Maviza
—Qoralama33 daq

Sahobalar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
32:39
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbila a'lamin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'allam tana innaka antal alimul hakim. Allohumma allimnama ya'nfauna vam far nabi ma'allam tani vazidna ilma va adina al haqqa haqqon va zuqna tibai. Vo arina'l botila botila vozduqna ishdina va vo ja'anna minman yesta me'un al qovli fayadda biunah sana. Vodihillabi rahmatiki fiya ibodika solihayn. Ammabaut, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qishdagi navbatdagi darsimiz. Bugungi darsimiz so'roqotibnumolik roziyallohu anhu haqida bo'ladi. Sahobalarda hayotini o'qirganmiz, siz bilan biz kundalik hayotimizga kerak bo'ladigan xulosalarni, ibratlarini olamiz. Ularni qilgan ishlari, aytgan so'zlari, turgan mavqevlari har bittamizga ibrat namuna.

Bu sahobona hayotini o'quv o'rganishga kirishdan avval bir narsani to'xtalib o'tamiz. Islomni birodarlar bir ulkan bir piramidaga o'xshatsak bo'ladi. Eng yuqori qismi Qur'oni Karim. Dinimiz asosi bo'lgan Qur'oni Karim. Undan keyingi ikkinchi qismi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari, sunnatlari. Payg'ambarlarimizni sunnati bilasizlar, qovli sunnatlari bor, so'zlari va amaliy sunnatlari bor. Ikkalasi ham sunnat deyiladi. Demak, piramidani eng usti Qur'oni Karim bo'lsa, undan keyingi keyingi qism Payg'ambarimizning hadislari, uchinchi qismi Payg'ambarimizni qilgan ishlari, to'rtinchisi sahobalarni siyratlari.

Agar mana shu to'rtta qismni yaxshi o'rganadigan bo'lsak, demak dinimizni o'rgangan bo'lamiz ekan. Sunnat mutoxara, Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallamning sunnati nabaviyasi. Sunnat nima deb so'rasanglar, aytamizki, Qur'onning tafsiri. Qur'onning tafsiri nima deb so'rasanglar, payg'ambarimizning sunnati deb aytamiz. Chunki qur'on, birodarlar, qur'on bir olti yuz betlik kitob bo'lsa, olti yuzbet xolos, qisqagina mo'jaz. Ammo Payg'ambarimizni hadislari olti yuz mingdan ko'proq. Sunnat kerak emas, hadis kerak emas desa, bu odam dindan chiqadi.

Alloh Taolo Qur'ondan marhamat qiladi. Astaydu billah. Huvalladiy ba atafil ummiy yina rasulun minhum, yatlu alayhim a'yathixi va yuzaki him va yualli muhumul kitob av hikma. U Alloh ummiylar, ya'ni savodsiz bo'lgan kishilar orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga Qur'on oyatlarini talovat qiladigan, ularni poklaydigan hamda ularga kitobni va hikmatni o'rgatadigan bir Payg'ambarni yubordi. Kitob bu Qur'on. Hikmat bu Payg'ambarimizni sunnati.

Mana Qur'onni tushunishligimiz uchun sunnat qanchalar bizga zarur. Alloh Taolo hukmlarini mo'jaz suratda bizga yubordi. Buni tafsilotlarini, ikir chikilarni Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bizga o'rgatdilar. Masalan, astayidubillah, hurriy mat'a alaykum umma ha'tukum va banatukum oyati. Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa singillaringiz, ammalaringiz, aka ukalarda qizlari harom qilindi. Shularni orasida hamda opa singil almashtirishingiz harom qilindi! Opa singilda jamlash mumkin emas, bir vaqtni o'zida.

Opasini qo'yib yuborib turib singlisiga uylansangiz bo'ladi, lekin bir vaqtda ikkalasini jamlab bo'lmaydi. Endi oyat qarang, hamda opa singillarni almashishingiz ayolingizni ammasi bilan jamlashingiz mumkin emas. Ayolingizni uni xolasi bilan jamlashinguz mumkin emas. Buni kim o'rgatdi bizga? Sunnatinabaviy o'rgat. Bunga o'xshagan misolini juda ko'p keltirishimiz mumkin, masalan. Alloh Taolo Qur'onda zakotni beringlar dedi. Endi nisobi qanaqa? Qanchada beriladi? Molni zakoti, qo'yni zakoti, tilla. Kim o'rgatchdi buni?

Sunnatini abaviy o'rgatdi. Alloh Qur'onda o'g'rining qo'lini kesiladi buyurdi. Ammo urush paytida, urush paytida o'g'rining qo'li kesilmaydi. Nima uchun? Chunki o'g'ri urush paytida qo'li kesilsa ma'lum bo'lsa, musulmon u, mana shu jazodan qochishlik uchun dushman tomonga o'tib ketadi va dushmanga musulmonlar holidan xabar berib qo'yadi.

