuyov sifadida yomonligini ko'rgan emasmiz. Garchi mishli bo'lgan holida ham. Rostini ular unutmayaptilar. Ilashtirib qo'yishniki ozgina xonasi bormi aloqani? Ilashtirib ko'yyaptilar.

Mana o'tgan darsimizda Abu Sofi olimni Xolisni aytdik. Payg'ambarimiz bilan bo'ladigan aloqani hammasini uzib bo'lgan edi. Yigirma yil. Shuning uchun Payg'ambarimiz uni kechirishiga ozgina vaqt kerak bo'ldi. Albatta bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan ko'rsatilgan insof edi. Mo'min odam insofli bo'ladi. Mo'min odom odil bo'ladi. Aytdik ku, oqni oq, qorani qorada ishlay madliy belgisida.

Makkalik mushriylar Madinadagi o'zlarining asrlarini ozod qilishligi uchun Madinaga fidolarni jo'natishni boshlashdi. Boradi, pulini beradi, ajratib keladi. Endi Zaynab onamiz Makkada. Erini ozod qilishligi uchun nimadir qilish kerak. Boriburdini to'pladi va o'zidagi eng qimmatli bo'lgan narsa, bo'ynidagi marjonini ham yechib, Abul ostida fidosi orasiga qo'shib qo'ydi. Bu marjon Hadicha onamiz roziyalloh anho qizini nikohga uzatib, kuyovni oldiga kirgizayotgan paytda bo'ynidan yechib taqib qo'ygan marjon edi. Onasi Hadicha onamizni marjoni edi. Shundan boshqa bir qadrli narsasi yo'q edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldiga shu mishrinlarni fidolari kelib qo'yiladi. Rasululloh qaraydilar, javobini beradi, ketadi. Endi Rasulullohni oldiga Abu osimni robiyini fidosi deb qo'yishdi.

Ochildi. Rasulullohni yuzini qayg'u egalladi. Va rasululloh sollolloh yig'ladilar. Chunki bu Marjon Hadichonamiz roziyallohu anha eslatgan edi. Birinchi ayoli, eng vafodor ayoli, birinchi bo'lib iymonga kelgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni rozi qilish yo'lida har qanday mehnatga sabr qilgan, o'zini borib burdini Rasulullohni yo'lida fido qilgan Hadichonamiz eslatdi da, sahobalariga qarab turib, maslahat solganday qilib, albatta Zaynab roziyallohu anha abulosni ozod qilgani mana bu narsani yuboribdi. Agar ma'qul ko'rsanglar, uni ozod qilinglar, molini ham bizga qaytarib yuboringlar dedilar.

Qo'mondon, boshliq, rahbar buyursa quloq solishadi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga maslahat qilyaptilarki, ularni qalbari o'zi, qalbi bilan rozi bo'lishsin. Sahobalar Rasululloh uchun jonini berishga ham tayyor edi. Ular Rasulullohni xohlagan, Rasulullohni yaxshi ko'rgan ishini qilishdi.

Abdulhosni qo'yib yuborar ekan, Rasululloh shart qo'ydilar. Makkaga borib, kechiktirmasdan qizimni Madinaga jo'natib yuborasan. Toki qizni kofirni qo'lida qolmasin endi. Abdulhosni Nurabiy Rasulullohga bergan ahdida turdi. Makkaga yetib kelishi bilan kechiktirmasdan Zaynab roziyallohu anhoni safarga tayyorgarlik ko'rishlikka buyurdi. Nima kerak bo'lsa tayyorladi va tuyaga o'tkazib, havdachiga o'tkazib o'zini ukasi Amr Nurobiyaga topshirdi. Amr Nurobiyaga topshirdi, olib chiqasan, Muhammadda sollallohu alayhi vasallam asxoblari turibdi, topshirib qaytib kelasan dedi.

