# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 206 of 510
- Section: —
- Duration: 20 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/206
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/OOx3Y28y14c.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=OOx3Y28y14c
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/205.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/207.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:11] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah robbilar ilmin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad va ala alihi vos habihiy ajma'in. Va mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Asrorul uzama, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizni, mana navbatdagisi, ulug'larimizning sirlari. Islomimiz tarixida yashab o'tgan ulug' ajdodlarimizning shaxsiyatlari haqidagi darslar. Ularni mana shu yuksaylikka, ulug'likka olib chiqqan sirlar haqida bahs qilamiz. Ko'pchilik yoshlarimiz bu ulug'larimizni ismlarinigina biladi. Ularni qilgan ishlari, ularning mehnatlari, ularni qoldirgan ulkan meroslaridan xabari yo'q. Bugungi suhbat qiladigan mavzuyimiz Imom Jalil Abuzakariyo Muhiddin Sharaf An Navaviy rahmatulloh alayhi haqida bo'ladi. Shofiyai ash'ariy. Imomi Navaviy. Bu kishi shofiy masofada bo'lgan, aqidada ash'ariy maktabida bo'lgan.

[1:13] Ilm bilan mashhur bo'lgan musulmon borki, uni uyida albatta Imomi Navaviyning bitta bo'lsa ham kitobi bor. Imomi Navaviy. Imomi Navaviy haqida so'z ochar ekanmiz, birodarlar. Alloh Taoloning qabuliyati qanday bo'lishligini ko'ramiz. Alloh bir bandadan uni qilayotgan amalini qabul qilganligini faqat o'zi biladi.

[1:35] Ammo ulamolar aytadi, shu qabul qilayotganligining alomati bor. Shu alomatlardan bittasi, odamlarning qalbida qabuliyat ochiladi. Odamlarning qarablaridan joy oladi. Odamlarni orasida bu insonlarni qilgan amallari yoyiladi. Va odamlar bu kishidan olgan narsasidan foyda topadi. Imom Navoiy mana shunday bir Allohning valiilaridan ediki, u kishining qilgan ishi o'zini asradalariga ham foyda qilgan, yer yuzida tarqadi musulmonlar orasida, hozirgi kunda ham foyda qilyapti murod odam. Inshaalloh qiyomatgacha musulmonlarga foydasi tegadi. Demak, Alloh bir bandadan amallarni qabul qilayotganligining bitta alomati odamlarni qalbiga yo'l ochilishligi.

[2:21] Ahli ilmlardan ko'pchiligi muhaddislar arba'i niyat, qirq talik hadislar majmuasini ko'p yozgan. Arba'i ina ahodisi nabaviya, arba'i inah ahodisi ul quddusiya, juda ko'p ulamolar qirq talik hadislarda to'plab yozishgan. Payg'ambarimiz aytganlar, kim meni ummatim uchun qirqta hadis yod olsa, qiyomat kunda shu ummatimga shafoatim bo'ladi degan. Shundan kelib chiqib turib, ulamolar juda ko'pligi qirq talik hadislar jamlagan. Lekin Imomi Navaviyni ham mana shu arbainiyatlarda o'zini hissasi bor, Arbaina Navaviya deb qirq talik hadisi bor. Bu to'plamni o'qimagan ahli ilm bo'lmasa kerak.

