# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 214 of 510
- Section: —
- Duration: 20 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/214
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/o60ZSuhMhr4.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=o60ZSuhMhr4
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/213.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/215.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil al amin va ala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiq al va del amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Tobeinlarni hayotini o'qishda davom etamiz. Kechagi darsimizda Omir ibn Abdulloh Attamimiy rahmatullohu alayh haqida dars boshlagan edik. Bugun inshaalloh davom etkazamiz.

[0:32] Omiriddin Abdulloh robbisiga nima deb munojot qildi? Basiralik bir kishiga nimani omonat qildi? Va u bilan nimaga kelishib oldi? Basiralik bitta kishi aytadi, safarga chiqdim bir karvon bilan. U karvonni ichida Omiriddin Abdullah ham bor edi. Tun kirgach, bir daraxtzorni oldiga to'xtadik. Omir o'zining matohlarini jamladi. Otini bir daraxtga ipini uzun qilib bayladi. Yerdan otini to'ydiradigan xas xashaklarni olib, otini oldiga tashladi. Keyin daraxtzorga kirib ketib, ko'zdan g'oyib bo'ldi. O'zimga o'zim aytdim, deydi bu Basrali kishi. Unga ergashib, bu tunda u daraxtzorda nima bilan mashg'ul bo'lishligini kuzataman dedi. Odamlarni ko'zidan uzoqlashib, ancha ichkariga kirdi va qiblaga yuzlanib namoz boshladi. Uni namozidan ko'ra go'zalroq namozni ko'rmadim. Alloh qodir qilganicha namoz o'qidi da, so'ngra duo qildi. Duosida shunday dedi ilohim, o'zingning amring bilan meni yaratding. O'zingning xohishing bilan mana shu yurtda meni qoyim qilding. So'ngra menga mustaqil bo'ldi buyurding. Agar sen o'zing lutfing bilan meni mustahkam, mustaqil qilmasang, men qanday ham mustahkam bo'lay?

[1:55] Mana shunday qilib Parvardigoriga munojot qildi. Har bitta musulmonni Robbisiga munojot qiladigan lahzalari bo'lishligi kerak. Namozidami, tilovatidami, zikridami, yoki shunday ko'chada yurib ketayotganidami? Avvalgi darslarimizda aytganmiz, ancha yillar avval. Munojot degan ibodat bor. Bu shunday ibodatki, Robbingiz bilan gaplashasiz. Ro'parangizda turgan odamni so'zingizni eshitayotganiga qanday ishonch bilan gapirasiz?

[2:29] Robbingizga xuddi shunday gapirasiz. Mashinada ketyapti gaplashib keting. Albatta qo'l ko'tarib qiblaga qarab tahoratli bo'lishingiz shart emas. Robbingiz bilan xuddi sizni eshitib turganiga ishonganingizdek gaplashib ketishligingiz. Inson mana shu munojot ibodatini qilsa, qalbi quvvatlanadi. Iymoni quvvatlanadi, zaryadka oladi bizning tilda. Buni nimaga o'xshatsa bo'ladi, bilasizlarmi?

[2:56] Zaryadka qilib qo'yib ishlatilinadigan fanallari bo'ladi yu. Tokka sayf zaryadka qib qo'yasiz, svet o'chganda shunday o'tsangiz lop qotadi, ko'zingizni qamashtiradi. Ammo mana shu zaryadka qilish esidan chiqib qolgan payt bo'lsa, svet o'chib qolganda shunday yoqsangiz, yonadi, lekin nihoyatda bir yorug'ligi sust, zaif bo'ladi. Xuddi shunga o'xshagandek, insonni qalbini ham zaryadkasi bor. Bu alloh taologa munojot qilishlik birodarlar. Bir gaplashib ko'ring da. Mashinada ketyapsiz, hech kim yo'q. Ovoz sizni chiqarib gaplashib keting. Parvardigor, shu mashinani ham yangilab bergin.

[3:36] Shu ko'chalarimiz ham yaxshi bo'lib qolsin. Xuddi eshitayotgandek gapirib ko'ring da, qilib ko'ring da, kalbingiz qanchalik quvvat olganini ko'rasiz. Ibodat, namoz, zikr, tilovat, ilm majlisi bo'ladigan barisi qalbni quvvatlantiradigan sabablar. Mana shular zaryadkalar bo'ladi. Qanchalar alloh taolo bilan ko'p munojotda bo'lamiz, qalbimiz allohga shunchalik yaqin bo'ladi.