Amr akasini ayolini xavdashiga o'tkazib, kutma kunduzi yelkasiga kamonini ilib, Makkadan chiqib ketayotganda, Qorayishga bu narsa yoqmadi. Qorayish quvib yetib oldi bu ikkisini. Zaynab onamiz qo'rqib ketdi. Shunda Amr, endi izzat nafs, sharaf, oilani nomusi degan narsa, kamonini oldi yelkasidan, o'qdi joylab turib, shunday cho'zib aytdiki, bir qadam yaqinlashsang, o'qdi mana shu kekirdingga qodayman dedi. Moxirida otganda adashmasini. Qorayish to'xtab qoldi. Shunda ular bilan birga chiqqan Abu Sofiyon ibna Harf, bu paytdagi kurashni eng katta oqsoqoli. Ey birodarim o'g'li, kamoningni tushir. Sen bilan gaplashib olay dedi.

Kamonini tushirdi, oldiga keldi, Abu Sofiyani aytdiki, ey birodarim, o'g'li. Seni qilayotgan ishing to'g'ri emas. Chuppa, kunduzi biz oramizdan Muhammadni qizi Zaynabni olib chiqib ketsang, boshqa arab qabilalari nima deydi? Bu payt kurash uchun og'ir payt. Sababi Badr g'azoting hech qancha vaqt o'tmadi. Yetmishta odam o'lgan, yetmish tasi asl tushgan, hali jarohati bitgani yo'q.

Aytdiki, Zaynabni Badrga qanday aloqasi borligini hamma arablar biladi. Uni otasidan bizga yetgan narsadan ham xabaring bor. Agar sen uni biz oramizdan ochiqchasiga shunday qilib olib chiqib kessang, qabilalar bizni qo'rqol edi, ayb edi yu. Bizni xor past sanaydi yu, dedi. Uni ortiga qaytarib, bir ikki kun erin uyda tursin, odamlar qurish, Muhammadni qizi Zaynabni olib qolibdi Makkada, qaytaribdi degan gapni gapirishsin, keyin olib chiqib ketaver.

Uni bizni oldimizda qolishiga bizni hojatimiz yo'q. Ya'ni Zaynabni Makkada qolishini bizga keragi yo'q. Ammo ochiqchasiga olib chiqib ketma deyishdi. Amr ko'ndi, uyga qaytardi. Bir ikki kun o'tgandan keyin tunda olib chiqib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini qo'liga topshirdi. Shunday qilib Alloh Taoloning hukmi bilan Abul Osin Nurabedan Zaynab roziyalloha ajrab, Madinaga qaytib keldi.

Aquli qovli ha da, v astag'firulloh li valakum. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulilloh robbilar a'lamin. Vassalat vas salamu ala saidina Muhammad as sodiqul va'idil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'allam tana innakantala alimul hakim. Allohumma al imna ma ya'nfa una va anfa nabima allam tana vasidna ilma. Va arina al haqqa haqqon orzuqnat tibaa. Va arina al ba'tila ba'tilan orzuqnat jdi na'ba. Hoji anna minman yestami unal qobilov hayattabi una husana, vodixil nabirahmatika fii ibodika solihin. Ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. O'tgan darsimizda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qib, Abulos ibn Robi roziyallohu anquni hayotini o'qibgan edik. Oxirgi aytib kelgan joyimiz, Badr g'azotida Abulos asr tushganidan keyin, Rasululloh uni qo'yib yuborganligi va qizi Zaynab roziyallohu anhoni Madinaga kechiktirmasdan jo'natib olishligini shart qilganligini aytib to'xtatgan edik.

Bugun davom etkazamiz. Abulos nurobiyning islomga kelishlik qissasi. Abulos Rasulullohga bergan ahdida turdi. Makkaga yetib kelganidan keyin, Rosulullohning qizlari Zaynab roziyallohu anhoni kechiktirmasdan Madinaga qaytarishlikka harakat qildi. Rasulullohni sahobalaridan bir necha kishi Makkani tashqarisida kutib turadigan bo'lgan. Abuloz Zaynab roziallohu anhoni ularga olib chiqib topshiradi va ular Madinaga olib ketishligi kerak. Zaynab radiyallohu anha.

