# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 212 of 510
- Section: —
- Duration: 44 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/212
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/c20irj9YZ1U.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=c20irj9YZ1U
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/211.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/213.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Asrorul uzama, ulug'larning sirlari deb nomlanadigan darsimizga xush kelibsiz. Birodarlar, bu darslarimizda ummatning turli sohada ko'zga ko'ringan eng ulug' kishilari haqida so'z yuritamiz. Biz olimlar haqida, tabiblar, siyosatchilar, faqihlar, arboblar, ruhiy tarbiya ustozlari haqida dars qildik. Bugungi suhbatimiz ummatning eng ulug' kishilaridan bo'lgan Nuriddin Mahmud Zankiy haqida bo'ladi. Nuriddin Mahmud Zankiy haqida nima bilamiz? Deyarli hech narsani bilmaymiz. Biz bilamiz Salohiddin Ayyubiy. Lekin bilasizlarmi, Salohiddin Ayyubiyda mana shunday bir marta yetishiga asosiy xizmatni qilib qo'ygan kishi Nuriddin Mahmud Zankiy bo'ladi. Agar taqqoslashga kerak bo'ladigan bo'lsa, Nuriddin Zankiy Salohiddin Ayyubiydan ustun bo'ladi birodarlar. Nima bilamiz bu ulug' inson haqida? Ulug' qo'mondon haqida, ulug' podshoh haqida. Biz bu darslarimizda faqat ularni hayotini o'qib o'rganib, a manaqa manaqa manaqqa bo'lgan ekan deb o'tib ketishmas, balki ularni mana shunday yuksaklikka olib chiqqan sabablar, omillar haqida bahs qilmoqchimiz. Toki shu narsadan xabardor bo'laylik, va ummatni yana yuksalishiga siz bilan biz ham, ulardan o'rgangan narsamiz bilan hissa hissa qo'shaylik.

[1:19] Ibn asir aytadi men podshohlar tarixini o'qidim. To'rtta xalifai roshid va umariddin abdulazizdan keyin eng adolatli va ulug' podshoh deb nuriddin mahmud zankeyni topdim. Xudo xohlasa roshidlarga, umariddin abduazizga teng qilyapti bu kishi. Nuriddin zankeyn. Islom tarixida o'tgan buyuk shaxs, islom va musulmonlarning qo'mondoni, siyosiy arbobi. Nuriddin zanki hijriy besh yuz o'n birinchi yilda tavallud topdi. U kishi tug'ilgan payt islom ummati uchun juda bir mashaqqatli bo'lgan payt edi. Ummat, birodarlar zulmat yashayotgan edi. Musulmon amirlar bir birlari bilan urishgan, bir birlari bilan taxtalashgan, firqa firqaga bo'lingan. Bundan foydalangan nasroniy salbchilari musulmonlarni yerini birin ketin ishg'ol qilishlikda davom etishayotgan edi. Mana shunday paytda u kishi musulmonlarning o'rtasiga chiqdi va tarqalib turgan musulmon amirliklarini, musulmon qo'shinlarini bir qildi va nasroniy salblariga qarshi ularni urushga yetayladi. Nuriddin Zankiyev umri jihodlarda o'tdi. U kishi o'zini umri davomida ellik dan ortiq shahar va qal'alarni nasroniylarning qo'lidan ozod qilgan edi.

[2:36] Ellik dan orti birodalar. Oltmish ga kirmay o'tgan bu kishi. Oltmishga o'tmasdan kirmasdan o'tgan. Nuriddin Mahmud Zanki davridagi holat, musulmonlarning holati hozirgi kundagi musulmonlarda holatidan ko'ra yomonrog'ida. Musulmon xalqi, u paytda ham bo'lingan, ham bir biri bilan tinimsiz urushlarda olib borib turgan. Bir vaqtlar bitta davlatni shaharlari hisoblangan Halab, Damashq yoki Mosul shaharlar hammasi amirlari o'zlarini bittadan davlat deb e'lon qilgan edi va bir biri bilan urushib turgan edi.

[3:13] Nuriddin Zanki, u kishining otasi Imomiddin Zanki Iroqning shimoli, Mosul va Nusaybin shaharlarini hokimi edi. Yana Shomdagi Xuroson shahri ham Imomiddin Zankiyni qo'l ostida edi. Salchilar, bilasizlar, birodarlar o'rta asrlarda musulmon yurtlariga juda ko'p xurujlarni qilishgan. Salchilar Halab yerlarini bosib olishlikka tayyorgarlik ko'rishar edi. Bundan xabar topgan Imomiddin Zanki, Nuriddin Zankini otasi, ularga qarshi jang qilishlikni xohladi. Lekin oldida bir katta bir mashaqqat bor edi. Xames, Halab, Damashq, Mosul, Iroq kabi bo'linib olgan, alohida alohida davlat bo'lgan, davlat bo'lmagan, davlatcha bo'lmagan xalqlarni amirlarini, qo'shnilarni birlashtirishlik kerak edi.

[4:04] Bu kichkina kichkina amirlikni egalari Imomiddin Zanki ularni egallab, ularni hukmidan olib tashlashligidan xavotir bilan yashashar edi. Lekin Imomiddin Zaki yetti yillik harakatidan keyin mana shu qo'shnilarni mana shu amirlarni birlashtira oldi. Birlashtirdi, hech qancha vaqt o'tmasdan Imomiddin Zankeyni qo'l ostidagi Ro'xo shahriga salbchilar kutilmaganda hujum qildi. Ammo Imomiddin Zanki ularni mag'lub qilishlikka muvaffaq bo'ldi. To'satdan bo'lishiga qaramasdan, ularni qo'shinini bu ulug' imom Nuriddin Zankeyning otasi ularni mag'luf qildi. Albatta, bu mag'lubiyat salbchilarga qattiq zarba bo'ldi. Lekin Imomiddin Zanki birodarlar haqdan toyilgan, zalovatga ketgan, Botiniya, firqasi kishilari tarafidan besh yuz qirq birinchi yilda xiyonat bilan qilindi. Mana shu Botiniyalarning yana bir ati Hashashiylar. Bular o'zi kichkinagina qavm bo'lgan, to'da bo'lgan, lekin musulmon ummati bulardan juda ko'p aziyatlar chekkan. Musulmonlar doirasida biror bir kishi ko'zga ko'rinib, qo'mondonmidi, bir mohir siyosatchi rahbarmidi, bizni tilda lidermidi, chiqsa, darrov qatl qilishadi. Kichkinagina toifa, lekin musulmonlarga ko'p aziyat yetkazishgan.

