# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 197 of 510
- Section: —
- Duration: 26 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/197
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/yGlMjD_AWcU.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=yGlMjD_AWcU
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/196.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/198.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohiym. Alhamdulillahir robbila alamin. Vala aqibatu li il muttaqiyin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va'adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmana rohiym. Kechagi darsimizda birodarlar, Xalifa Umar ibn Abdulazizning o'g'li, Abdulmalik haqida dars boshlagan edik. Bugun inshaalloh davom etkazamiz.

[0:31] Xalifa o'zini amakivachchasi Sulaymon ibn Abdulmalikni ko'mib, xalifalikni odamlarga qaytarib, odamlar xalifalik yana o'zlariga o'ziga bergandan keyin ularni bay'atini qabul qilib, uyiga kelib dam olmoqchi bo'ldi. Bugun xalifa bo'ldi. Hozir qabristondan keldi. Shunda o'g'li Abdulmalik kirib, ey Amir al-Mo'minin, nima qilmoqchisiz? Dedi. O'g'lim, amakini o'g'lini dafnini bilan ovora bo'lib, uxlamay charchab qoldim, ozgina dam olay dedi. Ey Amir al-Mo'minin, odamlarni mazlamalarini egalariga qaytarmay turib, ya'ni mazlumlarni haqlarini egalariga olib bermay turib, yotib dam olaman deyapsizmi? O'g'lim, peshin bo'lsin. Peshinda o'qib, endi o'tirib mazlamalarni qaytaraman dedi. Ammo o'g'li aytdi, ey Amir al-Mo'minin, peshingacha sizni yashaydi deb, kim kafillik berdi dedi. O'g'lini mana shu aytgan so'zi uni jasadidagi charchog'ini, mashaqqatni ketkazdi va o'g'lining quchoqlab bag'riga bosib peshonasida o'tdi. Aytdiki, Allohni yo'lida menga yordam beradigan insonni o'zimni zo'riyotimdan chiqargan Allohga hamdu sano bo'lsin dedi.

[1:44] Abdulmalikovning Umar Umidul Abdulaziz haqida so'z. Mana endi bu Abdulmalik kim edi? U yigit haqida aytishar edi. Otasini ibodat va zohidlik yo'liga turtgan inson mana shu o'g'li bo'ladi. Bu solih yigitning hissasini mana avvaldan ko'rib chiqamiz. Xalifa Umar Umidul Azizni o'n beshta bolasi bor edi.

[2:09] Uchta qizi, o'n ikkita o'g'l edi. Ana shu musulmon kishi, arab ukalaridan, g'arb mamlakatiga safar qilib borgan. Shu yerdagi qarindoshini yuzini ziyorat qilgan. Shu qarindoshini uyini ro'parasida yana bir ana shu mahalliy g'arblik kishini uyi bor. Derazasini ochib qo'ygan, yosh bolani kiyimlarini ilib qo'yib qo'yadigan qurutkani. Bir necha kun o'sha yerda mehmon bo'ladi, ko'chaga chiqib shu qo'shni bilan gaplashib qoladi. U yoqdan gapiriladi, bu yoqdan gapirishadi. Xullas boyagi musulmon odam so'raydi haligi odamdan, nechta bolangiz bor? Uyingizda yosh bolalarni kiyimlari ilib qo'yilganligini ko'rdim, desa haligi kishi, meni bolam yo'q deydi. Ha unaqa demang. Yosh bolalarniki kiyimda turibdi yu desa, ha bu meni kuchugimni kiyimlari deydi.

[2:57] Ya'ni u yurtlarda farzand ko'rishlik, farzand topishlik, tembole ko'paytirishlik umuman ularni aqllariga sig'maydi. Qarang, u yurtlardagi farzand otasi uchun yuk bo'lib qolgan. Mashaqqat bo'lib qolganda. A bizdachi, ne'mat deb qaralmaydimi? Nima deb yashaydi musulmon odam? Orqamdan zo'ri yotim qolsin, duo qiladigan, chirog'im yoqib, orqamdan Qur'on o'qib duo qiladigan bolam qolsin demaydimi? Qaranglarda o'lchovda qanchalik adashib ketgan. Shular bizga o'rgatyapti qanaqa yashash kerakligini. It boqadi. It.