Abuloz zaydnab roziyallaohu anhoni jo'natib yuborgandan keyin bir muddat makkada yashadi. Ana shu makkani fati qilinishiga yaqin qolgan paytda, abulos yana bir karvonni boshlab shomga tijorat bilan yo'lga chiqdi. Katta karvon, yuzlagan tuyalar bor bu karvonda. Bu karvondagi chiqqan kishilarning soni yuz yetmishta edi. Bu karvon mana Shomdan qaytar ekan, Shomga borib tijoratni qilib qaytayotgan paytda, musulmonlar qo'shni ularga hujum qildi va karvonni to'laligicha musulmonlar o'lja qilib olishdi. Karvondagi mollar o'lja bo'ldi, karvondagi kishilar asir tushdi. Yuz yetmish kishi. Ammo bu asr tushganlarning ichida abulos emni robi yo'q edi. Qochib ketishlikka ulgurgan edi. Mana endi qochib ketgan, o'zini molini ham oldirgan, Makkaliklarni unga topshirgan omonat mollarini ham oldirgan. Endi nima qilishlikka hayron. Shunda abuloz tunni qorong'usida madinaga bir yo'lini qilib kirdida berkinib, o'zini ayoli zaynab roziyallohu anhani oldiga keldi da, himoya so'radi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelgan paytlarida, Qurayshdan biron kishiga Madinada omonlik yo'q deb e'lon qilgandilar. Ya'ni, Qurayshga hech kim omonlik bermaydi.

Endi omonlik nima? Bir odam kirsa Madinaga, bu odam meni himoyamda deb qo'ysa, biroq shu odamni, himoyaga odamni hurmatidan tegmaydi. Endi Qurayshlikka hech kim himoya berishi kerak emas. Zaynab roziyallohu anha nima ish qildi? Tong otdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidga chiqdilar. Mehrobga o'tdilar. Allohu akbar deb namozga quloq qoqdilar. Musulmonlar ham shunday qilishdi. Hamma jim turganida, birdaniga bir ayolning ovozi eshitildi. Bu Zaynab roziyo'llohu anha edi. Ey odamlar, men Zaynab binti Muhammadman, sollallohu alayhi vasallam. Abulos emni robini himoyamga oldim. Bas, sizlar ham himoyaga olinglar, dedi. Hamma namozda hech kim javob qaytara olmaydi, hech kim qimirlay olmaydi. Himoya o'tdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatib bo'lib, odamlarga qarab, men eshitgan narsani sizlar ham eshitdinglarmi? Dedilar. Shunda sahobalar ha deyishdi. Rostini aytdilar, jonim uni qo'lida bo'lgan zotga qasamki, hozir sizlar eshitgan narsani eshitmasimdan avval bundan xabarim yo'q edi, deb qo'ydilar. Ya'ni bu gapi bilan odamlarni qalbida paydo bo'lib qolishi mumkin bo'lgan shubhani ko'tardilar. Ya'ni ayrim odamlar gumon qilib qolishi mumkin edi. Ha, o'zlari kelishib olib turib, shunday qilishibdi. Shu gumonni ko'tarishlik uchun payg'ambarimiz shu so'zni aytdilar. Qarang, bu siz bilan bizga dars birodarlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bitta aytgan so'zlari, qilgan ishlari bizga dars. Bundan nimani xulosa qilib olamiz? Agar bir shubha paydo bo'ladigan holat bo'lsa, odamlarda qalbida gumonga sabab bo'lib qoladigan ish bo'ladigan bo'lsa, shu gumonni ko'taradigan sababni qilib qo'yish kerak. Savol paydo bo'lsa, javob berib qo'yishlik kerak. Odamlarda qalbi da gumon qolmasin. Agar aniqlik kiritib qo'ysangiz, gumon nima bo'ladi? Ko'tariladi.

Bir qissa keltiriladi. Bir kishi o'zini birodarini uyiga hayit kunidan ziyoratga bordi. Kirib o'tirgandi, uy degasi bitta tovoqda, to'ldir tovoqda bir tovoq shirinlikni olib kelib qo'ydi. Haligi mehmon shirinlikdan bittasini olib yeb turuvdi, yana bitta mehmonda boshlab keldi mezboni. Ikkinchi mehmon kelib o'tirdi, mezboni chiqib ketdi. Haligi ikkinchi kelgan mehmon tovoqda turgan shirinlikdan olib, bitta yedi, ikkita yedi, yeyaverdi, yeyaverdi. Tugadi.