[5:23] Mana endi Imomiddin Zanki vafot etganidan keyin, uning qo'lidagi hukmi mulki ikkita o'g'liga o'tdi. Katta o'g'li Sayfiddin G'oziy, ikkinchi o'g'li Nuriddin Zanki. Bu ikkala o'g'li ham otalaridan ko'p fazilatlarni o'zlariga yuqtirishgan edi. Ikkalasi ham Allohning yo'lidagi jihatni yaxshi ko'rar edi. Nuriddin Zanki'ga Xalabning amirligi yetdi. Mosul va Ilohning amirligi Sayfiddin G'oziga o'tdi. Bu ikkala o'g'li ham jasoratli insonlar edi. Oliy himmat edi. Sayfiddin Ghoziyni tabiati siyosatchilikka, bir muzokaraga moyil hukumat egasi edi. Lekin Nuriddin Zanki esa ko'proq jangni, ko'proq Alloh yo'lida bo'ladigan jihodni yaxshi ko'rar edi. Nuriddin Zanki xuddi otasiga o'xshab salbchilarga qarshi urushga va musulmonlarning yerlarini ulardan ozod qilishlikka juda ham xaris edi. Asosiy maqsadi Baytul Maqdisni ozod qilishi. Bir ming ellikinchi milodiy yilda salchilar Quddusni egallaganida o'zlarining tarixchilari yozadi, mana shu narsani.

[6:31] Qo'shnimizning otlari tizza bo'yi qon kechdi deydi. O'zlarining ta'rifchilari yozadida. Musulmonmi, yahudiymi, qilichni o'tkazgan. Erkak, ayol, katta kichik, hatto homilador ayollarni qonunlarini yorgan. Mana endi bir ming ellikinchi yilda bu Baytul Maqdis nasoralarni qo'liga o'tdi. Nuriddin zankeyni maqsadi, birodarlar, hali o'ttiz ga kirmagan bolani maqsadi baytul maqtisini ozod qilishligida. Himmatni qarang.

[7:00] Himmatni qaroing. Shu tirikchiligini o'tkazib, narigi yashab o'lmasa bo'ldi bizni odamlarni. Juda ko'pchiligida shunaqa fikr bor. Ha, desa bir biznesni yo'lga qo'yib olsa, shu ozgina daromad keladigan ishni yo'lga quvib olsa, bo'ldi. Boshqa narsa yo'q. Ey birodar, rizqingmi? Yozib qo'yilingan. Undan oshig'ini ham kamini ham yemaysan. Seni qilayotgan mehnating bor yo'g'i sabab. Sen ishlayotgani uchun katta pul topyapsan, Alloh yozgani uchun topyapsan. Chunki rizq kimdan? Allohdan mehnat bor yo'g'u sabab. Bu darslarni nimaga o'qiyapmiz ukalar? Musulmonlar mana shunday bir oliy himmat, yuksalikni ko'zlagan bir buyuk odamlar bo'lgan.

[7:41] O'zi ishonmay qolganmiz o'zimizga. Yuz yilda bir qilib qo'yadigan ishni qilib, tarata unaqa ish bizni qo'limizdan kelmaydi o'zi. Ishonmay qo'yganmizmi? O'shaning uchun bizdan chiqmaydi. Ha endi u o'tib ketdi ular ilm ma'rifatda, boshqada. Biz endi ularga nima qila olmaymiz? O'lchov bilan tushunchamiz shataq. Shuning uchun o'zimizga ishonmaymiz. Demak, nuriddin zan kinning asosiy maqsadi baytul maqdisni nasroniylardan ozod qilishlik. Nuriddin Zanki o'zining fotixatlarini g'alabali yurishini Antokia shahridan boshladi. Antokia hozirgi kunda Turkiyani territoriyasida.

[8:20] U shahar shomni shimolida joylashgan bo'lib, unda salbchilarning juda ko'p qal'alari bor edi. Nuriddin zanki u qal'alarni birin ketin fath qilishni boshladi. Shu vaqtda salibchilar Ro'xo shahriga ikkinchi marta hujum qilishdi. Imomiddin Zanki davrida bir hujum qildi, mag'lub bo'lib ketishdi. Endi Nuriddin Zanki o'g'li hokim bo'lib turganda ikkinchi marta hujum qilishdi. Jasniy ikkinchi bu hujumni uyushtirdi. Nuriddin Zankini qo'shini ularni qaytarishiga muvaffaq bo'lib qoldi. Qo'shinni ikkinchi marta tormor qildi. Salibchilarni ikkinchi marta bu shaharga kelib mag'lub bo'lishligi ularga birinchisidan ko'ra qattiqroq ta'sir qildi. Mana endi nuriddin zan kina bu ulkan g'alabasi musulmonlarni orasida, e bizchi o'ttiz ga kirmagan bola haqida gapiryapmiz. O'ttiz ga kirmagan bola, butun boshli nasroniylarda salbchilar qo'shini kelganda, o'ttiz ga kelmagan bola qo'shundan oldiga chiqib turib, jang qilib, aqlini ham quvvat etyapti.

[9:22] Yuragini ham quvvat etyapti, bilegini ham quvvat etyyapti. Nuriddin Zankiy bu g'alabasining xabari chor atrofga tarqadi. Salbchilarning Ruhon shahriga hujum qilishiga ayrim xoin musulmonlar va armanlar yordam bergan, Ruhon shahrida yashaydigan. Shaharni egallaganidan keyin mana shu xoinlarni, boyagi xiyonatchi armanlarni qattiq jazoladi, hammasini qatl qildi.

[9:49] Endi bu shahar musulmonlar qo'liga o'tgandan keyin, shu shaharda yashaydigan ayrim nasroniylar o'zlarini joniga bir xatarni his qilib chiqib ketishdi. Ammo Nuriddin Zanki birodalar adolatli podshoh edi. Xiyonat qilmadimi, aybi yo'qmi, tegmas edi. Tegmas edi! Nuriddin Zanki maqsadi Falastinni ozod qilishlik. Lekin oldida turgan katta mashaqqatlardan bittasi, mushkulardan bittasi, bu tarqoq amirlarni birlashtirishlik.