Qur'onda umumiy suratda qo'lini kesishlik hukmi aytildi, ammo urush payti bo'lganda kesilmasligini sunnat o'rgatdi. Demak, birodarlar, Qur'oni Karimning tavsiri nima desa, Payg'ambarimizning sunnati deb aytamiz. Sunnat nima desa, Qur'onning tavsiri deb aytamiz, namoz bilan tahorat ham Qur'onda mo'jaz qilib aytilgan, lekin tafsilotlarni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zining fe'llari bilan hamda so'zlari bilan tushuntirib berganlar. Ro'za ham shunaqa. Alloh taolo ro'za tutinglar dedi, tafsilotni sunnatdan o'rganamiz. Demak, biz aytgan piramidani eng yuqori qismi Qur'oni Karim. Ikkinchi qismi Payg'ambarmizning hadisi shariflari. Uchinchi qismi Payg'ambarimiz sollallohu aleyhi vasallamning qilgan fe'llari. Mana shu ham sunnat bo'ladi. Rasululloh bunday qilganlar, bunday qilmaganlar. Chunki Payg'ambarimiz aytganlar, sollu kamaru oitu muniy asli. Men qanday namoz o'qiyotganimni ko'rgan bo'lsanglar, mana shunday namoz o'qinglar. Demak, fe'llari ham sunnat bo'ladi. Endi to'rtinchi qismi bu piramidamizni, Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamning nimasi? Sahobalarining hayoti. Sahobalar, birodarlar, Alloh ulardan rozi bo'lgan kishilar.

Alloh ulardan rozi bo'ldi, roziyallohu anhun. Alloh ulardan rozi bo'ldi. Chunki qarang, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni o'zinglar desak, u zot bitta odam xolos. Ammo sahobalar turli toifa insonlar. Kattasi bor, kichigi bor. Boyi bor, kambag'ali bor. Fe'li tarangi bor, fe'li kengi bor. Og'ir bosig'i bor, yengili bor.

Shuning uchun Payg'ambarimizni sahobalarni hayotini o'rganishligimiz bizga lozim va nobud bo'ladi. Mana endi suhbat qatibni Molikni hissasiga o'tamiz. Bu sohibani hissasi Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xijrati bilan bog'liq. Alloh aziz va jalal musulmonlarga Makkadan Madinaga hijrat qilish haqida amrini berdi. Sohibalar hijrat qilishi va oxirida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq birgalashib hijrat qilishingizni. Rasulullohni Makkadan chiqib ketganligini xabarini eshitgan Qurash jazavaga tushib qoldi. Chunki Rasululloh tunda chiqib ketgan. Qurash xotirjam edi. Bizni qo'limizda deb o'ylashar edi. Kamiga Rasulullohni shu tunda o'ldirishlik uchun odamlarni ham yuborishgan edi. Ammo Rasulullohni chiqib ketganligi ma'lum bo'lgandan keyin, har tomonga yugurib qoldi Qurash mushriklari. Abu Jahl Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuniy uyiga bordi da, eshikni qoqdi. Eshikni asmovinda Abu Bakr ochdi. Abu Bakrning qizi. Otang qayerda dedi? Hozir qayerdaligini bilmayman dedi. Abu Jahl bir shapaloq urdi, yer yiqitib qo'ydi.

Mushriklar har tarafga qarab shoshilib qolishdi. Arablarning orasida ishqiborlari bo'ladi. Ana shu bosib o'tirgan izlarga qarab turib, nechta odam, qayoqqa qarab ketdi, qachon ketdi, shu narsani bilib oladigan mohir ishqibor boradi. Ularni ishga solib, Payg'ambarimizni quvishga tushishdi. Ana shu ishqiborilar haqiqatdan mohir edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni izlaridan qarab, garchi Rasululloh shimolga emas, janubga qarab yurgan bo'lsa ham, Savr g'orini oldiga kelishdi. Rasululloh bilasizlar, ana shu sabablardan bittasi, mushriylardan qutilishi sabablardan bittasisi, Rasulullohni safari shimol tomonga, Madinaga qarab bo'lishligi kerak edi, Rasululloh janubga qarib yurdilar. Bu ham mana shu sabablardan birinchisi edi. G'orga kirib o'tirdilar Savr g'origa. Mushriklar boyagi isquvallarni yordamida kelishdi. Isquvallar aytishdi, vallohi sizlar istaydigan odamlar mana shu g'orni u yog'iga o'tmagan dedi. Ular rost gapirishgan edi. Rasululloh shu yerda turgandilar.

