Maviza
—Qoralama11 daq

Saodatning sabablari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
10:32
O'zgarishlar tarixi

Alloh azza va jallani madadi va qo'llashi bilan yangi darslarimizni boshlaymiz. Alloh taoloning o'ziga tavakkul qilamiz. Yonimiz uning ustidan yordam so'raymiz. Yana robbimizdan mana shu amalni xolis bo'lishligini va o'zini yuzi uchun bo'lishini hamda o'zi qabul qilishini so'raymiz'. Bu darslarimizni nomi va g'allar saodatini shartlari. Ya'ni baxt saodatini sharoitlari. Inson nima qilsa, nimaga erishsa, nimadan voz kechsa, qaysi tomonga qarasa, kimga o'xshashga harakat qilsa, qo'yingki, nima qilsa dunyoda saodat topadi. Bu darsimizni mavzusi mana shu.

Bu darslarimizga doktor oyzul xordiyni qalamiga mansub la tahza mahzun bo'lma kitobini asos qilib oldik. Bu darslar bizga nima beradi? Bu darslar kimlar uchun aytildi? Kimga foydasi bor va nima uchun bu darslar aytilyapti? Siqilgan, g'am tashvishga botgan, alamzada, muammolarni ko'pligi sababli uyqusini yo'qotgan insonlar uchun. Aslida bunday holatga kim ham tushunmagan? Hammamizda o'zimizga yarasha muammo bor bir odamlar. Kimni puli yo'q, kambag'alligidan siqilyapti? Kimni dardi tugamayapti, u ham siqilishda? Kimni boshiga taqdir bir og'ir sinovlarni solgan, u ham g'amni ichida. Shunga o'xshash odamlarni g'amlari, tashvishlari turli tuman, muammolari serob. Xullas, odam bolasi borki, uni g'ami bor. Har tarafdan kelayotgan bir biridan vahimali xabarlar, kutilayotgan xavotirlar, undoq bo'lar ekan, bundoq bo'lar e kan.

Biz mana shu darslarimiz orqali birodarlar, shu holatga tushib qolgan insonlarni dinimiz qanday tarbiyalaydi? Shunday holatga tushib qolgan insonlarga dinimizni, ta'limotini taqdim qilmoqchimiz bu odamlar. Musulmon kishini o'zi shu tushunchalari qanday bo'lishligi kerak? Shuni aytmoqchimiz. Insonni saodatli bo'lishi, insonni hayotda baxtli bo'lishligi ikkita narsaga bog'liq. Sog'ligi va puli. Shunaqami? Bekor gap.

Chunki pulni Alloh Taolo kimga serob qilib yozgan, rizqiga, kimga ozroq yozgan. Kimnidir boy qilgan taqdirda, kimni kambag'al qilgan. Agar biz baxtimizni, saodatimizni, dunyodagi xotirjam hayotimizni pulga taqaydigan bo'lsak, unda Alloh bir bandani boy qilib turib, majbur buni baxtli qilib qo'yibdi. Bir bandani kambag'al qurib turib, uni majbur nima qilibdi? Baxtsiz qilib qo'ibdi. Birodalar, baxt bu o'lchov tushunchani to'g'rini edi. Insonni hayoti qachon osuda, qachon osoyishda bo'ladi? Qachonki hayot haqida, tasavvurlari, o'lchov, tushunchalari to'g'ri bo'ladigan bo'lsa. Birodarlar, biz o'lchov tuzilmalarini, musulmonning o'lchov suti qanday bo'lishi kerak, shuni aytmoqchimiz.

Bu darslarimizda o'ksiy qalblarga, siqilgan yuraklarga da'volar ko'rsatiladi. Qalblar orom olishi uchun malhamlar taklif qilinadi. Mana shu hayot dengizida to'lqinlarida xorib toygan jasadlar tin olishligi uchun tavsiyalar beriladi. Bu darslarimiz sizga birodar, xushchaqchaq bo'lishni, saodatni, baxtni topishingiz uchun ko'mak bo'ladi, inshaalloh. Bu darslarimiz birodarlar hayotni yaxshi tomonlarga ham qarashga, hayotdagi ijobiyatlarni ham ko'rishga ko'mak beradi, inshaalloh. Bu darslarimiz bizga birodarlar hayotni boricha qabul qilishni o'rgatadi. Qaytaraman. Bu darslarimiz siz bilan bizga hayotni boricha qurishni o'rgatadi, inshaalloh.

Bu darslarimiz sizga bugungi kuningizdan rozi bo'lishni o'rgitadi. Binobarin sizga baxtli bo'lishni o'rgatadi. Bu darslarimiz sizni odamlar bilan qilayotgan muomalalaringizdagi xatolarni tuzatishga yordam beradi, inshaalloh. Bu darslarimiz birodarlar zamon va makon bilan bo'ladigan munosabatlardagi nuqsonlarni tuzatilishiga ko'mak beradi, inshaolloh. Bu darsilarimiz sizni odamlarni bilan xusumatlashishdan, ular bilan mazza bemaza noo'rin talashib tortishidan to'sadi, inshaallohni. Bitta sharti bor, agar qalbingiz bilan buni qabul qilsangiz. Agar siz qalbingizni ochib, mana shu darslarimizni, mana shu ma'nolarni qabul qilsangiz, bu darslar doim siz bilan birga bo'ladi. Umringiz davomida sizni yoningizda ko'makchingiz bo'ladi. Agar qabul qilsangz, bu ma'nolar sizni qalbingizdan o'rin oladi, hamda kelajakdan xavotir olmaslikka da'vat qiladi. Kelajagingizda albatta yaxshilik bo'lishligini uqtiradi, sizni xotirjamlikka aytaylik da.

Sizni ertangi kunni xavotirlarni bir chekka surib qo'yib, hali kelmagan kelajakni g'amlarini boshingizga kiyib olishingizdan to'sadi bu darslar. Bu darslar bilganlaringizga amal qilishga undaydi. O'zingizni iqtidoriz, qobiliyatingiz, talantingizdan foydalanishlikka da'vat qiladi. Chekkan alamlaringizni, siz yo'liqqan yo'qotishlarda, g'am g'ussalarni, mashaqqatlarni unutishga yordam beradi.

Bu darslar siz bilan bizni bugungi kunimiz bilan yashashga va unda baxtli bo'lishiga chaqiradi, inshaalloh. Sizni hayotga boshqacha nazar solishlikka chaqiradi. Sizni o'lchov tushunchalaringizni Alloh va Rasululloh xohlagandek bo'lishiga olib boradi, inshaallohni. Demak kim sizni saodatli bo'lishlikka chaqirad bu darslarimiz?

Stelvela yas aluhuman fissama va ti va al ordi qullay yovmin huva fiy sha'n. U Alloh, osmonlar va yerdagi barcha jonzot unga, Allohga muhtojdir. Undan so'rar, u zot har kuni ish amaldadir. Agar birodarlar dengiz qutursa, shamollar avjiga chiqsa, kemadagilar yo Alloh deyishadi. Agar sahrodagi odam adashib qolsa, karvon yo'lini topa olmay qolsa, karvardagilar, yo Alloh deyishadi. Agar baxtsiz hodisa bo'lib, falokat kelsa, musibatga uchraganlar, yo Alloh deishadi. Agar muhtoj kishi oldida hamma eshiklar yopilib qolsa, talablar rad qilinsa, mana shunday odamlar ham nima deydi? Yo Alloh deydi.

Agar chora tadbirlar, hiylalar foyda bermasa, yo'llar torayib ketsa, umidlar so'nsa, odamlar yo Alloh deydi. Agar shu dunyo shuncha keng bo'lib turib, ko'zingga tor bo'lib qolgan bo'lsa, birodar, nafsing bu mashaqqatlarni ko'tarishlikka ojiz qolayotgan bo'lsa sen ham yo Alloh deb ko'rchi, yurakdan yo Alloh deshing, pokiza so'zlar, samimiy duolar, chin qalbdan chiqqan nidolar, aybsiz ko'z yoshlar, alamli izohlanishlar uning huzuriga ko'tariladi.

Tong saharda duoga qo'llar ko'tariladi, zulm sababli ko'zlar yig'laydi, musibat vaqtida so'ragan qalblar uning huzurga ko'tariladi . Tillar uning ismini zikr qiladi, unga duo iltijo qiladi. Undan madad so'raydi, undan kushoyingiz so'raydi. Birodalar, bizni robbimiz bor. Hasbunallohu aniyamal vakil. Agar odamlar to'planib, qo'rqitib, xavotir vahimani olib kelib, innannan saqot jamau lakum fahshaahum. Payg'ambarimizga aytishdi, odamlar sizlarga qarshi katta qo'shin to'plab kelyapti. Qo'rqinglar deganida, Rasululloh nima dedilar? Hasbunallohu ani amal vakil. Bizni hisobimiz Allohni qo'lida va naqadar zo'r vakil u.

Qalblar uni ismi bilan xotirjam bo'ladi. Ko'ngillar taskin topadi, asablar tinchlanadi, es hushlar o'rniga keladi. Allohu latifun biya ibadi. Alloh bandalarga mehribondir. Alloh. Ismlarning eng go'zali, so'zlarning eng to'g'risi, kalimalarning eng bebahosi. Alloh.

Milliardlagan odamlar yuribdi, bir marta Alloh deya olmaydi. Chunki Alloh Taolo iymon degan ne'matni ato qilmadi. Birodarlar, siz bilan bizda bor shu narsa. Xalta alamulahus samiyya, Alloh uchun biror tengni bilasizlarmi? Alloh bilan teng hech kim yo'q. Alloh. Behojjatlik, boylik, quvvat, nusrat, azizlik va hikmat demakdir. Limanel mulkul yaom. Lillahil vahidil qohir. Qiyomat kunida Alloh azza va jalla butun halokni halok qiladi. Hamma vafot etadi. Allohdan boshqa hech kim qolmaydi. Shunda Alloh azza va jalal so'raydi. Qani dunyoda mana mandagi jahongirlar, podshohlar, qani dunyoni zabt etgan qo'mondonlar, sarkardalar, podshohlar.

Limanel mulkul yaun deydi Alloh o'sha kunda. Hech kim qolmadi Allohdan boshqa. Na malokalar, na insonlar, na boshqa mavjudotlar. Hech kim javob bermaydi Allohga. Liman il mulku lyaun. Bugun mulk kimniki? Hech kim javoh bermaydi. Alloh o'zi javohir beradi. Lilahl vohidil qohhar. Yakka yagona g'olib bo'lgan zot Alloh Subhanahu va Taolohniki. Hozir ham hamma yog'i Allohnikidir, birodarlar. Hozir ham hamma yog'i Allohnikidir. Avval ham Allohnikidir bo'lgan, keyin ham Allohnikidir bo'lladi.

Alloh. Lutf, inoyat, yordam, madad, muhabbat va ehson demakdir. Va mana bekun men ne'matim fa minalloh. Sizlarda qanaqa nozik ne'mat bor bo'ladigan bo'lsa, bilinglarki, bularni hammasi kimdan? Yolg'iz Allohda. Ey Alloh, iztirob vaqtida bizlarga tasalli ber. Ey Alloh, bedor ko'zlarga uyqu ber. Iztirobli qalblarga sakinat ber. Ey Alloh. Bizdan qo'rquv, o'kinch va tashvishni ketkazgin. Xavfdan panoh so'rasak, faqat sendan so'raymiz. Faqat senga suyanamiz. Sengagina tavakkal qilamiz. Yordamni faqat seni o'zingdan kutamiz, sen bizning mavlonimizsan.

Keyingi darsni tinglashSavol-javob