[10:19] Bilib qo'yinglar, qachon musulmonlar bo'lingan bo'lsa, tarqalgan bo'lsa, quvvati ketgan, dushmanlarni yengib pachag'ini chiqarib yuborgan. Bu juda katta musibat. Musulmonlar Falastinni ozod qilishlik uchun birodarlar, hamma qo'shnilari bir bo'lishligi kerak. Chunki shu paytda Falastinni egallab turgan salchilarning qo'shini bir millionga yetardi adadi. Bir million. Endi, albatta, o'zidagi ozgina qo'shin bilan ularni yeb yubormasligi aniq edi. Shunday, shuning uchun Shom yerlaridagi musulmon qo'shinlarni nima qilish kerak edi? Birlashtirishlik kerak edi. Necha yashar yigit?

[10:55] Mana shu ro'yxodagi g'alabasidan keyin Nuriddin Zanki Shom yerlaridagi musulmonlarni, qo'shinlarni birlashtirishlikka kirishdi. Besh yuz qirq birinchi hijriy yilda Damashqning hokimi Muovinniddin Anor bilan ahdlashdi. Damashq bu paytda mana shu Muovinniddin Aniq salchilar bilan ittifoqi bor edi, ular bilan sulhda yashar edi. Ammo bu nasroniylar o'zini sulhida ahdida turmasdan, Damashqqa hujum qilmoqchi bo'lishganligini bilganidan keyin, Muovinniddin Anor Nuriddin Zankayni chaqirdi da va o'ziga himoya so'radi.

[11:33] Himoyani berdi, kelishdi va mana shu ittifoqini mustahkamlashlik uchun Nuriddin Zankay Muovinniddin Anorni qiziga uylandi. Mana endi Damashqqa keladigan nasroniy qo'shniga qarshi Nuriddin Zankeni qo'shini turadi. Nuriddin Zankiy bu orada Shomdagi Busroq va Sarxon shaharlarini ham nasroniylardan qo'liga o'tib ketishdan borib, burib egallab oldi. Bu Busroq va Sarxon degan shaharlar o'zi shahar. Lekin bular ham o'zlarini bitta davlat deb olgan edi.

[12:06] So'ngra Damashqqa bordi. Keyin Damashni tark qilibdi. Yo'lda bir necha qishloqlarni o'ziga bo'yunsin dedi. Bu albatta birodarlar, nasroniy podshohlariga va ularni xalqiga qattiq ta'sir qilgan edi. Shomda nasroniylarni so'zi o'tmay qo'ydi. Ular Nuriddin Zankiydan qo'rqa boshladi. Butun Yevropasi birodarlar, Nuriddin Zankidan qo'rqo boshladi. Nuriddin Zankini bu paytdagi yoshi yigirma to'qqiz da edi. Yigirma to'qqiz da.

[12:37] Sababchilar besh yuz qirq ikkinchi yilda Shomga ikkinchi yurishlarini boshlashdi. Fransiya podshohi Luis ikkinchi, Germaniya podshohi Konrad uchinchi boshligida juda katta qo'shinni jamlashdi Yevropada va Shomni ishg'ol qilishlikka yo'lga tushdi. Albatta bu islom olami uchun juda katta xatar edi. Lekin ular ikkinchi bu hujumida ham mag'lub bo'lishdi. Fashal yuz tutdi ularni harakati va ortiga qaytib ketishdi. Albatta, bu orada musulmonlar g'olib bo'lishligini sababi bor. Sabab nima edi? Damashq, Xalabni qo'shini bir biriga yordam berdi. Nuriddin Zankiyga Iroq va Mosulni amiri bo'lgan akasi Sayfiddin G'oziydan katta qo'shin keldi. Birlashuvdi, hammasini yengishdi.

[13:22] Ammo mana shu birlashtiradigan odam yo'q bo'lib turgan paytda, nasroniy salbchilar bir chekkadan Shomerlarni egallab kelayotgan edi. Mana shu sababdan musulmonlar nima bo'lmadi? Mag'lub bo'lmadi. Shundan keyin Nuriddin Zanki Antokiyadagi boshqa qal'alarni fath qila boshladi. Har tarafdan musulmonlar u kishini birin ketin qilayotgan g'alabalari, birin ketin erishayotgan g'arabalarni ko'rib, o'zlariga ishonch paydo bo'ldi. Islom olamini har tarafidan odamlar kelib uning qo'shiniga qo'shila boshladi . Hijriy besh yuz qirq to'rtinchi yillar orasida Nuriddin Zanki salbchilarning ko'p qal'alarini fath qildi. Ularni orasida eng kuchligi va mustahkamligi hisoblangan Harib qal'asi ham qo'lga kiritildi va undagi ko'p askarlarni qatl qildi. Nuriddin Zanki bu yurishlardan maqsadi salbchilarni musulmonlarni yerga yurishligini zaiflashtirishligida. Salbchilarnini zaiflashtishligida, musulmonlarnikilardan butunlar quvib chiqarishligida. Bu narsaga muvaffaq bo'ldi. Albatta bu narsa musulmonlarga katta xursandchilik edi. Chunki birodarlar, Falastinni musulmonlar oldirib qo'ygandan beri, qo'lga kiritgan, ko'zga ko'rinadigan birinchi katta g'alabasi mana shu Nuriddin Zankiyeni qilgan g'alabasi edi birodarlar.

[14:38] Yana qaytarib aytamiz, musulmonlar birlashgandan keyin mana shunday g'alabaga erishishdi. Halab va Mosuldan kelgan askarlar yordamida salbchilarni musulmonlar haydab chiqarishdi. Endi mana shu qo'shin bilan Falastinni, Baytul Maqtisni ozod qilishlikni harakatida edi Nuriddin Zanki. O'rtadagi aloqani yaxshilashlik uchun Nuriddin Zanki Moiniddin Anorning qiziga uylandi. Damashqning hokimi. Unda ham katta qo'shin bor va birgalashib nasroniylarni yengishdi. Endi Moiniddin Anor o'tganidan keyin, uni o'rniga Mujiriddin ismli kishi Damashqqa hokim bo'ldi, boshliq oldi. Lekin bu Mujiriddin islom va musulmonlar safidan yuz o'girib, nasroniylar tomonga qaradi. Ya'ni ko'ring, Moiniddindan kim o'tirdi taxtga? Endi Nuriddin Zanki mendan taxtni olib qo'ymasin degan g'am bilan nasroniylardan yordam so'radi. Nasroniylar musulmonni musulmondan himoya qilishlik uchun.