[4:02] Omir ibn Abdulloh yana duo qildi. Ilohim, albatta Sen bilasan, agar dunyo va uning ichidagi hamma narsa meniki bo'lsa, uni Seni rozining uchun mendan talab qilinsa, hammasini beraman. Nafsimni o'zimga topshirgin, ya Arhamar rohimin. Ilohim, men Senga ijobat qildim. Barcha musibatlarni men uchun yengil qilgin. Qazoga rozi bandalaringdan qilgin. Senga bo'lgan muhabbatim tufayli qanday tong ottirdim, qanday kech kirgizdim, menga ahamiyati yo'q. Senga bo'lgan muhabbat bormi qalbimda? Qanaqa tong ottirdim, ochmi, to'qmi? Qanday kech kirgizdim, yaxshimi, yomonmi? Farqi yo'q. Muhimi senga bo'lgan muhabbat bor qalbimda. Basrali kishi aytadi. So'ngra ko'zim uyquga ketdi.

[4:54] Uyg'onib qarasam, hali ham namozda turar ekan. Keyin yana ko'zim ketib qoldi. Uyg'onilib qarasam, yana namozda turibdi ekan. Robbisiga bo'lgan munojotda davomi ekan. Shunday holatda tong otdim. Omiriddin Abdulloh Attamimiy uxlamadi. Bu safarda ketayotgan odamni qilayotgan ishi. Insonni uxlamasdan tun o'tkazishni yaqiniga sig'adimi? Ha, sig'adi. Agar Robbisi bilan munojatda o'tkazsa bu tunni. Uzoq yillar ko'rishmagan ikkita bir qalin yaqin do'st uchrashib qolsa, bilasizmi? Suhbatlashib, tong otguncha o'tiradi, uxlamaydi ikkalasi. Nima uchun? Bir birini sog'ingan. Bir biri bilan suhbatlasa huzur halol ota oladi, uyqu esiga kelmaydi. Robbisiga munojat qilgan odamni ahvoli ham shunday. Ota ona aytdi, ya musa, atohiy bu anakuna jalisuk. Ey Muso, senga hamsuhbat, senga do'st, senga hamroh bo'lishimni xohlaysanmi? Dedi. Muso alayhissalom hushidan ketib qoldi buni eshitib. Uyg'onib aytdi, ey Robbim, shunday bo'lishim mumkinmi? Qanday qilib senga hamsuhvat, senga do'sts bo'laman? Alloh Taolo aytdi. Ya muso, a man alimta an nahuman, vakaroning faqat ja'la saning.

[6:13] Alloh aytdi ey Muso, axir bilmaysanmi, kim meni eslasa, taqiq men bilan hamsuhbat bo'ladi. Axir bilmaysannmi, meni zikr qilganga men hamsuhbat bo'maman. Bandam qayerda meni talab qilsa, albatta topadi. Munojotda bo'lsin bandam. Masalan kishi davom etadi. Omir ibn Abdulloh bomdodni o'qib bo'ldi, keyin yana duo qildi. Parvardigor, ana tong ham otdi. Seni fazlingni umid qilib odamlar harakatga kelishdi. Ularni har birini senda hojati bor. Omirni ham senda hojati bar. Uni avf qilgin. Omirning sendagi hojati uni avf qilishliging dedi. Meni va ularni hojatlarimizni ravo qilgin, ya rahmat rahimin. So'ngra yana dedi. Parvardigor, men sendan uchta narsani so'radim. Shundan ikkitasini berding, bittasini bermading.

[7:07] O'zim xohlagandek, o'zim yaxshi ko'rgandek senga ibodat qilishim uchun uchinchisini ham bergin dedi. Shu bilan duosini noxayiz yetkazdi. O'rnidan jildi deydi basrali kishi. Jilib, menga ko'zi tushdi. Tuni bilan ulug' kuzatib turganligimni bilib, mendan norozi bo'ldi. Menga qarab, tuni bilan yonimda bo'ldingizmi dedi. Men ha dedim deydi basrali ikkishi. Ko'rganlaringizni hammasini yashiring, birovga aytmang dedi.

[7:36] Men aytdimki, vavvoy, robbingizdan so'ragan uchta narsa nima ekanligini menga aytmasangiz, kechqurun ko'rganlarim hammasini odamlarga aytib beraman dedi. Shunda omir sizga voy bo'lsin, bunday qilmang dedi. Lekin men so'zimni qattiq turib oldim. Shunda Omir aytdi, hech kimga aytmaslikka, Allohga ahd bersangiz, aytaman dedi. Men to tirik ekanman, sizni bu siringizni hech kimga fosh qilmayman deb so'z berdim Allohga. Shunda Omir Allohda so'ragan uchta narsasini bayon qilib berdi.

