# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 217 of 510
- Section: —
- Duration: 31 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/217
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/LcvzbZzQ4SQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=LcvzbZzQ4SQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/216.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/218.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:07] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va adil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmatir rohim. Tobelar haqidagi darslarimizni o'qishda davom etamiz. Bugun Rajo ibn Hayva rahmatullo ali haqida o'qiymiz.

[0:39] Maslama ibn Abdulmalik aytadi, Kindada, ya'ni bu arablarni qabilalaridan biri, Kindada uch kishi bor. Ular sababli Alloh Taolo bu yurtlarga yomg'ir yog'diradi. Ular tufayli dushmanlar ustidan g'alaba beradi. Ulardan biri Rajo ibn Hayva. Bu tobin kim edi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar: Al xoyru fiya va fiy ummati ilay yom il qiyama. Xayriyat menda bor. Xayriyats ummatimda bor. Qiyomat kunigacha bu xayriyat davom etadi.

[1:15] Xayriyati eshiklari birodarlar doim ochiq. Alloh taoloning fazli umumiydir. Biror bir zamon bilan, makon bilan yoki biror avlod yoki asr bilan cheklanib qolgan emas. O'sha Alloh, hali ham o'sha Alloh. O'sha robbimizni rahmati o'sha rahmatligicha turibdi. Allohni roziligiga olib boradigan yo'llar aniq. Jannatga teglaydigan yo'llar ani.

[1:37] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, masala ummatiy, masala ul motoriy. La yudro, avvalu hu hayrun, am ahir hu. Meni ummatimni misoli bir yomg'irga o'xshaydi. Uni avvalo yaxshiroqmi yoki oxirimi, bilinmaydi. Bu ummat bor ekanmi? Xayriyat bor unda. Albatta ularni ichida solih insonlar qiyomatgacha bor bo'ladi, davomiy bo'ladi. Ehtimol bu toben haqida birodarlar birinchi marta eshitayotgandirmiz. Rajoy ibn hayva. Bu toben kim edi?

[2:15] Rajoy ibn Hayvon qachon, qayerda tug'ildi, qanday ulg'aydi? Bu ulug' toben Falastin yerida, Besan degan joyda tug'ilgan edi. Uni tug'ilishi usmonovnaffon roziyallohu anhuning xalifaligini oxirgi davrlarga to'g'ri keladi. Kinda qabilasiga mansub edi. Demak u arab, Falastinlik, Kinda qabilasidan edi. Kindalik bu yigit Alloh taoloning toatida ulg'aydi. Agar birodarlar insonni hayotini avvali taqvo bilan, ibodat bilan, poklik bilan kechgan bo'lsa, bu insonni albatta hayotini oxiri noatda bir chiroyli bo'ladi. Esini taniganidan taqvoda, ibodatda, pokizalikda bo'lgan yigit qirq, ellik, oltmish ga kirganda bilasizmi qanday chiroyli bo'ladimi hayotni?

[3:05] Umrini ilm va toatga sarf qilsa, mo'min albatta o'zini bu vaqtidan foydalanadi. Albatta Alloh taolo bu bandasiga haybat beradi, viqor beradi, odamlarni orasida hurmati ziyodalashib boradi, jannatga yaqin bo'ladi. Shuning uchun mana tobeinlarni, sahobalarni aksariyatini qarasangiz, bularning yoshligi ibodat bilan o'tgan edi. Yoshligi pokiza suratda o'tgan edi! Bu kindalik yigit ham bolalik davrindanroq Allohni toatida bo'ldi. Alloh yaxshi ko'rdi, va bandalariga ham bu bandasini mag'lub qildi. Birodarlar, agar sizni odamlar iymoningiz uchun, axloqingiz uchun yaxshi ko'rayotgan bo'lsa, demak bu Alloh sizni yaxshi ko'layotganligini belgisi. Chunki Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, Jabruali alayhissalomga aytar edi. Ey, Jabrual, men falon bandani yaxshi kurdim. Buyur, hamma yaxshi ko'rsin va ma'roikalar ham, insonlar ham yaxshi ko'rar edi. Va Alloh bir bandani yomon ko'rsa, Jabroilga buyuradi. Hadis xuddi suybor. Ey Jabroil, men falon bandani yomon ko'dim. Sen ham yomon ko'r. Buyuradi, ma'roikalarini yomon ko'radi, odamlar ham yomon ko'rar edi deydi.