[15:46] Lekin taxtni xirsi, mol mulka, saltanatga bo'lgan o'chlik, ixlosni yo'qligi shunday qilishga majbur qildi. Nasroniylardan bu Mujiriddin Nuriddin Zankiydan himoya bo'lishlik uchun ular bilan ittifoqiy bordi. Va bir yillik jizya to'lashligini bo'yniga oldi. Damashq ahli, musulmonlarning eng katta shaharlaridan, eng boy shaharlaridan bo'lgan mana shu Damashq ahli nasroniylarga jizya yig'ib berishlik kerak. Va eng alam qiladigani musulmonlarga, mana shu nasroniy qo'shinini odamlari bemalol Damashq ko'chalariga kelar edi, jizyani olib chiqib ketar edi. Albatta uni bu qilayotgan xiyonatkorlarning ishiga Damashqning yuragida o'ti bor g'ayratlik jasur kishilari rozi emas edi. Ular Damashq ahli. Qo'mondonlar, ayonlar, ulamolar Nuriddin Zanki bilan maxfiy suratda bir biri bilan bordi keldi qilib turdi. Ular mana shu xoin amirni olib tashlab, Damashqni ham Nuriddin Zaki o'zini qo'l ostiga qabul qilishligini talab qilishdi. Xalq mana shu xoinni taxtdan ag'dardi, haydab chiqardi, shunday qilib Damashq ham Nuriddin Zankeyni itoatiga o'tdi.

[17:05] Aquli hovli ha'da va astag'firulloh ili valakumat. Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamin. Assalomu alaykum assalomu alaykum ala sayyidina muhammadiy va ala alayhi vashabi hijrain umma ba'd. Assalomu alaykom va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

[17:29] Ummatni eng mashaqqatli, qiyin kunlarida, ummatni ulug'lari bir biri bilan ixtilof qilib, mansab talashib, sultonlik talashib, ixtilof qilib, ummatni zaiflikka ro'baro' qilib turgan paytda, o'rtaga chiqqan, musulmonlarni boshini birlashtirgan Salohiddin Ayyubiydek kishini siz bilan bizga qoldirib ketgan Nuriddin Mahmud Zanki haqida dars boshlagan edik. Nuriddin Zankini otasi Imomiddin Zanki Shomning bir qismiga hokim edi. Salchilar bilan bo'ladigan janglarni frontini ustida turgan kishi edi. Lekin u kishi, mana aytdik, vafot etganidan keyin ikkita o'g'liga uni mulki qoldi. Nuriddin Zanki. Nuriddin Zanki besh yuz qirq to'qqizinchi yilda butun Shom yerlarini birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Shunday qilib Nuriddin Zanki Shom yerlariga va Iroqning shimolidagi ayrim meriyalarga hukmron bo'ldi. Nuriddin Zanki, shu bilan Salbchilarga qarshi olib borayotgan jangini to'xtatdi. Chunki Salbchilar endi bu yerga kelishlikka quvvati yetmas edi. Salchilar qachon hujum qilardi bu yerlarga? Qachoniki musulmonlar tarqoq, bir biri bilan urishgan, o'rtada ittifoqchiligi yo'q bo'lganda bo'lib bo'lib bo'lib bittadan yengayotgan edi.

[18:46] Endi bitta sultonni qo'l ostida birlashgandan keyin, ular bu yoqqa yurishlikka jur'at qolmadi. Endi salchilar qo'llarini Misr yeriga uzatishadigan bo'lishdi. Bu davrda Misr Fotimiylarni qo'lida edi. Bu davlat o'zini nihoyasiga yetib, tugashlik arafasida edi. Bayt al-Maqdisni nasroniylarga qo'liga o'tib ketishiga asosiy sababchilardan bittasi ham mana shu Fotimiylar davlati edi. Besh yuz ellik sakkizinchi yilda nasroniy sababchilar Misrga yurish qilishadigan bo'ldi. Bahonalari Misrliklar ularga jizya to'lamay qo'yganligi.

[19:22] Fotimiylar o'zlarini o'rtasidagi nizolar sababli Misr davlatini ancha zaiflashtirib qo'yishgan edi. Agar Misr ham salbchilarni qo'liga o'tib ketadigan bo'lsa, bu musulmonlar uchun juda ham katta zarar edi. Shuning uchun Nuriddin Zanki Misrga o'zini amirlaridan Asadiddinni yubordi. Ularni egallab olishligi uchun emas, balki ularga yordam berishligi uchun, ular bilan birlashligi uchun yubordi. Asadiddin bilan birga uni akasini o'g'li, jiyani Salohiddin Ayyubiy ham borgan edi. Salohiddin Ayyubiy Nuriddin Zanki qoldirib ketgan shogirdi. Nuriddin Zankini odamlari bilan Misr davlatini egallab turgan Fotimirol o'rtasidagi boyagi kelishuv, murosa, birlashuv besh yil davom etdi. Besh yilda murosaga kelishdi. Mana shu besh yilni ichida nasroniy salbchilar ham Misrni yo egallashga, yo hech bo'lmasa Nuriddin Zankiga qarshi qayrashlikka harakat qilishar edi.

[20:25] Demak, Misrdagi ahvol shu. Besh yuz oltmish to'rtinchi hijriy yilda salbchilar kutilmaganda Nuriddin Zankening qo'shiniga hujum qilishdi. Ya'ni bir qismiga. Nuriddin Zankeyning asosiy qo'shini Misrga ketgan, Misrni himoya qilishlik uchun. Aytyapmiz ku, Shom erlariga salbchilar yurishlikka endi quvvati yetmaydi deb, Nuriddin Zankel qo'shinini Misrga jo'natgan edi. Bu to'satdan bo'lgan hujumda musulmonlar mag'lub bo'lishdi. Nuriddin Zankeyni birinchi mag'lubiyati va bundan qattiq g'azablandi. Bu ma'raka tarixda Buqay'a ma'rakasidan nomlandi.

[21:04] Nuriddin Zanki Misrni qo'shini bilan va o'zini qo'shini bilani birlashib, Falastinni fath qilmoqchi, egallamoqchi bo'lishgan edi. Ammo bu mag'lubiyat u kishiga qattiq ta'sir qildi. Salbchilarga qarshi yurishini yana davom ettirdi. Nuriddin Zankayni qaysarligini, qayta qayta ularga hujum qilayotganligini ko'rib, nasroniy salbchilar sulhga kelishmoqchi bo'lishdi, ammo sulton bunga ko'nmadi. Bunga ko'nadi. Qarang, qachon bular sulhga, tinchlikka, kelishlikka chaqiradi? Qachoniki quvvat musulmonlar tomonida bo'lib qolsa.

