Maviza
—Qoralama51 daq

Sahobalar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
50:49
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbil alamin. Vala aqiba tulil muttaqin. Vassalatu vassalomu ala saidina muhammad va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini hayotini o'qishda davom etamiz. Bugun o'tgan jumada o'qigan sahobamiz Zaydun Muhorisa roziyallohu anhuning o'g'li, Usomatovning Zayd haqida bo'ladi.

Rasulullohning erkatoyini erkatoyi. Bu sahobalarni hayotini o'qishdan maqsadimiz nima? Bir shunaqa ishlar bo'lgan ekan deb eslab qo'yishmi? Yo'q. U darslardan maqsad birodarlar o'zimizga ibrat, xulosalarni olishlik va mana shu xulosa ibrat, ilmni hayotimizda tadbiq qilishlik. Bir birimiz bilan qilayotgan muomalalarimizda tadbiq kilishlik. Kofir odam o'zidan boshqa odamlarni xor qiladi. O'zini hayotini boshqalarda o'limini ustiga quradi. O'zining boyligini boshqalardan faqirligini ustiga qurishadi. O'zini tinch totuv, farovon hayotini boshqalarni qo'rquvi, xavotir ustiga quradi.

Mo'minchi? Mo'min unday bo'lmaydi. Odamlarni hammasini Allohnin bandasi deb biladi. Faqat ana shu bandalarni ichida Allohnin yaqinrog'ini o'zidan afzal deb biladi. Innna akromakom ayni dallohi at hokim. Sizlarni Allohnin huzurida hurmatlirog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Demak, qilgan amalimiz bilan, taqvoyimiz bilan birimizni ikkinchimizni oldida qadrimiz, manzilatimiz ko'tariladi. Musulmon kishi chi?

Ro'parasidagi odamni ko'rdi, ilmli ekan, taqvolik ekan, amallik ekan. Puli yo'q bo'lsa ham mendan baland ekan shu odam deydi. Qora bo'lsa ham shu odam mendan baland e kan deydi. Chunki mo'minni o'lchovi iymon, ilm, amal taqvo. Agar shundan boshqa narsa bilan o'lchayotgan bo'lsak, ro'paramizdagi odamni, puli ozroq bo'lsa, mendan past ekanda ekkan bo'lsak, yuztasi kichkinaroq bo'lsa bu mendan pastroq ekanda ekkan bo'sak, bu iymoniy o'lchov emas, bu musulmonni o'lchovi emas. Yana qaytarib aytaman, iymon, ilm, amal taqvo.

Ummu ayman kim edi? Uni farzandi ham kim edi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga payg'ambarlar keldi, yettinchi yil kirdi. Mushuklar tomonidan musulmonlarga va payg'ambarim sollallohu alalayhi vasallamga berilayotgan aziyatlar haddan oshib ketdi. Mana shunday bir mashaqqatli, qiyinchilik kunlarida rasululloh sollallohu alhu va alayhi vasallamasiga xushxabar kelib qoldi. Ummu Ayman o'g'il ko'ribdi. Ummu Ayman kim edi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning enagasi. Xabarsistonlik al baraka habashiyya. Bilasizlar, serat darslaridan, rasululloh sollalluhu alayhi vas allam olti yoshida onasi bilan yasribga safar qilganda, shunda yasribdan qaytib kelayotganlarida onasi vafot etgan edi. Ular bilan birga mana shu baraka habashiyy ham birga chiqqan va rasulullohni makkaga olib kelib, makkaga olib kelib, bobosi abdulmutolibga topshirgan mana shu al baraka habashiy bo'ladi. Habashistonlik sho'ri qiz. Mana endi ana shu Ummu Ayman o'g'il ko'ribdi.

Ummu Ayman Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni xizmatida turgan va Payg'ambarlarimiz bu Ummu Aymanni qora bo'lsa ham, qul bo'lsa ham qadrlardilar. Aytardilarki, hurmat qilib, u Ummu Ayman. Onamdan keyingi onam. U ahli baytimdan qolgani derdilar. Muhammad alayhissalom qurishdan. Abdulmutto al ibrohimdan. Qurishni eng ulug' saidlaridan bo'lgan kishi havastondan kelgan qora qulni onamdan keyingi odam ahli baytimdan quolgani deyaptilar. Ana birodarlar, o'lchov anaqa bo'ladi.

Agar siz bilan biz falon urug'danman, boy oiladanman, manaqa saxofatliman deb o'zimizni, mana shu narsalar bilan boshqalardan ustun sanayotgan bo'lsak, demak iymoniy o'lchovdan hali uzoq ekanmiz. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam arablarni ham, ajamlarni ham saidi bo'lgan kishi mana shu qul ayolni onamdan keyingi onam deb aytyaptilar. Endi ummu aymanning eri kim edi?

Bu tug'ilgan chaqalog'ning otasi kim edi? Zaydumni xorisi edi. Zaydiddinni xorasa payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni payg'ambar bo'lishdan avval xizmatini qilib, rasulullohning muhabbatiga sazovor bo'lganki inson, umma ayman baraka habashiyah ham xuddi shunday. Payg'ambarim tug'ilganidan xizmatini qib, u zotning muhabbatiga sabab bo'lgan ayol. Lekin ikkalasi ham qul. Shu ikkala quldan tug'ilgan bola Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni qalbiga cheksiz quvonch kirgizdi.

Yana qaytarib aytamiz. Agar biz bir birimizni mana shu iymoniy o'lchov bilan o'lchamasdan, unsuriy o'lchuv bilan o'lchanadigan bo'lsak, demak biz hali iymonimizda ancha kamchilik bor ekan. Umariddin xattob roziyallohu anhu bir kuni sa'din mabiyoqqosga aytganki, bilasizlar sa'din mabiyorqqos payg'ambarimizni tog'alaridan hisoblanardi. Zuhra urug'idan edi. Ey Sa'd, seni Rasulullohning tog'asi deyishlari g'ururlantirib qo'ymasin. Bandalar Allohning nazdida tengdirlar. Faqatgina taqvo bilan biri boshqasidan ustun bo'ladi, Allohga yaqin bo'ladi. Innakromakun aynallohi atqo kun. Tug'ilgan chaqaloqqa Usoma deb ism qo'yildi. Usoma ibn Zayd.

Otasi qo'ldan chiqqan kishi, onasi qo'lda chiqqan qora ayol, irqiga qarab, millatiga qarab, kelib chiqishiga qarab turib ajratishlik bormi bu yerda? Abu Bakr saidunna, a atoqa saidana, derdi sahobalar. Abu Bakr bizning saidimiz, saidimizni ozod qildi. Abu Bakr said, o'zi Qur'ishning tim urug'idan hurmatli kishi, haqiqatan saidlardan, ulug'lardan. Ozod qilgan kishi kim edi? Bilolimni Rabohi edi. Xabaristondan kelgan qul edi.

