# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 215 of 510
- Section: —
- Duration: 15 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/215
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/9M-7zJfp738.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=9M-7zJfp738
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/214.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/216.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'limin vala aqibatu lil muttaqin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina muhammad as sodiqil va adil amin va ala alihi va as habihiy ajma'in. Ammabard. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Tobinlarning hayotidagi, navbatdagi darsimiz, ikki darsni buyog'ida. Omir ibn Abdulloh Attamimiy rahmatulloh alayhning hayotini o'qiyotgan edik. Bugun inshaalloh nihoyasiga yetkazamiz.

[0:31] Omir ibn Abdulloh Attamimiy. Bu kishi ulug' tobinlardan edi. U zot jangga otlansa, o'ziga sheriklarini tanlar edi. Bu kishi faqatgina tunlarni ibodat qiladigan rohib emas edi. Balki kunduzlari jang maydonida qilichini ko'tarib, Alloh yo'lida jihod qilgan forslardan ham edi. Agar nido qiluvchi Allohning kalimasini oliy qilish uchun jangga musulmonlarni chaqirsa, birinchilardan bo'lib ijobat qilar edi. U kishi mana shu safarga chiqib ketar ekan, o'ziga sheriklarini tanlar edi.

[1:12] U kishiga, sherik bo'lmoqchi bo'lganlarga aytardiki, agar sizlar uchta narsaga rozi bo'lsanglar, sizlarga men sherik bo'laman, sizlar bilan birga boraman. Ular aytishardi, nima u uchta narsa? Omir aytardi. Men sizlarga xizmat qilaman, birortanglar mendan bu haqqimni talashmaysizlar. Ikkinchisi, sizlarga muoziyn men bo'laman. Allohni ibodatiga chaqirishlik faqat meni haqqim. Uchinchisi, qurbim yetganicha, qodir bo'lganimcha sizlarga molimdan inqiroat qilaman. Agar shunga ko'nishsa, ommaviy erimni Abdulloh ular bilan birga safar qilar edi. Agar birontasini tolashsa, boshqa odamlar bilan mana shu shartlarga ko'nganlar bilan sherik bo'lib ketar edi. Aytyapmiz ku, hozirgi aqllarimizga to'g'ri kelmaydi deb. Mana bizga ibrat bo'lishi kerak bo'lgan odamlar. Nima deyapti? Men sizlarda xizmatinglarni qilaman. Ozonda men aytaman, cho'ntagimdek pulni sarflayman deyapti. Zo'r u bunaqa sherik.

[2:17] Omiriddin Abdullohning hayotidan ayrim lavhalar. Bu mana shu lavhani o'qiymiz, qani nimalarga dalolat qilar ekan. Hodisa marakasida Fors mag'lub bo'ldi. Ming yil turgan Sosoniylar imperiyasi Umariddin Xattob roziyallohu anhu xalifalik davrida mag'lub bo'ldi, musulmonlar ularni yengishdi. Musulmonlarning mana shu ulkan marakadagi amiri Sa'diddin Abu Vaqqos roziyallohu anhu xo'edi. Juda katta o'lja tushdi. Juda katta olja tushdi. Sa'diddin A'bu vaqqos Amriddin muqoringa buyurdi. G'animalar bir yilga jamlansin, hisob kitob qilinsin. Chunki beshtan birini Baytulmolga jo'natishlik kerak Madinaga, qolganini jangchilarga tarqatib berishlik kerak. Jamlangan narsani birodarlar vasf qilgani til, hisob kitob qilgani qalam ojiz edi. Chunki ming yillik imperiyani boyligi.

[3:15] Kisroq ovqatlangan oltin kumushdan yasalgan idish tovoqlar, qimmatbaho yog'ochdan ishlangan sandiqlarga solingan to'la durugavharlar, taqinchoqlar, Kisroni kiyimlari, qimmatbaho toshlar bilan bezalgan sovutlari, bir podshohdan ikkinchisiga o'tib kelayotgan qimmatbaho qilishlar. Bu g'animalarni hammasini musulmonlarni ko'z o'ngida bir joyga olib kelib to'plashdi, shu yerda hisob kitob qilishlik boshlandi.