[21:39] Musulmonlar bilan salbchilar qo'shini o'rtasida katta to'qnashuv bo'ldi. Bu ma'raka tarixda Harim ma'rakasini deb nomlanib qoldi. Alloh azza va jala bu ulkan ma'rakada musulmonlarga o'zining nusratini ato etdi. Nuriddin Zanki bu jangda nasroniylardan o'n ming tasini qatl qildi va ana shunchasi asr tushdi. U asrlarni orasida manaman degan qo'mondonlari, kiborlari bor edi. Mana aytib o'tdik, Nuriddin Zanki Misrga o'zining vaziri, o'zini qo'mondonlaridan bo'lgan Asadiddinni yuborgan edi. Jiyani Salohiddin Ayyubiy bilan. Ular besh yil davomida Misrni himoya qilishdi.

[22:18] Ana shu davrda Fotimiylarning podshohilar oxirgisi, Fotimiylarning podshohilaridan oxirgisi Azidni huzurida bu Asadiddin vazirlik maqomiga yetdi. Vazirlikni berdi. Nima uchun? Nuriddin Zankiydan bo'ladigan xatarni o'zidan nari qilishlik maqsadida. O'zi himoya qilgani keldi bular. Himoya qilib turibdi salbchilardan. Lekin baribir Nuriddin Zankiga nisbatan bularda qalbi hali sof emas edi. Endi mana shu Azid Fotimiylarning oxirgi podshohsi Asadiddinni o'ziga vazir qilib qo'yib turib, nasroniylar bilan maxfiy suratda aloqa qilishni boshladi. Asadiddinga qarshi.

[22:57] Ammo bu xiyonatdan nuriddin zankiyning qo'shinlari salohiddin ayyubiy xabardor bo'ldi da, bu xoin fotimiy podshohini o'zini qasrida tutib qamal qilib, qatl qilishdi. Shunday qilib, endi Asadiddin Misrni hokimiga aylandi. Endi qarab turinglar. Bitta armiya bilan keldi, Misrni egalladi, endi mustaqil davlatman deb e'lon qilmayapti o'zini. Balki Asadiddin Misrni Nuriddin Zankiga tobe ekanligini e'lon qildi.

[23:29] Demak, Asadiddin Misrtni hokimi bo'ldi, Nuriddin Zankiyga tobe bo'lgan holatda. Mana endi Misr, Shom va Iroqning bir qism yerlari Nuriddin Zankini qo'l ostida jamlandi. Endi juda katta qo'lida qo'shini bor. Ammo mana shu voqeadan ikki oy o'tib, Asadiddin vafot etdi. Uni o'rnini Salohiddin Ayyubiy egalladi. Mana endi Misrga Salohiddin Ayiyubiy hokim bo'ldi. Nuriddin Zankeyni vorisi sifatida ishlaydigan bo'ldi.

[24:00] Shunday qilib, Misrdagi Fotimiylar mamlakati nihoyasiga yetdi, tamomiga yetdi. Nuriddin Zanki uzoq vaqtlar davomida Allohga taqvo qildi. Ko'pi jangi jadallarda bo'ldi. Sham yerlari Misrni hozir aytayotganimizdek birlashtirdi. Mana endi Falastinni ozod qilishlikka fursat keldi. Nuriddin Zankiyning eng asosiy maqsadi hayotdagi. Falastinni, Qudusni, Baytul Maqdisni nasroniy salbchilarni qo'lidan ozod qilinishlik.

[24:29] Falastindagi nasoralar Nuriddin Zankida bu harakatlardan qo'rqishdi va har tarafga jar solishdi. Butun G'arbiy Yevropa Nuriddin Zankiga qarshi qo'shin to'plab Falastinga yuboradigan bo'ldi. Nasroniylar har tarafdan odam yig'ib, Falastinga qo'shin yuborishdi va u bilan Shomda yo'qotib qo'ygan o'zlarining nufuzini qayta tiklashmoqchi bo'lishdi. Endi Nuriddin Zanki Shomdagi qo'shini, Salohiddin Ayyubiyning Misrdagi qo'shini bu juda katta kuchga aylangan edi.

[25:01] Mana endi Nuriddin Zakiy birodarlar u kishigacha bo'lgan hech qaysi podshoh qila olmagan ishni qildi. Bag'doddagi Abbosiylar xalifaligi nomi qolib turgan paytda, nomlari qolgan edi xalifalikni. Amirlar bir biri bilan qirq pichoq bo'lib turgan paytda u kishi ummatni birlashtirishlikka muvaffaq bo'ldi. U kishidan avval qudrati ham ko'p, iqtisodiy ahvoli ham, siyosiy nufuzi ham katta bo'lgan podshohlar qilolmagan ishni qildi. Musulmonlarni birlashtira oldi.

[25:32] O'sha vaqtda fe'lan Shomda nasroniy salbchilarga qarshi jihod olib borayotgan yagona kishi bu Nuriddin Zanki edi. Nuriddin Zanki salbchilar bilan nimaga urushar edi? Ular nasroniy bo'lganligi uchunmi? Yo'q. U nasroniy bo'lganligi uchun urushmasdi ular bilan. Balki ular musulmon yerlariga bostirib kelganligi uchun. Musulmon yerlarini ishg'ol qilganligi uchun ular bilan jang qilar edi. Nuriddin Zanki adolatli inson bo'lgan edi. Qaysi shaharni qishlog'ini egallasa, shu yerdagi nasroniylarda birontasiga aziyat yetkazmagan. Ularda haqlarini rioya qilgan. Bironta cherkovni sindirib, kuydirib buzgan masala. Ammo birodarlar, bir ming ellikinchi me'lodi yilda Quddusni nasroniy salbchilar egallaganida, qon daryo bo'lib oqqan shaharda.

[26:26] Olamlarga rahmat degan darsda aytib o'tganmiz bu narsani. Ana shu bir ming ellikinchi yilda krestonostlarda qilgan ishlarini o'zlarini tarixchilar yozadi. Tariximizdagi eng qora kunlar deydi. Bizni askarlarimizni otlari tizza bo'yi qon kechdi deydi. Musulmonmi, yahudiymi hammasini qilishni o'tkazgan. Erkakmi, ayolmi, homiladormi, o'g'il bolami, qiz bolami, kattami, kichikmi? Qonni hammasini qiloshni o'tkazishgan. Bir ming ellik yilda. Ammo oradan hech qancha o'tmasdan Salohiddin Ayyubiy Quddusni egallaganida, bunaqa xunrezlik qilgan emas. Eshikni ochib qo'ygan. Hech qaysi nasroniyga tajovuz qilinmagan, chiqib ketishlikka yo'l berilgan. Ana oliyjanoblik.