Lekin uni ham nima deyapti sahobalar? Saidimiz deyaptilar. Nima bilan said bo'ldi? Islomga birinchi bo'lib kelganligi bilan, iymon yo'lida mashaqqat chekkanligi bilan, Rasulullohga bo'lgan muhabbati bilan, Rasulullaohni Bilolga bo'lgan mukhabbati bilan Abu Bakrni darajasiga olib chiqyapti sahobalarni Bilolida. Qachon biz shu o'lchov bilan bir birimizni o'lchaydigan bo'lamiz, a?

Tug'ilgan chaqaloq, Usomat ibn Zayd, Rasulullohni xizmatida turgan, Rasulullohni muhabbatiga sazovor bo'lgan Zaydumni Xorisani va Rasulullohni Mukhammatiga sazovor bo'sgan Umman Emman Baraka Habashiyani o'g'li. Rasulullohning erkatoyi Zaydumni Xorisani o'g' li, Usomatu Nizayb. Agar bu johili o'lchovlarda oyog'imizni tagiga tashlamas ekanmiz, birodarlar, komil musulmon bo'la olmaymiz. Xalifa Umariddin Xattob roziyallohu anhudurururururudururururudu davrida g'asson amirlaridan bo'lgan Jabalai ibn Ayxam iymonga keldi, musulmon bo'ldi, Makkaga keldi. Xalifa uni kutib oldi. Chunki g'asson urug'i arab qabilalarini ichidagi eng qudratli, askari jihatidan katta bo'lgan xabila edi. Nasroniy diniyada bular xalif mana keyin iymonga kelishdi. G'assonning podshohlaridan bittasi.

Kavani tavof qilar ekan, musulmon bo'ldi. Bir sahroya badaviy yigit beqasd haligini ridosini bosib oldi. Riro riro tushib ketdi yelkasidan. Haligi Jabala qarasa boyagi sahroya. Bir shapaloq urdi da, burnini qonatib tashladi. Yigit. Endi Islom birodarlari, u johiliy o'lchovlar ketib bo'lgan. Xalifaga ishini shikoyat qildi. Xalifa jabalarni chaqirdi. Yigitni rozi qilish kerak dedi. Yoki bo'lmasam seni ham burningga uriladi, u totigan narsani sen ham totib ko'rishing kerak.

Endi bu jabalar yangi imonga kelgan. Hali bu johiliy o'lchovlar kallasida turibdi. Ey amirlikni umiding? Qanday qilib dedi. U kim u, men kimman dedi. Men toju taxt bo'lsam, dedi. U qora yer bo'lsa, dedi. Qanday qilib yulduz yerga sajda qilsin, dedi. Umariddin Xatton nima dedi? Ha, johili o'lchovlarimi, dedi. Sen bu o'lchovlarni qo'y. Biz ularni oyog'imizni tagiga tashlaganmiz. Buni ustiga biz yangi tushunchalarni qurdik, dedi. Unda qul ham, xur ham barobar.

Mana birodarlar, islom shu. Qo'limizdagi xizmatchimi, uyimizdagi xizmachimi, xodimmi, uni ham Alloh Taoloning huzurida o'zini manzilati, martabasi bor. Ularga ham birodarlar o'zimizga qilgan muomalani qilishimiz kerak. Alloh taoloning huzurida boylik, nasl nasab, mansab, bularda qadr qiymat yo'q. Iymon, ilm, amal, taqvo. Mana shu narsani qadri bor. Yer fayllahliladina a man uminkum va alladina u tula ilma darajat va allohu bimat amaluni xobir. Mana alloh taolo kimni kimdan nima bilan ko'tarishini xabarni beryapti. Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja, martabalarga ko'taraver. Iymon keltirilgan, ilm ato etgan. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

Albatta, Usomatul Nizayev roziyallohu anhuni tug'ilishligi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni qalbiga, sahobalarni qalbiga xursandchilik, quvonch keltirdi. Va payg'ambarim sollallohu alayhi vasallamni uyida iymoniy ruh bilan tarbiyalandi. Alloh azza va jalodan izn bo'ldi, musulmonlar Makkadan Madinaga hijrat qilishadigan bo'ldi. Qodir bo'lgan hijrat qildi. Oxirgi bo'lib payg'ambarum sollallohu al alayhi vasallami hijrat qildilar. Zaydun nuxorissan ham hijrat qildi, lekin oilasi bilan ketishlik imkoniyati bo'lmadi. Avval sahobalar o'zlari ketishdi. Mana, xususan payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam va zaydun buxorosaning oilasi, ularni orqasidan keyin madinaga ular ham ko'chib borishdi.

Usmon ibn Zayd xuddi Makkada bo'lgani kabi Madinaga borgandan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uyida yana ana shu iymoniy ruhda tarbiyani oldi. Hali bu paytda tabanniy oyatlari nozil bo'lmagan. Zaydumni xorasani zaydumni muhammad deyishar edi. Tabanniy oyatlardan keyin yana zaydumni xorsa deb chaqirildi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam usulomatun zaydni shunday yaxshi ko'rardiki, o'zining nabirasi hasanovni ali bilan teng ko'rar edi. Qarang, tug'ilgan bu usulomatun zayt otasidan ko'ra ko'proq onasiga o'xshar edi. Ya'ni qop qora edi. Burni puchug'ida, ko'rimsiz edi. Endi Hasan roziyallohu anhu kimning o'g'li? Ali roziyallohi anhuning o'g'li, fotimai zahroning o'g'li. Rasulullohning nabirasi. Hasanimdan Ali oppoq edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga juda ham o'xshab ketar edi. Rasulolloh bir tizzasiga hasanni ikkinchi tizzasiga usomon o'tkazib, ikkalasini bag'riga bosib, aytardiki, allohim ma'ahi buhima, fa inniyuhib buhima. Parvardigor, men bu ikkisini yaxshi ko'raman. Sen ham ularni yaxshi ko'rgin. Ajratish bormi?

Bu qo'ldan chiqqan ayol, qo'ldan tiqqan kishining qora bolasi, bu Hasan ibn Ali. Rasululloh ikkalasini bag'riga teng bosib, haqlariga duo qilyaptilar. Oyisha onamiz aytadilar, usomaga bo'lgan payg'ambarimizni muhabbatini tasvirlab. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Usomaning burnini artib qo'ymoqchi bo'ldilar. Men u zotga, menga qo'yib bering, o'sha ishni men qilay dedim. Payg'ambarimiz aytdilar ey Oyisha, unga muhabbat qilgin. Biz ta'kidlab aytamanki, men unga muhabbat qilaverman dedilar. Ya'ni yosh bolaligidan Payg'ambarimizni juda katta bo'lgani uchun, bu nima qilib qoladi endi yosh bolani? Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam o'zi borib aytib qo'yayapman muborak qo'llari bilan.

Aytyapmiz ku, bu sahobalarni hayotini o'qishlikdan maqsad o'zimizni tarbiyalash, o'zimizni mana shularni andozasiga solib ko'rishlik, o'zimiz bir qator tekshirib ko'rishli. Bir kuni Usomatimizda yosh bola ekan, qoqilib tushdi da, yiqilib, boshidan qoniqdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oyshanamizga qarab qo'ying deb turib, o'zi sabr yetmasdan tezda turib borib olib, peshonasini so'rib, qonini tupurib, Usomatimizni aytib yupata boshladilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam.

