# Islomda farzand tarbiyasi

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 21 of 510
- Section: —
- Duration: 27 min
- Original title: Islomda farzand tarbiyasi
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/21
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Y_oyc3mHRwU.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Y_oyc3mHRwU
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/20.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/22.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmana rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vala aqibatu lil mutaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyigina muhammad as sodiqil va'dil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.

[0:31] Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun o'timiz. Biz ijtimoiy tarbiya haqida dars qilayotgandik. Mana shu ijtimoiytarbiya bobida biz taqvo haqida, birodarli haqida, inisor haqida so'z yuritdik. Bugun inshaalloh mana shu ijtimoy tarbiyaga aloqasi bo'lgan yana bir sifat, avf qilishlik sifati haqida dars tilamiz, inshaalloh. Alloh subhanahi va taolo Qur'onda marhamat qiladi, A'ro so'rasida. Xud'iyl avva va amr belorofiy va arid anil jahiliy. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Marhamatli bo'ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o'giring. Avf qilish, kechirish, bu ulug' sifat. Bu sifat insonni yuksaltiradi, insonni ulug'likka teglaydi. Intiqom oluvchi kishi, avf qila olmaydigan kishi past bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotiga murojaat qilamiz. Rasulullohga yigirma yil dushmanlik qilgan Qurish, hijratning sakkizinchi yilida Payg'ambarlarimiz Makkani fad qilganlaridan keyin, u zotni oldida turdi. Yigirma yillik dushmanlik qilyapti. Sahobalarni o'ldirgan, Rasulullohga aziyatlar yetkazgan, yurtidan quvib chiqargan, mol mulklarni talon taroj qilgan.

[1:55] Mana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldida bo'yinlarini egib turishibdi. Rasululloh hozir sollallohu alayhi vasallam adolat qilsa, hammasini jazolashligi kerak. Ularni hammalarini to'plab turib, ma'tadul nuna an li faylun bi kun. Men nima qilaman sizlarni hozir, bilasizlarmi dedi. Agar adolat qilsa hammasini qirib tashlash kerak. Mana senlarga deb va to'g'ri bo'ladi. Hech kim o'pkalamaydi.

[2:23] Buni o'rniga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nima ish tutdi? Ular aytishdi, ahun karim, ibn ahin karim, karim birodarimizni karim o'g'lisiz deyishdi. Payg'ambariz idha hu fath umid to'laqo. Ketaveringlar ozod sizlar dedi. Va mana shu avu qilishlik bilan Payg'ambarlarimiz ularni qalblarini kasb qildi. Qaytarib aytamiz. Avf qilish, kechirish insonni yuksaklikka yetaylik deb. Intiqom olib, hassos olib jazolashlik insonni pastlatadi. Chunki intiqom olsangiz, hassos olingan, intiqom olingan, jazolangan kishini sizga nisbatan adovati yana kuchayadi.

[2:59] Yana sizdan bir imkon bo'lib qolsa, sizga bir aziyat yetishlikka xarist bo'ladi. Avf qilich. Bu shunday bir ulug' sifatki, farzandlarimizga ta'lim berishligimiz kerak. Musulmonlarni o'rtalaridagi gina kuduratlarni, kelishmovchiliklarni ko'taradi. Islomni qabul qilgan britaniyalik bir yozuvchi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayoti, singratlari haqida kitob yozgan, shu kitobida aytadi. Avfni kechirishni, avfni holatga qarabgina avf deyishi mumkin. Bir kishi senga aziyat yetkazdi, senga ko'p bir og'zorlar yetkazdi, endi shunday bo'ldiki, seni qo'lingga tushib qoldi. Jazo olishing ham mumkin, imtihon olishing ham mumkin. Mana shu paytda qilgan aufing haqiqiy auf bo'ladi.

[3:48] Endi ojizlikdan indamay qolishlik, bu auf qilishlik emas. Tushunarli bo'ldimi? Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam qodir bo'lib turib, yigirma yillik aziyatlarni, ozorlarni unutdi, avf qildi, shu bilan ularni qalblarini islomga moyil qildi. O'zi doim ham avf qilishni olish kerakmi degan savol bor. Bunga javob berganmiz. Agar siz avf qilsangiz bir odamni, sizni kechirishligingiz, avf qilishingiz, uni yaxshi tomonga yurishiga sabab bo'lsa, kechirganingiz zo'r.