[3:01] Arbaina Navaviye musulmonlarni orasida shunaqa keng ko'p tarqadiki, xuddi boshqa arbainiyalar bo'lmaganidek. Imomi Navaviyniy mana shu kitobi birodarlar butun yer yuzi bo'ylab musulmonlarda qo'lda tarqab ketdi. U kishini notabar kitoblarida yana bittasi Riyozi Solihiy. Solihlarning bog'i, solihlarning gulshani. Har bitta musulmonni uyida Qur'on bor, mus'haf, yonboshida Arbayna Navaviyya bor. Demak, bu kishini Alloh Taolo amalini qabul qilganligi bu dalil bo'ladi. Murod Alloh, mana shu tog'li ilmlarga tavsiyamiz, Imomi Navaviyning mana shu Riyozi Solihing kitobini o'qiylik. Hamma hadislar ichida sahih va bir chiroyli bir tartib bilan bob bilan qo'yilganki, unda fiqhga taalluqlik, aqidaga taalluqlik. Oxir zamon avlodlariga taalluqlik umuman siz bilan biz bilishimiz kerak bo'lgan ilmlarda hammasi bob bob qilib joylab qo'yilingan. Birodarlar, mana shuncha ilmni ummatga foydali qilib qoldirib ketganligi Imomi Navaviyni ixlosiga, u kishini barakatiga dalolat qilmaydimi?

[4:10] Imomi Navaviy kim edi? Suriyaning Horonida Navo deb nomlanadigan shahar bor. Imomi Navaviy mana shu joyda olti yuz o'ttiz birinchi hijriy yilda dunyoga keldi. Shuning uchun Imomi Navaviy deb turib, shu joyga nisbat qilindi. O'n to'qqiz yoshida Damashqqa ko'chib ketgunga qadar mana shu joyda yashab turdi.

[4:32] Imomi Navavai ilmga qattiq berilgan inson edi. O'zi haqida aytadi. Diqqat qilib turinglar, tolib ilmlar. Diqqat qilib turinglar, kitob o'qiyotganlar. Diqqatsiz qilib turinglar universitetda meditsinani, arxitekturani, yurisprudensiyani o'qiyotganda. Tolib ilm qanaqa bo'lishligini. Alloh yorlaqagan, Alloh qo'llagan, ixlosli tolib qanaqa bo'shini ko'rib turinglar. O'zi haqida aytar edi Imom Navoiy, har kuni shayxlarning sharh va tasdiqdan iborat o'n ikkita darsiga hozir bo'lar edim. Vositdan ikkita dars, Muhazzabdan bitta dars, Islohul mantiqdan bitta dars. Lug'atdan bitta dars , tafsirdan bitta dars, usulul fiqhdan bitta dars asmoyi rijodan bitta dars. Usulud dindan bitta dars, har kuni o'n ikkita darsda qatnashar edi. Kuniga o'n ikki soat dars o'qib, yetti yil uzilmagan.

[5:29] Yetti yil tinimsiz o'n ikki son har kuni dars. Bu qanaqa sabr, qanaqa toqat, qanaqa Allohni bir qo'llashligi. Biz kimlar haqida dars o'qiyotganimizni bir mulohaza qilib ko'raylik. Qaranglar qanaqa odamlar bo'lgan. O'shaning uchun ularda ismi tarixda qoldi da. Qarang, mana shu tartib bilan birodarlar yetti yil uzluksiz o'n ikki soat darsda qatnashdi. Endi bundan tashqari, sihoq setdan yod bilgan kishi. Nechta hadis bilasiz? So'rab ko'ring da o'zingizdan. Yoddan.

[6:02] Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Nasoiy, sihoq siddani yoddan bilgan. Imomi Molikning muattosini yoddan bilgan, Imomi Shofiyning musnadini yoddan bilan, Imom Ahmadning musnadini yotdan bilgan. Ha bu ensiklopediya yu bu. Bu o'zi butun bir jamiyat tur islomiya yu bu.

[6:24] Lekin qirq besh yil umr ko'rgan bu kishi. Alloh umriga barakot bergan. Qirq besh yil Imom Navaviy qo'lda son sanasiz olimlar, hofiz Qur'onlar, boshliqlar ilm o'g'rilgandi. U kishini qo'lidagi juda ko'p kishilar faqih bo'lib tarbiya topdi. Yerning o'zini turli qismidagi musulmonlar Imom Navaviy kitoblaridan ulkan foyda olishdi va hozir ham olishyapti.

