# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 16 of 510
- Section: —
- Duration: 34 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/16
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/xl-NXo30lyo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=xl-NXo30lyo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/15.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/17.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbilar alamin. Vala aqibatu lul mutaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqil va'dil amin. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh azza va jal ushbu saidul ayyom kunini barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun ellik uchinchisi. O'tgan darsimizda farzandlarga amru ma'ruf va nahi munkar qilishni ta'lim berish, o'rgatishlik haqida dars boshlagan edik. Bugun inshaalloh davom etkazgan bo'lamiz.

[0:50] Ulamolarni so'zi amru ma'ruh, nahi munkar islomning beshta farzidan keyingi turadigan oltinchi farzi. Alloh azza va jala Qur'oni Karimda amru ma'ruf, nahim munkar qilishlikka siz bilan bizni buyuradi. Astayu billa, val takum ming kun ummatun yado'una ila al xoyr. Voya'muru'ni bil ma'rufiy va yana havna an il munkar va ula aka humul muxlihun. Oralaringizdan yaxshilikka da'vat qiladigan, ya'ni Islomga, dinga da'vat qilaydigan, ibodatga, itoatga buyuradigan va isyon gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo'lsin, ana o'shalar najot topguchidurlar. Bu o'rindagi lom, valtakun kalimasidagi lom buyruq ma'nosida. Shunday odamlar bo'lsin, yaxshilikka buyursin, yomonlikdan qaytarsin.

[1:46] Yaxshilikka buyurishlik yomonlikdan qaytarishlik. Amru ma'ruv nahi munkar. Bu siz bilan biz uchun xohlasak qilib, xohlamasak qilmaydigan ixtiyoriy narsa emas. Balki har birimizni yelkamizdagi vojib bo'lgan narsa. Ammo mana shu amru ma'ru nahi munkar qilishlikni ham o'ziga yarasha odoblari borki, agar shu odoblarga rioya qilinsa, buyurgan yaxshiligimizga odamlar amal qiladi. Biz qaytargan yomonlikdan odamlar tiyiladi. Agar shu qoidalariga, shu odoblarga rioya qilinmasa, aksincha, yaxshilikka buyuramiz, odamlar qilmaydi. Yomonlikdan qaytaramiz, odamlar undan ziyodaroqini qiladi. Demak, amru ma'ruf, nahi munkir qilishlik ham bir ilm, uning odoblari, qoidalari bor. Birinchidan, odamlar so'zimizga quloq tutishlari uchun avval buyurayotgan narsamizni o'zimiz qilayotgan bo'lishimiz kerak. Qaytarayotgan narsimizdan o'zimiz tiyilgan bo'lishligimiz kerak. Agar unday bo'lmaydigan bo'lsa, odamlar bizni ustimizdan kuladi. Agar biz o'zimiz aytayotgan narsani qilmasak, odamlarda qima deyotgan narsalarni o'zimiz qilib turgan bo'lsak, bu amri ma'ruh nahi munkarimiz odamlarni dindan uzoqlashishiga sabab bo'ladi.

[3:08] Shuning uchun birinchi qoida, gapirayotgan gapimizga o'zimiz amal qilayotgan bo'lishimiz kerak. Qaytarayotgan narsalarimizdan avvalambor o'zimiz tiyilgan bo'lishligimiz kerak. Rivoyat qilinadi, bir shayx o'zining o'quvchisini uyiga mehmondorchilikka keldi. Bu o'quvchisi puldor, badavlat kishi edi. Haligi o'quvchini uyiga shayx kelganimda, bu o'quvchiyni uydagi quli xizmatkori xizmat qilib yurib, bu mehmonlarga shayxga aytdiki, shayx, saidimga aytsangiz, meni ozod qilsa, dedi. Shayx, inshaalloh, dedi.

[3:45] Oradan uch oy o'tdi, ozod qilinishlikdan gap yo'q. Demak, shayx o'quvchisi hech narsa demabdi. Uch oy o'tdi, shayx ikkinchi marta keldi mehmonga, mana shu xonadonga. Haligi quv keldi da yana odob bilan yo'lini qilib, shayx, meni saidimga sizni hurmatingiz nihoyatda baland, sizni gapingizni yerda qo'ymaydi, bir aytsangiz meni ozod qilib yuborsa dedi.

[4:11] Shayx, hay, inshaalloh dedi. Yana uch oy o'tti, dalagi yo'q. Uchinchi marta bu shayx mehmonga keldi. Haligi qo'l yana iltimosini aytdi. Sizni gapingizni yerda qo'ymaydi meni, saidim. Ozod qildim aytsangiz, ozod qilib yuborardi, dedi. Mana endi vaqti bo'ldi, dedi da. Haligi o'zini o'quvchisiga shayx qo'lini ozod qilishligi haqida gapirgan edi, ozod qildi. Bir og'iz so'zi bilan ozod qilib uyg'ondi. Qo'l ozod bo'ldi. Mushkulasi hal bo'ldi, lekin bitta savol qoldi. Nimaga endi shuncha muddat cho'zib yurdi?

