# Sahobalar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 147 of 510
- Section: —
- Duration: 30 min
- Original title: Sahobalar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/147
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/pGJ4JPH0i1U.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=pGJ4JPH0i1U
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/146.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/148.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:04] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalomu ala saidina Muhammad as sodiqul va adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'allam tana innaka antala alimul hakim. Allohumma allim na ma ya'mfa una va faynabiy ma'lam tana vazidna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon orzuqunat tibaa va arina al botila botila orzuqun ajdiy naaba. Hoji a'lna mimay yesta me'ronal qovla fayadta biya'una ixsala vodixin la bi rohmatika fiya ibodika solihin. Ammabayt, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakali. Bismillahir rohmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qishdagi navbatdagi darsimiz, bugungi darsimiz Naim ibn Mas'ud roziyallohu anhu haqida. Bu sohibani to'liq ismi Naim ibn Mas'ud ibn Omir, kuniyasi Abu Salama al Ashjai G'atafoniy. Bu kishi G'atafon qabilasidan bo'lgan. Alloh subhanahu va taolo bu kishiga o'tkir bir aql, zakovat, ziyreli bergan edi. Qiyomat kunida birodarlar Alloh Taolo bizga nima bergan bo'lsa, shundan hisob kitob qiladi. Agar kishi mana shunday bir kuchli aqli, o'tkir bir aqli, zakovatini haq yo'lga ishlatsa, juda katta bir xayriyatlarga erishadi.

[1:23] Agar teskarisi bo'lsa, gunoh emas, ziyodga qoladi. Xandaq kunida musulmonlarni boshiga juda bir katta bir imtihon, og'ir mashaqqatli kunlar bo'ldi. Mana shu kunda Alloh Taolo musulmonlarga nusrat berdi. Shu nusratni sababchilaridan bittasi xandag'ni musulmonlarniki foydasiga hal bo'lishiga sabab bo'lgan ishlardan bittasi Naim Nima Sud roziyalloh ham quvib oladi.

[1:47] Bu sahoba qalbi uyg'oq, fikri tez, farosatli, ziyrek, hushyor inson edi. Kunlarni birida Abu Sofiyon ibn Harb. Uni o'g'li Muoviyat ibn Abu Sofiyan. Bu Ali ibn Abit Olibdan keyin xalifa bo'lgan kishi bilasizlar. Muoviyat ibil Abu Sofiyun o'zi daholardan hisoblangan arablarning orasida. O'zini vaziri Amriddin Osga dedi. Amriddin Os ham daholardan edi. Muoviya so'radi Amriddin rostdan. Seni daholiging yetib borgan joyi qayer bo'ldi? Qaysi darajada qilasan daholida deganida, Amriddin rosa aytdiki, agar barobar mushkulalik holatga kelib qolsam, shundan chiqib ketishlik yo'lini chiroyli qilganman. Biror mushkulaga kirsam, chiroyli chiqib keta olganman. Desa, Muoviya nabusofi ham aytyapti. Men daholardan emasman u, lekin men ishim shu mushkulaga kirmanglar qo'yishda degan ekan.

[2:43] Alloh Taolo bandalarga iqtidor, qobiliyat beradi. Shu iqtidorini sababidan shu kishi yo Alloh Taoloni huzurida martabasi ko'tariladi, yoki aksincha pastga qulaydi. Alloh Taolo bir bandaga bir ovoz bergan, shunaqa bir shirin ovoz. Agar shu ovoz bilan Qur'on o'qib, odamlarni Qur'onga bo'lgan muhabbatini uyg'otsa, naqadar ulug' ish. Endi xuddi shu ovozi bilan har xil faxsh kuy qo'shiqlarni aytadigan bo'lsa, naqadar o'zi uchun yomon holat.

[3:16] Xulosa, Alloh Taolo bandaga iqtidor, qobiliyat, talant beradi. Buni nimaga ishlatishlik bandani o'zini ixtiyoridan. Mana Naimul Nimasud mana shunday bir o'tkir aql, kuchli zakovat egasi edi, ammo bu kishi o'zini hayotini o'yin kulgiga, kayf safoga bergan edi. Mana shu o'yin kulgi kayf safoni Yasribga kelib, yahudlarni oldidan topar edi.