Rasululloh sollalluhu alayhi vas allam Usoma roziyallohu anhuni o'zi yaxshi ko'rganidek, sahobalariga ham, atrofdagi insonlarga ham usomani yaxshi ko'rinishlikka buyurganlar. Buyurganlar, birodarlar. Oy shonamizdan? Usomatun zaydni g'azablantirish mumkin emas edi, deb aytadi oshonamiz. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman. Man ka'na yo'qib buloha va rasulah, fal yo'qib usomata. Kim Alloh va Rasuluning yaxshi ko'rsa, bas Usomani yaxshi ko'rsin. Rasululloh buyuryaptilar. Usomani yaxshiroqlikka.

Usomatun zayt roziyallohu anhuni uzugini ustiga xayp bi rasulillah, Rasulullohning erkatoyi deb naqsh qo'yib qo'yilgan edi. Unvonni qarang. Rasulullohning erkatoyi. Rangi qanaqa ekan? Otasi kim bo'lgan ekan? Onasi kim bo'lgan ekan? Lekin kim bo'lgan ekansiz? Rasulullohning ergatoyi.

Rasulullohni Usomatonni Zaydga bo'lgan muhabbati bu xo'jako'rsinga, odamlarni ko'ziga bo'lgan muhabbat emas edi. Haqiqiy muhabbat edi. Bu odamlar buni ko'radimi, biladimi, farqi yo'q. Bu muhabbat, Payg'ambarimiz Usomaga bo'lgan muhabbati. Hozirgi kunimizdagi ayrim kishilarni muhabbatiga o'xshamaydi. Bir maqsadga yetib olishligi uchun odamlarga mehrli, muhabbatli qilib o'zini ko'rsatadi. A bu yaxshi odam ekan degan gap uchun muhabbat ko'rsatadi. Maqsadi ketgandan keyin boyagi odamlar oldiga borsa, qaramaydi ham, eshigini ham ochmaydi, tanimaydi ham. Rasulullohning muhabbati chin muhabbat edi.

Muorrixlar Usomatul Zaytni zakovatli, hushyor, shijoatli, hakim kishi edi deb aytishadi. Dunyoga berilmagan, odamlarga ulfat bo'ladigan, taqvodor kishi. Odamlarga ulfat bo'ladigan taqvodor kishi. Ba'zida shunaqa odamlarni ko'rib qolasiz, hushyor, aqlli, ziyrek. Odamlar uni yaxshi ko'rishadi. Lekin Alloh yaxshi ko'lmaydi buni.

Chunki odamlarni qo'ziga shunaqa, lekin qalbida yaxshilik yo'q. Bu odam munofi bo'ladi. Yana shu odamlar bor, Alloh bilan aloqasi yaxshi, taqvodor bo'ladi yu, muomalasi yo'q bo'ladi. Qors bo'ladi. Sovuq bo'ladi. Bu odam ham yaxshi odam emas. Haqiqiy komil musulmon qanaqa? Uni Alloh ham yaxshi ko'radi. Odamlar ham yaxshi ko'radi. Odamlar tashqi, turq tarovatiga, fe'l atvoriga, odamlarga qilayotgan muomalasiga yaxshi ko'raveradi. Alloh uni ichidagi narsasi yaxshi bo'lgani uchun yaxshi ko'radi.

Mana Usomatul Nizayev roziyallohu anhuni Rasulullohning g'azolatlarida qatnashligi haqida. O'g'itda. Rasulullohni uyida katta bo'lganligi, Rasululloh yaxshi ko'rganligi, Rasululloh erkalatganligi, Usomato'zni zaytni taltaytirib yubormagan edi. O'zidagi mas'uliyatni, o'zida mas'uliyatini his qilgan inson bo'lib tarbiya topdi. O'g'it g'azotiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan chiqib ketarkanlar, bir turib yosh bolalar kelib, biz ham chiqamiz deb turib olishdi. Bular Usomatimni zayd, baroyimni ozib, zaydimni arqon, zaydimni sobit. Ammo bularni yoshi kichkina bo'lganligi uchun Rasululloh qaytarib yubordilar. Usomatimni Zayd yig'lab qaytib ketdi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga chiqishlikka imkon bo'lmadi. Qanday g'azotidan? Hijratni beshinchi yilida mushriklar, musulmonlarni ishini bir yo'la yo'q qilishligi uchun qabilalar jamlanib, o'n ming kishilik qo'shin to'plab keldi. Xanda g'azoti. Musulmonlar Madinani himoyalashlikka, xanda qazishlikka majbur bo'lishdi. Xanda qazib, shu bilan himoyalanishdi. Mana shu paytda yana bir qancha yosh musulmon yigitchalar o'zlarini Rasulullohi bilan chiqmoqchi bo'lganligini aytishdi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam mana shu yosh bolalarni yaratadiganini tanlab olishligi uchun sapga tizib qo'yib, ko'zdan kechirayotganida, Usomat ibn Zayd oyog'ini uchiga turib olardi, balandroq ko'rinay deb. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kezi kelganida, Usomut ibn Zaydga bir umrga tataydigan tanbeh dars berar edi. Vaqti vaqti bilan erkalatganidek, vaqti vaq ti bilan koyib ham turar edi.

Usomat ibn musulmonlarni qo'shini bilan bir mushrik qonunbaga qarshi jang qilgani chiqdi. Rasululloh chiqarganlar. Amir ikkita kishi bir biriga sherik bo'lib olsin, jangga kirganda ham, chiqqanda ham bir birini kuzatib turishligi uchun. Musulmonlar mushurlarga hujum qilishdi, g'alaba qilishdi, endi qaytishyapti.

Usomiddin zaydning hayotida bo'lgan muhim voqealardan va siz bilan biz uchun juda bir katta ibrat dastlanib beradigan voqea. Usomato muzaidning sherigi ansolardan bittasi. Musulmonlar g'olib bo'lishdi, mushuriylardan oldin qaytishdi. Endi qo'shni orqasida usoma bilan sherigi ketyapti. Anavi mag'lub bo'lgan mushuriylardan bittasi, mushuk qavmidan bitta kishi, ularni orqasidan erchib oldi da, ularni eshitadiganchalik masofa orqasida turib, musulmonlarni, islomni va payg'ambarimizni haqorat qilishni boshladi. Qo'shni ortasida usoma bilani ansoli. Usom otimiz aytdi, payg'ambarimizni masxara qilganiga chidamasdan quvib ketdi. Haligi mushuk qochib ketdi. Yetolmadi, qaytib keldi yana. Usom. Ansoriy aytdi, teq qo'y uni o'zini xonaga. Usoma aytdi, nimaga teq qo'ymang ekan? Axir u Rasulullohni masxara qilayotganini ko'rmayapsanmi dedi. Haligi mushuk ishidan to'xtamasdan yana qaytib keltirdi, yana boyagi ishini davom ettirdi. Xullas, ikkala musulmon ham qilichni ko'tarib, bu mushukni quvib ketdi, qo'shinni tashlab. Ikkalasi yetib olishdi. Bir daraxtni tagiga yetganida mushrik yetishdi da, Ansoriy qilichini ko'tardi. Usoma ham qilichini ko'tardi. Haligi mushrik ustidagi ikkita qilichni ko'rib turib, ashxadu alla iloh ilalloh va ashxadu anna Muhammad rasululloh devordi.

