Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Robbil alamin. Assolot va assalamu ala sayyidina muhammadi va ala alixiy va ashabi h majmain. Ummat barat. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bismillahir rohmana rohim. Omir ibn shurahbiy. Bu kishi imomush shabiy nomi bilan mashhur bo'lganlar. Hasan i basriy u kishi haqida shunday deydi. Imomush shabi keng ilm. Va ulug' axloq egasi bo'lgan kishi. Islomda u kishini kutgan o'rni balad deydi.
Umariddin xattob roziyallohu anhuning xalifaligini oltinchi yilida musulmonlar dunyosiga yangi bir chaqaloq keldi. Bu chaqaloq jussasi kichkina, og'riq, nimjon tug'ildi. Chunki onasining qornidagi uning inisi uni rivojlanishligidan to'siq bo'lgan edi. Ya'ni egizak bo'lib tug'ilgandaki, sal nimjonroq bo'lib tug'ulgan edi. Lekin bu nimjonligi, bunaqa nimjon tug'ilganligi mana shunday oliy sifatlarga ega bo'lishiga to'sqinlik qila olmadi. Bu kishi o'zining asli ismi omir ibn shurahbil al ximriy sha'biy ismi bilan, sha'biy nomi bilan mashhur bo'lganlar. O'zining zamonasidagi eng yetuk olimlardan bo'lgan. Imom shabiy kofa shahrida dunyoga keldi. Lekin qalbi doimiy suratda madina munavvaraga talpinib turdi. U kunda sahobalar kofa shahrini allohning kalimasini dunyoga yoyish uchun bir markaz qilib belgilab olgan bo'lsa, imom shabiy esa masjidul nabaviyda, payg'ambarimizning shahrida bo'lishlikka doim mushtoq bo'lar edi. U kishiga alloh taolo besh yuz ga yaqin rasulullohning sahobalarini suhbatida o'tirishlik baxtini berdi. Besh yuz ga yaqin sahobalarda suhbatda o'tirdi.
Ularning ichida eng ulug' sahobalardan ali ibn abit olib, sa'd ibn abbiy yaqqos, zayd ibn solih. Bu kishilar asharayi mubashshara, tirikligida jannatiyligini eshitgan sahobalar edi. Va boshqa sahobalardan Ubodatun Nisonid. Abu Musolash Ali, Abu Said al Xudriy, Nomonimni Bashiq, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh Navbos, Adibni Hotamut Toyiy, Abu Xurayra, Oy Shonamiz va ko'p, ko'p, juda ko'p sahobalarda suhbat o'tirishlik baxtiga muyassar bo'ldi. Endi ko'ring da, kimlarda suhbatida o'tiryapti? Besh yuzta sahobadan, ozginadan olganda ham besh yuzta narsa olyapti. Shuning uchun bu insonlar shunday bir yuksalikka yetishdi. Biz ham kimlarni orqasidan yuribmiz, kimlarni suhbatida o'tiribmiz, kimlar havas qilyapmiz? Mana shunga qaraylik.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, yaxshi hamsuhbat, yomon hamsuhbat. Yaxshi hamsuhrat bilan o'tirgan kishini misoli xuddi xushbo'y sotadigan attorga o'xshaydi. Haligi attorni oldiga kelgan odam puli bo'lsa olib atiridan foydalansa, puli yo'q odam oldiga kelsa hech bo'lmasa hidlab rohatlanadi. Yaxshi ham suhbatni oldida turgan odam vaqti bo'lsa o'tirib, uni ilmidan foydalanadi. Vaqti bo'lsin, haligi bilan ko'rishib, ozgina muomala qilib, axloqidan mazza qiladi. Endi yomon ham suhbatchi, xuddi bu go'loxiga o'xshaydi. Yaqinroq kelib tegib ketsangiz, kiyini zikr qiladi. Kachigar, bizni tilda. Go'loxi degani u haqorat emas. Agar o'zingizni ehtiyot qilib kiyimingizni qora ektirmasdan o'tib kelsangiz, hididan, babbu hididan ozor chekasiz. Shuning uchun qaraylik, kimlar bilan ulfatmiz, kimlarda atrofida aylanib yuribmiz, kimlar biz atrofimizda aylanib yuripti? Bu kishi mana shunday ulug' sahobalarni suhbatida o'tirgan.