[3:43] O'zi Najddan, G'atafon qabilasidan kelib, kayf saponi Yasribdan, xususan Banu Xuroyzani oldidan topadi. Mana endi shu kishi Allohni tanigandan keyin qanchalar o'zgarganligini guvohi bo'lamiz. Shuning uchun hech kimni noomid qilishlikka haqqimiz yo'q. Ichyaptimi, namozdan tashqari yuribdimi, sen anaqasan, sen manaqasan, sen do'zax qilasan deyishlikni aytyotuvlaylik. Chunki Alloh Taolo aytadi quliya ayba deya'lla dinah asrafu ala fuzihim la taqinotu min rahmatilla. Meni o'z jonlarga jinoyat qilgan bandalarimga ayting, ey Muhammad alayhissalom. Allohni rahmatidan, marhamatidan noomid bo'lmanglar. Umuman namozdan, umuman ibodatdan dindan uzoq yurgan, mast bolaga ariqqa yotib qolganda ham nima demaymiz biz? Biz uni tushkuniki tushirmaymiz uni. Tavba qilsang Alloh kechiradi deymiz. Qachon ko'ngli maishatda kayf safo, huzur halovat xohlasa, yassiribga qarab kelar edi va pulda ayamay sarfladi yahudlarga. Yahudlar ham unga shu ana shu huzur halovatni o'yin kulgini, kayf safoni muhayyo qilib berishar edi. O'zi naimimni ma'sud nima uchun islomni qabul qilmagan edi? Islom haqida bir xabar tarqagan edi. Chunki u o'zini o'rganib qolgan kayf safosidan, o'yin kulgisidan, ajralib qolishdan qo'rqqan edi. Hozirgi kunda ham birodarlar juda ko'p shu masjiddan, ilm majlisidan, ibodatdan uzoq yurgan, tashqarida yurgan aka ukalarimizni ham fikri shu.

[5:05] Agar deydi, dinni mahkam ushlasam deydi, ko'p mubox ishlardan deydi, mahrum bo'lib qolaman deydi. Mana bu mana bu mana bu mana buni qila olmay qolaman deydi deydi. Bu bechora bitta huzurda bitta kayfni ushlablar, shundan ajralib qolishdan qo'rqyapti, dinga kirsa. Dinga kirgin edi da. Iymon e'tiqod yo'lini ushlagin edi da. Har kuning huzur halovat bo'lardi. Har bitta holating kayf bo'lardi sen uchun.

[5:28] Bu sahoba hola pa hola, menmi bilimi, bilmaymi, islomga dushmanlar qatoriga, islomni dushmanlar qatori kirib qoldi. Sog'lom fikr, mantiq, chuqur nozik ta'mmu, fikr. Mana shu narsalar naimovning ma'sudni islomga kelishiga sabab bo'ldi. Musulmon odam o'zi umuman odam bolasi dunyoga kelganda, dunyo oxirat haqida bir fikr qilishlik kerak. Savol berishlik kerak, javobini qidirish kerak. Agar odam bolasi dunyoqqa kelib, mana shu narsani haqida fikr qilmasdan, a bir kelib qolibmiz endi, bir yashayapmiz ekan deydigan bo'lsa, juda bir katta xato yo'l qo'ygan bo'ladi. Chunki robbimiz aziz avajallar, juda ko'p oyatlarda bizni fikr qilishlikka, tadbir qilishlikka buyuradi.

[6:11] Xanda g'azoti. Bilasizlar, musulmonlarning ustiga kelgan eng og'ir sinovlardan bittasi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam davrida, beshinchi yilda bo'lgan Xandaq g'azodi. Shu qo'shimcha qilib aytamizki, Xandaq g'azosi tugaganidan keyin, Payg'ambarimiz aytganlar: la ya'zu na na ba'dal ya'u. To'dalar tarqab ketganidan keyin Rasululloh aytdilar: bugundan keyin bizning ustimizga hech qaysi qo'shin tortib kelmaydi. Endi biz qo'shin tortirib boramiz ularga, dedilar. Ya'ni Madinai Munavvarga kelgan kundan boshlab musulmonlarga sinov, mashaqqat, imtihonlar kelgan bo'lsa, eng qiyini mana shu beshinchi yilga to'g'ri keldi. Xandaq g'azotiga.

[6:49] Xandaq g'ozotida Naimovniy Mas'ud bu yangi dinga bo'lgan o'z munosabatini, yangi sahifasini ochdi. Xandaq kunida shunday bir mavqevda turdiki, shunday pozitsiyada turdiki, mana shu qilgan ishi, mana shu Xandaq kunida ko'rsatgan ishi tufayli tarix kitoblarida Naim ibn Mas'udni ism yozilib qoldi. Demak, kishining saodati gohida sog'lom fikr, chuqur mulohazaga bog'liq bo'lib qoladi. Bir o'ylab ko'rishimiz kerak, qilayotgan ishimiz, gapirayotgan gapimizni. Ma'lumki, Serat darslaridan Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Madinadan qilgan xiyonatlari sababli Banu Nazir yahudlarini haydab chiqargandilar. Ulardan avval Banu Qaynuqa qobiliyasini haydab chiqarganlar. Ular ham qilgan xiyonat uchun. Ular Haybarga borib joylashishdi. Haybarlar jamlanishi boshlandi shundan shu kundan boshlab va musulmonlarni tak tomiri bilan, islomni tak tomiri bilan yo'q qilib tashlashlik niyatida Banu Nazir saidlaridan bo'lgan bitta jamoa arab qabilalarini bitta bitta aylanishdi. Birinchi bo'lib Qurashga kelishdi.