[4:22] Agar siz avf qilsangiz, yana bu qiladigan xato gunohida davom etib ketadigan bo'lsa, bunday odamlar avf qilmasligi kerak. Agar biz avf qilsak, tuzaladimi? Avf qilamiz. Agar teskarisi bo'ladigan bo'lsa yo'q. Avf qilgan kishi doim mahbub bo'lgan, karim bo'lgan. Bunday kishi o'zini dushmanlarini ham do'stga aylantirgan. Farzandlarimizga mana shu sifatni yoshligidan o'rgataylik. Chunki kichkinaligidan singdirilgan bo'lsa, bu umrini oxirigacha. Aytdik ku avvalgi darslarda, besh yashargacha bola hamma narsani yozib bo'ladi. Nima oq, nima qora, nima yaxshi, nima yomon.

[5:03] An ta'fu aqrobulit taqvo deydi Alloh azza va jalla. Kechib yuborishingiz taqvoga yaqinrog' ishdir. Masalan, siz bir ayb ish qildingiz, jazolashdi, uniga o'qib qo'yishdi. Endi siz nima qilishingiz kerak? Siz ham ularni fazlini biling. Alloh taolo aytadi, fala tansav al fadla baynakum. Orolaringlardagi fazlni unutmanglar. Sizni kechirdimi, avf qildimi, siz ham bir javob qilib qo'ying. Bir hadya olib borasizmi, mehmonga chaqirib qo'yasizmi, ko'nglini ovlab qo'ying. Sizni avf qilishganiga xursand bo'lganligingizdan, ularga nisbatan qalbingizda hech qanday narsa qolmaganligidan, yomon sifatlardan. Buni bildirib qo'ying.

[5:44] Vafo qilishlikda, avf qilishlikda. Rahmat ko'rsatishlikda, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizga eng oliy namuna. Alloh Taolo aytadi. Astayduvilla, vala tasstavil hasanatu valas sayyi'a, idfa billati hiya ahsan, faydal ladiy baynakaba baynahu adavatuunkaa annahuu alayyun hameen.

[6:07] Alloh Taolo siz bilan bizga mana shu o'zaro bo'ladigan muomalalarimizda nima ish qilishimiz kerakligini o'rgatyapti. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz har qanday yomonlikni eng go'zal so'zlar bilan daf qiling. Shunda banogoh, siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa, qaynoq, sodiq do'st kabi bo'lib qoladi. Xotibin Nabibalta qissasini hammamiz bilamiz. Rasululloh Makka fathiga qo'shin tayyorlayotganida maxfiy suratda, Qurayshga xabar yetib qolishidan ehtiyot bo'lgan suratda, Rasulullohni Xotibi Nabibalta ismli sahobasi Rasulullohni bu sirini Qurayshlarga yozib jo'natib yubordi. Har qanday zamonda, har qanday bir joyda bu sotqinlik deyiladi. Har qanday zomonda, har qandaysi makonda bunday ishni qilgan odam qatl qilinishligi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maktubni olib keltirdi. Vahiy bilan xabar topdi Rasululloh, maktub olib keldim. Xotinni Payg'ambarimiz chaqirib, maktubni o'qib, nima bu dedi.

[7:13] Umarun Xato roziyallohu anhu shu'a dedi, yo Rasululloh ruxsat bering, bu munofiqni bo'ynini uzib tashlay dedi. Jazolashlikka shoshildim. Ammo Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam, ey Umar, bu ahli badrdan dedi. Sababini so'raganida sababini aytdi. Men bir kun ham munofi bo'lmaganman, bir kun ham sizni Payg'ambarligingizda shubha qilmaganman. Ammo Makkada meni molim, oilam bor. Ularni himoya qiladigan qarindoshim yo'q.