Bugungi darsimizning asosiy xulosasi sabab qilish va tavakkal qilishlik degan ma'no atrofida bo'ladi. Sabab va tavakkur. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam makkadan madinaga hijrat qilganlarida shu maqsadiga yetishligi uchun, hijratiga madinaga yetib olishligi uchun inson sifatida qilish kerak bo'lgan hamma sabablarni qoyim qildilar. Birinchidan, xabarni yashirdilar, hijrat qilishlik xabarini. Ikkinchidan, bu xabarni yetkazgani abu bakrni uyiga kunduzni issig'ida bordilar. Odamlar uyida o'tirardi, makkada issiq bo'ladi. Yuzini to'sib bordilar. Abu bakrni uyiga kirib, no qizlaringizni tashqariga chiqaring dedilar. Chunki xabar yoyilib ketmasin. Qarang. Bu sabablari. Makkadan chiqishligida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shimolga qarab yurmasdan janobga qarab yurdilar. G'orga borib o'tirdilar. Ularni izlarini yopib ketadigan odamlarni tayyorladilar.

Omirimni fohira Abu Bakirni mavlosi, Rasululloh Abu Bakir va ularni yo'lboshisi, yo'lboshi bilan ketib borar ekan, qo'ylarni orqasidan haydab ketdi. Nima qilish uchun? Izlarni yopishlik uchun. Muhammad al Sulton bitta duo qilib, qo'rashda hammasini ko'r qilib qo'yib, Madinaga hijjat qilishi mumkin edi. Bitta duo qilib hammasini yo'q qilib chiqib ketishi mumkin edi da. Bitta duoni qiladi, ko'rishmaydi. Ammo Payg'ambarimiz oddiy inson daqa sabablarni qildilar. Demak, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g'orda uch kun o'tirdilar. Mushriklar topib kelishdi baribir. Mana g'orni oldida bo'lar ekan holat.

Qarang, agar Payg'ambarlarimiz sababni qilib turib, sababni o'ziga suyansa, mushriklar g'orni og'ziga kelib qolsa, nima holatda bo'lishi kerak? Payg'ambarimiz tushkunlikka tushib ketardilar. Qaytarib aytaman. Agar sababni qilib turib, Allohga tavakkal qilmay, faqat sabab kela suyanganida, mushuklar g'orni og'ziga kelganidan keyin Payg'ambarimiz shukuniga tushib ketishi kerak edi. Ammo Payg'ambarimiz shunday bo'lmadilar. Sababi tavakkalni ham qilgan, sababni qilganidan keyin. Endi bundan keyin nima bo'lsa, taqdir. Bitta nozik narsa.

Beparvolikni jazosi bilan qozoqqa qadar farqi bor. Sizni boshingizga musibat tushdi. Sizga yoqmaydigan ish bo'ldi. Bu yo taqdir haqiqatdan, yoki beparvoligingiz uchun berilgan jazo. Buni farqiga borish kerak. Agar siz hamma sabablarni qilganingizdan keyin ham sizga yoqmaydigon ish keldimi?

Demak bu nima? Taqdir, qozoqqaqar peshona. Ammo siz sababini qilmasdan turib musibatga sa, taqdir shunaqa bo'lib qolibdi deb bahona qilmang. Tushunarli bo'ldimi? Hozirgi kundagi musulmonlarni musibati ham shunda. Ha, yuzlab misol keltirishim mumkin bunga, yuzlab. Agar sabablarni qoyim qilib, ularning o'zigagina suyangan bo'lsang, tahdid, shir keltiribsan. Agar sabablarni qo'yim qilmasang, taqiq osiy bo'libsan.

Qaytarib o'qib beraman. Agar sabablarda qo'yim qilib turib, faqat sababni o'ziga suyansang, sen Allohga shirk keltiribsan. Agar sabablarni qilmasdan tavakkal qilgan bo'lsang, gunohkor bo'libsan. Aytyapman ku, bugungi darsimizni asosiy xulosasi shu. Bandar o'zi ko'zlagan maqsadga yetib olishligi uchun nima ish qilish kerak o'zi tomonidan sabablarni? Qiladi, qilib bo'lgandan keyin u yog'i Allohga tavakkal deydi.

Payg'ambarimiz sallallohni vasallamni ichidan xulosa qilib oladigan narsamiz shuki, rasululloh muvaffaqiyatiga yetishligi uchun o'ziga bog'liq bo'lgan hammani sababni qildi, lekin bu narsa kifoya qilmadi. Baribir g'orda oldiga kelishdi. Buni buyog'i Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ishi emas. Rasulullohning ishi sababini qilish edi, qildi, endi buni buyog'i Allohda. Agar sabablaringiz sizga foyda bermasa, endi buni bu yog'iga Alloh Taolo aralashadi. Odatlarni yo'q qilib beradi. Ya'ni tabiat qonunlarini o'zgartirib beradi. Yana qaytarib aytaman. Siz o'zingizga bog'liq bo'lgan hamma ishni qildingiz, lekin foyda bermadi. G'orda oldiga kelib turibdi mushriklar. Bu qilgan o'nlagan sababi bittasi foyda bermadi. Endi buyog'i Alloh Taoloning ishi.