[7:55] Musulmonlarni tag tomirini yo'q qilib tashlashlik uchun arab qabilalarini bittasi bayroq ostiga, bitta qo'shinga jamlashlikka da'vat qilishdi. Qurash ko'ndi. Abu Sofiyon ibn Harf mana shu katta qo'shinni ustida turishlikka rozilik bildirdi. So'ngra bular G'atafonga borishdi, mana bu Nazirning sayyidlari. Biz aytayotgan Naimovning Vasudning qabilasi. Ularni ham ko'ndirishdi. Xullas, mana shu yahudlarni qilgan harakati tufayli o'n ming kishilik qo'shin jamlandi. Hali bu vaqtgacha arab qabilalari bitta qo'shinga jamlangan emas edi buncha katta bir adadda. Abu So'fiyoni har boshliq mushriklar qo'shini Madinay Munavvarga qarab chiqib keldi. Bu katta qo'shinni kelayotganligini eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan maslahat qildilar. Maslahat xulosasiga ko'ra, Madinani himoya qilishiga uchun xandaq qaziladigan bo'ldi. Xandaq qazildi, musulmonlar mushriklarni keladigan yo'lga xandaq qazib turishibdi. Mushriklar keldi, xandaqni ko'rib o'ta olmasligini ko'rdi, mana qamal qilib turishdi.

[9:00] Hunalika butul ila ila mo'minuna va zulzilu zilzal ala ashadida. Alloh Taolo mana shu kunni sifatlab aytadi. Ana o'sha joyda mo'minlar yana bir bor imtihon qilindilar. Va bu dahshatdan qattiq larzaga tushdilar. Haqiqatdan bu kunlar og'ir sinov, mashaqqatli kunlar edi. Alloh Taolo mana shu sinov bilan, mashaqqot bilan odamlarni sinaydi. Agar hamma yoq tekis kelsa chi, hamma bir xil yuraveradi. To'g'rimi? To'g'rida, bir xil yuraversin. Ammo ozgina mashaqqat kelib qolgan payting, lekin rostigoy kazdofdan, sodiq kazdofdan ajralib qoladi. Mo'min munofiqdan.

[9:36] Ana shu xandax kunlarida, mashaqqatli kunlarida munofiqlar aytishgan edi. Munofiq kim? Zohirda mo'minniyni zohir qiladi, namoz o'qiydi, ro'za tutadi, boshqa qiladi. Ammo qalbida maraz bor. Qalbida iymon yo'q. Ana shu munofiqlardan bittasi shu qiyin kunlarda aytgan edi. Sizlarni sohibilar qaysar va kisravonni yerlarni fath qilasizlar deb sizlarga bashorat bergandimi? Endi qaranglar, bugun bo'lsa, qozovoy hojatga borganda qo'rqib turibmiz.

[10:07] Banu Qurayzani xiyonati. Madinadan haydalgan ikkita qabila, Banu Nazir, Banu Qayniqo. Uchinchi katta qabila Banu Qurayza hali Madinada yashar edi. Payg'ambarimiz bilan ularda tinchlik sulhi bor, bir biriga tajovuz qilmaydi, bir biriga xiyonat qilmaydi, tinch tortib qo'shnichilik muomalasi bilan turishadi. Musulmonlarni xandaqni oldida turganligini aytdik. Xandaqni orqasida mushuliylar qo'shini, Madinani orqa tarafida mana Banu Qurayzani yeri.

[10:36] Mushuliylar xandaqdan har qancha harakat qilmasin o'ta olmadi. Bu yoqdan bir najot bo'lmadi ularga. Shuning uchun musulmonlarni orqasida turgan Banu Qurayzaning musulmonlarga qarshi ish kuchlikka ular da'vat qilishmoqchi bo'ldi. Boyagi Banu Nazrning sayidlari Banu Qurayzaga bordi. Borib ularni Payg'ambarimiz bilan bo'lgan sur'hini buzishlikka, to'dalarga qo'shnilikka da'vat qilishdi. Shunda Manquranizani saidlari ularga aytdiki, sizlar o'zi aytayotgan narsani biz ham xohlab turibmiz, Muhammad yo'q bo'lib ketishini xohlaymiz, sollallohu alayhi vasallam. Ammo Muhammad bilan biz o'rtamizda kelishuv borligini bilasizlar. Madinada tinch totuv yashashimiz uchun sur'fda turishimiz kerak.