[3:33] Bollaringlar ko'p bo'lsa qiynalib qolasizlar. Biz bollarimizni rizqini birodarlar, biz topmaymiz. Bollarimizni qonini biz bog'laymiz. Yaxshilar bilib qo'yinglar. Musulmon odam nima deydi? Bolamni rizqi Allohdan deydi. Shuning uchun Alloh Taolo hajda, mana Arafotdan keyin musulmonlarga otalarini eslagandek, balki undan ham ko'proq Allohni eslashlikni buyuradi. Ya'ni kishi, musulmon kishi otasini eslaydi. Bobosini eslaydi. Demak otasi bobosi tirik hali, chunki eslashyapti da. Alloh aytadi, fayza qodaytun mana si kakum fazkurulloha yakka zikrikum abakum av ashadda zikro. Endi marosimlaringizni ado qilib bo'lgach, Allohni ajdodlaringizni eslagandek, balki undan da qattiqroq eslang. Arablar qadimda bir birini haqorat qilmoqchi bo'lsa, hey otasi yo'q deb qo'yardi.

[4:28] Mana kecha edasida eshitdik. Hozir tug'ilayotgan g'arbdagi yuzta bolani oltmish tasini otasi yo'q. Valada zino. Shular bizga o'rgatadimi qanday yashash kerakligini? Xalifa Umriddin Abdulazizning o'n beshta farzandi bor edi. Uchtasi qiz, qolganlari o'g'il. Hammalari taqvoliy, salohiyatli inson edilar. Endi, bu o'g'li Abdulmalik boshqa farzandlarni ichida yulduzdek ajralib turar edi. Odobli, hushyor, o'tkir zehnli, yosh bo'lishiga qaramasdan xuddi katta odamlarni aqlidek aqli bor edi. Abdulmalik esini tanigan kundan boshlab taqvoni ulg'aydi. O'zini taqvosida, ma'siyatlaridan uzoq bo'lishida Umarimni Xattobning o'g'li Abdulloh ibn Umarga o'xshar edi. Uni amakisini o'g'li Osim hikoy qiladi. Damashqqa keldim. Amakimni o'g'li, Abdulmalikni huzuriga kirdi. Bu hali uylanmagan bo'ydoq yigit edi. Iftor namozini hammamiz birga o'qidik. So'ngra hamma yotib uxlashga tayyorgarlik ko'rdi. Abdulmalik turib, chirog'ini o'chirdi. Hammani ko'zi uyquga ketdi. Osim aytadi, kechqurun uyg'onib qarasam, Abdulmalik uyini qorong'isida turib, namoz o'qiyotgan ekan. Ushbu oyatlarni takrorlar edi. Afaroaytum immat ta'nahum siniyin, simma jaahum ma'kanu yu'adun.

[5:50] Ma og'una anhum makon u yumattaun. Ey Muhammad, xabar bering chi. Agar biz ularni uzoq yillar sihat salomatlik, moli davlat bilan foydalantirsakda, so'ngra ularga va'da qilingan narsa, ya'ni azob kelsa, o'sha payt ularga hayotda, dunyoda ko'rgan lazzatlari foyda berurmi? Shu oyatni takrorlab o'qir edim.

[6:16] Qarang. Shu oyatga ozgina to'xtalib o'tamizda. Alloh Taolo bir qavmga payg'ambar yuborar ekan. Tinch yo'l bilan ularni da'vat qiladi. Agar ular payg'ambarga injovat qilishmasa, sinov mashaqqatlarni, og'ir kunlarni yuboradi. Keyin tavba qilib, haqqa yurishmasa, bu mashaqqatlanni yengillikka aylantirib qo'yadi. Zo'r qilib qo'yadi hamma yog'ini.