Alloh Taolo sizni ishingizni o'zini qo'liga olganda shunaqa bir xos, bir uslub bilan, bir ajib yo'l bilan mushkulangizni hal qilib beradiki, siz aqlingiz bovar qilmaydi. Sababi siz sababni qilgan paytingizda Allohga itoat qildingiz. Alloh bilan bo'ladigan odobingiz chiroyli bo'ldi. Endi buni buyog'ialloh taoloning qo'lida. Voman nasru ila minin indin la ilaha ila azizil haking. G'alaba faqatgina azizul haking bo'lgan Alloh tomonidan bo'ladi.

Payg'ambarimiz xotirjam o'tirdilar, tushkunlikka tushmadilar. Chunki buyoq Allohning ishi. Ammo Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bezovta bo'lib yig'iladi. Agar kimdir men musulmonman, onamlar kofir, Alloh meni yaxshi ko'radi. Hech narsa qilmasam ham Alloh menga yordam beradi. Men ularni ustidan g'olib bo'laman desa, bu ayni ahmoqlik, johillik va osiylik.

Qaytarib aytaman. Men musulmon bo'lganligi uchun sabablarni hech qasini qilmasam ham, Alloh meni qo'llayveradi deyishlik, g'irt johillik, osiylik, ahmoqlik. Shuning uchun aytamizki, nuqsonga, kamchilikka yo'l qo'yganingiz uchun kelgan jazo bilan qazoyi qadadi farqi bor. To'g'rida, misol bir odam avvalroq yotgan bo'lsa, tomir yorilib qon oqayotgan bo'lmasa, indamay qarab turaversangiz, keyin o'lib qolsa, peshonasi ekanda desangiz, siz o'sha qon tomirni boylab qo'ying edi, sababini qilib qo'y, shundan keyin o'lib quvsa nima deysiz, demak peshona ekan deb qo'yasiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq orada o'tirisharkan, mushriylarni oyog'ini ko'rib turishar ekan. Abu Bakr Siddiq yig'ladi. Shunda Rasululloh aytdilar, ey Abu Bakr, nimaga yig'laysiz? Yo Rasululloh, o'zimni jonim uchun yig'lay ekanim yo'q. Sizga bir yomonlik yetishidan o'ylab, qo'rqib yig'layapman dedi. Rasululloh aytdilar, ey Abu Bakr, mahzun bo'lmang. Albatta Alloh biz bilan birgadir. Innallohi ma'na. Alloh biz bilan birgadir. Bu juda ham bir buyuk kalima. Agar Alloh siz bilan birga bo'lsa, hech kim sizga makruh narsani yetkaza olmaydi. Agar Alloh biz bilan birga bo'lsa, hamma sizga yomonlik yetkaza olmaydi, agar Alloh siz bilan birga bo'lsa. Biz alloh bilan birga bo'sak, qachon alloh biz bilanbirga bo'ladi? Qachonki biz Alloh Taoloni hamma buyruqlarini bajarib, hamma qaytarlardan qaytib, maqsadimiz faqat Allohni roziligi degan narsa bo'lsa, Alloh biz bilan birga bo'ladi, Alloh bizni hech kimga topshirib qo'ymaydi.

Alloh Taolo mana shu holatni bayon qilib aytadi: astaydu billah, idh huma fil g'oriy, idh yaqul ili sohibih ila tahzan imnallohi ma'na. O'shanda ikkovlon g'orda bo'lgan paytlarida hamrohiga g'amgin bo'lma. Shubhasiz Alloh biz bilan birgadir der ekan, Alloh uning ustiga xotirjamlikni tushirdi. Abu Bakr Siddiq: yo Rasululloh, agar ulardan birontasi shuni engishib, oyog'ini tagiga qaraganida bizni ko'rib qolardi, dedi. Yana bir rivoyatda keladi, o'sha bir mushiri engishib qaradi ham deyiladi shu rivoyatda. Abu Bakrni ko'zi bilan uni ko'zi to'g'nashdi bir biriga. Ko'rib qoldi.

Siddiq roziyallohu anh bizni ko'rib qolishdi dedi. Shunda Rasul aytdilar: ey Abu Bakr, axir bu shiboyatni o'qimaganmisiz? Voyin taduruhim ila luhuda la yasmau, vatorohim yonziruni ilaika vahum la yubusirun. Agar ularni hidoyatga chollasangiz eshitmaydilar, ular o'zlari ko'rmagan holda sizga boqib turganini ko'rursiz. Qarab turadi, ko'rmaydi.