[11:17] Ular bilan Muhammad alayhissalom bilan yozgan sulximiz hali qog'ozni qurgani yo'q. Qanday qilib buni buzishga chaqirasizlar bizni? Agar Muhammad bu jangda g'olib bo'lsa, agar biz xiyonatni qilsak, bu xiyonatimiz uchun izimizni quritib yuboradi Madinadan dedi. Ammo Banu Nazirni boyagi sayyidlari ularni ko'ndirishdan umidini, ko'ndirishda umidini uzmadi da, xiyonatni chiroyli qilib ko'rsataverdi. O'n ming kishilik qo'shim turibdi u yerda. Muhammadni mag'lub bo'lishi aniq, sallallohu alayhi vasallam. Ularni qalbini xiyonatga moyil qilaverdi, oxiri Bano Quroizni ko'ndida, Payg'ambarimiz bilan bitilgan sug'un olib yetib tashlashib oldi. O'zlarini mushuliylarni qo'shiniga qo'shilganligini e'lon qilishdi. Mana endi musulmonlar haqiqatdan qiyin holatga qoldi. Bir tomondan o'n ming kishilik qo'shin turibdi Madinani tashqarisida. Ikkinchi tomonda Madinani ichida Bano Qurayzani xiyonati turibdi. Rasululloh bilan xandaqni qazigan kishini sanog'i uch mingta edi. Uch mingta odam turgan edi, xandaqni oldida, mushuklar kelganida. Endi Bano Qurayzani xiyonatini eshitgandan keyin ikki ming yetti yuzta odam qaytib ketdi uyga.

[12:23] Bano Qurayzaning Payg'ambarimiz qilichdan o'tkazganlar. Shunga haqli bo'lgan bu qavm. Avvalgi ikkita qabilani Madinada haydagan bo'lsa, unda ham xiyonat qilgan bo'ladi bular. Alloh Taolo mana shu holatni sifatlab aytadi, astay deb Billah. Id ja uqum min favqi kun va min asfala min kun va id zag'atil abusor va bal'ag'atil qulu bul hanajir va tazunnuna billahir zuruna.

[12:48] O'shanda ular sizlarning yuqori tomoningizdan ham, sizlardan quyiroq tomondan ham bostirib kelgan edilar. Oldi tomondan ham, orqa tomondan ham. O'shanda ko'zlar tinib, yuraklar bo'g'izlarga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida turli gumon qila boshlagan edingizlar. Ya'ni shu holatda turganlarda nima holatga tushganligini oratoriy aytyapti, ko'zlar tingan, yuraklar bo'g'izga tiqilib qoldi. Nima sabab? Xiyonat sabab. Endi harbiy mutaxassislarni tili bilan aytganda, voyenniylarni tili bilani aytganda, ish bitta. Musulmonlarni mag'lub bo'lishi faqatgina vaqt masalasi. Ya'ni qo'shin ikki tomondan qurshaldi, ikki tomondan hujum qilsa, bo'ldi, musulmonlar tugaydi. Yana qaytib aytaman, mushiriylarni hisobida, voyenniylarni til aytganda, musulmonlarni ishini tugaganligi vaqt masalas xolos.

[13:46] Maqsadi islom va musulmonlarni butunlay yo'q qilib tashlashligi. Mana endi haqiqatdan bu din Allohnin dini ekanligini isbotini ko'ring. Akalar, bu din Allohnin dini. Bu dinga qancha dushmanlik qatta bo'lmasin, bu ding shunchalar kuchayveradi. Bu dinga qanchalik siquv qattiqlayvermasin, din shunchalar quvvatlanaveradi. Chunki alloh taoloning dini da bu. Mushriklar madinaga keladigan oziq ovqat yo'lini to'sishdi. Orqa tomondan Banu Qurayzani xiyonati, ikkala tomondan hujum bo'lishiga musulmonlar xavotirda turishibdi. Endi Madinada uchinchi toifa kishilar ham bor edi. Bular munofiqlar. Munofiqlar! Mana shunday bir qiyin holatda ular o'zlarini qalbini tub tubidagi narsani fosh qilishni boshlashdi.

[14:31] Aytishdiki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam bizga Kisroq va Qaysarni xazinalarni va'da qilganmidi, biz bo'lsa hozir hojatxonaga ham xotirjam borib kela olmayapmiz. Eslaylar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib Makkadan chiqqanlarida, Suroq oti nima olganligi orqasidan quvib keldi. U Zot sollallohu alayhi vasallam boshiga yuzta tuyati kelgan mukofoti, tirik yo'qligiga, nimani va'da qilgandilar? O'sha davrdagi eng qudratli bo'lgan Fors mamlakatini podshohini bilay uzuklarini, ya'ni o'zini ishini, haqligiga, o'zini ishiga bo'lgan iymonini, shunday kuchliligidan Payg'ambarimiz shu narsani va'da qildilar.

