# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 14 of 510
- Section: —
- Duration: 32 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/14
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/mvXCSmvvCNI.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=mvXCSmvvCNI
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/13.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/15.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbilar amin. Va la aqibatu ila muttaqin. Vassalatu vassalamu ala Saidina Muhammad as sodiqil va adil amin. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Ammabayn, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh subhanah va taoluh ushbu saidul ayyom kunini barchamizga barokatli qilgan bo'lsin.

[0:38] Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizning ellik birinchi si, ijtimoiy tarbiyaga aksa urush va esnash olov. Bismillahir rohmanir rohim. Farzand birodarlar Alloh Taoloni inson bolasiga bergan eng ulug' ne'matlardan bittasi. Kishi o'zi vafot etib ketishi mumkin, amallari to'xtaydi. Ammo Alloh azza va jalla buyurganidek, shariatimiz talab qilganidek farzandlarini tarbiya qilib o'tib ketgan bo'lsa shu o'tgan odam, bu odam o'ldi, o'shdi, bo'lmaydi. Modomiki farzandlari solih amalda davomiy bo'lar ekan, bu otani savobli amallarida davom etib turadi. Shuning uchun farzand tarbiyasi siz bilan bizni hayotimizdagi eng muhim bo'lgan nuqtalardan bittasi. Chunki siz oltmish yil yasharsiz, yetmish yil yosharsiz, baribir o'tasiz. Ammo farzandlar shariatda aytilgandek tarbiya qilingan bo'lsa, ehtimol ming yil sizga mana shu amalda sog' bo'lib borib turar. Farzandingizni farzandi tarbiyali bo'ladi, uni yana farzandi tarbiali bo'ladi. Demak, muhim narsani ustida o'tiribmiz, birodarlar.

[1:49] Hushyor insonlar o'zlarini oldiga qo'ygan maqsadlariga yetishliklari uchun odamlarni muhabbatini qozonadi. Ana shu muhabbatni qozonish uchun kerak bo'ladigan go'zal xulqlar bilan o'zlarini bezaydi. Eshitib qolamiz. Falonchi nihoyatda bir kichik ko'ngil bo'lib ketibdimi, siniq bo'lib qolibdimi, hamma bilan bir xil muomala qiladigan bo'lib qolabdimi, u vaqtincha kiyib olingan xulq bo'ladi u. Biror bir mansabga qarador bo'lib turgan bo'lishi mumkin. Shu mahalladagilarda mehrini, muhabbatini qozonsa, oldiga qo'ygan maqsadiga yetishligi oson bo'lishi mumkin. Demak, uni xulqi, uni odobi bu hunar deyiladi. Hunar deyiladi.

[2:37] Lekin bu kishilarni xulqi shariatimiz talab qilgan xulq deb aytilmaydi. Endi bu masalada agar oldiga qo'ygan maqsadini amalga oshirishlik uchun, niyatiga yetishlik uchun ko'rsatilayotgan xulq, bu masalada g'arb siz bilan bizdan allaqachon o'zib ketgan. Axloqlik bo'lish, kechirimli bo'lish, odamlarda haq huquqlarini rioya qilishlik haqida chiroyli so'zlar gapiriladi, ana shu g'arb o'lkalarida. Ammo ana shu g'arb o'lkalardagi ayrim mamlakatlar butun butun millat, butun butun xalqlarni, qabila elatlarni yo'q bo'lib ketishiga harakat qiladi, xizmat qiladi.

[3:14] Hayvonlar huquqi himoya qilinadi. Ammo bu yoqda butun butun boshli insoniyat qirilib ketaveradi, bu narsaga e'tibor ham berilmaydi. Demak, ularni ko'rsatayotgan bu xulqi ma'lum muayyan bir maqsadda yetib olishlik uchun qilinayotgan xulq. Dindan uzoq bo'lgan hushyor kishilar odamlarga yoqadigan xulqni, fe'l atvorni ko'rsatadi. Modomiki o'sha maqsadiga shu narsa yetkazadigan bo'lsa. Qachonki ularni oldiga qo'ygan maqsadi bilan o'zini foydasi bilan odamlarni foydasi to'nashga qoladigan bo'lmasa, o'zini foydasini albatta birinchi o'ringa qo'yadi. Boyagi niqobni yechadi, o'zini asl basharasini ko'rsatadi da. Masalan, mijozga nisbatan muloyim bo'ladi, sabrli bo'ladi. Modomiki klienti mana shu mijozni cho'ntagida puli bor deb o'ylasin.