[4:22] Demak, Alloh Taolo bir bandasiga bo'lgan muhabbati bandalarini unga bo'lgan muhabbatida o'zini aksini topadi. Odamlar yaxshi ko'ryaptimi sizni? Diningizni, iymoningizni, axloqingizni, demak Alloh ham yaxshi ko'rinyapti. Ammo bir bandani ma'siyati, adashganligi uchun Robbisi yomon ko'rgan bo'lsa, odamlarni qalbiga ham unga nisbatan nafratni solib qo'yadi. Uni hech kim yaxshi ko'lmaydi.

[4:50] Endi odamlar maqtaydi endi. Betingizga aytilgan maqtovga parvo qilmaslik kerak. Ibrat, sizni yo'g'ingizda siz haqingizda aytilgan gap. Agar odamlar sizni oldingizda sizni maqtayotgan bo'lsa, siz ikki odamdan birisiz. Yo sizdan qo'rqishadi ular, yo sizni qo'lingizdagi bir yaxshilikda ham umid qilishadi. Shu ikkala holatda oldingizda maqtaydi. Yo qo'rqadi sizdan, yo qo'lingizdagi bir narsadan umid qilishadi. Ammo haqiqiy qiymatingizni bu narsa belgilanmaydi.

[5:26] Chunki yo'qligingizda, g'oyibligingizda, sakkizda nima deyiladi? Haqiqiy narxingiz, haqiqiy qimmatingiz mana shu joyda bo'ladi. Bu kindalik yosh yigit o'zini qalbi va aqli bo'sh vaqtida ilmga sarfladi o'zini. Ilmga bag'ishladi. Agar yoshligida o'rganilsa ilm, birodarlar qalbni to'laligicha egallaydi. Chunki yoshlikda o'rganilgan ilm toshga o'yilgan naqsh. Ammo dunyo ishlari bilan ovora bo'lib, dunyoni xohishlari, dunyoni shahvatlari, dunyoning g'amlari bilan qalb aql to'lib bo'lgandan keyin kelishilgan ilm suvga chizilgan yoki qumga chizilgan naqsh bo'ladi. To'g'rimi? Endi bunaqa bo'lishini yoshligiga o'tib ketgandan keyin, bilasan da. Shu etik chatoq.

[6:21] Endi kattalar yoshlarga esa haq deydi. Bularga ham kimdir shunaqa deganda haq deyishgan. Shuning uchun yoshlar hali kallamiz, qalbimiz dunyo shahvatlari bilan, dunyo muhabbati bilan, dunyo g'ami bilan to'lmasidan turib, ilmga o'zimizni bag'ishlaydi. Shoir aytganidek, atani havo haq bilan arifal havo. Fasoduf va qolban xol yanfat amakkana.

[6:46] Uni xohishi ilmni xohishi. Uning xohishi menga boshqa xohishlardan avval keldi. Qalbni bo'sh ekanini ko'rdi da, uni egalladi. Ya'ni yoshligimda hech qanday narsani xohishi, havosi yo'q edi. Shunda ilm menga keldi da, qarasa qalbim bo'sh ekan. Shart egallab qo'ydi. Shuning uchun yoshlikni g'animat bilaylik, birodarlar.

[7:14] Ammo agar kishini qalbi dunyo bilan, dunyoni muhabbati bilan to'lgan bo'lsa, Allohni muhabbatiga joy qolmaydi. Chunki Alloh Taolo aytgan: ma ja ala allohu li roji ilin min qalbayni fi javfiy. Qalbi to'ladi da. U qalbga bitta muhabbat keladi. Alloh biron kishining ichida ikki yurak qilgan emasdir. Bitta narsaga muhabbat bo'ladi. Yo u yoq, yo bu yoq.

[7:43] Insonni qalbi bir idishga o'xshaydi. Agar Allohni muhabbatidan boshqa narsalarni muhabbati turgan bo'lsa, qalbda, Allohni muhabbati unga sig'maydi. Shuning uchun ayrim yoshi katta bo'lib qolgan odamlarni ham ko'rasan, namoz o'qiydi, masjidga keladi. Lekin gapirayotgan gapi, qilayotgan qiliqlari, tutmishi, yarashmaydigan da o'ziga. Ha desa ko'ngil yoshda deb qo'yadi.

