Maviza
—Qoralama25 daq

Siyrat (Ilmnuri, N-dars)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
25:06
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vala qubatul muttaqin. Assalomu alayhi vas salamu ala saidina muhammadin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma'dod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Va alaykum assalom. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vas selam, dan' ul mushtariy g'azoddan qaytayotganida, Oyisha roziyalloh anho karvondan orqada qolib ketdi. Va musulmonlarni karvonini orqasidan kuzatib keladigan Safo muattar roziyallohu anhur Oyshanamizni topib, tuyani ustiga o'tkazib, Madinaga olib keldik.

Madinaga kiraverishlikda o'tirar ekan Abdulloh ibn Ubay, nulo opalarning kattasi. Shunda u juda bir og'ir habis so'zni aytdi. Zavjatu sohibi kun ma asofdan bu sohibiylarni, ya'ni Payg'ambaringlarni ayoli Safvon Oysha bilanmi dedi? Va allohi ma najaminha va ma najaminhu. Allohga qasam dedi. U undan, u undan omon qolmadi dedi. Bu bo'hton edi bu. Bu Oysha roziyallohu anhoning sharafiga ta'n yetkazishligi dedi. Bu Alloh Taolo aytgandek, kalimatul ifk edi.

Uning bu so'zi Madinada tarqalishni boshladi. U Udaynni salom zino bo'ldi deb aytmadi. Lekin gap ko'payib ko'payib borib, odamlar eshitganiga qo'shib, eshitganiga qochib, hech kim tekshirmasdan oxiri zino qilishdi degan gap Madinada tarqatib ketdi. Oysha roziyallohu anhun bu narsalardan bexabar edi. Madinaga kirib kelishi bilan betob bo'lib qoldi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam uyda davolanib o'tirar ekan, yonida onasi turar edi. Uni kasali yigirma kundan ortiq davom etdi. Odamlarni so'zidan qaytarib aytamiz. Odamlarda madinada gapirayotgan gapidan Oysha onamiz roziyallohu anhoni xabari yo'q edi. Oysha onamimiz aytadilar, agar men og'rib qolsam, odatda Payg'ambarim kelib meni erkalatar edi, yumshoq gapirar edi, muloh tafaqa qilar edi. Ya'ni o'n besh o'n olti yoshlar edi yoshim. Erkalatib ko'nglimni ko'tarardi. Lekin bu safar uyga kirsa, avvalgidek erkalatmasdan yonimda turgan odamga qarab kayfating kun deb qo'yardi. Ya'ni ahvoli qanday deb qo'yardik. O'sha onamiz Rasulullohni muomalasini o'zgarganligini ko'rib turib, Payg'ambarimizdan ruxsat so'radi. Abu Bakr, ya'ni otasini uyiga borib davolanishlikka ruxsat sooradi. Payg'ambarimiz ruxsat berdi.

Oysha onamiz bexabar bo'lib gapladik. Gap tarqalib ketdi. Odamlar ubaybni salunni so'zlarini eshitib, unga qo'shib, bir biriga tarqatib yurishdi. Va mana shu paytda vahiy ham to'xtab qoldi. Vahiy to'xtab qolishligi musulmonlarga dars edi, ibrat edi. Odatda biror bir mushkula sodir bo'lsa, vahiy hozir bo'lardi, bu mushkula hal bo'lardi. Lekin bu safar musulmonlar tekshirmasdan turib, Rasulullohning oilasi haqida noma'qul gaplarni ko'tarib yurganligi uchun vahiy to'xtab qoldi. Ibrat bo'ldi, dars bo'ldi.

Gap ko'payib ketganidan keyin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyatda bir noqulay holatga tushdi. Odamlarning gapini qaytaring desa, vahiy to'xtab qoldi. Biror bir dalili yo'q. Nima qilishini Payg'ambarimiz bilmay hayron bo'ldi. Kunlarda birida payg'ambarimni sallallohu alayh va sallam odamlarni jamlab minbarga ko'tarildi da, uxtubasini asnosida shunday dedi. Ma ma'lu rijalin yuzunan fe ahli. Va allohi ma ro itu minhum illa xoyro. Voyoqunun nazarika fe rojulin min asxabi. Va vallohi ma alintu minhum illa hoh. Va ma yarquvu bayt min buyuti illa huva ma'i.

