Biron narsani qilish qilmasdan avval shu ishim uchun Allohni oldida javobim tayyormi degan savolni berishimiz kerak. Alloh nima deydi shu ishim uchu? Chunki qiyomat kunida Alloh Taolo to'xtatib, bittama bitta so'raydi bizdan. Nima uchun bunday qilding? Nimaga ayolingni urding? Nimaga ayolinga taloq berding? Nimaga farzandingni tarbiyasini tashlab qo'yding beparvo? Nimaga tijoratda mana bunday ish qilding? Nima uchun umringni telefon bilan o'tkazding? Nima uchun sotsialniy setda o'tirding? Nima uchundan televizorda o'tirding? Nimaga uchun qo'lingdan telefoning tushmadi? So'ranglar akalar.
La taassurahoda man abdun, payg'ambarimiz aytadilar, bandani qadami qiyomat kunida jilmaydonidan to umrini nimaga sarflagin so'ramagunicha. Pulini so'ramaguncha, sog'ligini, yoshligini so'ramaguningcha. Har bitta narsamizga. Bo'y osmay qo'yganlarga mana bunaqangi uzmax, organik mahsulotlarimiz tabiiy vitaminlardan tayyorlangan. Olti oy mobaynida ichasizlar, o'n besh yoshgacha bo'lganlarda o'n smgacha ham, yigirma yoshgacha bo'tganlarda yetti, sakkiz sm, undan yuqorisi besh olti smgacha garantiyasi bor. Narichida bor zakaz berish uchun, nomerlar. Bizning ofis magazinlarimizga metro avtozavodskiy uchinchi vxoddan chiqishingiz bilan chap tarafga, to'g'ridagi obunoy sentrga kirishingiz mumkin. Abu noy sentir ichiga kirsinlar bilan o'ng tarafda abu sahihda yozib qo'yilgan, shu necha yil kirasizlar?
Abdulloh ibn anis roziyallohu anhudan u kishi aytadi men rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyotganlarini eshitdim. Yuqsharun nas u ya'mal qiyamati, avqola ala ibodu, o'rotan g'urlan buhman. Qiyomat kunida insonlar tiriladilar, yalang'och, xatna qilinmagan va buhman bo'lgan holda. Biz so'radik, yo Rasululloh, buhman nima? Qola laysa mahum shay. Yonida hech narsa bo'lmaydi ularda. Simma yunadi himbi saudin, yas mahum min qurbin, an al malik, an addayyan. Rostini aytadilar. Ularning yonlarida hech narsa bo'lmaydi. So'ngra ular eshitadigan qilib, nido qiladi. Men podashohman, men addayanman. Addayan degan so'zni ma'nosi jazolovchi. Bizni o'zbek tilimizda jazo degani faqatgina bir odamni yomonlik bilan jazolashlik, urush, kaltaklash yoki bir jarima solishlik tushuniladi. Lekin arab tilida al jazo degan so'z yaxshilik bilan mukofotlashlikka ham ishlatilinaveradi, yomonlik bilan jalolashlikka ham ishlatilinaveradi.
Demak, bu kalima dana yadinu fe'lini olingan. Jazoladi, jazolaydi, mukofotladi, mukofotlaydi. Maliki ya umiddin. Mana shu din, ya'ni jazo kunining parvardigor. Biz har kuni o'ttiz martadan ko'proq o'qiydigan sura, Fotiha surasi. Astaydu billah, alhamdulillah hirot bilan alamin, ar rohman ir rohiym, maliki yavmiddin. Mana shu uchinchi oyatga e'tibor beraylik. Hamdu sano butun olamdor hojasi, mehribon va rahmli jazo kunining egasi podshohi bo'lmish Alloh uchundir. Ya'ni yavmuddin jazo kuni. Ana shu qiyomat kuni. Bu shunday kunki, unda yaxshilar uchun mukofot bor, yomonlar uchun jazo iqob bor. Biz mana shu oxirat kuniga bo'lgan iymonimiz siz bilan bizni birovlarni haqqini yeyishlikdan, birovlarga zulm qilishdan to'silishligimizga sabab bo'ladi.
Oxiratga bo'lgan iymon, unga iymon keltirishi yo'li. Oldimizda uchta doira bor. His qilinadigan narsalar doirasi, aql yuritiladigan narsalardoirasi va xabarlari berilgan narsalar doiras. His qilinaydigan narsalar doirasi, bu narsalarga ishonchlikni asbobi his qilish a'zolarimiz. Beshta his qilish organimiz. Aql yuritiladigan narsalarning asbobi, o'z o'zidan ma'lum bo'lib turibdi, bu aql. Xabarlar berilgan narsalarning ishonchlikni asbobi bu ishonchli xabarlar. Agar mana shu har bir ishni o'zini masalani o'zini o'rniga qo'ya olsak, u haqida bahs qilishimiz, uni tushunishligimiz oson bo'ladi. Birinchi doira, his qilinadigan narsalar doirasi.
Ularni shundaylari borki, o'zi ham bor, asari ham bor. Ikkinchisi bor, yo o'zi bo'ladi shu narsani, yo izi asari bo'ladi. Uchinchisi, asari zohir bo'ladigan narsalar. Mana endi his qiladigan narsalarimiz. Yorug'lik bor, uni ko'z ko'radi. Ovoz bor, uni qulog'i eshitadi. Hid bor, uni burun his qiladi. Issiq sovuq. Qattiq yumshoq degan narsa bor, uni jasadimiz his qiladi. Endi ta'm bor, uni mana shu og'zimiz biladi. Bu, bu o'zi ham asari ham zohir bo'lgan narsalar. Bularda beshta his qilish a'zoyimiz ishlaydi. Bu maydonda biz hayvonlar bilan sherigimiz. Chunki ularda ham mana shu beshta his qilishi a'zosi bor. Aql ishlamaydi bu yerda. Faqat mana shu his qilamiz. Shuning uchun katta chuqurni ko'rganda odam ham to'xtaydi, hayvon ham to'xtaydi. Chunki ko'zi bilan ko'rib turibdi. Olovni yonib turganligini ko'rib turib, odam ham qochadi undan, hayvon ham qochadi. Bu o'rinda mana shu birinchi doirada inson ham, hayvon ham mushtarak. Endi ikkinchi doiramiz, aql yuritiladigan narsalarni doirasi. Endi bu doirada biz mana shu hayvonlardan ajralib turamiz.
Chunki bu doira o'zi bo'lmasa ham, lekin belgisi, asari bo'lib turgan narsalar doirasi. Tartibli bo'lgan ishni ko'rib turib, shu ishni qilgan odamni tartibli ekanligini bilamiz. Mana shu ishni chiroyli suratda bajargan usta yo'q, lekin qilgan ishiga qarab turib, egasiga baho bera olamiz. Ishdagi puxtalikni ko'rib, ustani puxtaligini bilamiz. Xuddi shunga o'xshagandek, maxluqotlarni ajib suratda yaratilganligini ko'rib turib, bu koinotni, insonni aqlini lol qoladigan darajada chiroyli qilib ibrat qilib qo'yilganini ko'rib, uni yaratuvchisi bo'lgan robbimizni taniymiz.
Ikkinchi doira birodarlar, o'zi ko'rinmaydigan, ammo asari, alomatlari bor bo'lgan narsalar haqida. Alloh taolo aytadi: la tudrik uhul abusoru vahua yudrikul abusor. Ko'zlar uni idrok qilolmaydi. Ko'zlar uni ko'rmaydi, lekin Alloh ko'zlarini idrok qiladi, ko'radi. Koinot turibdimi? Demak, buni yaratuvchisi bor. O'sha oddiy bir omi, oddiy dehqonni iymoni qarang. Yerda ezilgan iz turibdimi tuproq, demak, uni ezgan sigir yoki ot bor. Yerda tezay turibdimi? Demak uni tashlagan sigir yoki ot bor. Ana. Ot yoki sigir yo'q hozir, ammo asaridan uni borligi bilib olinyapti.
Birodarlar, topish bilan idrok qilishlikni farqi bor o'rtasida. Topish bilan idroki qilishlikni tarqi bor. Masalan, insonni ruhi, insonni aqli uni borligini topdi. Demak ruh bor. Lekin nima ekanligini idrok qila olmaydi. Ruh qanaqa?
Ruh bormi o'zi, bilasizlarmi? Bor. Qanaqa u? Qarang, aqlimiz borligini biladi, ammo qanday ekanligini idro qila olmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek, lillahi ilmat alul a'la koinotni ko'rib turib, uni yaratuvchisi borligini topdik. O'z o'zidan bo'lib qolishi mumkin emas bu narsalar. Endi shu zotni aqlimiz topdi borligini, endi qanday ekanligini idrok qila olmasligi mumkin ekanmi? Ruhni nimaligini idrok qila olmaganingizdan keyin, qanday qilib uni yaratuvchisi bo'lgan Allohni qanaqaligini idrok qilolasiz? Buni yana soddaroq misoli, dengiz o'n ellik oltmish km narig'ida bo'lsa, mingan mashinangiz sizni dengizni oldiga olib boradi. Ammo u mashina bilan dengizga endi kira olmaysiz. Endi ham sodda bo'ldimi? Demak, aqllarimiz Alloh azza va jallani borligini bilishga bizni olib boradi. Agar fikr qilsak, ta'mul qilsak. Inson aqlini ishlatib, iymonga kelishi mumkin. Chunki koinot haqida fikr qildi, Allohda topdi. Inson aqlini ishlatib Qur'on Allohning kalomi ekanligini topishligi mumkin. Chunki undagi aytilgan mo'jizalar, kelajakda bo'ladigan ishlari haqida xabar bor, o'tmish haqida xabari bor, ximiyaga, fizika, biologiyaga taalluqli bo'lgan shunday bir oyatlar borki, bir yarim ming yil o'tgandan keyin insoniyat buni kashf qildi.