[4:52] Shunda qo'l kelib aytdiki, ey shayx, bir og'iz so'zingiz bilan ozod bo'ldim. Shuni ovora qaysangiz bo'lmasmidi? Oradan faloncha vaqt o'tib ketdi. Shayx javob berdi. Ey bolam, meni qiyin ahvolga solib qo'ydingiz. Men. Oilamni sarf xarajatidan tejab pul to'pladim. Bitta qulga yetadigan pul jamlanganidan keyin sot pulni olib, qul sotib olib, ozod qildim, keyin saidingizga gapirdim dedi.

[5:24] O'shaning uchun o'quvchisi shayxini gapini oldi. Chunki shayx avval unga buyurgan narsasini o'zi qilib turib, keyin buyuradi. Ya amiral mo'minning endi dedi bir ayol, o'g'lingga talab kelib. Mana bolam qovunni ko'p yeydi, shu qovunni ozroq ye deb qo'ysangiz, deganda ertaga kelinglar dedi. Umarimni xat olib. Ertasi kuni kelishdi. Endi bir ma'ruza qilsa kerak deb o'ylaganda.

[5:51] Kampir ena. Qani bolamni o'tkazib turib, ey bola, qovunni oozroq yegin dedi. Bo'ldi. O'g'il chiqib ketdi, ona so'radi xalifadan. Shu gapingizni kecha aytib qo'ysangiz bo'lmasmidi avval qilmasdan bizni? Xalifa aytdi, sizlar kirishinglardan burun qovun yeb turuvdim o'zim deydi. Bizni amru ma'rufimiz, bizni naqiy munkarimizni nimaga odamlarga ta'siri bo'lmayapti, ko'p o'rinlarda yoki bazada desak, o'zimiz amal qilmayotgan bo'lib chiqamiz, agar yaxshilab tekshiradigan bo'lsak. Demak birinchi qoida. Odamlarni yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytarishdan avval, unga o'zimiz amal qilayotgan bo'laylik.

[6:36] O'zing yaxshilikka amal qilmasdan turib boshqalarga buyurma, avval o'zing qil, o'zing peshqadamlardan bo'l, shunda so'zing odamlarda qalbi yetib boradi. Din birodarlar unaqa o'yin qilib olinadigan narsa emas. Haligi gapirib qo'y, o'zi qilmasdan ketoladigan narsa emas. Din tirishilik manbasi ham emas. Din, shariat, pul topishlik manbasi ham emass. Imom ushofiyda bir ajib so'zi bor ekan. Vallohi la in artaziqa bir raqs, ahvanu min an artaziqa bir din. Vallohi dinni rizq manbasi qilib olganimdan ko'ra, raqsni rizq manbasi qilib olganim yengilroq degan ekan. Dinni orqasidan pul topilmaydi. Amru ma'ruf nahi munkar qilishimizdan maqsad, dunyoni latalyutasi bo'lmasligi kerak bo'ladi. Agar dunyo kerak bo'ladigan bo'lsa, tijorat qilsin, ekin tikini eksin, ishlab chiqarsa, lekin dinni kasb qilib bo'lmaydi.

[7:37] Shuning uchun amru ma'ruf nahi munkar qilayotgan odam, odamlardan hech qanday bir dunyo narsasini kutmasligi kerak bo'ladi. Bu ham bitta qoidasi. Xolis nasihat qilasiz, shunda amru ma'rufigiz, nahi munkaringiz o'tadi. O'zimiz aytsak u qilmasak. O'zimiz qaytarsak u bir ishdan. Yana o'zimiz uni qilib tursak. Alloh azza va jalla Qur'onda aytadi: Astaydu billah, ya ayyuha'lla dinaa manuu lima taqulu na ma'la tafalu. Ey, mo'minlar, nimaga qilmaydigan ishinglarni qilamiz deb aytasizlar?

[8:13] Nimaga o'zinglar qilmaydigan ishti qilamiz demasizlar? Kaabromaqutana imdallohi an taqulu ma'la taflu. Sizlarning o'zlaringiz qilmaydigan ishti qilamiz degan aytishlaringiz Allohning nazdida o'ta manzur ishdir. O'ta xunik ish. Qilmaydigan narsangizni qilaman deb aytishligingiz.