Payg'ambarimiz hech qachon, ey falonchi, sen nima nima qilding? Deb turib ismini aytib, hech kimga malomat qilmagan. Payg'ambarimizni odobi, birodar o'rganaylik. Payg'ambarmiz aytadilar, bu qavmga nima bo'ldi? Deb turib, umumiy xitob qilardi, kerak odam tushunib olardi. Payg'ambargimiz aytdilar, odamlarga nima bo'lganki, meni oilam haqida gapirishib, menga ozor berishadi. Allohga qasam, ulardan faqat yaxshilikni ko'rganman. Yana bu so'zni mening sahobalarimdan biri haqida gapirishadi. Allohga qasam. Ulardan faqat yaxshilikni ko'raganman. Va u sahobam safonimdan o'tadi. Ya'ni mening uyimlarimdan bir uyga meni borimda kirar edi. Ya'ni yolg'iz hech qachon kirgan emas. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni bu so'zlarini eshitib, Usaid umid xo'jayev roziyallohu anh o'rnidan turdi. Usaid umid xo'shayev avs qabilasidan. Endi bu gapni tarqatgan Abdullohiddin Ubay hazrajda. Endi avsning saidi o'rnidan kirib aytyapti. Sa'dullohni muozi o'tgandan keyin, Usaid umid xozayev avs qabilasi sayidiga aylangan edi. Usaid roziyallohun o'tirdi da, yo Rasululloh dedi.

Agar bu gapni gapirgan odam, avs qabilasidan bo'lsa, endi bizni qabilamizdan. Biz ishini tinchitib qo'yamiz dedi. Ammo bu so'zni gapirgan hazrajli birodarlarimizdan bo'lsa, buyrug'ingizni buyuring dedi. Ollohga qasam ular, hazrajlilar, bo'yinlar yiqilib chopiladigan xalq dedi.

Ya'ni sizni sha'ni, sizni sharafingiz haqida gapiryaptimi? Bularni qilishdan o'tkazishlik kerak dedi. Buni eshitib turib, hazrajning sayyidi, sa'adining ibodatudida allohga qasam dedi. Noto'g'ri gapirding dedi. Bo'yinlar yiqilish urilmaydi dedi. Sen bu so'zingni, bu gapni gapirgan odam hazrajlik ekanligini bilib turib gapiryapsan dedi. Agar afsusdan bo'lganda gapirmasding dedi. Ustayidin huzayev javob berib aytdi, sen dedi, munofiqlarni himoya qilayotgan sen ham munofiqsan dedi. Endi payg'ambarimiz bu mushkulani hal qilishlikka, sahobalarga maslahat qilsa, endi kibor sahobalarni o'rtasiga fitna tushyapti. Qarang, bir so'zni tekshirmasdan eshitib, ko'tarib yurishlik qanday bir xatarli holatlarga olib keldi. Payg'ambarimiz foyda yo'qligini bildirdi da, bu xatar fitna katta bo'lib ketmasdan tarqalishligi bu yerda, mana. Payg'ambarimiz so'rasalarmi, nima qilishlik yana hayron bo'ldi. Kattasiga aylanib ketdi.

So'ngra. Payg'ambarimiz o'ziga eng yaqin bo'lgan odamlarga maslahat soldi. Bu Usomot ibn Zayd va Ali ibn Abitor. Usomot ibn Zayt mana Zayd ibn Xorisoning o'g'li Payg'ambarimizga bir nabira qatori deydi. Hali tabanniy oyatlari nozil bo'lmay turib, Zayd ibn Xorisa Payg'ambarimning o'g'li deyilardi. Bu ikki sahobasiga Payg'ambar biz maslahat solganida, qaranglar. Nimadan ketyapti bu mushkulat? Rasulullohni holati tang bo'lyapti. Rasululloh bir xijolat bo'lyapti u. Nimadan? Musulmonlar tekshirilmagan gapni olib, eshitib, bir biriga qo'shib ko'payib turib yuribdi.