Inson aqlini ishlab turib, Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallam Allohning rasuli ekanligini topishligi mumkin. Chunki o'ylab ko'ring, aqlingizni ishlatib ko'ring. Bir ming to'rt yuz yil avval sahroda yashagan, savodsiz bo'lgan, o'qishni yozishni bilmaydigan bir odamni hatto yigirma birinchi asrda odamlarini ham aqlini lol qoldiradigan darajada bo'lgan bir kitobni olib kelishligi o'z o'zidan bo'lishi mumkinmi?
Demak, aqlimizni ishlatsak, Allohni borligini ham, Qur'on Allohni karomi ekanligini ham, Muhammad alayhissalom Allohning rasuli ekanligini topishligimiz mumkin bo'ladi. Va mana shu joyda aqlni ishi to'xtaydi. Endi uni yog'idagi ishlar g'ayb ishlari. Agar aqlimizni g'aybiy ishlarga ishlatadigan bo'lsak, albatta adashamiz.
Demak, birinchi doirada his qilinadigan narsalar doirasi bo'ldi. Uni beshta his qilish a'zosi bilan bilamiz. Ikkinchi doira, aql yuritiladigan narsalar haqidagi doira, bularda aqlni ishlatib turib, ularni tushunamiz. Endi uchinchi doira, birodarlar, bu xabarlari berilgan, g'ayb ishlari. Aqlingiz olmaydigan joyini aytaymi? Qabrga olib kirib qo'ygansiz, men aytdim, ko'mildi. Sodiq xabarlarda aytilindi, munkannakir kiradi. Qayerga kiradi u jindek joy bo'lsa? Aql olmayaptimi? Olmayapti. O'tkazib qo'yadi deyapti. Voy qanaqa qilib o'tkazib quradi uni? U bir metr emasda o'tiradigan joy. Keyin savol beradi, gurjusi bilan bir uradi. Aqlga sig'adimi?
Aqlga sig'maydi. Aqlni ishi to'xtadi tepadan. Dengizni oldiga keldi aql, bo'ldi u yog'iga kira olmaydi. Endi qarab turing misolni. Aqlni cheklangan ekanligini biz tan olishimiz kerak. Aqlimizni cheki chegarasi bor. Masalan, tarozi. Tarozini misolda tushuntiramiz.
Yuzlagan tonnalik yukni tortadigan tarozi ham tarozi, bir milligramda tortadigan taroze ham tarozi. Agar mana shu bir milligramdan besh yuz grammgacha bo'lgan yukni tortadigan taroziga, o'sha besh yuz gramm gacha bo'lgan uyni qo'ysangiz, tarozi o'zini ishini chiroyli uddalaydi. Ma'qulmisizlar? Endi shu besh yuz grammdagacha torta oladigan taroziga besh yuz kilo yukni qo'yib qo'ysangz nima bo'ladi?
Buzilishi aniq, endi maydalani pachaqlanib ketishi ham ehtimoldan xoli emas. Xuddi shunga o'xshagandek, siz bilan bizni aqlimizni cheki chegarasi bor. Mana shu dunyo ishlari haqida fikr qilarkanmiz, u o'zini ishini chiroyli bajaradi. Ammo endi g'ayb ishlariga bu aqlimizni ishlatadigan bo'lsak, albatta adashamiz. Ma'qulmi?
Shuning uchun aqllarimiz nima ekan? Cheklanganligiga iymon keltirishimiz kerak bo'ladi. Aqlni doirasidan tashqarida bo'lgan ishlarni idrok qilishlikka agar aql ishlatilinadigan bo'lsa, aqlim bilan topaman bu narsani baribir deydigan bo'lsa inson, albatta adashadi. Mana endi uchinchi doiraga keldik. Uchinchi doira nima haqida edi? Xabarlari berilgan narsalar doirasi, g'ayb ishlari.
Siz bilan bizni aqlimiz g'ayb ishlarni idroki qilishlikdan ojiz. Mana hozir aytdik ku, qabrdagi narsani aytsa, insonni ahli qabul qilmaydi. Jannat do'zax haqida gapirsa, insonni aqliga sig'maydi. Endi o'ylab ko'ring. Sizga beriladigan xo'rayinni ovozi musiqa bo'lsa. Kulasizlar a?
Jannatinglarni bir qush uchib ketayotganda shuni yeyishni ishtaha qilsa, subhanak allohimma deyishigina bor. O'sha qush bir tomoni qovurilgan, bir tomoni qaynatilgan holda pishirib kelingan. Yeb bo'lganingizdan keyin yana pir etib uchib ketadi. Aqlingizni oladimi? Har bitta odamga xurrainidan mancha mancha beriladi. Yana har bitta xurrainida yuz tadan sho'risi bo'ladi. Ularda hammasini shu sohibini haqqi bo'ladi desa, sahobalar yo rasululloh, kuchimiz yetamikin deyishgan ekan. Har bitta erkakda u kunda yuzta erkakni quvvati bo'ladi dedilar rasululloh. Aqlingiz oladimi u bularda? Aqlimiz olmaydi. Lekin u xabar olib kelayotgan zot muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam alloh tomonidan olib kelgan xabarlarni sodir deb qabul qilar ekanmiz, demak iymon keltirishimiz oson bo'ladi.
Uchta doira, his qilinadigan narsalar doirasi, ularga ishonchning asbobi beshta his qilish a'zosi, aql yuritiladigan narsalardoirasi, buni idrok qilishlikni asbobi aql. Endi xabarlari berilgan narsalar doirasi, g'ayb ishlari, ularga ishonishning asbobi ishonchli xabarlar.
Demak, dinimizni anglashligimiz uchun har bitta narsani o'zini o'rniga qo'yishligimiz kerak bo'ladi. Shunda uni tushunishimiz oson bo'ladi, muomala qilishimiz yengil bo'ladi. Demak, qiyomat kuniga iymon keltirishlik nechinchi doir ekan? Uchinchi doir ekin. Shuning uchun birodarlar, iymoniyatdan uzoq bo'lgan inson bilan mana shu Qur'on, hadis xabarlarini aytib, bahslashaman demang. Chunki u birinchi va ikkinchi doiradagina bahs qila oladi, ish yurita oladi. Chunki uchinchisiga iymon keltirmaydi u. Kim ko'rib kelibdi Jannatingni deydi.
A? U ko'zi ko'rgan narsaga, qo'li ushlagan narsagagina ishonadi. Ammo mo'min odam, mo'min odam mana shu g'ayb xabarlariga iymon keltiradi. G'ayb haqida kelgan xabarlar. Jannat, do'zax, qiyomat kuni, siroat, tarozi, unda beriladigan mukofot yoki jazo. Bular uchinchi doiraga kirdi. Yig'ib olaylik endi shuncha gapirganimizni. Uchta doira. Birinchisi, his qilinadigan narsalar doirasi. Asbobi his qilish a'zolari. Ikkinchisi, aql yuritiladigan narsalar doirasi. Uni asbobi aql. Uchinchisi, xabarlari kelgan narsalar doiras. Alloh azza va jalloh Qur'onda juda ko'p o'rinda Allohga bo'lgan iymonni ortidan oxirat kuniga bo'lgan iymonda zikr qiladi. Astaydubillah, yu minuni billahi va lya ummil axir. Yu minuni billahii va lya ummil oxir. Ya'ni ular Allohga iymon keltiradi va oxiratga iymon kelttiradi. Endi diqqat qilib turinglar. Mo'minman deydi, itoat qilmaydi. Iymon keltiraman deydi, bandalarga aziyat beradi. Bu qanaqa odam?
Iymon hukmlaridan mana shu ikkitasi Qur'onda juda ko'p o'rinda bir biriga bog'lanib keldi. Mana hozir savol berdim a? Iymonim bor deydi, itoatta emas. Iymonim bor deyd i, maxluqotlarga aziyat bermaydi. Bu qanaq a odam? Qoida. Allohga bo'lgan iymon bandani itoat qilishga undaydi. Oxiratga bo'lgan imon esa bandani maxluqotlarga aziyat yetkazmaslikka undaydi.
Bandalarga aziyat etkazmayapsizmi, demak qiyomatga ishonasiz, chunki jazo bor da. Endi Allohga itoatdamisiz? Demak Allohga bo'lgun iymoningiz to'g'ri. Yana qaytarib o'qib beraman. Allohga bo'gan iymon bandani inoat qilishiga undaydi. Oxirat kuniga bo'lgan iymon esa bandani maxluqotlarga aziyat yetkazmaslikka undaydi. O'zimizdan so'raylik, itoatdamizmi? Alloh bizga farz qilgan ishlarni bajaryapmizmi? Harom ishdan tiyaryapmizmi, demak Allohga bo'lgan iymanimiz to'g'ri. Maxluqotlariga aziyat yetkizmayapmizmi? Demak oxiratga bo'lgan iymonimiz to'g'ru.
Savolimizga qaytamiz. Imonim bor deb turib itoat qilmay ekan bo'lsa, imonim bor deb turuv odamlarga, maxluqotlarga aziyat yetkazayotgan bo'lsa, bu odamni imoni komil iymon emas. Chunki iblis nima degan edi? Astaydu billa, fabia izzat ekan. Seni azizliging, ulug'ligingga qasam degan edi. Demak, iblis alloh taoloni aziz ekanligiga, rob ekanligiga, yaratuvchi ekanligiga iymon keltirdi. Ammo itoat qilmadi, shuning uchun uning iymonini foydasi bo'lmadi unga. Ma'qulmi? Iymoni foyda qilmadi. Chunki agar to'g'ri iymon bo'lsa, u itoat qilishni keragida.