[4:06] Ammo u klienti u mijozni cho'nagida puli yo'qligini bilib qolsa, boyagi muloyimlikdan asar ham qolmaydi. Shuning uchun biz aytayotgan xulq, biron bir dunyoviy maqsadni qo'lga kiritish, biron bir foydaga yetishlik uchun ko'rsatilinadigan xulq emas. Buni aytmayapmiz biz. Biz asl xulqni aytyapmiz. Bu shunday xulqki, siz bilan bizni ikki dunyoda saodat yetkazadigan xulq u. Bu xulq shunaqa xulqki, banda bilan robbisini o'rtasida bo'layotgan aloqadan kelib chiqqan. Xulq. Asl xulq.

[4:42] Xulq. Komillik. Birodarlar, islomiy axloqlarni o'zimizda jamlashlikni ikki xil yo'li bor. Birinchisi, Alloh bilan bo'lgan aloqangizdan kelib chiqadigan huquq. Ikkinchisi, ta'lim tarbiya orqali kasb qilinadigan huquq'. Bir odam bir muammoga kirib qoldi, bir mushkulaga kirib qoldi. Qanday bir yechim qilishni, qanday bir qaror qabul qilishlikni bilmaydi, ammo o'zini tabiatidan kelib chiqib turib, bir ishni qiladi da, shu qilgan ishi shariatdagiga mos bo'lib qoladi. Xuddi shariatdagi aytganidek qilib qilib qo'ydi. Ammo bilmas edi buni hukmini. U qayoqdan bildi? O'z o'zidan shariat hukmini amalga oshirib qo'ydi.

[5:31] Uni bunday bir to'g'ri yechimga, to'g'ri qarorga ilhomlanishligini sababi Robbisi bilan bo'lgan aloqasi. Alloh ilhomlantirib qo'yadi. Alloh taolo ilhomlanturib qo'yad. Shu ma'noda to'g'ri bo'lsa kerak deydi da, qilsa haqiqatdan to'g'ri chiqadi. Kamola bu insonni qalbi alloh bilan bog'langanligi, xolis alloh uchun ibodat qilayotganligi, maqsadi allohni roziligi bo'lganligi uchun alloh shuni yo'lga boshlab qo'ydi.

[6:04] Ikkinchi yo'li, bu ta'lim tarbiya yo'li. Kitob o'qidi, ma'ruza eshitdi, rasulullohning hayotidan, sahobalardan hayotidan o'qib o'rgandi va bundan o'ziga kerakli narsani oldi. Bu ikkinchi yo'li. Demak, chiroyli xulqga ega bo'lishni yo'li ikkita ekan. Birinchisi, alloh taolo sizni tabiatingizga joylab qo'ygan ilhomlantirilgan xulq, u tevadan berilgan u, mukofot tariqasida berilgan. Ikkinchisi, o'qib o'tkazishni yo'li.

[6:34] Insonni ehtiyojlari bor. Kimdir uni yaxshi ko'rish kerak, u ham kimnidir yaxshi ko'rinishi kerak. Kimdir uni qilgan mehnatini yoki o'zini qadrlashligi kerak, xotirjamligi kerak. Odamlarda bir yordami ko'mak ko'makka kerak bo'ladi. Bu narsalar, qadrlanish, mehr, kun, omonlik, quvvat, ko'mak yordam, boshqalarni ilm tajribalaridan foydalanish, bu narsalarga ega bo'lishligi uchun kishi yolg'iz ajralib yashashligi kerak emas. Jamiyatni o'rtasida yashashligi kere bo'ladi. Shuning uchun bu narsalar insonni odamlarni orasida bo'lishlikka undaydi. Birodarlar, bizning maqsadimiz nima? Bizning maqsadiimiz Alloh Taoloni roziligi.

[7:25] Bandalarga xizmat qilish va ularga foyda keltirish orqali Allohga yaqin bo'lish maqsadimiz. Odamlarni ko'rasan, faqat o'zi uchun yashaydi. Jamiyatga aralashmaydi. Na oyoq qo'li bilan xizmat qiladi odamlarga, na moli dunyosi bilan, faqat uzi uchun yoshaydi.