Usomatulnazayev o'zini fikrini ochiq aytadi. Rasululloh, siz ahlingizni boshqalardan ko'ra yaxshiroq bilasiz. Ulardan faqat yaxshilikni bilamiz. Odamlarni gapiga quloq solmang deydi. Parvo qilmang deydi. Ali roziyallohu anhu esa, e, rasululloh dedi. Ayollar ko'p dedi. Agar bu ayolni mushkulasi bor bo'lsa, siz bu ayol bilan turishlikka mulzamassiz dedi. Lekin, insof yuzasidan, adolat yuzasidan, xizmatkoridan so'rang dedi, biror ish bo'ldimi keyin. Chunki odatda xizmatkor o'zining sayyidasini yonida doim birla turadi. Har qanday mayda shuda ishlaridan xabari bo'ladi. Oyshonimizning xizmatkori barirovni olib kelishdi.

Payg'inlarimiz barirovdan oyshonamiz haqida so'radi. Barirov allohi biror bir yomonlikni bilmayman dedi, biror bir kamchilikni bilmayman dedi. Ali roziyalloh ham turib turtishni boshladi. To'g'risini aytdi rasulullohga dedi. Turtib berganida barirov aytdiki, faqat bitta xatosini bilaman dedi. Kunlarni birida xamir qordi, xamir qorib tashqariga chiqishlikka bir to'g'ri kelib qoldi. Xamirga qarab turingda, chiqib ketdim deydi. Beparvo bo'lib, xamirni qo'yib yeb ketib qolibdi deydi. Shundan boshqa xatosini bilmayman. Vallohu aleykum.

Oysha onamiz roziyallohu anhoning kasali biroz yengilladi. Bu gaplardan xabari yo'q. Yigirma kundan ortiqroq vaqt o'tdi. Bir oz yengillagan bo'ldi da, bir to'p ayollar bilan sahroga chiqadigan bo'lib qoldi. Sahroga chiqib ketar ekan, ayollardan biri ummu mustix ismli ayol, etagini bosib oldi da, yiqilib tushdi. Yiqilib tushi turib, bu ummu mustix edi, mustixning onasi. Hamma mustixni bo'yla uzilsin dedi. O'zini o'g'lini aytib, bo'yla uzulsin dedi. O'sha onamiz roziyallohu anhoh bu ayolni gapidan norozi bo'lib, rasulullohni sahobasi bo'lgan o'g'lingizni so'kasizmi dedi. Ya'ni ahli badriddin bo'lsa dedi.

Mustix ibn amin mustix oysh onamizni zino qildi degan gapni gapirgan odamlardan bittasi edi. Shayton vasvasa qilgan edi. Ahli badriddin, Alloh Taolo gunohlari kechirgan kishilardan edi. Lekin Shayton mana shunday vasvasa qilgandi. Ummu Mustix Oyshonamizni so'zini eshitib, Oyshonamiz haqida noto'g'ri gapni gapirgan, Mustixni himoya qilayotganligini ko'rib, iye, Mustix siz haqingizda nima deganda eshitmadingizmi dedi. Aytyapmiz, Oyshonamimiz tamomiy bexabar edi bu gapdan.

Yo'q dedi Oyshonamiz. Shunda umumustix oyish onamiz madinaga kelgan kundan boshlab, mana shu yigirma kundan ortiqroq muddatda madinada nima gaplar bo'lgani, qanday gaplar yoyilganligi, sahobalarni o'rtasida qanday mushkulalar bo'lganligini hammasini aytib berdi. Oish onamiz bu so'zni eshitgandan keyin uyga bordi. Aytadi, uyga qaytib borib, jigarim burunib ketgudek qattiq yig'latilmaydi. Chunki Abu Bakr ham, onasi ham Oish onamizga bu xabarni aytmagan.