Oxiratga bo'lgan iymon nechinchi doirada dedik? Uchinchi doirada. Ikkinchi doiraga ham kirishi mumkinmi? Aql bilan topiladigan narsalar doirasiga kirishi mumkinmi oxiratga bo'lgan iymon? Ikkinchi doiraga ham kirishi mumkinmi? Ayrim ulamolar ha, ikkinchi doiraga keladi deydi. Chunki bu borliqni yaratgan zot komil, odil, mehribon bo'lgan zot. Odamlarda ayrimlarini quvvatli, ayrimlarini zaif qilib yaratdi. Ba'zilarini boy qildi, ba'zilarini kambag'al qildi. Bu boy, kambag'al, kuchli, zaif bo'lish insonni ixtiyoridan tashqariga tegish. Ma'qulmi? Endi, quvvatli kishi zaifni haqqini yeb, zulm o'tkazib qo'yib ketib, tugab shu bilan ish bitib ketsa, aqlga sig'adimi shu?
Yo bir mansabdor, quvvati bor odam, zaif bechora kambag'alni haqqini yem, zulm qilib, shu bilan ishi bitib ketaversa, aql qabul qiladimi shuni? Shu yerda aql, buni davomi bo'lishi kerak. Bu tomoshani ikkinchi seriyasi ham bo'lishi keraks, degan narsani taqozo qiladimi? Demak, kambag'allik holatidan boydan foydalanib ketaverishi, zolim quvvatli kishi zaifga zulm qilib, jazosini ololmasdan ketaverishligini aql qabul qilmaydi. Aql bu ishlarni albatta hisobi bo'lishi kerak deydi.
Demak, oxiratga bo'lgan iymon biz aytayotgan uchta dorani ikkinchisiga ham kelar ekan. Senga ham Alloh bor deb qo'yasiz ku. Shuning uchun Alloh Taolo Qur'onda astadibilla va im minkum illa va riduha deb marhamat qildi. Maryam so'rasida, sizlardan har biringiz undan jahannamdan o'tguvchidirsiz. Vurut kalimasi o'tish, u do'zaxga kirish degani emas. Mufassirlar shunday deyishadi, chunki do'zaxga tirish jazo uchun bo'ladi. Hammanglar do'zaxdan o'tasizlar degani, do'zaxni ustidan o'tasizlar, degani. Ko'rasizlar degani. Agar kirganida hamma jazolanishlikka to'g'ri kelib qolar edi. Demak, ulamolar vurud kalimasini do'zaxni ko'rsatish deb ta'sir qilishgan. Insonga do'zaxni ko'rsatish Alloh Taoloning adolatini yuzaga chiqarishlik uchun bo'ladi.
Alloh azza va jallaning go'zal ismlaridan al a'dil. Adolat, odillik. Mana shu ismi to'laligicha, komil sur'atda qiyomat kunida yuzaga chiqadi. Ha, dunyoda ham Alloh Taoloning adolatda ko'zga ko'rinadi. Lekin qisman. Komil adolat qiyomat kunida bo'ladi. Alloh Taolo shu dunyoda ayrim muhsing bandalarni yaxshi ishiga mukofot beradi adolat bilan. Boshqalarni shijoatlantirishlik uchun. Ayrim fosiq, fojir kishilarni qilgan ishiga yarasha jazoni beradi. Qisman. Zolimlarni yoki gunohkor fojilarni mana shu ishdan to'xtatishlik uchun, ammo Alloh Taoloning odil sifati faqat Qiyomat kunida to'laligicha yuzaga chiqadi.
Astaydubiylar. Va innama tuvaffavna ujrakum yavmal qiyama. Va Qiyomat kunida hech shak shubhasiz ajr savoblaringizni komil suratda olaversiz. Ya'ni ba'zida birov yomon ish qiladi. Xalqqa xaloyiqqa zulm qiladi. Hech narsa bo'lmayotganga o'xshaydi. Shunda boyagi aql taqozo qiladi da, nimaga olmayapti jazosini? Demak, Qiyomatga qolibdi. Yoki bir odam muhsing bo'ladi, yaxshi inson bo'ladi, yashilik qiladi, hech kim bilmaydi yaxshiligini, hech kim taqdirlamaydi. Endi qiyomat qoyim bo'lganda, ikkalasini ham hisobi nima bo'ladi? Komil bo'ladi. Biz Alloh Taoloning addayyan jazolovchi yoki mukofotlovchi ismi haqida bahs qilyapmiz. Mana endi qiyomat kuniga keldik.
Alloh Taolo aytadi, astadibilla, afahasi butun anna maxoloqnakum abathan va annakum ilayna la turjaun. Yoki sizlarning gumoningizcha, biz sizlarni behuda yaratdikyu, sizlar bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi? Nima? Shunday kelib, shunday ketaveraman deb o'yladinglarmi? Alloh Taolo odil bo'lgan zot. Alloh Taolo addayan jazolovchi, mukofotlovchi bo'lgan zod. Bu dunyo sinov dunyosi. Sinov hovlisi. Nima qilsak, shunga yarasha nima qilamiz? Mukofot yoki jazo olamiz. Endi har bitta ishi komil bo'lganzod insonni bekordan bekorga yaratib qo'ygan bo'lishligi bu aqlga sig'maydi.
Alloh Taolo Qur'onda marhamat qiladi. Astaydu billah. Qulinglar humma malikal mulkiy tu'til mulkamantasha, u vatan zilul mulkamimman tasha, va toiz zumantasha, u va tuzil lumantasha, u biyadekal xoyr. Bir insonga mulk saltanat davlatni berilishligi, albatta u uchun yaxshi. Endi undan tortib olib qo'yilishligi ham yaxshi. Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilaversan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olaversan. Istagan kishingni aziz qilaversan va istogan kishingni xor qilaversan, bor yaxshilik yolg'iz sening qo'lingdadir.
Mulki saltanat bir odamga berildi. Albatta bu yaxshilik. Endi ba'zida olib qo'yganligi ham yaxshilik bo'ladi. Bir sulton, bir podshohki, xalqqa zulm qilishlikni o'ziga kasb qilib oldi. Xalqqa jabr zulm qiladi. Shunda undan mulkni olib qo'yishlik yaxshilik bo'ladi. Kimga? Avvalambor o'ziga.
Keyin xalq xaloyiqqa. Demak, berilishlikni ham yaxshiligi bo'ldi, olib qo'ya ishligi ham yaxshiligiga oldi. Shuning uchun aytilinadiki, Allohni zarar beruvchi deyish joiz emas. Balki Alloh, abdur, nafiya. Yaxshilik beruvchi ham, yomonlik beruvchi ham, foyda keltiruvchi ham, zarar keltiruvchi hammalloh deyishlik kerak. Shu ikkala ismini birla aytish kerak. Abdur zarar beruvchi, nafiya foyda beruvchi. Demak Alloh Taolo zarar beradi, foydalantirishlik uchun. Alloh Muiz va Muzil. Muzil va Muiz. Alloh xor qiladi, keyin aziz qilishlik uchun. Tushunarli bo'ldimi? Demak alloh taoloo ning qo'lida hamma yaxshilik. Nima ish qilsa, mo'min manda uchun yaxshilik. Mulk berdi, Alhamdulillah yaxshilik, qo'lidan mulkni olib qo'ydi. Demak bu ham yaxshilik. Chunki aytdik ku, ey bandam, berganim aziz qilganim, men qilganim xor qilganim emas.
Berganim sinov, men qilganam shifo. Shu yerda boyagi zolim podshohni qo'lidan mulk olib qo'yiladigan bo'lsa, unga shifo bo'ldi, unga yaxshilik bo'ldi. Addayyan, jazolovchi, mukofotlovchi. Bu mubolag'a sig'asidagi kalima. Sig'ay mubolag'i nima? Alloh taoloni bir ismida sig'ay mubolarg'a bo'ladigan bo'lsa. Bu ikkita narsani bildiradi. Sanoqdagi mubolag'a va navdagi mubolg'a. Ya'ni addayan jazolovchi, mukofotlovchi har qancha ko'p bo'lsa ham, har qancha katta bo'lsa ham hisob kitob qiladi.
Har qancha gunoh ko'p bo'lamasin, ulkan bo'lamasin. Qilingan amal qanday bo'lishidan qat'iy nazar, albatta Alloh taolo hisob kitob qildi. Shuning uchun, fama ya'mal bi ifqora zarroting xoin on yarani. Oyatni qarang go'zalligini. Kim zarra vaznicha, misqoli zarra yaxshilik qilsa ham uni ko'radi. Kim misqoli zarra yomonlik qilsa, uni ham ko'radi. Zarra nima o'zi? Mana bu havodagi changni ko'ringlar. Bunday quyosh nuri tushib turganda qarasangiz mayli, shuni tortadigan tarozi bormi odam qo'lida?