[7:47] Bizni Allohga ibodat qilishligimiz, bandalarga xizmat qilib, ularga foydali bo'lishlik yo'li bilan bo'ladi. Ya'ni islom uzlatga buyurmaydi. Yana inson mana boyagi aytilingan mehr, uns, muhabbat, odamlarda qo'llashi, odamlarda qadrlashi uchun jamiyatda bo'lishligi kerak. Shuning uchun odamlarni orasiga intiladi. Ammo ba'zida insonni yolg'iz qolgisi ham keladi.

[8:19] Man zada ala haddixiy inqalaba ala ziddixiy. Qoidani qarang. Qaysi narsa haddidan oshib ketsa, ko'payib ketsa, ziddiga aylanadi. Qaysi narsani chegarasidan oshirib yuborsa, undan ko'zlangan maqsad emas, balki teskarisi bo'ladi. Xuddi shunga o'xshagandek, odamlarni orasida yashashing kerak ekan deb turib, hadib intilaversa, hadib intilaversa, ko'payib kelsa, zerikib ham qolasiz odamlardan. Shuning uchun inson tavozimda bo'lishi kerak. Odamlarni og'asida bo'lishga ham harakat qiladi. Yolg'iz bo'lishlikni ham unutmaydi.

[9:00] Kishini o'zini shaxsiy foydasi va jamiyatni foydasi. Agar shu ikkalasi to'qnash kelib qolsa, bittasini tanlash kerak bo'lib qolsa, albatta, Allohni tanimagan odam o'zini foydasini birinchi o'ringa qo'yadi. O'zini manfaatini birinchi o'tkazib qo'yadi da. Ko'rasizlar. Xalqni molidan taqvo qilmaydigan odamlarni.

[9:24] Yetimlarni haqqi, qarilarni haqqi. Yo'l haqqi. Qo'yingki, odamlarni haqqini yegishlikdan qo'rqmaydigan odamlar bor. Balki bu narsani kasb hunar qilib olganlar bor. Endi qarab turinglar da, qayoqqa saplaydi o'shalar topgan pulini. Besh yil, olti yil zo'r yashaganga o'xshaydi yu. Agar hayotini formulasini oxiri hisoblab tengini bossangiz, hayotdan bir mazza topmaganligini ko'rasiz. Musulmon odam unday bo'lmaydi. Musulmon odami hayotini maqsadi? Odamlarga xizmat qilishlik orqali, odamlarga foydali bo'lishlik orqali, Allohga yaqin bo'lish. Biz musulmonlar, agar bizni shaxsiy manfaatimiz bilan musulmonlarni, jamoatni manfaatida to'qnash kelib qoladigan bo'lsa, biz o'zimiznikini qo'yib, musulmonlarnikini olamiz. Musulmonlarga ko'proq foydali bo'lgan tomonni olamiz.

[10:15] Innama nutaymukum li wajhillah ila nuridu minkum jaza avvalo shukuro. Alloh Taolo aytadi, solih bandalarin maqtab, ular ayturlar. Biz sizlarni yolg'iz Allohning yuzi uchun tamomlantiraveramiz. Sizlardan bu ishimiz uchun biron mukofot va minnatdorchilik istamasmiz, kutmasmiz.

[10:38] Jamiyatga foydali ish qiladi, esdan chiqaradi. Jamiyatiga foydali ishqiladi, minnat qilmaydi. Musulmonlarga foydali ishti qiladi, unutadi. Odamlarga, jamiyatga aralashib yashash deydi, Islom buyurar ekan bizga. Odamlarga foyda ketilishi deydi, buyurar ekan biziga Islom. Ammo shunday o'rinlar bo'ladi, buni ham unutmasligimiz kerak. Odamlarga aralashsangiz, shu jamiyatga arazlasangiz, u yig'inlarda, u majlislarda gunoh, ma'siyat, Shariat man qilgan ko'rinishlar bo'lsa, bu jamiyatdan ajralishlikka ham yuradi Shariatimiz.

[11:19] Xuddi siylay rahmga buyurgandek va siz siylay rahm qilmoqchi bo'lgan qarindoshlar gunoh emas deyapti va turib oladigan bo'lsa, ajralish deydi buyurganidek. Tushunarli bo'ldimi? Endi jo'ralarimni ajratishim kerak emas ekan deb turib, ichadigan, qimoronaydigan, ibodatdan uzoq turib oladigan bilsa, bu jo'rani voz kechishlik qamom oladi, Shariatni buyurib oladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlar, Imomu hokim va Bayhaqiylar keltirgan hadisdan. Bayhaqiylardan keltirilgan hadisdan, Abuzardan. Al viyaqdatu xoyrun minjali ses suv.