Imomiy shabiy o'tkir zehnlik, kuchli xotiralik, uyg'oq qalb, nozik fahm egasi bo'lgan, hamda axloqli halim kishi bo'lgan. U kishi o'zi haqida shunday deydi, o'zini xotirasi haqida shundan deydi men bir so'zni eshitsam, uni eslab qolishlik uchun hech qachon oq varaqqa qorasi yo'q, buni yozgan emasman.
Biror kishini so'zini yodlab olishim kerak bo'lsa, ikkinchi marta takrorlab qo'ying deganmasman. Ha endi bunaqa xotira bo'lgandan keyin, albatta olim bo'ladi da. Biror marta so'zni yozganmas ekan yodlab olishlik uchun. Biror marta bir odamga bir qaytarib yuboring demagan ekan. Chunki bular pokiza zamonda yashagan. Otalari pokiza inson bo'lgan, hamma yoq pokiza bo'lgan. Shuning uchun rezultat ham shunga o'xshagan. Hozir insof qilib aytaylik, telefon nomerini aytsa, to'xtab turing deymiz. Bilmadim, oramizda Alloh rahmat qilgan kamdan kam odamga bitta raqamni aytsa, shart eslab qolishi mumkin. Bu nimani belgisi?
Zamonamizni qandayligiga ishora. Endi lekin xotirani o'ldiradigan ishlardan ukalar, kompyuterda ko'p o'tirishlik, musiqani ko'p eshitishlik, faxsh narsaga ko'p qarashlik, hamda oxirgisi, nimani ko'p ko'rishlik. Televizorni ko'p ko'rishlik. Xotira kerak bo'ladigan bo'lsa, mana shu narsalardan ozgina ehtiyot bo'laylik. Demak, bu kishi hech qachon bir so'z ziyodlab olishlik uchun qog'ozga yozgan emas ekan va bir so'zni ikki marta qaytarilishini talab qilmagan ekan. Bu kishi o'zini ilm ma'rifat yo'liga urgan kishi edi. Har qancha og'ir bo'lmasin, har qancha mehnat ko'p bo'lmasin ilm oladimi, o'rganadimi, shu yo'lni orqasidan yugurgan. U kishi aytadi. Agar bir kishi shomning eng chekkasidan, yamanning eng chekkasiga borsa, kelajakda hayotiga foyda qiladigan bir og'iz so'zni o'rgansa, ana shu mashaqqatni chekishlikka arziydi deydi. Tushunarli ekan a? Shu qilgan harakati shu ozgina o'rgangan narsasi qilgan harakatini oqlaydi deydi. U kishini ilm darajasini bilmoqchi bo'lsak, quyidagi so'zga quloq solamiz. Aqol lu shay in ta'lam tu xush shay. Men o'rgangan, narsalarni ichidagi eng ozi bu she'r dedi. Endi she'rni qancha o'rgangan?
U kishi aytadi, agar xohlasam deydi, bitta she'rini ikki marta qaytarmasdan, sizlarga bir oy to'liq, to'xtamay she'r o'qib bera olaman deydi. Bu o'rgangan nasasini eng ozi. Endi boyagi xotirasi bo'lgandan keyin, bu ham oz o'zi. Payg'ambarimizni sahobalari tirik bo'lishiga qaramasdan hali, Kufa shahrida sahobalarda ko'p bo'lishiga qaramasdan, agar Imomi Shobi bir majlis qilib, Kufa jome'ida, ilm majlisini qilsa, atrofida albatta odamlar to'p to'p bo'lib o'tirardi. Sahobalar tirik bo'lib turibdi. Bu kishini ilm darajasi taqvosiga Abdulloh ibn Umar'ni gapini hujjat qilsak bo'ladi. U kishi aytadi, shab i gapirayotganda, payg'ambarimizni g'azotlarini bo'lib o'tgan tarixiy voqealarni gapirib berayotganida, abdulloh ibn umar bir o'tib ketayotib eshitar ekan. Eshittirib aytar ekanki, bu kishi aytayotgan g'azotlarda bo'lganman men derkan. Ko'zim bilan ko'rganman, qulog'im bilan eshitganman, lekin bu kishichalik aytib bera olmayman derkan. Ya'ni bir xotira jihatidan, so'zni bayoni jihatidan Abdullohinda o'mardek zarf men bo'lganman o'sha yerdan, lekin bu kishi jihat bera olmayman der ekan. Bu kishi chuqur ilm, keng bilim va hushyor xotira egasi edi.