Alloh taolo oson qilsin. Chunki payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek, allohum malla saxla illa maja altahhu saxla. Parvardigor, sen yengil qilgan ishdan boshqa yengil ish yo'q. Sen yengil qilsang, bu ish yengil bo'ladi. Agar sen yengil qimasang, hech kim uni nima qila olmaydi? Yengil qila olmaydi. Alloh taolo payg'ambarim sollallohu alayhi vasallamning ishini yengil qildi. Alloh taolo ulo duyoqqa yurgizmadi.

Umayotimni xalafam bor edi g'orda oldida turganlardan. G'orda og'zida turgan o'rgimchakni to'qib qo'ygan uyini ko'rib, Muhammad tug'ilmay turib, mana bu o'rgimchak g'or og'ziga in qurgani ko'rmayapsizlarmi dedi. Shunaqa eski ekanki, ularni ko'ziga shunaqa ko'rinyaptiki, o yuz yil burun qurilgan o'rgumchakka o'xshayapti. Savol tug'iladi da. Alloh Taolo nimaga endi ayni o'rgimchaqni uyini parda qilib qo'ydi ularni o'rtasida? Nozik, napis, bunday qilsa uzilib ketadigan tor. Alloh qodirmasmidi tog'ni titratib hammasini o'ldirib qo'yishlikka? Alloh qodirmasmida osmondan tosh yog'dirishlikka? Allohni qodirmasmidi farishtalar shuniki? Yo'q. Alloh Taolo mana shu zaif bo'lgan jonivorni nozik pardasini qo'yib qo'ydiki, ko'rib qo'yinglar ey bandalar, agar men xohlasam, shu pardani ham yorib o'ta olmaydi ular degani. Alloh Taolo o'zini azamatini, o'zini qudratini namoyon qilishini xohladi.

Fir'avnda eslaylik. Fir'avn tush ko'rdi. Tushida Banu Isroildan bo'lgan bir chaqaloq tug'iladi, uni mulkini vayron qiladi. Uyg'ondi. Endi shu tushni ro'yobga oshmaslik uchun bir chora qo'llash kerak. Banu Isroildan tug'ilgan har bitta o'g'il bolani so'ydirdi. Uni ishi oson. Qo'lida Misrda askari bor, Misrda armiyasi bor, katta bir quvvat bor. Yosh bolada so'ysam, qutulib qolaman dedi da, reja qildi, tadbir qildi. Lekin Allohni rejasi boshqacha edi. Ayni so'yilishi kerak bo'lgan Muso alayhissalom tirik qoldi. Ayni Muso alayhissa lomni so'yish kerak bo'lagan qilichlar shu chaqalog'ni xizmatida turdi, qo'riqlov olib borib keldi. Va ayni shu chaqaloq Fir'avnni uyida katta bo'ldi. Bu chaqaloq Muso alayhussalom edi.

Inna hum yakiydu nakayda va akydu kaya. Ular ham makr qilishadi deyapti Alloh, men ham makr qilaman deyapti. Abdulla aqlam bor edi mana shu g'orda oldida turganlardan. Aytdiki, Lot va Uzzoga qasamki, Muhammad bizga yaqin joyda o'tiribdi. Bizni so'zimizni eshityapti, ishimizni ko'rib turibdi, lekin uni sehri bizni ko'zimizni to'sib qo'yganga o'xshaydi. Muhammadni g'ordaligini sezib turibman deyapti. Lekin bir qadam yurmayapti. Nima uchun?

Buyog'i Alloh deyishi endi. Buni buyog'i Allohni ishi, masalan Payg'ambarimizni qilgan hamma sababi foyda bermadi baribir oldi oldiga kelishdi. Ammo kirmadi. Nima uchun kirmadi? Aytdik ku. Siz sabablarni qo'yim qiling, Allohga tavakkal qiling. Qilgan sababingiz foyda bermasa, Alloh ishingizni o'zini qo'liga oladi. Siz o'ylamagan suratda chiroyli hal qilib beradi ishingizni.

Qurish Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamni topa olmaganidan keyin, endi chiqib ketgan bo'lsa, isquvarlarga, umuman odamlarga mukofot e'lon qildi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tirigi yoki o'ligiga yuzta tuya mukofot bor. Yuzta tuyani hozirgi kunda yuzta mashinaga taqqoslab ko'raylik. Endi mana shu mukofotda xabarni eshitgan isquvarlar har tomonga qarab tarqalib ketdi, Rasulullohni tutib kelishlik uchun. Mana endi bugungi darsimizni qahramoni suroqoti nima olik? O'zini qabiladoshlari bilan bir majlisda o'tirarkan, shu mukofotni xabari keldi. Katta boylik, ulkan raqamlar, kim tutib kelsa, shuncha mukofot bor. Og'zini suvi oqib ketdi, so'roq otimni moliyada. Bu odam kuchli odamlardan edi bu ham. Izquvallardan edi, shoir edi, aqlli edi, jismonan quvvatli odam edi. Lekin o'zini tutdi. Odamlarni e'tiborini o'ziga topmaslik uchun jim o'tirdi. Ozgina o'tirishgan edi, bir odam keldi da aytdiki, shu majlisga. Hozir uchta odamga duch keldim.