[6:47] Agar shunda ham shukur keltirib, payg'ambarga ergashmaydigan bo'lsa, Alloh Taolo halokatga uchratadi. Demak, kimidir Alloh Taolo mashaqqat berib turishini sanarkan, bu bitta etap. Uni yo'q qilib turib, yengil kirol berib ko'rar ekan. Bu ham bitta etap. Ikkala etapda ham Allohga qaytmaydigan bo'lsak, ikkala bosqichda ham Allohga quaytmaydigan bolsa, Alloh Taoli bu xalqlarni halok qiladi. Bu qonunlar xalqlarni ustida ham joriy, shaxslarni ustida ham jo'riy. Alloh sinaydi. Bir odam sizni haqqa chaqiradi. Ergashib ketsangiz nur va baraka. Yo ergashmasangiz sinovlar deb beradi boshingizga. Ishingiz yurishmaydi, qarzdan boshingiz chiqmaydi, kasal bo'lasiz, problemaga kirasiz. Allohda qaytmadi shu musibatlar ham, bizni Allohga qaytarmadi. Keyin Alloh Taolo yengillikni berib qo'yadi.

[7:39] Zo'r olib ketadi hamma yog'iz. Shunda ham shukur keltirib Allohga qaytmasangiz, Allohda bir balo musibatni kutib oladi. Osim hikoyasini davom ettirib aytadiki, shu oyatlarni o'qib tinmay yig'lar edi. Shu oyatni takror takror o'qib yig'lar edim. Kunduzgi namozlar Allohda qo'rquvni belgisi, qiyomullay namozi Allohga bo'lgan muhabbatni belgisi.

[8:06] Oyatini tugatib yana takrorlardi, yana yig'lar edi. Shunda Osim aytadi, shu yig'i o'ldirib qo'ymasa edi, deb xuddi uyg'ongan odam aytganday, la ilaha illalloh, alhamdulillah deb qo'ydim. Ya'ni uyqudan uyg'onib ketgan odam shunaqa deydi yu. La ilaha illallohn, alhamdulillah. Meni ovozimni eshitdi da, jim bo'ldi. Bu umariy yigit, Abdulmalik ibn Umar Abdulaziz, kibor ulamolardan ilm oldi. Hammasida bitta sifat bor a? Nima u? Ilm.

[8:41] Qur'onni yod oldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan qalbiga joyladi. Dinda faqih bo'ldi. Yosh bo'lishiga qaramasdan, ko'zga ko'ringan shom ulamolarning orasiga kirdi. Mana shu ulamolarning orasi bilan joy oldi. Uning hayotidan ayrim ko'rinishlar. Novqiflar.

[9:05] O'mar ibn Abdulaziz xalifa bo'ldi. Va o'zidan avvalgi xalifalar mana shu o'zini qarindoshlari, ayrim odamlarni mulklarini zulmat tortib olishgan edi. Faqihlarni, qorilarni yig'ib turib, xalifa aytdi, men sizlarni meni ahli baytim qo'lida bo'lgan mazlamalar ishi bo'yicha chaqirdim. Nima deysizlar? Ya'ni men kelguncha tortib olib qo'ygan, mendan avvalgi qarindoshlarim xalifalikda turgan. Shu ishlar haqida sizlarni fikrlaringlarni bilmoqchiman. Ular aytishdi, i am your own mini? Bu ishlar siz xalifa bo'lishingizdan avval bo'lgan.

[9:50] Ularni sizga aloqasi yo'q. Bu o'tib ketgan ishlar. Bu mazlamalar kim ularni tortib olgan bo'lsa, shularni bo'ynida, sizga aloqasi yo'q deyishdi. Men maslahat soldim, sizlar o'zinglar aytdinglar deb turib, xudoga shukurlar nima qilish kerak? Ammo bu kishini, bu xalifani qalbi taskin topmadi.

[10:14] Ba'zida domladan bir masala so'raysiz, domla javob aytadi. Bir fatvo aytadi, sizni foydangizga. Bo'ldi deb ketavermaysiz da, ko'nglingiz tinchimaydi da, taskin topmaydi. Yana bitta domladan borib so'raysiz. Bu sizni zararizga hukm qilganda emas.

[10:37] Ikkinchi domla ham sizni foydangizingizga hukm aytdi. Uchinchi, to'rtinchi, beshinchi domla ham sizning foydangizga bo'lgan hukmni aytdi. Lekin qalb taskin topa olmayapti. Bu nimani belgisi? Bu pokiza, sog'lom fitratning belgisi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oyg'ilgan Vobisa roziyallohu anhun keldi. U aytadi men rasululloh sollallohu alalayhi vasallamning huzuriga kelar ekanman, yaxshilik va yomonlik haqida biror narsani qodirmay so'ramoqchi bo'ldim. Odamni oti orasini yorib o'tishni boshladim. Odamlar ey Vobisa, chekigin, rasulullohni bezovta qilma, chekkaroq tur deyishdi.

