# Sahobalar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 152 of 510
- Section: —
- Duration: 31 min
- Original title: Sahobalar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/152
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/WddtoHY6AUo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=WddtoHY6AUo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/151.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/153.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Alhamdulillah robbilar amin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammadin as sodiqul va adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma allamtana innaka antal alimul hakim. Allohumma allimna ma yonfauna va ma'nafiyna ma allamtana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu na teba va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu na ish dinaba.

[0:22] Vaji allamin mayyasidan ya'un al qovlo fayad tabiuna husana, vodixin nabirahmat ekin fii ibodaka solihina. Mabodo. Bugungi suhbatlashadiganimiz birodarlar, sahobalarni fazilati, sahobalarno qadri haqida bo'ladi. O'tmishini unutgan ummatni buguni yo'q. O'zining fazilatini bilmagan ummatni kelajagi yo'q.

[0:47] Qaytaramiz. O'tmishini bilmagan ummatni buguni yo'q. O'zining fazilatini unutgan, bilmagan ummatning kelajagi yo'q. Agar siz bilan biz o'zimizni islomimizni, dinimizni tarixini, mozizini zikr qilishdan maqsad faqat shunaqa bo'lgan ekanda bir eslab, yig'lab, o'kinish bo'ladigan bo'lsa, bu noto'g'ri maqsad, birodarlar. Biz bu maqsadda tariximizni o'rganmaymiz. O'tmishimizni birodarlar nur, adolat, hayriyatga to'lgan varaqlarini unutishimiz bo'ladilar. Bu adolatdan bo'lmaydi. Dinimizni dushmanlari siz bilan biz.

[1:25] Bu ummat va uni tarixi orasiga to'siqlarni qo'yishlikka hamma imkoniyatni ishga solishdi. Maqsadlari musulmonlarni, musulmon ummatini yo'lini ko'rsatib beradigan, o'zini nurli o'tmishini esga esda oladigan, ta'lim ilm yo'q bo'lsin. O'z yo'lini yoritish uchun kerak bo'lgan mash'anni ulug' kishilarni hayotidan topmasin. Toki o'zini tarixini o'rganib, ota bobolarini kimligini, kim bo'lganligini o'rganilib, ajdodlari qilib ketgan ishlarga ilhom topmasin. Har bitta ummat o'zini tariqi bilan, o'zini ulug' kishilari bilan faxrlanadi. Nimaga endi bu ummat o'zining tarixi bilan, ulug' insonlar bilan faxrlamasin? Axir bu ummatni boshqa ummatlardan afzal ekanligiga Alloh Taoloni o'zi guvohlik bermadimi? Astaydi billah. Kun tum xoyra ummating u xrechatlen nas. Insonlarga chiqarilgan ummatning eng yaxshisi sizlar bo'ldinglar deydi Alloh Taolo. Bu Alloh tomonidan berilgan guvohlik. Bu ummat hamma ummatlardan afzali. Robbila izzani, robbila alaminni bergan guvohlikni.

[2:34] Bu ummatni ulug'ligi birodarlar nima biladi? Nima uchun bu ummatni ulug' deymiz? Millati falonchi bo'lganligi bilanmas, rangi, irqi, qaysi makonda, qaysi zamonda yashaganligi bilanmas. Nima bilan? Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallamga yuborilgan risolatni insoniyatga ko'tarib chiqqanligi bilan. Bu ummat birodarlar shunday bir insonlarni tarbiyalab, yetishtirib chiqardiki, bashariyat mana shunday insonlarda borligi bilan faxrlanadi. Bu ulug' sahobalarni, ulug' insonlarni hayotini bitta ikkita darsda o'rganib chiqishligimiz muxolis. Keng sahroni bir burchagida biror bir soya salqin bo'lsa, shundan bir dona gul unib o'sib qolgan bo'lsa, uni uzib olishlik, tanlashlik oson, chunki boshqa gul yo'q da. Ammo bir bog'ga kirib qoldingiz, tasavvur qiling. Gulni turli tumani bor. Turli tuman shakl, turli tuman rang. Gulga, gulni turli xiliga to'lgan bog'iga kirib turib, ichidan bitta gulni tanlab olishlik, birodarlar, oson bo'lmaydi. Ha, osmonda ko'rinib turgan bitta ikkita yulduzni sanashlik oson. Ammo osmonni yulduzlar to'ldirib turgan bo'lsa chi?