[8:10] Nimalar bo'lishi mumkin? Biz nimani so'rardik? Har bitta odam o'zi biladi, birinchi ma'noni so'ragan bo'lsa kerak. Ikkinchi ma'noni surgan bo'lsa keling. Shuni ikkitasi dunyodagi bo'ladi bizniki. Qaranglar nimani so'ragan ekan. Qaranglar kimlar, nimalarni so'ragan e kan? I ketibdi ular ham hammasi. Biz nimalarni sorab yuribmiz, biz ham ketamiz. Bizga ibrat bo'ladigan odamlar nimani so'ralgan ekan Robbisidan? Omir aytdi. Allohdan so'ragan birinchi narsam va Alloh uni berdi. Dinim uchun menga ayollardan ko'ra xatarliroq narsa yo'q edi.

[8:52] Robbimdan ayollarga bo'lgan muhabbatni qalbimdan olib qo'yishini so'ragan edim. Alloh berdi. Devorga qaradimmi, ayolga qaradimminmi, menga farqi yo'q dedi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, imomahmaddan bu hadis. Ma min muslimin, yand'ur ila mahosina imrating, avvalo maroting. Sinmayam uzzubosarah u illa ahdathallohu lahti ibodatan yajidu halavataha. Qaysi bir erkak kishi, har bir qaysi bir musulmon o'ziga nomahram bo'lgan ayolning mahosinglariga, ziynatlariga ko'zi tushsak, bir marta.

[9:32] So'ngra ko'zini tiysa, qaradi, ko'zini olib qochdi, qaytib qaramadi. Alloh Taolo uning qalbida bir ibodatni paydo qiladiki, u bandashu ibodatning halovatini sotadi. Demak, inson qarab turib, ana shu nomahram ayolga ko'zi tushib, bir marta tushib qolganiga gunohga rolmaydi. Olib qochdimi, gunohga rolmaydimi? Ikkinchi marta qaraganda gunohga roladi. Bu ibodat. Bizni besh vaqt o'qiyotgan namozimiz ham ibodat, tutayotgan ro'zamiz ham ibodat. Lekin bularni hammasini sanog'i, hisob kitobi bor. Ammo ko'chada ketayotgan paytingizda son sanoqsiz ayollarga ko'zingiz tushadi. Shunda ko'zingizni olib qochdingizmi? Har bir holatda, agar ikkinchi marta ko'zda qaratmasangiz ibodat bo'ladi, buni huzurini halovatini totasiz. Kim uchun qaramayapsiz? Kim uchun tiyapsiz? Hech kimdan qo'rqmaysiz, hech kim sizni kuzatib turgani yo'q. Bu ish bilan faqat Allohni roziligini ko'zlayotgan bo'lamiz. Qarang, bu kishi dinimda fitnaga uchrab qolmay deb turib, ayollarga bo'lgan muhabbatni qalbimdan chiqarib qo'y deb so'rayapti. Odamlar o'lib yuboradi, yu ayollar orqasidan bir yetishaman shu ayollarga deb. Dunyodagi katta katta mamlakatlar o'rtasida urushlarga ayollar sabab bo'lgan.

[10:49] Ayrim holatlarda birodarlar ajib. Dunyo qonunlari ham, odamlar qo'llari bilan yozgan qonunlar ham, shariat qonunlariga ayrim o'rinda talablari bir xil kelib qoladi. Masalan, o'g'irlik qilmaslik. Shariat ham o'g'irlikka qilma deydi. Odamlar yozgan qonuni ham o'g'rilikka qilma deydi. Ammo dunyo talabi bilan o'g'irli qilmayotgan odam qamalib qolishlikdan, jazodan qo'rqib turib o'g'irlika qilmaydi. Ammo musulmon kishi Allohda qo'rqib turib o'g'irlik qilmaydi. Yana Alloh o'zi bilgan hikmat uchun bo'ldi, shunday bir talablar borki, shariat talablari. Dunyoni hech qaysi qonuni bunaqa talabni qo'ya olmaydi. Masalan, ko'zni tiyish.

[11:33] Begona ayolga qarashlik, man qilingan, bironta bir qonun bormi, dunyo qonunlarini ichida? Yo'q. Yo'q. Chunki ko'zni tiyish birodarlar ixlos ibodati. Balkonga chiqib olib, bemalol ko'chada o'tayotgan ayollarni tomosha qilishlikdan sizni nima to'sadi? Qaysi qonun, qaysi dunyoni qonunizni so'roqqa tutadi?

