Maviza
—Qoralama33 daq

Sahobalar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
32:50
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah, robbilar alamin. Vassalomu alayhi vas salamu ala saidina muhammad as sodiqov va adil amin. Allohum ala ilmalana illa ma'allam tana innaka antana alimul hakim. Allohum allim na ma'yam far'una va far'na bi ma'allam tani vazidna ilma. Allohum arina al haqqi haqqon va rizqu na tibaa va arina al ba'tila ba'tilan va rizqu na jdi naba. Vo vajannami in mayasida me'un al qavli fayadda biyuna husana. Vodixil nabirahmat aka fiy aybadika solihin. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qishdagi navbatdagi darsimiz, Abu Husayfaning mavlosi Solim roziyallohu anhuhu. Aqlimiz va qalbimiz bilan eshitishimiz kerak bo'lgan nasihat. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalari islomni dunyoni g'arbi sharqiga yoyishdi. Nimalari bilan? Qilich bilanmi? Yo'q birodarlar. Islomiy o'lchovlarni o'zlarini hayotlarida tatbiq qilishliklari bilan. Mana shu narsa bilan, amal qilishlik bilan, tatbiq qilashlik bilan ularning kalimasi oliy bo'ldi. Hozirgi kunda yashayotgan musulmonlarni adadi bir milliarddan ortiq. Bir milliarddan ortuq musulmon bor. Lekin bularni kalimasi oliy emas. Dunyo maydonida bularni gapini qadr qiymati yo'q.

Endi kimdir alloh taolo ularga bergan va'dasini amalga oshirib berdi, ularni g'olib qildi, yerda aziz mukarram qildi. Endi bizga kelganda va'dasini bajarmadi, degan hayolga borishi mumkin. Bunaqa odamga aytamizki, Allohni nomiga tuhmat qilmasdan, Allohga tuhmat qilmastan, o'zimizga qaraylik. Biz yashayotgan muhit, biz yashayotgan davr, biz o'zimizga deb qabul qilgan tushunchalarimiz, turmush tarzimiz ana shu sahobalarnikidaqami, yo'qmi?

Qachoniki bizni turmush tarzimimiz, tushunchalarimizni, o'lchovlarimizni, fikrlarimiz sahobalarnikididaqa bo'ladi, Alloh Taolo siz bilan bizni ham kalimamizni oliy qiladi. Siz bilan bizni bu yerda aziz mukarram qiladi. Islom bor, musulmonlar bor, faqat bu shakl. Marosimlar bor, qilinayotgan ibodatlarning ko'rinishi bor, ammo ichi bo'sh.

Namoz o'qib chiqamiz, chiqqandan keyin bir birimizga qo'pol muomala. Namoz o'quvchi ku hozir. To'g'rimi? Bizni kalimamiz oliy bo'lsinmi endi. Abu Huzayfaning mavlosi solim roziyallohu anhun. U kishining bosib o'tgan ilmiy martabasi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kunlarni birida sahobalariga shunday dedilar. Xudul qur'ana an arb'atin tilavatan va fahman va hkamman va derosatan va ma'rifatan va diroyatan. Qur'onni fahm, ahkom, derosat, ma'rifat va diroyat jihatidan to'rt kishidan olinglar o'rganinglar. Kimlar edi ular? Abdulloh ibn Mas'uddan, Abu Huzayfoning mavlosi Solimdan, Ubaybni Ka'bdan va Muozimni Jabal roziyallohu anhumash mayin. Mana shu to'rtta kishini Payg'ambarimiz sahobalar mana shu to'rala kishidan Qur'on o'rganishlikka buyurdilar. Albatta bu, bu to'rala sahoba uchun ulkan martaba. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdagi zot, ularning Qur'oni to'g'ri ekanligi, ulardan o'rganishlik kerak ekanligini sahobalarga aytmoqdalar. Albatta, bu ulug' manzilat martaba edi.

Ana shu baxtli insonlardan bittasi Abu Huzayfaning mavlosi Solim roziyallohu anhu. Qurashni mana man degan zodagonlari, mana man degan asl zodalarini mana shu quldan chiqqan, mavlolardan bo'lgan Solim roziyallohu anhudan Qur'on o'rganishligini Payg'ambarimiz amr qildilar. Mana ko'ring da.

Payg'ambarimizning sahobalarini, sollallohu alayhi vasallam, qanday bir o'lchov bilan, qanday bir tushunchalar bilan tarbiya qilganlar. Sizlar nasr nasabinglar baland, bunaqalarni bilan o'tirmanglar demaganlar. Sizlarda pulinglar ko'p, bu bilan o'tirmaglar demaganlar. Kishini qadr qiymati birodarlar, kishini qadri qiymati islomda ilmi bilan, amali bilan, taqvosi bilan bo'ladi. Siz ham musulmon, u ham musulmon. Sizdan ilmliroq, sizdan ko'ra boamalroq, sizdan kora taqvoliroqmi? Shu odam sizdan baland.