Yo'g'a? O'shaning uchun siyg'ayi mubolag'a deyapmiz. Alloh taolo mana shu changni og'irligichalik yaxshilik qilsa ham hisob kitob qiladi. Mana shu zarrani vaznichalik yomonlik qilsa ham, yaxshilik qilsa ham Alloh taolo albatta uni hisoblaydi. Xotirjam bo'laylik. Astadbulla favarobbi kalanas alannahum ajma'ina amma ka'nu ya'malun. Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta ularning barchasidan qilib o'tgan ish amallari haqida so'ramiz. Qasam ichib aytyapti. Har bitta odamni qilgan ish haqida. Alloh taolo mana payg'ambarimizni hadisda keltirdik, aytdi analmalik, anaddayyan. Men podshohman. Men dayyonman. Ya'ni jazolovchi, mukofotlovchi. Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam aytadilar valberru la yubila. Yaxshilik eskirmaydi. Va dhan bular yunisa. Gunoh eskirmaydi. Voddayyan ular yamut. Dayyon zot hargiz o'lmaydi. E amal kamash ita. Xohlaganingdaqa amal qil. Kama tading, to'dan. Nima qilsang, shuni ko'rasan. Nima qil sang, shuni ko'tarsan.
Aqlli odam faqatgina mana shu kunini g'ami bilan yashamaydi. Oqil kishi ertangi kunni, qiyomat kunning g'ami bilan yashaydi. Kim faqat shu kunni g'ami bilan, shu kunni tirikchiligi bilan, rizqi bilangina matband bo'lib qolgan bo'lsa, oqil bo'lmaydi. Oqil odam ertaga yoki indinga keladigan qiyomat kunini hisobi bilan, g'ami bilan ishlaydi. Chunki Alloh Taolo aytyapti, parvardigoringiz nomiga qasamki, ularning barchasidan qilib o'tgan ishlari haqida savol so'raladi.
Mana bir voqea hodisa sodir bo'lsa, uyda, jo'ralarni ichida, mahalla ko'yda, umuman jamiyatda, biz o'sha narsaga hammamiz o'zimizni fikrimizni bildirishni boshlaymiz bir chekkadan. Noto'g'ri qildim ovi. O'zi manaqa qilish kerak edi. Bu o'zini ilmi dunyoqarashidan kelib chiqib hukm chiqaradi. Bu o'zicha qozi. Bu yo'q unaqa emas, manaqa bo'lishi kerak edi. U ham o'zichasiga qozi. Musulmon odam nima deyish kerak edi? Shariatda nima deyilgan shu yerda?
Mana shu ish haqida, shariatda nima deyilgan deyish kerakmidi? Yo o'zi hakam o'zi qozi bo'lishi kerakmidi? Robbizga qasam, yo'q, bular haligisi iymoni komil bo'lmaydi, toki o'rtalarda chiqqan ishni hal qilishda sizni hakam qilmasa. Ya'ni shariatni hakam qilma. Shuni aytyap olaylik.
O'shaning uchun oilalar buzilaveryapti da. O'shaning uchungi muammolar tugamayapti da, o'rtog'imizda bo'layotgan bir muammolardagi muammolar. Chunki hamma o'zini nuqtai nazari bor, chiroyli qilib aytganda. O'zini pozitsiyasi bor, o'zini nimasi bor? P ketadi. Prinsipi bor. Fikr emas u, fikr bo'ladi u. Prinsipi bo'ladi. Meni prinsipimga to'g'ri kelmadi buni qilgan ishi. Seni prinsipingni devoga uramiz. Mo'min odam aytadi, seni prinsiping chekkada turadi, shariatni gapi turganda. Shariatni hukmi turganda ham prinsipda turgan bo'lsangiz, musulmon odamni prinsipi islom bo'ladi.
Endi, mana qozilikka keldik a. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom ahmaddan bahodiz, osh onamiz roziyallohi ribot qiladilar. Rasululloh aytdilar deydi osh onamiz, layati yanna alal qodil adl, yaumal qiyamati sa'a. Yatamanna anna xo'llam yaqidi bayna sinayni fi tamratin qat. Rasul aytibdilar, qiyomat kunida bir adolatli qozini ustida shunday bir soat keladiki, unda u ikki kishi o'rtasida bitta xurmo donasini ishida ham hech ham qozilik qilmagan bo'lishini orzu qiladi. U qaysi qozi? Qanaqa qozi? Odil qozi. Adolat bilan hukm yuritgan. Adolat bilan hokim yuritgan qozi qiyomatda e bekar qozi bo'lgan ekanman deb yuboradi. Nimani ishida? Birdan uni xurmoni ishida. Shuning uchun odamlarni ishini hal qilayotgan, o'rtasini ajrim qilib berayotgan, qozilikni ishini qilayotgan odamlar allohdan taqvo qilsinki, xurmoni ustida qozilik qilganiga pushaymon yeydigan kun keladi. Shuning uchunga umariddin xattob aytadi roziyallohu anhu.
Vallohi, agar iroqda u zot o'zi madinada turadi. Iroqda bir tuya yo'lni tekkisimasligidan qoqilib ketsa, qo'rqaman. Ey umar, nimaga yo'lni tekislab qo'ymagan eding, deb alloh mendan so'rashidan. O'zini mas'uliyati deb bilyapti. Chunki addayyan bo'lgan robbizdan qo'rqyapti umariddin xattob. Imtihondan eng yaxshi baholarni olib chiqqan tolibdan so'rashdi. Qanday erishdik bunga? Hamma bahosi besh. Bu javob berdi. Yil bo'yi imtihon g'ami meni boshimni tark qilmadi deydi.
Yil bo'yicha imtihon g'amim kallamda turdi. Shuning uchun chiroyli natijaga erishdi. Biz birodarlar addayam bo'lgan Robbimizni oldida bir kun turishimiz bor. Shuning uchuncha biz berishdan yoki olishdan ov ol. Aloqasini uzish yoki bog'lashdan avval, jazo qilish yoki avf qilishdan avval, biron narsani qilish qilmasdan avval shu ishim uchun Allohni oldida javobim tayyormi degan savolni berishimiz kerak. Alloh nima deydi shu ishim uchu? Chunki qiyomat kunida Alloh Taolo to'xtatib, bittama bitta so'raydi bizdan, nima uchun bunday qilding? Nimaga ayolingni urding? Nimaga ayolinga taloq berding? Nimaga farzandingni tarbiyasini tashlab qo'yding beparvo? Nimaga tijoratda mana bunday ish qilding? Nima uchun umringni telefon bilan o'tkazding? Nima uch un sotsialniy setda o'tirding? Nima u chun televizorda o'tirding? Nimaga qo'lingdan telefoning tushmadi? So'ranglar akalar.
La ta'zu laqodama abdun. Payg'ambarimiz aytadilar, bandani qadami qiyomat kunida jilmaydi o'rnidan to umrini nimaga sarflagani so'ramagunicha. Pulini so'ramagunicha, sog'ligini, yoshligini so'ramaguncha. Har bitta narsamizga javob bor. Birodarlar, addayyan, sig'ayi mubolag'a, qancha kichkina bo'lmasin, Allohni hisoblaydi. Qancha katta bo'lmasin? Albatta hisoblaydi. Va mana shu ishimizga jazo mukofot beradi. Robbimiz addayyan bo'lgan zot.
Birodarlar, bu foniy dunyoda turar ekanmiz, shu dunyoni o'zi bilan mashg'ul bo'lib qolmaylik. Abadiy hayotga, abadiy dunyoga tayyorgarlik ko'raylik. Chunki bu kunlarimizni har bittasiga, albatta, al malikidayam bo'lgan zotni oldida hisobga tutilamiz. Alhamdulillah, hirob bilan alamin, ar rahman ir rohim, maliki ya umiddin. Hamdu sano, butun olamlar xojasi, mehribon va rahmli, jazo kunining egasi podshohi bo'lmish alloh uchundir. Bir kunda besh mahal o'qiymiz namozimizda, maliki yalmiddini tushunib olaylik. Xulosa.
Jahannam ahlining mushkulasi, muammosi nimada edi? Do'zaxga tushib qolishiga sabab nima edi? Ilmsizligida. O'zi birodarlar, hamma muammoyimiz ilmsizlikdan. Xoh tabobatda bo'lsin. Xoh handasada bo'lsin, xoh iqtisodda bo'lsin, hoh bola tarbiyasida bo'lsin, hop xotin tarbiya qilishda bo'lsin. Hop ota ona bilan qilayotgan muomalada bo'lsin. Nimaki xatoga qoqilayotgan bo'lsak, nimaga bir nuqsonga yo'l qo'yayotgan bo'lsa, illati bitta. Nima ekan u? Ilmsizlik. Dalil. Astag'firulloh. Va qolulav kunna nasma u avnaqilu ma kunna fiy ashabi sa'ir.
Ular kofirlar yana, agar bizlar payg'ambar so'zini tinglab, aql yurgizguvchi bo'lganimizda, ana shu payg'ambarni gapini eshitib, shuni ilmini o'rganib, aqlimizni yurgizganimizda, do'zax egalari qatorida bo'lmas edik. Shuning uchun ota onamiz bilan qilayotgan muomalada mushkula chiqayotgan bo'lsa, bilingki, o'sha muomaladagi ilmdan bexabarsiz. Imoratingiz yiqilib tushdi yoki devor yorilib ketdi. Bilingki, shu imorat ilmida siz xatoga yo'l qo'ygansiz. Musulmonlar bir birimiz bilan bo'linib, firqa firqa olib, uzoqlashib ketyapmiz, bitta mahallada, bitta ko'chada katta bo'lib turib. Bilingki, mana shu din deb o'rganayotgan narsamiz o'zi aslida ayrim jamoatlarni fikri emasmi ekan? Demak, dinni o'rganishlikda, ilmda xato qilyapmiz, shuning uchun dinni nomi bilan bo'linilib ketyapti ayrim odamlar. Sport birlashtiryapti. Hm?
