Maviza
—Qoralama18 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
18:10
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala ala sayyidina muhammad as sodiqul va'dil amin va ala alixiyu as habihiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Tavabiylilarni hayotini o'qishlikdagi, navbatdagi darsimiz omir ibn abdulloh attamimiy.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom termiziy o'zining sunanlarda keltirgan hadisida shunday deydilar. Ya'ti alannasi zamanun as sobiru fihim ala dinihi kal qobidi alal jomir. Insonlarning ustiga shunday zamonlar keladiki, ular orasida dinida sobir bo'lgan kishi xuddi cho'g'ni ushlab turgan kishidek bo'lib qoladi. Bir zamonlar keladi, odamlar dinini ushlasa, sunnatga amal qilsa, dinida sobir bo'lib tursa, bu odamni ishi atrofdagi odamlarni anglaganligidan xuddi cho'g'ni ushlab turgan odam bek qiynalanadi. Ya'ni inson kaftida cho'g'ni urishar ekan, qo'li kuyadi, og'zor chekadi, qiynalanadi! Endi shunday zamonlar bo'ladi, dinini ushlagan kishi mana shunday cho'g' ushlagan kishi bilan bola bor bo'lib qoladi. Bu hadisni albatta ko'pchiligimizda eshitganmiz. Yana shu ma'noga dalolat qiladigan ko'p hadislar bor. Hammasini zikr qilib o'tirmaymiz. U shunday bir zamon bo'ladiki, ma'ruh munkarga, munkar ma'ruhga aylanib qoladi. Yomg'ir rahmatmas, balo bo'lib yog'adi. Farzand ne'matmas, baloga aylanib qolada.

U shunday bir zamonlarki, karim, hurmatga loyiq bo'lgan kishilar behurmat bo'ladi, razil, pastkash, xor odamlar aziz, mo'tabar bo'lib qoladi. Birodarlar, shunday zamonda yashayapmiz. Shunday bir zamanki, insoniyat o'zini o'lchovlarini yo'qotib boryapti. Ming yillardan beri razillik ifloslik deb sanalgan, bachchavozlik, fash, eshitganda inson jirkanoq degan mana shunday gunohlar bir yurtlarda, bir o'lkalarda madaniyat belgisi, biz musulmonlarga bu narsa yot.

Mana shu emas mana shu zamonda ayniganligi. Oq qoraga, qora oqka almashib qoladigan zamon. Fazilatlar ayb bo'lib qoladi, ayb, or nomus bo'lgan ishlar o'sha davrlarga kelib peshqadamlik, va fazilatga aylanib qoladi. Inson bolasi mana shu hayotning tiqinida, zaxmasida yasharkan, fitnalarni zaxmasida yosharkan, bitta sahobani yoki to biyenni hayotini eshitgan paytda qalbiga ayrili. Bu odamni misoli mana shu sahobani to biyennihayotini o'qib, qalbi huzullangan odam misoli sahroda ketayotgan bir kishiga o'xshaydi. Issiq masofa uzoq, qum, shunday qiynalib turgan paytda ko'ziga bir voha ko'rindi. Bir vodiy ko'rindi. Daraxtlari serob, suvlari serob, xilma xil mevalar. Ana shu joyga kirgan paytda qanday huzur halovat qiladi?

Allohni uyiga kirib, allohni zikrini, payg'ambarimizni so'zini, sahoba tobinlarni hayotini eshitgan inson ham ko'chada bo'layotgan g'alo g'ovurlardan bir oz huzur oladi, bir soz orom oladi hayotdan. Biz masjidga kirib, mana shu ulug' kishilarni hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, ularni hayotidagi qilgan ishlari, o'lchovlari, to'g'ri tushunchalardan xabardor bo'lgan paytimizda, allohni zikr qilgan paytimizda ustimizga rahmat yog'iladi.