Qaytarib aytaman. Ilmliroq. Amalliroq. Taqvoliroq mi? Millat qanaqa bo'lsa ham. Ijtimoiy tutgan mavqeyi qanaqa bo'lsa ham, puli qanday bo'lishidan qat'iy nazar, sizdan baland. Agar shu o'lchov bilan bir birimizni baholaydigan bo'lsak, birodarlar, inshaalloh bizni ham kalimamiz oliy bo'ladi. Ammo bizni o'lchovlarimiz bunaqa emas. Bizni o'lchoqlarimiz bunacha mas. Kiyimiga qaraymiz, mashinasiga qaraymiz mingan, uyiga qaraym biz, kirish topishiga qaraym ush. Bizni o'choqlarimiz shu. Bularni qaranglar, quldan chiqqan, salim roziyallohu anhuqaga shogird bo'linglar deb sohibi avvalambor rasululloh buyuryaptilar. Birodar, siz bilan bizni ilmimiz yuksaltiradi. Yodlagan qur'onimiz yuksaltirad, iffatimiz, axloqimiz yuksaltirada, taqvoyimiz, istiqomatimiz yuksaltirado. Islomiy o'lchovlar bilan umrimizni o'tkazsak, mana shu narsa bizni yuksaltiradi?

Abu xuzayfaning mavlosi salim roziyallaohu anhuq kim edi? Abu huzayfa bilasizlar roziyallohu anhu qurashning eng ulug' kishilardan bo'lgan utuba ibn robiyaning o'g'li edi. Utuba mana shu Qurash qabilasiga rahbar bo'lishlik da'vosi bilan yurgan Qurashning ulug'laridan edi. Mana endi Utubadan keyin uni o'rnini Abu Huzayfa egallashligi kerak. Nasl nasab jihatdan, moli dunyo jihatidan Abu Huzayfo roziyallohuni Qurashning eng peshqadam kishilaridan bo'lgan. Mana endi uni qo'lidagi Solim. Tabanniy oyatlari nozil bo'lmasdan turib, Abu Huzayfa Solimni ozod qilib o'ziga o'g'il qilib olgan edi. Solim ibn Abiy Huzayfa deb chaqirishar edi. Ana qachonki Tabanniy oyatlar nozil bo'ldi, shundan keyin Abu Huzayfaning mavlosi Solim deb chaqirishadigan bo'ldi. Bu ozod qilingan qul o'zini otasini kimligini bilmas edi. Chunki qo'l bozoriga olib kelib sotilgan. Sotgan odam ham bilmaydi otasini kimligi, olgan odam ham bilmasdi. Otasi kimligi bilinmas edi. Endi kimga nisbat qilinadi? Uni ozod qilgan Abu Huzayfaga. Solim Abu Huzayfanning mavlosi.

Solim roziyallohu anhuning asli forsdan edi. Fors mamlakatidan edi, Istahor degan shahridan. Ma'lumiylar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makka imukarmadan Madinai munavvaraga hijrat qilishliklaridan avval sahobalar hijrat qilib ketishgan. Kim imkoniyati bo'lsa chiqib ketgan va quboga olib borib turishgan. Rasululloh kelgunga qadar sahobalar necha kun quboda turishgan bo'lsa, Solim roziyallohu anhu ularga imomlik qilgan. Yana qaytarib aytamiz. Manaman degan kibor sahobalar, zodagon sahobalar turib, imomlik kimni qo'lida bo'lgan ekan? Solim roziyallohu anhuni. Yana qaytarib aytamiz. Ularni sohibalarini roziyallohi anh majmai, oralaridagi o'lchov, ilm, amal, taqvo bo'lgan ekan.

Kechalarni birida Solim roziyallohni hu masjidi Nabaviyda Qur'on tilovat qilib o'tirganligini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam eshitib qoldilar. Va aytdilarki, alhamdulillah, alladiy ja alafi ummati mitlak. Allohga hamdlar bo'lsin. Ummatim ichida senga o'xshaganini bor qilgan. Ummatim orasida senga o' xshaganini bor qigan Allohga hamdu salomisin dedi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Albatta bu Rasulullohni aytgan bu hadislari Solim roziyallohu anhuni ilmni peshqadamligi, ixlosi, taqvosi sababli edi. Va Rasulullohni unga bo'lgan muhabbatidan aytilgan edi.

Solim roziyallohu anhuni sahobalar aytishar edi. Solim, solih insonlardan. Kim maqtayapti u kishini? Kimlar maqtayaptimi? Sahobalar. Solim, oramizdagi solih insonlardan kishini qanday inson ekanligini bilib olishlik mumkin. Yonidagi odamlarni kimligiga qarab.