[8:40] Gapirgan narsasiga o'zi amal qilishligi haqida hadislar, oyatlar. Istaydu billah, a ta'muru na nasa bil berri, va tanisa unaun husakun, va an tum tatlu naul ketab, afala ta'qilun. Alloh Taolo aytadi, yahudlarga va siz bilan bizga ham odamlarni yaxshilikka chorlab, o'zlaringizni unutasizlarmi? Holbuki o'zlaringingiz Kitob tilovat qilasizlar. Aqlingizni yulgizmaysizlarmi? Odamlarga buyurib o'zing qilmaysan.

[9:14] Fayg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan kiritilgan sahih hadis Imom Muslimdan Usom adin Zayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Yu utabir roj yo'li ya ummal qiyamati fayul qofinnar. Fayyaduru biha, kamayyaduru himaru bir ruh. Qiyomat kunida bir kishi olib kelinib, do'zoqqa uloqtiriladi.

[9:38] U kishining qornidan ichak chavoqlari chiqib, xuddi eshak tegirmon atrofida aylangani kabi aylantiriladi. Ichak chavoq chiqib ketdi, ichak chavoq atrofida aylanayapti. Odamlar uni ko'rib tanishadi. Aytishadiki, fayaquluni yaf ulan. Malaka, alam takun ta'murunabil ma'ruh, vatan ha anil munka. Ey, sizga nima bo'ldi? Axir siz bizni yaxshilikda, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan odamidingiz u? Siz nimaga tushdingiz bu yerga? U kishi aytadi ha, to'g'ri. Yaxshilikka buyurib, o'zim bajarmas edim. Yomonlikdan qaytarib, o'zim qilar edim, deydi.

[10:23] Shu odam jahannamga uloqtirildi, qornidan ichak chavog'i chiqib ketdi, ichak chavog'da atrofida xuddi eshak tegirmonda aylanganday aylanib yuribdi. Nima uchun? Gapirgan narsasiga o'zi amal qilmagani uchun. O'zi amal qilmagan narsasini odamlarga buyurganligi uchun. Ro'yi to'laylata usriya bi reja alan to'q rozu shefa huhum bi maqoriydi minnar.

[10:48] Isro kechasida men lablari o'tli qaychilar bilan kesilayotgan kishilarni ko'rdim deydi Rasululloh. Gibriddan so'radim. E Gibril, ular kimlar? Ular, dedi Gibril, odamlarni yaxshilikka buyurib, o'zlarini unutgan va kitobni talovat qilgan ummatingizning xatiblari, dedilar. Xatiblar, ma'ruza qiladiganlar. Odamlarga haqni tanitadiganlar, yaxshilikda buyurib yomonlikdan qaytaradiganlar. O'zlari amal qilmaganligi uchun.

[11:23] Demak, yaxshilikka buyurishlikdan, yomonlikdan qatarlashingizdan avval bu narsaga o'zimiz amal qilishligimiz kerak bo'ladi. Shuning uchun umariddin xattob roziyallohu anhuhu xalifa bo'lib turganlarida, biror bir hukmni chiqarsa, falon mana bunday qilinglar yoki mana bunday qilmanglar deb hukm chiqarsa, oilasini yig'ar edi, yaqin qarindoshlari, farzandlari. Aytar ediki, men odamlarga falon ishni qilinglar deb buyurdim, falon ishni qurmanglar deb qaytardim. Mabodo, birortanglar, ana shu ishlarni qilib qo'ygan bo'lsanglar, qaytarilgan ishni, unga jazoni ikki barobar qilib beraman. Birinchisi, shu xatoga yo'l qo'ygani uchun, ikkinchisi menga yaqin bo'lgani uchun. Toki, e qaniydi dadamiz xalifa bo'lmasa edi, deb yuborasizlar. Demak, xalifa Umarga qarindosh bo'lishlik musibat bo'lyapti.

[12:21] O'shaning uchun ularning gapigachi, odamlar quloq solgan. Shuning uchun ularning gapi o'tgan, shuning uchun odamlarni qalbida haybati bo'lgan, shuning uchu Allohu ulardan rozi bo'lgan. Chunki gapirayotgan gapiga avval o'zlari amal qilishgan. Ikkinchi qoida. Biz qaytarmoqchi bo'lgan munkar haqiqatdan munkar bo'lishi kerak. Nima degani bu? Aroq, aniq munkarligi, faxsh, zino, g'iybat, josuslik. Haromligi aniq bo'lgan narsa bo'lishi keraksiz. Biz qaytarimoqchi bo'lagan narsa. Bizga yoqmayotgan narsani ila munkar deb qaytarishlikka haqqimiz yo'q. Masalan, hajga borganlar ko'rgan, to'rala mazhab vakillari boradi, qilayotgan amallarida biznikidan farqi bor.