Ko'pchiligimizga ma'lum bo'lgan hadis, qaysi bir qavm deydi rasululloh, qaysi bir musulmon qavm, allohni uylardan bir uyg'iga jamlanishsa, allohni kitobini o'qishsa, o'zaro dars qilishsa, ularni sakinat qoplaydi. Ularga alloh taoloning rahmati yog'adi va alloh ularni o'zini huzuridagi bandalar qatorida zikr qiladi. Va ularni hammasini mana shu majlisdan turarkan, gunohlarni mag'firat qiladi. Mana shunday majlisda o'tiribmiz, birodarlar.

Ularni Allohga bo'lgan muhabbati, jannatga bo'lgan shavqini ko'rgan vaqtimizda, ularni qilgan mehnatlarini eshitgan paytimizda, bizni ham qalbimizga shijoat, g'ayrat keladi. Va kim bizga ibrat ekanligini ko'ramiz. Haqiqiy bizga ibrat bo'ladigan odam kim ekanligini ko'ramiz. Bu chi, birodarlar? O'ylanishlik kerak bo'lgan narsa.

Sen uchun kim ibrat ekanini aytsang, men senga seni kimligingni aytib beraman. Seni kumering kim? Ayt shuni. Men senga seni kimlingni aytib berman. Dunyoqparasti o'ziga ibrat deb bilgan odamni ham o'ziga o'xshagan dunyoparast. Savdogargakim? Undan ko'ra puli ko'proq bo'lgan savdogar ibrat. Boyganamonakim? Undan puli ko'prog' bo'lgan boy. Mansaparastgakim? O'ziga oxshagan odam.

Hayotni mashaqqatlari, xavotirlari qalbimizni larzaga keltirib turgan paytda Allohni uyiga kirarkanmiz. Bu ulug' insonlarni hayotini o'qirganmiz. Qalblarimiz orom oladi. Har kuni nimani eshityapmiz ko'chadan, bilasizlarmi? Odamlarda tubanlashib ketayotganligi, baxillashayotganligi. Bag'ri tosh bo'lib ketayotganligini, qizg'anchiqlik, johillik, hasadgina kudurat. Mana shu xabarlarda tinimsiz bizga ommaviy axborot vositalari berib turadi. Tinimsiz. Qarab turib fikrga kelasan. Nima balo? Bu telekanallar bizni qalbimizni ezib tashlashlikda bir biri bilan musobaqa o'ynayaptimi deysan.

Har oyda berayotgan xabari olib olgizdan ko'ra qonliroq, e'tiboringizni tortish uchun, reyting olish uchun bir chachilib ketgan a'zolarni ko'rsatish kerak, portlab ketgan ko'rsatishkerak, g'alati bir musobaqa o'ynayaptimi deysan da bular bizni qalbimizni sindirishgan. Mana shunday bir mashaqqat to'fonidan chiqib, masjidga kelar ekanmiz. Bu insonlarda hayotini o'rganar ekanmiz, albatta qalbimizga taskin keladi. Kim yergashlikni ko'ramiz, kimdan ibrat olishlik kerakligini o'rganamiz. Bir soat bo'lsa ham huzur halovatda o'tiramiz. Ala bidekirillahi tatumayin nul qulub. Ogoh bo'linglar deydi Alloh Taolo. Qalblar Allohni zikr qilishlik bilan orom oladi. Shundaymi?

Omir ibn Abdulloh Attamimiy. Sahobiymidimi yoki tobeinmi? Kimdan ilm oldi? Ilmga ega bo'lgandan keyin vaqtini qanday sarfladi? Omir ibn Abdulloh Attamimiy. Bu kishi banutamim urug'idan. Ulug' tobeinlardan edi. Bu kishini hayotini o'qib o'rganar ekanmiz, bu kishining hayotidagi tavozun bizni e'tiborimizni tortadi. Ibodat maydonida eng zo'r obid edi. Kunduzgi amallardagi asosi nazar solsangiz, eng zo'r mujohid edi. Sabrga e'tibor qilsangiz, eng sobir insonlardan edi.