[7:42] Shu xatda jo'natib yuborsam, kurash bizga xotib yaxshilik qilibdi deb, oilamga sal yumshoqroq muomala qilarmikin degan maqsadda qildim dedi. Agar Payg'ambarimiz qatl qilganda nima bo'lardi? Shu gunohi bilan o'lib ketarmidi? O'lib ketar edi. Aksincha, avf qildi. Bu kishini islomi yana ham chiroyli bo'ldi. Shunday bir musulmonlarda zo'ri bo'ldiki, Rasululloh xotibni shu xiyonatiga qaramasdan, keyinchalik dunyo podshohlariga elchi qilib yubordi o'zini nomidan. Umar ham xatto bu kishini xiyonatini ko'rdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni kechirishlikka loyiq deb bildi. Kishi ba'zida zaiflik qilib, adashib, nafsini uyquga kelib turib, bir marta xato qilib qo'yadi. Biz jazolab olgani shoshilamiz. Agar farzandlarimiz biz shu farzandlarimizdan xato o'tganda, avf qilayotganligimizni ko'rsa, ayolingiz sizni xafa qiladigan ishni qilib qo'yg'anligini ko'rib turib, siz uni jazolamasdan avf qilib bo'lganingizni ko'rib katta bo'lsa, farzand kimni o'rganadi? Xo'sh, inida ko'rganini qiladi.

[8:54] Shuning uchun, ana shu qilgan xatosini tan olib, bo'ynini qisib, kechirim so'rab turgan odamni avf qilib qo'ysangiz, orqasida qancha yaxshilik borligini siz bilan biz bila olmaymiz, birodarlar. Alloh taolo avf qilishinglar taqvoga yaqin dedi, shu sifatda farzandlarimizga ta'lim berishligimiz kerak. Ulug' inson avf qiladi. Haqiqiy inson avf qila olmaydi.

[9:21] Avf qilish haqidagi qissalar, juda ham bir ajiy qissalar bor birodarlar. Ajiy qissalari. Badrda mushriklar mag'lub bo'lishdi. Yetmish kishi ulardan o'ldi, yetmish kishi asab tushdi. Qurish mana shu badrda chekkan mag'lubiyatini alamini totib turar edi. Ana shu qurashlilardan bo'lgan safvonovni umayga va umayr ibn vahr. Ka'batullohni ostida o'tirib, ikkalasi o'tgan ulug'larini eslashdi. Safvonni otasi Umayyatunni halok mana shu Badr g'azotida qatl qilindi. Umayr ibn Va'hb ham musulmonlardan aziyat chekdi. Bir o'g'li asr tushdi. Ikkalasi gaplashib o'tirib, Umayr aytdiki, agar qarzing bo'lmaganida, mendan keyin bola chaqalarimni ko'chada qolib ketadi deb qo'rqmaganimda, Muhammadni borib o'ldirib kelardim dedi.

[10:16] Safon, boy, badavlat odam. Bu amakivachchalar edi bular. Bular qarindoshlar edi. Safon aytdi u menga, seni qarzlaring meni qarzing, men uzaman. Seni bolalaring meni bolalarim. Tirik ekanman, boqaman ularni dedi. Faqat shu ishni qildi. Chunki Payg'ambarimiz o'ldirsa, hamma qurashlik, mushliklarni qalbiga malham tushadi. Umayr qilichini zaharladi, hech kimga aytmadi, Madinaga bordi. Bu Makka bilan Madina o'rtasida mana shu Badrda tushgan asrlarni ajratishlik uchun bordi, keldilar bo'lib turganini, bu ham bemalol bordi. Umarovni hatto buni ko'rib, qilichi bilan kelganligini ko'rib, Allohni dushmani, it, Umayr keldi. Hushyor bo'linglar dedi, rasululloh svyaz salomga xabar berdi. Rasululloh olib kelinglar dedi. Umariddin hatto xuddi bir itni yetargandek qilichini yechib bo'yniga solib, sudrab olib keldi. Rasululloh Sallallohu Alayhi Vasallam Umayrni Safvon bilan qilgan suhbatini, nima maqsadda kelganligini, qilichini zaharlaganligini hammasini aytib berganida, Rasululloh uni avf qildi bu niyat uchun. Va mana shu avf qilishligi va boyagi xabarni berishligi uni Islomga qalbini moyil bo'lishiga sabab bo'ldi. Umariddin hatto tashqariga chiqqanidan keyin, Umayr Madinaga kelganida, undan ko'ra menga bir to'ng'iz yoki it mahbubroq edi.

[11:40] Endi esa u menga ayrim farzandlarimdan ko'ra menga yaqinroq dedi. E'tibor beringlarda. Umarimni hatto Umayrni o'zini yomon ko'rmayapti. Nimasini yomon ko'ryapti? Qilayotgan gunohini, kufrini yomon ko'lyapti. Shu kufrini gunohini yo'q qiluvdi, yaxshi ko'raverdi. Bizda ham shu sifat bo'lishligi kerak.