Uyda egasi qaytib kirdi. Kirsa tovoq bo'm bo'sh. Shunda birinchi kirgan odam o'zidan bir xijolatchilikni ko'tarishlik uchun, gumonda ko'tarishlik ustida aytdiki, uyda egasiga birodar, Allohni guvoh qilib aytamanki, bu kishi sizni mendan ko'proq yaxshi ko'rar ekan. Chunki men yegandan ko'ra ko'proq narsangizni yedi dedi.

Chiroyli bir ishora bilan tushuntirib qo'ydi kimga ekanligini. Demak, ba'zida mana shunday bir aniqlik, aniqlik kiritib qo'yishlik kerak bo'ladi, toki gumonga yo'l ochilmasin. Mana Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni hayotini ibrat deyapmiz a. Bir kuni Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallam mana ramazonning oxirgi o'n kunligida e'tikofda o'tirgandilar. Bu hadis Buxoriy va Muslimdan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ziyoratiga Sofiya onamiz keldilar. Bir soatcha gaplashib o'tirishdi. Sofiya binti Hayy ibn Naqdab, Rasulullohni ayollaridan. So'ngra Sofiya onamiz turib, masjiddan chiqib ketmoqchi bo'lgan paytda, masjiddanchiib ketayotgan paytda, Rasululloh kuzatib chiqdilar da, eshikni tagiga aytganda ikkita ansor o'tib qolishdi. Kechki payt. Hali ikki ansor assalomu alaykum yo Rasulullohda o'tib ketishdi. Shunda Rasululloh to'xtanglar. Bu meni ayolim Sofiya binti Hay dedilar.

Haligi ikkovi ansoriyga bu gap og'ir keldi. Ya'ni bizni yomon gumon qilyapti deb o'lyapsizmi degandek, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu so'z og'ir keld. Shunda ikkalasi yo Subhanalloh, Rasululloh deyishdi. Shunda Payg'ambar biz aytdilar, innash shaytona yabulug'u minal insani iman bilahattam. Albatta shayton insonni qon tomirlarida yuradi. Fainni hoshiytu an yaqdiy fafiy quluu bikuman shay'an. Ikkovinglarda qalbinglarga shayton bir narsani kirgizib qolishidan qo'rqdim dedilar. Tushunarlimi?

O'zi shubhali joyga bormang, gumonli joyda turmang, keyin malomatga qolmang. Ya'ni musulmon odam o'zi ishdalibu kasiromina zon inna bag'dod zonning ism deydi Alloh Taolo. Ey musulmonlar, ey iymon keltirganlar, ko'p gumonlardan ehtiyot bo'linglar, gumonlardan. Chunki gumonlarni ko'rog'i gunoh bo'ladi. Vala tajassus. Josuslik qilib ham yurmaydi. Nimaga turibdi ku? Maqqa o'tish mashinangizni qarab turamiz, qayerdan chiqar ekan? Josuslik qilmaymiz. Avval o'zi unaqa shubhaga sabab bo'ladigan joyda turmaymiz. Agar shunday bo'lib qolsa, to'g'ri gumon qilib qo'yishimiz kerak. Mashinasi buzilib qolgandir, boshqa bo'lgandir.

Endi bu holatni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qilgan bu ishlarini mana minglagan holatlarga solib, biz o'zimizga andozlar chiqarib olishingiz mumkin bo'ladi. Al bayyan yatirudush shayton. Bayon shaytonni nari qiladi. Bayon shaydonni nari qilada. Endi muomaladami, tijoratda, nikohda, gumonga shubhaga joy qoldirmaslik kerak bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu yerda o'zini qizini sharafini ko'tarib, bu meni qizim. Yer yuzidagi eng sharafli qiz, shuning uchun himoyasi o'tadi demadilar. Balki aytdilarki, turib ketyapti. Va innahu yujiru minal muslimin adnahum. Musulmonlarni eng kichkinasi ham boshqalarga himoya beradi dedilar.