[12:01] Alloh taolo aytadi, astay deb beringlar. Ya'lamu xo'i inat al ayuni va ma'rufuh fissudur. Alloh ko'zlarning xiyonatini ham dillar yashiradigan narsalarni ham bilar. Bunday qaradingiz, qildingiz, yana bir qarab qo'ydingiz bunday qilib. Kim bildi buni? Shuning uchun tabiblar bo'lsa oramizda, ayol kishini ko'rishlik kerak bo'lsa, biror bir a'zosini, og'ir yetgan a'zosini ko'rishnikka ruxsat bor, tabib uchun. Ammo boshqa joyiga, boshqa a'zosiga, qarashingiz kerak bo'lmagan, haqqingiz bo'lmagan joyga qarasangiz, buni kim ko'rib turibdi? Parvardigoriz ko'rib turibd. Demak, ya alamu xo innatal ayun, ko'zning xiyonatlarini ham biladi.

[12:48] Xulosa, kimni yolg'iz qolganida ham to'sadigan qo'rquvi bo'lmasa gunohlardan, Alloh Taolo bu bandani qilgan amallariga parvo qilmaydi. Qaytaramiz. Yolg'iz qoldingizda ham gunoh vaziyatdan sizni to'xtatadigan qo'rquvingiz bo'lmasa, qo'rquviz bo'lmas a qalbingizda, sizni boshqa qilayotgan amallangizga Alloh Taolo qaramaydi, parvo qilmaydi.

[13:17] Ayollarga bo'lgan muhabbatni olib qo'ydi dedim, Alloh berdi. Basalli kishi, bu birinchisi edi. Ikkinchisi nima? Ikkinchisi nimalar edi? Nimani so'ragan edingiz? Omir ibn Abdulloh aytdi. Robbimdan uning o'zidan boshqadan qo'rqmasligimni so'ragan edim. Bitta o'zidan qo'rqay, boshqa hech narsadan qo'rg'may. Alloh Taolo uni ham berdi. Radador, odam bolasini dunyoda qo'rqitadigan millionlagan narsa bor. Millionlagan sabab bor. Mashinaga o'tirasiz, qo'rquv, shopir qulab qolarmikin. O'zi mashinaga o'tirib, uyingizga borguncha qancha qo'rquq. Uyingizni qo'yib kelib, ish qilib, zamikana bir o'g'il bir joyda minnatsa chiqib ketmasmikin. Siz bilan bizni qo'rqitadigan narsa birodarlar atrofimizda to'lib tosh yotibdi. Omir aytadi, robbim ijobat qildi. Na yer, na osmondan Allohda boshqa hech kimdan qo'rqmayman.

[14:09] Alloh Taolo aytdi: ya Muso, xifniy va xofnafsak. Ey Muso, mendan qo'rq. Va o'zingni nafsingdan qo'rqu. Ya'ni qilgan gunohingdan qo'rg. Va kayfa axofu man ashrakto'm, va taqofuna annakum ashrakto'm billa ma lam yunas del behi alaykum sultona, fai yul fariqoyniya haqqu bil amin inkun tum ta'lamun. Qo'rquv.

[14:38] Alloh Taolo aytadi, An'am surasida, Payg'ambar o'zini mushrik qavmiga: sizlar Alloh biron hujjat tushirmagan butlarni Allohga shirk qilishdan qo'rqmaysiz u, men sizlar Allohga shirk kilib olgan butlaringizdan qanday qo'rqay? Agar bilsangiz aytingchi, qaysi guruh qo'rqmay xotirjam bo'lishiga haqliroq? Allohga iymon keltirgan, allohga shirk keltirmagan, allohni qulchiligida chiroyli turgan banda hech narsadan qo'rq maydi. Iymon keltirilgan, o'z iymonlarini zulm, shirk bilan aralashtirmagan zotlar, ana o'shalar xotirjam bo'lgushudirlar va o'shalar hidoyat topgushudirlar. Xotirjam bo'ldi. Xotirjam boradi. Nahnavodan qo'rqmaydi.

[15:27] Yana odamlar qo'rqib xavotir olayotgan narsalardan qo'rqaydi. Vala ahofuma tushriqu nabih, illa in yasha robbi shay'a, vasiyai robbi kulla sha in ilma. Alloh Taolo keyingi oyatda aytadi: men sizlar Allohga sherik qilgan buddalaringizdan qo'rqmayman. Magar Parvardigorim xohlagan narsagina bo'lur, Parvardigorim barcha narsani o'z ilmi bilan qamrab olgandir. Uch to'rtta yirtqich hayvonni o'rtasiga tushib qolgan odamni tasavvur qiling.