[8:11] Ya'ni dunyodan hali ham ko'nglini uzolmagan, qarilikda hali ham tan olmagan, o'ziga yarashmaydigan ish qiladi da, ko'ngil yoshi da deb qo'yadilar. Lag'ular bilan ovora bo'layotganligini ko'rasan. Serial ko'radi tinmasdan. Uxlamasdan futbol ko'radi. Lag'u bilan ovora bo'ldi. Alloh Taolo aytadi, qodavla hal mu'minun alladinahum fesolatihim hoshiun va alladinahum anillahuy mu'ridun. Darhaqiqat mo'minlar najot topdilar. Ular namozlarida qo'rquv va umid bilan bo'yin eguvchi kishilardir. Ular behuda foydasiz so'z amallaridan yuz o'giruvchi kishilardi. Befoyda bo'lgan narsadan yuz o'gurishlik kerak.

[8:55] Ra'jo yoshligidan ham qalbini Qur'on va hadis bilan to'ldirish payida bo'ldi. Bir kishini tasavvur qilib bering, yoshligidan Qur'onni yodlasa, yoshligidan hadislarni o'rgansa, bu odamni chi, har bitta gapirgan gapida hikmat bo'ladi. Qilayotgan ishida hikmat bo'ldi. Faqat haqni gapiradi. Bu to'beingizga ulug' sahobalardan, olim, kibor sahobalardan dars olishingiz nasib etdi.

[9:20] Birodar, ilmchi kitob varaqlaridan olinmaydi. Ustozlarning qalblaridan olinadi. Agar ilm olishlik faqatgina kitobdan bo'lganida, faqat kitobdangina ilm olishlik mumkin bo'lganida minglagan minglagan muallimlarda keragi bo'lmasdi hayotda. Chunki hammani uyida kitob bor, o'qib o'qib olim bo'lib ketaverardi. Shuning uchun ilm tirik ustozlarning qalblaridan olinadi.

[9:46] Abu said al xudriy, abu dardo, abu umoma, uboda ibn sobit, muviyatun abi sofiyon, abdulloh ibn al amrub nolos kabi ulug' olim sahobalardan bu kishi ilm bo'lgandi. Bu kishi hayotda o'ziga bir qoidani tuzib olgan edi. Dasturni tuzib olganida. Shiorni tuzib olgin edi. Umri davomida mana shu shioriga, dasturga amal qildi.

[10:13] U aytar edi, iymon bilan ziynatlangan islom naqadar go'zal. Taqvo bilan ziynatlangan iymon naqadar go'zal. Ilm bilan ziynatlangan taqvo naqadar go'zal. Amal bilan ziynatlangan ilm naqadar go'zal. Muloyimlik bilan ziynatlangan amal naqadar go'zal. Shu yerda qarang. Islom, iymon, taqvo, ilm, amal, muloyimlik. Ba'zida ilmiga amal qilyapman deb turib, ayrim birodarlarimiz dag'allik, qo'pollik qilib qo'yadi. Charcharchat kesib qo'yadi. Demak, islom, iymon, taqvo, ilm, amal nima bo'ldi? Muloyimlik. Muloyimlik. Bu tobeinning o'ziga tuzib olgan dasturi mana shundan iborat edi.

[11:03] U kishi qanday mansabda ishlar edi? Bu tabiinni hayotidan bizni e'tiborimizni torta oladigan narsa shuki, bu odam xalifalarga vazir bo'lgan. O'zi avvalgi darslarimizda mana eshitdinglar, tabiynlar, umuman ulamolar vazirlarni, podshohlarni, mansabdor kishilarni eshigini oldiga ko'p ham bora olmas edi. O'zlarini olib qochishar edi. Ammo ulamolar, birodarlar ummatga, musulmonlarga foydali ish bo'lsa, albatta hokimlarni, amirlarni eshigining oldiga borgan. Ato ibn Nabirabodni ko'rdik va boshqa tabiynlarni.

[11:39] Rajabov ibn Hayvoni xalifalardan Sulaymon ibn Abdulmalik va Umar ibn Abdulazizlar bilan muomalasi juda ham qalin edi. Chunki bu xalifalarning qalbidan rajo o'rin olgan edi. Nimasi bilan? Rojix aqli, rost so'zi, ixlosi va ishlarni muolaja qilishdagi hikmati bilan.