Oyshonamiz xabar topganini bilib, Payg'ambarimiz, Oyishonamizni oldiga keldi. Birodarlar nihoyatda bir qiyin holat bo'ldi. Hech qachon payg'ambarlarning sha'nida, nomusi, sharafiga ta'ni yetkazilmaydi. Nuh alayhissalomning ayoli kofir bo'lgan. Lut alayhissalomining ayoli kofirbo'lgan, lekin shular ham or nomus, sharafga ta'ni tegizmagan. E'tiqodda xiyonat qilishgan ular. Lekin bu sharaf borasida xiyonat qilgan emas. Payg'ambarlarning sha'ni haqida bunday gap gapirib bo'lmaydi.

Payg'ambaramiz oysha onamiz xabar topganini bilgandan keyin, oysha onamimiz oldiga keldi da, oysha onamsga taqvoni, tavbani, istiqfodni eslatib nasihat qildi. Shunda Oysha onamiz: «Rasululloh mendan shubha qilyaptimi?» dedi. Payg'ambarni o'zi aytdi: «Ey Oysha, agar odamlar aytayotgan ishga borgan bo'lsangiz, Allohga istig'for ayting.» Tavba qiling. Albatta Alloh tavbalarni qabul qiluvchi, gunohlarni kechiruvchi bo'lgan zotni.

Oysha onamiz aytadi, rasululloh shu so'zni aytgandan keyin deydi, jaffa da mag'fiy ang'iy deydi. Ko'zimdagi qon qatib qoldi, deydi. Rasululloh ishonmayaptimi, deydi. Bu holat Abu Bakr uchun ham juda og'ir edi. Chunki sharafga ta'ni yetishdik, bu og'ir narsa edi. Oisha onamiz nima qilishni bilmay, nima deyishini bilmasdan, Abu Bakrga va onasiga qarab turib, Rasulullohga bir narsa demaysizlarmi, javob bermaysizlarmi, dedi. Desa Abu Bakr, vallohi nima deyishni bilmaymiz, dedi.

Oy shu onamizdan hech kim hech narsani so'ramadi. Hech qanday maslahat bo'lmadi, hech qanday savol javob bo'lmadi, lekin hech kim ishonmayapti. Shunda Payg'ambarimiz tavba qiling deganida, oy shu onamiz aytdilar, va alloh ila atuv, dedi. Allohga qasam, tavba qilmayman, dedi. Va alloh ila attuv. Va alloh ili atuv ila alloh ili min mazzakat abadani. Va allohi innilar a'lam la in aqir tu bima yaqulun nas, va allohu ya'lam an li minhum bariyat. La aqulana ma'lam yaqum, va la in an kart la tursoddiq la in. Allohga qasam tavba qilmayman dedi. Siz aytgan narsaga hech qachon tavba qilmay man dedi. Agar Allohga qasam, odamlar aytayotgan narsani tasdiqlasam, meni bu narsadan pokligimni Alloh biladi. Agar tasdiqlasam, yolg'on gapirgan bo'laman. Yo'q, bu ish bo'lmadi desam, hech qaysilar ishonmaysizlar menga dedi. Hayajonda qattiqligidan, g'azabni qattiqligidan Yusuf alayhissalomning otasi Yoqubni ismini esdan chiqarib qo'yib, endi meni qiladigan ishim dedi. Endi meni qila olgan ishim deb turib, hech eslolmadi Yoqub alayhissalomatini. Yusufni otasi aytgan so'zni aytaman tasodrun jamin, vallohul musta'ana alama tasifun, endi meni ishim chiroyli sabr qilishdi.

Sizlar aytayotgan bu narsa, bu musibat ustida madad so'raladigan zot yolg'iz Alloh deb. O'ylang, shuncha ilm ma'rifat egasi bo'lgan oshi onamiz rozi allohu anhu, xo'p, hayajonda qattiqligidan, g'azabda qattiqligidan Yoqub alayhissalomni ati esiga kelmadi. Endi meni aytadigan gapim, meni aytadigi gapim dedi da, Yusufni otasi aytgandek, meni ishim endi chiroyli, sabr qilishlik dedi.