Inson bolasi yuksalar ekan, uchta narsaga e'tibor berish kerak. Uchta narsasi yuksalishligi kerak. Aqli, qalbi va suluki. Shulq atvori. Mana shu uchchala tomondan rivojlangan inson, yuksalgan inson haqiqiy yuksalgan insons deyiladi. Aqli bilan qalbi yuksalsa yu, axloqi buzuq bo'lsa, bu odamni komil inson deb bo'lmaydi.

Janglardan olib kelingan g'animalarni oqib kelishi tufayli Basra o'sha davrdagi musulmonlarning eng boy shaharlaridan edi. Ammo Banu Ta'minidan bo'lgan bu yigitni bu narsalarga parvoyi yo'q edi. Odamlarni qo'llaridagi narsadan zohid edi. Ollohni qo'lidagi narsaga rag'bati bor edi. Bu o'ta bir muhim masala.

Odamlarni qo'lidan behojat bo'lish, Ollohning, Ollohning huzuridagi narsaga lag'batli bo'lish. Mana shu narsa odamlar bizni yaxshi ko'rishiga, Alloh bizni yaxshi ko'rishiga sabab bo'ladi. Iz hadfi dunya yuxay bukan Alloh, iz hadfi ma'indannas yuxay bukannas. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri nasihat so'ragan edi, Rasululloh shunday dedilar.

Dunyodan behojat bo'l, Alloh seni yaxshi ko'radi. Odamlarni qo'lidagi narsadan behojat bol, odamlar seni yaxshi ko'taradi. Endi buni aksi bo'lsa chi? Oxirat bilan ishi yo'q, faqat odamlarni qulidagi narsada ta'ma bilan yashaydigan bo'lsa. Bunday insonni hamma yomon ko'radi. Bunday insonnni hamma yomon koradi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyingi davr. Sahobalar davri. Basra shahrining birinchi kishisi. Basraning amiri, ulug' sahobiy abu muso al ash'ariy roziyallohu anhu. Bu ulug' sahobi Basra shahrining volisi, amiri, qo'shnilarining qo'mondoni, shaharning imomi, xalqni Allohga yetalaydigan murshiy dedi. Omiriddin Abdulloh mana shu ulug' sohibani o'ziga lozim tutdi. U kishini doim yonida bo'ldi. Jang kuni, jangda bo'lgan kunlarida ham, tinch kunlarida ham suhbatida qoyim bo'ldi.

Biz tobeinlarda, tobeinlar deyishimizni sababi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo'lida tarbiya topgan, sahobalarni orqasidan erchigan kishilar. Tobe bo'lgan kishilar. Shuning uchun tobein deyiladi ular. Omir bilan Abdulloh Attamimiy Abu Muso Ash'aridan ilm o'rgandi. Payg'ambarimizga Qur'on qanday nozil bo'lgan bo'lsa, bu ulug' sohibadan mana shunday suratda Qur'oni o'rgandi, hadisni o'rganda, bu ulug' sahobani qo'lida fiqhni o'rgandir. Qaranglarda, tobinlarda hammasini fazilati gapirilganda, birinchi o'rinda nimasi gapirilyapti? Nimasi gapirilyapdi? Ilmi gapirilyapti ukalar. Sulaymonni xalifani o'g'liga qilgan nasihati, ilm o'rganing bolam. Ilm bilan past kishilar yuksalikka ko'tariladi. Ilm bilan hech kim tanimagan odam taniladi, sharaf bo'ladi, sayyidlik bo'ladi dedi.

Bu ulug' tobin mana shu sahobai karimdan ilm o'rgangandan keyin hayotini uch qismiga bo'ldi. Har birimiz uchun eng muhim bo'lgan kitob bu Qur'on. Chunki Qur'on bizning manhajimiz. Hadis darslariga, ularda sharhlarga ham albatta muhtojmiz. Chunki Alloh Taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mana hadislari haqida nima degan? Astayidubillah, wama ata qumur rasulufahuduhu, wama nahakuman hufantahuhu, vattaqulloha innalloha shadidul aqob.