[12:05] Birodarlar bir kishi, ulug' bir natijalarga erishishi mumkin. Agar uni yonida yaxshi maslahatchilar bo'lsa, to'g'ri yo'lga solib turadigan, adashsa, nasihat qiladigan, doim yaxshilikka undab turadigan maslahatchilar bo'sa. Payg'ambarimiz duo qilganda amirlarning haqqi ekan.

[12:27] Allohumma hayyi ilahum bitta'na ta xoyr, taddulluhim ilayh va ta'inuhim alayh. Amirlarning haqiqatiga duo qilgan Payg'ambarimiz, boshliqlarning. Parvardigor, ularga, ularni yaxshilikka chaqiradigan va yaxshilikda ko'mak beradigan do'st yordamchilarni qilgin. Yonida shunday odamlar bo'lsin. Shuning uchun har bitta odam do'st tanlayotganda bir qarab qo'yishligi kerak. Solih do'stni o'ziga lozim tutishligi kerak, maslahat beradigan, yo'l ko'rsatadigan ustozni o'ziga lazim tutishlig kerak. Ikkita kitob o'qib olsanglar bilimli bo'lib qoldi degani emas. To'rtta hadis so'rab olsanglar olim degani emas. Ha xo'p, sen o'qib o'rgangan tursan ham. Eng kamida ustozlarning hayotiy tajribasi bo'ladi. Ellik yil, oltmish yil, yetmish yil umr ko'rgan ular. Man shavora nasa malaka uqulakhum deyiladi hikmatda. Kim maslahat sosa odamlarga? Ana shu odamlarni aqlichalik aqli bo'ladi. Tushunarlimi?

[13:33] Albatta maslahat solishlik kerak. Men o'zim haqimda ish qilaman deyishlik, bu nuqson bu. Qancha ahling bor seni? O'ttiz ga kirding, qirq ga kirding, maslahat sol odamlarga. Umar ibn Abdulaziz xalifa bo'lganida, mana shunday bir maslahatchini o'ziga tayinlagan edi. Umar ibn Muzaxim ismli kishi edi.

[13:57] Xalifa aytardi, ey Umar, doim yonimda tur. So'zimga quloq sol. Qilayotgan ishlarimni kuzatib tur. Agar adashsam, yoqamdan ushlab qattiq siltib turib, ey O'mar, nima qilyapsan? Allohdan qo'rqin. Bir kun kelib sen ham o'lasan, degin der edi. Ya'ni siltib tortingki, e'tiborim qarasin senga. Tep qo'ysa ketaveradi odam adashgan joyida.

[14:24] Shuning uchun musulmon odamga yarashadi. Tanqidga quloq solishlik. Maslahatga quloq solib ishlaylik. Garchi bu tanqid nima qilmasa ham, yoqmasa ham, ammo seni foydagini o'ylab, senga yoqmaydigan tanqidni qilayotgan odam yo'li bilan seni yuksalishingni xohlayapti. Endi senda yo'q bo'lgan sifatlari bilan seni moqtayotgan bo'lsa, bu odam seni qulashingni xohlayapt.

[14:56] Umarimni xato paytida shuning uchun. Ahab bun nas i ilayya man rofa ilayya u bi. Ayblarimni meni o'zimga ko'targan, ayblarimni kelib betimga aytgan odam men uchun eng sevimli odam der edi. Demak, musulmon odam nasihat eshitishlikka, tanqid eshitishlikka odatlanishligi kerak. Chunki birodarlar cho'qqiga chiqdingiz. Ilmdami, mansabdami, tijoratdami, sportdami, mana.

[15:26] Demak, cho'qqiga chiqishlikdan ko'ra, cho'qqigiga chiqqandan keyin shu yerda turib qolishlik qiyin bo'ladi. Chunki cho'qqini har tomoni jarlik bo'ladi. Chiqishlikka yo'l qing'ir qiyshiq o'ydim chuqur bo'lgan bo'lsa, tushib ketishlikka sipsilliq bo'ladi. Shu cho'qqidan tushib ketishligini sabablari nima? Kibr, g'urur, tanqidga quloq solmaslik, o'zini fikrida turib olishlik, o'zim bilaman deb turib olishlik.

