Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu anasta inuhu anasta firuh. Va naruhu billahi min shururi yonfusina. Omin sayyi'ati amalina man yahdihillahi falahmud villalah va man yo'g'li ilahi falah hadiyalah. Ona shadalloh ilohi illallohu vahdahlah sharikala. Ona ishqadoanna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Ey yoshlar, shoshilmanglar, degan mavzuda suhbat boshlagan edik, davom etamiz. Nafs hozir bo'lsin deydi.
Ko'chatni mevasini shoshtirayotgan kim? O'zimizni ichimizdagi nafsimiz. Nafs yaxshi ko'radigan so'z. Hozir bo'lsin. Pul hozir bo'lasin. Natija hozir bo'lsin. Uy hozir bo'lsun. Duoyim qabul bo'lishi ham darrov bo'lsin. Bu nafsga yoqadigan gap. Iymon bo'lsa aytadiki, men xohlayman, men harakat qilaman, men sababini qilaman, men duo qilaman, men kutaman. Ammo Robbim bilgan narsani men bilmayman. Hozir bermayapti. Demak bitta hikmati bor buni. Uni hikmatda sen bilmaysan manda. Insonda shoshqaloqlik bor. Bu shoshqaloqlik yoshlarda ham bor, kattalarda ham bor. Yoshlarda ko'proq. Bu shoshqoloqlik internet bilan, telefon bilan paydo bo'lgani yo'q. O, odam alayhissalom yaralgandan boshlab bor bu inson tabiatida. Astaydu billah, voyyadu u li insanu bi shar'i du'a hu bil xayr va ka'na insanu aju'la. Inson Allohdan yaxshilik so'rab duoi xayr qilgani kabi, yomonlik tilab duoi badham qilur. Inson shoshqaloqdir.
Sen odamlarni bugungi natijasini ko'ryapsan. Sen bugunni ko'ryapsan, ammo Alloh Taolo ertangi kunni ham biladi, undan keyingi kunni ham biladi. Mana shu narsani tan olish kerak. Men bugunniylar ko'ryapman, Alloh Taolo ertani ham, indinni ham, undan keyingini ham biladi. Sen hozir so'rayotgan narsani bersa, mana shu narsani berilishligini oqibati sen uchun albatta aniq yaxshi bo'ladimi?
Sen so'rayotgan nasa hozir berilsa, senga yaxshi bo'lishini aniq bilasanmi? Bilmaysan. Ammo Alloh Taolo buni aniq biladi. Shuning uchun bermayaptimi, shoshilmay tur. Alloh seni yaxshi ko'radi, mo'min birodarim. Bergani yaxshi ko'raganini belgisi, bermagani yomon ko'rganini belgisi emas. Innal insana xuliqo halu an. Ida massa xushsharru jazu an, va ida massa xul xayru man an. Mana inson qanaqa? Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachon unga yomonlik yetib qolsa, u o'ta besabrlik qilur. Qachon unga yaxshilik yetsa, u o'ta man qiluvchi baxildir. Tushunarli a?
Berganda baxillik qiladi, yo'q bo'lganda besabrlik qiladi. Bir narsa keldi, bu meniki deydi. Bir narsa ketishdimi, vahima qiladi. Bir rosa ato qilindimi, bog'lanib qoladi. Taqvodor yigit aytadi da, men shuncha harakat qildim, duo qildim, sadaqa qildim, endi menga berilishi kerak.
Tushunarli ekan a? Hamma yog'im zo'r u, nimaga bermayapti? Ya'ni uni nazarida hamma yog'i zo'r bo'lsa, unga albatta berilishi kerak? Shuni yaxshilab bilib qo'y ukam. Ibodating, taqvoying ne'matni narxi emas. Taqvoying Alloh Taologa hisob yoki faktura emas.
Sen bandasan, allohrob. Beradimi, bermaydimi, sen Allohni qulisan. Har qanaqa holatda ham ibodatni qulligida ado qilishga mas'ulsan. Alloh hech kimga hech narsani berishlikka mas'ul emas. Men taqvodorman, endi nima emish? Albatta berish kerak emish Alloh. Yo'q, unaqa bo'lmaydi.