U kishini zehnini o'tkirligi quyidagi misolni keltiramiz. U kishi aytadi, men oldimga Bano Amir qabilasidan va ikkinchisi Bano Asad qabilasidan bo'lgan ikkita odam keldi talashib. Bu ikkalasi faxr talashar edi. Bano omir qabilasi dan bo'lgan odam meni bano omir qobilam, seni bano asad qabilingdan sharafda balandmiz deb hujjatlashib, g'urur talashdi da, bano omirlik, bano asadlikni yengib qo'ydi.
Endi yengib qo'ib, Omeriy odam, Asadiy kishini tonidan ushlab so'dirib keldi. Haligi yengilib qolgan Asadiy kishi: "Qo'yib yubormang, qo'yivor" desa, "Yo'q, yur" deydi. Shabini oldiga boramiz. Men sendan g'ururda, balandligim. Meni qabilam, seni qabilangdan yuqoriligini shabi ham aniqlab beradi. Yur deb so'dirib olib keldi. Imomiy shabini oldiga olib kelganida, Imomiy shabi: "Qo'yib boring bu kishini" dedi. Xo'p, men sizlarni otdelarda hakamlik qilaman, qo'yvoling dedi. Endi haligi Banu Asaddan bo'lgan kishi yengilib qoldi, g'urur jihatidan, faxrlanish jihatidan. Yengilib qolgan Asadiy kishiga aytdiki, nimaga birodaringizni oldida bunchalik xor bo'lasiz? Axir siz Banu Asad qabilasidasiz. Sizda faxrlanishlikka arziydigan oltita xislat bor. Sizni qabilangizda boshqa arab qabilalarida bo'lmagan faxrlanishniki loyi oltita sifat bor deydi.
Birinchisi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zaljayin mutaxaralaridan bo'lgan Zaynab binti Jaxsh, sizlarni qabilalardan, Zaynab bintejaxsh onamizni Alloh Taolo yetti qavat osmoni ustidan Payg'ambarimizga nikohlab bergan. Gibrid elchi bo'lgan. Bu faqir faqat sizlarda bor deydi. Ikkinchisi, yer yuzida tirik yurgan paytda Jannatiyligini eshitgan kishilardan, ikki yosh yotinli muhsin, sizlarniq qabilalardan. Bu bilan ham faxrlansangiz bo'ladi dedi.
Uchinchidan dedi, Islom tarixida birinchi ko'tarilib berilgan bayroq bu Abdulloh ibn Jahshga berilgan. Sizlarni qabilalardan. Hamda mana shu abdulloh i bin jahsh sizni qabilangizdan bo'lgan shu kishi islomda birinchi bo'lib o'ljani qo'lga kiritib kelgan. Bu ham sizlar faxrlanishlikka loyiq bo'lgan ish. Beshinchisi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hijratni oltinchi yilida umra qilgani bir ming to'rt yuz saxovasi bilan Makkaga kelganida Xudoybiya degan joyda to'xtab, qurash kirgizmaydi Payg'ambarimiz. Usmonimdan afvonda Payg'ambarimimiz biz umra qilganiga keldik, urushganiga kelmadik deb Makkaga kirgizganida elchi qilib. Qurash hibs qilib qo'yadi, qamab qo'yadi. Musulmonlarga Usmon qatl qilindi degan noto'g'ri xabar keladi. Shunda urushlikdan boshqa chora yo'q ekan degan kayfiyat paydo bo'ladi. Shunda bu kishi aytyapti. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bay'atul rizvonda birinchi bo'lib qo'lini uzatib bay'at bergan kishi Abu Sinon ibn Vahob, sizlarni qabilalardami? Dedi. Abu Sinon Payg'ambarimizga qo'lini uzashtirib, yo Rasululloh, qo'lingizni menga uzating, men sizga bay'at beraman dedi. Dedi, Payg'ambarimiz alayhissalom, nimaga bay'at berasiz dedi. Qalbingizdagi turgan narsaga beradi.