[12:05] Ana shu ajib qissalardan Abdulloh ibn Tohir rivoyat qiladi. Xalifa Ma'mun huzurida edi. Xalifa eshikda turadigan xizmatchi yigitni chaqirdi. Ey g'ulom! Xalifa xizmatkorni chaqirdi. Ey, g'ulom! Yo'q. Ey, g'ullom! Yana yo'q.

[12:30] Uchinchi marta jahli chiqib, hey, g'ulom dedi. Haligi eshikni tagida turadigan g'ulom shunday kiritdi. Ha nima g'ulom, g'ulom? Nima, g'ulom yeyish, ish kerak emasmi? Ozgina yoningizda yo'q bo'lib qolsam, g'ulom, go'lom deyaverasiz? Deb haddidan oshdi. Xalifa Muammo uni gapini eshitib turib, shunday boshini yerga qildi, indamay uskul qilib turdi. Abdullohimni tohir aytadi, hozir bo'ynini uzib tasha deyishini kutdim deydi. Haqiqatan yigitcha haddidan oshgan edi.

[13:04] Shunday boshini ko'tarib turib, ey Abdulloh dedi, bir kishini axloqi chiroyli bo'lsa, uning xizmatchilarining axloqi yomonlashadi dedi. Xizmatchilarning axloqini yaxshilashlik uchun o'zimizni axloqimizni yomon qilishga majbur bo'lib qolamiz dedi. Nima g'ulom, g'ulom? G'ulom minishni ichish kerak emasmi? Ozgina yo'q bo'lib qolsam g'ulom, m'ulom devorasiz. Podshohga, xalifaga shu gapni gapiryapti. Ey Abdulloh, ko'rdingmi? Agar bizni xulqimiz zo'r bo'lsa, xizmatchilarimizni xulqi buzilar ekan. Endi ularni xulqini to'g'rilashlik uchun biz xulqimizni yomon qilishga majbur bo'lamiz, degan ekan.

[13:51] Ba'zida shunaqa bo'ladi. Bitta shu odamlarga deysiz. Yo'q. Kutasiz, kutasiz, chiqib qarasangiz yo televizor ko'rayotgan bo'ladi, yo telefonda gaplashayotgan bo'lardi, i ne nerviz chiqadi. I ne asabingiz buziladi. I ne baqirib berasiz. Zaynul obidin ibn husaynimni ali ibn tolib roziyallohu anhuz. Zaynul obidin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning chevarasi bo'ladi. Ali ibn abit olibni nabirasi. Husayn roziyallohu anhuning o'g'li. Zaynul obidin!

[14:25] Ey g'ulom! Deb xizmatkorni chaqirdi. Yo'q. Ey g'ulom dedi. Yana yo'q. Bir pastdan keyin yana chaqiruvdi. Yana yo'g'e. Ancha vaqt o'tgandan keyin haligi g'ulom kirib keldi. Xizmatkor! Zaynul obidin qarab turib, meni chaqirganimni eshitdingmi? Yigit, ha eshitdim. Nimaga kirmading debdi. Sizni axloqingizni zo'rligini bilganimdan, jahlingiz baribir chiqmaydi deb, xotirjam bo'lib, yalqovlik qildim da saidim dedi. Deganida, zaynul obiddin g'ulomimni mendan xotirjam qilgan allohga hamdlar bo'lsin dedi.

[15:03] Umarun xattob roziyallohu alayhi va o'ta shiddatli odam bo'lgan. Abuzar g'uforiy roziyallohu anhbilan birga ketayotganida bir kishi kelib, ey amiralik ominiy, sizni qattiqligingizdan, shiddatingizdan, haybatingizdan oshishicha qo'rqamiz, dedi. Shunda umarjon xattob yig'iladi. Abuzarga qarab, ey Abuzar, agar odamlar meni qalbimdagi rahm shafqatni, rahmatni qanaqa ekanligini bilishganida, mana bu boshimdagi sallamni ham tortib olib kiyishib olgan bo'lar edi.

[15:41] Ya'ni men musulmonlarga qanchalik mehribon, shafqatli ekanligimni bilganimda boshimga chiqib olishgan bo'lar eda. Lekin bunday bo'lishlik to'g'ri kelmaydi ishga, deydi. Boshliq sifatida shunday bir qattiq bo'lishga majburman, chunki haddidan oshib ketishadi, dedi. Demak, bu shiddatli bo'lishligi ummatda foydasiga bo'lgan edi. Xalifa Ma'mun chaqiruvdi, yigit boya ishni qildi.