[15:12] Tilka min anba il g'oyib, nurhi ha ilaykum man kun ta'lamu ha antavala quvbuk. Ey Muhammad, assalomu alaykum. Bular biz sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. Ilgari bularni na siz va na qavmingiz bilar edi. To'g'rida, yurtidan qo'rqib qochib ketayotgan odam dunyodagi eng kuchli mamlakatni podshohsini bilay o'ziga nima va'da qilyapti. Alloh Taolo vaqt qilganligi uchun bilyapti. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. O'zi iymon nima deng?

[15:41] Iymon Allohni rahmatidan noumid bo'lmaslik. Ma'qulmi? Allohni rahmatida noumid bo'l maslik. Va Alloh Taoloning azobidan doim qo'rqitib turishlik. Mana shu narsa iymon. Qo'rquv. Umid. Alloh taolo payg'ambariga va mo'minlarga albatta nusratni beradi.

[16:05] Alloh taolo bandalarga, mo'minlarga yordam berishiga haq. Faqat mana shu nusratni yordami keyinroq kelar ekan, kechkiroq kelar e kan. Nima uchun? Sinashlik uchun. Sinashlik uchung. Munofiqlar va boshqa bir kishilar ham birin ketin payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni tashlab ketishdi. Mana aytdik, uch mingta kishidan ikki ming yetti yuzta qaytib ketdi. Rasulullohni oldida uch yuz tagina odam qoldi.

[16:29] Mana shu kunda yahudlarni so'zlariga misol. Istaydu billah. Vo ifqolat toifatu minhum ya ahli yasriba la muqomalakum fir jiyou. O'shanda ulardan bir toifa odam dedi, munofiqlar. Ey Yasrib ahli, Madina ahli, sizlar uchun bu qadar ko'p sonli dushmanga qarshi turish imkoniyati yo'q, bas uylarga qaytib ketinglar. Ammo Payg'ambarimiz bilan iymonida sodiq bo'lgan uch yuzta odam qoldi. Va mana shu uch yuzta insonga Alloh Taolo g'alaba berdi.

[16:59] Demak uch yuzta indam g'alabaga haqli. Alloh Taoloning nusratiga haqli bular. Ikki ming yetti yuzta odam ketaverdi. Ketaverdi. Olorda g'alabasi kelaverdi odam o'zi bo'lsa ham. Va hunalika butul ila al mo'minuna va zulzilul zilzalinsha deydi. Ana o'sha joyda mo'minlar yana bir bor imtihon qilindilar va bu dahshatdan qattiq larzaga tushdilar.

[17:22] Qamal boshlanganiga yigirma kundan ortiqroq vaqt o'tdi. Musulmonlardan ahvoli tang bo'ldi. Shunda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam duo qildilar. Qalaylarda? Jang boshlamasdan turib duo qilib problemani hal qilib qo'ysa bo'lardi Payg'ambarimiz. Yo'q, unaqa qilmadilar. Duosi ijobat edi, sallallohu alayhi vasallam. Oddiy odam qilishi mumkin bo'lgan, qilishi kerak bo'lgan sababni qilib turib, endi o'ziga bog'liq bo'lgan ish tugab, u zotga hech narsa bog'liq bo'may, qolgandan keyin duo qilyaptilar.

[17:53] Biz hech narsa qilmay duo qilaveramiz. Hech narsa qilmay duo qilaveramiz. Bu noto'g'ri. Allohimma munzilal ketab, sari al hasab, ixzim il axzab, allohimma ixziym umuman va zalzi ilhum. Ana shu holat qiyin bo'lgan paytda payg'ambarimiz namozga turdilar, namoz o'qidilar va duo qildilar. Qur'onni nozil qilgan, hisob kitobi tez bo'lgan Allohim, axzoblarni, mushrik to'dalarini, o'zing mag'lub et va ularni bo'lib tarqatib yuborgan. Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatida. Biror g'am kelsa, biror tashvish kelsa, Rasululloh sallallohu alayh va salam joynamozga turadilar va qo'lini duoga ochadilar. Shuning uchun qarz bormi, dard bormi, qanaqa problema bor? Nochor holat bormi? Birodarlar, joynamozga turishda odatlanylik. Shikoyat qilib, hasrat xotinini hammaga ko'tarib yuravermasdan, bomdodni ozodidan avval turib, ikki rakat namoz o'qiylik, peshonamizni sajday qo'yib, Allohga dardimizni aytaylik.