[13:05] To'g'rimi? Endi sizga yoqmasanglar bu munkar demang buni. Chunki uni mazhabida unga ruxsat bergan bo'lishi mumkin. Sizni ko'nglingizga yoqmasa, sizni tabiatingizga ko'tarmasanglar, u munkar devoming. Hujjat dalilingiz bo'lsa, i ne munkar deb qaytaring bu narsani. Xulosa, biz munkar ekanligiga ittifoq qilingan narsalardan odamlarni qaytaramiz. Birinchisi, gapirayotgan gapimizga o'zimiz amal qilgan bo'lishimiz kerak. Ikkinchisi, biz qaytarayotgan munkar haqiqatan munkar bo'lishligi kerak. Uchinchisi, ba'zida mana shu munkardan qaytaraman, gunoh ishdan to'saman deb turib ayrim ukalarimiz haddidan oshib ketadi. Hikmatsiz yo'l tutib qo'yadi. Natijada qovun tushirib qo'yiladi.

[13:58] Munkardan qaytanishda hikmatli yo'l tutishlik kerak. Bu uchinchi qoidamiz. Shoshilmaslik kerak. Masalan, bir do'stingizni o'nta munkarishini ko'rdingiz. Nimadan boshlaysiz? O'n o'n shart aytasizmi? Seni mana bu mana bu mana bu mana buni ishlaring yomon deysizmi? O'zi boshqa ishi yo'q. Yo'q, bu noto'g'ri bo'ladi. Eng kattasidan boshlaysiz. Masalan, aroq ishlayapti. Hali bu yoqda boshqa ishlari ham bor, ammo aroqdan tiyasiz birinchi. Namoz o'qimayapti, namozga buyurasiz. Bitta, ikkita, uchtasini aytasiz. Agar ko'tarsa. Bo'lmasam, bittasi yetib turadi. Shoshilmaslik kerak. Shoshilmaslik keraksiz bo'ladi. Chunki hammasini birdaniga aytib, birdaniga tashlasam bo'ladi deydigan bo'lsangiz, umuman munkarlarni bittasini ham tarqimasdan, yana aksincha bunga kelishib ketishligi mumkin.

[14:53] Qoida bor, birodarlar, yaxshilab bilib olaylik. Agar biz bitta munkarni ko'rsak va uni qaytarsak, shu ishimizni natijasida kattaroq munkar kelib qoladigan bo'lsa, yoki fitnaga sabab bo'lsa, bu munkardan qaytarib bo'lmaydi. Tushunarlimi? Sigaretdan qaytarsangiz aroqqa o'tib ketishlik xavfi bo'lsa, indamay turamiz ekan. Qoida. Siz qaytarayotgan munkarni, agar qaytarsangz, buni oqibatida kattaroq munkarga kirib ketadigan bo'lsa, hindamay turamiz.

[15:30] Demak uchta qoida bo'ldi. Birinchisi, gapirayotgan gapimizga o'zimiz amal qilishimiz kerak. Ikkinchisi, biz qaytarayotgan munkar, haqiqatdan munkar deb tan olingan munkar bo'lsin. Uchinchisi, shoshilmaslik kerak. To'rtinchisi, munkarni qaytarishda muloyim va go'zal axloqli bo'lishlik kerak. Imom Boyhaqiydan keltirilgan hadis, Amrubni Shoyib roziyallohu anhudan, Rasululloh aytadilar, man amruh bi ma'rufin, fal yakun amruhi bi ma'rufin.

[16:03] Kim odamlarni ma'rufga, yaxshilikka buyursa, bas uning ishini o'zi ham ma'ruf bilan bo'lsin. Dinga da'vat qilayotgan odam, gapirayotgan so'zi chiroyli bo'lishi kerak. Xulqi chiroyli bo'lishing kerak. U du'a ila sabili robbiki bil hikma. Parvardigorizni yo'liga hikmat bilan, chiroyli ma'riza bilan chaqiring deyilgan. Payg'ambarimiz aytyaptilar, ma'rufga buyuryapsanmi? Gapirayotgan so'zing ham ma'ruf bo'lsin, xulqing ham ma'ruf bosin. Chunki bu narsa Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamni siz bilan bizga ko'rsatgan ko'rsatmasi. Endi bu o'rinda bitta narsani albatta aytishim kerak. Masjidda yosh bolalarni tartibga chaqirayotgan akalar. Ey, bir daqiqa, ey. Bu qo'shinga bururman hozir, chiq meni. U masjidda shunaqa qilinyapti.