Bir kishini qadr qiymati nechta odam unga ergashayotganligi bilan emas, kimlar ergashayotganigi bilan belgilanadi. Masalan, Gitlerda ham o'q tashgan. Qonxo'r, yigirmanchi asrdagi eng ko'p qon to'kilishiga sabab bo'lgan shu Gitlerda ham orqasidan odamlar erchigan. Orqasidan odami erchisalar, demak bu odam yaxshi odam degani emas. Kimlar erchayotganiga qarashlik kerak.

Odamlarda narxi qanaqa bo'lib ketgan bilmayman, futbolistlar, diqqat qilib turinglar. Bitta falonchi futbolisti deydi, Facebookida yetmish bir millionta deyapti, podpischigi bor deyapti. Nima degani bu? Men mana bu juvachkani yaxshi ko'raman desa, yetmish bir milliontta odamga boradi, ular ham bittadan oldin chaynaydi. Vo, falonchi futbolist u deydi.

Qanaqa ota u? Uyida. Qanaqa farzand u? Qanday do'st? Rostgo'ymi? Xulqa yo'q, muhimi futbolni yaxshi o'ynaydi. Ukalar futbol o'ynash yaxshi, lekin fanat bo'lishdik, ahmoqlik. Futbol o'ynab yaxshi, jismonan sog'lom bo'lasan, terlaysan va hokazo. Lekin fanatik bo'lib olib, o'sha televizorda ikki soatlab, uch soatlab futbol ko'rishdik, ahmo'qlik bo'ladi. Yaxshilab bilib olinglar.

Odamlarni narxi shunaqa bir pasayib ketganmiki, o'sha bitta to'p darvozaga kirsa, qiyomatni xoin bo'lganini ko'ravering. A? Shunaqa baqiradi, endi gol qo'yib yuborsa, yana qiyomatni ko'ring. Sevimli kulimi gol qo'yivordi. Ey, ko'zinglarni ochinglar, musulmon odam fanatiga bo'lmaydi. Agar gol bo'lmay qolsa, yana qiyomatni ko'ravering! To'g'rimi? To'ppa to'g'ri. Odamlarda narx pasayib ketyapti. Ukalar, narximiz pasayib ketyapmiz bizlar. Bitta to'pni shu darvoza kirishiga ko'zimiz to'rt. Ikki soat o'tiramiz, a, gol, gol. Yo bo'lmasa, a, yutqazib qo'ydik. Ertasi kuni tushib olib, somon orada soatlab muhokama ketadi. To'g'rimi?

Odamni qadri, odamni qadiri uni kimlar maqtayotganligi bilan o'lchanyapti. Odamni qadari unga kimlar ergashayotganligi bilan o'lchanayapti. Agar faqat odamlar elchi ekanligi bilan uni qadrli desangiz, futbolist orqasida milliardlagan muxlislari bor. Ammo biz kimdan ibrat olamiz?

Falanoqiyu mulohim ya ummon qiyamati vozna. Alloh aytadi, qiyomat kunida biz ular uchun hech qanday qadr qiymat bermasmiz. Solim roziyallohu anhuni sut emishligi haqida. Udi ruhm li aba ihin. Baholagan bolalaringizda otalarini ismlari bilan, nomlari bilan chaqiringlar degan oyat nozil bo'lganidan keyin, Abu Huzayfoning xotini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzuriga kelib, yo Rasululloh, erim Abu Huzayfa meni asramadi, o'g'lim sonimdan rashk qilyapti, dedi. Mana Son roziyallohu anhuni ozod qilib, Abu Huzayfa o'ziga o'g'il qilib olgan. Endi Abu Huzayfa bir kun kirsa, ayoli Solim bilan o'tiribdi, Solim balog'atga yetgan. Baholingan bola. Shunda kirib turib rashq keldi. Jome'yi sahihdan bu hadis. Shunda Rasululloh aytdilar, solimni emizib qo'y dedilar. Yo Rasululloh soqolichqa yotibdi yu, dedi.

Shunda Rasululloh aytdilar, uni emizgin, mahram bo'lib qolgaysan, ering ham rashk qilmagay dedilar. Shundan so'ng Abu Huzayevaning chehrasi yorishdi. Mana sahih hadis. Mazhab kerak emas. Hadisni o'zi bizga kifoya qiladi, degan ukalar bo'lsa, o'ylanib ko'ringlar. Qani olamiz endi bundan xulosani? Hadisni o'zini ushlab keta olish kerak degan ukalar, o'ylab ko'ringlar.