[11:22] Men aytdim, deydi Vobisa. O'tkazib yuboringlar. Rasulullohni oldiga boring. Men uchun eng sevimli odam Rasululloh. Payg'ambarimiz meni ko'rib, ey Vobisa, yaqinroq kel dedi. Mana endi Payg'ambarim chaqirdi. Qani qanaqa baxtli odam. Rasululloh atini aytib chaqiryapti. Kelib Rasulullohni olib o'tirdim, tizzam tizzasiga tegdi. So'ngra payg'ambariz e vo bisa, mendan so'ramoqchi bo'lgan narsangni aytaymi dedi.

[11:51] Bu Payg'ambarimizni mo'jizalaridan edi. Ha ayting ye Rasululloh dedi. Payg'ambar alayhissalom barmoqlarini birlashtirib, ular bilan ko'ksimga nuh qilib turib aytdiki, evo bisa, qalbingdan so'ra. Nafsingdan so'ra. Qalbing va nafsing xotirjam bo'lgan narsa yaxshilikdir. Qalbing va nafsing xotirjam bo'lgan narsa yaxshilikdir. Odamlar fatvo beraversalar da, ichingni g'ash qilib, ko'nglingga o'tirmagan narsa gunohdir dedi.

[12:22] Odamlar fatvoni beraverdi halol deb, seniki deb, ammo ko'ngling ko'mayotgan bo'lsa, demak bu narsa yaxshilik emas. Mana, xalifaga sizga aloqasi yo'q, avvalgilarning ishi, gunohi o'shalarni bo'yniga deb fatvo berishuvdi, ko'ngli unamayapti. Bilasizlarmi? Halol bo'lgan narsalarda, muboh bo'lgan narsa larda. Domlalar bo'laveradi dedi. Bir. Hamma qilyapti. Ikki. Qilsangiz, sizni hech kim malomat qilmaydi. Shu o'rinda qalbga ham qaraladi. Halol muboh bo'lgan narsada, fatvo so'raladigan oxirgi joy qalbimiz.

[13:03] Hamma yeyapti, hamma ichyapti, ham ma qilyapti, birov man qilmayapti. Lekin ko'nglingiz bo'lmayapti shunga. Demak shu narsa siz uchun to'g'ri emas. Qilmang shu narsani. Halol, ruxsat berilgan, hamma qilayotgan, man qilinmagan ishlarda ko'nglingizga qaraysiz. Ko'ngil ko'nmayaptimi? Qilmang xolos.

[13:26] Shuning uchun qozi sizni foydangizga hukm qilib berdi. Bilasiz, sizniki emas. U odamlar u, xorom narsani halol qilish uchun pul beradi boribdilar bu qozilarga. Bizga o'sha yechim chiqarib bering deb. Qarab turing, agar sizni foydang sizga hukm qib bergan bo'lsa, o'zingizga bo'lmagan narsani, garchi bu hukmni Payg'ambar alayhissalom chiqarib bergan bo'lsayam, bu fatvosi sizni qiyomatda azobdan qutqarib qololmaydi. Mana yechimi bor. To'g'ri, yechim turibdi. Sen chiqartirib olding buni.

[14:01] Chunki Payg'ambarimiz aytganlar, innakum taxta simuna ilay, va la alla ball do'komin, al hana behujjadihimin ball. Ikkitalar tortishib kelasizlar deydi Payg'ambar. Bittalar ikkinchi yillardan ko'ra hujjatini arz qilishlikda ustoroq bo'ladi so'zga. Payg'ambarimiz qalblarini bilmaydi, Payg'ambarimiz g'aybni bilmaydi. Bittasi chiroyliroq gapirdi, hujjati chiroy keltiruvdi, Payg'ambarimiz mana shu haq shekilli deb turib, bo'pti haqqi bunga nima qilib berdi? Hukm qilib berdi.