[18:54] Rasululloh duo qildilar. Endi duoni ijobat bo'lishini ko'ring. Naymim nima saud, ana shu g'atafon qo'shini safida kelgan. O'n ming kishilik mushuklarni qo'shini orasida. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qildilar, ana shu qamal kechalarni birida, chodirda yotar ekan, uyqusi kelmas edi. U yoqqa ag'dariladi, bu yoqqa ag'diriladi, ko'zi yuq kelmaydi, har xil fikrlar keladi kallasiga, birdan bir savol to'xtab qoldi uni kallasidan. O'ziga o'zi dedi, e naym? O'z bir o'zi gaplashyapti. Senga voy bo'lsin, najd dedlaridan bu yoqqa kelishikka seni nima majbur qildi? Bu odamga qarshi nimaga urushyapsan? Biror bir muqaddas otingni buzdimi? Biror kishini tortib olingan haqqini undirgani keldingmi? Yo toptalgan sharafni qasosini olgani keldingimi? Nima sababdan kelding? Aktualniy bir sabab bormi?

[19:43] Birodarlar, musulmon odam immo bo'lmaydi. Immo nima degani edi? Kim nima qilsa, o'shani qilib ketaveradi. Hamma qilyotgan edi, qilgan edim da. Musulmon odam hamma qilgan ishni qilavermaydi. Musulmon odami o'lchovi bor. Islom bor, shariat bor. Kimdir aytishi mumkinki, endi deydi, shu mahalla nima qilsa shuni qilgan edim. Qavmin bilan bilaman da, shular bilan birga turishim kerak.

[20:09] Ehtimol mahallang noto'g'ri ish qilayotgandir. Ehtimol ular xatoda turgandir. Ketaverasanmi erchi? Birodalar, Payg'ambarimiz musulmon odam imo bo'lmaydi deganlar. Shuning uchun hamma qilayotgan bo'lsa, shular qilayotganligi uchun, falonchi aytganiga shu ishni qilaverma. O'ylab ko'r o'zing. Asbob bo'lib qolma birovni qo'lida. Ishlatib, keyin tashlab yuboriladigan ro'molcha bo'lib qolmagin. Birovni fikri bilan, birovni gapi bilan yurmagin. Xur bo'l, o'zingni qanoting bilan ish tut, imoning taqozosi bilan yur, aqidining talabi bilan tur.

[20:42] Ko'pchilik qilyapti. Ko'pchilik nimasi bizda, nima deysiz desa, ko'pchilik nima qilsa, men ham o'shani. Bu odam imo deyiladi. Shuning uchun bir oyda yomon ko'rib qoldingiz. Nima uchun yomon ko'rib quvdingiz? Akangiz yomon deb qo'yuvdi. Qo'shningiz yomonlab qo'ydi, bo'ldi, shu falonchini yomon ko'raverasiz. E, sen bir gaplash u bilan, bir muomala qilib ko'r. Yomon desa ketaverasanmi aytishib? Ammo hozirgi kunda shu katta muammolarimizdan bittasi, ukalar. Falonchi yomon dedi, falonchini bo'ldi yomon.

[21:13] Immo bo'maylik. Naim o'ziga o'zi shunday dedi. Nimaga kelding bu yerga? Bu soliq kishiga qarshi nima uchun qilichingni ko'tarib kelding? Axir bu o'zini asboblarini adolatli bo'lishga, siylay rahm deb yuryapti yu. Senga voy bo'lsin. O'zi olib kelgan haqqa ergashgan, uni asboblari nima uchun sen qatl qilishing kerak? Mana shu munoqashasi o'zi bilan o'zini mana shunday bir gaplashishi, fikr qilishligi uni abadiy saodatga yetayladi. Shu bahsdan keyin Naim gul nimasut bir qarorga keldi. O'zi asli Alloh Taoloni musulmonlarga bergan nusrati edi bu. Bu shu fikr qilgani uchun shunaqa bo'lib ketdi desak noto'g'ri bo'ladi. Alloh Taoloni bu yerda shu Naimga bergan marhamati bo'ldi. Bir qarorga kelibdi, qarorni amalga oshirish uchun tunni qoraning ustida turdi, chodirdan chiqdi, musulmonlar tomoniga qarab o'tib oldi. E'tibor bering, hech kim da'vat qilmayapti buni.

[22:07] Hech kim unga bir Qur'on o'qib, oyat o'qib bermayapti. Duo qilindi, Alloh Taoloning bir ijobati. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldiga keldi. Payg'ambarimiz ko'rib, Naimu nima sudmi? Dedilar. Ha, deb javob berdi. Bunaqa vaqtda kelishingizga sabab nima? Yo Rasululloh, Allohda o'ziga iloh yo'q va sizni Allohning bandasi va rasul ekaningizga, siz olib kelgan narsani haq ekaniga guvohlik bergani keldim. Men musulmon bo'ldim, yo Rasululloh, dedi. Buyuring, yo Rasululloh, nima qilay, dedi. Akalar, iymon, agar haqiqiy bo'lsa, o'zini egasini harakatga, ishga chorlaydi. Payg'ambarimiz nimani buyurdilar? Yo Rasululloh, men musulmon bo'ldim, qavmim meni musulmon bo'lganimni bilmaydi. Buyuring, nima ish qilay, dedi? Iymon keltirgan o'zi katta narsa. Bunaqa qiyin holatda. Ammo iymon keltirdim, endi menga buyuring nima ish qilay deyapti.