Payg'ambar o'zi sizlarga ato etgan narsani olinglar. U zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Allohdaan qo'rqinglar. Albatta Allohning jazosi qattiqdir. Murod Ali, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam olib kelgan ma'rifat. Uni bilishimiz siz bilan bizga farz. Uni bilish siz bilan bizgafarz. Musulmon kishi ota sifatida, savdogar sifatida, tabib yoki bir ishchi sifatida o'zini ishiga tegishli bo'lgan shariat hokimlarni bilishiga kerak. Toki haromga bilmasdan kirib qolmasin. Ota sifatida. Bolalarga nima tarbiya berish kerak? Oila bilan qanday muomalada bo'lishi kerak? Payg'ambarimizni sunnat o'rganishlikka majbur bo'ladi.

Tijoratni oldi sotdisi, qarz, yozdi, berdi, nasiyalar, haqlar ustida nima ish tutish kerak? Sunnat o'rgatadi. Siyratdan xabardor bo'lish kerak. Chunki birodarlar, siyrat amaliy islom. Siyrat amaliy islom. Bu tobein ilmli bo'lganidan keyin vaqtini uch qismga bo'ldi dedik.

Muhim nuqta, vaqtimizni tartibga keltirishimiz kerak. O'sha yigirma to'rt soat yuz yil burunga, hali ham o'sha yigirmata'rt soat. Faqat ana shu yigirma to'rt soat vaqtimizni tartibga keltira olmaganligimiz uchun hech narsaga ulgurmayapmiz. Ana shu vaqtida tartib bo'lmagan insonlarni juda ko'pi dunyoni, ko'chasini qurboniga aylanib ketyapti.

Ishini g'ami bilan uyga keladi. Uyiga keladi, g'ami kallasida, ishini g'ami. Uyda baxtsiz. Uydagi g'am tashvishini ko'tarib, ishiga olib keladi. Ishida ham baxtsiz. Majlisga kirsa, kallasidagi bor g'ami nimasi? Tijorati, hisob kitobi. Namoz o'qiydi, xayoli do'konidan.

Ana shunday kishilardan bittasi mashga kelib shom namozini o'qidi. Namoz nihoyasiga yetgandan keyin imomga turib, siz ikkala katta o'qib qo'ydingiz namozni dedi. Imom, yo'q, men to'g'ri o'qidim dedi. Qayerdan bildingiz meni ikki rakat o'qiganimni? Meni uchta do'konim bor o'zi. Meni uchtado'konim bor. Har rakatni o'qiyotganda bitta do'konimni hisob kitobini qilaman.

Siz ikkinchi do'konimni himob kitob qilib bo'lishimga namozni tugatib qo'ydingiz. Demak, siz ikki rakat namoz o'qidingiz, dedi. Qarang, bu odamlarda vaqtida tartib yo'q. Hayotida tartib yo'g'i, ishini g'ami uyiga keladi, uyini g'ami ishga boradi, ishini g'mi masjidga kiradi, namozda turadi, do'koni hisob kitobini qiladi. Tanish manzarami?

Vaqtlarini tartibga keltirish kerak. Albatta, Alloh Taolo uchun kunduzi qilinadigan ishlar bor, kechasi qabul qilinmaydi. Allohga kechasi qilinadigan ishlar bor, kunduzi qabul qilinmaydi. Oila uchun alohida vaqt, ish uchun alohida vaqt, sport uchun alohida vaqt, hamma narsani bir vaqti bo'lishligi kerak. Chunki vaqtini tartibga keltirgan odam juda ko'p narsalarga ulguradi, juda katta natijalarga erishadi.