Shular o'q kurash aytgan Muhammad Abu Bakr va ularni yo'lboshchi emasmikin? Dedi. Shunda so'roq otib nima olik? Bu odamlar shu Payg'ambarimiz Abu Bakr ekanligini roziyallohu anhun. Tushundi da, atrofdagilarni chalg'itish uchun, yo'q, u palonchi, palonchi, palonshi, yo'qotib qo'ygan tuyasini istab yurishibdi, dedi. Hali xabar olib kelgan odam, ehtimol shunaqa deb deb o'tirdi. Odamlarni xayoli bo'lindi. Shart turib ketmadi, shubha bo'lmasligi uchun. Ozgina o'tirganidan keyin, boyagi majlis boshqa gapga o'tganidan keyin, sekin turdida, shoshib uyga borib, joriyasiga aytdi, otni sekin olib chiq dedi. Qurollarni ildi, o'zi uchun kerak bo'lgan narsalarni oldida, otini minib, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ketayotgan tomonga qarab otib soldi. Mana endi bu niyati nima bilan yakun topdi? Sulohatimni molik o'zini qavmini mohir chavandozlaridan edi. Baland bo'ylik, ulkan gavdalik, yo'l mashaqqatlariga sabrlik, mohir, izquvar. Yana bu ustiga shoir edi, aqlli, hushyor odam edi. Mingan oti ham eng sari otlardan.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun ketishyapti. Endi yo'lboshchisi qolgan. Rasululloh Makka bilan Madinaga, Madinani orasidagi mashhur yo'lga yurmaganlar. Boshqa yo'ldan yurdilar. O'shaning uchun oziq ovqat tugab qolgan yo'lda. O'shaning shu uchun umuman bu bitta shodirga borib to'xtaganlar. Abu Bakr Siddiq uni qorasini ko'rib, yo Rasululloh, bir odam kelyapti, bezovta oldi. Rasululloh xotirjam Qur'on o'qib ketardilar. Yo Rasululloh yaqinlashib qoldi, yo Rasulullohni kamon otib yetkazadigan bo'lib qoldi. Shunda Rasululloh duo qildilar. Allohimma kfinah u bima shi ita. Farg'adyor, o'zing xohlagan narsa bilan unga kifoya qilib qo'ygin. O'zingga topshirgin. Rostdan duo qildilar. So'roqani otini, mana oyoqlari qumga botib qoldi.

Ot to'xtab qoldi o'rnida, so'roqa otdan yiqilib tushdi. Bular tug'iliblar otga o'tiradi. Bular otdan yiqilmaydi ancha munchaga. Lekin Alloh Taolo shunday bo'lishini xohladi. O'rnidan turdi, shumlandi, otini so'kdi. Keyin ozgina turdi, oti bo'shadi ayol. Yana mindida, yana Payg'ambarimiz tomonga qarab yurdi. Rosti Alloh duo qildilar, ikkinchi marta yiqilib tushdi otidan. Otini oyog'i yana yerga sanchilib qoldi. Shumlanishi ko'paydi. Ortiga qaytmoqchi bo'ldi. Ozgina turib otini oyog'iga bo'sh yog'di, mindida yuzta tuya a? Dedi, yana Payg'ambarimiz ortidan ot soldi.

Payg'marimiz sallallohu alayhi vasallamga orqasidan mana yurib borar ekan, uchinchi marta otini oyog'i yerga sanchilib qoldi. G'arib holat. Otini yurgizsa oldiga jilmaydi, o'zi yiqilib tushgan. Xuddi otini birov qoqib qo'yganday yerda mahkam turibdi. Shunda nochorlikdan o'ldiraman deb kelayotgan boyagi siqib yubor endi kechirim so'rab, yordam so'radi. Ey, ikkovinglar, robbinglarga duo qilinglar. Meni otimni oyog'ini bo'shatib yuborsin.

So'roq otibni molik payg'ambarimizni himoyalangan ekanligini ko'rdi. Men sizlarga bir yomon yetkazmayman, va'da beraman dedi. Rasululloh duo qildilar, uni otini, oyoqlari yerdan bo'shadi. So'roq otibn molik kelyapti, payg'ambariz duo qilib qo'ydilar sababini qilib, ot erga sanchilib qoldi oyog'i. Demak sizning ishingiz sababini qilish natijasi alloh taoloning qo'lida. Mana shu bugungi darsimizning asosiy xulosasi. Sen sabablarni qilasan. Agar sen uchun ular kifoya qilmasa, Alloh sen uchun odatlarni yo'q qilib beradi. Ya'ni tabiat qonunlarini o'zgartirib beradi. Mana shu narsa Payg'ambarlarga mo'jiza deyiladi, oddiy solih muammolar uchun karomat deyiladi.