Ko'rinib turibdi. Qilich ko'tarilganda aytyapti. Ko'rinilib turibdi. Masxaralayotuvdi. Ko'rinib turibdi. Bir necha marta qaytib kelib masxara oladi. Ansoriy uni kalimasini eshitdi da, qilichini tortib oldi. Lekin Usoma chop tashladi. Ansoriy aytdi, shahodatni aytgandan keyin chop tashladingmi dedi. Usoma qilichdan qo'rqib aytdi, hozir ko'rib turding ku musulmonlarni va Payg'ambarimizni masxara qilganini dedi. Qo'shni Madinaga yetib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu ishlar aytib berildi. Rasululloh Usomani chaqirib turib, e Usoma, la ilaha illalloh Muhammad rasululloh degan kishini o'ldirdingmi? Yo Rasululloh, qilishdan qo'rqib aytdi, dedi. Rasululloh aytdilar, ashaqoq danqolbiy. Qalbini yorib ko'rdingmi? Dedi.

Tili bilan aytdimi? Aytdi. Qalbini yo'rib ko'rdingmi. Ehtimol shu paytda iymon kelib qolgan uni qalbiga. Payg'ambarimiz aytdilar, endi qiyomat kunida la ilaha illallohni nima qilasan? Ya'ni la ilaha illalloh degan odam o'ldirib qo'yding. Nima deysan endi? Rasululloh qilishdan qo'rqib aytuvdi. Endi qiyomatda la ilaha illallohlarni nima qilarsan? Endi qiyomatda La ilaha illallohni nima qilasan? Endi qiyomatda La ilaha illallohni nima qurasan? Usoma aytadi, Rasululloh shu so'zini qaytaraverdilar. Men qaniydi mana shu kun islomga birinchi marta kirgan bo'lsam edi deb orzu qilib qoldim, dedi. Ya'ni islomga kirmagan bo'lganimda shu kungacha, shu ish meni bo'ynimga yozilmagan bo'lar edi. Kalima keltirgan odamni o'ldirib qo'ydim, dedi. Chunki islom avvalgi gunohlarni yuvib yuborardi. Ibn Iso rivoyatda aytadi, Ibn Isoqning rivoyatida keltiriladi. E Usoma, dedilar Rasululloh. La ilah ila allohdan keyin senga kim shaffofat beradi?

La ilaha illalloh degan odamni o'ldirganingdan keyin kim seni shafoatiga oladi? Allohga ahd berib aytamanki, dedi Usoma, endi hech ham La ilaha illallohni aytgan odamni qatl qilmayman, dedi. Rasulullohga va'da berdi. Mendan keyin hamma, dedilar Rasululloh, sizdan keyin ham dedi Usoma. Shuning uchun Usomatul Mirzayev keyingi bo'lgan fitna ishlarida bittasida qatnashmagan edi. Aytar edi, men Alini roziyallohu anhixoh, haqligini bilaman, lekin La ilaha illalloh degan odamga qaytib qilich ko'tarmayman deb Rasulullohga va'da berganman der edi.

Mana sahoba shahodatda qo'rqib bo'lsa ham aytgan odamni chopib qo'yuvdi. Rasululloh qanday tanbeh berdilar? Qanday koydilar? Ha bular La ilaha illallohni degani bilan qalbida yo'q. Qalbi sizlarda ishinglar emas. Ha bular La ilaha illalloh degani bilan namoz o'qimaydi hech qachon. U sizni ishingiz emas. Bizda iymon ikkita narsa. Til bilan aytish, qalb bilan ishonish. Biz shuni iymon deymiz.

Biz faqat tili bilan aytganini eshita olamiz, qalbini tekshirish bizni ishimiz emas, bizni qo'limizdan kelmaydi. Demak biz uchun la ilaha illallohni muhammad rasululloh dedimi? Musulmon u. Uni qoni, moli, joni obro'y xorom. Uni o'ldirib bo'lmaydi. Uni uyiga o'g'irlikka kirib bo'lmaydimi? U la ilaha illalloh deganmi? Mushri bo'lgan kishi payg'ambarimizni masxara qilib turib chopilib ketuvdi, payg'ambarimni kalima aytganiga malomat qilyapti bu sovani.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu soatimizni aytga, mana shu holatda bir, bir umrga yetadigan darsni berib qo'ydiki, umr bo'yi sahoba mana shu darsni unutmadi. Inshaalloh birodaralar. Rasulullohning erkatoyi bo'lgan, Zaydni o'g'li erkatoyi, Usomutunni Zayd haqidagi darsimizni keyingi juma davom ettirgan bo'lamiz. Aqulu qovli ha'da va astag'firulloh ilay valakum. Assalomu alaykum va rahmat.

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalamu ala saidina Muhammad as sodiqul va adil amin. Allohumma la ilmalana illa ma'allam tana innaka antal alimul hakim. Allohumma al imna ma'ayam farunaban far nabiy ma'allam tani vasidna ilma. Allohumma rinal haqqa haqqon orzuqnatibaa va rinal botila botilan orzuqnajdiy naaba. Va jallam min mayyasida me'ronal xavla fayattabi uning ahsini. Vodixin labi rahmat aka fii ibodika solihayn. Amma ba. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarini, hayotini o'rganishlikdagi navbatdagi darsimiz, bugun o'n oltinchi dars. Zaydinda xorisoning o'g'li usomat ibn zayd. Bugun ikkinchi qismi.

Usomat ibn sayt roziyallohu anhu. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu sahobasini qattiq yaxshi ko'rgan deb aytdik. Otasi zaydinda xorisa, quldan chiqqan. Onasi ummayman baraka habashiyal. Cho'ridan, quldan chiqqan. Ikkita qulni bolasi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda ham qattiq yaxshi ko'rganlar. Qora, burni puchuq, shu quyib qo'ygan habash. Ammo payg'ambarimiz shunday yaxshi ko'rgan bu sahobasini. Mana aytdik, bir tizzasiga Hasaniddin alini, ikkinchi tizzasiga Rasululloh Usomatul zaynni qo'yib, ikkalasini yaxshi ko'rib, bag'riga bosib, erkalatib aytardilarki, Parvardigor men bu ikkisini yaxshi ko'raman, sen ham yaxshi ko'rgin derdilar. Usomatul zayd Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning erkatoyi edi. Erkatoyi edida. Lekin bu erkatoy bo'lishligi xaltaytirib yubormagan edi. Rasululloh Usomani qanchalar yaxshi ko'rdigan bo'lsa, o'rni kelganda birodarlar xato sodir bo'lsa tarbiyalagan koyiganlar. Ana shu Nabaviy darslardan yana biri Imom Buxorodan keltiriladi, Mus'abm numayrdan.