Shu ish bo'ldi desam, bu yolg'on. Bu ish bo'lmadi desam, menga ishonmayapsizlar. Allohdan boshqa endi dardimni aytmayman deydi. O'sha onamiz aytadi, men haqimda oyat nozim bo'ladi deb o'ylamagandim deydi. Shu Rasulullohga bir ilhom suratidami, bir tush suratidami Alloh bildirib, meni pokizaligimni bildirarmikin degan umidim bor edi deydi. Shu payt Payg'ambarimizga vahiy keldi deydi.

Payg'ambarimizga vahiy kelganda, sahobalar bilishadi. Payg'ambarimizdan ter oqishni boshladi. Hech qaysi sahoba Payg'ambar bizga tikka qaromasin. Abu Bakr roziyalloh anavi kun keldi da, Rasulullohni shuni ustini o'rab qo'ydi. Mana hozir Allohtan tomonidan bu mushkulani javobi keldi. Hozir Alloh Taolo Payg'ambarimizga vahiy tushirib, Oy ishi Onamizni pokizaligi haqida yoki boshqa bo'lganligi haqida xabar beradi. Abu Bakr uchun juda bir qiyin holat bu. Mana shu lahzalar Abu Bakrga eng og'ir lahza bo'ldi.

Lekin Oysha Onamizdan men xotirjam edim dedi. Ozgina vaqt o'tdi. So'ngra Payg'ambarimiz yuzini ochdilar da. Xursand edim. Oysha Onamizga qarab turib, Abu Shiriya, Aisha. Vahot nazal al vahyu, bi baro at eking. E Oyishi xursand bo'ling, sizning pokiza ekanligingiz haqida oyatlar nozil bo'ldi.

Ota onasi xursand bo'lib, ey Oyishi turing, turing, Rasulullohga bir minnatdoshlik bildiring. Rasulullohga rahmat deng, sizni pokligingiz haqidagi oyatlarni o'qib ber dedi. Shunda oyishi onamiz qattiq rasulullohdan xafa bo'lganligidan allohga qasam berdi. Rasulullohgaga shukur keltirmayman dedi. Rahmat demayman dedi. Balki meni pokligimni bildirgan allohga hamdlar aytaman dedi.

Haqiqatdan oishonamiz roziyallohu anhuga hech kim ishonmagan edi. Lekin pokiza edi alloh taolo pokizaligi haqida oyatlar nozil qilgan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oyatlar nozil bo'lganidan keyin odamlarni jamlanishiga kelib yurgan. Hamda minbarga ko'tarilib, quyidagi oyatlarni tilovat qilib berdi. Aslida aytadilar, innalladina javobin ifki usbatu ming kun la tahsabuhu sharronla kun, balhuvoh hayronla kun. Likul li mri in minhum maktasa va minal ism. Va la din taballa kibara hu minhum la huva an'anavin.

Mana endi bir oylik musulmonat o'rtasida tarqagan gapni alloh taolo o'zi tahlil qilib beryapti. Shak shubhasiz. Bu bo'xtonni vujudga keltirgan kimsalar o'zlaringizdan bo'lgan bir to'dadir. Uni sizlar o'zlaringingiz uchun yomonlik deb o'ylamanglar. Balki u sizlar uchun yaxshilikdir. Ulardan, ya'ni bo'xtonchilardan har bir kishi uchun o'zi kasb qilgan gunohiga yarasha jazo bordir.

Ey mo'minlar, sizlar bu bo'xtonni eshitgan paytingizda mo'min mo'minalar bir birlari haqida yaxshilikni o'ylab, ha bu ochiq bo'xton ku desalar bo'lmasmidi? Nimaga ko'tarib tarqatinglar bu gapni? Ular, ya'ni oish onamizni mana shunday bir gunohda ayblamoqchi bo'lganlar o'z da'volariga to'p guvoh keltirsalar bo'lmasmidir? Endi agar guvoh keltira olmasalar, u holda Alloh nazdida ular yolg'onchidirlar.

Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazli marhamati bo'lmasa edi, albatta sizlar tinmay so'zlagan narsa, bo'xtonlaringiz sababli sizlarni qattiq azob ushlagan bo'lardinglar. Allohni rahmati bo'ldiki, Oysha onamiz haqida shunday gapirishuvdi ham azob kelmadi. Agar Allohni rahmadi bo'lmaganida, sizlarni ustinglarga balo kelgan bo'lardi.

O'shanda sizlar uni tildan tilga olib, og'izlaringiz bilan, o'zlaringiz aniq bilmagan narsalarni so'ylar va buni yengil ishda bo'lar edingiz. Holbuki u Alloh nazdida ulug' gunohdir. Demak, teshirmasdan eshikning gapini ko'tarib yuraverishlik og'ir gunoh, birodar. Uni eshitgan paytingizda, bu mish mishni so'zlash biz uchun joiz emasdir. Ey pokifarvordigor, bu ulug' bo'xton ku desangiz bo'lmasmidi?

Agar mo'min bo'lsangizlar, hargiz unga o'xshagan narsalarga qaytmaslaringizni Alloh sizlarga ham pand nasihat qilur va Alloh sizlarga o'z oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir. Mana shu oyatlar asnosidagi oid inna alladina yu haybuna an tashi al fahih shatafilladina amanu lahum adabun alimun fid dunyo val ahiru va allohu ya'lamu va antumla ta'lamu. Albatta iymon keltirgan kishilar o'rtasida, buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Yana qaytarib o'qib beraman. Albatta, iymon keltirgan kishilar orasida buzuqliklarni yoyilishini istaydigan kimsalar uchun ham dunyoda ham, oxiratda ham azoblar. Siz bilan bizni o'rtamizda buzuqliklerni yoyilishni xohlayotgan odamlar kimlar hozir?

Lekin ayni faxshni tarqatayotgan odamlar yaxshilab bilib qo'ysin. Musulmonlarning orasida buzuqlikni yoyilishiga sabab bo'ladigan odamlarga dunyoda ham va oxiratda ham azob bor. Bu oyatlar nozil bo'lganidan keyin Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zino qildi degan uchta odamni Payg'ambarimiz darallashga buyuradi. Bular, bular kimlardan? Bu uchalasi ham muomalada. Uchalasi ham musulmonlarda. Gapni boshlaganlar, fitnani yurgizganlar muno bo'lar edi. Lekin muno bo'lar shunday bir yo'l tutgan ediki, ularni jazolashlikka tortadigan sabab yo'q edi. Ular boshlab qo'ydi, musulmonlar o'zlari yetkazib qo'ydi. Hayotda ham shunaqa. Fitnani yurgiza oladiganlar, fitnani qo'zadiganlar boshlab qoyib bir chekkaga chiqib turadi. Bu yoqda o'sha musulmonlar musibat chekib yuradi. Muno bo'lak gap tarqatishdi. Ulardan bittasi jazolanmadi. Jazolanganlar kim edi? Badrda qatnashgan mustixnabin mustir daralandi. Hamna binti jaxsh daralandi. Bu payg'ambarimizning ayoli zaynab binti jaxishning singlisi edi.

Hamda payg'ambarimning shoiri hassoninni sobit roziyallohu anhiz. Uchalasi ham musulmon, uchalasi ham munofiq emas. Lekin tillarini ushlasha olmadi. O'zlarini ushlasha olmadida, daralanishdi. Abdulloh abdulloh shu fitnani boshlagan abdullohni ubeyga hech qanday osiladigan, biror bir tortadigan narsasi yo'q. Lekin hamma bilar edi abdullohni bu bey boshlaganligini. Alloh Taolo u haqida alohida oyat mavjud qildi. Valladiy tavallud kibru hu minhum la huva adabun adin. Ularning orasidagi gunohning kattasini ko'targan kimsa uchun ulug' azobdor. U uchun alohida azob bor. Demak, dunyoda shu fitnani qilgan munofiq jazosini olmadimi? Demak, oxiratda bor bunga.