[6:53] Birodalar uchchilar kitob o'qidi deganimizda bizga o'xshab bir qator kitobni o'qib qo'ymagan. Eshitib turing. Kitobni qanday o'qiganligiga bitta so'zini misol qilamiz. Kamol al asfaviy o'zini al badr nomli kitobida shunday deydi. Imom navoiy al vosiyd kitobini naql qilishda munosha qilindi. Al vosiyd shofiy mazhabiga taalluqli kitob abu hamid g'azzoli yozgan buni. Imom G'azzoli yozyapti. Shu al vositda qanchalar bilasiz degan ma'noda munosibat qilinganida, imomina ravi aytdiki, sizlar men bilan al vositda munosibat qilasizlarmi? Vallohi, men uni to'rt yuz marta mutolaa qilganman dedi.

[7:34] Butun boshli al vosit kitobini to'rt yuz maktab o'qigan ekan. Biz yigirmata kitobni bir marta o'qib, bittadan o'qiganmizmi? O'ttizta kitobni bir martadan o'qiganmisiz? O'shaning uchun akalar, hum rijal va nah nu rijal. Abu Hanifa ham, Imom Shofi ham, u yoqning Navaviylar ham erkak kishi bo'lgan, biz ham erkak kishimiz. Ular ham ilmli bo'lgan, biz ham ilmlimiz deyotganda, bu so'zinglar o'xshayapti ilmli deganda so'zinglar. Shularda ham ilminglar.

[8:07] Sizlar mana shu odamlardagi ilminglar bormi? Imom Navaviy, birodarlar ash'ariy aqidasini ushlagan. Imom Shofiy mazhabini ushlagan. Qozil Quzol Badriddin jamoadan rivoyat qilinadi. Imom Navaviyda uyqusi haqida so'radi. Qachon uxlaysiz, qancha uxlaysiz? Imom Navoiy aytadi, agar kitob o'qiyotgan bo'lsam, uyqu yengishni boshlagan bo'lsa, kitobga shunday suyanib turib, orqada Toshkentga suyab qolgan kitoblarga shunday suyanadi. Ko'zimni ozgina yumaman da, shu o'zi kifoya qiladi, deydi.

[8:43] Imom Navoiyning uyi Ravohiyya madrasasidagi bir kichkina hujra edi. Bu Damashqda umma uylarini jomeyasiga yopishtirib qurilgan bir jome edi. Mana shu joyda istiqomat qilgan. U kishi bitta xonada yashagan, kichkinagina xona, shunaqa kitoblar bilan to'lgan. Tashshalarni ham, mana shu stolini ustida ham, yerni ham kitoblar shunday to'ldirib turardiki, tinimsiz kitob o'qirdi bu kishi. Agar xonasiga bironta odam ziyorat qilgani kirsa, yerdagi kitoblarda surib turishlik kerak edi o'tirishlik uchun.

[9:14] Shu darajada kitob bilan mashg'ul edi u kishi. Imom Navoiy uylanmagandi birodarlar. Ammo u kishi o'zidan keyin farzand qoldirmagani bilan, o'zidan keyina mana shunday bir ulkan ilmni qoldirdiki, u sababli, bu ulug' shayxni ismi hali hanuz hurmat bilan zikr qilinadi. Musulmonlarni tilida. Va qiyomatgacha inshaalloh zikr qiladi. Imomannavaviyni kitoblaridan eng katta ta'rifotlaridan al alim kitobi, majmuy kitobi, sherozining sharhul muhazzabi, rovzatut tolibin, minhajut tolibin, imom muslimning sahihaga yozilgan sharh, eng zo'r sharh mana shu bo'ladi. Sahih muslimga yozilgan sharh. Bo'stonul orifin, tibyan fii adabiy hammalatel quran, imom shofiyning manoqiblari, arbaunna navaviyya, riyozis solihin, azkor. Agar bu kishini yozgan kitoblarni hammasini bittadan atini aytib chiqamiz desak, birodalar, bitta darsimiz kifoya qilmaydi.