[15:53] Demak, cho'qqiga chiqishlik, bu ishni yarmi. Endi nima qoldi? Unda turib ham qolishlik kerak. Mana bu tobe nimaga xalifalarga vazir bo'lgan edi? Nima qilar edi? Vazirlarni oldida turib. Ularni xayriyatga, da'vat qilardi, ularni yaxshilikka yo'llar edi. Ularni yomonlikdan qaytarib, yomonlik eshiklarini to'sib turar edi.

[16:20] Ularga haqqini ko'rsatib turar edi, haqqa ergashlik go'zal amal ekanligini doim eslatib turar edi! Alloh uchun, payg'ambar uchun, musulmonlar uchun, musullmonlarni boshliqlari va ommalari uchun ularga nasihat qilardi. U kishi o'zi bir qissani aytib beradi. Men bir joyda odamlar to'plangan joyda xalifa Sulaymon ibn Abdulmalikni yonida turar edim. Shunda odamlarni orasidan bitta odam orani yorib, biz tomonga qarab kela boshladi. Ko'nishi chiroyli, o'zi haybatli. Bu xalifani ko'zlab kelyapti shekilli desam, sekin meni oldimga kelib turdi da, salom berdi. So'ngra shunday dedi. Ey Rajab, sen mana bu kishi bilan balolanding. Deb xalifani ko'rsatdi. Yana davom etib aytdi. Albatta bu xalifaga yaqin bo'lishda ko'p yaxshiliklar ham bor, ko'p yomonliklar ham bor. Unga yaqinligingni, o'zingga va odamlarga yaxshilik bo'lishiga harakat qil.

[17:22] Ya'ni uyda turganing o'zingga ham yaxshilik bo'sin, musulmonlarga ham yaxshilik bo'sin. Faqat o'zingni foydangni o'ylab turmagin. Ogoh bo'lginki, sultonning oldida manzilati bor kishi, zaif bir insonni ishini sultonga ko'tarsa, qiyomat kunida Alloh uning qadamini hisob uchun sobit qiladi. Ya'ni bir odam bor, amirlardan, boshliqlardan do'sti bor, yaqinlari bor, shularga yaqin. Endi shu yaqinligini faqat o'zini foydasi uchun ishlatmasdan, shu amirga, shu boshliqqa ishini yetkaza olmayotgan zaif, notavon insonlarni, nochor insonlarni ishini amirga ko'tarib, hal qilib bersa, mana shu qilgan ish uchun qiyomatda Alloh ayiqlarini sobit qiladi dedi.

[18:08] Ya'ni, sizni mana shu amirga yaqin bo'lishingizni musulmonlarda foydasiga ishlating. Lekin taassuf odamlar faqat o'zi uchun ishlatadi bu narsani. Faqat o'z uchun. Chunki mana shu aloqa uchun ham birodarlar qiyomat kuni javob beriladi. Pulingiz bo'lsa, savol javob bormidi? Mansabingiz bo'lsa, savol javob bormidi? Shu katta odamlar bilan aloqangizni borligiga ham javob berasiz. Foydangiz tekkanmi zaif bechoralarga?

[18:41] E, rajoh dedi bu ey kishi. Unutmaginki, kim bir musulmonning hojatida tursa, Alloh buning hojatida turadi. Bilgin ki, e rajoh, Alloh taologa eng mahbub amal bir musulmonni qalbiga xursandchilik kiritishlik dedi. Ana boyagi tanish bilishingizni ishga solib, yordam berib qo'yingizni bir ishiga. Xursand bo'lib qoldim, ishi hal bo'luvdi. Eng afzali ish mana shu bo'ladi. Allohga mahbus bo'lgan ish. Rajoy aytadi, yana davom etamikin deb quloq solib tursam, xalifa chaqirib qoldi. Rajoyimni hayvahani. Mana shu yerda men ham berolmay umid edim. Uni savoliga javob berib, bo'lmasdan turib qarasam, yo'q deydi.