[16:05] Zaynul obidin chaqiruvdi xizmatkori boyagi ishni qild. Nima qilishlik kerak? Shularni o'ziga yarasha ish tutishlik kerakmi? Yo'q. Kishi musulmon kishi odamlarning qilgan fe'llariga yarasha ish tuzishi kerak emas. Balki o'zini tutgan mavqeyiga munosib ish tutishi kerak.

[16:26] Qaytaramiz? Musulmon kishi ro'parasida turgan odamni qilgan ishiga yarasha ish tutish kerak emas. O'zini tutgan mavqeyiga qarab ish tutsin. Rasululloh quvaysh mushriklariga yarasha ish tutsa, hammasini qatl qilishlik kerak edi. Lekin payg'ambar bo'lganligi uchun payg'ambarlik maqomiga to'g'ri kela olgan ishni qildi. Zaynul obidin, rasulullohning chevarasi edi. Xizmatkoriga o'ziga yarasha muomala qilsa jazolashlik kerak edi, ammo o'zini mavqoyiga to'g'ri keladigan ishni qildi. Avf qildi.

[16:59] Shularni birida zaynul obidin masjiddan o'zini hamrohlari bilan chiqib kelar ekan, bir kishi keldi da, haqorat qildi. Zaynul obiddin, rasulullohning chevarasi. Bu kishini oldidagi odamlar uni tinchitib qo'ymoqchi bo'lib, unga bir uni ta'zirini beramiz, uramiz deb harakat qilib qoluvdi. Zaynab obidin bularni to'xtatdi. Jim bo'linglar. Boyagi so'kkan odamni chaqirdi da, haligi odam kelgandan keyin, birodar dedi, men siz aytgandan ham yomonroqman.

[17:37] Menda hali siz bilmaydigan ayblar ko'p. Agar xohlasangiz, shu ayblarimni ayb beraman sizga dedi. Qarang, o'zini maqomiga, martabasiga yarasha ish tutdi. Haligi odam xijolat bo'ldi. Ustidagi sonini yechib, kiygizib qo'ydi da, ming dirham pul beringlar bu kishiga dedi. Ming dirham pulni ham berishdi. Sonini kiyib, qo'liga ming dirham pulini olib, guvohlik beraman. Bu inson Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning haqiqiy chevarasi bo'ladi.

[18:12] Otalar, nima qilishlik kerak ekan choy kech qolsa? Avf qo'yish kerak ekan. Bolalar bilib bilmasdan bir xato qilib biror bir sizga bir zarar yetkazib qo'ygan bo'lsa, molingizga yoki qandaydir bir mashinangizga nima qilish kerak ekan? Avf qo'shish kerak ekan, ekan. Avf qilsangiz, bolangiz avf qilishni sizdan o'rganadi. Baqirib so'kib jazolaysiz, uni ham sizdan o'rganadi. Xo'sh, farzandlarimizga avf qilishni o'rgatishligimiz kerak.

[18:43] Bir kishi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldida islom va musulmonlarni yomonladi. Payg'ambarim sahobalariga qarab, kim mana shu kishini tilini kesib qo'yadi? Nima deb tushunamiz buni? Kim unga bir yaxshilik qilib, uni xijolat qilib qo'yadi degani bu? Musulmonlarni haqorat qilganligi uchun, islomni haqorat qilsa, jazolanishlik kerak, adolat qilishlik kerak bo'lsa. Adolat shuni talab qiladi. Ammo dedim, kim uni tilini kesib qo'yadi dedi Payg'ambarimiz?

[19:18] Demak, musulmon kishi o'zini ro'parasida turgan kishini ishiga yarasha ish tutishi kerak emas. Balki o'zini tutgan mavqei, martabasiga loyiq ish tushishi lozim bo'ladi. Ma'ruf ish qilaverish kerak. Loyiq bo'lsa ham ro'parangizdagi odam, loyiq bo'lsangiz ham. Agar ro'parangizdagilar odam sizni ma'ruf ishingizga loyiq bo'isa, topdingiz egasini. Agar noloyiq bo'lsa, siz ma'ruf ishini qilishlikka loyiq haqli odamsiz.