Qalbimda nima turibdi dedi. Yo farq, yo shahidlik turibdi qalbingizda dedi. To'g'ri aytdingiz dedi. Payg'ambarimni qo'l uzatib, birinchi bo'lib Abdusunod ibn Vaqt bay'at berdi. Ya'ni Payg'ambarimizni qalbida nima turganligini bu sahoba bilib, siz hozir urushlik kerak bo'ladigan bo'lsa, kurash bilan, yo Makkani fath qilishlikka tayyorsiz, yo shuni yo'lida shahid bo'lib kelishlikka tayyorsangiz, men shunga bay'at beryapman deganda Payg'ambarimiz to'g'ri aytdingiz deydi. Qo'lini qo'yib bay'at bergan bir ming to'rt yuzta sahoba Abu Sinoni ibn Vahimni bay'atini bergan. U ham sizlarda qabilalardandi.
Undan tashqari oltinchi sizlar faxrlanishlikka loyiq bo'lgan ish, Badr kunida Payg'ambarimiz bilan chiqqan qo'shimdagi muhojirlarni oltidan biri sizlarda qabilalardan bo'lgan dedi. Ya'ni mag'lub bo'lib bizni g'ururlanadigan narsamiz yo'q ekan deb turgan kishini bu kishi zehnini o'tkirligidan, xotirasini yaxshiligidan ko'nglini ko'tarib qo'ydi. Ehtimol agar bano omirlik yengib emas, bano asad yengib, bano omirlikni bo'yniga kelib turganda ehtimol buni shunday ko'ngliniko'tarib qo'llardi. Siz mana bu narsa bilan faxrlaninglarsizlar.
Bu bo'lib o'tgan ish u kishini qanchalik ilmini, chuqurligi, xotirasini o'tkirligi bo'lgan bir dalil bo'ladi. Xalifalik Abdulmalik ibn Marvonni qo'liga o'tganida, o'zining iroqdagi volisi Hajjoj Imom Yusufga xalifa, meni oldimga dunyo va din ishlarida salohiyatli bo'lgan, bizni to'g'ri yo'lga boshlab ko'mak ko'rsatadigan bir ilmli odamni jo'nating menga dedi.
Shunda Hajjoj Imomiy Shabini xalifani oldiga maslahat qilib yubordi. Imomiy Shabiy xalifani oldida turar ekan, uning ilmidan uning o'tkir zehnidan, maslahatlaridan foydalanib turar edi. Hamda podshohlarga elchi qilib yuboradi bu kishini. Mana aytyapmiz, jussasi kichkina, og'riq nimjon odam bo'lgan. Kunlarda birida Rumning imperatorini oldiga xalifa Imomiy Shahabiyni elchi qilib jo'natdi. Ba'zi bir ishlar bilan. Bu Rumni podshohsi musulmonlarning boshlig'ini elchisini suhbatini eshitib turib, u kishining fahm farosati, daholigidan dahshatga tushdi da, bir necha kun o'zini huzurida qolishlikni talab qildi. O'zi odatda unaqa elchilarni ushlab turmasdi, jo'natib yuboradi. Lekin bu kishidan qoyil qolganligidan, fahm farosatidan, ilmidan, daholigidan, bir necha kunni o'zi bilan olib qoldi.
Imom Shar'iy ketishlikka bir qattiq oyoq tirab turib olgandan keyin, bir necha kundan keyin, bo'pti dedi, javob berdi. Javob berishlikdan bittasi aytdiki, siz dedi podshohni urug'idanmisiz dedi. Yo'q dedi, men oddiy musulmon deb olasizmi? Ya'ni musulmonlardag'a oddiy bir kishiman dedi. Deganida ketishlikka javob berib, mana maktubni dedi, podshoh sizdan savollarni so'rab bo'lganidan keyin, maktubni berasiz dedi. Maktubni oldi, ichida nima borligini bilmaydi. Abdulmalikimni marvonini oldiga keldi. Amiral mo'minini oldiga keldik. Amiral mo'mini savollarini so'radi. Bilmoqchi bo'lgan narsa nado bo'lgandan keyin, ketyapti, imom ushabiy mana bu maktubni sizga berdi dedi rom poshshosida. Berdi, chiqib ketdi.
Amiral mo'minin maktubni oldi, o'qib turib, chaqirib keldi imom ushabiyni. Chaqirib kelinglar, qaytaringlar orqasiga. Qaytarib olib kelishdi. Abdulmalik shabiga bu maktubda nima bor ekanligini bilasizmi dedi. Yo'q dedi. Abdulmalik aytdi, rum podshohsi shunday deyapti. Men sizlar arablardan hayronman. Ichinglarda boshlilikka eraydigan shundan boshqa odam yo'qmi?