Mana hadis turibdi, o'n besh ga kirgan, o'n olti ga kirgan bolani emizib qo'y deyapti. Emizib qo'di. Shu bilan mahram bo'lib qoldi. Abu Husayefa nima bo'ldi? Yuzi yorishdi. Xo'sh. Yana aylanib kelib turib, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni hadislarini siz bilan bizga sharhlab, tushuntirib, qanday tushunishlik kerak? Bu hadis qaysi hadisdan keyin aytilgan? Bu hadis qaysi oyatdan avval aytilingan? Mazhab kitoblarimizni ko'rsatib berib qo'yibdi ulamolar. Shu hadisni sharhini, fiqh kitoblarimizdan, sharh kitoblarimizni o'qimasdan turib, xulosa olsak, unda nima bo'ladi? Bir fikrga, mulohazaga chaqiryapman. Sharh kerak ekanmi hadislarda ukalar?

Fiqh kitoblari kerak ekanmi? Mazhab kerak ekanmi? Abu Huzayevaning ma'nosi solining hadisi deyiladi Jome'us Sahihdan. Agar oddiy kishilar bu hadisni shunday o'qib turiblar, o'zichasiga hukm chiqarishga harakat qilsa, juda ham xatarli ish bo'ladi. Bilmagan odam eshitib turib, ha bo'laverar ekan da, men o'n besh ga kirganda yemirib qo'ysa ham. Vaholanki bo'laverar ekanda degan noto'g'ri tushuncha bo'lib qoladi. Yana eng qizig'i shundaki, ana shu siz o'qib tushunmayotgan hadisni sharhlaydigan boshqa hadislar bor. Fiqh kitoblarda qayta qayta bu narsa sharhlab tushuntirib qo'yilgan bo'lsa ham, ixtilofli joyni ushlab olaverasiz da.

Nima bo'ladi, bilasanmi? Mana emizgan ekan u, bo'laverar ekanda. Bo'lmasam boqib olib o'n besh ga kirgan, emiz deb qo'ysin ayoling, ayt. Ko'tara olmaysan uni. Mazhab kerak ekanmi ukalar? A? Bir ming ikki yuz yildan beri to'rtala mazhabni to'g'ri deb kelibdimi ummat? Meni ummatim zalolat tusda jamlanmaydi deganlar Rasululloh. Bir ming ikki yuz yildan beri ummat to'la'la mazhabni to'g'ri haq deb ergashib kelyaptimi? Demak ittifoqda turibdi ummat. Demak mazhab kerak emas degan odam o'zi xato ish qilayotgan bo'ladi.

Endi, hal qilib qo'yaylik a, yo keyingi narsaga qoldirib qo'yaymi? Bu voqea sust emizishlik muddati ikki yil degan oyat nozil bo'lishidan avval bo'lgan. Bir. Ikkinchidan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aytgan bu so'zlari faqatgina sog'limga xos bo'lgan.

Undan keyin hech kim ishlatilmagan. Uchinchidan, Sahla binti Sohaylim Namr, Abu Huzayfani ayoli sog'ib bergan sutini deyiladi. Tushunarli bo'ldimi? Oyat nozil bo'lishidan emizishlik, havlayni kamilayn ikki yil degan oyatdan ovor bo'lgan. Soliq roziyalloh hali uchun xos bo'lgan va Saxla sutini sog'ib bergan. Yopdik. Endi oyat nozil bo'ldi, undan keyin sut emizishlik muddatini to'liq qilaman deganlar uchun muddat ikki yil dedi. Endi bungacha bo'lgan narsalar ana shu oyatning hukmi bilan hukmi bekor bo'ladi. Buni misoli Aroha haqida uchta oyat nozil bo', bo'lganidek. Yas alun aka anil xomir. Sizdan Aro haqida so'rashadi. Birinchi oyatda unda foyda ham bor, ziyon ham bor. Oyat. Yana bir muddat o'tgandan keyin, e'imonga keltirganlar, bola tahro bu'zsorot va unsum so'karo, namozga mast holat yaqinlashmanglar. Uchinchi oyatda, keyingi nozil bo'lgan oyatda mutlaq harom qildi. Mana ikkala oyat, oyat deb o'qilaveradi, lekin hukmi mansub bo'ldi. Mana bu oyatning hukmi bularni nasib qildi. Fiqh o'rgatadi shu ilmni bizga birodarlar. Agar oyatni hadisni shunday o'qib ketaveraman deydigan bo'lsangiz, o'n besh ga kirgan bolani emizishga to'l kelib qoladi.

Xulosa, ikki yoshgacha emsa enani, shu bola shu ayolga mahram bolada o'zini farzandi bo'lib qoladi. Undan keyin ikki yashardan keyingisi o'tmaydi. Endi sut emizuvchini sharti, sut emuvchini sharti. Sutni o'zini sharti, bunga o'xshagan tafsilotlari bor. Xohlovchilar kitoblarimizdan topib o'qisanglar bo'ladi.