[3:45] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu osmonni nurga to'ldirgan misol quyoshdek dunyoga keldi. Endi sahobalar esa mana shu quyoshning samosida yulduz kabi portlashdi. Yulduz kabi porladi. Shu kungacha ibrat bo'lib keldi musulmonlarga va butun insonlarga va qiyomatgacha ibrat bo'lib qoladi, birodarlar. Har bitta ummatni o'z tarixida yashab o'tgan ulug' insonlari bor. Ularni bitta ikkita yaxshi sifati bor, o'sha bitta ikkita yaxshi sifatiga o'nta yolg'onni qo'shadi da, odamlarga mana shunday bir ulug'larimiz bor deb turib nima qiladi? Taqdim qilishadi. Ana shu odamlar o'zlari uchun to'qib olgan ibrat namunalari besh yil, o'n yil odamlarni yonida turadi. Keyin esdan chiqib ketadi.

[4:32] Yuz yil, boring ikki yuz yil naryoqda yashab o'tgan, soxta, odamlar o'zi larga ibrat qilib, kumir qilib olgan odamlar yuz yil, uzog'i ikki yuz yillik o'tib turib esdan chiqib keladi. Ammo sahobalarni dunyodan o'tganiga bir ming to'rt yuz yil oldin nimaga ular esdan chiqmayapti? Nima uchun ularni hayoti odamlarni ko'z oldida shunday bir yaqqolib turibdi? Chunki ular Allohni roziligi uchun intilgan edi. Alloh tomonidan kelgan risolatni bashariyatga tarqatishlikda xolis bo'lishgan edi. Xolis Allohni roziligini ko'zlashgan edi. Shuning uchun ularda zikrli birodarlar qiyomatgacha qoyim bo'ladi.

[5:08] Mana endi bizni zamonimizga kelib, kimlar va nimalar bizga ibrat bo'lyapti? Haqdan toyilish, zalolatga ketish, qadriyatlarni o'lchovlarni o'zgarishi, ma'ruf munkarga, munkar ma'rufga aylanib qolgan zamonda oq qora bo'lib ko'rinyapti, qora oq bo'lib ko'rinyapti. Birodarlar, zulmat, zalolat keng yoyilgan bu zamonimizda, siz bilan bizga, ummatga, amaliy va tarbiyaviy manhajga o'ta muhtojligini ko'rib turibmiz. Bizchi? Sahobalarni hayotini o'qishdan maqsad shunaqa shunaqa bo'lishgan ekan, ha zo'r odamlar bo'lgan edi ekan. Hozir unaqalar yo'q da deb turib, faqat tarixni, hikoyalarni keltirib o'tmoqchi emasmiz. Biz sahobalarni hayatini o'rganish orqali o'zimizni tarbiyalamoqchimiz. Biz sahobalarning hayotini o'rganishi orqali Alloh va Payg'ambar bizdan nimani talab qildi? O'sha narsani o'zimizda paydo qilmoqchimiz. Bu borada bizga iborat bo'ladigan odamlar, avvalambor Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahoba ikromlari.

[6:17] Islomiy axloqni birodarlar nazariy surat o'rganishi mumkin, amaliy surat o'rganishi mumkin. Nazariy suratni o'rganish, kitob o'qish, ma'ruzalar tinglash, shular bilan bo'ladi. Ammo ana shu islomiy axloqni tiriklikni ko'rishni xohlagan inson, Muhammad alayhissalomni hayotini ko'rsin, o'rgansin. Saxo boladan hayotini o'rgansiz.

[6:41] Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallamning xulqi eng go'zal xulq ekanligini Alloh Taolo o'zi aytdi. Vo innakalaa ala xulq in adin. Albatta siz go'zal xulloh ustidadirsiz. Mana endi qarang. Axloqi eng buyuk axloq ekanligini Alloh aytdi. Endi shu insonni qo'lida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo'lida sahobalar ta'lim olishdi. Ana shu xulqini sof bulog'idan birinchi bo'lib ichgan kishilar kimlar? Rasululloh sollollohu alayhi vassalamning sahobalari. Rasulullohni qo'lidan bevosita ta'lim olishda. Endi Muhammad Yusufning xulqi zo'r bo'lgan bo'lsa, endi Payg'ambar edi da, desangiz, sahobalar oddiy insonlar bo'lgan. U Zotni ta'limotini o'zida singdirgan kishilar, siz bilan bizga o'xshagan odamlar bo'lgan. Har bir zamonda odamlarga ibrat kerak. Namuna kerak. Bizni tilda kumir kerak.