[10:14] Mana shu al azkor kitobi haqida aytadi, zikrlar, duolar. O'zini dindor sanagan kishi bu kitobdan behojat bo'lmaydi deb aytar edi. Ya'ni kunda o'qiladigan duolar, zikrlar, virtlar. Bu kitoblarni bari birodarlar, Imom Navoiy o'zini qo'li bilan yozgan daftarlardan ming tasini o'chirishga buyurgandan keyin qolganlari shuncha.

[10:38] Mingta daftari bo'lgan, katta katta daftari yozgan narsalarni o'chirishga buyurgan ekan. Nima uchun? Nima uchun. Mana shu vazifani bajargan Imom Navoiyda shu buyruqni bajargan Ibn Attor aytadi: Imomni buyrug'iga xilof qilmasdan daftarlarni o'chirdim, mingta daftarini, ammo qalbim hasrat alamda qoldi, deydi. Nima uchun o'chirgan edi? Imom Navoiyning nazarida puxta bo'lmagan edi. U kishining nazarida kamchiligi bor narsalar edi. Mingta daftarni yozishni o'ylab ko'ring, birodar.

[11:12] Mingta dafta, birodarlar. Shuning uchun o'zimizni ustun qo'yayotganda, o'zimizni bilimli sanayotganda bo'ladi, kimligini ko'rib qo'yaylik. Kimlar bilan o'zimizni tenglik ekanimizni bilib qo'yay lik. Endi Imom Navoiyning ilmi qanchalar yuksayligini tasavvur qiling va mana shu ilmni daftarga tushunishlikka ketgan vaqtini qanchaligini bir fikr qilib ko'ring.

[11:36] Imom Navoiyni kitoblari hadis, fiqh va boshqa ilmlar ustida edi. Alloh Taolo u kishini kitoblariga g'ayrioddiy qabul mato etdi. Imomun avvali uylanmagan edi. Va mana shu narsa shuncha ilmni o'qib, o'rgatishligiga yordamchi bo'ldi. Ha, o'zi uylanishlik kerak, Payg'ambarimizni sunnati, tavozu bo'lishi kerak. Lekin bu kishi uylanmagan ekan. Ammo uylanmaganiga yarasha birodarlar, farzand zurriyot qoldirmaganiga yarasha, shunaqa ilm qoldiribdiki, mana shu paytgacha nima qilyapmiz? Ismini yaxshilik bilan zikr qilib kelyapmiz. Ming yil bo'libdi salkam bu kishini o'tganiga.

[12:10] Yeyish ichishiga ham qattiq e'tibor qilmas edi bu kishi. Faqir edi. Hech qachon ikki xil ovqat o'tirib bir marta yegan emas. Go'shtni bir oyda bir tanovul qilar edi. Hayoti ilm uchun edi. Boshqa narsa uchun ovora bo'lgan edi, mana shuncha ilmga ega bo'lib qoldirib ketgan bo'larmidi? Yo'q. Bir kunda bir mahal ovqatlanar edi. Xuftondan keyin. Ichadigan bir ichimligi bo'lsa, subiqdan keyin ichar edi. Boshqa payt kitob, kitob, kitob.

[12:41] Onasi horonning anjiridan yoki uyda pishirilgan biror narsani yuborsa, shu kuni varimo bo'lib ketar edi. Ozgina pishiriq kelsa, shu kuni bayram bo'lib ketar dedi. Imom Navoiy yashaydigan joyi madrasani burchagidagi bitta hujra deb aytdik. Aytadiki, ikki yil hujramda yonboshlab yotmadim deydi. Kitob o'qiyotganda uyqu kelib ketsa, shunday ko'zini yurib turib, shunday kallasini qo'yardi kitobni ustiga. Besh minutmi, o'n minut uxlardi, turardi shu narsa, yana kitobini o'qib ketaverardi. Shuning uchun o'zini ishtixotli, g'ayratli degan ilm talabidagi ukalarimiz bir taqqoslab qo'yaylik. Yerga tushayligini ekan. Ha, ehtimol, tengi tushlarimiz ichida zo'r o'qigandirmiz, tengi tushlarni ichida zo'r qoridirmiz, lekin ko'rib qo'yaylik. Biz mana shularga taqqoslaylik o'zimizni. I lekin kibrga berilmaymiz.