[19:48] Bir kuni Zaynul Obidning xizmatkori qo'liga suv quyayotuvdi sayida. Qo'lidan ko'za tushib ketdi. Zaynul Obidinning oyog'iga tushdi. Oyog'ini jarohatlari sinib ketdi. Qo'l xato qil. Hey! Dema dedi. Hey! Deymiz ku biz. O'sha bolamizni qo'lidan pelab tushib ketishiga cho'chiydi. Bunday qiladi. Nimaga? Tushishiga so'kishni eshitgan, tushishiga, kaltak boshiga tars etib tushgan. O'shaning uchun tushib ketdi piyola, yurak qolmagan. Yurak qolmagandi. Qayoqdan kelib qolarkin poylaydi.

[20:30] Mana Zaynul Obidinni uquli ko'zani tushirib yuborib, oyog'ini jarohatladi, ko'zi yana sindi. Nima dedi? E saidim, bilasizmi? Alloh Qur'onda, val ka'zi minal g'oyda, g'azablarini ichiga yutadiganlar degan taqvodor bandalar mo'xtab dedi. Ha, bu haqiqiy qahramonlik, g'azabi kelganda ichiga yutishlik. Chunki taqvodorlarni sifatimi, demak oson bo'lmaydi bu. Yana qayerda aytyapti uni?

[21:03] Oyog'ini ezib qo'yib, ko'zasini sindirib moddiy, jismoniy zarar yetkazib qo'yib turib, bilasizmi, Parvardigor taqvodor bandalarda maqtaganda g'azablarni ichiga yutadiganlar degan dedi. Zaynul obidin qarab turib, g'azabimni yutdim dedi. Qul nima dedi? Bilasizmi yana nima degan Allohu a'lamdan? Vala afina aninnaas degan. Odamlarni avf qiladiganlar degan taqvodorlar. Zaynul opidin, avf qildim seni dedi. Bilasizmi yana nima degan Alloh? Va allohu yo habbul muhsinin, Alloh ehson qiladigan, chiroyli ish qiladiganlarni yaxshi ko'radi degan. Allohni yuzi uchun ozodsan sen.

[21:44] Hozirgi aqllarga sig'maydi. Lekin bizga ibrat bo'ladigan odamlar shular. Bizga ibrat biladigan odamlar shu. Idishni sindirdi. Oyoqda jarohatladi, shunday bo'lsa ham Allohni roziligi uchun ozod qildi. Allohning rizosi uchun ozhod qildi. Bu albatta muammolarni sifatlari. Kim avf qilishni bilsa, odamlarning qalbi unga moyil bo'ladi. Odamlarning qarbi unga moyil boladi. Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhur. Rasulullohning havorisi Zubayr ibn Avvomning o'g'li. Abdulloh ibnu Zubayr. Xalifa Muoviya umnu Abu Sofiyonga maktub yozdi. G'azablangan holda yozgan edi maktubini. Ey Muoviya, sening kishilaring mening yerlarimga kirishibdi. Bas, ularni bundan man qil dedi. Xat xalifaga yetkazildi. Maktubni o'qidi Muoviya umnu Abu Sofiyon. Bu xalifani o'g'li Yazid mana shu joyda turgan edi. Otasi o'qidi maktubni, o'g'liga berdi. Yazid o'qidi, xabar tortdi, g'azablandi. Jahli chiqdi. Nima deysan o'g'lim, dedi. Bir qo'shin yuboring, deyman, Abdullohning Zubayrni oldiga. Bu qo'shinni boshi Abdullohga aytganida, oxiri bizni oldimizdan chiqmagan bo'lsin.

[23:02] Buyuring, boshini olib kelishsin, dedi. Muoviyatun nabi sufiyon haqiqiy odam edi. Bu kishi haliy odam edi, dedi. Bundan yaxshiroq eshitibdi, bizni o'g'lim, dedim. Kotibni chaqir. Kotib keldi. Unga yoz, dedi. Ammo ba'd, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning havorisining o'g'li maktubini o'qidim. U kishini xafa qilgan narsa meni ham xafa qildi. Dunyo va uning ichidagi hamma narsa uning roziligi oldida hech narsa emas. Ya'ni Abdulloh ibn Zubayrning roziligi oldida dunyo va uning ichidagi hamma narsa meni uchun hech qanday qadr yo'q. Ana shu yer va undagi hamma narsadan kechdim, sizga deb yozib yubordim maktubni.