[27:10] Demak, salbchilarga qarshi bo'layotgan urushi, ular xristian bo'lganligi uchun, nasroniyligi uchun urushmas edi. Musulmon yurtiga tajovuz qilib, bostirib kelgani uchun urishar edi. Nuriddin Mahmud Zanki qalbi imonga to'lgan qo'rquv va taraddudni bilmaydigan tengsiz qo'mondon edi. Aytardi, agar mingta otli qo'shin bo'lsa yonimda, dushmandan qanchaligiga parvo qilmayman der edi. Agar mingtaotli qo'shin yonimda bo'lsa, dushmanni qancha ekanligiga men parvo qilmay man der edi.

[27:41] Ana shu janglarni birida Nuriddin Zanki bilan uning dushmanlarini o'rtasida Furot daryosi bo'lib qoldi. Furod daryosi, katta daryo. Bu o'tishlik juda ham qiyin. Shunda uni qo'shinidan bo'lgan turkmanlardan bir kishi, akalar, turkmanlar bo'lgan. Bilasizlarmi, Mamluklar, mana Sulton Beybars, Sayfuddin Qutuzdan, mana shu O'rta Osiyodan, Mavronanahrdan sotilib ketgan qullar bo'lgan. Sayfuddin Qutuzni aytganmiz, kimni jiyaniydi? Jaloliddin Manguberdi jiyaniydi.

[28:13] Ana shu turkman. Askarlardan biri ko'rsatadi daryoda bir torroq joyini va mana shu joydan jur'at bilan Nuriddin Zanki o'zi bosh o'tadi qo'shini bilan. Shundan narigi salbchilar ko'rib, bularni hali qilichini ko'rmasdan turib qo'rquvdan o'lib oladi. Xalin jangi. Nuriddin Zankini asosiy qo'shini Misrda edi. U bilan ozgina qo'shin bor. Shunda mag'lubiyat ko'rinib qoldi.

[28:42] Nuriddin Zanki chuqur ilm egasi edi. Ruhoniy ota oliy edi. Shu kunda Nuriddin bir tepalikka chiqdi da, otidan tushib, tuproqqa belanib sajda qilib turib, Robbisiga duo qildi yorvorib. Parvardigor, diningga yordam ber. Mahmudga emas. Mahmud kim bo'pti g'alaba qozongani? Dininga yordam birdi. Alloh azza va jalla mana shu ulug' ma'rakada bu kishiga ulkan nusratini ato etdi. Bu kishi jangda safni avvalida turib, dushmanga qarshi turar edi. Qo'shinni shijoatlantirishlik uchun safni avvalida o'zi dushmanni ichida yurar edi. Va Alloh Taolo u kishiga shahidlik bermaganidan juda o'kinardi, afsuslanar edi. Aytar edi, shahid bo'lishga qancha urindim, ammo buni imkoniyati bo'lmadi. Agar menda bir xayriyat bo'lganida, Alloh shahidlikni berar edi. Yoki Allohni huzurida meni qadr qiymatim bo'lganida shahidlikni bera edi. Lekin Alloh menga shahidlikni bermadi o'kinarida. Shuncha ishni qilib turib, kamtarlikni ko'ring deb. Agar Alloh meni qadrlaganida, agar menda bir xayriya bo'lganida, shahidlikni berardi deydi.

[29:52] Mana shuncha jangi jadalda ichida umri o'tib turib, lekin asosiy ish baribir ta'lim tarbiyada, ilmda iymon ekanligini Nuriddin Zanki unutmagan edi. Umri jangi jadalni o'tib turib. Baribir asosiy ish ta'lim, tarbiya ekanligini Nuriddin Zanki esdan chiqarib qo'ymagan edi. Tushuninglar, ummatni yuksaltirish faqat ilm bilan, ta'lim bilan bo'ladi.

[30:17] Shonda u kishini qurgan masjid madrasalarini soni yuz dan o'tib ketgan edi. Birgina xalatni o'zida ellik to'rtta madrasa qurgan edi. Yigirma bitta madrasa Shofiy maslaviy bo'yicha ish olib borardi. Yigirma ikkita madrasa Hanafiy mazhab bo'yicha ish olib borar edi. Uchta madrasa, hanbaliy va moliykiy mazhab bo'yi icha olib borar eda. Nuriddin Zanki qayerda hukm yurgizgan bo'lsa, shu yerga madrasalar, shifoxonalar, yo'llar qurdirar edi. Madrasalar uchun xos nafaqa ajratib qo'yar edi. Ixlosli ustozlarni, ixlosli mashoyiqlarni tanlab, mana shu joyga madrasalarga muallim qilib tayyorlar edi va masjid madrasa uchun vaqflarni ajratib qo'tarardi.

[30:59] Nuriddin Zanki hadis tinglashni yaxshi ko'rar edi. Juda ko'p hadis eshitardi, hadis yodlagan edi, hatto ayrim muhaddis olimlar u kishiga ijoza ham bergan edi, hadis aytishlikka. U kishi, u kishi ahli ilmlarni juda qattiq hurmat qilar edi. Umrini katta qismi janglarda o'tganiga qaramasdan, shariatni chuqur o'rganishlikka qattiq e'tibor berdi. U kishining suhbatida doim faqihlar, tasavvuf mashoyiqlari hozir bo'lishardi. Ulamolarni, faqihlarni so'ziga quloq solar edi. Nuriddin Zankening majlisida amirlar, qo'mondonlar bittasi ham o'tirmas edi. Amirlar, qomondonlar tikka turar edi.

[31:37] Ammo bironta bir faqih, bironta bir olim kirsa, Nuriddin Zankiy turib, o'sha majlisda, o'zi borib, yetalab olib kelib, o'zi yaqin joyga o'tkazar edi, keyin o'tirar edi. I aytar edi, bizni, bizni erishayotgan g'alabalarimizning garovi mana shu mashoyiqlarni hurmat qilishligimiz der edi. Ularga hurmat ko'rsatishlik o'zining g'alabalarining garovi deb bilar edi. Ustozlarni, ahli ilmlarni duosini olinglar, akalar, ukalar. Shirin so'z bilanmi, hadya bilanmi, yordam bilanmi, ko'nglini olib duosini olinglarni domlalarda. Qarang Nuriddin Zankiy shu ustozlarni mana shu oyoqlarni duosini olgan, ko'nglini olgan, qanaqa bir katta g'alabalarga erishyapti. Biz kattalarni nazarga ilmaymiz, bizga yoqmagan domlalarni yer bilan yakson qilamiz, vaholanki ular bilgan narsani o'ndan birini ham bilmasdan turib, o'shaning uchun birimiz ikki bo'lmaydi biz ham.

[32:33] Ulamolarga katta mablag'ni sarf qilardi da, ulamolar bundan bir o'zlarini noqulay his qilsa, aytardi. Nimaga sarf qilmang? Axir bu qo'shin Allohni qo'shini bo'lsa, sizlarni duolaringlar bilan biz g'alabaga erishayotgan bo'lsak der edi. Nuriddin Zankiy qaysi shaharga borgan bo'lsa, qayerda hokim yurgizgan bo'lsa, shifoxona qurgan. Ayrim shifoxonalarni faqir kishilarga bekorga ishlatib qo'ygan edi. Yana, yo'llarda karvonsaroylar qurilishlikka ham u kishi xaris edi. Borib yotadigan, dam oladigan joyi bo'lmagan musofirlar to'xtab bekorga shu yerda dam olishligi uchun. Nuriddin Zanki, imoni sodiq mo'min, ulug' mujohid, zohid va mutasavvif edi. Tunni yarmigacha uxlar edi, yarim kechada turib tahorat qilib, tong otgunga qadar namoz o'qidi. Qarang, ilm ma'rifatga e'tibori zo'r. Ahli ilmlarni hurmat qiladi. Jangda mislsiz jangchi. Siyosat maydonida tengsiz siyosatchi. Endi kechalari namoz o'qishlikda xuddi rohiblardek uyqusini buzib, har kuni qiyomullar qilar edi.

[33:39] Nuriddin Zanki, agar ummat orasida gunoh ma'siyat, munkor ko'paysa, Allohning nusrati kelmay qolishigini juda ham yaxshi bilar edi. Shuning uchun amru ma'ruf, nahiy munkorga juda ham qattiq e'tibor berar edi. Qo'l ostidagi bo'lgan yerlarni hammasida ichkilik yechishni mutlaqo man qilgan edi. Shar'iy bo'lmagan soliqlarni hammasini bekor qilgan edi da. Damashqda adolat xolisini barpo qilgan edi, odamlarni orasida adolatni barpo qilgan endi.

[34:11] O'sha davrdagi eng peshqadam bo'lgan Nuriy shifoxonasini qurgan edi. Bu shifoxonani qurilishligini tarixi quyidagicha bo'lgan. Nuriddin Zanki salbchilar bilan qilgan janglarni birida Fransiyaning podshohlaridan bittasini asra oladi. Shu podshoh o'zini ozod qilishlik uchun uch yuz ming dinor to'laydi.

[34:34] O'zini oozod qilgan va mana shu tushgan uch yuz miz dinorni pulini birodarlar Nuriddin Zanki shu shifoxonani ko'rdi, madrasalar ko'rdi, dori al hadisni ko'rdi. Nuriddin Zanki davlatdan oladigan ozgina maoshini hisobiga tirikchilik qilar edi. Davlatni xazinasidan olish kerak bo'lgandan oshiqcha pulni olmas edi. Podshoh bo'lib turib, milliyatlagan g'animalarni qo'lga kiritib turib, sodda, oddiy yashar edi.

[35:03] O'shaning uchun aytyapmiz da, Ibn Asrning so'zini. Xalifayi roshlardan keyin, Umariddin Abdurasizdan keyingi eng odil podshoh, Nuriddin Zanki. Bilamidik shu odamni biz kimligini? Tanididik shu odami kimligini? Biz u kishini shogeti bo'lgan, u kishini davomchisi bo'lgan Salohiddin Ayyubiyni bilamiz, lekin uni ustozi Nuriddin Zankini bilmaymiz. Ha, u kishi ham ulug' qo'mondon, katta ishladi, lekin asosni baribir Nuriddin Zanki qilib ketgan edi. Tarqoq amirliklarni davlat qilib, bitta qilib birlashtirib qo'ygan edi. Nuriddin Zanki.

[35:40] U kishi ruhoniyati oliy, qalbi sof inson edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabridan kavlab jasadini olib ketishlikka dinimiz dushmanlari tomonidan to'rt marta harakat qilgan. Shuni ikkinchisi Nuriddin Zankiy davriga to'g'ri keldi. Tarix kitoblarida keltiriladi, besh yuz ellik yetti yil Sulton Nuriddin tushida Rasulullohni ko'rdi.

[36:07] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Nuriddinga qarab, meni mana bu ikki kishidan qutqar deb ikkita sariq kishini ko'rsatdi. Nuriddin Zanki uyg'onib ketdi da, tahorat qilib namoz o'qib uxladi. Rasululloh yana tushiga kirib, yana boyagi so'zini qaytardilar. Meni mana bu ikkita sari qishidan qutqargin.

[36:30] Tahorat qilib, ikkala akam namoz o'qilib, yana uxladi. Yana tushida shu narsani ko'rdi. Rasululloh u kishiga meni mana bu ikkita sariq kishidan qutqargin deyaptilar. Sollallohu alayhi vasallam. Uyg'ondi da, uyqusi qochib ketdi. O'zini vaziri jamoliddin mosulini chaqirtirib keldi da, shuni aytib berdi. Vazir eshitib turib, nima qilib o'tiribsiz bo'lmasam dedi. Tezda madinaga munavvaraga jo'nang dedi. Ikkalasi birgalikda madinaga munvaraga safar qilishdi. Yo'lda ketyapti, vazir madina ahliga xabar yubordi. Sulton Nuriddin Zanki Madinaga kelyapti. Madina ahliga atab juda katta mablag'ni o'zi bilan olib kelyapti. Shaharda yashayotgan har bitta odamni ismini qog'ozga yozib tayyorlab turinglar.

[37:16] Bironta odam qolmasin. Ular kirib kelishdi. Nuriddin Zanki Madinaga kirgan tongning kechasida qattiq chaqmoq momog'uldirak bo'lib, Madinadagi tog'lar bir maydan olib ketadigan darajada qattiq chaqmon bo'ldi. Ular Madinaga kelishdi. Boyagi gap bo'yicha Madina ahliga nafarqani tarqatishni boshlashdi. Hamma keldi, olar ekan, Nuriddin Zanki har bitta kelgan odamga tikilib qarar edi. Rasululloh unga tushida ko'rsatgan kishini qidirib.