Demak, Abdulosimni robi mushri holatida musulmonlarnikorasida Madinada turibdi. Endi biroz tegmaydi unga. Sungirol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shu Abu Osni karvonini qo'lga olgan sariya kishilarni chaqirib aytdilarki, albatta mana bu kishini bizga kimligini bilasizlar. Taqiq uni molini qo'lg'a oldinglar. Agar uning mollarini o'ziga qaytarib berib, unga ikrom ko'rsatsanglar, bu bizni quvontiradigan narsa bo'lar edi. Bu biz yaxshi ko'rgan ish bo'lar edi, agar xohlamasanglar, bu Alloh Taolo sizlarga bergan o'ljasi. Unga sizlar haqlisizlar dedilar.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sahobalarga berayotgan ta'limini go'zalligini qarang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar dengizga sho'ng'iylar desa, bironta sahoba ikkilanmasdi dengizga shong'iyda. Ammo shunday bo'lsa ham payg'ambarlarimiz odamlarni nafslarini haqiqatini bilardilar. Buyurmadilar, balki nima qildilar? Maslahat soldilar. Chunki sizlarda haqqinglar agar yo'q desanglar.

Sohibalar payg'ambarimizni bu taozusiga, bu kamtarligiga chiroyli javob qilishdi. Hammasi aytishdi yo rasululloh, qaytarib beramiz bolam deyishdi. Siz xohlagandek, siz yaxshi ko'rgandek. Ana payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamga bo'lgan muhabbat. Yo rasululloh men sizni alloh uchun yaxshi ko'raman dedi. Bir kishi. Rasululloh nima degan ekaniga qara dedilar. Men sizni Alloh uchun yaxshiroq ko'raman dedi haligi kishi. Rasululloh yana aytdilar, nima degan ekaniga qara. Uchinchi marta ham shunday deganida, agar gapirayotgan gaping rost bo'lsa, kambag'allik senga oyoq kiyimingni bog'ichidan ko'ra yaqinroq bo'lishiga tayyor tur dedilar. Ya'ni menga muhabbating rost bo'lsan, mashaqqat qiyinchilikka tayyor tur. Siz agar Alloh uchun yaxshi ko'rayotgan bo'lsangiz birodaringizdan, mashinangiz kerak bo'lib qoldi desa, o'ylamasdan berishingiz kerak.

Musulmonlar Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni talabiga ko'ndilar va aytishdiki Abuloz, sen qurashni sharafli odamlaridansan, yana Rasulullohni kuyovisan, Islomni qabul qilmaysanmi? Islomni qilib qilsang, molni hammasini senga beramiz, o'zimizni ulushimizni ham senga beramiz. Mazza qilib, mazza qilib Madinada qolavermaysanmi? Abuloz nima deb javob berdi? Meni xiyonatga chaqirib yaxshi ish qilmadinglar dedi.

Ya'ni Makkaliklarni omonat mollari bor. Agar hozir musulmon bo'lsa, shum bolalar hammasi Abulosniki bo'ladi. Abulosni qo'liga hamma molni topshirishdi. Karvonni to'laligicha Makkaga boshlab keldi. Hamma omonat mollarini egalariga topshirib, bittama bitta tugatgandan keyin aytdiki, qurash jamoasi, menda birorta yerda haqqinglar qoldimi? Yo'q. Seni Alloh yaxshilik bilan mukofotlasin. Seni vafodor, karim inson ekanligingni ko'rdik deyishdi. Shunda Abul Hosaynni men sizlarda haqqinglarda ado qildim. Yana men guvohlik beraman. Allohdan o'ziga iloh yo'q va Muhammad uning rasuli va elchisi. Ashxadu alla iloh illalloh va ashxadi anna Muhammad rasululloh dedi. Mana endi, mana shu paytda keltirilgan islom, mana shu qabul qilingan vaqt eng munosib vaqt edi. Chunki omonatlar ado qilib bo'lindi. Agar Madinada qolib turib kalima keltirib qolib qolganida, nima derdi odamlar? Bu bizni pulimizni yeb ketish uchun musulmon bo'lib oldi deyishardi.

Mushrik odamni qo'rqini ko'ring. Omonat deyildi. Keyin Abbor aka aytdiki, mollarimizni yeb ketishi xohlagan ekan, degan gumon qilib qolishingizdan qo'rqqanim uchun, Muhammad alayhissalomni u yoqda islomda e'lon qilmagan edim dedi. Keyin Madinaga qaytib keldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ikrom ko'rsatdilar va Zaynab onamizni kuyoviga qaytarib berdilar. Payg'ambarimiz aytgandilar, Abulos hadasaniy fasadahaniy va va'daniy va vaf'aniy. Abulos menga gapirib rost so'zlagan edi, va'da berib vafo qilgan edi dedi. Shu bilan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning katta kuyovi Abulos ibn Robiya roziyallohu anhu islomga kirdi. Bu kishini hayotidan olinadigan xulosalar.