Somovar birlashtiryapti choyxona. Xobbilar birlashtiryaptida, hamma narsa birlashtiryaptda, ammo dinni mahkam ushladim degan ayrim odamlar bo'lini o'lyapti. O'zi bo'linishlik, dinni tabiatiga mutlaqo to'g'ri kelmas edi yu. Demak, shu bo'layotganlar dinni ushlagan emas. Ayrim jamoatlarda, ayrim guruhlarda, ayrim toifalarni zakazini bajarayotgan odamlar. Akalar, din bo'lmaydi, din nima qiladi?
Ha, dindor olmasdan, namoz o'qimasdan qing'ir qishga yurardi, qarindosh urug'lar bilan ham bir edi. Ko'chada ulfatlari bilan ham bir eda. Din dushayon ekan, bo'lib qoldi da. Din birlashtiradi akalar, din bo'lmaydi. Agar siz o'rganayotgan narsa bo'layotgan bo'lsa, siz boshqalardan bilingki, bu din emas bu. Xulosa. Agar, birodalar, dunyoni istasak, ilmni lozim tutaylik. Oxiratni istasak, ilmni lozim tutaylik. Agar ikkalasini teng xohlasak, ilmni lazim tutaylik'. Agar biz ilmga ozgina qismimizni bersak, ilm bizga hech narsasini bermaydi. Agar borlig'imizni ilmga bersak, ilmimizga o'zini ozginasini beradi. Kishi tolibi ilmman deb yurar ekan, u to'g'ri yo'lda bo'ladi. Ammo men ilmli bo'ldim dedimi, to'xtadi. Johillar qatorida bo'ladi.
Tolibi ilm. Dunyosidan oxiratini ustun qo'yadi. Tolibi ilm, dunyodan oxiratni ustun qo'yardida, natijada ikkalasida ham yutadi. Endi, johil kishi esa, ilmdan uzoq bo'lgan odam, dunyosini oxiratidan ustun qo'ya, natijada ikalasida ham mag'lubiyatga uchraydi. Alloh taoloning addayyan ekanligini bilishlik bandani taqvoga, istiqomatga etaylik. Alloh taolo addayi ham bo'lgan zot. Hamma narsani biladi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Agar mana shu haqiqatni bandda anglab yetadigan bo'lsa, ustida puxta hisob kitob borligini, mukofot yoki jazo borligini bilsa, robbisini itoatiga kirmay iloji yo'q. Demak, itoatdan tashqarida fizxufuz yurda yurgan odamlar Alloh taoloning addayyan ekanligidan bexabar. Ularning mana shu ilmsizligi gunoh massiyatda doimiy bo'lishiga sabab bo'ladi. Alloh aziz va jalni Qur'onda marhamat qiladi, istaydu billa. Allohun ladiy xoloqa sabu as samavatiym va minal ardi mitlahun. Yetanas zalul amru bayna hunnali ta'lamu anna allohu ala kulli sha'in qodir va anna allohu qodir aha to bi kulli sha'in a'ilma.
Alloh azza va jalla yetti osmonni va yerdan ham o'shalarning mislini yaratgan zotdir. Allohning amr farmoni ularning o'rtasiga nozil bo'lib tarqalib turur. Osmon bilan yerning o'rtasida tushadi, hukmi tarqalib turadi. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani o'z bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun, u zot sizlarga xabar berdi. Qarang, osmonlar va yerni yadilishidagi sabab, illat bu li ta'lamu. Bilishingiz uchun. Ya'ni bilib qo'yinglar, Alloh Taolo hamma narsani o'zini ilmi bilan ihota qilgan. Hamma narsani bilib turadi. Nima dedik? Nimani o'yladik? Qayoqqa bir qadam bosdik? U osmondami, suvni tagidami, yerni tagidami? Alloh taoloning ilmidan biror narsa maxfiy bo'lmaydi.
Alloh aziz va jaloloning mana shu maxluqotlar haqida fikr qilish siz bilan bizni Alloh taoloni oldiga olib keladi. Allohni qanchalar tanisak, undan shunday bir qattiq, qalbimizda unga nisbatan muhabbat bo'ladi, uni hisobidan qattiq qo'rqinchli bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar, mutofaqina alayhi bo'lgan hadis. Innallillahi ta'ala tis'atan va tis'ayna isman illa vohidan. Man aqsoha daholal jannat. Albatta Alloh subhanahu va taoloning to'qson to'qqizta ismi bor. Bir kam yuzta. Kim ularni iqso qilsa, ya'ni o'qib, o'rgansa, sanasa, ma'nolarni anglasa, jannatga kiradi. Biz mana shu to'qson toqqizta ismini birodarlar o'qib o'rganyapmiz.
Mana Alloh Taolo aytdi va anna Allohi qodir, ahvato bekul lishayin ilma. Alloh Aziz va Jalla barcha narsani o'z bilimi bilan ihota qilib qo'ygan. Demak, Alloh biladi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Shu narsadan xabarimiz bo'lar ekan, shu narsa esimizdan chiqmas ekan, shu haqiqat yodimizdan ko'tarilmas ekan, biz mustaqim yo'lda bo'lamiz. Mana, bir misol bilan tushuntiraylik.
Inson qachon majbur Alloh Taoloning itoatida bo'ladi? Qachoniki Alloh Taoloni bilishini, hisob kitob qilishini, jazolashini bilsa. Misol, shaharda bir katta bir perekroskasi deylik. Svetofor qizil chirog'i yonida. Haydovchi kelib to'xtaydi. Shu svetoforni o'rtasida mirshab turibdi kuzatib. Undan darog'ida yana bitta mirshab mashinada o'tiribdi kuzatilib. Shu perekroskani ustida kamera turibdi yozib. Savol. Shu haydovchi qizil chiroqqa yuradimi hozir?
Yurmaydi. Nima uchun yurmaydi? Shu yo'l harakatni qoidasini joriy qilgan hukumat uni kuzatib turibdi. Ko'rib turibdi. Hukumatni ikkita mirshabi turibdi. Yurib o'tib ketsa, quvib boradi. Agar qochib ketsa, kamera turibdi yozib qo'ygan. Nima uchuna yurmaydi boyagi haydoshimiz? Chunki shu yo'lharakati qoidasini jori qilgan hukuman uni kuzatib turibdi. Kamerasi kuzatyapti, mirshabi kuzatyapti. Demak, hukumatning u haqidagi ilmi shu haydovchini qoidani buzishligidan man qiladi. Xuddi shunga o'xshagandek, siz bilan biz Alloh Taoloning addayyan ekanligini bilsak, bilishini, yozib qo'yishini, hisob qilishini biladigan bo'lsak, unga osiy bo'lishlikdan qo'rqamiz, tiyilamiz. Chunki aqlli odam yurmaydi da boyagi qizil chiroqqa. To'g'rimi?
Oqil, hushyor inson qanday bo'ladi? Asarlarda keltiriladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'zining asboblari bilan ko'chada ketib borar ekanlar, Madina ko'chalarida, bir majnun odamga to'g'ri keldilar. Ya'ni past odam. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam so'radilar, bu kim? Kim bu? Asboblar bu majnun deyishdi. Ya'ni jinni. Rasululloh aytdilar: la ha da mubitala al majnun man asalloha. Yo'q, bu mubitalo, balolangan inson. Majnun, Allohga osiy bo'lgan kishi.
Allohga osiy o'lgan kishi majnun. Aytyapmiz ku, aqli hushi joyida bo'lib turib, boyagi haydovchi qiziliga yurarmidi? Oqilligi uchun turibdida. Endi robbisini jazolashligini, addayyan ekanligini bilib turib ham gunoh qilayotgan bo'lsa, demak bu odam emas. Oqil emas, balki majnun bo'ladi. Shuning uchun bir odam dunyoviy ilmlarda bir ma'lum bir darajaga erishgandir. Beshta diplomi bordir. Ammo agar mana shu o'zini ilmi deyotgan odam, beshta diplomi bor odam, gunoh ma'siyatda doim bo'lsa, dunyoga nimaga kelganligini bilmasa, nimaga yashayotganligini bilmas a, qayerga ketishligini izlab topib o'rganmasa, bu odamni birodarlar shariat nuqtai nazaridan oqil deb bo'lmaydi. Ma'qulmi? Undan ko'ra o'sha maktabni narigi tugatgan anaqa dehqon yetmish ga kirgan. Ilmliroq shariat nuqtai nazaridan. Chunki qayerdan kelganini biladi, nimaga yashayotganini biladi, qayoqqa qarab ketayotganligini biladi, shunga qarab tayyorgarlik qiladi. Chunki har qancha ilminglar katta bo'lmasin, birodarlar, diplominglar mingta bo'lmasun, o'rganinglarda diplom qayerda qoladi?
Qayerda qolad? Unvoningiz ham qoladi, pogoningiz ham qolad, udastavleniyangiz ham qoladir, pulingiz ham qoladida diplom hammasi qabrni ustida qoladi. Endi u yoqqa amali bilan, iymoni bilan kiradi. Alloh azza va jallaning asmu al husnosini o'rganishlik siz bilan bizga lozim va lobiddur. Ustimizda ilm o'rganishdek farz birodarlar. Tola bul ayni faridatu ala kulli muslimin va muslimatin. Har bitta erkak, ayol musulmonga ilm talab qilishdek farz. Endi mana shu ilmni farzi ayin bo'lgani bor, farzi kifoya bo'lgani ham bor. Farzi ayin bo'lganda shunaqa ilmki, hamma bilishligi kerak. Masalan, besh mahal namoz, tahorat, usul. Farzi kifoya shunaqa ilmniki, musulmonlardan bir ayrimlari shu narsani o'rganib qo'ysa, shu ilmni, qolganlardan soqit bo'ladi. Masalan, parashutingiz.