[16:56] Siz bolaga tarbiya bermoqchimisiz? Siz uni qilayotgan noto'g'ri ishini tuzatmoqchimisiz, sizni yaxshi ko'rsin u. Keyin gapingizni oladi. Siz ham yosh bola bo'lgansiz. Qanaqa odamni, qanaqa amakini yaxshi ko'rar edingiz? Qaysi tog'ini yaxshi ko'tarar edingiz? Yumshoq gapirganini. O'shaning uchun masjidda yosh bolalarga odob bermoqchi bo'lgan oqsoqollar bo'ladimi, yoshlar bo'ladimi, hikmatli yo'l tutish kerak. So'kmaslik kerak, do'qimaslik kerak, qo'pol gapirmaslik kerak. Garchi xato qilarkan bo'lsa ham. Ey, turiningni o'toq qilgin, ey. Boshingga burururururururumon hozir. Kim bo'lasan o'zi?

[17:37] Kuzatganmiz hammamiz. Ha, o'tgan darsimizda aytdik, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam namozda turganlarida, jamoat namozida turganida rukyoda turishibdi hammasi. Bir odam masjidga kirdi yu, hali sapga yetmasdan turib rukyu qilib oldi. Rukyu qilgan holda sapga kelib qo'shildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozovni tugatib olib, ey, nima qilganing yo'q? Kallang bormi? O'shanga ham qilasanmi? Dedimi? Yo'q, maqtadi. Zada kalohi xirsan.

[18:10] Alloh namozga bo'lgan xirsingizni ziyoda qilsin, lekin bunaqa qilmay qaytib dedi. Avval maqtadi, keyin tanqid qildi. Rahmat bolalar, mana shu yerga kiribsizlar, zo'r. Alloh rozi bo'lsin. Faqat jindak odobi bilan o'tirsanglar yaxshi bo'ladi. Payg'ambarimiz sabdi avvalida erkaklar, keyin yosh bolalar, keyin ayollar degan. Sizlar orqaga o'tirishinglar kerak desa, gapingizga quloq soladi.

[18:33] Birinchisi. Gapirayotgan gapiga o'zi amal qilsin. Ikkinchisi. Qaytarmoqchi bo'lgan munkaringiz haqiqatan munkar bo'lsin. Uchinchisi, hikmat bilan yo'l tushiraylik, shoshilmaslik kerak. To'rtinchisi, go'zal xulqli bo'lishlik kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam komil inson bo'lganlar. Go'zal xullalarni o'zida jamlagan. Bu ummatni ishonchli amin payg'ambari allohning vahisi bilan, mo'jizalari bilan quvvatlanib turgan kishi muhammad sollallohu alayhi vasallamni alloh nimadan maqtadi?

[19:10] Astaydubilla fabima rahmatin minallohi ilin talahum valav kunta fardon g'oliy dal qolb lanfaddu minhavlik. Bu rahbar bo'lgan, odamlarda boshqalar ekan, kishilar, oilani boshlig'i bo'lgan odamlar. Ey muhammad, sollallohu alalayhi vasallam. Alloh tomonidan bo'lgan bir marhamat sababli ularga sahobalaringizga yumshoq so'zli bo'ldingiz. Sizni sahobalarga yumshoqso'zli bo'layotganingiz allohning rahmati.

[19:46] Sizni oila a'zolaringizga, farzandlaringizga, ayolingizga yumshox so'zli bo'tayotganligingiz allohni rahmati. Agar shu narsa bo'lmasa, demak rahmat bo'lmayapti ekan. Agar qo'pol qattiq dil bo'lganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo'lar edilar. Demak, bir odam odamlarni qalbini o'ziga jamlamoqchi bo'lsa, rahbar sifatida muhabbatini qozonmoqchi bo'lmasa, qaysi sifat kerak ekan? Yumshoq so'z bo'lishi kerak, muloyim bo'lishligi kerak.

[20:21] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, Imom Muslimdan keltirilgan hadis. Inna rivqo la yakunu fii shay'in illa zaynahu. Va la yun zavmin shay'in illah sha'nahu. Albatta, qaysi bir narsada, ishda, fe'lda, harakatda, muloyimlik bor bo'lsa, shu muloyimlik bu ishni chiroyli qiladi. Agar biron narsadan mana shu muloyimilik olib qo'yilsa, mana shu ishni xunuk qiladi. Muloyim odamni hamma yaxshi ko'radi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oshxonamizga aytganlar, Imom Buxorodan keltirilgan hadis. Ya aisha. Innalloha rafiqun. Yuhayb bir rivqo. Ey Oisha, albatta Alloh Taolo rafiq, muloyimzod va muloyimlikni yaxshi ko'radi. Diqqat qiling. Qo'pollikka va undan boshqa sifatlarga bermagan narsani muloyimlikka beradi.