La iman aliman la amanatala va la dinaliman la ahdala. Omonatdorligi yo'qligi odamni iymoni bo'lmaydi. Ya'ni iymoni bor odam omonatdor bo'lishligi kerak. Ahdiga vafo qilmagan odamni dini bo'lmayd. Dogovor qilib qo'yib buzib qo'yaveradi. Kelishib turib aynib ketaveradi. Bu odamni iymonidagi, diniydagi katta nuqson hisoblanadi.

Ikkinchidan, maslahatlashlik odamlarni qalbini sizga moyil qiladi. Rasululloh byurosi, sahobalar bajarishardi, ammo rasululloh badrda holatida, asrdan ozod qilayotganda ham, g'animov bo'lib qolgan o'ljalarni qaytarib berayotganda ham payg'ambarimiz nima qildilar? Sahobalarga maslahatlashdilar. Uchinchidan, holatni bayon qilib qo'yishlik, gumon shubhalarni ko'tarishlik, birodarlar, musulmonni hayotini hayriyatga etaylik da. Gumon qop qolmasin. Gumon qopqolmasin.

To'rtinchidan, Zaynab roziyallohu anhoni himoyasini Payg'ambarimiz tan oldilar, shariy hukmni bayon qildilar va solih amalni rad qilmadilar. Va oxirgi xulosamiz, Abulosib Nurabiy Payg'ambarimizni qizini qo'yib yubordi deb turib qurash talab qilgan paytda, qo'yib uyg'onmadi, go'zal huquqni ko'rsatdi. Va mana shu xulqi keyinchalik kuchini musulmon bo'lishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun birodarlar, dindan uzoq yurgan birodarlarimiz bilan, qarindoshlarimiz bilan, ulfatlarimiz bilan muomala qilayotganda hushyor bo'lishligimiz kerak. Arag' ichar ehtimol, zino qilar, qimor o'ynar.

Ammo mana shu odam bilan ham chiroyli muomalangizda, go'zal islomiy xulqingizda turadigan bo'lsangiz, uni qalbi yo'l ochiladi. Uni qalbiga yo'l ochilad. Obid fosiqni ko'rganda xo'mrayib qaraydi. Olim fosilni ko'rganda tabassum qilib qo'yadi. Obid faqat ibodat qiladi, ilmdan bexabar u. Da'vat hikmatidan bexabar u, fosili xumray o'tib ketadi. Endi olimchi? Shunga bir tabassum bilan muomala qilib qo'ying, yaxshi muomala qilib bo'ying, shoyad bir kun nima bo'lib qolar?

Mana shu chiroyli muomala sabablik, go'zal xulq sabablik islomga kelgan ayrim odamlarni, tavbaga qaytgan ayrim odamlarda qissalari. Raqqosa qissasi. Musulmon yurtdan raqqosa. Tavbaga qaytdi. Tavbaga qatishlik sababini so'rashganda aytdiki, mendan avvalroq tavbaga qayotgan dugonalarni ziyoratiga keldim. Ularda majlis yig'inida o'tirdim. Ularda majlusini, mendan majlisimni afzalligini ko'rdim majlisimdan. Orasida rostgo'ylik, mehr oqibat, nasihat, saodat bor edi. Ammo meni majlisimda chi?

Nima bo'lardi u aktrisalarni ichida? Soxta. Albatta o'zini baxtli qilib ko'rsatish kerak. Ichida to'ng'iz o'ylayotgan bo'lsa ham, mana shu iji yeb turish kerak. Riyo, xo'ja ko'rsin, yolg'on, ta'na, maromat. Mana shu majlisdagi kayfiyat u ayolni tavba yiqitishiga sabab bo'ladi. Yana bitta sabab shuki, mana shu majlistdagi solih ayollar buni o'zidan nari qilishmadi.