[11:56] Yomon hamsuhbatdan ko'ra, yolg'izligi yaxshi. Tushunarli bo'ldimi? Yomon do'st, yomon ulfatdan ko'ra, yorg'iz bo'lishligi yaxshi! Chunki yomon bilan bo'ladigan bo'lsangiz, albatta, yomonlikka yetaylik deb. Mana endi aksa urishlik odobi.

[12:19] Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan keltirgan hadis. Rasululloh aytadilar, ida atosi ahadukum, fal yaqul alhamdulillah. Agar sizlardan biringiz aksa ursa, alhamdulillah desin. Val yaqullohu ahuhu av sohibuhu yarhamukalloh. Uni eshitib turgan birodari yoki akasi yoki ukasi unga yarham mukalloh desin. Fayza qolalah yarham mukalloh, fal yaqul yahdiykumullohu va yuslih balakum. Endi bu akasi yoki birodari yarham mukallohdesa, aksa urgan odam yahdiykumullohni va yuslihu balakum desin. Alloh sizlarni hidoyat qilsin va aqllaringizni isloh qilsin. Bu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnati. Bizda aksi urganda nima deymiz?

[13:14] Sog' bo'ling deymiz. E bu ham ajoyib ekan, bu ham bitta ilm ekan. Uchtadan, to'rttadan oshib kelsa tush ko'rishi, keyin sog' bo'ling deb qo'ysa bo'laverar ekan. Uchtagacha yarham ukalloh deyilar ekan. Chunki undan keyingisi gripp deyilar ekan, mazkur, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir odam tushgirganda, arham ukalloh dedi. Uch marta tushgiruvdi, arham ukallohni, to'rtinchi marta tushgirdida, bu gipokan degan ekan. Mazukun degan ekan Payg'ambar.

[13:44] Yana bir rivoyatda, falyoqul, huva, falyoqul huva, yavfirulloh ulani valaqul. Bu Abu Dovudan. Yana bir riv oyatda, bas, u bizni va sizni Alloh mag'firat qilsin. Desin deyilgan. Demak, Alhamdulillah, yahdiykumulloh yuzlih balakum, yag'firallohu lana valakum. Bu kalimalar musulmonni o'rtasidagi unisni, mehrni, muhabbati paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

[14:15] Idha atasi ahadukum, fahmidalloha, fashsham mituhu, fainlam yaxmadi inlah, falatusham mituhu. Mana endi ayrim holatlarda bir odam aksa uradida, Alhamdulillah demaydi. Rasululloh aytadilar, bu hadis Imom Muslimdan Abu Muso roziyallohu anhun rivoyat qilgan. Agar sizlardan biringiz aksa ursa, Allohga hamd aytsa, bas unga yarhamukalloh deb javob ber. Agar hamd aytmasa, unga yarhamukolloh deb javob berma.

[14:53] Kelishdik a? Alhamdulillah desa, yarham ukalloh deymiz, aks holda indamaganimiz sunnatdan bo'lar ekan. Imom Buxorodan keltirilgan hadis, Anas roziyallohu anhudan. Atasaroj yo'lani aynan Nabiy sollallohu alayhi vasallam, fashsham mata ahadahuma, valam yushanmid al oxir.

[15:16] Rasulullohni oldida ikkita odam aks urdi. Rasululloh bittasiga yalhamukalloh dedi, ikkinchisiga indamadi. Faqoli rojul, ya rasululloh, shammatta ha da, valam tushammitniy. Boyagi ikkinchisi, yo rasululloh, bunga yalhamukallohni deb aytdingiz, menga aytmadingiz dedi. Holi, inna ha da, hamidulloha, valam tahmadillahi. A bu alhamdulillah dedi, sen allohga hamd aytmading dedi. Demak, alhamdulillah desa, alhamdulillah deymiz.

[15:56] Hushyor, aqlli otalar farzandlarini tarbiyasiga beparvo bo'lmaydi. Ko'rasizlar, ikkita duoni yodlasa, bir qandaydir hadya olib berayotganini ko'rasiz. Qiziqtiradi, rag'batlantiradi. Nimaga menga yo'q desa, bu ikkita sura yodlabdi, sen yodlasang senga ham beraman. Mana shunday narsani bilan farzandlarda tarbiya qilishni yo'li, xususan yosh bolalarda, nohatta bir foydali bo'ladi. Kuyukuvchanlik bo'ladi yu bolani tabiatida. Endi men ham yotdayman deydi da, mana shu narsani amalga oshirishlikka kiradi.