Ba'zida bergani asli man qilgani bo'lib qoladi. Ba'zida bermasdan man qilgani, ato qilib qo'ygani bo'ladi. Ibnoatolloh sikandariy aytadi, mana tasavvufning peshvolaridan. Rubba man ato ka fa man a ka, va rubba man man a ka fa ato ka. Ba'zan u senga ato qilib, shu ato bilan aslida seni mahrum qilgan bo'ladi.
Ba'zan seni mahrum qildi, ammo shu mahrum qilishi bilan senga ato qilgan bo'ldi. Muso vahshu alayhissalom qissasiga qaytaylik. Hizr alayhissalom keyin mana teshib qo'ydi. Man qilish deydi, Alloh Taolo foydadan man qilib qo'ydi. Yesalomon kemali bilan borib olsa, haligi teshigini yamagani rasxod bo'ladi, chiqim bo'ladi. Man qilib qo'ydi Alloh Taolo foyda. Lekin oqibati nima bo'ldi? Ana shu man qilgani ato qilgani bo'lib qoldi.
Sohilga yetib boruvdi, hamma butun kemalarni ana shu podderjokning askarlari davlat hisobiga tortib qo'yayotuvdi. Uni ham kemasini tortib qo'ygani kelib qarasang, kema teshik ekan, o'ziga qoldirib qo'yishdi. Ana, gohida seni bir narsadan man qiladi, zohirida. Yomon bo'ldi deb o'ylaysan, o'zi aslida ato qilgani bo'ladi. Tushunarlimi?
Rubbama ato ka fa mana aka va rubbama mana aka fa ato ka. Ba'zan u senga ato qilib, shu ato bilan aslida seni mahrum qilgan bo'ladi. Ba'zan seni mahrum qilib, ammo shu mahrum qilishi bilan senga ato qilgan bo'iladi. Sen hozirda ko'ryapsan. Lekin Alloh Taolo erta indinni ham ko'radi. Shuni so'rading, harakat qilding, bermadimi, demak yaxshi, shu, tushun shuni.
Endi mana shu hikmatning bazasi dunyoda ko'rsatiladi, bazasi oxiratda ko'rsatilada. Kemachining kemasini teshilishli yaxshiligi hikmati shu dunyoda ko'rindi. Ma'qulmi? Ato bilan aslida seni mahrum qilgan bo'ladi. Ato bilan seni aslida mahrum qilib qo'ygan bo'ladi, berdi, pul keldi, ammo taqvo ketdi. Berdi. Biznesing o'sib ketdi. Ammo namozga beparvo bo'lib qolding. Berdi. Obro' keldi, mashhurlik keldi. Ammo ixlosga putur yetdi.
Nafsing, ko'zing berildi deyapti, lekin qalbing aytadi, nimani evaziga? Va aksincha, ba'zan seni mahrum qiladi, ammo shu mahrum qilishi bilan senga ato qilgan bo'ladi. Oldingda eshik yopilib qoldi. Ishing yurishmay qoldi, do'koning yopilib qolda. Mana shu yopiq eshik senga vaqt, tajriba, ibodatga qaytish, yomon sherikdan qutulish, qarzdan qutulish imkoniyatini berdi. Sen yomon deb o'ylagan narsani orqasida yaxshilik bor. Biz g'aybni bilmaymiz. Biz, bizga taqdir qilib qo'ygan ishlarni oqibatini bilmaymiz. Biz faqat voqealarni zohirini ko'ramiz. Alloh esa u ishlarning oqibatini ko'radi.
Ya'ni, sen o'zing uchun yaxshilik deb o'ylagan narsa har doim ham sen uchun yaxshi bo'lmasligi mumkin. Sen o'zingga yaxshi deb o'ylagan narsa doim ham senga yaxshi bo'lmasligi mumkin. Va sen o'zingga yomon deb o'ylagan narsa doimo yomonlik bo'lmasligi mumkin. Astaydubillah. Va asa an takroru shay'an vohu va xayru lakum, va asa an tohibbu shay'an vahu va sharru lakum, vallohu ya'lamu va antumla ta'lamun. Alloh taolo Baqara surasida aytadi, ehtimol sizlar yoqtirmagan bir narsa sizlar uchun yaxshidir. Ehtimol sizlar yaxshi ko'rgan bir narsa sizlar uchun yomondir. Alloh biladi, sizlar esa bilmaysizlar. Siz yaxshi deyotgan narsa yomondir ehtimol.