Jismi naxiyf bo'lganligidan, og'riq bo'lganligini ichinglarda elchilikka eraydigan boshqa bir o'ngli hisobli odam yo'qmi? Deyishi imom shabiy tushundida, ya miran mo'minin dedi. U sizni ko'rgani yo'qda. O'shaning uchun shunaqa deyapti. Agar sizni qanaqaligingizni ko'rganida, bu gapni gapirmagan bo'lardim dedi.
So'ngra abdulmalik u gapigini eshitib turib aytdiki, eshik imom ushabiyga, rum podshohsi bu bilan nima demoqchi bo'lganligini bilasizmi dedi. Imom Ushabi yo'q dedi. Bu yozgan maktubi bilan Rum podshohsi sizdaqa odam meni huzurimda borligiga hasad ketdi. Shu yozgan xati bilan g'azablantirib turib, sizni qatl qilishimni xohlabdi. Shuning uchun yozdi dedi. Tushunarli bo'ldimi? Masxara qilgandek, shunaqa kichkina odam boshlanglar ustinglarda desa, sen meni xijolat qilibsan o'sha odamni oldida turib qatl qilib yuborishini xohlab turib yozibdi. U hasadi kelganligidan bu ishni qilibdi dedi. Buni xabari Rum podshohisi aytganda, Allohga qasam to'g'ri o'ylabdi dedi. Hasadim kelganligidan qatl qilib yuribsizlar deb turib shu maktubda yozgandim dedi. Imomushabinning ilm darajasi o'zini zamonasida to'rtta olim bo'lsa, shularni uchinchisi imomushabi edi. Imom Zuhra aytadi, ana shu davrdagi olimlar to'rtta edi. Madinada Saididdin Musayyib, Kofada Omir Shabiy, Imom Shabiy, Basrada Hasan Basriy, Shomda Makful. Lekin mana shunday bir ulug' darajaga ko'tarilgan, chuqur bilim egasi bo'lgan Imom Shobiy nihoyatda kamtar, soddodan bo'lgan.
Agar u kishiga, ey olim, ey faqih deb murojaat qilishsa aytardiki, sizga voy bo'lsin. Bizda yo'q bo'lgan sifat bilan bizni sifatlameng. Bilasizmi, faqih kim? Faqih Alloh harom qilgan ishlarni o'zini tiygan kishi. Olim kim? Bilasizmi? Olim harom narsalarni o'zining to'xtatgan kishi. Bu sifatlar qadrimizda bo'lsin deb qo'yar edi. Ilm, badaniga singan kishi siniq bo'ladi. Ilm insonni yo siniq kamtar qiladi, yoki to'g'ri yong'a olib ketishi mumkin. Imom Shobidan masala so'rashar edi. So'rasa, u kishi kamtarligidan bu masalada umrimni xato bunda degan edi. Aliyev nabita olib undoq degan edi deb qo'yardi, o'zidan qo'shmas edi. Shunda o'zingiz nima deysiz ey Abomir, o'zingiz nimalar deysiz desa, tabassum qilib, kulib turib, men sizga umrimni xattopilarni Aliyev nabita olyapti gapini gapirsam, meni fikrimni so'raysizmi? Men kim bo'libman ularni oldida deb qo'yardim. Bu kishi chuqur bilim egasi bo'lishiga qaramasdan, talashib tortishlikdan uzoq bo'lgan. O'zini o'ziga daxli bo'lmagan ishlardan ehtiyot qilardi, olib qochardi deb. Kunlarni birida bir odam, ey Abu Amir dedi. Nabbay deb javob berdi. Mana bu kishi haqida nima deysiz?
Kim haqida? Usmon bilan Ali haqida. Deganida aytdiki, u kishi qiyomat kunida bu kishiga xusumatli bo'lishingdan men o'zim ehtiyot qilaman dedi. Kishini go'zal islomi min husmil islam il mar'i tarkuhu malayhi alayhi degan rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Kishining go'zal islami o'ziga daxli bo'lmagan so'z va ishlardan tiyilganda bilinadi. Haqiqiy islomda chiroyli bo'layotganligi bizda, bizga kerak bo'lmagan ishlardan, bizga kerakbo'lmagan sozlardan o'zimizni tiyayotganimizda bilinadi. Buningizni tiqmang sizniki bo'lmagan shkaf. Ha, qayerdan kelyapsiz?