Sahoba ikromlar, Alloh Taoloni ularga roziligi bo'lsin, har bittasi qaysidir bir sohada peshqadam bo'lgan. Kimdir ilmda, kimdir jang maydonida, kimdir saxovatda, kimdir haqda shiddatli bo'lishlikda, kimdir halimlikda. Endi mana shu suhbatlarni hammasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zida jamlaganlar.

Jur'ati. Solim roziyallohu anhuh quldan chiqqan bo'lganiga qaramasdan haqni aytishlikda jur'atli edi. Biz endi kichkina odam bir chekkada yuraveraylik, qo'yinglar, kattalar gapirsin. O'zimizga ishonchimiz yo'q ukalar. To'g'rimi? Xato qilib qo'yishdan qo'rqamiz. Sutda kuygan, qatiqda puydagicha ichadi deganda, keyin qo'y xato ham qilmang, jim beray deb turib, bir chekkada yuradigan bo'lib qolganmiz. Solim roziyallohu anhun kimni xatosini yuziga solgan, bilasizlarmi? Xolidin nivali roziyalloh u huni. Sayfullohni.

Rasululloh Makkani fath qilganlaridan keyin, Makkani atrofidagi mushrik qabilalarga da'vat sariyalarni Payg'ambarimiz chiqarganlar, urushmas. Ana shu sariylardan bittasini amiri Xolidin valid bo'ladi. U qo'shinni orasida Solim roziyallohu anhu ham bo'ladi. Qon to'kishlik kerak emas edi. Ammo Xolidin valida roziyallohi anhu o'zini ishtixodi bilan qon to'kdi. Va mana shu qilayotgan ishini noto'g'ri ekanligini Solim roziyallaohu anhu borib turib tikka yuziga aytgan edi. Bir necha marta qattiq shiddat bilan aytgan edi, keyin Solim roziyallohu anhuni gapi to'g'riligi ma'lum bo'ldi. Xolidin valid uzr so'radi, lekin haqda Solim roziyullohu anhuni hisobida turdilar. Payg'ambarimiz keyinchalik Makkaga qo'shin qaytib kelganidan keyin, Xolidin validdin qilgan ishini eshitib turib, allohimma innay abroudilaykum minmasa na xolid. Parvardigor Xolid qilgan ishdan men pokman deb robbisiga uzr aytdi.

Rasululloh qon to'kilmasligiga, tinchlikni yoyilishiga, odamlarni hayotini saqlashlikka xaris edilar. Qon bilan da'vat qilishlikka emas. Ana shu voqea bo'lib o'tganida, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xabar topib, aytdilarki, Holidni qilgan shu ishiga biron kishi bir e'tiroz bildirdimi? Bironta odam qarshi bo'ldimi?

Sahobalar ha, solim qarshi bo'lib roziyallohu anhur. Uni bu ishdan qaytardi dedilar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xursand bo'ldilar. Nima uchun xursand bo'ladilar? Meni ummatim zalolatni ustida jamlanmaydi. Bitta odam bo'lsa ham qarshi qilib aytibdimi? Demak, ummat hali tirik. Mahallada bitta zopudim gunoh emas, yotqilar ekan deb bitta odam chiqib turib noto'g'ri qilyapsan deyishga ham yaramasa, assalomu alaykum ummatga. Xolid bo'lsa ham roziyallohu anhu bu xatoni qilgan. Solih roziyalloh nasihat qilib qaytardilar. Demak, solih roziyallaohu anhu ham sukut qilsa, demak ummat xolidni qilgan ishiga rozi bo'ladi. Noto'g'ri ustida hammasi ittifoqqa kelgan bo'ladi. Demak bu xato bo'lar edi. Alloh taolo yahudlarni yomonlab aytgan. Kan ula ya talayha una munkarim faulu. Ular bir birlarini qilgan noroyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish.

Aqlu hovli haqida va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum. Alhamdulillahi robbilen amin. Vassolatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohummala ilmalana illa ma'allam tana. Inna kam tal al imun hakim. Allohumma allin na ma'yam fauna va ma'naviy ma'lum ta'navasid na ilma. Vorin al haqqa haqqon va zuqna tibba, vorin al botila botila va zuqna ish dinaba. Vodix ilnabi rahmat aka fii badika solihin. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. O'tgan darsimizda Abu Huzayfoning mavlosi Solih roziyallohoni haqida dars qilgan bo'ldik. Bu sohibani hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, oladigan xulosamiz shuki, musulmonlar o'rtasida, islom jamiyatida birinchi o'ringa qo'yiladigan o'lchov bu iymon, ilm, amal, taqvo. Mana shu narsa bilangina musulmon ikkinchi musulmondan afzal bo'lishi mumkin. Nasl nasab, rang, millat, boylik, kuch quvvat, bu narsalar musulmonlarni o'rtasidagi o'lchov emas.