[16:31] Ayrim otalar o'zini farzandidagi kamchilikni ko'radi da, faqat kamchiliginglar gapiraveradi. Kimda ayb yo'q. Kimda kamchilik yo'q. Hamma farzandda kamchilik bor. Fazilat bor. Hushyor ota, farzandini bir kamchiligini ko'rganda, avval fazilatini gapirib, maqtab turib, orqasidan tanqid qiladi. Odatda qanaqa bizda?

[17:00] A buyurgan ishingizni to'rttasini qilibdi, beshinchisiga ulgurmabdi. Nimadan boshlaymiz? Mana o'tdi qirqiydi qo'yga. To'ldirib qo'yadi, lekin tushirib qo'ymaydi. Qachon qorasa ishni chol qilasan? Shuni qilib qo'ysang o'lasanmi? Shundan boshlanadi. Shunda. Shunda nima qilinar ekan birodarlar? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sunnati bir fazilatini gapirib, maqtab turib, orqasidan aytilinar ekan. O'g'lim, shu namozga bir polvonligingiz yaxshi. Menga gap qaytarmaganingiz zo'r, onangizga aytayotganligingiz yaxshi, ukalaringizga yaxshi gapirganingiz zo'r u, shu ma'no kamchiligingizni to'lasangiz yaxshi bo'lardi desa, tuzalishligiga foyda qilarkan shu tanqid. Biz nima qilmaymiz? O'zimiznikida. Darrov nimasini gapiramiz?

[17:54] Aytyapman, agar yaxshiroq qashlatilsa, yig'laydigan bolalar bor hozir ichimizda. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayotidan olamiz misol. Rasulullohning kuyov bolasi Abulos ibn Robiya Badr g'azotida asr tushdi. Mushriylar tomonidan kelib, musulmonlarga qarshi, Rasulullohga qarshi qilich ko'tarib keldi. Asr tushdi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nima dedilar?

[18:18] Va adaniy fa vafali. Abulos menga va'da berib, ahdida turgan odam edi dedi. Mushrik qilich ko'tarb keldi, asr tushdi? Rasululloh uni bitta fazilatini gapirib qo'yapti. Mushiriyni. Endi qanday biz farzandimizni bitta fazilatini gapirib qo'ymaymiz? Tanqid qilishlikdan avval. Mana shu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shu aytgan so'zi keyinchalik Abu La Osib Nurabeni qalbi yumshab, islomga kirishiga sabab bo'ldi. Yana bitta hodisa. Abu Bakrata roziyallohu anhu Rasululloh namozida rukuda turganlarida, masjidga kirdi da, hali safga yetib kelmasdan turib, ruku qilib, kirgan joyida. Rukyu qilgan holda Rasulullohni safiga kelib qo'shildi. Rukyu qilib yurib keldi.

[19:07] Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozini tugatib, ayyuqumulladiy roka adon as sof. Summa mashayla sof. Qaysi biringlar safdan tashqarida rukyu qilib, safga yurib kelding dedi. Qol Abu Bakrata, ana. Men dedi Abu Bakrata. E shunaqa ham qilasizmi ey?

[19:31] Tashqarida riku qilib yurasizmi? Demadi. Nimada maqtashi mumkin? Qolunabiyey sollallohu alayhi vasallam a'la zada kalallohu xirson va la ta'ut. Alloh sizni namozga bo'lgan xirsangizni yana ham ziyoda qilsin. Ammo bunday qilmang qaytib dedi. Ya'ni birinchi gap nima bo'ldi? Maqtov bo'ldi. Shu ruknuni yo'qotib qo'ymaydi deb rukn qiluvdi da. Chunki borgunimcha, qiyomga turib ketmasin deb ruknni topish uchun ertta rukn qilib oluvdi. Rasululloh maqtab turib, uni xarisligini, lekin orqasidan buni qaytarmang dedi. Demak, otalar, onalar, mana shu narsadan xabardor bo'lishimiz kerak. Farzandimizni biror bir kamchiligini tanqid qilib, gapirmoqchi bo'lsak, avval bir ikkita fazilatini ham gapirib qo'yaylik. Toki ko'chadan kirganimizda bezib turmasin o'g'limiz, qizimiz. To'g'rida, endi bolada nima qilsin? Bizda bo'lmagan bu kamchilik. Bizda ham bo'lgan u.