[23:00] Payg'ambarimiz aytdilar, endi uch yuzta odam nima, uch yuz bitta nima? Siz ishimizga bitta odamsiz xolos. Agar qo'lingizdan kelsa, shu to'dalarni tarqatib yuboring. Unda ozgina yolg'on gapirishim kerak bo'ladi, yo rasululloh dedi. Biroz sizlar aytdilar, innomal har bosh hidatun. Bu urush, bu makr, hiyla. Yolg'on gapiring dedi. Shu yerda mumkin yolg'on gapirolish. Kallasiga bir rejani tuzdida, shu xatarli rejasini amalga oshirgani kirishdi. Birinchi bo'lib Banu Qurayzani oldiga bordim. Mana aytdik, johiliyat davrida kayf sapodi xohlasa, Banu Qurayzaga kelar edi. Shuning uchun munosabati zo'r edi. Ularni oldiga keldi, kirdi. Ularga aytdiki, bir nasihat bor sizlarga. Nima nasihat?

[23:44] Sizlar Muhammad bilan bo'lgan sallallohu alayhi vasallam, sulhiylarni buzdinglar. Qurash va xatofonni boyagi xilfi, ittifoqchilarga qo'shildinglar. Ularni uylari, bola chaqalari uzoqda. Sizlarniki Madinada. Agar ular yengib, g'olib bo'lsa, o'ljalarni qo'lga kiritishadi. Ammo mag'lub bo'lib qoladigan bo'lsa, sizlarni tashlab, o'zini yerga xotirjam ketadi. Muhammad bilan sollallohu alayhi vasallam yakka Makka qolasizlar, kuchinglar yetmaydi dedi.

[24:16] Ular Allohi to'g'ri aytding, yaxshi fikr bo'ldi. Nima maslahat berasan degandi. Naim aytdiki, sizlarni tashlab ketmaslik uchun ulardan garovga odam so'rab qolinglar dedi. O'zlarini sharafli bo'lgan kishilardan ellik tami, oltmish tami qo'yib ketsin, tashlab ketmaydi sizlar dedi. Yaxshi maslahatni berding dedi. So'ngra u qorayish oldiga bordi. Abu so'fiyonni oldiga kirdi va ey qurash jamoasi, sizlarga bo'lgan do'stligimni, Muhammadga bo'lgan adovatimni bilasizlar dedi. Ular ha deyishdi. Menga bir xabar yetib keldi, agar maxfiy saqlasanglar aytaman dedi. Saqlaymiz deyishdi. Naim aytdi, mana bu qurashda qilgan xiyonatiga pushaymon yeb, Muhammadni oldiga sollallohu alayhi vasallam odam yuboribdi. Ey Muhammad, biz qilgan ishimizni afsusdamiz, o'rtamizdagi ittifoqni yangilashni xohlaymiz. Qurish va xatofonning sharafli kishilardan bir qanchasini senga topshirsak, sen ularni bo'yniga qilich ursang, keyin ularga qarshi, senga qo'shilib mushuklarni mag'lub qilsak, bizdan rozi bo'lasanmi? Sulhni yangilaysanmi? Deyishuvdi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam ha dedi. Shuning uchun sizlardan ular garovga odam so'raydi, garovga odam bermanglar dedi.

[25:27] Endi urush hiyla, bunda yolg'on gapirishim mumkin. Abu sofiyon aytdi, naqadar yaxshi ittifoqchisan a? Alloh senga baraka bersin, yaxshi yil bilan mukofotlasin. Bizni qutqarib qolding dedi. So'ngra naim o'zini qavmi g'atafonga bordi. Ana shu o'n ming kishilik qo'shinni to'rt ming g'atafonidan dedi. Ularga ham shunga o'xshagan gapni, shu bilan naim ibn mas'udni ishi tugadi. Endi bu yoq allohni qo'lida. Qaranglar, hammasi inson sifatida o'ziga bog'liq bo'lgan ishni qilgan, u yog'ini Allohga tashlagan.