[19:24] Topa olmay qoldim deydi. Odamlarni orasida qarasam ham yo'q deydi? Kim edi u? Alloh biladi. Alloh biladi. Umariddin Abdurasizni Sulaymon ibn Abdulmalikdan keyin xalifalikka tayinlanishlik qissasi. Xalifa Sulaymon ibn Abdulmalikka o'tdi. Rajo ibn Hayvoni hurmati uni oldida yana ham ziyoda bo'ldi. Bu qissani Rajo ibn Hayva o'zi hikoya qiladi. Hijriy to'qson to'qqizinchi yilning safar oyi birinchi juma kuni edi. Amirul mo'minin Sulaymon bilan dabiqda birga edik. Qostantiniyani fath qilishlik uchun ukasi Maslama ibn Abdulmalik boshchiligidagi katta qo'shinni yubordi. Mana shu Qostantiniyani fath qilishligiga juda ham bir xaris edi. Tohirat qildi, juma kun. Yashil sallasini kiyib, ko'zguga qaradida, ko'rgan narsasidan ko'zi quvondi. Endi bir qirqlarda atrofida edi.

[20:27] Ko'rgan narsaini ko'rib bir g'ururlanib qo'ydi. Sulaymon ibn Abdulmalik, qirq yoshda. Dunyoda bir uchdan biri, to'rtdan biri qo'lida bo'lgan, eng qudratli bo'lgan yer yuzidagi podshoh, aynikka qarab, beqarab qo'ydi. Chiqib odamlar bilan juma namozini o'qidi da, masjiddan qaytayotgan edi da unga bir kasal deydi.

[20:52] Mana shu kasal og'irlashdi, birodarlar. Qirq uch qirq to'rt ga kirib o'lgan ekan mana shu kishi. Kasali kundan kunga og'irlashdi. Meni yonimda turdi, mendan talab qildi. Ana shu kunlarni birida uni huzuriga kirsam, kasal bo'lib yotgan kunlarida, bir maktubni yozayotgan ekan. Amirul mo'minov nima qilyapti? Dedim. U aytdi, o'zimdan keyin o'g'lim Ayyubni xalifa qilib tayinlash haqida buyruq yozyapman dedi.

[21:20] Ha, zo'r bo'pti da. Rosa zo'r o'g'lingiz. Rosa yaraydi da, otasini bolasi demadi. Qarang, bu kishi nimaga bularni oldida turar edi? Ya miral mo'minin, o'g'lingz ayyub hali balog'atga yetmadi. Hali yaxshi odam bo'ladimi, yomon odam bo'ladirmi, hali ma'lum emas dedi. Sen meni o'g'limni xalifa bo'lishini xohlamayapsan, manaqa kachi, demagan ekanda.

[21:46] Men yozib bo'ldim, dedi sulaymon. Ammo mayli, allohga bir istixora qilay dedi da, maktubni yirtib tashladi. Oradan bir ikki kun o'tgandan keyin yana chaqirib, erajor, o'g'lim dovud haqida fikring qanday dedi? Yana bitta o'g'lim. Men aytdim, u musulmonlar bilan qostantinaga ketdi yu. Qo'shin bilan u hozir, tirikmi, yo'qmi, buni bilmaysiz dedi.

[22:13] Unday bo'lsa, kimni xalifalikka munosibda bilasan? Men aytdim, Umar bin Abdulaziz haqida o'ylab turibman dedi. Nima deysan u kishi haqida? Men aytdim, u fozil, komil, oqil inson deb bilaman dedi. Sulaymon aytdi, to'g'ri aytding. Va allohi u sen aytgandaqa. Ammo men uni tayinlab, Abdulmalikning bolalarini chekkaga surib qo'ysam, albatta fitna vujudga keladi. Ya'ni meni aka ukalarim Abdulmalik ibn Marvonni bolalarini xalifalikdan surib, Umar ibn Abdulazizga bersam fitna bo'ladi dedi.

[22:52] Ular uni ustida boshliq bo'lishiga yo'l qo'yishmaydi. Men aytdim, unday bo'lsa, ulardan biriga, ulardan birini unga sherik qilib qo'ying. Undan keyin xalifa bo'lsin. Umar ibn al abdulazizdan keyin xalifa bosin. Undan keyin sizni urug'ingizdan bo'lgan bitta odam dedi. Sulaymonga bu gap yoqdi. Yoqdi. So'ngra mana shu haqidagi farmonni o'zi qo'li bilan yozdi. Bismillahir rohmanir rohim. Allohning bandasi, amirul mu'miniy, sulaymon ibn abdulmalik tomonidan umar ibn al adulazizga yozilgan maktub. Albatta u mendan keyin xalifa bo'ladi. Yazidovni Abdulmalik esa undan keyin xalifa bo'ladi. Bas unga quloq tutinglar, itoat qilinglar. Allohdan qo'rqinglar, ixtilof qilmanglarki, ta'ma qiluvchilar sizlardan ta'ma qilib qolmasin. So'ngra maktubni muhrlab meni qo'limga ushatib qo'ydi. So'ngra Sulaymon shurtani boshlig'ini chaqirdi.