[3:47] Mana shu g'animatlar o'rtaga olib kelib tashlanayotgan paytda soch soqoli to'zigan bir kishi ikkita qo'li bilan bitta qopni zo'rg'a yerdan ko'tarib, zo'r bozor sodirab kelar edi. Bu qop haqiqatdan katta qop edi. Jamlangan g'animatlarni ichida mana shu qopdagi boylikka teng keladigan biror bir boyligi yo'q edi. Shunaqa bir qimmatbaho qop edi.

[4:12] Musulmonlar haligi kishiga, qayerdan topdingiz buni deyishdi. Haligi odam falon yerda, falon ma'rakada o'lja qilib olgandim dedi. Tabiiy so'rashdi. O'zingizga ham biror narsa olib qoldingizmi ichidan? Alloh hidoyat qilsin sizlarda. Bu qopdagi narsani ham, forsda hamma boyligini ham men uchun qadri qiymati yo'q. Agar mana shu qopdagi boylikda musulmonlarni haqqi, baytulmolda haqqi bo'lmaganida ko'tarib ham yurmasdim, so'rab ham oldinglarga olib kelmas edim dedi. Siz kimsiz deb so'rashdi da.

[4:49] U kishi aytdiki, vallohi meni maqtamasliginglar uchun kimligimni aytmayman dedi. Lekin olib kelgan narsamdan savob, umidim bor dedi da, qo'yib ketdi. Musulmonlar bir kishini orqasidan jo'natishdi. Borib kimligini bilib kel. Orqasida erchib borishdi, haligi odam o'zini hamrohlariga qo'shilganida, erchib borgan odam so'radi: kim bu? Ular tanimaysizmi bu kishini? Axir bu kishi Basraning zohidi Omir Imno Abdulloh Attam yemayku dedi. Robbista nimani so'ragan edi kechagi darsimizda?

[5:23] Ayollarga bo'lgan muhabbatni qalbimdan olib qo'y. Ikkinchisi, o'zingdan boshqa hech kimdan qo'rqmay, uchinchisi, ko'zimni uyquni olib qo'ydigan edi. Hech kim ko'rmagan edi. Olib kelib tashlayapti, ichidan oldingizmi desa, uyalmaysizlarmi? Musulmonlarda mulki bo'lmaganda men olib kelaman sizdan bu narsani deyapti. Haqiqatdan hozirgi aqllarimiz qabul qila olmaydi bu narsani. Ukalar, akalar biz uchun ibrat bo'lgan odamlar shular. E, bular ham bo'lib ketdi ey. E, biz ham bo'lib ketamiz ertaga.

[5:57] Maqsadlar noto'g'rida, andozalar noto'g'ri, metrlar buzilgan, kilolar, grammlar, tarojilar buzilgan. Shuning uchun odamlarni hech ham hisob kitob to'g'ri chiqmayapti. Juda ko'pchilikka chiqmayapti, chunki maqsad noto'g'rida. Nima uchun Usmon roziyallohu anhuga Amirimni Abdullohdan shikoyat qilishdi? Kim shikoyat qilib keldi? Usmon roziyallaohu anhu Amirga nimani buyurdi? Bir kuni Basra shahrining, shu'urtasining boshlig'i shurta degani politsiya degani. Basra shurtasi boshlig'ining yordamchisi bir zimmini yoqasidan ushlab, sudrab ketayotganligini ko'rdi. Haligi zimmiy dod teradi. Ey meni qutqaringlar, Alloh sizlarni qutqarganlar, Payg'ambaringlarni zimmasida bo'lgan kishini himoyalarga olinglar ey musulmonlar.

[6:53] Zimmiy musulmonlarning mamlakatida yashayotgan g'ayridin. Payg'ambarlarni zimmasida degani Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ularga o'zini zimmasini bergan. Ularga hech kim zulm qilmaydi. Muhammad alayhissalom so'z bergan. Musulmonlarni yurtida yashaydi, jizya to'laydi, musulmonlarnini himoyasida bo'ladi, musulmonlar aziz etkazmaydi. Payg'ambarimiz va'da bergan. Mana shu zimmini so'zrab olib ketyapti.

[7:20] Omir boyagi baqirayotgan zimmini oldiga kelib, jizyeni to'laganmisan? Ha to'laganman. Uni sudrab olib ketayotgan kishiga qarab, bundan nimani xohlaysan dedi. Bu shurta boshlig'ini bog'ini tozalab berish kerak dedi. Haligi zimmiga, ommaga qarab, xohlaysanmi shu ishni qilishdi dedi. U dod dedi. Yo'q, bu meni kuch bilan sudrab olib ketyapti. Oilamni boqish uchun kasb qilishimdan to'syapti dedi.