Siz yomon deb o'ylagan narsa yaxshidir ehtimol. Silar bilmaysizlar, uni men bilaman deyapti Alloh Taolo. Kema teshilganda, Muso alayhissalom yomonlikni ko'rdi. Lekin Xizr alayhissalom yaxshilikni ko'rdi, nimaga? Hikmatini bilardi da. Shuning uchun manda men mana bu narsani xohlayapman, men mana bu narsalarni yaxshi ko'ryapman, demak bu narsa men uchun albatta yaxshi deb hukm chiqarish kerak emas. Kim biladi? Alloh biladi.
Yana bitta hikmat. Man qilishning ma'nosi, hikmatini tushunish eshigi ochilsa, man qilishning o'zi ato bo'lib qoladi. Agar Alloh bandalar ustida qilayotgan har bir ishining hikmatini ularga bildirib qo'yganida edi, taqdirdagi hikmatni ochib berganida edi, bandalar Allohning yozgani, qilganidan boshqa narsaga rozi bo'lmay qo'ygan bo'lar edilar.
Chunki men qilgani ham ato qilish ekanligini tushundingiz. Bermagani, men qilgani hamm aslida sizni foydangiz ekanligini tashundingizmi? Endi Alloh Taolo peshonamga nima yozgan bo'lsa, u faqat yaxshilik ekan. Men Alloh yozgandan boshqa narsaga rozi emasman derdi da, hayotidan rozi bo'lardi va baxtli bo'lardi hayotda. Sen faqat hozirni ko'ryapsan. Alloh Taolo esa oqibatni, kelajagini, yashirin zararni, sen bilmaydigan narsalarni ko'rib turibdi. Shuning uchun ba'zan Alloh senga beradi, lekin bu berishi aslida imtihon, fitna bo'ladi. Yana ba'zan bermaydi, lekin mana shu men qilishi rahmati bo'ladi. Kemini teshilishi berishmidi yoki men qilishmidi? Men qilish edi zohiradan qarasangiz. Lekin sohilga borgan nima bo'ldi? Ato qilish ekanmi? Endi kemachining ishini hikmati dunyoda ko'rindi, u rozi bo'ladi. Ammo ba'zi ishlarining hikmatini oxiratga olib qo'yadi.
Dunyoda hukumatni ostida tushunib rozi bo'ldingizmi? Endi dunyoda hukumatlarni oshmaganiga ham rozi bo'ling, unda ham bitta foyda bor. Qarang, voqelik o'zgarmadi, ammo sizni tushunishingiz o'zgardi. Bo'lib o'tgan voqeaga qarash fikringiz, xulosangiz o'zgarding. Mana shu fikringizni xulosangizni o'zgarganligi, o'lchov tushunchangizni tuzalganligi sizni hayotda saodatli qiladi. Ma'qulmi?
Allohning sen uchun tadbiri. Mana shu yerda qalbga yana bitta narsani mahkam joylab qo'yishimiz kerak. Allohning sen uchuni qilgan tadbiri sening o'zing uchun qilgan tadbiringdan yaxshiroq. Men qilaman o'ttiz, xudoyim qiladi, to'qqiz. Demak to'qqiz yaxshi ekan. Sen o'ttiz qilganding o'zi, lekin Alloh to'qqiz qilib qo'ydimi, demak o'sha yigirma bir oshiqcha edi.
Sen, seni maqsadga olib boradigan yo'lni bilasan xolos. Alloh esa ana shu ishni oqibatini biladi. Ana shu birinchi qissa, kemani teshilishi. Muso alayhissalom, Xizr alayhissalom bilan kemaga chiqdi. Xizr alayhi salom kemani teshib qo'ydi. Muso alayhi salom aytdi aharoq ta'lituhriy qo ahlaha laqodjita shay'an imro. Ha, uni ahlini kemada turganlarni g'arq qilish uchun teshdingmi dedi. Keyin sir ochildi, nimaga teshganligini. Xizr alayhissalom aytdi, kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskin bechoralarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qo'ymoqchi bo'ldim, chunki ularning ortida barcha kemalarni talon taroj qilib tortib oluvchi bir podshoh bor edi. Amma safina tufakanatlimasa keyin. Ana. Kemani teshilishiga zarar man qilish bo'lib tuyuldi, lekin oqibatda foyda bo'lib chiqdi.