Surohi endi Payg'ambarimizdan o'zi yordam so'rab dedi. Duo qilinglar, meni oti bo'shasin. Meni bor narsam sizlarga bo'lsin. Matohlarim, qurollarim ham sizlarga. Yana orqamda ham kelayotgan odamlar bo'lsa, ularni ham qaytaraman. Allohni nomini o'rtaga qo'yib, qasam ichaman, va'da beraman dedi. Ya'ni birinchi ikki marta oti bo'shaganida orqaga qaytmoqchi bo'ldi. Endi uchinchi marta botib qolganidan keyin, haqiqatdan sidqidildan va'da beryapti. Sizlarga yomon yetkazmayman. Qo'limdagi bor narsa sizlarga, yana orqadan kelayotganlarni ham qaytaraman dedi. Payg'ambarimiz duo qildilar, uni oti bo'shadi, orqaga qarab ketyapti. Shunda to'xtadi da, Payg'ambarim sallallohu alayhi vasallamga shoshmay turinglar.

Payg'ambarimiz nima xohlaysan? U aytdiki, ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, sizni diningizni zohir bo'lishini, ishingizni yuksalishini bilaman. Siz o'zingizni mulkingizda turganingizda yoningizga kelsam, menga ikrom ko'rsatishga va'da bering. Shu narsa uchun menga bir vasifa yozib bering. Siz g'olib bo'lasiz. Siz o'zingizni munkeyingizda podshoh bo'lib turganingizda oldingizga kelsam yaxshilik qilaman deb yozib bering dedi. Rasululloh aytdilar, Abu Bakr Siddiq bir suyakka shu narsani yozib berdi. Endi Payg'ambarimizni o'zini qilayotgan ishini haqligi va ishini zohiri bo'lishiga bo'lgan iymonini ko'ringki, Suloqotunun Molik qaytib ketayotgan paytda, e So'roqa dedi. Agar Kesroni Bilik uzuklarini taqsang, holing qanday bo'larkin a? Dedilar. So'roqotunun Moli dahshatga tushdi. Kesro ibn Hurmuz nima dedi? Payg'ambarimiz ha dedilar. Buni dahshatga tutishiga sabab bor edi. U davrdagi eng qudratli ikkita mamlakatda bittasi Rum bo'lsa, bittasi Fors edi.

Rosulloh shu darajada iymoni komilki, islomda g'olib bo'lishni ega. Kestroimni Xurmuzni, belagi yuzinglarni seni qo'lingga taqillatdi deb va'da beryaptilar. Albatta bu Alloh tomonidan Payg'ambarimizga bergan vahiy edi, bashorat edi. Chunki g'aybni birodarlar Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Alimul g'oybiy falay yuzixir ala g'oybiy ahada illa man ertada omir rasul. Faqat o'zi xohlagan, yaxshi ko'rgan payg'ambarlarga xabarni beradi kelajakda, boshqa hech kimga xabarni bermaydi.

So'roq otibni Molik Rasulullohga bergan va'dasida turdi. Bu safar rost va'da bergan edi. So'roq orqaga qaytib ketar ekan, haqiqatdan Payg'ambarimizni istab yurgan odamlardan bir jamoaga duch keldi. Ularga aytdiki, otanglar qaytib ketaveringlar, o'zinglarni qiynamanglar. Bu yerlarda qaradim, hech kim o'zini ko'rmadim. Meni qanaqa izquvalligimni bilasizlar dedi. Haligi odamlar ishonib orqaga qaytishdi. Rasulullohga va'da berganidek, So'roqqa xabarni yashadi.

So'roqotimni Molik qachon iymonga keldi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkani fath qildilar. U zot jo'ronada turganida, so'roqa rasulullohni yoniga keldim. Aytadiki, rasululloh jo'ronada turgandlarida, u zotni yoniga bordim. Ansonlar meni ko'rib, naizalarini orqalar bilan meni urib, nari bo'l, nari bo'ls, senga nima kerak deyishar edi. Shunday qilib ansorlarni katibalarini yorib, rasulullohni oldiga yetib bordim. Uzoq tuyasida o'tirardilar. Men qo'limdagi yozuvni ko'tarib, men so'roqayb nima olaman, mana bu siz menga yozib bergan maktub dedim. Rasululloh meni ko'rib, ya umu, vafa in va bir udnu. Yaqinroq kel. Bugun yaxshilik qiladigan, vafo qiladigan kun dedilar. U zotga yaqin kelib islomimni e'lon qildim, hamda u zotning yaxshiliklaridan, xarajatlaridan bahramand bo'ldim. Mana iymonnga keldi. Hech qancha vaqt o'tmasdan payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rofixul a'loga hajrat qildilar. Vafot etdilar. So'roqa ibnu Molik qattiq qayg'uga botdi va ko'zini oldi, ko'zini oldiga bir narsa keldi. Nima keldi? Yuzta tuyani ilinjida Payg'ambarimni o'ldiraman deb orqasidan quvungan kunni esiga keldi.