U uchun qaysi ilmni bilishlik farzi ayin, parashyut haqida ekan. Qaysi ilmda bilishlik farzi kifoya. Aytaylarchi? Parashut qaysi materialdan yasalgan, qaysi kompaniya tikkan, qanaqa ip bilan tikkan, qaysi moshinka bilan tikkan, bu farzi kifoya. Uni bilmasa ham hech narsa bo'lmaydi. Ammo farzi ayb bo'lganichi?
Qaysi endi farz? U parastuni qanday taxlasa, ochiladi. Shuni bilishi farz. Va qaysi ip tutqorishsa ochiladi, shuni bilishi fariz. Ammo yuqoridagi narsalarni bilmasa hech narsa bo'lmaydi. Xuddi shunga o'xshagandek birodarlar. Siz bilan biz bilishimiz farz, lozim, lobut bo'lgan ilm bor va bizga farzi kifoya bo'lgan ilmlarni bor. Mana shu Alloh azza va jalaning asmoni husnosi haqidagi ilm bizga farzi ayn. Chunki addayyan ekanligini bildingiz. Arrazoq ekanligini bildiz. Arrohim ekanligini bildiiz. Allohdan boshqa suyolmaysiz.
Yana bitta misol. Xullas, bir odam mashinani oldi, uzoq safarga chiqdi. Sayohatga. Ozgina yurgandan keyin, tablosida qizil chiroq yonib qoldi. Yog'di, chiroq yonilib qoldi. Nima degani bu? Ziynat uchunmi? Haligi haydovchi uni bilmaydi nimaligini. Shu ilmdan bexabar. Ketaveradi, chiroq yoniq turibdi deb. Ozginadan keyin mashina to'xtaydi, motor ushlab qoladi, sayohat qoladi, katta chiqimga tushadi. Demak, mana shu haydovchini shu ilm haddan bexabarligi uni safarini to'xtatib qo'ydi. Demak, siz bilan biz Robbimizni Asmoli Husno va Sifatul O'losini biladigan bo'lsak, birodarlar, juda ko'p muammolarimiz olda olinadi va doim haqda bardavom bo'lamiz. Demak, ilmsizlik musibat ekan. Johillik qotil ekan. Dinimizda siz bilan biz bilishimiz kerak bo'lgan farz ilmlardan qancha qanchasi turibdi, o'shalar bilan shug'ullanmasdan nafl bo'lgan, kifoya bo'lgan ilmlar bilan ovora bo'lib yuribmiz. Ba'zida sunnatda mahkam ushlayapman deb, tashqi ko'rinishini sunnatga muvofiq qilyapman deb tirishib yurgan ukalarni ko'ramiz.
Ota onasi bilan qilayotgan muomalasi, birodarlar, mutloq shariatga to'g'ri kelmaydi. Seni birodar shaklingni sunnatga muvofiq qilishingdan ko'ra, ota onangni duosini olishliging, ularda xizmat qilishliging lozimrog'ida, lobitrog'ida. Nafl bo'lgani ishga chiqib ketyapti, uyda farz yoki vojib bo'lgani qolib turibdi. Shuning uchun yaxshilab bilib olaylik. Qoida, ilm amaldan burun turadi.
Ilm amaldan burun turadi. Agar kim ilmidan bexabar bo'lib turib amalga kirishib ketsa, nima oladi? Qovun tushadi. Da'vat bo'ladimi bu, nasihat bo'ladimi bu? Sport bo'ladimi bu. Tijorat bo'ladimi, hunar bo'ladimi? Nima bo'lishidan qat'iy nazar, ilmini o'rganishligimiz kerak. Ma'qulmisizlar? O'zi qaranglarda, xuddi mana shu da'vatni o'zi ham, islomga da'vat qilishlikni o'zi ham shu da'vat qilayotgan odam, shu da'vat ilmidan xabari bo'lmay turib da'vat qilsa, bunaqa quloq solmayapti.
Uni da'vatini bunaqa qabul qilmayapti. Bo'lmasa musulmonlarga gapiryapti. Nimaga qabul qilmaypti? Demak shu da'vat, ilmidan xabar yo'q shu odamni. Qoida, ilm amaldan muqaddam turadi. Kishining iymonini afzali qaysi? Kishining iymonining afzali, Alloh doim u bilan birga ekanligini bilishi. Alloh doim men bilan birga dedingizmi? Demak, iymoningiz eng yaxshisi mana shu. Endi, iymoning eng oliysi qaysi?
Allohni ko'rib turganingdek ibodat qilishing. Garchi Allohni ko'rolmayotgan bo'lsang ham, u seni ko'rib turibdi. Alloh Taoloni addayyan ekanligini bildingiz. Biladi, yozib qo'yadi, jazo beradi. Mana shu narsani bilasizmi? Demak, iymonni eng oliysi sizda. Chunki qarang, masalan, prezidentni oldida turibsiz, yurtingizni prezidentini oldida turibsaz. Qanaqa turasiz?
A? Qanaqa turarsiz? Rovno turasiz. Oshishcha harakat qilmaysiz. Bitta so'zni ochishga gapirasizmi? Qanaqa o'zi taklif qildi sizni? Prezidentni anaqasiga taklif qilganda bilasizmi? Bir oy tayyorgarlik ko'rasiz. Nimalarni yangilaysiz? O'zi kiyimingiz yangi. Yangi kiyim olasiz. Sartaroshga kechqurun borasiz. Prichoskalarni qilasiz, atillarni sepasiz, mana shunday borasiz da. Bitta o'zingizga o'xshagan odam, faqat davlat rahbarini oldida turishlik uchun qanchalar o'zingizni nazorat qilib turishingiz kerak bo'lsa, chunki ko'rib turibdi da prezident sizni. Endi robbingiz ko'rib turganda qanaqa turishingiz kerak edi? Aytdik ku, kim ma'siyatda, fizh hujrada davomiy qolib ketadi? Robbisini addayyan ekanligi. Robbisini kuzatib turuvchi ekanligini bilmagan odam. Bilmagan odam!
Alloh subhanahu va taoloni asmoli husno va oliy sifatlarga bo'lgan iymonimiz birodarlar haqiqiy iymon bo'lishligi kerak. Shayton nima degan edi? Fabi izzat ekan. Izzatinga qasam degan edi. Demak, Alloh Taoloni azizligiga iymon keltirdi. Fanzirni ilayyomi yubasun. Meni insonlar, umuman maxluqotlar qayta tiriladigan kungacha tirik qo'ygin degan edi. Qayta tirilishiga iymon keltirgan edi. Haloktoni minnar. Meni olovdan yaratding degan edi. Yaratganiga iymon keltirdigan edi.
Xoliqligiga, robligiga, aziz ekanligiga, qiyomat kuni tiriltirishiga, qiyomat kunda qoyim qilishiga iymon keltirdi, ammo Alloh Taoloning asmonu xusnosidan bexabar edi. Tanimagan edi. Demak, Alloh Taologa ibodat ham qilmagan edi. Murodalar, Allohni borligiga mutlaqo ishonmaydigan odamlar ko'p bo'lmaydi. G'irt kofirlar ko'p bo'lydi.
Insonni tabiatida Alloh Taolo'ga sig'inishlik, fitratida bor narsa. Hatto mushriklar ham o'sha toshiga, g'ishiga suyanayotib turib, aytadiki, astadibillar ma na'buduhum illal yuqor ribun ila Allohi zulfa. Biz o'sha xudolarimizga faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz deyishar edi. Ya'ni Allohni borligiga ishonadi, faqat o'rtaga vosita ishladi qo'l qo'ygan.
Endi inson Allohni borligi imon keltirdi yu, bu imoni Allohga itoatga etaylanmaydigan bo'lsa, bu imonni qiymati yo'q. Biz ham Allohga ishonamiz, biz ham la ilaha illalloh Muhammad rasululloh deymiz deyapti va shu kalima bilan musulmon bo'ldi, ammo qiymati baland emas buni, qiymati yoq imonini. Chunki haqiqiy imon bo'lganida itoatga etaydigan iloji yo'q edi. Bir inson qiyomatda borligiga ishonaman deyapti yu, lekin maxluqotlarga aziyat yetkazishlikdan to'xtatmayaptimi shu iymoni? Demak, bu iymonini ham qiymati yo'q. Iymoni yo'q emas, iymoni bor. Iymonini qiymati yo'. Allohga bo'lgan iymon, uni itog'iga biz tortishlik kerak. Qiyomat kuniga bo'lgan iymon, maxluqotlariga aziyat yetkazmaslikka bizni chaqirishlik kerak. Tushunarli bo'ldimi? Mana shu ham qoida edi. Qaytaramiz. Allohga bo'lgan iymon, uni itoatiga chaqiradi bizni. Qiyomat kuniga bo'lgan iymon, maxluqotlarga aziziyat yetkazmaslikka chaqiradi bizni. Agar shu ikkita ishni qilmayotgan bo'lsak, iymonimizning qiymati, qadri yo'q ekan.