[13:30] Mana shunday oddiy faqirona kun kechirishi bilan Damashdagi Darul Hadisul Ashrafiyaning raisi martabasi yetdi. Imom Navoiy o'zini asrini eng ko'zga ko'ringan ulamolaridan, shayxlardan yigirma tasida ta'lim oldi, turli ilmlardan. Ulardan faqatgina ilm o'rganmadi quruq. Ruhoniyatni, xulqni, odobni o'rgandi. Qambali olimlaridan Abu Abdulloh ibn Abilfatih aytadi, bir kecha Damashq jome masjidida edim. Shayx qorong'ida bir ustunda oldida turib namoz o'qir edi. Yaqinrog'iga keldimda, qaysi oyatlarni o'qiyapti, kim deb quloq solsam, Astaydubillah, Vaqifuhim innahum mas'ulun oyatini o'qir edim. Ya'ni Alloh Taolo qiyomat kunidagi kafillarni farishtalarga aytadi, to'xtatib turinglar. Albatta ular hali so'rolguvchidirlar. Dunyoda qilgan ishlari haqida albatta so'roq savol bo'lmasdan turib do'zax irg'itilmaydi ular. Shu oyatni tong otguchcha takrorladi. Voqifuhum innahum mas'ulun.

[14:32] Imom Navaviy o'sha umrini avvalida tabobat ilmiga qiziqib qoldi. Tib ilmini o'rganmoqchi bo'ldi da, ibn sinoning al qonun degan kitobini olib kelib, tibni o'rganmochi bo'ldi. Aytadi, shu kitobni olib kelib qo'yishligim bilan, parishon xotirlik kallamga kirdi. Biron narsani qilishga qodir bo'lmay qoldim. Sababi haqida o'ylana boshladim. Alloh Taolo qalbimga ilhom berdi. Mana shu tabobatga kirishganligingdan degan ilhom keldi.

[15:06] So'ngra shu kitobni olib borib sotdim. Tabobatga tegishli bo'lgan boshqa narsalarni yo'q qildim. Yana Alloh Taolo qalbimga nurini qaytarib berdi deydi. Imom Navoiy tabobatga kirdi. Alloh Taolo olib qo'ydi boyagi holatni. Ya'ni nima qildi? Diniy ilmini o'qiy degandek. Sinovlar. Ulug' insonlarda ulug'ligini bildiradigan ishlardan bittasi ularga sinov kelsa, ularga imtihon kelsa, mana shu sinov imtihonlarda taslim bo'lmaydi, sobit turadi o'zini manhajida. Izzatul Abdulsalomni sultonlarga qilgan va'zi, ularni Makkadan qaytarganligini eshitdik, qanday bo'lganligini. Imom Navaviyga ham ana shu zamonadagi Mamluklardan bo'lgan podshoh Zohir Beybars tomonidan sinov keldi.

[15:58] Imom Navaviy bu sinovdan chiroyli suratda o'tdi. Zohir Beybars Misr yerini sultoni, yana Shomning bir qismiga sulton xalqdan oladigan solig'iga qo'shimcha ziyoda solig'ini olishing haqida hukm chiqardi. Atrofdagi ulamolardan, mashoyixlardan hukmiga imzo oldi. Endi ular fatvo berishdi. Imom Navaviyga olib kelgan paytda, Imom Navaviy qo'l qo'ymadi. Imzochi emadi. Sultonni oldiga chaqirishdi. Sulton so'radi. Bu hukmni hamma ulamolar qabul qilib, imzo chekishib berdi. Siz nimaga imzo chekmadingiz? Dedi. Imomiddin avdiy aytdi, botil fatvo berishibdi sizga. Odamlardan ortiqcha molni olishga haqqingiz yo'q dedi. Sulton nimaga? Axir men uni davlat ishi uchun ishlataman u. Haqiqatdan hali salchilar bilan bo'layotgan urushlar bor, hali fotixodlar bor, shunga ishlatishlikka haqqi bor. Imom navoiy aytdi, ha, qo'shimcha molni olishlikka haqqingiz bor, faqat sharti bor dedi. Nima u sharti? Qani sultonga gapiryapti, podshohga gapiryapti.