[14:32] Payg'ambar nazarda aytadi, kim shunday qilgan bo'lsa, men hukm qilib bersam ham ko'tarib ketsa, nohaqligini bilib turib. Men unga Jahannamni azobidan bir parchani ajratib beryapman. Olmasin buni deydi. O'zini nohaqligini bilib turib, qozini hukmi bilan birovni narsasini olayotgan kishi Allohni azobidan qiyomatda saqlana olmaydi. Garchi bu fatvoni kim chiqarib bergan bo'lsa ham, Muhammad alayhissalom chiqarib, chunki Payg'ambarimiz ham zohirga qarab turib hukm berib qo'yavergan.

[15:03] Endi xalifa boyagi maslahat berganlarni so'ziga ko'nmadi. Shunda ana shu odamlardan bittasi turib aytdiki, ey Amir al-Mo'miniy, o'g'lingiz Abdulmalikni chaqiring. Uning ilmi, fiqhi, siz chaqirgan mana bu kishilarni ilmi fiqhidan kam emas. Bu odamlar olim, faqih. O'g'lingizni ilmi ham, fiqhi ham, aqli ham bulodnikidan kam emas dedi.

[15:30] Abdulmalik kirdi. Xalifa unga qarab, o'g'liga qarab, amakimizni o'g'li odamlardan zulm bilan tortib olgan mana bu mollar haqida nima deysan? Egalari kelib talab qilib turishibdi. Haq ularniki ekanligini bilamiz dedi. O'g'li nima deyapti endi? Otasiga qarab, nodonmiki haq. Ularniki ularniki ekanini bilamizmi? Egalariga qaytarib beraylik. Chunki shunday qilmasak, ana shu zulm bilan tortib olgan odamlarni gunohiga biz sheraymiz dedi. Agar bilib turib, haq egalarini qaytarib bermasak, bizdan avvalgilarini qilgan zulmaga biz sheraymiz dedim. Xalifa o'g'lidan eshitganlaridan ko'ngli quvonchga to'ldi. Qalbidan g'ami ko'tarildi. Chunki bu umari yigit, bu moli dunyodan taqvo bilan pokizalikni iffatni afzal ko'rdi.

[16:27] Yana bir mavqif. Abdulmalik Damashqni poytaxtni bog'i rog'lari, daryolari, soya salqinlarini qoldirib, mamlakat chegaralariga yaqin bo'lgan yerga, musulmonlar bilan dushmanga qarshi bo'ladigan janglarda qatnashish uchun Damashqni, poytaxtni tashlab chiqib ketdi. Xalifa o'zini o'g'lini taqvosini, axloqini, salohiyatini bilar edi. Shunaqa bo'lsa ham, shaytonni fitnasi yetib qolishidan xavotir olar edi.

[16:58] O'g'lining ahvoli haqida hamma narsani bilishni xohlar edi. Va bu narsani beparvo tashlab qo'ymas edi. Ha meni o'g'lim yaxshi, ko'nglim to'q, deb tashlab bo'lmaydi. Yosh, fitna, ko'chada har bir ig'volar, fitnalar bor. Tashlab qo'ymaslik kerak bolangiz yaxshi bo'lsa ham, erkak kishi bolangizni. Holidan xabar olib turishingiz kerak.

[17:20] Xalifa Umar ibn Abdulazizni maslahatchisi, qozisi va vaziri Maymun ibn Mehron. U aytadi, xalifani huzuriga kirdim. U o'g'li Abdulmalikka nasihat qilib xat yozayotgan ekan. Xatida shunday deyilgan edi. Ammo baxt. Xalifa o'zini o'g'liga xat yozyapti. Mening so'zlarimni tushunishga eng haqli inson sensan. Allohga hamdlar bo'lsinki, katta yo kichik ishlarimizda bizga robbimiz ehson qildi. Senga va otangga bo'lgan Allohni fazlini unutma. Kibrdan, ulug'likdan ehtiyot bo'l. Albatta u mo'minga dushman bo'lgan shaytonning amallaridan. Bu maktubni sen haqingda biron yomon xabar kelgani uchun yozayotganim yo'q. Seni ishlaringdan faqat yaxshilikni bilaman. Ammo o'zing haqingda baland fikrda bo'layotganingni xabarini eshitdim. Agar shu fikring seni men yomon ko'rgan narsaga boshlaganni eshitsam, sen ham mendan o'zing yomon ko'radigan narsani ko'rasan. O'zingga baho berma. Katta ketma. Xalifani o'g'liman dema. Qoriman, olimman dema.