Muso alayhissalom va kemachi kemani teshilishida zararni yomonlikni ko'rishdi, Qizil alayhissalom esa yaxshilikni kemani o'zini egasida qolishini ko'rdi. Ikkinchi qismi. Qizil alayhi assalom yosh bolani o'ldirib qo'ydi. Bundan ham yaxshilik bo'lishi mumkin. Bundan nima hikmat bo'lishi mumkina? Ota onasi uchun katta musibat. Fantolaqo xattal, idalakiy g'ulom va faqatala. So'ngra yana yo'lga tushdilar. To borib bir bolaga ro'baro' bo'lganlarida Xizr uni o'ldirdi. Muso alayhissalom aytdi: birovni o'ldirmagan bir begunoh jonni o'ldirding a? Darhaqiqat buzuq ish qilding.
Keyin Qizil alayhissalom buni hikmatini aytib berdi. Va ammal g'ulomov akani abavahum umina ili fahoshina yurhi qahummat tug'iyani va kufron. Bu bola o'lib ketganligini hikmatini aitdi. Bu katta bo'lganida kofir bo'lar edi, ota onasiga zulm qiladi, ota onasini ham kofir qilib yuborar dedi. Endi qarang, bu bolani o'lganligini orqasida nima hikmat borligi dunyoda ko'rinmaydi ota onasi uchun. Qayerda ochiladi bu sir? Qiyomatda ochiladi. Qiyomatda ochilganida shu bolasini o'lganligi ular uchun yaxshilik bo'lganligini ota ona ko'rib, qalblari erib ketadi Alloh Taologa hamdu sano aytib.
Xulosa, hayotimizda bo'layotgan ba'zi bir bizga yoqmayotgan ishlarni orqasida nima hikmati bormiki, ba'zilariniki dunyoda ko'rsatilinadi, ba'zilarniki oxiratda ko'rsatiladi. Lekin ikkalasini ham orqasida nma bor? Hikmat bor, yaxshilik bor. O'ttiz o'ttiz besh ga kirgan, kuch quvvatga to'lgan yosh yigit, o'o' saysanga borib qolgan otasini so'dirib, ko'chada urib ketyapti kaltaklab. Qarab turib, nima uchun Alloh bunga izn berdi deysiz. Bu ishda nima hikmat bo'lishi mumkin deysiz.
Mana shunaqa deyishga shoshilmang. Siz hozir kinoda yetmish birinchi seriyasini ko'ryapsiz. Undan burungi seriyalarni ham ko'ring da. Bundan o'ttizinchi seriyasiga qaysiz? Hali yetmish ga kirib kaltak ekkan chol, o'ttiz yoshda xuddi shunaqa qilib otasini o'rganadi. Tushunarli ekan? Alloh nima uchun bu ishga izn berdi? Allohni bu ishida nima hikmat bor bo'lishi mumkin deyishga shoshilma.
So'rab surishtirsang, bir davrlar mana shu oqsoqol ham o'zini otasiga shunday muomala qilgan edi. Nimaga ishim yurishmayapti? Nimaga doimiy javobat bo'lmayapti? Bularni hikmati vaqt o'tib ochiladi. Ochilganida aytasan, yaxshi ham o'sha paytda ishim yurishmay turgani. Yaxshi ham o'zi ish qo'limdan chiqib ketgani.
Ammo ba'zi ishlarni hikmati oxiratga qolishi mumkin. Kemani teshilish hikmati bu dunyoda ko'rindi, yosh bolani qatl qilish hikmat oxiratga qoldi. Qalbingni ishi tushunmay turgan paytingda ham Alloh haqida yomon gumon qilmaslik. Mana shunday holatda seni qalbingni ishi qanday bo'lishi kerak? Tushunmayotgan bo'lsang hikmatini, Alloh haqida, yomon gumon qilibmaslik.
Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi barakun. Innallohu va malayk atoxi yu sollu alayhi va alam nabiy, ya yuhrillatina amanu, sollallohu alayhi vasallimu taslima, va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.