Mana endi bugun dunyodagi hamma tuyalar Rasulullohni tirnog'ini bir uchchalik ham bo'lmaydi. Rasulullohni shu darajada yaxshi ko'radi. Mana shu iymon bo'ladi, birodarlar. La yu mino hadukum xatta akuna ahabbayilayhi mevaladiyhi va valiydixi va nasiyaj mayin. Sizlarni bitta elatni iymoninglar komil bo'lmaydi, dedilar Rasululloh, to men unga bolasidan ham, otasidan ham, hamma insonlardan sevimliroq bo'lmagunimcha. So'raylik da o'zimizdan. Biz Rasulullohni shunday yaxshi ko'ramizmi, yo'qmi?

Kunlar keldi, dan kunlar o'tdi. Musulmonlarning ishi al foruq, umar ibn xattob roziyallohu anhunni qo'liga o'tdi. Xalifa Umar ibn Xattob. Musulmonlarining qo'shini Fors mamlakatiga qarab yurdi. Bu qo'shin qo'shinlarni mag'lub qilib, qal'alarni birin ketin fatq qilib, son sanoqsiz g'animalarni qo'lga kiritdi. Umar al xattob roziyallohu anhuning xalifalik davrining oxirlarida ana shu forsda jang qilayotgan ulkan musulmon qo'shinining amiri sadr naviyoqasidan elchilar keldi. Ular Forsni ular mag'lub qilganligi bashoratini olib kelishgan edi, yana son sanoqsiz o'ljaladi ham o'zlarini olib kelishkan edi. G'animalar Xalifani oldiga qo'yilgan.

Xalifa bu g'animalarni hayrat bilan kuzatib turar ekan. Orasida Kisloroni dunlar bilan bezadigan tojini, oltin iplar bilan tikilgan kiyimlarini, javharlar bilan ziynatlangan kamarini, misli yo'q bo'lgan blezuylalarni ko'rdi. Bundan tashqari yana son sanoqsiz boyliklar. Xalifa qo'lidagi aso bilan bu xazinalarni turtib turib, atrofdagi odamlar nimaga qaruvdi? Ko'zidan yosh og'ayotuvdi. Ali bilan bitta olib xalifaga nima yig'laysiz? Ono odamlarni omonatdonligigami? Deganlarda xalifa ha deb javob berdi. Ey amirul mo'minning, siz iffatli bo'luvdingiz, ular ham iffatli bo'lishdi. Agar siz shunday bo'lmaganingizda, ular ham shunday bo'lishmas edi.

Amirul mo'minin umarimni xattob, sadoqatimni molingni chaqirdi. Unga kesilona, ko'ylagini, sirvolini, etigini kiydirdi, kamarini taqtirdi, boshiga tojini qo'ydi. Hamda qo'liga rasululloh unga va'da qilgan belek yuzinglarni taqib qo'ydi. Musulmonlar takbir aytishdi. Allohu akbar, allohu akbar. Rasulullohni bergan bashorati ro'yobga chiqdi. Rasululloh o'zi yo'q.

Rasulullohning bergan bashoratini eslab, hamma yig'ladi. Shu yerda turganlar takbir aytdi, yig'ladi! Albatta, bu bashorat Payg'ambarimizga Alloh tomonidan berilgan vahyo edi. So'ngra umariddin xattop suroqaga qarab, hay hay hay hay, ey suroqa, banu mudlijdan bo'lgan bir arobiyning boshida kisloroni toji ikki qo'lida esa uni bilizuylari bo'ladimi dedi. So'ngra umaruddin xattop samoaga boshini ko'tarib, parvardigor, albatta bu molni o'zingning rasulingdan man qilgan eding. Vaholanki u zot mendan ko'ra senga suyukliroq edi, karamliroq edi. Yana bu boyliklarni Abu Bakirdan ham man qilding. Vaholanki u ham mendan ko'ra senga suyukliroq va karamliroq edi. Bu mollarni menga berding. Ularni menga makr qilish uchun bergan bo'lmagin, o'zingdan paloq to'layman deb duo qildi. So'ngra shu majlisdan turmasdan, mollarni hammasini taqsim qilib yubordi. Sahobalar shunday bo'lishgan. Taqvoliy, kamtar, xayri sahoba. Alloh azza va jalla ularni hayotidan o'qib, o'rganib, ibrat olish edi barchamizga nasib etgan bo'lsa. Aqoli qovli ha'da va astag'firulloh ila

Keyingi darsni tinglashSahobalar hayoti