Ma'qulmi? O'zidan nari qilmadi, tuzaldi. Agar nari qilganda tuzalamidi? Tuzalmas edi. Shuning uchun modomiki bizga dushmanlik qilmayaptimi, o'sha dindan uzoq yurgan birodarimiz, oshnamiz, ulfatimiz. U bilan chiroyli muomalada bo'lishligimiz shart. Toki bizni xulqimiz tufayli islom yig'ib qolsin, yurib qolsin. Mana bir ming to'qqiz yuz o'n uchinchi yilda tug'ilib, ikki ming o'n ikkinchi yilda o'lgan ekan, fransiyalik yozuvchi, filosof, siyosiy arbob. To'qson to'qqiz ga kirib o'lgan ekan. Shu odamni islomga kirish tarixi bor. Rajay garodiy degan odam ekan. Fransuz yozuvchisi, filosof, siyosiy arbob. Islomni qabul qildi, qisqacha xulosasi shuki, ikkinchi jahon urushida asr tushdi u. Uni qatl qilish yaqinida hukm chiqdi. Bir musulmon yigitni qo'liga topshirishdi, olib chiqib, uni otib yuborishlik. Haligi musulmon yigiti olib chiqib turib, unga aytdiki, meni dinim asrni qatl qilishlikni men qiladi, qochib ket deb qo'yib yubordi.

Qarang. Mana shu roja garoviy aytadiki, mana shu holat islom bilan birinchi marta tanishishim edi. Undan avval islom haqida hech narsa bilmas edi. Mana shu holat menga universitet o'rgatmagan ko'p narsani o'rgatdi. Shu vaqtda o'zi islomni qabul qilmadim. Uzog'i yillar o'tdi deydi. Qirq yil o'tdi. Uni mana shu gapi, ana shu qilgan muomalasi uni o'ylantirdi. Bir ming to'qqiz yuz sakson ikkinchi yilda oltmish to'qqizga kirganda islomni qabul qildi. Bir musulmonni qilgan muomilasi, unga ko'rsatgan xulqi islomiga sabab bo'ldi.

Germaniyalik bir kishi haj qilgani keldi. Shayx Muhammad Ro'hatiddin Abdusiy shu darsda keltiradi. Nemis odam islomga keldi. Islomini sababini so'rashganda aytdiki, meni uyimda deydi, o'sha bir musulmon yigit yashar edi, tolib, student. Bo'ladi haligi til o'rganishlik programmasi bo'yicha o'sha g'ayridinni oilasida yashaydigan student til o'rganilishlik uchun.

Bu nemis kishini juda ham bir chiroyli qizi bor edi. Haligi musulmon yigiti umuman qaramasdi u qizga. Ro'parasiga esa teskari qaraydi, xullas bir joyda o'tirmaydi. Endi u yurtlarda u balog'atga yetib qolgan yigit qizlarni bir biri bilan muomala qilishi, boshqa ishlar, oddiy holat. Ammo bu yigitni tutgan mavqefi, ko'rsatgan xulqi haligi odamga ta'sir qildi. E sen odam bolasimisan devorda oxiri. Keyinchalik islomiga sabab bo'ldi. Shuning uchun birodarlar, da'vat, gapirib qilinadigan da'vat bor, indamay turib qilinadiganday da'vat bor. Gapirib da'vat qilishlik hammamizni qo'limizdan kelmaydi. To'g'rimi? O, zo'r masala bo'ldi bugun deydi. Nima bo'ldi desa aytib bera olmaydi. Endi tushunarli endi, hammani qo'lidan kelmaydi bu narsa. Ammo birodar, indamay turib da'vat qilib qo'lingizdan keladi.

Ma'qulmi? Chunki go'zal xulq musulmon odamni eng zo'r da'vat qiladigan aslbobu bo'ladi. Agar biz chiroyli xulqimizda tursak, islomiy xulqimizda turadigan bo'lsak, bizni indamay turishligimiz o'zi nima bo'larkan? Da'vat bo'lar ekan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, vallohi ma'za man na husehron, vallohi abu laosni kuyov sifatida bir yomonligini bilmaymiz dedilar. Abu laosni mana shu go'zal xulqi keyinchalik islomiga sabab bo'ldi. Alloh subhanahu va taolo barchalarimizni mana shu rasululloh sollallohning sahobalar nihoyatini o'qib o'rganib, ulardan ibrat olishimizga tavfiya berishini so'raymiz. Aquli qovli ha davos tafirullohi li valakum.

Keyingi darsni tinglashSahobalar hayoti