O'lchovlar miqyoslar belgilashda musulmon odam uchun Kitob va Sunnat. Mana, mana shu ikkita narsaga qaytishinglar lozim bo'ladi. Umariddin Xattob roziyallohu anhuhu xalifa bo'lib turgan paytida majlisda o'tirarkan, xalifa bir kishi xalifaga qarab turib, aytdiki, ey Amirul Mo'miniy, vallohi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyingi eng afzal inson sizsiz, sizdan afzalrog'ini ko'rmaganmiz, dedi.

Boshqa hech kim hech narsa demadi. Shunda xalifa majlisda o'tirganlarga g'azab bilan birma bir tikilib chiqdi. Shunda majlisda o'tirganlardan biri aytdiki, yo'q, Allohga qasam, unday emas. Sizdan yaxshiroq bo'lgan odamni ko'rganmiz, dedi. Xalifa, kim u, dedi. Kim edi u? Abu Bakr Siddiq deb javob berdi. Umariddin Xattob, hammanglar yolg'on gapirdinglar, dedi. Faqat mana bu kishi to'g'ri aytdi, dedi. Hech kim gapirgani yo'q. Lekin indamay turgani, mana shu gap kishini, mana shu aytgan gapi to'g'ri ekanligiga roziligi edi. Sukut ma'nosi rizomidi? Faqat mana bu odam to'g'ri gapirdi, hammanglar noto'g'ri gapirdinglar dedi. Ya'ni bu yerda turganlarni indamay turishligi shu so'zga rozi ekanligiga ta'vil qildi. So'ngra dedi, vallohi, men o'zimni ulovimdan ko'ra adashganroq edim. Abubakr siddiq esa roziyallohu anhu, mushukdan ko'ra xushboyrog'i dedi. Yonimizda turgan kishilarni agar bir tarbiya qilsak yoki bir narsani o'rgatsak, jim turishga, nima desak ham xo'p deydigan qilib, tarbiya qilsak, u ham bir tarbiya. Yoki noto'g'ri ishni ko'rganda, nohaq so'zni ko'rganday, eshitganda, yo'q, bu noto'g'r i deb tarbiyalashlik.

Bu ham bir tarbiyani uslubi. Tanqid qilish, o'zini fikrini bayon qilish, taklif kiritish, dalilsiz narsani qabul qilmaslikka o'rgatishligimiz kerak. Bir birimizni va farzandlarimizni. Immo bo'lmaydi deganlar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Immo nima desa, odamlar yaxshilik qilsa, yaxshilik ham qilib ketaveradigan odam. Odamlar yomonlikka yursa, ko'pchilik nima desa, ha bu nima degani biz, ko'pchiligi nima desa, biz ham o'shada deyaptimi, shu odam immo bo'ladi. Ha ko'pchilik aravachamizda sen ichaverasanmi? Va ko'pchilik zino qilamiz, sizni qilaverasanmi? Musulmon odam immo bo'maydi.

Har bitta narsaga xo'p deb itoat qilaveradigan odamda emas, chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, innama to'atu fii ma'ruf. To'at, bo'yin so'nishlik faqatgina ma'ruf ishlardagina bo'ladi. Ma'ruf ish bo'lsa quloq solamiz, agar munkar bo'ladigan bo'lsa, itoat qilmaymiz. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallamning sahobalari, birodarlar bir birlariga nasihat qilishgan. Bir birlarini xatolarini tuzatishgan. Bir birlari to'g'ri yo'lini ko'rsatishgan. Qoida.

Seni maqtaydigan kishi seni yuksaklikka boshlamaydi. Seni maqtagan kishi seni yuksalishga qarab boshlamaydi . Aksincha, tanqid qilgan, kamchiliginga ishora qilgan kishi seni yuksaliishingga yordam beradi. Hoy. Yomon ko'rib qolmasin, indamay qolaman. Ha, to'g'ri bo'ldi, yaxshi bo'ldi, juda ham yaxshi ish qildingiz. O'zi asli nima edi u? Xato edi. Maqtib yuboryaptimi? Bu odam sizni o'stirmaydi. Haq nima haqida deyish kerak? Botinni botil deyish kerak. Chunki bizni qo'limizda birodarlar haqni botinini ajratib beradigan kitobi sunnat bor. Astaydubila, fain tanaza atun fiy shay'in farud duhi ila allohi va rasul. Ey mo'minlar, agar bor deyu biror bir narsa haqida talashib qolsangiz, u narsani Allohga va payg'ambariga qaytaring. Endi ikkinchi, oldingizda tanqid qiladigan odamni borligi sizni boyligingiz.