[7:39] Endi bir o'ylab ko'raylik. Hozirgi zamonda televizor, radioda, internetda, kitobi, jurnallarda bizga kimlar kumir qilib berilyapti? G'arbdan, sharqdan kelayotgan xabarlarda, filmlarda, multfilmlarda, qo'shiqlarda, hokazolarda, kimlarni bizga ibrat qilib ko'rsatishyapti? Kim bo'lasan deb so'rang da bolangizdan. Futbolist olaman deydi. Yo artist olaman deydi. Yana nima olaman deydi?

[8:08] Lekin ana shu ular bizga ibrat bo'lib berayotgan odamlar haqiqatdan bizga ibrat bilishga loyiqmi? Qarang. Yurish turishida, kiyinishida, oilasida ota onasi bilan qilayotgan muomalasida, ko'chadagi fe'l atvorida, ana shu g'arbdan, sharqdan kelayotganlarni o'ziga ibrat qilib olganlar, ularga taqlid qilishlik bilan qanaqa ahvolda yuribdi?

[8:35] Bilmadik mana bir ellik yildan keyin qanaqa muammo chiqar ekan a? Lekin chiqadi da. Muammo ming xili chiqadi. Lekin birodarlar, biz musulmonlarga yechim bitta. Rasulullohni sunnat ergashlik, u zotni sahobalaridan ta'lim o'rganishlik. Musulmon uchun ibrat, namuna bo'ladigan kishi faqat Rasululloh va u zotning sahobalari.

[8:58] Payg'ambarimizni sahobalarini o'rganar ekanmiz hayotini. Tirik islomiy huquqni ko'ramiz birodarlar. Tirik islomni ko'ramiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tirik Qur'on bo'lganlar. Sahobalarni xulqi islom bo'lgan bir odamlar. Islom qahramonlari, sahobalarni qissalarini o'rganish orqali siz bilan bizni xulqimiz, tarbiyamiz chiroyli bo'ladi. Chunki bu insonlar buyuk avlod vakillari edilar. Chunki ularga, qarang, qanday sharafda edi? Alloh ularni tanlab oldi. Nima uchun? Muhammad alayhissalomga ham zamon bo'lishligi uchun, u zotga ham suhbat bo'lishligi shu uchun, u vzotga hamroh bo'lishligi chun. Bundan ortiqroq sharaf bormi oddiy insonga? Alloh o'zi tanlab oldi bu bandalar. Nimaga siz bilan biz o'sha payt yashamadik? Demak unga loyiq emas edik biz. Demak biz ko'tara olmasdik ularni ustiga tushgan yukni. U sharafga biz loyiq emas dedik.

[9:54] Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, innallohi hodixda aruniy. Va ixtiyor oliy asxabiy. Alloh meni tanladi va men uchun asxoblarimni tanlab berdi. Alloh tanlab olgan odamlardan hayotini o'qiymiz, birodarlar. Bugungi darsimiz sahobalarni hayotini o'qib o'rganishlik fazilat haqida bo'ladi, xolos, birodarlar?

[10:19] Sahihanginda keltiriladi, anasul nolik roziyallohu anhudan. Bir kishi keldi da, yo rasululloh, qiyomat qachon bo'ladi? Dedi. Rasululloh, nima tayyorlab qo'ydingiz unga? Dedilar. Tayyorgarlikiz bormi? Hali ishlatdiki, unaqa ko'p narsa qilmadim u, lekin Alloh va Rasuluni yaxshi ko'raman men dedi. Shunda Rasululloh aytdilar, kishi o'zi yaxshi ko'rgani bilan birga bo'ladi, dedilar qiyomat kunida. Ana ismini murakkab etadi.

[10:49] Rasulullohni shu so'zidan quvonganimiz kabi boshqa narsadan bunchalik quvonmadik. Chunki kishi o'zi yaxshi ko'rganlari bilan birga bo'ladi qiyomat kunida. Anasimni bolaga aytadi men Parvardigor, Rasulullohni yaxshi ko'raman. Abu Bakrni yaxshi ko'laman, Umarni yaxshi ko'taman. Ular bilan Firdavsul a'loda birla bo'lishingni xohlayman, garchi amallarim ularning kichaligi bo'lmasa ham deb qo'ydi. Biz kimni yaxshi ko'taramiz? Rasulullohni ham yaxshi ko'tiramiz. Abu Bakrni yaxshi ko'ramiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hammasi sahobalarini yaxshi ko'rganmiz va biz ham Alloh'dan umid qilamiz. Parvardigor amallarimiz ularkichalik bo'lmasa ham, ularga bo'lgan muhabbatimiz hurmatidan bizni ular bilan jannatda birga qilgan.

[11:31] Abdulloh ibn Ma'sud roziyallohu anhu aytadi. Alloh azizavo jalloh bandalarning qalblariga qaradi. Ularni orasidan Muhammad alayhissalomning qalbi, bandalarning qalblarini ichidagi eng yaxshi ekanini ko'rdi. Bas uni o'zining risolati va nubovati uchun tanlab oldi. So'ngra yana bandalar qalbiga qaradi. Rasulullohning qalblari odamlarning qalbarining eng yaxshi ekinini ko'rib, ularni Rasulullohga vazirova hamroh qildi. Alloh tanlab oldi birodarlar.

[12:05] Shunday zamonlar bo'ldiki, sahobalarni sha'niga tuhmat toshlarini otadiganlar bo'ldi. Hozir ham bor unaqalar. Hozir ham bo'ladi. Bunday kishilar rasulullohga sahoba bo'lishing qanchalik fazilat, qanchalar bir baxt ekanligini bilishmaydi. Chunki bu sahobalar kimga hamzamon bo'lishdi? Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga.

[12:27] Qalblarimizda payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallamga nisbatan muhabbat to'lib toshyapti birodarlar. Endi rasulullohni o'ziga ham suhbat bo'lib, u zotni ko'zi bilan ko'rib, quloq bilan eshitib, borib muborak qo'lini ushlashlik. Bu qanday baxt, birodarlar? Mana shu sahobalarga alloh taolo nasib qildi. Endi shu zotlarni ayblaydigan, tuxumat toshlar otadigan, sharafiga putur yetkazadigan odamlar bor. Birodarlar, sahoba kim? Sahoba kim? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo'liqqan, u zotga iymon keltirgan va islomda yashab o'lgan odam.

[13:03] Rasulullohga yo'liqqan bo'lishiga o'zi sahoba emas, chunki iymon keltirmasa sahoba emas. Masalan Abu Jahlim yashagan Payg'ambarimiz bilan birga. Abu Loha ham yashagan Payg'ambarimiz bilan birgacha, yo'liqqan, ammo iymon keltirmagan. Islomda o'tishligi kerak. Mana shu sahobaning kimligini siz bilan bizga aniqlab beradi. Rasululloh yo'liqqon, u zotga iymon kelib turgan, yana Islomda vafot etgan kishi.

[13:30] Sahobalarning odil bo'lganligi, haqda sobit bo'lganligini Qur'on bilan isbotlangan, Qur'on bilan sobit. Alloh taolo juda ko'p oyatlarda sahobalarni haqda sobitbo'lganligini aytadi. Bo'ladilarmi? Yuz ga yaqin oyat bor ekan sahobalar haqida nozim bo'lgan. Yuz ga yaqin. O'ylab ko'ringlarda bu. Kichkina narsa emas, bitta oyat bo'lsa yetar edi fazilatiga, ammo yuz ga yaqin oyat bor ekan.

[13:59] Kun tum xoyra ummati nu xrejatli nas. Odamlar uchun chiqarilgan ummatlarni yaxshisi bo'ldinglar. Biz umumiy ummatu Muhammad hamma ummatdan afzal deyapmiz a? Biz afzalmiz. Lekin bu xitob birinchi bo'lib kimga aytilgan? Sahobalarga aytilingan. Bu ummatni ichidagi eng afzallari yana aylanib kelib sahobalar. Yana qaytarib aytamiz, bu guvohlikni g'arb yoki sharqatmayapti. Alloh Taolo aytyapti ulardan eng afzal nima bo'lganligini. Alloh Taolo yana aytadi.

[14:33] Vakada alayka ja'allakum ummatan vosato. Sizlarni o'rta bir millat qildik, ya'ni adolatli millat qildik. Qiyomat kuni bo'lganda Alloh azza va jalloh Nuh alayhissalomga aytadi. Ey Nuh! O'z qavminga da'vatni yetkazdingmi? Nuh alayhissalom, ha, ey Robbim, deydi. Alloh Taolo Nuh alayhissalomni hammani chaqirib so'raydi. Nuh, sizlarga da'vatni yetkazdimi? Ular yo'q. Bizga biron ogohlantiruvchi kelmadi, deyishadi. To'qqiz yuz ellik yil da'vat qilgan ey.

[15:09] Alloh Taolo so'raydi, ey Nuh, guvohlaring bormi da'vatni yetqizganingga? Nuh alayhissalom aytadi, ha, Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u kishining ummati. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, sizlar chaqirasizlar va uni da'vatini o'z qavmiga yetkazganligiga guvohlikka o'tasizlar. So'ngra men sizlarning ustingizdan guvohlik beraman dedi. Mana shu vakadalika ja'annakum ummatan vosato litakunushu hada alanasning ma'nosi. Shuningdek, sizlar boshqa odamlarni ustida guvoh bo'lishingiz uchun o'rta adolatli bir millat qildik dedi. Biz Qur'ondalar, Payg'ambarlar o'zini qavmiga da'vatini yetkazganligiga guvohlik o'tamiz. Biz qayerdan bilamiz, ko'rmadik ku uni.

[15:56] Ularda zamonaviy yashamadik ku. Ibn Mojadan keltiriladi, Rasul aytadilar, sizlar chaqirilasizlar. Sizlarga deyiladi, Nuh alayhissalom. O'zini qavmiga da'vatni yetkazganligini qayoqdan bilasizlar? Sizlarga kim yetkazdi? Sizlar aytasizlar. Bizga bizning Payg'ambarimiz kelib, Rasululloh o'z qavmlariga da'vatni etkazganlari haqida xabar berdi. Shuning uchun biz birodarlar payg'ambarlarga guvohlik o'tamiz.

[16:27] Sahobalar Allohning yerdagi guvohlar. Kunlarni birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sahobalari bilan o'tirar ekanlar, bir janozani ko'tarib o'tishdi. Sahobalar bir birlaridan so'rashdi, kim ekan? Falonchi o'tibdi. Ha, yaxshi odam edi, solih odam edi. Rasululloh ularni so'zini eshitib, vojib bo'ldi dedilar. Yana bir qancha vaqt o'tgandan keyin yana bir janozaniko'tarib o'tibdi, boshqa janozani. Sahobalar bir biridan so'rashni, kim ekan? Ha, falonchi ekan. Ha, yaxshiy odam emasmi, kulib ketkur.

[16:57] Shunda Rasululloh vojib bo'l dedi dedilar. Sahobalar sababini so'rashdi. Yaxshilikka guvohlik beruvdi ham, yomonlikka guvohlik berudi ham, vojib bo'ldi deyapti Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Rasululloh aytdilar, birinchi odamni yaxshi inson ekkaligiga guvohlik berdinglar, kimlar? Sahobalar. Jannat vojib bo'ladi. Ikkinchi odamni yomon ekkaligigaguvohlik berdingilar, do'zax vojib bo'libdi. An tum shuhada allohi fil art. Sizlar, kimlar? Sahobalar allohni yerdagi guvohi sizlar dedi. Ha, ummat umumiy, lekin sahobalarni allohni guvohi ekanligi, birodarlar, biz sahobalar hayoti haqida gapirmoqchi bo'lib, Qur'on oyatlari, Payg'ambarimizni sunnatidan iborat, hadisidan iborat muqaddimani keltirmasak, ishimiz noqis bo'ladi. Sahobalarni hayotiga kirishlikdan avval alloh nima degan payg'ambar payg'ambar tilidan? Qur'onda nima degan, Payg'ambar so'zida nima degan? Mana shu narsalarni ham bilishligimiz kerak. Toki nimani o'rganishga kirishyapmiz? Qadrni bilaylik. Astaydu billah. Va la dinah a man u va haja ru va jahadu fi sabili la. Va la dinah ava va nasaru. U laika humul mu'minuni haqqo la humma ofiratun va lizzatun karim.

[18:17] Iymon keltirgan. Hijrat qilgan va Alloh yo'lida kurashgan zotlar. Va muhojirlarga uy joy berib, yordam qilgan zotlar, ana o'shalar haqiqiy mo'minlar bo'lib, ular uchun mag'firat va ulug' rizq bordir. Ularni mo'minligini, haqiqiy mo'minligini Alloh Taolo o'zi aytyapti. Ularga Alloh Taolo jannatni va'dasini qildi. Vas sobiqun al avvalunamina al muhajiriyn avval ansor, va ladinatta baruhun behsan, rodiyallohu anhum orodu anh. Muhojir va insonlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan erishgan zotlar, Alloh ulardan rozi bo'ldi va ular ham undan rozi bo'ldilar. Alloh rozi bo'ldim deyapti sahobalardan. Sahobalar ham Alloh'dan rozi bo'lddi deyapti.

[19:06] Lil fuqaro il muhajiringna la dina uxriju min diyari himomu alihim. Ya butaqu nafatla minallohi va ridwana va yansurun allohu va rasuluh, ula ikahum us sodiqun. U o'ljalar yana o'z diyorlaridan va mol mulkilaridan haydab chiqarilgan zotlar kambag'al muhojirlarnikidurki, ular Alloh'dan fazli marhamat va rozilik istadilar, hamda Alloh va uning payg'ambariga yordam beruvlar, ana o'shalar iymonlarida sodiq zotlar. Shu oyatlarda eshitgandan keyin ham sahobalarni sha'niga tosh otadigan, sahobalarga tuhmat qiladigan odamlar, yana ichida davom etarmikan? Alloh guvohlik beryapti, ularning iymoni haqiqiy iymon, ular sodiqlar deb.

[19:51] Imomiddor al xijra Imom Molik'dan so'rashdi bir kishi haqida. U shunaqa kishiki, qalbida sahobalarga nisbatan g'araz bor. Imomo Molik javob berdi. Kim? Qalbida sahabalarga nisbatan g'ashligi bor bo'lsa, tahqiq, bu oyat u haqida nozil bo'libdi. Va ladina jao min badiihim ya quluna robbana ofillana valixvanina ladina sabaxona bil iyman. Vala tajalfi qulubina g'illallil ladina amanu robbana innaka rohi rohi. Ulardan keyin dunyoga kelgan zotlar aytdilar, muhojir va ansorlardan keng keladigan muammolar aytishadi, Parvardigor, o'zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o'tgan zotlarni mag'firat qilgin. Va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron g'alla g'ash qilmagin. Parvardigor o, sen mehribon u rahmaysan. Musulmonlar uchga bo'linayapti shu yerda. Muhojir va ansorlar va ulardan keyin kelib, muhojir va ansorlarni haqlariga duo qiladigan, qalbida g'alla g'oshli bo'lmaydigan mo'minlar. Parvardigor ana shu uchinchi toifadan qilgin bizlar. Ulardan keyin keldik. Iymon keltirdik, ularga nisbatan qalbimiz toza bo'lsin va ularni haqqiga duo qiladiganlardan qilsin Alloh Taolo.

[21:08] Bizga shu maqom bor. Bizga shu makom bor. Abu zu'ra aytadi, Rasulullohni sahobalaridan birontasini ta'na malomat qilayotgan kishini ko'rsang, bilginki bu odam zindixdir. Rasulullohning guvohligi. Rasululloh aytdilar, xayru nansi qorning. Summan la dinya yalunaxum, summan la dinya yu'lunaxum. Insonlarning eng yaxshisi meni asrim, ya'ni meni asrimda yashaganlar. Kimlar? Sahobalar. Sahobalar insonlarning eng yangisi ekanligi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam guvohlik beryaptilar. So'ngra ulardan keyin kelganlar, so'ng undan keyin keladiganlar. Sahobalar, tavbiylar, taba tavbiylar. Sahobalarni yomonlashlikdan, mana shu zindixlarni maqsadi nima? U faqat shaxsiyatiga bo'lgan adovat emas. Ularni ko'zlagan maqsadi bundan ko'ra xatarliroq, kattaroq. Nima u?

[22:03] Bizga kitob va sunnatni kim yetkazib berdi? Kim naql qildi? Sahobalarmi? Agar ular sahobalarni yerga urib, sahobalarni bir pul qilib, hurmatini poymol qilishni uddalay olishsa, ular kitobni sunnatda ham yo'q qilish o'rnidan keladi. Tushunarlimi? Xabar olib kelgan odamni yolg'onchiligini isbotlasangiz, uni to'g'ri olib kelgan xabarini ham olmay qo'yasiz, chunki yolg'onchi ekan bu deb. Demak, sahobalarni yomonlayotgan odamlarni maqsadi kitobu sunnatni o'zini aslini yo'q qilishlik.

[22:34] Haq bilan botir o'rtasidagi kurash birodarlar qadim. Haqni yo'q qilish uchun harakat qilayotgan botil ahil kishilari razil yo'l tutishadi. Ana shu yo'llardan biri islomning ramzi bo'lgan sahobalarni sha'niga tuhmat qilish va zamonimizdagi amalda bo'lgan boamal uramonlarni hurmatini to'kish. Sof buloqdan musulmonlarni uzoqlashtirishlik. Agar uddasidan o'tisha olsa bular, sahobalarni hurmatiga gap tegizib, sahobalarnini behurmat qilisha olishsa, sahobalarga nisbatan musulmonlarni qalbida g'araz uyg'ota olishsa, boamal ilmlik olimlarni behurmat qilish qo'lidan keladigan bo'lsa, o'zlari xohlagan maqsadga oson yetadi. O'zlari hoxlagan ma'lumotni islom deb turib o'tkazib yubora oladi sizga. Ali ibn Abitur darsini gapir degan o'n yetti juma.