[18:36] Faqihman, taqvodorman dema. So'ngra xalifa menga qarab aytdi deydi maymunimni mehrom. Men o'g'lim Abdulmalik men uchun juda ham aziz. O'zimni shu masalada malomat qilyapman. Sababi, unga bo'lgan muhabbatim uni ayblarini to'sib qo'yishligidan qo'rqaman. Otalariga yetadigan kasal shu. Bolasiga bo'lgan mehri, bolasiga bo'gan shafqati tufayli ayblarini ko'rmaydi.

[19:06] O'zim, o'zimni shu masalada malomat qilaman. Sababi, unga bo'lgan muhabbatim sababli, otalariga yetadigani kasal menga ham yetib qolishidan qo'rquvman. Farzandiga bo'lgan muhabbati bolasining aybini ko'rsatmay qo'yadi. Sen dedi xalifa o'zini vaziriga, uni oldiga bor, kuzat. Qarachi, unda kibr yoki faxshga o'xshagan narsani ko'rasanmi? Ha u hali yosh, shaytonda fitnasi dan omonda emas dedi. Maymun ibn Mehron aytadi. Abdulmalik tarafiga qarab ketdim. Yetib huzurga kirishiga izn so'radim. Kirdim. Umrini avvalidagi, ko'rkam kelishgan, tavozeli bir yigit. Meni ko'rib salom berdi. Abdulmalik aytadi. Otam sizni yaxshilik bilan zikr qilganini eshitganman. Siz bilan otamni Alloh foydalantirishini umid qilaman dedi. Maymunununiy mehrun aytdi. Ahvolingiz qanday? Abdulmalik, alhamdulillah yaxshi dedi. Faqat otam men haqimda yaxshi fikrda ekanini eshitib, mana shu narsaga aldanib qolishidan qo'rqaman dedi. Men otam o'ylaganchalik yaxshi odam emasman. Men otam o'ylanganchalik fazilat egasi emasman. Otamni menga bo'lgan muhabbati men haqimdagi bilimni to'sib qo'yishdan qo'rqaman dedi.

[20:26] Otasini gapini ayni o'zini qaytaryaptimi? Otamga ofat bo'lib qolishidan qo'rqman. Maymunimni mehrini aytadi. Ota bolani so'zini bir xil chiqqanini ko'rib hayron bo'ldim. So'ngra so'radim, tirikchiligingiz nima o'lyapti? Xalifani o'rnini tirikchiligini so'rayapti. Abdulmalik aytdi. Otasidan meros qilib olgan kishining yerini shubha bo'lmagan pulim bilan sotib oldim. Ana shu yerdan chiqqan g'alla bilan tirikchilik qilyapman. Musulmonlarda o'ljalardan behojabman dedi. Ya'ni jangda qatnashadi, o'lja olsa bo'ladi, lekin olmaydi. Bu yoqdagi tirikchilikka yetyapti. Maymunovning mehrini aytadi. Nima yeyapsiz? Taomingiz qanday? Abdulmalik. Bir kecha go'sht, bir kecha adas yog', bir kecha non yog', shunaqa.

[21:16] Maymunimni mehron so'radi. O'zingiz haqingizda fikringiz balandmi? Dedi. Abdulmalik, shunga o'xshagan narsa paydo bo'lib qolgandi da, dedi. Faqat otamni nasihatidan keyin, nafsimni haqiqatini eslatganidan keyin, nafsim men uchun xor bo'ldi. Bunday solih otani Alloh rahmat qilsin, dedi.

[21:39] Mangu nimda mehron aytdim. Uni oldida bir soat suhbatlashib o'tirdim. U hali yosh bo'lishiga qaramay, tajribasini oz bo'lishiga qarmay, mantiqi, fahm farosati komil aqlini ko'rdim, huzurlandim. Kun kechga yaqinlashganda, bir yigit kirdi da, alloh sizni isloh qilsin. Bo'shadik dedi. Abdulmalik indamadi. Maymunimni mehronga qiziq bo'lib qoldi. Nimadan bo'shadi bular dedi.