Avvalgi darslarimizda aytganmiz, inson hayotidagi eng muhim uchta narsa. Vaqt. Sog'lik, pul. Shu dunyoni o'zidagina zo'r yashayman degan odamga shu uchta narsa kerak. Vaqt, sog'lik, pul. Lekin taassuf, bu uchchala narsa bir vaqtda jamlanmas ekan bitta odamni qo'lida. Yoshlikda vaqt bo'ladi, sog'lik bo'ladi, pul bo'lmaydi.

O'rta yoshga yetib, hayotda o'rnini topib, besh olti so'm topishga yarab qolganingdan keyin, pul bo'ladi, sog'liq bo'ladi, vaqt bo'lmaydi, hech narsaga ulgurmaydi. Endi yosh katta olib, vaqt bor, pensiyaga chiqdi. Pul bor, nima yo'q? Sog'lig'i yo'q. Shuning uchun birodarlar, hayotimizni tartibga keltirishimiz kerak. Vaqtimizni tartibga ketirishimiz kerak! Dunyo shunaqa.

Aldi edi, ishontiradi, o'tib ketadi. Ammo musulmon odam bunga oldinmaydi. Imkoniyatini borini bir maqsadda aniq qilib qo'yadi da, shuni o'rnida sarf qiladi. Buni nimaga o'xshatish mumkin? Toshoynak bor. Hammanglar bilasizlar, lupa. Toshoynak. Quyoshni nurini o'sha toshoynakdan o'tkazib, qog'ozni bir joyga qilib tursangiz, qog'oz qizdirib kuydirib teshib yuboradi. Xuddi shunga o'xshagandek siz bilan biz bitta maqsadni belgilab turib hayotimizda, bor kuchimizni, qudrat imkoniyatimizni shunga sarflasak, albatta bir narsaga erishamiz.

Allohni roziligi degan maqsadni qo'ying da. Alloh taolo hamma narsaga ulguradi. Faqat maqsad bitta bo'lsin. Uy ham bo'ladi, pul ham bo'ladi. Hamma yog'i bo'ladi. Faqat Allohni roziligiga birinchi o'ringa qo'yilsin. Chunki kim Allohni rozi qilishida birinchi o'ringa qo'ysa g'amini, Alloh boshqa g'amlariga o'zi kifoya qiladi. Dunyo ahllarining ishlari sochilgan bo'ladi, ammo musulmon kishi hamma ishi tartibli bo'ladi. Ilm olishi ham, saqofatini oshirishi ham, jismonan sog'lom bo'lishiga bo'lgan harakati ham, yugurishi ham, yelishi ham, fikri zikri Allohni roziligiga yetishligi uchun bo'ladi. Shuning uchun bu odam ko'p narsa yo'lga edi.

Omiriddin Abdulloh Attamimiy mana shu hayotini bir qismini ilm majlisiga sarf qildi. Avval o'zi ilm o'rgandi, keyin odamlar ilm o'rganibdi. Yana bir qismini hayotini, yana vaqtini bir qismini robbisining ibodatiga sarf qild. Tunlari bilan ibodatda bo'ldi. Yana bir qasmini Allohning kalimasini oliy qilish yo'lidagi janglarda qatnashdi, g'oziylardan bo'ldi. Bir qarasang ilm o'rgatayotgan olim, bir qarasang kechasi bilan uxlamayotgan qoyim, bir qarasak jang ma'noda maydonidagi g'oziy. Bular ulgurgan ekan hamma yoqqa. Bizni qarasak, na dunyoda shuni zo'r qilamiz, na bir oxiratga bo'lgan amallarda bir shijoat ko'rinmaydi. Na unisiga ham emas, na bunisiga ham emas. Yeta olmaymiz.

Inshaalloh, Amiriddin Abdulloh Attamimiyning hayotini davomini keyingi suhbatimizda davom etkazgan bo'lamiz. Aqulu qovli ha davasu taqshirullohu alayhi valakum assalom.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti