# Savol-javob

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 171 of 510
- Section: —
- Duration: 9 min
- Original title: Savol-javob
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/171
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/qyADBUZNJ_E.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=qyADBUZNJ_E
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/170.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/172.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Imom azam rahmatulloh alik yosh bola ekan, tush ko'rdi. Tushida bir katta daraxtni to'ng'iz kelib tomirlarini qirqmoqchi bo'ldi. Shunda mana shu katta daraxtning bir noblasi egildi da, to'ng'izni qattiq bir zardor bilan urdi. To'ng'iz do'ppiginicha qochib ketdi. Keyin qaytib kelib shahodat kalimasini aytdi. Ashxadval la ilaha illalloh dedi. Imom azam yosh bola. Ertalab uyg'ondi da, ustozi Hammodiddin Abisulaymonni oldiga borib, shu tushumi, ta'birini so'rasam bo'ladi, ajoyib tushib bordi. Ustozini oldiga borsa, ustozi Hammo oti bir g'amga botib, g'azablanib, xafa bo'lib o'tiribdi. Ustoz, nimaga asabingiz chatoq, nimaga kayfiyatingiz yo'q desa, bizni shahrimizga bir tur xudosizlar kelibdi. Amirga uchrab, bu koinotni yaratuvchisi yo'q. Biz shuni isbotlagani keldik. Shaharingdagi bir olimni bizga ro'paramizga qo'yib bahs qilamiz debdi. Amir meni tanlabdi. Shunga achchig'im kelib g'azablanib o'tiribman dedi. Ey ustoz, men tushundim tushumni ta'birini dedi. Menga ruxsat bering, men bahs qilay ular bilan. Agar men yengilib qolsam, ha bu yosh bola edi da endi, yosh bilan yengishdik deyishadi.

[1:18] Agar yengib qo'ysam, ha bu shogirdi bilan gaplasha olmadinglar, ustozi bilan gaplashasizlarmi deydi. Ustozi hammasi rozi bo'ldi. Imom A'zam ana shu xudo mulhidlarni ro'parasiga chiqdi. Va'da qilingan vaqt bo'ldi, kun bo'ldi, ro'parasiga turishdi. Ular Imom A'zamga aytishdiki, sev bizni savollarimizga javob ber. Faqat oyat xavis bilan javob berma. Aqlga to'g'ri keladigan narsalar bilan javob ber.

[1:50] Birinchi savol. Seni robbing qaysi yilda tug'ilgan? Ikkinchi savol. Seni rodbing qaysi yildan paydo bo'lgan? Uchinchi savol. Rodbingdan avval hech kim bo'lmaganini isbot qilib ber, aql bilan. To'rtinchi savol. Robbingning zoti qanday? U tutun yoki bulutga o'xshagan gaz simommi? Yoki suv kabi oqib turuvchimi? Robbingni makonini aytib ber, qayerda.

[2:18] Beshinchi savol. Robbining yuzi qaysi tarafga qaragan? Hozir qaysi tomonga qarab turibdi Robbing seni? Oltinchi savol. Agar ishlarning hammasi avloddan taqdir qilib qo'yilgan bo'lsa, Robbing hozir nima bilan ovora bo'lyapti? Robbing nima bilan shug'ullanyapti, ovora hamma yoq hal qilib qo'yilgan bo'lsa? Yettinchi savol. Nima kamaymasdan faqat ziyoda bo'ladi, ko'payadi? Sakkizinchi savol. Sizlar musulmonlar aytasizlar, biz jannatga kiramiz, unda abadiy qolamiz, o'lmaymiz deysizlar. Bu qanday aqlga sig'adi? Boshlangan narsani albatta bir kun oxiri bo'lishi kerak. To'qqizinchi savoli. Agar robbing bor bo'lsa, uni menga ko'rsat. O'ninchi savoli. Shayton olovdan yaralgan. Qanday qilib olovdan yaralganni yana olov bilan azoblash mumkin? O'n birinchi savoli. Agar hamma ishlarni Alloh avvaldan taqdir qilib qo'ygan bo'lsa, nima uchun bandalardan shu ish sodir bo'lsa, gunohiga jazo, savobiga mukofot beradi? O'n bitta savol.

[3:23] Robbing qaysi yerda tug'ilgan? Javob shu bo'lyaptiki, Alloh Taolo tug'magan, tug'ilmagan, unga hech kim teng emas. Ikkinchi savol. Seni robbing qaysi yilda paydo bo'lgan? Alloh taolo zamonlar va vaqtlardan avval bor edi. Undan avval hech kim va hech narsa bo'lgan emas, undan keyin ham hech kim hech narsa bo'maydi. Uchinchi savol. Robbingdan avval hech kim bo'lmaganligini isbotlab ber. Aqlga to'g'ri kelsin. Imom a'zam aytyapti. Raqamlarni orasida uch. Uchdan avval necha keladi? Ikki. Ikkidan avval necha kelardi? Bir. Birdan avval necha kelsa dedi, xudo xohlasa, birdan avval hech narsa yo'q dedi. Agar raqamlarda birdan avval hechnasa bo'lmasa, haqiqiy birinchi bo'lgan, yagona bo'lgan Alloh'dan avval qanday bir narsa bo'lishi mumkin? Aqlga to'g'ri kelyaptimi? Birdan oldin raqam yo'qmi? Birdan oldin hech narsa yo'qmi? Demak haqiqiy bir bo'lgan, yagona bo'lgan Alloh'dan avval ham bir narsa bo'lmasa aqlga to'g'ri kelaverar ekanmi? Qanoatlanishda. To'rtinchi savol. Robbingning zoti qanday? U tutun yoki bulutga o'xshash gassimommi? Yoki suv kabi oqib turuvchimi? Robbingni makoni qayerda?