[7:52] Endi bu zimmega Muhammad alayhissalomni zimmasi berilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni so'zi poymol bo'lyapti. Omer shu yurtiga qarab, tinch qo'y buni dedi. Qo'yib yubor dedi. Qo'ymayman dedi. Shunda Omer men tirik ekanman dedi. Muhammad alayhi assalomning zimmasidagi kishiga zulm qilinmaydi dedi. Muhammad ali assalomni bergan va'dasi buzilmaydi. Men tirik ekanmen. Atrofda turgan odamlar yig'ilib, Omirga yordam berishdi, boyagi shurtingni qo'lidan zimmiyni tortib olishdi. Palistlarni qo'lidan tortib olishdi. Shunda shurtinglar omirni itoatsizlikda, amirga bo'yi sinmaslikda ayblashdi. Yana boshqa ayblarni ham unga yopishtirishdi. Amirul mo'minaga itoat qilmaydi, ahli sunnaval jamoaga qarshi, ayollarga uylanmaydi, hayvonlarni go'shtini, sutini iste'mol qilmaydi, voliyni majlislarga kelishidan o'zini behoja tutadi.

[8:57] Shuncha ayblarni omiriddin abdulloh attamimiga qo'yishib, uni ishini xalifa usmonovnaffon roziyallohu anhuga ko'tarishdi. Xalifa usmon roziyallohanhu basravo volisiga buyurdi. Omiriddin abdullah, voliyni majlisiga chaqirilsin, ish ko'rib chiqilsin. Endi xalifani buyurib ol. Basraning voliysi o'zining majlisiga omirni chaqirib, amirul mo'miniy menga seni chaqirib, ishingni ko'rib chiqishimi buyurdi dedi. Omir aytdi, xalifa buyurgan narsalarni haqida so'radi dedi.

[9:33] Voli aytdi, nima uchun payg'ambar alayhissalomni sunnatidan yuz o'girasan? Nimaga uylanmaysan? Dedi. Hammamizga ma'lum. Annikakhu sunnatiy, faman rohiban sunnatiy, falaysa minniy. Rasululloh aytganlar, nikohlanish, uylanish meni sunnatim. Kim bundan yuzaga yursa, mendan emas degan. Omir javob berdi. Men rasulullohning sunnatiga beparvoligimda nikohni tark qilmadim. Islomda tarki dunyochilik yo'qligiga guvohlik beraman. Meni bitta jonim bor. Uni ham allohga topshirganman. Agar uylansam, ayolim meni allohga ibodat qilishidan to'sib qo'yadi. Shuning uchun uylanmayman dedi.

[10:15] Voley yana savol so'radi. Nimaga go'sht yemaysan dedi. A topsam yeyman. Ishda ham bo'lsa yeyman. Endi ishda ham bo'lmasa, topmasam nimani yeyman dedi. Yo'q deyapti da. Yo'q. Voli so'radi. Nima uchun pishloq yemaysan dedi. Omir aytdi, pishloq qilinadigan mintaqada majusiylar bor.

[10:40] Ular so'yilgan go'shti yo o'zi xorom o'lgan go'shti farqiga borishmaydi. Agar tayyorlangan pishloq, so'yilgan hayvonning shirdonidan tayyorlanganiga ikki tom guvohlik bersa, yeyman dedi. Voli yana so'radi. Nimaga voli edi huzurga kelmaysan? Uni majlislariga guvoh bo'lmaysan. Qarang, bu kishilarchi? Qochgan ekan. U mansabdor, voliy, amir bo'lgan odamlarni eshigidan uzoqroq yurishga harakat qilgan ekan. Nimaga sen voliyni majlisiga kelmaysan? Omir javob berdi. Sizlarni eshiklarni oldida hojatmand kishilar ko'p. Ular bilan ovora bo'linglar. Sizlarda hojati bo'lmaganlarda tinch qo'yinglar dedi. Ya'ni sizlarda hojati yo'q, o'shaning uchun bormayman dedi. Unga ham javob berdi. Bu majlisning xabari Xalifaga yetkazildi. Usmonov Nafon bu so'zlarni hammasini eshitganidan keyin, Omirni ishida biror bir aybni topmadi. Sunnatga qarshi chiqishlik yo'qligini ko'rdi. Shu bilan ish to'xtadi.