[23:50] Buyurdi. Meni ahli baytimni chaqir, yig'ilisin dedi. Chaqirib ayt, Rajoyevni hayvoni qo'lidagi xat meni xatim dedi. Ularga buyur, mana shu maktubda ismi yozilgan odamni xalifa bo'lishligiga bay'at berishsin dedi. Ya'ni bilishmaydi qog'ozga kim yozilganligini. Rajoyev aytadi, uning urug'lari jamlangandan keyin ularga aytdim, bu Amirul Mo'minningning maktubi, unga o'zidan keyin kim xalifa bo'lishigini yozib qo'ydi. Ana shu kishiga sizlardan bay'at olishligimi buyur edi. Ular aytishdi, Amirul Mo'minenni so'ziga quloq tutdik, undan keyingi xalifaga itoat qildik dedi. So'ngra mendan xalifani oldiga kirishlikka ruxsat so'rab berishimni talab qilishdi. Qarindoshlari uni huzuriga kirishganida, Sulaymon aytdi. Rajoni qo'lidagi maktub, meni maktubim, unga mendan keyin xalifa bo'ladigan kishini atini yozib qo'ydim. Unga bay'at beringlar, quloq tutib itoat qilinglar dedi. Ati noaniq bo'lgan xalifaga ular Sulaymonni hukmi bilan birma bir bay'at berishdi. So'ngra muhrlangan maktubni olib ularning oldiga chiqdim.

[25:05] Uni ichida nima borligini men bilar edim, Sulaymon o'zi bilardi. Mana endi omonat, birodarlar. Hukm taqsimlanyapti. Kim xalifa bo'ladi? Kim hukmron bo'ladi? Odamlar tarqalib ketishdi. Birinchi bo'lib meni oldimga deydi Rajoyi ibn Hayva Umar umidul Abdulaziz keldi. Mana shu xalifa bo'lishi kerak bo'lgan Sulaymon xalifa bo'ladigan odam.

[25:30] Kelib, ey avom iqdom, albatta Amirul mo'miniyning men haqimda yaxshi gumonda bilaman. O'zini saxovatidan, karamidan meni voriy qilib tayinlagan edi. Agar mana shu ishni menga yozib qo'ygan bo'lsa, ayting, shunaqa bo'ldimi, yo'qmi? Agar shunday bo'lsa, borib turib uzr so'rayman, bu ishdan meni chetlatsin. Men xohlamayman buni dedi.

[25:54] Men vo allohi, siz so'ragan narsadan bitta ham harfingizga aytmayman xabarim dedi. Omonatdorlik. Ha, siz aytdi. Siz bo'lasiz deb turib, haligi uni yana ham qalbiga yo'l topishligi uchun ishlatmadi bu omonatni. Bekarga turmasdi bu xalifalarni oldida. G'azablangan holda meni oldimdan ketdi. So'ng meni oldimga Hasham ibn Abdulmalik keldi. Mana endi Sulaymon ibn Abdulmaligning urug'i. U ham, ey Abu Mikdom, sizni men uchun hurmatingiz va eski qadrdonligingiz bor.

[26:31] Amirul mo'mininni maktubga yozgan narsasidan menga bir xabar bersangiz, minnatdor bo'lar edim. Agar meni foydamga yozgan bo'lsa, jim turaman. Agar meni ziyonimga, ya'ni boshqa odamga yozib bergan bo'lsa. Gapiraman. Siz menga xabar qilsangiz, maktubdagi narsani. Allohni nomini o'rtaga qo'yib aytaman, hech kimga aytmayman bu gapni dedi.