[21:22] Qo'pollik bilan, dag'allik bilan, quvvat bilan yeta olmagan narsangizga muloyimlik bilan, yumshoqlik bilan yetasiz. Yaxshi gapirsa, o'sha odam sigaretni ham tashlashi mumkin. Yaxshi gapirdik, masjidga ham kirishi mumkin. Bir arabiy Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidiga kirib, bavul qildi. Siydi. Sahobalarni ko'z o'ngida.

[21:44] Tabiiyki, sahobalar siz bilan biz qiladigan muomalani qildi unga. Shart turib bo'g'ib qolishdi. Sen masjidga siyodiganmisan halida. Rasululloh uni teq qo'yilar dedi. Teq qo'yinglar, siy bo'lganidan keyin bir ikki paqir suv oqizib yuboringlar, bavlini ustidan dedi. So'ngra aytdilar, ha innama bu istum muyassirin, valam tub asl u muassirin. Albatta sizlar qiyinlashtiruvchi qilib yub emas, qiyinlashtirovchi qilib emas, yengillashtiruvchi qib yuborildinglar dedi. Rasululloh muloyimlik qildi, hikmat bilan yo'l tutdi, arobiy nima qildi?

[22:22] Shim deb aylab turib, ey Allohu, meni jannatga kirgiz, Muhammadni jannatga kirganingiz boshqa hech kimga kirgizmadi, duo qildi. Hikmat bilan, lutf bilan muomala qilganligi uchun. Payg'ambarimiz Allohu rahmatini cheklab qo'yding u deb haligini gapidan Payg'ambarlarimiz tabassum qildi. Muloyimlik. Muloyimlik!

[22:46] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni mana shu muloyimlik qilgan o'rinlarda yana bitta misol, bir yigit keldi dedi, yo Rasululloh dedi. I dan li bez zina. Menga zino qilishga ruxsat bering dedi. Bu yoqdagi sahobalar jirkib berishdi. Esing bormi? Kallang joyidami? Shunaqa deysanmi? Rasululloh beriki dedi. Yaqinroq keldi. Ey falonchi, mana shu zinoni onangga bo'lishligini xohlarmiding dedi.

[23:13] Ota onam fido bo'lsin sizga Rasululloh, vallohi yo'q dedi. Odamlar ham xohlamaydi onalariga zino bo'lishini dedi. O'zingni singlinga qizing yo'q, rozi bo'lmayman. Odilmurod rozi bo'lmadi dedi. Payg'ambarimiz muborak qo'lini shunday ko'ksiga qo'yib turib, haqqiga duo qildi. Rasululloh qo'lini uni ko'ksidan uzishiga, u yigit uchun zino dunyodagi eng yomon narsa yalinib qoldi.

[23:36] Halimlikka misolmi? Muloyimlikka misolmi? Hikmatga misolmi? Yana bir misol. Bu hadis Imom Buxoriydan, Muoviyatul Nul Hakamdan. Bayna ana usonli ma rasulillahi sollallohu alayhi vasallam va eti atasorojinu minal qovun. Bu hadisni robbisi aytadi, men Rasululloh bilan namozda turganimda bir odam aksa urdi. Men unga qarab, yalhamukulloh dedim.

[24:08] Namozda turib, yalhamukolloh dedi. Namozda turganlar menga o'qrayib qarashdi deydi. Men yana to'xtamasdan, ha onalaring yo'qotib qo'yib yig'lagunlar, nimaga menga go'ni yashasan dedim. Shunda hammasi soniga qo'lini urib qoldi. Ha, demak meni tinchishimni talab qilyaptikan deb jim bo'ldim dedi. Namoz tugaganidan keyin, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, innahadihissalaa la yasluhufi ha shay'un ming kalamin nas innama huva t tasbih va takbir va qiroatul quran. Rasululloh namozini o'qib bo'ldi. Ota onam u zotga fido bo'lsin. U zotdan avval ham, keyin ham, u zotdan ko'ra go'zalroq ta'lim beradigan bironta muallimni ko'rmaganman. Allohga qasam, g'udiramadi ham. Urmadi ham, so'kmadi ham. Nima dedi? Albatta, bu namozdir. Unda odamlarning so'zlarini gapirish mumkin emas. Albatta u namoz, tasbeh, takbir va Qur'on tilovatidir.

[25:14] Abu ja'far al mansur huzuriga bir kishi kirdi da, qattiq qo'pol gapirib berdi. Shunda Abu Ja'far fahmliroq ekanligi ko'rindi, gapirgan odamdan ko'ra. Menga yumshoqroq, muloyimroq so'zlar dedi. Chunki Alloh Taolo sendan yaxshiroq odamni mendan yomonroq odamni oldiga jo'natganida, muloyim yumshoq gapir deb aytgan dedi. Fir'avnni oldiga muso va horun alayhissalamlarni yuborganida, faqulalahu qovlanla inan la allahuyata dhakkara av yahshah. Bas unga yumshoq so'zlanglar. Shoyat pand nasihat olsa, yoki mening qahrimdan qo'rqsa dedi.