[11:45] Ammo Basrada bu ish nihoyasi yetmadi. Yomonlik o'ta o'xshamadi. Omiriddin Abdulloh haqida yaxshi yomon gaplar ko'payib ketdi. Omirni tarafdorlari bilan unga xusumat qilayotgani o'rtasida fitna bo'lishiga xavf paydo bo'lib qoldi. Shunda Usmonov Nafxon roziyallohu anhu Omiriddin Abdulllohni Shomga ko'chib keting deb buyurdi. Shomu alayhissalom, muvaffaqiyatib, Nabu sufiyonga Omirni yaxshi kutib olib, hurmatini joyiga qo'ying deb buyurdi. Mana endi Omiriddin Abdulloh qilmagan ishi uchun, qilmagan aybi uchun yurtidan chiqib ketishlikka majbur bo'lyapti.

[12:28] Omir Basratdan chiqib ketayotib, qo'lini ko'tarib duo qildi. Parvardigor, kim menga tuhmat qilgan bo'lsa, kim meni ustimdan yolg'on gapirgan bo'lsa. Yurtimdan chiqib ketishimga, do'stlarimdan ajralishimga kim sabab bo'lgan bo'lsa? Parvardigor, men ularni avf qildim. Sen ham ularni avfqing.

[12:52] Ularga dini va dunyosida ofiyat bergin. Meni ham, ularni ham, boshqa musulmonlarni ham o'z avfing, rahmatingga olgin, ya arxonar rohimin, dedi, shomga qarab chiqib ketdi. Yana qaytarib aytaman, bizni aqllarimizga sig'maydi. Qilmagan aybi uchun yurtidan chiqib ketishlikka majbur bo'lgan odam, chiqib ketyapti, duoi xayr qilib chiqib ketyapdi. Unga zulm qilganlarga.

[13:18] Hayotining oxirgi lahzalari. Omiriddin Abdulloh qolgan umrini Shom erlarida o'tkazdi. O'ziga vatan qilib, maskan qilib, Baytul Maqdesni ixtiyor qildi. O'lim kasaliga uchrab yotib qolganida, uni ziyorat qilgani bir to'rt kishilar kelishdi. U yig'layotgan edi yotib. Nimaga yig'laysiz? Axir siz falon, falon, falondaqa odam bo'lgansiz, falon, falon ishlarni qilgansiz.

[13:45] Omir javob berdi. Vallohi dunyoga xaristligim uchun yig'layotkanim yo'q. Safarda uzoqligiga, zodning, jamg'armaning ozligiga yig'layapman. Yuksalish yoki qulash arafasida turibman. Jannat yoki do'zaxga kirishlik arafasida turubman. Qaysinisiga boraman, bilmayman. Yig'lar edi. Oxirgi nafaslarini olar ekan, tili Allohni zikri deydi.

[14:11] Omiliddin Abdulloh Attamimiy. Birinchi qibla, uchinchi haram va Isro yeri bo'lgan Baytul Maqdisda vafot etdi. U kishining qabri hozir ham shu yerda. Xulosa. Bu ulug' tobin, kunduzlari ro'zador, tunlari qoyim, kunduzlar jang maydonidagi forislardan edi.

[14:36] Siz bilan bizga haqiqiy ibrat bo'lishiga harakat qiladigan, namuna bo'lishiga hararat qiladigan kishilardan edi. Alloh Taolo aytadi: Astaydu billah limitli ha'da fal ya'malil aminun. Bas amal qilguvchilar mana shunday mangu baxt saodat uchun amal qilsinlar. Va fiyzdalika failyatana fasel mutanafisun. Bas, bahslashguvchi kishilar mana shunday mangu ne'matga yetishish yo'lida baslasinlar.

[15:06] Alloh Subhanah va Taolo mana shu ulug' insonlar hayotini o'qib o'rganib, ulardan o'zimizga andoza olib yashashlikni va qiyomatda ana shunday kishilarda suhbatda bo'lishlikda hammamizga nasib qilgan bo'lsin. Aqul u hovli ha'da, va astag'firullohu alayhi valakum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