[22:11] Abdulmariyga aytdi, hammomni bo'shatishdi bular dedi. Maymunimni mehron hammomni nimaga bo'shatishadi? Men uchun bo'shatib qo'yishdi dedi. Maymunimdi mehron shu so'zni eshitmay turib, siz haqingizda yaxshi fe'l qilib turgandi. Endi esa dedi, innalloh va innalloh roziyumi. Shunday zo'r odam topib tursam, shunda Abdulmalik, buni nimasidan norozi bo'lasiz, amaki dedi.

[22:39] Hammomni bitta o'zingiz uchun bo'shatib qo'yishadimi dedi. Nima, hamma chiqib turishlik kerakmi dedi. Bu bilan o'zingizni sha'ningizni ko'tarmoqchimisiz? Yana siz hammomchini, hammom egasini kunlik daromad ham to'sib qo'yasiz ku dedi. Abdulmalik aytdi, men hammomni egasini rozi qilib qo'yaman dedi. Ana shu kuni topadigan pulni beraman dedi. Maymuni ibn Mehrom bu isrofga kibr ham aralashgan bo'lmayaptimi dedi.

[23:09] Bu isrofga kimdir ham aralashmayaptimi? Ham isrof bu, ham kibr bu. Hamma qatoriga kirib yuvsangiz bo'lmaydimi? Sababini aytdi endi, hammomga alohida kirishini. Ayrim kishilar hammomga izorsiz kirishar ekan. Ularni avratlariga ko'zim tushishini xohlamayman. Ammo ularni izor kiyishga majbur ham qila olmayman. Sababi sultonda bolasi bo'lganligi uchun o'zi xohlagan ishni qildiryapti hammomga kirib ham, deyishlarini xohlamaymen dedi. Shu sultonlikni Alloh bizdan ko'tarsin. Bu sultonlik bizni foydamizga ham, zararimizga ham bo'lmasin. Alloh olsin bizdan dedi.

[23:48] Sabab tushunarli ekan? Polojeniyasidan foydalanyapti degan gapni ish xohlamay. Yaxshisi, hammani chiqarib yuborib turib, pulini to'lab qo'yib turib kiryapti. Abdulmalik menga nasihat qiling dedi. Mana shu holatdan chiqib ketish yo'lini ko'rsating dedi. Maymunimni mehrini aytdi. Kutib turing. Kech kirganda, hamma uyga ketganda, hammomga o'zi kiring dedi.

[24:13] Abdulmalik eshitib turib, bo'ldi. Bugundan boshlab kunduzi hammomga kirmayman. Agar bu yurtlarda sovuq bo'lmaganida, umuman hammomga kirmas edim men dedi. Yana qo'shib qo'ydi. Allohni nomini o'rtaga qo'yib so'rayman, amaki. Mana shu hozir eshitganingizni otamga borib aytmang dedi. Mendan g'azablanishini xohlamayman, chunki mendan rozi bo'lmagan holda ajal yetib qolsa, yoki mendan norozi bo'lib turgan paytda meni ajalim kelib qolsa, ahvolim og'ir bo'ladi dedi. Maymunovniy mehrini aytadi. Uni aqlini sinamoqchi bo'lib, agar amirul mu'mining mendan biror narsani ko'rdingmi, biror narsaga guvoh bo'ldingmi deb so'rasa nima de, yolg'on gapirib qo'yaveraymi dedi.

[25:00] Abdulmalik, alloh saqlasin. Yo'q. Faqat bir narsani ko'rdim, lekin nasihat qiluvdim, darrov urushidan qaytdi deng dedi. Otamni shunaqa fe'li borki, agar tafsilotini o'zida aytmasangiz, tafsilotini so'rab o'tirmaydi dedi. Maymununda mehrun aytadi, bir biriga bunchalik o'xshagan boshqa ota bolani ko'rmaganman. Bu yigit xalifayi roshid umar ibn abdulazizning o'g'li abdulmalik edi.

[25:32] Otasi qanday bo'lsa, bolasi shunday bo'ldi. Shuning uchun siz bilan biz bolalarimizni qanday bo'lishini xohlasak, biz o'zimiz ham shunday bo'lishligimiz kerak bo'ladi, ambarom bor. Alloh subhanahu va taolo ularni hayotidan ibrat olishlikni barchamizga nasib etgan bo'lsin. Aquli hovli ha da va astag'firulloh ili walakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