Nima qildinglar? E, qancha bo'lib qolibdi? Olasanmi shu budedi yoki mashinada? Imomiy shabiy o'zida ilmni va halimlikni jam qilgan kishi edi. Bir kishi imomiy shabini juda bir qattiq haqorat qildi. Xunuk so'zlar bilan haqorat qilganida quloq solib turib aytdiki, agar siz rozgo'y bo'lsangiz, alloh meni kechirsin dedi. Ya'ni siz aytayotgan yomon sifatlar menda bo'lsa, alloh menikechirsin. Yo agar siz yolg'onchi bo'lsangiz. Alloh sizni kechirsin dedi.
Agar siz aytayotgan yomon sifatlar menda bo'lsa, Alloh'dan istig'for so'rayman, Alloh meni kechirib qo'ysin. Agar yo'q, siz menga tuhmat qilayotgan bo'lsangiz, Alloh sizni avf qilsin, kechirsin dedi. U kishi ilm, hikmat, ma'rifat qayerda bo'lsa istaydigan kishilardan edi. Payg'ambarimiz aytganlar, hikmat mo'minni yo'qotib qo'ygan moli. Qayerda topsa, eng haqli odam mo'min bo'ladi bu hikmatga. Agar mana shu hikmat ilm oddiy bir sodda odamni qo'lida bo'lsa, Imom Shobi shu hikmatni olishligidan hijolat bo'lmasin, uyalmasin. Imom Shobiyni dars majlislaridan birida bir odam doim o'tiradi, bir arobiy, sodda, to'pori bir arobiy odam. Doim jim o'tirar ekan.
Hech gapirmas ekan. Imom Shobi so'rabdi. Bu hech ham gapirmaysiz siz. Faqat eshitib o'tirasiz. Gapirmaysizmi desa, haligi aravangni qarang gapini. Sukut saqlasam, salomat bo'laman. Eshitsam, o'rganaman. Qaytaramiz. Sukut saqlamasam, omonda bo'laman. Quloq solsam, o'rganman. Imom Shabiy hayoti davomida mana shu arobiyning gapini o'ziga shior qilib olgan edi. Kelinglar biz ham shior qilib olamiz. Eshituvchi bo'lsangiz hech qachon yetkazmaysiz. U kishi katta ilm egasi bo'lgan kishi edi. Odamlarga so'z yetkazishligidan nihoyatda mohir edi. Iroqiyning amiri Umariddin Xubayroq bir top odamlarni qom olib qo'ydi. Shunda Imom Shabiy o'rtaga tushyaptiki, agar siz bularda nohaq qolmagan bo'lsangiz, haqiqat ularni baribir kim chiqaradi. Agar siz ularni haq bilan qolmagan bo'lsangiz, avf qilishlik, mag'firat chiqaradi dedi. Imom Shabiy bir kun ayoli bilan uyda o'tirsa, bir kishi keldi da, qaysidiringlar Shabysizlar dedi.
Imom Shabbiy xotinini ko'rsatib, mana bu kishi dedi. Yana bir kishi so'radi, iblisni ayoli ismi nima, iblisni ayolimi deganida, u to'yga biz aytishmagandi da. Ya'ni soddaligi, kamtarligiga ishora bo'ladi mana shu aytilgan ikki bir holat. U kishi aytadi, odamlarni e'tiborini tortadigan birorta bir ishni qilgan emasman. Biror marta g'ulomimni urgan emasman. Va qarindoshlarimdan qaysinisi vafot qilsa, albatta borib qarzini uzganman deydi. Birinchisiga e'tibor bering. Odamlarning diqqatini tortadigan ishlarni qilgan emasman. Haligi o'rtaga intilavergan emasman. Xo'jako'rsinga ish qilgan emas man. Aytyapmiz ku, kamtar bo'lgan, sodda bo'lgandir. Kamtarlik musulmonga yarasha oladigan sifatlardan.
Imom shabi sakson yoshdan ko'proq umr ko'rdi. Vafot qilganida hasan ibn asr uch shahida alloh u kishini rahmat qilsin. U keng ilm sohidi, go'zal axloq egasi edi. Islomda u kishining martabasi oliy edi dedi. Alloh subhanaho va taolo u kishilarni hayotini eshitib, o'rganib, ibratlanishlikda hammamizga nasib qilsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.