[37:48] Hamma keldi, hamma nafaqani olib bo'ldi. Lekin haligi odamlarni topmadi. Hamma keldimi deb so'radi. Ha deyishdi. Yaxshiroq o'ylaninglarchi, ularga to'xtanglar, Mag'ribdan kelgan ikkita odam bor. Mag'ribda ikkita odam, shular kelmadi deyishdi. Shunda Nuriddin Zankeli qalbi yorishib ketdi. Olib kelinglar ularni dedi. Ya'ni bu sirini o'zi biladi, vaziri biladi. Ularni olib keldi, Nuriddin Zankey ularni ko'rdi yu, darrov tanidi. Rasululloh tushida ko'rsatgan mana shu ikkita kishi edi, sariq kishi.

[38:22] Ularga, qayerdansizlar? Dedi. Mag'ribdanmiz, haj qilgani keldik. Hajdan keyin mana shu muborak joyda turish edi, ixtiyor qildik. Rasululloh sallallohning hujrasiga yaqin bo'lgan joyida ijaraga olib shu yerda turishgan bo'ladi. Sulton, rostini aytinglar dedi. Ular yana shu so'zni takrorlashdi. Sulton qayerda turishligini so'radi ularda. Ular Rasulullohning hujrasiga yaqin bir yerda joy olib turganligini aytishdi. Odamlar maqtab ketishdi. Bular badavlat odam ekan, har kuni sadaqa qilishadi, doim namozda bo'lishadi, Baqiy qabristonini ziyoratiga juda tez chiqishadi, deb gapirib maqtab ketibdi. Sulton ikkalasini ushlab turinglar deb qo'ydi da, aytilgan ularning uyiga bordi, kavlangani tuprog'ini topdi. Sinchiklab qaraganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hujrasi tomonga qarab kavlin ekan bir chuqurni ko'rdi.

[39:18] Qaytib keldi, u ikkisini so'roqqa tutdi. To'g'risini aytinglar. Qattiq urdi. Qattiq kalteladi. Shundan keyin ular nasroniy ekanligini tan olishdi. Nasroniylar ularni mag'riblik hojilar bilan birga hajga yuborganligini, hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadini o'g'irlab kelishlari uchun katta mablag' berishganlarini tan olishdi.

[39:44] Ular nima qilishardi? Tuni bilan o'sha chuqurni kavlab, o'zlari bilan olib kelgan xol'talariga tuproqni solib, Baqiy qabristonini ziyorat qilishlik bahonasi bilan kirardi da, tuproqni shu yerga to'kib chiqishar edi. Ancha kavlab qo'yishgan edi birodarlar. Rasululloh hujra saodatiga yaqinlashib qolgan edi.

[40:07] Rasulullohning hujrasi yaqinlashilib qolganligida chaqmoq chog'gan edi. Kechasi, ana shu kechaning tongida Nuriddin Zanki o'zini vaziri bilan Madinaga Munavvarga kirib kelgan edi. Bu ikki kishi aybini tan oldi. Sulton Bulodni bo'yniga qilich o'rishniki buyurdi. Va qattiq yig'ladi. Alloh taolo boshqaga emas, ayni o'ziga shu ishni qilishlikni ilhomini berganligi uchun, rasululloh ayni undan yordam so'raganligi uchunga, rasululloha ayni unga shu ishni buyurganligi uchunchukuronasiga qattiq yig'iladi. Kim? Nuriddin zan king. Qaysi qo'mondon mana shunday tushib bilan maqtana oladi? Qaysi fotih, qaysi sulton rasulullohni xos unga murojaat qilib, ish buyurganligi bilan faxrlana oladi?

[40:57] Birodalar rasulullohni muborak jasadini qabridan kavlab olib ketishlikka to'rt marta harakat bo'lgan. Ikkitasi nasroniylarda tomonidan, ikkitasi zindagi podshohlar tomonidan. Keyin rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hujrasini atrofiga chuqur kavlatishdi buyrudi. Chuqur kavlagandan keyin juda katta miqdordagi qo'rg'oshini olib keldi, eritib quvishlaydi buyrudi. To'ldirildi qo'rg'osh bilan, shunday qilib rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hujra saodati yer tagidan qo'rgoshdan bo'lgan devor bilan himoya qilindi.

[41:34] Nuriddin zanki misrga borishga tayyorgarlik qildi. O'zini qo'shini bilan, Misrdagi qo'shinni birlashtirib, Falastinni ozod qilmoqchi edi. Lekin Alloh Taolo u kishiga bu narsani nasib qilmagan edi. Yo'lda u kishiga kasal yetdi. Va besh yuz oltmish to'qqiz yili o'n birinchi shavolda ellik to'qqiz yoqida vafot etdi. Va o'zi qurgan Nuriya madrasasiga dafn qilindi.

[41:59] Nuriddin Mahmud zanki, Baytul Maqdisni ozod qilishni o'ziga maqsad qilib qo'ygan edi. Baytul Maqdisni ozod qilib, ozod holatda ko'rish edi, orzusida yashadi. Hali Quddus musulmonlarni qo'liga o'tmasdan turib, ana shu Majidul Aqsog'a atab bir minbarni qurdirib qo'ygan edi. Fath qilib olib kirib qo'yaman deb. Lekin uni olib kirishlik nasib qilmadi. Ammo u kishi vafotidan keyin Salohiddin Ayyubiy Quddusni fath qilganida, shu mehrobi Baytun al Maqtasiga olib kirib, Majidul Aqsoga qo'yildi. Niyatiga yetdi.

[42:37] Mana shu minbar birodarlar, to yahudiylar, bir ming to'qqiz yuz oltmish to'qqizinchi nilodi yilda masjidga o'tqo'yib olgunga qadar shu yerda turgan. Mana shu o't ketganda shunday kuyib ketdi. Bu ulug' insonni vafoti shom yerlari uchun emas, butun ummat uchun katta musibat bo'ldi. Chunki mujohidlarning boshlig'i, eng ulug' siyosatchi, eng ulug qo'mondon, musulmonlarda birligini barpo qilgan Nuriddin Zanki vafot etgan edi.

[43:05] Nuriddin Zanki ummat ko'zidan keyin yana bir ulug' boshlig'ini, ulug' qo'mondonni, ulug' siyosatchini Salohiddin Ayyubini qoldirib ketdi. Salohiddin Ayyubiy Nuriddin Zankining yo'lidan bordi va Falastinni katta qismini ozod qildi. Nuriddin Zankini qanday inson bo'lganligini eshitdinglarmi?

[43:28] Ummatga birligi, ummatga avvalgi bo'lgan azizligini, hurmatini qaytaradigan insonlarni Alloh Taolo ummatun muhammadyeniyani chiqishiga nasib etgan bo'lsin. Aqlu qovli ha davos ta'firulloh ili va