[26:54] Unga ham aytdim, vallohi bu xatdagi bir dona harfni ham xabarni bermayman sizga dedi. Qo'lini qo'liga urib, agar men chekkaga surilsam, xalifalik kimni qo'liga o'tib ketadi? Abdulmalikni urug'idan chiqib ketadimi? Vovvohi abdulmalikni bolalarini ichidagi eng zo'ri menman u dedi da, u ham norozi bo'lib chiqib ketdi. So'ngra Sulaymon ibn Abdulmalikni huzuriga kirdim. Omonatni topshirish arafasida edi. Qirq uch ga kirgan. Qarang, u kishini bitta qilgan eng zo'r ishlaridan o'zidan keyin Umar ibn Abdulazizni qo'yib ketgan edi.

[27:29] Xulofaroshidlar to'rtta deyilsa, abubakir, umar, usmon, ali. Beshinchisi Umar ibn Abdulaziz deyiladi. Mana shu hozir tayinlanayotgan xalifa. U omonatini topshirish arafasida edi. O'lim shakaroti tutib, qibladan burilib qolgan edi, yuzini qiblaga moyil qilib qo'ydim. O'ziga kelib menga qarab, e rayjo hali vaqt bo'lmadi dedi. Yana ikki marta yuzini qibla tomonga burib qo'ydim. Uchinchi marta burganimda Sulaymon, mana endi vaqt bo'ldi dedi. Agar biror narsa qilmoqchi bo'lsangiz qiling. Ashxadval la ilaha illalloh va anna muhammad rasululloh dedi da, omonatni topshirdi.

[28:11] Ko'zini yumib qo'ydi, ustiga yashil matohni yopib, eshikni bekitib chiqdim. Endi bu kishini o'lganini ham hech kim bilmaydi. Uni ayoli eridan xabar olish uchun bir odam yuborgandi. Haligi odamga eshikni qiya qilib ochib ko'rdingmi? Xalifa uxlayapti, bezovta qilmanglarda, yopib jo'natib yubordim. Ayoli ham qabul qildi bu xabarni. Tinch qo'yinglar dedim. So'ngra eshikni mahkam berkitib, o'zim ishongan soqchini tayyorlab qo'yib, o'rningdan jilma, birovni kiritma. Kim bo'lishidan qat'iy nazar dedim. Tashqariga chiqdim. Odamlar xalifani ahvoli qanday deyishdi.

[28:48] Kasal bo'lgandan beri bunchalik xotirjam bo'lmagan edi dedi. Alhamdulillah deyishdi. So'ngra shurta boshlig'ini yana chaqirdi. Rajoy ibn Hayvo. Ka'bi ibn Hazm. Xalifani a'zolarini daviqdagi masjidga yig'ing dedi, yig'di. Men ularga amirul mu'miniyning maktubidagi kishiga bay'at beringlar dedim. Bay'at berdik ku dedi. Bu amirni, xalifani buyrug'i yana bir marta bay'at beringlar dedi. Ikkinchi marta bay'at berishdi.

[29:17] So'ngra, ularga sohibingiz vafot etdi dedim. Ular innalillahi va innalilahi roziyoh deyishdi. Maktubni o'qib berdim. Endi hamma qarab turibdi. Kim xalifa bo'ladi? Hasharonimni Abdulmalik poylab turibdi menmikin deb. Xatni o'qiyotib, xilofat Umar Umidul Abdulazizga ekani haqidagi joyga yetganida Xishonni Abdulmalik baqirib yubordi. Umar Umidul Azizga degan joyni o'qiganida Xishon baqirib yurdi. Hech qachon bay'at bermaymiz unga. Hech qachondan itoat qilmaymiz dedi. Ikki marta bay'at berdi bo'lmasam.

[29:56] Mavhumligida, noaniqligida ikki marta bayat berdi. Shunday qarab turib, rayjon, unday bo'lsa, bo'yningga qilich uriladi seni dedi. Shu bilan to'xtadi. Xishom, ibn Abdulmalik, xalifalik Umar Umidul Abdulaziz o'tib ketganiga innalillahi va innalilayhi rojiyun deb chiqib ketdi. Umar umidulabdulaziz esa o'zi xohlamagan ish unga yuklatilganiga innalilayhi va innalilayhir rojiyun deb chi qib ketdi.

[30:28] Rajoyibni havoga allohning rahmati bo'lsin, birodarlar. Banovaiyaning xalifalariga ishonchli, nosiq vazir edi. Ularni doim xayriyatga buyurar edi va musulmonlarni foydasiga doim dalolat qilib turardi. Ahvoli hovli ha'da va astag'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