[17:04] Birinchidan, baytulmolni ichidagi hamma pul ishlatib tugatasiz. Baytulmolda pul qolmagan bo'lishi kerak. Ikkinchi sharti, siz o'zingiz, ayollaringiz, joriyalaringiz, mamluklaringiz, amirlaringiz, haqqinglardan oshchasini olgansizlar baytulmoldan. Shu baytulmolddan olgan oshcha pulni qaytarib qo'yasizlar, shundan keyin odamlardan ziyodamol olsanglar bo'ladi dedi.

[17:31] Ya'ni o'zingiz va atrofingizdagilar huzur halovatda kengchiligida turib, boshqalardan oshcha molni olishlikka haqqingiz yo'q dedi. Imomunavvaviy mana shu haq so'zni sultonni betiga shart shart aytdi, keyin majlisdan chiqib ketdi. Sulton bebars aytdi, bu odammi dedi, bu faqihni. Mansabidan olinglar, maoshini ham bermay qo'yinglar dedi. Dedi odamlar, ha bu kishini shunaqa mansabi yo'q, inay bizdan maosh ham olmaydi bu odam dedi.

[18:02] Bebars tirikchiligi nima bo'ladi? Dedi. Otasi yuboradigan narsa bilan tirikchilik qiladi dedi. U kishini tirikchiligi bir mahal ovqat yer edi. Bir mahal ichayotgan ichimdagini ichar edi, boshqa payt kitobi bilan dedi. Dunyoga bog'lanadigan hech narsasi yo'q deb ular otadi. U kishining shogirdi Abul Abbos ibn Farah aytadi, Shayx Muhiddin Imom Navaviy uchta ulkan martabaga erishdi. Agar ana shu uchta martabadan bittasi bitta odamda bo'ladigan bo'lsa, odamlar atrofi ofoqdan kelib uni ziyorat qiladigan odam bo'lar edi. Nima edi uchta martaba? Ilm va uning vazifalarini qoyim qildi. Ilmni haqqini ado qildi. O'rganishda ham, o'rgatishda ham. Ikkinchi martabasi, dunyodan zohid behojat bo'ldi. Qani oddiy kiyingan, oddiy ovqat yegan. Uchinchisi, amru ma'ruf nahi munkarni qoyim qildi dedi. Imom Alaviy o'ta haybatli, viqorli inson edi. U kishidan odamlar haybatlanishar edi.

[19:06] Abu Zakariya Muhiddin Sharaf ibn Mariy an Navoiyning ilmi xabari atrof ofoqqa tarqadi. Ahli ilmlardan katta bir jamoa ham qila olmaydigan ishni Imom Navoiy yolg'iz o'zi qildi. O'zidan keyin ulkan ilmiy merosni qoldirdi. Qirq besh yoshga kirib vafot etdi. Ammo mana shu qirq besh yei yil alloh taolo barakor qilgan yillar edi.

[19:34] Agar yozib ketgan kitoblarni sanab o'tadigan bo'lsak, bitta dars yetmaydi deyapmiz. O'chirib tashlagan daftarlari, mingta daftar bo'lsa, u kishining ilmi faqatgina o'zini asridagi musulmonlargagina emas, shu kunimizdagi musulmonlarga ham ulkan foydasi tegdi va inshaalloh qiyomatgacha keladigan musulmonlarga foydasi tegadi.

[19:57] Alloh aziz va jalloh Abu Zakariya Muhiddin an Navaviyni rahmat qilsin. Siz bilan bizni u ulug' zot bilan birga Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning majlisida sherdavsul a'olada jamlagan bo'lsin. Aquli qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum.