[16:00] Ana shu hayvonlarda har bittasi parchalab tashlashni xohlab turibdi. Lekin shularni ham qiladigan ishi Alloh azza va jallani qo'lida. Agar Alloh xohlamasa, bular ham hech narsa qilmaydi. Shuning uchun Allohga suyangan, Allohni o'ziga tavakkal qilgan bandar qo'rqmaydi. Fakiduni jamia ansummala tun zirun. Inniy tavakkal ta'alallohi robbi va robbikun. Ma min dabbatin illahi va ahidun bin asiyati ha, innna robbi ala sirotil mustaqil.

[16:34] Alloh Taolo aytadi Qur'onda, ana endi barchangiz bir bo'lib, hech taqhir qilmay, kechiktirmay, menga qarshi bilgan hiylangizni qilavering. Men faqat mening ham, sizlarning ham parvardigoringiz bo'lgan Allohga suyandim. O'rmalagan narsa borki, barchasi u zotning qo'l ostidadir. O'rmaligan narsa borki Alloh Taoloning hukmida. Parvardigorim shak shubhasiz to'g'ri yo'ldadir.

[17:03] Basrali kishi aytdi. Uchinchisi nima edi? Omer aytdi. Kecha yu kunduz o'zim xohlagandek robbimga ibodat qilishim uchun ko'zimdan uyquni olib qo'yishimni so'ragan edim. Lekin buni bermadi, dedi. Buni bermadi. Basrali kishi aytadi. Undan bu so'zlarni eshitganimda, unga: «E, o'zingizga rahmingiz kelsin». Tunlarni qoyim, kunlarni ro'za bilan o'tkazar ekansiz. Ha, jannatga bundan ozroq narsa bilan yetsa ham bo'ladi. Jahannamdan bundan ozro q narsa bilan ham qutilsa bo'ladi.

[17:37] Omir aytdi. Nadomat qilish foyda bermaydigan kundan nadomat qilib qolishdan qo'rqaman. Va vallohi imkoni boricha ishtixod qilaman ibodatda. Agar najotga yetsam, Robbimni rahmati tufayli yetaman. Agar jahannamga kirsam, bu o'zimni kamchiligimdan bo'ladi. Darsimizni nihoyasi birodarlar, aqlli kishi kim? Aqlli kishi nadomatga olib boradigan ishni qilmaydigan kishi. Oxiri pishimi ham bo'ladigan ishni qilmaydigan kishi. Mana hozir hammamiz tirik turibmiz. Alhamdulillah. Dunyoda yashayapmiz. Ertaga oxirat hovuziga ko'chasan deyilsa, albatta har bittamizda afsus nadomat chekayotgan o'rinlar bor. Nimalarga afsus chekamiz, bilasizlarmi?

[18:24] Yeb qolmaganimizga, yeb qolmanganimizgami? Nimaga afsus chekammiz? Ko'proq namoz o'qimaganimizga. Ko'proq qur'on tilovat qilmaganimizga, ko'proq ilm o'rganmaganimizga, qo'limizdagi pulni inf og'ir son qilmaganimizg. Demak, aqlli kishi kim ekan? Nadomatga olib boradigan ishlarni qilmaydigan odam. Sahobalardan biri aytadi.

[18:47] Vallohi lavhalim tu g'odan ajaliy, man qodir tu an aziyda fiy amaliy. Agar ajalamni ertaga kelishini bilib qolsam, vallohi bundan ortiq amal qila olmayman deydi. Bu sahoba aytyapti, agar ertaga o'lasan desa, amalimni ko'paytira olmayman. Chunki shunda ham shunday ham har kuni xuddi ertaga o'layotgandek amal qilib yashaganman deyapti. Bu odam pishaymon yemaydi.

[19:21] Omiriddin Abdulloh Attamimiy robbisidan uchta narsani so'radi. Dinidan xavotir olib, ayollarni muhabbatini qalbidan olib qo'yishligini, Allohnı o'zidangina qo'rqishlikni va o'zi xohlab, yaxshi ko'rgandek Allohga ibodat qilish uchun ko'zidan uyqu olib qo'ygichligini. Alloh Subhanah va Taolo ibrat olishingizni barchamizga nasib etgan bo'lsin.

[19:45] Aqlu qovli hayda. Va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