Agar tanqid qiladigan odam bo'lsa, uni gapini olmasangiz, bu musibat endi. O'sha kuchli siyosatchilardan bittasi aytgan ekan, g'arblik. Meni shu maqom, shu martabaga ko'tarilishimga raqiblarim sabab, raqiblarimdan minnatdorman. Kamchiligimni betimga aytib, tanqid qilib, meni shu bir muhokama qilavergan, o'sha kamchiliklarni tuzataverganman, mana shu martabaga yetdim deydi. Shuning uchun kelar, moting manaqa bo'lib qolibdi desa, o'zingchi demanglar. Tanqid qildimi, shart, himoya qo'riqlarni olamiz, hujum nayzasini olamiz, shunday himoya qilib turib, parvardi qilib turib, atakaga o'tamiz. O'zingchi edingiz.

Maoshiy manaqa o'zingchi, shunchalik qila olasanmi? Yo'q, siz sizni foydangizni aytyapti shu, agar tushunsangiz. Solim roziyallohu anhuning shahid bo'lishi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rohf i fiqul a'loga hijrat qildilar. Arablarning juda ko'plari dindan qayta murtad bo'lib ketishdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun Rasulullohning xalifasi bu murtadlarni dinga qaytarishlik uchun juda ko'p qo'shinlarni chiqardi. Ana shu chiqadigan qo'shinlardan biri Xolidin Valid boshchiligida chiqqan qo'shin Yamoma kunida bo'lgan jang mana. Bu qo'shin Banu Hanifa ruhidan bo'lgan Musaylama Kazzob o'zini payg'ambariman deb chiqdi, shunga qarshi yuborildi. Yamoma kuni keldi. Bunday kunga musulmonlar hech guvoh bo'lishmagan edi. Banu Hanifani qo'shini katta, jang qattiq bo'ldi. Jangni avvalida musulmonlar tirqirab har tomonga qochib ketishdi. Musulmonlar mag'lub bo'lishi jangni avvalidan. Tirqirab ketdi har tarafga.

Lekin holidin valid roziyallohu anhu ularni qaytadan jamladi. Mohir ona bir boshqaruv natijasida musulmonlarni safi yana bir bo'ldi. Ikki birodar. Abu Huzayfa roziyallohu anhud. Solim roziyallohi anhud. Ular mana Abu Huzayfa Solimni ozod qilib o'ziga o'g'il qilib olgan edi. Keyin tabanniy oyatlar tushgandan keyin, o'g'il demadi, Abu Huzayfaning mavlosi dedi. Bu ikkala birodar bir birini quchoqlab turishib, bir biriga ahd berishdi. Qanday ahd edi? Ularga ikki dunyoni saodatini bergan.

Mana shu haq islom dini yo'lida shahid bo'lishlikka bir biriga ahd berishdi. Abu Huzayfa roziyallohu anhu Musalimani qo'shniga qarab yurar ekan, qilishi bilan nido qildi. Ey Qur'on ahli, Qur'onni amallaringiz bilan ziynatlanglar. Ey ahli Qur'on, Qur'oninglarni amal bilan bezanglar dedi. Solim roziyallohu anhu ahli Qur'on edi.

Uni nidosini eshitib aytdi. Agar men tarafimdan musulmonlarga zarba berilib qoladigan bo'lsam, yomoni homil Qur'on ekanman dedi. Solim roziyallohu anhun hali qo'lida muhojirlarni bayrog'i turar edi. Bu bayroq avval Umariddin Xattobning akasi Zaydun Mirxattob roziyallohi anhun huni qo'lida edi. U kishi shahid bo'lganidan keyin bayrog'ini Solim roziyallaohni olgan edi. O'ng qo'li bilan bayrog'ini ushlab, chopqo'li bilan jang qilardi.

Murtadlardan birini qilichi o'ng qo'lini chopib tashladi. Bayroq yerga yiqildi. Salim roziyalloh aniq uni chap qo'li bilan oldi, baland ko'tardi. Boyagi murtadni yana bir qilishdi edi, yerga yiqilib, shahid bo'ldi. Hali ruhi pokiza tanasini tark qilmagan edi. Musulmonlar bu kunda Musaylamani qatl qilishdi va g'olib bo'lishdi. Jang maydonida Shahidbek o'lib yotgan birodarlarini kuzatib chiqisharkan, Solim roziyallohu anhuga ko'zlari tushdi. Oxirgi nafaslarini olib yotar edi.

Solim roziyallaohu anhuni oxirgi aytgan so'zlari. Xalifa Umariddin xattoga xanjar urilganida, bomdod namoziga chiqqanda, mana darslarda bu Umariddin xattoh haqida darslarda aytganmiz, ko'p qon yo'qotadi da, hushidan ketadi. Hushiga kelib turib, birinchi aytgan gapini nima olgan edi? Musulmonlar namozni o'qishdimi? Musulmonlar bomdodni o'qishnimi? G'amni qarang. O'ziga kelib birinchi so'rayotgan narsa namoz bo'lyapti. Bu sahoba nima dedi?