[23:23] Qayerdan ketdi havo rishlar? Ilmsizlikdan ketdi. Mana shu ilmli ustozlarimizni, zamonimizdagi ko'zga ko'ringan olimlarni yomonlayotganlar o'zlari bilib bilmasdan dinimizga dushmanlik qilyapti bular. Shunaqa odamlar bor ekan, domlalarni yomonlashlik hisobiga atrofiga odam to'plar ekan.

[23:47] Hozirda ham ha u odam falonchi u, u domlami u falonqa? Ha u olimi u, manaqa fatvosi bor. U olim biz guvohlik bera olmaymiz ilmiga. Ha undoq, ha bu bundoq deydi da. Maqsad ana shu islomni ramzi bo'lib turgan odamlarni yo'q qilish. Zamonimizda shunday kishilar ham bor. O'zlarini musulmon sanaydi. O'zlarining hammasidan bilimli sanaydi. Va ularni fikriga qo'shilmaganki odamni zalolatda deyaveradi. Faqat o'zi haq. Faqat, e, zamon ko'rsatyapti o'zi unaqalarni chi, chekkaga surib qo'yyapti.

[24:24] Faqat o'zi haqda. Hatto mazhab boshi bo'lgan ulug' imomlarimizni ham xatolarini topishadi qo'shtirnoq ichida. Ha u odamlar manaqa bo'lgan, ha bu manaqa bo'gan. Ey, bir ming ikki yuz yildan beri bu ummat to'la la mazhabni ushlab to'g'ri deb kelyapti. Yaqin ellik yilda bu yoqda chiqib qolganlar mazhab kerak emas desa, bir ming ikki yuz yilda u yoqda yashagan olimlar mazhab keray desa, demak ikkalasidan bittasi noto'g'ri, bittasi adashyapti. Agar seni haqdasang, bir ming ikki yuz yil yashab o'tgan olimlarni hammasi adashgan deyishingga to'g'ri keladi.

[24:55] Shu toifa kishilari, sahobalarni yomonlayotgan yoki zamonamizdagi ulamolarni yomonlayayotgan odamlar, o'zi bilib yoki bilmasdan, orqasidan millionlagan odamlar erishyapti bir olimda. Millionlagan odamlarni erishyapti, odamlarni juda ko'pchilikka ergashib, odamlar foydalanyapti ilmidan. Ha, u odam manaqa deyapti. Bunaqa odamlarni maqsadlari nima? Nima uchun ulamolarni yomonlaydi? Maqsadlar i ularga tuhmatlarni qilib, shu odamlardan odamlarni to'sib qo'yish. Maqsadlar u, o'zlarini tarqatayotgan noto'g'ri e'tiqodini tushuntirib qo'yadigan domlalardan odamlarni tuzish. Shuning uchun hammani zal olib ketgan deyoradi, e'tiqodni aqidatlashgan deoradi, kiboradi ulamolarni ham yerga urib ikki pul qilaveradi. Maqsad o'shalardan odamlarnini to'sishlik.

[25:49] Abu said al hudri roziyallohu anhudan rasululloh aytadilar la tasubbos habi meni sahobalarimni so'ymanglar. Fainna ahadakum. Fainna ahadaqum la anfaqa mifla uhudi dha'haban ma adroka mudda hadihim va la nisifah nasifah. Sizlardan bittalar Uhud tog'ichalik oltinni inifoq qilsanglar ham, meni sahobalariman bir muddaga yeta olmaysizlar deb. Shuning uchun sahobalar haqida yomon gapirgan odamni biz yaxshi odam demaymiz hech qachon.

[26:20] Abu Muso roziyallohu anhudan, Imom Muslimdan ketiladi bu hadis. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarni birida osmonga qarab turib dedilar. An mujumu amanatun li islama. Yulduzlar osmon uchun omonat. Agar yulduzlar ketsa, osmonga u uchun va'da qilingan narsa keladi. Yulduzlar to'kilsa, qiyomat boshlanadi.