[23:48] Xalifaning maktubini Abdulloh ibn Zubayr yetkazib berishdi. Abdulloh ibn Zubayr maktubni o'qidi, javob qaytardi. Ammamat, ey amiralik mo'minin, alloh sizni dunyoda turishingizni davomiy ziyoda qilsin dedi. Xalifa o'g'lini chaqirdi, boyagi qo'shinni jo'nating degan o'g'li gazetni. Maktubni berdi, o'qib chiqdi. Shunga hayron qoldi ki bolasi, ey bolam, kim avf qilsa, kechirsa, odamlarning qalblari unga moyil bo'ladi, dedi. Ha, endi hamma ham kechirilavermaydi, hammani ham avf qilaverish kerak emas. Boyagi aytganimizdek, kechirsangiz yaxshi tomonga yursa, albatta kechiring. Agar kechirsangiz, yana tug'ilganga ketadigan bo'lsa, bu odamni kechirib bo'lmaydi.

[24:32] Abdulloh ibn zubayr oddiy bitta bir fuqaro. Muviyatidan buzgan davlatning boshlig'i. Boshliqqa nisbatan beadablik qildi, lekin boshliq avf qildi. Va mana shu narsa bilan u kishining qalbini o'ziga kasb qildi. Kechirimli bo'lishlik urf sifatlaridan. Kishi qanchalik kechirimli bo'llar ekan, alloh taoloning huzurida shunchalik hurmati baland bo'ladi. Odamlar bunday odamni yaxshi ko'radi, qo'llaydi, ko'mak ko'rsatadi, ergashadi. Avf qilish, kechirimli bo'lishlik urf sifatlardan. Darsimizning nihoyasi.

[25:07] Hodisa tul ifk. Oyish onamiz roziyalloh anhoning sha'niga mana tuhmat bo'xton so'zlari aytilgan. Mana shu tuhmat so'zini aytgan kishilardan bittasi Mustihr, Nabi Mustihr edi. Mustihr Abu Bakr Siddiqning qarindoshi edi. Mustihr Abu Bakrdan ko'p xayr ehsonlarda olib turadigan odam edi. Ammo o'zini qarindoshi bo'lgan abu bakrning qizi, rasulullohning ayoli, oyish onamiz haqida bo'mag'ur gapni, tuhmatni aytganidan keyin, oyshanamizni pokiza ekanligi haqida oyatlar tushib, pokligi isbotlanganidan keyin, abu bakr mustihga qaytib yaxshilik qilmaslikka qasam ichdi. Ya'ni shuncha mendan yaxshilik ko'rib turib, meni qizim haqida shu gapni gapirdingmi? Va Allohga qaytib senga bir yaxshilik qiymayman deb qasam ichadi.

[25:57] Ishiga yarasha ish, fe'liga yarasha ish. Ammo Alloh Taolo nima dedi? As saidoviylar. Vala ya ataliy ulil fozli minku vas sa'atiy, an yutu ulil qurba, val masakina val muhajiri nafi sabiylin la, val ya'fu val ya sifachu ala tohibbuni an ya firol lohu lakun, va allohu g'ofuru rohim. Sizlardan fazl va keng, katta moli davlat egalari, qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo'lida inqiroz ehson qilmaslikka qasam ichmasin. Balki ularni avf qilib kechirsin.

[26:36] Alloh sizlarni mag'firat qilishini istamaysizlarmi? Alloh mag'firatli mehribon. Abu Bakr oyatni eshitib tushundi. Alloh menga aytyapti, dedi. Xohlayman, dedi. Xohlay men Alloh meni kechirishligini. Mustixni kechirdi. Yana qilgan xayriya sonida davomiy bo'ldi. Demak, bugun siz bilan farzandlarni ijtimoiy tarbiyasida avf degan sifatni o'rgatishimiz lozimligini ko'rib chiqdik. Avf qilishlik, musulmonlarga yarashadigan, musulmonni yuksaltiradigan ulug' sifatlarda. Alloh Subhanahu va Taolo biz o'zimizni avf qiladigan kishilardan qilsin. Va farzandlarimizni ham mana shu avf sifati bilan o'zini ziynatlagan, bezagan musulmonlardan bo'lishiga muvaffaqiyatini bergan bo'lsin. Aquli qovli halda. Va astag'firullohu alayhi va alam. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