[20:38] Birodarlar, odamlarni boshqarishlik ulkan bir fan. Kishi bir korxona rahbari bo'ladimi? Oilani bir otasi bo'ladimi, hushyor bo'lishligi kerak. Ha bir ishchi kech qolib keladi har safar. Darrov uni kech qolib keganligi bilan boshiga urmasdan, uni hozirgi aytganimizdek, sizni omonatdorligingiz, ishingizni puxta bajarishingiz zo'r. Mana shu masalada hamma sizni bir havas qiladi, ammo shu kech qolib ketishingizni ham yo'q qilganingizda yana ham chiroyli bo'lardi, deyiladigan bo'lsa, boyagi odamni tuzalishiga albatta bu yaxshi ta'sir qiladi.

[21:16] Za'dakallohu xirson va la ta'tut. Payg'ambarimiz Abu Bakr otaga, namozga bo'lgan xaridligingizni Alloh ziyoda qilsin, lekin bu ishni qaytarmaydi. Farzandlar otalarning bo'ynidagi omonat. Bu juda ham muhim va xatarli, jiddiy narsa.

[21:41] Adashmayman. Odamlarda to'qson foizi farzandlarini tarbiyasi bilan shug'ullanmaydi. Mubolag'a bo'lmaydi bu gap. Xususan hozirgi zamonda. Avvalgi davrlarda televizor ko'p bo'lmagan paytda dasturxonni ustida oila a'zolari yig'ilar edi, ota ona farzandlariga tarbiya berar edi. Yomon bo'ladi degan gaplarni hujjat qilib yurib, bir narsalarni o'rgatar edi. Ammo hozirgi kelib turib, televizor ishtirok bo'lib ketdi. Televizor bizga xo'jayin bo'lib qoldi, farzandlarini tarbiyasi bilan shug'ullanmayapmiz birodarlar, tan olinglar. Interneti borlar, u narsa bilan u ham ishi ham yo'q.

[22:21] Farzandi bor odam, boy badavlat odam. Modomiki tarbiya qilgan bo'lsin. Modomiki tarbiyani qilgan bo'lsa. Ota ona farzandini saodati bilan saodatli bo'ladi. Farzandini shaqovati, baxtsizligi bilan o'zi ham baxtsiz bo'ladi. Bir odam dunyosi kattadur. Soppa sog'dur. Katta bir mansab egasidir. Qandaydir bir ilmiy unvonlarga egasidir. Ammo farzandi badbaxt bo'lgan bo'lsa, bu odamni baxti komil emas. Bu odam baxtsiz odam. Endi aksincha, farzandlari otasi, onasi xohlagandek bo'lib ulg'agan bo'lsa, mana shu farzandi ota onasi baxtli odam. Chunki dunyodan ketyapti, xotirjam ketadi. Chirog'imni yoqadigan bor.

[23:11] Namozida robbi g'ufirli va livo alida aya deydigan, parvardigor meni kechirgin, ota onamni kechirgin deydigan bor. Xotirjam ketad. Odamlar bor, farzandini zo'r tarbiya qilgan. Bolalari balovat ketgandan keyin, qo'lidagi mehnatini, tijoratini, hunarini olgan. Shu do'kondor.

[23:33] Shoshmasdan o'n bir, o'n ikki da tushadi do'konga. O'g'li borib do'konda ochib, zo'r ishni yurgizyapti. Boradi, bir soat o'tiradi, bir perak choy ichida qaytib keladi. Peshonani o'qiydi, damini oladi. Ana zo'r. Chunki bola omonatdor, bola otani haqqini taniydi, tarbiya ko'rgan, bir tinga xiyonat qilmaydi, zo'r ishi.

[23:56] Yoki uni aksi bor. Tug'u bilan tashlab qo'ygan. Katta olgan, o'g'lini do'konga kirishdan cho'chib turadi. Bu ham shuni farzandi. Kim shunday qilib qo'ydi uni? Yo'q, o'zi qilmadi uni. Ko'cha shunaqa qilib qo'ydi. Tashlab qo'yuvdi, shunaqa qib qo'ydi bolasi. Birodarlar, bir ayolda tasavvur qilaylik. Uchta to'rtta qizni tug'di.