[26:03] Sen Mosodan yaxshimassan, men Fir'avundan yomonmasman. Sendan afzalroq bo'lgan odamga, mendan yomonroq odamga gapirayotganida, muloyim bo'l degan dedi. Nodomiki amru ma'ruh nahimmi karimmi g'amimiz? Muloyim bo'lishligimiz kerak. Birinchisi, gapirayotgan gapimizga amal qilayotgan bo'laylik. Ikkinchisi, munkar haqiqiy munkar bo'lsin. Shoshilmaylik, muloyim bo'laylik. Keyingi qoidamiz, amr ma'ruf qilishlikda sabrli bo'lishlik kerak. Sabrli bo'ishlik kerak.

[26:43] Luqmoni hakim o'zining o'g'liga qilgan nasihatini Alloh azza va jalla Qur'onda qiyomatgacha keladigan musulmonlarga ibrat bo'lishligini, andoza bo'lishligini xohladi. Luqmon hakim o'zini o'g'liga nasihat qilib, shunday dedi. Astaydu billa, ya'a bunayya, aqimiz sola, vo amur bil ma'ruf, van ha'an il munkar, vosber alama asobak, innada leka min azmin umur. Ey o'g'ilcham, namozni to'kis ado et. Yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar, hamda o'zingga yetgan balolarga sabr qil. Yaxshilikka buyurib yomonlikdan qaytargan odamga albatta sinov keladi. Albatta balo keladi. Odam albatta odamlarda qo'polligi, dag'alligi, qo'pol muomalalar keladi. Amru ma'ruf nahimunkar qilgan odamga boshqalardan ko'ra ko'proq sabr kerak. Albatta mana shu ishlarning maqsadga muvofiqrog'idir. Albatta, gapingni kesadiganlar chiqadi. Sen bilan tortisha olganlar chiqadi. Sen bilan yoqalasha olganlar chiqad. Sabr qil. Sabr qil!

[27:56] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mutafaaun alayhi bo'lgan hadisda, odamlarning oralarida og'ir imtihonlarga uchraydiganlari, anbiolar va so'ngra ularga o'xshagan kishilar. Kishi dinidagi salobatga qarab sinovlarga uchraydi. Agar uning dinida salobat bor bo'lsa, balolar og'ir bo'ladi. Agar dinida yengillik bo'lsa, diniga qarab Allohning sinovlari keladi. To banda yer yuzida bironta ham xatosi yo'q bo'lgan holda yuradigan holga kelgunicha, balolar uni ustiga kelaveradi. Balo keladi, sinov keladi, sabr qiladi, gunohlari yuvilaveradi. Sabr qiladi, gunohlari yuvilaveradi, yer yuzida bironta gunohi qolmagan holda yuradigan bo'lib qoladi. Nima bilan? Sabr bilan.

[28:50] Darsimizning nihoyasi. Rivoyat qilinadi. Abu G'oyas zohid o'zini birodarini ziyorat qilishlik uchun Buxoroga keldi. U ikkala birodar ko'chadan birga ketib borarkan, yo'lda qo'shiqchilar bilan masxarabozlarga duch kelishdi. Ular sultonning saroyidan chiqib kelishayotgan edi. Bugun Sultonni uyida, saroyda bazm bor edi. Abu G'oyas ularni ko'rib turib, o'ziga dedi, ey nafs, bir yomon amal sodir bo'ldi. Agar gapirmasdan sukut qilsang, sen ham mana shu ishga sheriksan, dedi da, allohdan madad so'radi. So'ngra yerdan bitta katta kaltakni oldida, boyagi qo'shiqchi va masxarabozlarga hujum qilib qoldi.

[29:38] Haligi masxarabozilar Sultonni saroyiga qarab qochib kelib ketishdi. Kirib Sultonga shikoyat qilishdi. Endi Sulton Abu G'oyasni chaqirib aytdiki, axir Sultonga qarshi chiqqan kishini qamalishini bilmaysanmi dedi. Abu G'oyasi aytdi, sen Rahmonga qarshi chiqqanni jahannamda kuyishni bilmaysanmi? Dedi. Ya'ni seni qilayotgan ishing munkar. Bu masxarabozlarni, qo'shiqchilarni olib kelib olib bazm qilishing munkar.