Qurashning Maxzum urug'idan bo'lgan bir ayol o'g'irlik qildi. Uni qo'lini kesishlik kerak, shariat hukmi bo'yicha. Endi Banu Maxzum urug', kuchli quvvatli boy urug'lardan edi. Shu ayolni qo'lini kesishlikni o'rniga, yuzta tuyani bir bersak, jarimasiga, qo'li kesilmasa, endi Allohni hududini, Alloh Taoloning jazosini qilmaslik haqida Rasulullohga borib kimdir gapirishi kerak. Kim gapiradi endi buni jur'at qilib? Abu Bakrmi? Umarmi roziyallohu anhomi? Yo'q. Usomatun nizayev gapiradi deyishdi. Shundan ham bilsak bo'ladiki, Usoma otimiz ayt, boshqalar ayta olmaydigan, boshqalar gapira olmaydigan gaplarni ham Rasulullohga borib jur'at qilib gapira olgan. Ya'ni bu Rasulullohga yaqinligidan edi, albatta.

Bas Usoma Rasulullohga mana shu narsa haqida gapirganida, Rasulullohning g'azabi kelib, Allohning hadlaridan birida shafoatchilik qilasanmi? Dedilar da, turib odamlarga xutba qildilar. A mabod fa innama ahlakannan zaqob lakom, annahum kanu idha saraqa fihim sharifun tarakuh va idha saraqah fihim muddaif aqomu alayhil haddi. Sizlardan avvalgi ummatlarni halok qilgan narsa nima edi? Shunday narsa ediki, ishlarida sharif bo'lgan, hurmatli bo'lgan kishi xato ish qilsa, gunoh qilsa, jazo qo'llashmas edi, ammo zaif bechoralar xato ish qilsa, jazo qo'llashar edi. Allohga qasam, agar Fotiba bint Muhammad o'g'irlik qilsa, qo'lini kesaman, dedilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Ya'ni Allohni hududida o'rtaga tushma deb turib, Payg'ambarimiz u kishini malomat qildi.

Zaydun Nihorisani o'g'li, Usomat ibn Zayd. Usomar roziyallohu anhun Payg'ambarimning ahli baytidan edi. Mana aytdik, ud'uhm li abayihim oyati tushdi. Bog' olgan bolalaringlarni o'zlarini otalarini ismi bilan chaqiringlar degan oyat. Shundan keyin Zaydumni Muhammad emas, Zaydumni Xorisa deyildi, otasi Zayd.

Usomatun Muzaid Payg'ambarimizga nabir o'rnida edi. Hammanglarga ma'lum, hodisa tul ifk. Bo'xton hodisasi bo'lgan. Oysha onamiz roziyallohu anhoni fahshni aybladi, munofiqlar. Shunda gap ko'payib ketib ko'chada Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bundan aziyat chekib, sahobalarga ol maslahat qildilar. Keyin o'zini ahli bayti bilan maslahat qilganlar. Ali ibn Abiy To-lib va Usomahiddin Zayd. Usomahiddinzayd yosh bola.

Usomahiddin Zaydni Payg'ambarimizga aytgan maslahati shunday bo'ldiki, yo Rasululloh, ular sizni oilangiz, Allohga qasamki, Allohga qasam ki, ular haqida faqat yaxshilikni bilamiz xolos dedi. Albatta bu ham Usomotun bizni aytni fazilatiga fazilat qo'shadi. Yosh bola bo'lsa ham Payg'ambarimiz maslahat so'rayaptilar. Va undan tashqari Usomotun biz aytib bergan maslahati to'g'ri, to'g'ri edi. Haqiqat yaqin edi.

Makka fath. Alloh azza va jalla Payg'ambarimizni sallallohu alayhi vasallamga qudayberi va'da qilgan fathni berdi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Makkaga endi mana hijratning sakkizinchi yilida yigirma bir yil qurash bilan bo'lgan kurashdan keyin, yigirma birinchi yildan keyin Payg'ambarimiz Makkani fat qilib kirdilar. Ana shu ulug' kunda ham Usomat ibn Zayd Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uloviga uch qashib, Rasulullohni orqasida o'tirib kelgan edi. Albatta bu ham sharaf. Yana buni ustiga ustak, Rasululloh Ka'biga kirib namoz o'qiganlarida, u zotning yonida Usmonovning Tolha, Bilolovning Raboh va Usomat ibn Zaid bor edi. Bir faraz qilib bering, Makkafatq bo'ldi, musulmonlarda qo'liga o'tdi. Juda bir katta xursandchilik. Rasululloh Kaibiga kelib namoz o'qiynaptilar, yonida kim bor? Usoma roziyallohu anhu. Albatta bu ham u kishining fazilatiga qo'shiladigan fazilatlardan.

Xunayn kunidan. Musulmonlar Makkafatxidan keyin, Xunayn g'azotiga chiqishdi. Adadlarning kattaligiga bir g'ururlanib ketib, musulmonlar birinchi zarbada mag'lub bo'lishdi. Har tomonga qo'shin qochib ketdi qirqirab. Shunda u zotni oldida yuz chog'li kishi yig'ildi va mana shu qo'shin, yuz kishilik qo'shin havozini yigirma minglik qo'shinini mag'lub qildi. Ana shu kunda Rasulullohni yonida turgan kishilardan yana bittasi Usomatiddin Zayid roziyallohu anhu edi. Nu o'ta jangida.

Bilasizlar, musulmonlar nu o'ta j angida ikki yuz minglik qo'chunga qarshi uch ming qo'shin bilan turishgan. Mana shu uch ming kishilik qo'shinga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam amir qilib, Usomaning otasi Zaydiddinni Xolisani amir qilgan edi. Aytgandilarki, agar Zaydga biror kor hol bo'lsa, Ja'fari nabi tolib amir bo'ladi. Agar Ja'farga ham biror kor hol bo'sa, Abdulloh nabi ravoha amir bo'lardi. Agar unga ham bir narsa bo'lsa, musulmonlar o'zlari tayinlab oladi amirda. Birinchi amir bo'lgan Zaydinda Xorisa mana shu dushmanlar bilan bo'lgan mana shu jangda shahid bo'ldi. Otasini shahid bo'lganligini ko'rdi, mana shu jangga borgan edi Usomi. Lekin shashti pasaymadi otasini o'lganini ko'rib. Avval Jafariddin Abdutoliq bayrog'i ostida, keyin Abdulloyim Nabirov Baho bayrog'i ostidagi, keyinchalik esa Xolidin Nabiravohid bayrog'i ostidan jangni davom ettirdi.

Albatta, farzandlaringizni ichida qaysinisinidir ko'proq yaxshi ko'rasiz. Bu tabiatda bor narsa. Hammasi ham o'zingizni bolangiz. Kimdir kattasini yaxshi ko'radi, kimdir kichkinasini. Lekin o'zingizni bolaingiz hammasi. Payg'ambarimiz aytganlar, ahlim ichida menga eng mahbubi Usoma. Meni ahlim ichida, mana shu oilamni ichida menga eng mag'bubi Usoma!