[24:23] Chiroyli, yuvib tarab katta qildi. Tarbiya qildi. Xayoliy, iffatli, ibodatli, axloqli bo'lib ulg'aytirdi. Shundan boshqa amali yo'q bu ayolda. Qizlar balog'atga yetdi. Ularni solih kuyovlarini topib, topshirdi. Farzandlari, qizlari tug'di, olib kelib bir haftamidi o'n kunmi xizmatini qildi. Qizini xizmatini qilib, yo'l yo'ri ko'rsatib, oyoqqa turishiga ko'mak ko'rsatib yana qaytarib olib borib qo'ydi. Agar mana shu ayolni shundan boshqa amali bo'lmasa ham, jannatga kirishiga kifoya qiladi.

[25:02] Shuning uchun ayollarni ishi birodarlar uyda, asosiy ishi farzandlarni tarbiyasi. Chunki siz bilan biz erkak kishilar ko'chada yuramiz. Farzandlarnini ayollar tarbiya qiladi. Agar hozir biz aytayotgan ayol besh mahal namozini o'qigan bo'lsa, o'zini pokiza saqlagan bo'lsa, ramazon ro'zasini kutgan bo'lsa, mana shu farzandlarini qilgan xizmati uchun jannatga kelishi yetadi bu odamlar.

[25:27] Chunki bu ayolni zimmasiga Alloh Taolo mana shu ishni yuklaganida, chiroyli suratda ado qildi. Chunki erini tarbiyasi, erini xizmati, farzandlarini xizmati , oilasini xizmati bu ayol uchun birinchi o'rinda ekan amalada. Dalil bor ku, birodar, u gapimizga. Havodan olib gapirmayapmiz. Shuning uchun uyida faqat oilasini tarbiyasi bilan shug'ullanib o'tirgan opalar, singillar, kelinlar xotirjam bo'lsin. Erini xizmatini qilgan bo'lsa, oilasini tarbiasini, farzandlarini tarbiyasini zo'r qilgan bo'lsak, shu ayolga jannatga kirishlikka kifoya qiladi dushanba.

[26:05] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom buxoriydan keltirilgan hadisda, man ka'nala hu saras u banatin, yu'viy hunna, voyakfiy hunna, voyor ham hunna, faqat vajibat la hul jannatu albatta da. Rasululloh aytadilar, kimni uchta qizi bo'lsa, ularni parvarish qilsa, ularga kifoya qilsa, ya'ni sarf harajatini qilsa, uilarga rahm qilsa, taqiq unga jannat vojib bo'ladi. Albatta. Albatta jannat vojib bo'ladi. Uchta qizni ta'lim tarbiya berib, axloqli qilib joyiga uzatadigan bo'lsa. Yo rasululloh ikkita bo'lsa chi deyishdi. Ikkita bo'lsayam dedi. Bitta bo'lsa chi? Bitta bo'lsayam dedi.

[26:52] Agar shariatda aytilingandek tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan bo'lsak, agar qo'liga iphoneda galaksini berib qo'yib, internetga o'tkazib qo'ymagan bo'lsak, agar erga berganimizda qayna qaynotasiga aql o'rgatadigan, kuyovga tikka qaraydigan qilib uzatmagan bo'lsak, agar qizlarimizni tarbiyasi bilan shug'ullangan bo'lsak, aksincha urganda, ro'molcha bilanmi, qo'li bilanmi, og'zini to'sib, iloji boricha ovozini pastroq qilishlik. Imomi Termiziydan keltirilgan hadis Abu Hurayra roziyallohu anhuda. Ana nabiyya sollallohu alayhi vasallam kana ida atosa, g'otto vajhav biyadiyhi, avbi thavbiyhi va g'otto biha sovutahhu.

[27:39] Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam aksa ursa, yuzini qo'li yoki ko'ylagi bilan berkitar va u bilan ovozini to'sar. Fsh deb turib otamiz. Bu sunnatga xilof ekan birodar. Ro'molchamidi, qo'lmidi, yengmidi, to'shishlik kerak bo'ladi. Chunki siz aks urganda oldingizda ovqat turgan bo'lishi mumkin, suv turgan bo'lish mumkin, meva cheva turgan bo'lishim mumkin. Boring odamga qarab aks urgan bo'lishingiz mumkin. Hech bo'lmaganda qo'limiz bilan to'shligimiz kerak bo'ladi.