[4:39] Javob. Sizlar dedi Imom A'zam haligi xudosizlarga bir odam o'layotganda yonida o'tirganmisizlar? Ha o'tirganmiz. Harakatlanyotuvdi, to'xtab qoldi a? Ha to'xtab qildi. Gapiryotuvdi, sukut qilib qoldi a? A sukut qilib qildi. Nima yo'q oldi unda dedi. A ruhi chiqib ketdi dedi. Ruhi chiqib ketyotganda uni oldi o'tiruvdinglarmi? Ular ha deyishdi. Endi sizlar menga aytib beringlar. Ruh qanaqa edi o'sha yerda? Bulut yoki tutunga o'xshagan gazsumonmidi? Yoki suvga o'xshab oqib turadigan suv yo'qmidi yoki toshga o'xsham qattiqmidi? Nimaga o'xshardi? Ular sukut saqlashdi. Chunki ruhni sifatlab bera olmadi yu. Borligini ahli qabul qilib turibdi yu.

[5:22] Robbingni yuzi qaysi tarafga qaragan? Beshinchi savol. Bu savolinglarga ikki xil javob bor dedi. Agar qorong'u xolang'u o'rtasiga sha'nni yoqib qo'ysanglar, yonig'i qaysi tomonga qarab yuradi? Dedi haligi xudosilar, hamma tomonga dedi, robbimni yuzi ham shunaqa dedi. Agar dedi, ikkinchi javobi, bir chiniga sut qo'ysanglar, shu sutda tarkibida yog' bormi? Bor. Qayerida?

[5:53] Qayerida? Hamma yerida. Mana bu joylarda belgilab bera olamizmi sutni? Mana bu tomonida turibdi yog' deymizmi? Indasholmay qoldi. Javob bo'ldi. Agar, oltinchi savoli, ishlarning hammasi avvaldan taqdir qilib qo'yilgan bo'lsa, robbing hozir nima bilan shug'ullanyapti, nima bilan ovora? U taqdir azalida yozib qo'yiladigan narsa bo'ladi, boshqa narsa bo'lmaydi a?

[6:19] Hamma ishlar dedi javobida. Javob shu bo'ldiki, hamma ishlar robbimning qo'lida. O'zi boshlab, o'zi nihoyasiga yetkazadi. Xorni aziz qiladi. Azizni xor qiladi. Faqirni boy qiladi, boyni faqir qiladi. Kasalni sog' qiladi, sog'ni kasal qiladi. Alloh taoloning qo'lida. Yettinchi savol. Nima oz emasdan faqat ko'payadi? Imom azam, kam emasdan faqa ziyoda bo'ladigan narsa bu ilm.

[6:49] Ilm faqat ziyoda bo'ladi. Sakkizinchi savollar. Sizlar biz jannatga kiramiz, unda abadiy bo'lamiz, o'lmaymiz deysizlar. Bu qanday aqlga sig'adi dedi. Javobni qarang. Raqamlarning avvalgisi necha? Bir. Ikkinchisi chi? Uchinchisi chi? Oxirgisi necha?

[7:14] Raqamlarning oxiri bormi? Yo'q. Xo'p, raqamlarning o'g'li bo'lmasa, jannatdan boshi bor oxiri yo'q dedi. Aqlga to'g'ri keladimi? Endi to'qqiz, o'n, o'n birinchi savoliga Imom A'zam javob berishlikdan avval yerdan bitta g'ishti yoki guvereniyada olib turib, haligi xudozlarni boshini bir yorib qo'ydi. Boshi yorilib qolmoqda. Ashotda turgan askarlar Imom A'zam maligini boshini yorib qo'llaganiga shunday ushlab, jazolab qolmoqchi bo'lishdi. Nima bunday qilding degandi? Mana shu ishimda to'qqiz , o'n , o'n birinqi savoliga javob bor dedi.

[7:48] Qanday qilib javob bor deganda aytdiki, agar robbing bor bo'lsa, uni menga ko'rsat deyishdi. Boshini yordam, og'riq bormi dedi. Bor dedi. Ko'rsat menga dedi. Bu bitta javob. Shayton olovdan yaralgan, qanaqa qilib o'tdan yaralganini yana o't bilan do'zaxda azoblaydi dedi. Odam tuproqdan yaralgan, tuproq bilan azobladimi dedi. To'g'ri keldimi? To'g'ri kelgan. Oxirgi savoli, agar hamma ishlar Alloh Taolo tomonidan taqdirga yozilib qo'yilgan bo'lsa, nimaga bandalarda qilgan ishlarga jazo yoki mukofot beradi dedi. Demak boshini yorilishini Alloh yozgan ekan. Nima meni jazolamoqchisizlar dedi.

[8:28] Alloh xohlagan ekan, shunday bo'ldi. Nima meni jalolaysizlar dedi. Deganida haligi xudosizlar hamma savollariga aqliy dalillarni olganlaridan keyin hammalari shahodat kalimasini aytib musulmon bo'lishdi. Musulmon odamni aqidasi, e'tiqodi, dadasi musulmon bo'lganligi uchun musulmon bo'lishing kerak emas. Endi hamma aytyapti yu. Shunaqa shekilli da. Endi musulmoncha tug'ilib qolganligimiz uchun emas, e'tiqodda birovga taqlid qilinmaydi. Mana o'n bitta savolga aqliy javoblarni berdi, oyat hadis keltirmasdan.