Rasulullohni doim yonida bo'lganligini o'zi, safarda ham, hazarda ham, Usomani haqiqatdan Payg'ambarimiz yaxshi ko'rganligini belgisi. Hech qachon yosh, yaxshi ko'lmagan odamingizni yoningizda turg'izmaysizlar, to'g'rimi? Usoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Imomni Termiziydan. U kishi aytadi, bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurida turganimda, Ali va Abbos roziyallohu anhumolar u zotni huzuriga kirishga ruxsat so'rashdi. Men rostlab aytdim, Ali va Abbos, roziyallohi anhumo kirgani ruxsat so'shayapti. Payg'ambarimiz isomaga nimaga kelganini bilasizmi deydilar. Yo'q, men bilmayman dedi Usoma. Ammo Rasululloh aytdilar, ammo men bilaman. Rasululloh ruxsat berdilar, ular kirishdi. Kirib aytishdiki, yo Rasululloh, huzuringizga ahli baytingizdan qay biri sizga eng mahbub ekanini so'ragani keldik.

Ahlingizni ichida sizga eng mahbabi qaysi? Shuni so'raganikeldik. Fotima bint Muhammad dedilar. Qizim Fotima. Yo'q, buni so'ramayapmiz, ya'ni erkaklardan. Rasululloh aytdilar, ahlimning menga eng mahbubi batahqiq Alloh unga in'om bergan va men ham unga in'ombergan shaxs Usoma ibn Zaytiddin. Ali ibn Abit olibdan muqaddam qo'yaptilar. Undan keyin kim deb so'rashuvdi, Ali dedilar Rasululloh. Shunda Abbos aytdiki, Rasululloh, amakingizni oxiriga qo'ydingizmi? Endi Abbos, sizni Abdulmutolib, Payg'ambarimiz amakisi. Meni oxiriga qoqdingizmi, amakingiz bo'lsam ham deganida. Rostini aytdilarki, chunki Ali hijrati bilan sizdan o'zib ketgan edi. Bilasizlar, Makka fathida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ketayotganlarida u oxirgi hijrat qilgan kishi Abbos Abdulmutolibov edi.

Alidan, Abbosdan kim ustun qo'yyapti Payg'ambarimning muhabbat borasida? Usom adin Nizayev. Uylanish. Oila qurmoqchi bo'lgan kishilar, ahli fazl bo'lgan, ilmli kishilardan maslahat so'rashliklari yaxshi ekanligini tushunib olamiz mana shu aytadigan narsamizdan. Imom Muslim keldi degan rivoyatda Fotima binti Qays ismli ayol roziyallohu anhho, bu ayolga birdaniga uchta sovchi keldi. Uch kishidan sovchi keldim. Abu Jahmiy ibn Huzoma, Muoviyya va Usomatovni zaif.

Fotima bint Qays payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldiga kelib maslahat so'radi. Rasululloh aytdilar. Abu Jahim asosini yelkasidan tushirmaydi. Nima degani u? Xotinni ko'p urodigan bo'ladi. Abu Jahim asosini yilkasidan tushirmaydi. Muoviyah kambag'al, moli yo'q. Siz Usomatu Nizaytga teging dedi.

Fotima bint Qays qurashning ulug'laridan birini qizi bo'lishiga qaramasdan, Rasulullohni maslahati bilan otasi ham, onasi ham qul bo'lgan, o'zi qora bo'lgan. Usomatu Nizaytga turmushga chiqdi. Fotima bint Qays aytadi? Bas, men unga nikohlandim. Alloh menga undan yaxshilik berdi. U sababli havas qilindim. Yana qaytarib aytamiz, uylanishlik arafasida turgan odamlar, fazl egalaridan, ilmli kishilardan maslahat so'rasa, albatta bu xayriyatli ish bo'ladi. Mana Fotima binti Qays payg'ambarimizdan maslahat so'rayapti.

Hajjatul vododa. Vidolashuv hajida. Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam bilasizlar, hayotida bir marta haj qilganlar. Hajjatulvado, vidolashuv haji. Imomul sa'd rahmatullohu alayhi o'zining tabaqatul kubroq kitobida shunday deydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usoma ibn Zaydni deb ifozani kechiktirdilar. Usomato'bni Zayd kelib, payg'ambarimizni uloviga minmasdan kech qolib qolgandi, Rasululloh jilmadilar. Uni kutib turdilar. Bas, bir burni pachoq, qora g'ulom yigit keldi. Ya manaqa qilib, shuni deb kutib turuvdikmi shu yerda, deyishib yubordi. Keyin Rasulullohni uloviga mingashdi, senga Rasululloh sollallam jildilar. Ya'ni Rasululloh bir marta haj qilganlar hajjatul vado shunda ham Usoma orqasida.

Yosh qo'mondon. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'n birinchi yili Shomga boradigan qo'shinni tayyorladilar va mana shu qo'shinni ichida Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Ali ibn Abit olib, Usmoni minafon kabi ulug' sahobalarni oddiy askar qilib berdi. Ularni ustidan amir qilib, o'n yetti yoshga kirgan Usomatovni zaytni tayinladilar.

Yana qaytarib aytamiz. Qorayishni manaman degan asl zonalarini oddiy askar qilib turib, ularning ustiga otasi ham, onasi ham qul bo'lgan, o'zi qora, buni pachaq bo'lgan habashiy Usomatovni, zaytni amir qildi. Bu Islomni mo'jizasidan, birodarlar. Mana shunday insonlar insoniyatni eng quyi tabaqasidan bo'lgan kishi insonlarning peshvosiga aylanishligi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo'shinni amirini tayinladilar va qo'shinni safarga chiqishligiga buyuradilar. Usomaga qarab Rasululloh Allohning ismlari yurib bor dedilar. U bayroqni ko'tarib chiqdi, uni bo'raydevniy Husayevga berdi. Bas u bayroqni Usomanning uyiga olib olib o'rnatdi. Rasululloh Usmonmaga amr qilgan edilar, u jurfga askargoh qurdi.

Endi odamlar hammasi ana shu askargohga, jurfga chiqib borishliklari kerak. Umariddin Xattob, Abu Ubayda, Sa'diddin Abu Vaqqos, Abu Avvar, Said Aziz, Ibn Zayd, Zaydun Amriddin Nufayl va boshqa muhojirlardan iborat ishlar birontasi qolmasdan chiqib borishdi. Ansolar ham chiqishdi. Mana endi mana shunday bir ulug' sahobalarga, Islomga birinchi bo'lib kelgan asl zoda bo'lgan kishilarga, Usomani amir qilib tayinlanganligi haqida odamlar ozgina g'udirashdi.

Rasulullohni bu qaroriga ozgina fikrlarni bildirishdi. Fikrlar ko'payib ketdi. Ana shu fikrlarni eng qattig'i Ayyoshin Nabirobiyani so'zi edi. Ushbu bolani birinchi muhojirlarga boshliq qiladimi? Bu haqida gap ko'payib ketganida umrini hatto ayrilarini javobini bergan bo'ldi, lekin shu so'zni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib yetkazdi. Odamlar Usomani amir bo'lishligiga norozi. Ya'ni fikrlar bor. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam minbariga chiqdilar va dedilar. Amma ba'd ya yuhannas, fama maqolatun balog'atniy an baodikun fita amiri usomatun nizayt.