[28:10] Mana endi eslash haqida. Qori Nabiyin sollallohu alayhi vasallam, Buxoriydan bu hadis. Attasa u bu minash shayton. Fayza ta'ta aba ahadukum, fal yarudda hu masdatoa. Fa inna ahadokum ida qoli ha, vohikash shayton. Rasululloh aytdilar, esnashlik shaytondan. Agar birortangiz esnagisi kelsa, qodir bo'lganicha uni qaytarsin.

[28:42] Yo'llari ko'p endi. Har kim o'zi biladi. Shu iloji boricha esnoni qaytarishlik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esnaganida o'ng qo'li bilan to'sganmi, chap qo'li bilan to'sganmi? Desa, men bilmas ekanman qaysi qo'li bilan to'sganini deyapti. Savol berayotgan aytyapti, Rasululloh esnaganmi o'zi? Deyapti.

[29:06] Rasululloh esnamagan birodarlar. Chunki esnashlik shaytondan deyilyaptimi? Rasululloh eslamagan. Rasululloh aytdilar, esnashlik shaytondandir. Agar birortangiz esnagisi kelsa, qodir bo'lgunicha uni qaytarsin. Agar esnab turib, ha desa, ha desa, shayton undan kuladi dedi.

[29:31] Esnash, agar yana ovoz bo'ladigan bo'lsa, bu juda ham xunuk ko'rinish. Bunday qilishlik musulmonga to'g'ri kelmaydi. Ayrim odamlar namozda turib esnaydi, eslanganda ham ovozi bilan esnaydi. Bu o'ta bir qabih, xunig'ish. Kan al yahudu eto atasuna, endi nabiy sollallohu alayhi vasallam, yarjuna yaqul alahum, yarhamu kumulloh. Yahudiylar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib turib, aks urishib, Alhamdulillah deyishar edi da. Rasulullohni ularga yarhamu kumuloh, Alloh sizlarni rahmat qilsin deyishini umid qilishar edi. Chunki Rasulullohni so'zi birodarlar duo, ijobatu. Rasululloh aytardilar fayoqul yahdiy kumullohu va yuslihi ba'alaqul. Alloh sizlarni hidoyat qilsin, aqllaringizni isloh qilsin. Qarang, bilishadi. Rasulullohni haqiqiy Payg'ambar ekanligini. Bilishadi, Rasulullohni duosi ijobat bo'lishligini, ammo iymon keltirishmaydi.

[30:35] Alloh aziz va jalloh aksa urganda yaxshi ko'radi. Eslaganni yomon ko'radi. Chunki esnashlik birodarlar yalqoliydi, maollanishliydi belgisi. Endi aksa urish esa, insonni nima qiladi? Odamni tetik qilib qo'yadi. Innalloha yuhibbul o'ttaz va yoki rohut tafavvuf. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, buxoriydan bu hadis. Albatta Alloh Taolo aksa urganini yaxshi ko'radi. Va eslaganni yomon ko'radi. Bas musulmon aksa ursa, Allohga hamd aytadi. Uni eshitgan har bir musulmon uchun unga yarhamukalloh deyishlik haq bo'ladi. Ammo esnashlik, albatta u shaytondan. Bas uni qodir bo'lgancha qaytarsin. Agar esnovchi ha deb, ha desa, shayton uni ustidan kuladi.

[31:29] Uyqu so'rashini ketkazadi aksa urishlik. Yalqovligini ketkazadi, o'ziga keltiradi, tetik qilib qo'yadi. Ko'pchilik aksir urganga sog' bo'ling deydi. Bu sunnatga xilof, birodar. Bu sunnatga hilof. Alhamdulillah deyishini kutamiz, desa, yarhamukalloh deymiz. Shuning uchun uyda onalar yoki otalar farzandlariga mana shu narsani ta'lim berishligi kerak bo'ladi.

[31:54] Agar esnashlikni qaytarmoqchi odam bor bo'ladigan bo'lsa, eslagisi kelgan paytda rasululloh eslamagan desin da. Rasululloh esnamagan deb o'ziga eslatsin da, esnog'i qaytadi. Demak, siz bilan biz birodarlar bugun esnashlik va aksa urishlik odobini o'tgan bo'ldik. Aqulu qovli hayda va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va alaykum.