[30:10] Sulton aytdi, senga odamlarda hisob kitob qilishlik haqqini kim berdi? Dedi. Kimsan sen? Dedi. Abu G'oyasi aytdi, senga amirlikni bergan zot berdi menga, dedi. Sulton aynitdi, meni bu o'ringa xalifa tayinlagan, dedi. Abu G'oyasi aytdi, meni bu ishga xalifani robbisi tayinlagan dedi. Endi sulton uni jur'atini, haqqa bo'lgan muhabbatini, doveriyligini ko'rib turib, seni dedi, Samarqand ahlini hisob kitob qilishlikka dedi, tayinladim dedi. Abu G'oyasi aytydi, men o'zimni u ishdan bo'shatdim dedi. Sulton aytdi, ajib ishing. Qo'lingda mansabing bo'lmay turib, odamlarni hisob kitob qilding u, endi mansabga tayinlab qo'ysam, undan o'zingni olib qochyapsan dedi. Abu G'oyas aytdi, chunki agar sen meni bir ishga tayinlasang, undan bo'shatib yuborish ham seni qo'lingda bo'ladi. Ammo agar robbim meni bir ishiga tayinlagan bo'lsa, hech kim u ishdan meni bo'shata olmaydi dedi.

[31:10] Sulton aytdi, mendan hojatingni so'ra. Abu G'oya meni yoshligimni qaytarib ber dedi. Meni yoshligimini qaytarib berdi dedi. Bu narsa meni qo'limdan kelmaydi. Boshqa hojating bormi? Ha bo'pti. Jahannam qo'riqchisi Molikka maktub yozib ber, meni azoblamasin dedi. Sulton, ha bu narsa ham qo'limdan kemaydi. Boshga hojatingni ayt dedi. Abu G'oyasi aytdi, Jannat qo'riq chisi Rizvonga maktub yozilib ber, meni Jannatga kirgizib yuborsin dedi. Sulton, bu qanaqa talablar bo'ldi axir? Bu ishlar qo'limdan kelmaydi meni dedi. Abu g'oyasi aytdi, bu talablarning barchasini bajarishga Robbimning qudrati yetadi. Nimani undan so'rasam, u ijobat qiladi dedi da, sultonning huzuridan chiqib ketdi. Mana birodarlar, munkarni ko'rdi, qaytardi.

[32:02] Mansab ta'kidlab qolinuvdi, chiqib ketdi . Chunki bu ishidan maqsad dunyo emas edi. Boshida aytdik ku, bu din tirishchilik manbasi bo'lmasligi kerak. Shunda odamlar gapimizni oladi, birodarlar. Mansabni beruvdi, mansabdan o'zini olib qochdi. Birodarlar, Islomning besh farzidan keyin keladigan eng muhim farz amru ma'ruh nahi munkar.

[32:29] Iymon, namoz, ro'za, zakot. Hajdan keyingi o'rinda turadigan oltinchi farz amru ma'sru nahi munkar, Payg'ambarimiz aytganlar, kullukum muroin va kullukum mas'unun ar ro'iyatihi. Har bittanglar boshliqsizlar. Ishxonada, qo'l ostidagilarga, oilada, oila a'zolariga va qo'l ostidaydagilar haqilarda haqida qiyomatda Allohning huzurida javobgar bo'lasizlar. Ayolingiz, farzandingiz, akangiz yoki ukangizni bolalari, ishdagi sherigingiz, ehtimol yaxshi odamlardir, lekin ulardan munkar albatta sodir bo'ladi. Ulardan munkar sodir bo'lib qolishi mumkin. Shunda indamay tursak, shu munkarga biz sherik bo'lamiz. Ularni amru ma'ruh, nahiy munkar qilishlik siz bilan bizni zimmamizdagi amal. Agar shunday qilsak, munkarni ozi yeyishligi hisobiga ma'ruh amal ko'payadi. Agar indamasak, qo'shnini tomiga ketgan o'tga o'xshaydi. Uni tomini kuydirib tugatgandan keyin, albatta sizni tomingizga o'tadi.

[33:31] Agar amru ma'ru naxiy munkar qimasa, birodarlar, duo qilaveramiz, duolarimiz ijobat bo'lmaydigan bo'lib qoladi. Shuning uchun amru ma'ruh, nahi munkar o'ta muhim amallardan. Yana takror aytamiz, ma'ruf ishni o'zimiz avval qilamiz, munkarni tark qilamiz, hikmat bilan ishga o'tamiz, bosqichma bosqich, shoshilmasdan, muloyimlik bilan odamlarni haqqa chaqiramiz. Alloh subhanah va taolo eshitilgan ma'ruzalarga amal qilishlikni barchamizga tavfiq etib bergan bo'lsin. Aqul u qovli ha da va astag'firullohali va