E odamlar, Usomani amir qilganligim haqida ba'zilaringizni aytgan gaplari menga yetib keldi. Bu nima gap? Ollohga qasam, Usomani amirligini ta'na qilayotgan bo'lsanglar, undan avval Zaydni amir qilganimda ham ta'na qilgan edinglar. Ollohga qasomki, u amirlikka loyiq. U odamlarning menga eng mahbublaridan. Otasi ham, o'zi ham, ikkalovi ham barcha yaxshilikka loyiqdirlar. Unga yaxshilik qilinglar, chunki u sizlarning yaxshilaringizdan.

Rasululloh buyurdilar, Usoma yurishini amalga oshiringlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu paytda ana shu keyinchalik shu kasal tufayli vafot etdilar, mana shu o'lim kasaliga chalindilar. Ummaym ayman kirib aytdiki, yo Rasululloh, tuzalab olguningizcha Usoma ketmay tursin. Agar Usomasi siz mana shunday holatda turganingizda chiqib ketsa, ko'ngli notinch ketadi. Rasululloh esa aytdilar, Usoma yurishini amalga oshiringlar. Odamlar chiqib ketishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasallari og'ir bo'lganida, Usoma Madinaga qaytib kirdi. Aytadi, Rasululloh sollollohu alayhi vassalomni oldiga qaytdim, u zot gapirmas edilar. Rasululloh og'irlashib qolganlarida tushdim. Odamlar ham Madinaga tushdilar. Men u zotning oldilariga kirdim. Bas jim bo'lib qolgan ekanlar. Gapirmadilar. Rasululloh qo'llarini ustimga qo'yib ko'tara boshladilar. Men u z ot meni duo qilayotganligini bildim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Usomani qo'shnini chiqishlikka buyurdi. Ha.

Rasulullohni bilasizlar, mana Usomat ibn Zaytni buyurgan ishi oxirgisi, bu Usomani qo'shinidan tashqariga chiqishligi edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usoma jurfda uloviga minmoqchi bo'lib turganida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni vafot etganligi xabari keldi. Madinaga qaytib kirdi va u zotni yuvishda, kafanlashda ishtirok etdi. Musulmonlar endi Rasulullohni dafniga tayyorgarlik ko'radi. U zotni Ali ibn Abi To-lib, Fazl ibn Abbos va Usomat ibn Zaydlar yuvishdi. Yuvib bo'lganlaridan keyin Ali aytdi roziyallohu anhu, kishiga aqrab ol aravali bo'lishadi, eng yaqin kishilari. Ali roziyallohuhu anhu Payg'ambarimizning amakivachchasi, Rasulullohni uyida o'sgan. Rasulullohni kuyov bolasi. Fazl ibn abbas amakisi abbosni o'g'li va usomat ibn said. Rasulullohni yuvishida ham qatnashayotganligi usoma roziyallohu anhuna, rasulullohga qanchalar yaqin bo'lganligini yana bir dalili.

Abu bakr siddiq rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotidan keyin xalifa bo'ldi va u kishini xalifa bo'lgandan keyingi birinchi qilgan ishi usomaning qo'shinini chiqarishlik bo'ldi. O'n yetti o'n sakkiz yasharlik yosh yigitcha. Imom ibn hajar as qaloni o'zlarining fathul bor i nomli kitobida keltiradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlari haqidagi xabar arablarga yetib, murtadlar ko'paydi. Rasululloh vafot etgandan keyin deyarli hamma arab qabilalaridan dindan qaytib ketdi. Kimdir zakat bermayman dedi, kimdir namoz o'qimayman dedi, kim dir ro'za tutmayman dedi. Xullas, islomda sobit qolgan shahar uch dona bo'ldi. Makka, madina, toyif. Mana endi juda xatarli holat. Sahobalarning eng ulug'lari bu qo'shinni ichida. Va asosiy qo'shin ham musulmonlarniki, mana shu. Agar chiqib kelsa, dindan qaytgan murtad arablar Madinaga hujum qilishlik ehtimoli bor edi.

Sahobalar Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni mana shu qo'shinni tashqariga chiqarmay turishligini so'ranishdi. Ya'ni qo'shin Madinada qolsin, mabodo hujum bo'ladigan bo'lsa, bu qo'shin bizga kerak bo'ladi. Kim bor, sahobalar, mana shu fikr bilan, mana shu maslahat bilan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhun huzuriga kirishdi. Aytishdiki, ey Rasulullohning xalifasi, arablar har tarafdan buzilishdi. Albatta siz mana bu yoyilgan lashkar bilan biror narsa qila olmaysiz. Siz ularni ridda ahllari uchun tayyorlab qo'ying. Bular bilan ularni kekirdagidan olasiz dedi. Abu Bakr Siddiq roziyalloh ham aytdilarki, g'azablanib, nafsim qo'lida bo'lgan zotinglar qasamki, agar meni Madinada yirtqichlar yeb ketishi aniq bo'lsa ham, qo'shinni yuboraman. Bundan boshqa ishni qilmayman.

Buyuringlar, Usomani qo'shini chiqsin degan edi Rasululloh. Lekin bitta gap bor. Usomani o'ziga aytaman. Ya'ni Umarni bizni huzurimizdan qoldirib ketishini so'rayman. Chunki Umarga bizni hojatimiz bor. Qarang, xalifa o'n yetti yashar qora boladan so'rayapti, qo'l ostingizdagi Umarimni Xattobni bizga qo'yib keting, agar rozi bo'ladigan bo'lsangiz. Musulmonlar tushunishdi. Qo'shin chiqib ketar ekan. Yana bitta taklif bilan kirishdi. Nodonmiki qo'shin chi qarar ekan, endi buni ustiga o'n yetti yarim bolani qo'ymasdan, yoshi kattaroq sohibani qo'ymaysizmi? Bu gapni sahobalarda bu gapini, Umarimni Xatob olib kirgan edi. Abu Bakr Siddiq bu so'zni eshitib, sapchib turib, soqolini ushlab tortib aytdiki, onang seni yo'qotib qo'ysin, ey Xatobni o'g'li. Rasululloh tayyorlagan kishini amirligidan olding sanmi? Dedi.

Va Alloh hech qachon bunday bo'lmaydi. Johiliyatda jabbor bo'lgan Umar, Islomda xor bo'ladimi? Dedi. Endi bu albatta Umariddin Xattobni o'zini fikri emas edi, sahobalarni fikri edi. Umariddin Xattiob eshitib olganini eshitib, tashqariga chiqqanida, boyagi xalifani oldiga kirgizgan boyagi sahobalar nima bo'ldi, nima bo'ldiy deyishuvdi, onalaring yo'qotib qo'ysin senlarni. Rasulullohni xalifasidan eshitib olgani eshitdim dedi. Demak, qo'shin chiqadi, amir o'zini o'rnida qoladi. Abu Bakr Siddiq Usomadan so'radi, Umariddin Xattobni qoldirib ketishini. U rozi bo'ldi. Chin ko'ngildan rozi bo'ldingizmi dedi. Ha dedi. Keyin Usomat Umidzayevni ulovni ustida turgan holida Abu Bakr ulovidan ushlab, piyoda kuzatgani chiqdi. Shunda qaranglarda, bu tarixda bo'lganmi? O'n yetti yashar bolani amir bo'lishi va davlatni birinchi kishisi rahbari piyoda uni otini ushlab yoki tuyasini ushlab yurishligi. Usomat Umidzaev o'zini noqulay his qilib, aytadiki, yo siz minib oling, yo men yerga tushay dedim. Abu Bakr aytdi, Allohga hasan, sen tushmaysan, men minmayman. Allohni yo'lida ozgina oyoqlarim chang bo'lsa nima bo'libdi dedi.