Kimning iymoni Alloh Taoloning toatiga yetaklagan bo'lsa, bas bu kishi najot topgan haqiqiy mo'min ekan. Alloh azza va jalla insonga idrok qilishlik quvvatini, fikr yuritishlik quvvatini berdi. Ya'ni oliy ehtiyoji bor va quyiroq bo'lgan ehtiyoji ham bor. Quyiroq bo'lmagan ehtiyoj nima? Ovqat, kiyim, issiq, sovuq, uy, juft, bu quyiroq ehtiyojlarimiz. Bu ehtiyojlar hayvonda ham bor. Unga ham ovqat kerak, unga ham juft kerak, unga ham uy kerak. Bu masalada jonivorlar bilan odamlar bir xil. Quyi ehtiyojlarimizda. Ammo oliy ehtiyojlar bor bizda.
Shu ehtiyojlarni qondirmasa, faqat quyi ehtiyoji bilan yuradigan bo'lsa inson, ana shu hayvonlar darajasiga yaqin bo'lib qoladi, tushunib oladi. Ruhini talablariga, oliy ehtiyojlariga labbay demagan, ularni qanoatlantirmagan kishi hayvonlik darajasiga tushib qoladi. Amuatun g'oyru ahya, deydi Alloh Taolo. Ular jonsiz o'liklardir. Boshqa oyatda inhum illa kal an am, balhum adol lu sabiyla. Allohni itoatidan uzoq bo'lgan kofirlar, ular hech narsa emaslar. Magar chorva hayvonlari kabidir. Yo'q, ular yanada yo'ldan ozganroq kimsalardir. Xushumi musannada, ular go'yo devorga yo'lab qo'yilgan yog'ochlarga o'xshaydi. Oliy ehtiyojimiz bor, birodarlar. Aqlimizni ehtiyoji, ruhimizni, qalbimizni ehtiyoaji bor. Agar bularni qanoatlantirmasdan, faqat quyi ehtiyojlar bilan ovora bo'lib qolsak, hayvonlar darajasiga tushib qolamiz, birodarlar.
Astag'firulloh. Ar rahman, allamal quran, xolaqol inson, allamahul bayan. Mehribon Alloh Muhammad alayhissalom va uning ummatlariga Qur'onni ta'lim berdi. U zot insonni yaratib, unga nutqni ta'lim berding. Mana shu bayon, nutq birodarlar, siz bilan bizni boshqa jonivorlardan ajratib turadi. Voy, bilasizmi nutq qanaqa ne'mat? Ko'rigimni qashib qo'ydingiz siz.
Bo'ldi, topib qashaydi. Endi shuni tilsiz tushuntiring da. Yo ichim burab qornim og'riyapti degan narsani aytmasdan, mimika bilan, jestikulyatsiya bilan tushuntirib ko'ring da. Alloh taolo nima dedi? Unga bayonni ta'lim berdi. Inson yaratilmasdan avval unga Qur'on o'rgatilishi mumkinmi? Yo'q. Avval yaralishi kerak. Lekin avval nima dedi? Qur'onni o'rgatdi, keyin yaratdi deyapti. O'zi aslida yaratdi, ta'lim berdi, keyin qur'onnio'rgatdi deyish kerakmidi? Yo'q. Ar rohman, allamal qur'on qur'onnii o'rgatd deb avval aytdi. Yaratishidan avval. Inson yaralmasdan avval unga Qur'on o'rgatishi mumkinmi? Yo'q. Oyatdagi tartib, birodarlar, foyda tartibi emas, balki martaba tartibidir. Ya'ni, inson yashasa, uni hayoti bir manxaj ustida bo'lmaydigan bo'lsa, vujudda borligini foydasi yo'q. Masalan, nimaga yashayapti odamlar ko'pchiligi? O'sha savolni bersin da o'ziga.
Aytaman, turdi, ishga boradi, ha xo'p ishga boradi. Nimaga ishga bording? Ha pul topgani bordim. Nimaga pul topasan, bola chaqa boqqani? Nimaga bola chaqa bo'g'yapsan? Mendan keyin qolgani. Hozir ishdan maqsad nima? Ha, ketasan ertaga. Manhaj yo'q. Aytdi ku, bir odamni beshta diplomi bo'lsa yu, qayerdan kelganligini bilmasa, nimaga yashayotganligini bilmas a, qayoqqa ketishigini fikr qilmasa, Payg'ambarimiz aytyaptilar, u majnun, jinni emas bu. Majnun kim?
Allohga osiy bo'lgan odamni majnun deyapti Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Alloh taolo addayyan jazolovchi, mukofotlovchi bo'lgan zot. Alloh subhanahu va taolo gunohkor bandaning zarariga hujjatni qoyim qiladi. Bir qozi yoki hokim, birovni jazolamoqchi bo'lsa, uni jazolashlik uchun hujjat dalil keltirishlik kerak. Qilgan gunohini aybini bo'yniga qo'yishlik kerak va mana shu keltirgan dalili uni beradigan jazosini oqlaydi. Demak alloh taolo dayyan bo'lgan zot, addayyan bo'lganzod, bandasini ustiga hujjatni keltiradi. Aytadi, astaydu billah, iqro kitabak kafa binafsikaliya ma'leka hasiba va unga deyilur, nomayi amolingni o'qi. Bugun o'z nafsing o'zinga qarshi yetarli hisobchidir.
Akalar, biz iymon keltirganmiz. Va innna alaykum la hafiylin kiraoman katibin. Albatta, ustingizda saqlovchi ikkita hurmatli yozuvchimiz bor. Bu ikkita farishta hojatxonaga kirganimizda tushib turadi. Jufti bilan yaqin bo'lgan paytda tushib turad, boshqa payt ustimizda. Bironta so'z, bironta harakatimiz yozilmay qolmaydi. Innalloh akani alaykum roqibah. Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo'lgan zotdir. Ha bo'pti, shu ikkita o'rinda tushib ketar ekan. Shu paytdagisi nima bo'ladi gunohlarda? Alloh Taolo aytyapti, albatta Alloh ustingizdan kuzatuvchi bo'lgan Zotdir. Agar ular yozmagan bo'lsa, Alloh Taolo bilib turadi.
Agar bir odamga seni telefoning proslushkada ekan desa, qanaqa qilib gapiradi? Qanaqa qilib gaplashadi? Judayam terib gapiradi. Oz gapiradi, iloji yo'qsa umuman ishlatmaylar qo'yadi telefonini. Ya'ni o'zingga o'xshagan odam seni kuzatyapti ekan degan narsa, shu ilm uni og'zidagi gapni elab qo'yyapti. Yoki seni orqangda odam bor ekan, kuzatib yurgan desa, haligi odam o'zi biladi nima ish qilish qilmasligini. Haligi odam ko'rmay qolishi mumkin bir xil ishingizni. Haligi yozayotgan apparati yozmay qolishi mumki gapirayotgan gapingizni. Ammo shunday bo'lsa ham juda ehtiyotkor bo'lasiz. Endi yelkangizda ikkita farishta turgan bo'lsa chi? Addayam bo'lgan robbingiz kuzatib turganini bilsangiz chi? Bunaqa odamga qorovulni ham keragi yo'q, mirshabni ham keragi yo', nimani ham keragi yo'g'i? Kamerani ham keragi yo'da.
Demak, xulosa qilsak aytamizki, Alloh Taoloning addayyan ekanligidan bexabar bo'lgan inson. Alloh taoloni kuzatib turishidan bexabarbo'lgan inson, gunohmasiyatga kirib ketadi. Gunohga uni nima yetayapti? Bexabar. Bexabarligi boshqacha qilib aytsak, ilmsizligi. O'zi hamma musibat, o'sha bitta so'zga borib taqaladi, ilmsizlik musibatiga.
Voh voh ma'qum, aynama kundum. Sizlar qayerda bo'lmanglar, u zot sizlar bilan birga. Shuni his qilsangiz, Alloh Taoloning Addayyan ekanligini bilsangiz, albatta gunohdan tinchlanishingiz oson bo'ladi. Addayyan kalimasidan Allohning yana bir ma'no, xabardorlik, hujjat keltirish va hisob qilish. Alloh Addayyan biladi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Biladi, yozib qo'yadi, hisob kitob qiladi, jazolaydi. Mana shu to'rt dona so'zni yaxshilab qalbimizga joylab olsak, gunohni tarqalishlik judayam, judayam oson bo'ladi.
Shahardagi katta perekryoska qizil chiroq yonib turibdi. Haydovchi to'xtadi. Ikkita mirshab kuzatib turibdi, kamera yozib turibdi. Buzadimi qoidani? Buzmaydi. Qachon buzadi qoidani? Kechasi soat uch, mirshablar yo'q, kamera buzilib yotibdi. O'shanda buzadi. Qachon buzar ekan? Uni kuzatib turuvchilar yo'qligini bilganidan keyin. Lekin siz bilan biz birodarlar kuzatib turgan kuzatuvchilarimiz, xiroman, katibin farishtalarimiz, ular uxlamaydi. Ular obedga chiqmaydi. Ular charchab ketmaydi. Ularni fleshkasi to'lib qolmaydi.
A fahasi butun anna man xolaqinakom abadhan. Alloh taolo so'rayapti. Yoki sizlarning gumoningizcha, biz sizlarni behuda yaratdikmi? Bironta ish behuda bo'lishi mumkinmi bu vujudda? Yo'q. Mutloq komillik egasi bo'lgan Robbimiz bironta ishni bekordan qilgan bo'lishi mumkinki? Yo'q. Alloh Taolo so'ryapti. Nima? Bekarga yaratildik deb o'ylayapsizlarmi? Va annakum ilaynala turjaun. Bizni oldimizga qaytib kelmaymiz deb o'ylayapsizlarmi? Ta'allohu li malakul haq. Bunaqa bema'nigarchilikdan Alloh Subhanahu Taolo pok bo'lgan zot.