Alloh Subhanahu va Taolo mana shu hadisul ifki voqeasida sahobalardan Abu Ayyub Ansuriy roziyallohu anhuning mavqevini, qilgan ishini maqtadi. Alloh aytadi. Lavla ir sami'ut umumi, zon na'l mo'minuni val mo'minak, bi afsus sigin xoyron, vaqol u ha'a bi hkum mubin. Ey mo'minlar, sizlar bu bo'xtonni eshitgan paytingizda, mo'min va mo'minalar bir birlari haqida yaxshilikni o'ylab, a bu ochiq bo'xton ku, uddasizlar, bo'lmasmidi? Qaranglar, o, qara, shunaqa ekanmi? Bilmay yurgan ekanmiz. Qarayveringiz, shuncha yurgan ekan, sezmagan ekanmi shunaqaligini? E, biroq qilib, tuhmat u ehtimol. Alloh aytyapti, mo'min, mo'minolar bir biri haqida yaxshi gumon qilsin. Bunaqa gapni eshitganda bu bo'xtanu, devoraversin.

Abu Ayyub, Ansoriyning ayoli, Umma Ayyub, uyiga keldi da. Ey Abu Ayyub! Odamlar Oysha haqida gapirayotgan gapdan xabaringiz bormi? Odamlar Oysha va Sapon haqida aytayotgan gapidan xabaringiz borman degandi. Xabarim bor da. Ayoli, nima deysizlar? Yo'q da. Aboyib aytdiki, ey uni men yo'q dedim. O'sha ishni men qilarmidim dedim.

Yo'q dedim. Shu ishni siz qilarmidingiz dedim. Yo'q dedi. Savvon dedim. Aboyib, mendan yaxshiroq dedi. Oisha sizdan yaxshiroq. Bu gapni gapirmang. Ya'ni ana shu gapni gapirishlikdan o'zini tilini tiydi, ayolini tiydi va mana shu jazodan omon qolishi mumkin. Darsimizni nihoyasida Abu Bakr Sidiq roziyallohuni qilib aytamiz. Oishonamizga tuhmat so'zini aytganlardan mustih ibn abimustih abu bakrning qarindoshlaridan edi. Abu Bakr davlatmand odam edi.

Mustih faqir edi. Abu bakr mustixga xayr ehson qilib turar edi. Endi osh onamiz haqida gapirgan bu gapidan keyin, meni shuncha yil qilgan ehsoni, yaxshiligimni jazosi shumi dedi-da, qaytib senga yaxshilik qilmayman deb qasam ichdi. Shunda Alloh Taolo oyatlar nozil qildi. Sizlardan fazl va keng mol davlat egalari qarindoshlarga miskinlarga va muhojirlarga alloh yo'lida inqiroz ehson qilmaslikka qasam ichmasin. Balki ularni avf qilib kechirsinlar. Alloh sizlarni mag'firat qilishini istamaysizlarmi? Alloh mag'firatli, mehribondir. Bu oyatlar nozil bo'lganda Abu Bakr darrov tushundi. Darrov tushundim. Xohlayman, Parvardigor dedi. Qasamini bajarmadi. Qasamini buzdi. Qasamini kafolatini to'ladi. Mustihimni abin mustihga, yana ehsonini, xayrini davom ettirdi. Qarang qanaqa odamlar bo'lgan.

Oyoq shuni bos, darrov to'xtayapti, darrov tuzalyapti. Bu Rasululloh tarbiya qilgan avlodini biladi. Bu fitna musulmonlarning ustida bir oy davom etdi. Vahiy to'xtadi. Da'vat ishlari to'xtadi, boshqa hamma ishlar to'xtadi. Nima sabab? Fitna sabab. Shu tekshirilmagan gaplar tarqaldi. Musulmon borasida fitna yoyildi. Musulmonlarda tinchligiga, birligiga putur yetdi.

Tekshirilmagan gaplarni ko'tarib yurish, pokiza ayollar sha'niga tuhmat qilish ulug' gunoh. Bu ishlar hijratning oltinchi yilda bo'lib o'tgan ishlarda. Aqlu qovli ha'da, va astag'firulloh alayhi va alam. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashSiyrat (Ilmnuri, N-dars)