Oxirgi lahzalarda turar ekan, Abu Huzayfaga nima bo'ldi? Deb so'radi. Menga xabar beringlar. Sahobalar shahid bo'ldi deyishdi. Solim roziyallohu anhu, meni uni oldiga o'tkazinglar dedi. Sahobalar aytishdi, u seni yoningda yotibdi. Shu joyda shahid bo'ldi dedi. Ya'ni ikkala sahoba bir yerda shahid bo'ldi. Birga yashadi, birga imonga keldi, birga rasulullohning orqasida yurdi, bir kun bir joyda shahidbo'ldi. Solim roziyallohu anhu buni eshitib, tabassum qildi oxirgi marta, keyin gapirmadi. Qaytarib aytamiz. Abu Huzaifa ibn Utuba roziyallohuhu anhu. Solim roziyo'llohuhu anhu, birga yashadi. Birga iymoniga keldi. Birga Rasulullohga ergashdi va bir kunda bir joyda shahid bo'lishdi.

Umariddin Xattob roziyallohu anhu ana shu shahid bo'lib vafot etishligidan buni aytgan edi. Endi bu Abu Bakr Siddiqdan keyin Umariddin Xatto xalifa bo'ldi. Solim roziyallohi oxiri o'tib ketdi endi avval. Aytadiki, agar Solim tirik bo'lganida edi, o'zimdan keyin ishni unga topshirgan bo'lar edim dedi. Ya'ni forsdan kelgan qul shunday bir maqom martabaga yetdiki, musulmonlar o'rtasida musulmonlarga xalifa bo'lishlikka loyiq edi deb kim aytyapti? Umariddin Xattob roziyallohu alayhi vasallam aytyapti. Islom birodarlar mana shu qulni mana shunday martabaga ko'tardi. Bu albatta islomni mo'jizasidan birodarlar.

Birodarlar, bizdan nima matlub hozirgi zamonda? Sahobalar bir birini yaxshi ko'rgandaqa yaxshi ko'urishimiz kerak. Ular bir biriga nasihat qilgandaqa nasihat qilishimiz kerak. Toki ularni orasida bor bo'lgan iymoniy muhit bizni ham oramizda bo'lsin. Bu darslardan oladigan xulosamiz nima? O'qidik, o'rgandik, endi tadbiq qilaylik. Agarchi biz dars zo'r bo'ldi, kecha juda ham zo'r dars bo'ldi, mazza qildik. Ha qara, o'sha paytlarda shunday ishlar bo'lgan ekan deb qo'ysak, bu darslarda bizga foydasi tegmay qoladi.

Bu darslardan oladigan xulosamiz shuki, bizni o'lchovimiz kitob va sunnat. G'arbni shaxtdan kelayotgan tushunchalar, miqyoslarni o'zimiz yandaqa qilib olmaylik. Chunki bu andozalar insonni faqat halokatga olib boradi, ikki dunyoda. Dunyoda halokatga olib borishligini ko'rib turibsizlar, g'arbni bo'laklanishidan. Biz musulmon jamoasi bo'lishni xohlaymiz. Sahobalardaqa bo'lishni xohlaymiz, birodarlar. Oramizdagi o'lchovlar iymoniy o'lchov bo'lsin. Bu jamoatda bir odam ikkinchi odamdan afzalligi nima bilan bo'ldi? Iymoni bilan, taqvosi bilan, ilmi bilan, amali bilan bo'ldi. Hammamiz Odam alayhissalomda bolasimiz.

Qanaqa millat vakili bo'lmang, boy kambag'al bo'lmang , erkak ayol bo'lmang. Odam alayhissa salomda bolasimiz hammamiz. Odam alayhi salom nimadan yaralgan? Tuproqdan. Mol mulk, davlat, kuch quvvat, bularni qadri yo'q. Solim roziyallohu anhu o'z zamonasining eng quyi tabaqasining kishisi edi. Ammo birodar islom u kishini mana shunday bir yuqori martabaga, mazlakatga ko'tardi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgandilar, alhamdulillah, alladiy ja ala fiy ashabiy miflak.

Alhamdulillah, meni asboblarim ichida senga o'xshaganini bor qilgan allohga. Rasululloh sog'lini, sahobalarni orasida borligiga alloh taologa hamd aytyapti. Alloh subhanahu va taolo bu sahobalarni hayotini o'qib o'rganib, ibrat xulosalarni hayotda tatbiq qilishini hammamizga nasib qilgan bo'lsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashSahobalar hayoti