So'nggilar, Abu Bakr Usomaga o'zini vasiyatlarini qildi. Mana Usomatuddin Zayd chiqdi. Qirq kunda Rasululloh unga buyurgan ishlarni chiroyli suratda ado qilib, g'animalar bilan qaytib keldi. Qaytib kelar ekan, chiqib ketar ekan, dindan qaytishni o'ylab turgan ayrim arab qabilalari, ha, Payg'ambarni vafotidan keyin ham shunaqa qo'shin chiqarisha oladimi? Demak bularda quvvat katta ekan, degan fikrga borishdi da, dindan qarshi fikrdan qaytib qolishdi birodarlar. Albatta bu Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu tutgan to'g'ri yo'l edi.

Hazrat Umar davrida. Umarun Xattob roziyallohu anhu musulmonlarga maosh belgilardi. Abu Bakr ham maosh belgilagan edi. Abu Bakr Siddiq hammaga bir xil belgilagan edi, ammo Umarun Xattob islomga avval kelgan, islomda ko'proq xizmat qilgan peshqadamlarga ko'proq maosh belgilardi va mana shu qilgan ishdan ayrim odamlar shikoyat qilib ham kelishar edi.

Ana shu shikoyat qilganlardan bittasi o'zini o'g'li Abdulloh edi. Abdullohi Nurmar roziyallohu anhuga, Imom Termiziydan bu. Usomatun Nizayevga to'rt ming, Abdullohi Nurmag'ga uch ming maosh tayinladi. Usomaga to'rt ming. O'zini o'g'li Abdullohi Nomarga uch ming. Yana besh ming, ikki ming ham deyiladi. Shunda Abdullohi Numar otasiga borib, nimaga bu Somani mendan baland qildingiz? Uni otasini fazli Zaydni fazli. Sizni fazlingizdan baland emas. Uni o'zini fazli, meni fazlimdan baland emas! Va Allohim mendan burun g'azotlarga chiqqan emas u, dedi. Umariddin Xattop aytdiki, chunki Zayd Rasulullohga seni otangdan ko'ra mahbubroq bo'lgan, Usomani o'zi Rasulullohga sendan ko'ra mahbibroq bo'lgandi.

Ikkalamizni yaxshi ko'rgandan ko'ra Payg'ambarimiz Zayd bilan o'g'li Usomani ko'proq yaxshi ko'igan. Bas men Rasulullohning muhabbatlarini o'z muhabbatimdan ustun qo'ydim dedilar. Ana birodar. Kim qadrlayapti u kishini? O'marun Xattob roziyallohu alohim. Hazrat Ali davrida. Usomat umidzayev Ali roziyalloh ham uni yaxshi ko'rar edi. Hurmat qilar edi. Endi maoyotun nabu sufiyon bilan Ali ibn Abitob o'rtasida bo'lgan ishdan keyin, u kishi hech qaysi tarafga aralashgani yo'q. Garchi Ali ibn Abitobda haqligini bilsa ham, Ali roziyallohu anhun tarafida jang qilmadi. Chunki o'tgan darsda aytdik, La ilaha illalloh degan kishini qatl qilib qo'yganidan keyin, qaytda musulmonga qarshi qilich ko'tarmasligini va'dasini Payg'ambarimizga bergan edi va mana shu boisdan Ali roziyallohni huquq tarafda turmadi. Alim Nabib Tog'lovga odam jo'natgan edi. Agar she'rni og'ziga tushsangiz, men siz bilan albatta uni og'ziga kirishga tayyorman, ammo bu ishga qatnashmayman. Bu fitnada qatnashmay man deganlar.

Ana shu paytda bo'lgan barcha ixtilof, fitna janglarida birontasida Usomiddin Rizayev qatnashmadi. Usomiddin Ruzayev roziyallohu anhu onasini qattiq hurmat qiladigan ishlardan edi. Usmonov Naffonov xalifali davrida bir tup xurmoni narxi ming dirhamga yetdi. Shunda onasi ana shu xurmoni ichida bo'ladigan mazali bir charvisini so'raganida bir dona xurmosi bordi, kesib berdi. Shunda odamlar bunday qilishingga seni nima majbur qildi? Axir bitta xurmonni narxi ming dirhamsga chiqib turgan bo'lsa, Usmonov javob berdi roziyallohu anhom, onam mendan o'shani so'radilar. U kishi mendan o'zim qodiri bo'lgan narsamni so'rasalar, albatta beraman.

Hadis rivoyat qilishligi. Usomatul Nizayev o'zini otasidan, onasidan va Ummu Salom onamizdan hammasi bo'lib yuz yigirma sakkizta hadis rivoyatni qilgan. Usomatul Zayddan o'ttiz ga yaqin sahoba va tabi'iyalar hadis rivoyatini qilishgan. U kishi Usomatubnizayet Usmonning maqtalidan keyin, fitnalardan uzoq bo'ldi. Damashni g'arbidagi Mizza deb ataladigan yerda turdi, so'ngra Vodiyl Qo'raga keldi. Keyin Madinaga keldi, Juruvda vafot etdi. Hijratning ellik to'rt yili Muoviyatun Nabu so'fiyonning xalifaligi davrida edi. Mana birodarlar, biz Usomatubnizaydning hayotini o'qidik. Shon sharafga to'lgan muborak hayot. Nimani xulosa olamiz? Islom qul ota va cho'ra onadan tug'ilgan bolani qanday qilib insoniyligini oliy cho'qqilarga olib chiqqanligini ko'rdik. Biz Usomatun Zaydni shon sharafga, to'la muborak hayotini o'rganar ekanmiz, qop qora, burni puchuq, havashini qanday qilib asl zoda bo'lgan arablarning ustida amir bo'lishlik maqomiga chiqdi. Buni ko'rdik. Siz Usomatun Zaydning hayotini o'qib o'rganar ekansiz, birodalar, Islom bundan o'n to'rt asr ilgari insoniy mo'jizani sodir etganligini ko'rdik.

Usomatun Zayd roziyallohu anhu o'n yetti ga kirib turib, shayxlarga amir bo'ldi. Islom birodarlar shayxlarga, oqsoqollarga yoshlarni g'ayratini beradi. Yoshlarga shayxlarni tajribasini, hikmatini beradi. Bu narsani biz Usomatun Zayd roziyallohamni hayotidan o'g'ib o'rgangan bo'ldik. Alloh subhanah va taolo o'sha omadimiz Zayddan rozi bo'lsin va o'z zot kabi buyuk kishilarni tarbiyalab yetkazgan Islomni doim quvvatli qilgan bo'lsin. Aqlu qovli ha da, vositav firu.

Keyingi darsni tinglashSahobalar hayoti