Bir universitetni tasavvur qilaylik, jomiyani katta pul evaziga qurilgan. Katta pul sarflangan. Isitishiga, sovutishiga, jihozlariga, muallimlarga. Muallimlarni ko'p mehnati vaqti sarflangan o'quvchilarga. Endi shu jomiya, yilni oxirida. Talabalarni imtihon qilmasdan chiqarib olishlarga aqlga sig'adimi? Qarang, odam bolasi bekorchi ishni qilmaydi. Shuncha pulga qurildi, shuncha vaqt sarflandi, mehnat sarflandi, endi yilni oxirida nima olish kerak? Imtihon bo'lishi kerak. Xuddi shunga o'xshaganday birodarlar lilakhin masalul a'la yetmish yil sakson yashadingiz u yerda. Yedingiz, ichdingiz birodar haqqini, yedingiz, sizniki ni yeb ketdi. Hisob kitob bo'lmasdan shunday tugab ketishlarga aql ga sig'adimi?
Ayahsa bul insano an yutraka suda. Alloh taolo yana so'rayapti. Inson bekor tashlab qo'yilishini o'ylarmi? Hisob kitob qilinmasdan oxiratda. Dunyoda yozib, tekshirilmasdan o'z holiga tashlab qo'yapti deydimi? Birodarlar, hayotda Alloh Taolo kimnidir boy, kimniki kambag'al qildi. Kimni quvvatli, kimni quvvatsiz qildi. Kimi xo'jayin, kimni itoatda qildi. Endi birov birovni haqqini yedi. Quvvatli odam quvvatsizga zulm qildi. Shu bilan dunyo tugadi, ketdimi? Aql qabul qiladimi buni?
E, buni hisobi bor degan narsa qalbingizga mo'minni qalbiga taskin beradigan eng katta narsa oxiratga bo'lgan iymoni. Haqqini yeb ketdi. Urdi, sindirdi, bu narsasini tortib oldi, xullas zulm qildi, bu javob bera olmadi. Ichi yonadi a? Mo'min odam nima deydi? Hali qiyomat bor deydi. Xotirjam turadi. Bersangiz shu dunyoni olaman og'ayni deydi. Yo aka deydi. Bermasangiz qiyomatga qoldi deydi. Deydi, xotirjam ketaveradi. Zo'r a?
Zo'r a? Shuning uchun mo'min odam insult bo'lmasligi kerak, shu to'sha chaqasini yo'qotsa. A? Insult bo'lmaslik kerak. Chunki kim bor? Addayyan bo'lgan Robbimiz Subhanah va Taolo bor. Qanday kim bor? Qiyomat kuni bor. Oxiratga bo'lgan iymoni mo'minni qalbiga mana shu taskenni beradi. Addayyan ismidan olinadigan yana bitta ma'no, Alloh Taolo xaloyiqni hammasini o'ziga tamomiy bo'yin sindiradi. Qullillahi il hujjatul balig'o. Ayting, yetuk hujjat faqat Allohning hujjatidir.
Qiyomat kunidan ustimizga qo'yiladigan, bizni zararimizga qo'hiladigan hujjat birodarlar komil. Hech kim uni inkor qilolmaydi. Va kafay binafsaka liya ma'lika hasiba, o'zingga o'zing kifoya qilasan hisob kitob uchun deyapti. Sizni o'zingizni shu qilgan gunohlaringizni, shu gunohlarni qilgan a'zolaringiz o'zi aytib turadi. Al liya ma naqtimo al afvahihim. U kunda og'izlarga muhr uramiz deyapti Alloh Taolo. Oyoq qo'llarini gapirtirib qo'yamiz, qilgan ishlari ustida deydi. Hujjat xoin bo'ladi, hech kim yuz o'gira olmaydi, hech kim u narsani inkor qila olmaydi. Alloh Taolo puxta, nozik, daqiq hisob kitob qiladi, bironta odam inkor qila olmaydimi uni hujjatini dalilini.
Bir arobiy kelib, yo Rasululloh, menga nasihat qiling, faqat qisqaroq qiling dedi. Shu soddalik bilan kelib, qisqa nasihat qilib qo'ying, ozgina bo'lsin dedi. Endi chakana narsani aytish kerakmi o'zi aslida? Rasululloh ikkita oyatni o'qib berdilar. Astaydu billah.
Fa man ya'mal mifqolar zarroting xayron yaroh, va man ya'mal mufqolar zarroting sharron yaroh. Ba'zi kim zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, o'shani ko'rur qiyomat kunidan. Va kim zarra misxolichalik yomonlik qilsa, uni ham ko'rur. Yana qanaqa nasihat kerak? Chunki addayyan bo'lgan, jazolovchi, mukofotlovchi bo'lgan robbimiz zarra vaznichalik yaxshilik bo'lsa ham ko'rsatib, unga mukofot beradi. Zarra vaznichali yomonlik bo'lsa, uni ko'rsatib turib, albatta unga jazo beradi. Haligi arobey kifoya qiladi dedi. Bo'ldi dedi. Tushundim dedi. Rasul aytdilar, faquh har ro'jim dedi. Faqih deyilsa, tushundi, angladi, ammo faquha bo'lsa, fiqh ilmiga ega bo'ldi. Bu o'rinda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam faquha dedilar. Ya'ni, fiqh egasi bo'ldi.
Addayyan kalimasidan olinadigan yana bir ma'no, Allohning jazosidan hech kim qutila olmaydi. Hech kim qutula olmaydi. U kunda birodarlar oyoq qo'llar ishlamaydi. Alloh Taolo qiyomatga, maqsadgohga hammamizni tikka qilib qo'yadi. Uni iznisiz hech kim bir og'iz so'z ayta olmaydi. Uni iznisiz, hech kim harakat qila olmaydi, qimirlay olmaydi. Hech kim Allohni mukofotidan ham, jazosidan ham qutula olmaydi. Bu dunyoda qutilib ketishni yo'llari ko'p. To'g'rimi? Muhimi kerak odamlar bilan tanishligingiz bo'lsa bo'ldi. Falonchi urug'dan bo'lsangiz bo'ldi, falonchini jiyani bo'lsangiz, bo'ldi, qutilib ketasiz.
Dunyodagi odamlar beradigan jazodan qutulib ketishi mumkin. Lekin qiyomatda birodarlar hech kim hech kimga kuyinmaydi, hech kim hech nimga foyda zarar keltira olmaydi. Alloh taolo aytadi, istadi billa, innaka idimatin, albatta mening makrim qattiqdir. Birodarlar, yer yuzidagi eng mustahkam materiallardan bu po'lat. O, yuzlagan metr baland turadigan imoratlar po'latga suyanadi. O'o' katta katta ko'priklar mana shu po'latdan qilinadi, po'latdan bo'lgan troslarga osib qo'yiladi. Mustahkamligi uchun, pishiqligi uchun.
Alloh taolo aytyapti, albatta meni makrim, hisob kitobim, jazo mukofot berishim qattiq deb aytadi. Hech kim qutila olmaydi undan. Demak, osiybanda hech qachon allohning jazosidan, iqobidan qochib, qutilib keta olmaydi. Vala yaxshabanna la dinya kafaru saboqu. Kofir bo'lgan kimsalar ustun keldik deb hisoblamasinlar. Kofir inson muvmiga zulm qilyapti. Musulmonlar xor bo'lyapti hozir yer yurtida. Kofirlar zulm qilyaptilar. Hech kim jazosini bermayapti. Zo'r yashab o'tib ketyapti dunyoda. Lekin o'tib ketyapdi baribir. Dunyoda jazosini olmasdan o'tib ketyapsi ko'pchiligi. Robbimiz aytyapti, kofir bo'lgan kimsalar ustun keldik, ya'ni g'olib bo'ldik. Hech kim bizni jazoyimizni berdimi deb o'ylamasin. Chunki qayerga bordi ular?
Alloh taoloni huzuriga. Qiyomat kunida hamma Alloh taoloning qabzasida bo'ladi. Alhamdulillah, ilohi robbilen a'lamin, ar rohman i rohiym, maliki ya umiddin. Jazo kunining podshohi, addayyan bo'lgan, mehribon va rahmli bo'lgan Alloh Subhanahu va Taologa hamdu sanolar bo'lsin. Birodarlar, unutmaylik, Alloh Taolo biladi. Alloh Taolo hisob kitob qiladi, Alloh Taolo jazolaydi. Chunki u addayyan bo'lgan zot. Assalomu alaykum yurtdoshlar. O'z Migrant Service sizga o'zining xizmatlarini taqdim etadi. Agar siz Rossiya davlatiga kirishda qandaydir deportatsiya yoki zapret olgan bo'lsangiz, kimga tekshirtirishni bilmay ikkilanib yuribmisiz? Albatta, bizda hamma ma'lumotlar garantiyasosida tekshirib beriladi. Agar sizda deportatsiya yoki sapret bo'ladigan bo'lsa, qachon, kim tomonidan qo'yilgan, nima sababdan qo'yilgarligi, qaysi statya bo'yicha qo'yilgaligi, necha yil bo'lganligi, hamma ma'lummotlarni to'liq holatda taqdim etiladi va barcha ma'lumotlar o'zingizga telegram yoki whatsapp orqali o'zingizga jo'natib beramiz. O'sha bilan birgalikda deportatsiya yoki zapretni ochish imkoniyati bor yoki yo'qligini ham ko'rib chiqamiz. Ha aytgancha, Rossiyadan O'zbekistonga yokida Tojikistonga, Qirg'izistonga aviabiletlar kerak bo'ladigan bo'lsa, eng arzon narxlarda biletlar ham sotib olishingiz mumkin.