[26:45] Men sahobalarim uchun omonatman. Agar men ketsam, sahobalarimga ular uchun va'da qilingan narsa keladi. Fitnalar, odamlarni dindan qaytishi. Asxoblarim ummatim uchun omo'nattir. Agar asxoblarim ketsalar, ummatim uchunga va'da qilingani narsa keladi. Nimalar edi ular? Bular dindagi bir havodisodlar, bid'atlarni zohir bo'lishligi, imom muslimdan, oiz al muzaniydan, bu kishi bayot rizvonda qatnashgan kishilardan edi. Bir kuni abu sufiyon ibn harb, qurashning sayyidlaridan.

[27:23] Bir top sahobalardan oldin o'tib qoldi. Ular suhayb ur umiy, salmonov horsiy, ammor ibn yosir, bilolim miraboh, kambag'al miskin faqir sahobalar. Ulardan oldin qachon o'tgan edi? Xudoybiya sulhini buzib qo'yib, qurish. Abu sofiyon shu sulhni yangilashlik uchun madinaga borgan edi, shunday o'tib qolgan edi. Shunda boyagi kambag'al faqih sahobalar Makkada bu Qurishda Saidlardan juda ko'p aziyat ko'rishgan. Shunda Abu Sofiyoni ko'rib aytishdiki, vallohi Allohning qilichi Allohning dushmanlaridan oladiganini hali olmadi da deyishdi. Ya'ni tili yuribdi bular. Biz hali qasosimizni olmadik.

[28:02] Shunda Abu Bakr Siddiq ularni so'zini eshitib, Qurayshni oqsoqoli Saida haqida shunaqa gapni gapirasizlarmi? Deb ulardan norozi bo'lib turib ketdi da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning majlisiga yetib bordi. Keyin Rasulullohga aytib berdi. Sahobalar falon falon degandi, men falon falon dedim. Ularga qarshi gap aytdim. Shunda Payg'ambarimiz nima dedilar? Ha bekor qilishibdi haqiqatdan, Qurayshni oq soqolini yaxshi qilishmadi. Yo'q. Payg'ambarimizning sahobalarini yoniga olib aytdilarki, e Abubakir. La allaka aqdobda hum. La inkunda aqdobda ham, laqot aqdobda robbaka. Yo'q, bu bakr, ehtimol ularni g'azablantirib qo'ygandirsiz, shu gapingiz bilan. Agar ularni g'azablantirgan bo'lsangiz, robbingizni g'azablantirasiz dedi. Sahobalarni xursand qilishlik, Allohni xursand qilishlik. Sahobalarni g'azablantirishlik, Allohni g'azablantirishlik. Ularni qadri shunchalik balandmi, birodarlar? Ha, shunchalik balandi. Kim sahobani g'azablantirgan bo'lsa, tahqiq Allohni g'azablantiryapti. Birodarlar, sahobalarni hayoti bir eshitib qo'yadigan hikoya emas. Saxovat ma'lumot uchun bir eshitib qo'yadigan narsa emas, quruq ma'lumot emas. Maqsad ularga iqtidor qilish, ularga nisbatan bo'lgan mas'uliyatimizni his qilishlik, o'zimizga ibrat qilib olishlik.

[29:22] Dinimizni dushmanlardan ta'na malomatlarini himoya qilishlik. Chunki, diqqat. Sahobalarga bo'lgan muhabbat iymonni belgisi. Sahobalarga nisbatan bo'lgan muhammad iymonni belgizi. Ularga bo'lgan adovat, nafrat, nifoq va tug'yonni belgisi. Nifoq va tumani belgisi. Imomutahob aytadilar, rasulullohning asoblarini yaxshi ko'ramiz. Ularni faqat yaxshilik bilan eslaymiz. Ularni yomon ko'rganini, ularni yaxshiligi bilan eslamaganni biz ham yomon ko'ramiz. Birodarlar, bu din bizga mana shunday bir sof holat yetib kelishiga bu insonlar juda katta bir mehnat qilishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'ziga nozil qilingan rabboniy manhajni, nabaviy manhajni kitoblarni varag'iga siyoh bilan yozganlari yo'q.

[30:12] Balki uni sahobalarning qalb varaqlariga taqvo, hidoyat va nur siyohi bilan bitdi. Va mana shu avlod kishilari o'zlaridagi manhajni hayotda amalga tatbiq qilishdi. Umrlarini mana shu narsaga sarf qilishdi. Ularni hayotini o'qib o'rganib, ularni o'zimizga ibrat qilib olishligimizni Alloh Taolo hammamizga tavfiq bersin. Aqul u qovli, ha da va astag'firulloh.