[25:59] Abu Sofiyon Banu Xuraysani mavqifini sinashlik uchun o'g'lini yubordi. O'zi bordi degan rivoyat ham bor. O'g'li bordi da, Banu Xuraysaga otam sizlarga salom dedi va Muhammad va uni asxoblarini qamal qilishimiz cho'zilib ketdi. Malollanib ketdik. Ertaga jangni boshlab, bir tomondan sizlar, bir tomondan biz tugatamiz dedi. Ertaga jangiyni boshlaymiz, otam shu gaplarni sizlarga aytib jo'natiladi. Endi Banu Xurays aytdi, ertaga shanba. Shanba kuni biz hech narsa qilmaymiz dedi. Haqiqatdan bu juman kechasi edi. Unda Qurashni elchisi aytdi, unday bo'lsa yakshanba kuni jang qilamiz dedi, ertasi kuni. Mana Qurash aytdi, undan tashqari sizlar bizga Qurash va G'atafonni sharafli kishilardan yetmish tasini berasizlar. Agar mag'lub bo'lib qolsanglar, tashlab bizni Muhammad bilan yolg'iz qoldirib ketmasliginglar uchun dedi. Bilasizlar, Muhammadga qarshi yolg'iz o'zimizni quvvatimiz yetmaydi dedi.

[26:55] Naimovniy Ma'sudni so'zlari isbotini topdi. Naimovniy Ma'dudni hiylasi yuz foiz amalga oshdi. Abu Sofiyon sinab ko'rdi, Banu Quloqlar xuddi Naimovniy Mas'uddan eshitgan so'zni eshitdi. Qaytib kelib, elchi, bu yerdagi o'n ming qo'shinga buni xabarini berganida, ular bo'yn uzunsin, maymun va to'ng'izni zurriyotlari, vallohi bitta qo'yni so'rasa ham garovga bermaymiz deyishdi. Shunday qilib Naimovni Mas'udni hiylasi amalga oshdi. Mushriklarini safi parchaladi. Uni ustiga Alloh Taolo shamol yubordi. Bu o'n ming qo'shinni qozonidagi o'tni o'chirdi, qozonini to'ntardi, bu shamol chodirlarni ko'tardi xullas. Qaytib ketishidan boshqa chorani topisha olmadi. Naimovni Mas'dni qilgan mana shu hiylasi sababli, azob, to'dalar tarqalib ketdi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam duo qildilar. La ilaha illallohu vahda. A azza jun da, va nasoro abda, va g'olib al aqza ba vahda, falashay abada. Ka'bani tavof qilganmiz, shu duoni o'qiymiz, birodarlar.

[27:55] Allohdan o'ziga iloh yo'q, uning o'zigina bordir. O'z qo'shinini aziz g'olib qildi, bandasiga yordam berdi. To'dalarni yolg'iz o'zi yengdi. Ana shundan keyin naimul ma'sud payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ishonchiga sazovor bo'ldi. Albatta bu u tomondan qilingan ulkan bir sharafli amaladi.

[28:19] Shuning uchun birodarlar, alloh taolodan talab qilaylik, duo qilaylik, bizni ham dinga qandaydir foydamiz tegsin. Islom va musulmonlarga bir foydali bo'laylik, ilm talab qilay lik, ilmni yetkazaylik, da'vat qilaylik, ibrat bo'laylik. Faqat shu dunyoda latdan tutasinda yuravermaylik. Jon akalar, jon ukalar, rizq onamizni qornida to'lib turgan paytimizda, yuz yigirma bir kun bo'lganda peshonamizga yozilgan. U ko'paymaydi ham, ozaymaydi ham, faqat baraka so'ralishi mumkin unga. Shuning uchun rizqni g'amini boshimizga kiyib olmaylik birinchi g'am qilib.

[28:53] Allohning roziligi, payg'ambardan roziligi, dinga bir foydali bo'lishingizni so'ranglar Alloh Taoloddan. Chunki fama mata ul hay'ati dunya fila axirota illa qoliy. Oxiratda bu dunyoni matosi juda ham ozgina narsa bo'lib qoladi. Naymun nimasidun Madinani o'ziga maskan tutdi. Usmonov nafon roziyallohu anhu davrida vafot etdi. Darsimizning xulosasi.

[29:16] Alloh bandaga nima bergan bo'lsa, o'sha narsadan Alloh yo'lida sarf qilishligi kerak. Puli bormi, ilmi bormi, kuch quvvati bormi, mansabi bormi? Chunki qiyomat kunida Alloh Taolo bandasiga nimani bergan bo'lsa, shu haqida so'raladi. Bu sahobaga Alloh Taolo zakovatni, fahm farosatni, aqlni berdi. Va mana shu narsasini ishlatib, Allohni yo'lida, Alloh orasini muhabbatiga sazovor bo'ldi. Alloh Subhanah va Taolo bu sahobalarni hayotini o'qib o'rganib, ibrat olishida hammamizga nasib qilgan bo'lsin. A'quli qovli
