# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 218 of 510
- Section: —
- Duration: 22 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/218
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Kk8ZJQHBB9E.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Kk8ZJQHBB9E
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/217.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/219.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen amin. Ala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiqil va'dil amin. Va ala alihi va as habihiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Tavbiyalarning hayotida o'qiyotgan navbatdagi darsimiz, bugun Robiya ibn Husaym rahmatulloh alayh haqida suhbat qilamiz. Robiya ibn Husayn. Ibn Mas'ud roziyallohu anhuning shogirdi edi. Ibn Mas'ud roziyallohu anhu u kishiga qarab aytar ediki, ey Robiya, agar seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko'rganida, albatta yaxshi ko'rgan bo'lar edi. Mana shu ulug' sahobani bu kishiga bergan bahosi mana shunday edi. Robiya Abdulloh Husayn shunday bir tavozulik, kamtar, xayoliy inson edi.

[0:56] Yuzini yerga qaratib yurar edi, odamlarga ko'zi tushmasligi uchun. Hattoki, Ibn Mas'udni uyiga borganda eshigini taqillatib, xizmatchi ayol chiqishini kutib tursa, ham yerga qarab turar edi, haligi joriya eshigini ochib turib, yerga qarab kirganini ko'rib, ko'zi ko'rishak ili buni aytib turib, Ibn Mas'udga, saidim, onovi ko'zi ko'r, shogirdingiz keldi, deb chaqirar edi.

[1:23] Hilol o'zining mehmoni Munzir ibn Savriga dedi. Ey Munzir, shayximizni oldiga bormaymizmi? Shoyad bir soat iymollashib kelsak. Ana shu kishini zamondoshlari bo'lgan. Robiya ibn Husayyibning shagirta Hilol o'zini do'stiga shunday dedi. Hayya bina nomin saatan yoki ijlis bina nomin saattan degan sahobalar bir birlariga. Keling o'tiring, bir soat iymonlashamiz. Mana shu so'z ustida bir to'xtalishimiz kerak bo'ladi. Birodarlar, har bitta narsani bulog'i bor. Har bitta narsaning koni bor. Agar ilm istasak, ilm majlisiga kelamiz, masjidga yuguramiz. Agar tijorat istasak, qayerga boramiz? Bozorga boramiz. Shar'iy ilmni Allohga yaqin bo'lishini xohlagan inson albatta ahli ilmlarni majlisiga shoshiladi. Masjidlarga intilishligi kerak bo'ladi. Chunki sahobalar ijlis bina nu'min sa'atan deyishgan bir biriga. Keling o'tiring, bir soat iymonlashamiz.

[2:27] Ana ismni Molikdan, Abdulloyimni ravohi sahobalardan birortasiga yo'liqib qolsa, shu so'zini ko'p aytar edi. Ijlis bina no'min sa'dan. Keling bir soat iymonlashamiz. Shu so'zni Payg'ambarimizni davrida bir kishiga aytganida haligi kishini achchig'i keldi. Nima iymonlasham uz deyaverasan? Iymonimiz yo'qmi deganda qara. Boyagi g'azablangan kishi Payg'ambarimizni sollallohu alayhi vasallamni oldiga kelib, yo Rasululloh ko'rmaysizmi Ibn Ravohani? Falon, qachon bo'lsa falon falon deyaveradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, yarhamullohu ibn ravohata innahuu yuhiybul majalis allatiy tubaha behalmala aka alaykum assalom.

[3:08] Ibn Ravohani Alloh rahmat qilsin. Albatta u farishtalar kelib qatnashib, keyin maqtanadigan majlislarni yaxshi ko'radi deb qo'yar edi. Ya'ni Allohni zikri, Payg'ambarimiz alayhissalomning hadislari aytilinadigan majlisdan turib chiqib ketishlik yaxshilikni belgisi emas. Mo'min kishini hayotidagi eng qadrli narsalardan bittasi birodarlar bo'sh vaqt.

[3:35] Bo'sh vaqtinida u mo'min kishi ahli ilmalar bilan bo'lishlikka intiladi. Kitob mutolaa qilishlikka shoshiladi, ilmli bo'lishlikka harakat qiladi. Allohga da'vat qiladi, risolatini amalga oshiradi, o'zini tarbiyalaydi, robbisini roziligiga intiladi, jannatni o'ziga kasb qiladi. Inson bolasi doim qo'shimcha daromadni istaydi. Ya'ni qo'shimcha ishni istaydi. Bekor qilgan paytda yana bir leviy ish bo'lsa, bizni tilda, shundan qo'shimcha maoshi yoki topayotgan puliga qo'shimcha pulni istaydi. Albatta bu yaxshi narsa. Ammo, bu qo'shimcha ishingiz, qo'shimcha daromadingiz. Sizni umuman bo'sh vaqtingizni yo'q qilib tashlayotgan bo'lsa, bu ziyon. Bu ziyon. Chunki musulmon kishiga bo'sh vaqt kerak bo'ladi. Sababi, oilasiga sarflashlik kerak vaqtini, ota onasi bilan o'tirgani sarflashlik keraks, do'stu birodarlar bilan bir o'tirishlik kerak bir iymonlashib. Agar kishi o'zini hayotidagi bo'sh vaqtni yo'q qilsa, o'zini insoniyligidan uzoqlashib ketmaydimi? Borlig'i hayvonga o'xshab qolmaydimi?

[4:55] Uxlaydi, turadi, ishlaydi, pul topadi, charchaydi, yeydi, yotadi, uxlaydi, ertaman turadi, ishga boradi, ovqat yeydi, pul topadi, ajal kelguncha shunaqa. Yeydi, ishlaydi, uxlaydi, yeydi, ishlaydu, uxlaydi. Yuribmiz deydi. Nimada? Tirikchilikda bola chaqada. Murod Ali musulmon kishiga bunday bo'lish yarashmaydi. Biz hozir kerak bir soat iymollashamiz degan gapni muhokama qilyapmiz. Musulmonni bunday qilishga to'g'ri bo'lmaydi. Chunki u dunyoga ishlash uchungina kelgan emas. Pul topish uchungina kelgan emas. Birodarlar, musulmonni boshqalardan farqi ham shunda. Hayotdagi asosiy maqsadi Allohni quvchiligini qilish, Allohni rozi qilish. Endi shuni orasida pul topishi ham Allohni roziligi uchun bo'ladi. Lekin hayotdan maqsadi pul topishlik emas. Shuning uchun musulmon kishining bo'sh vaqti ham bo'lishligi kerak. Kimligini unutmaslik uchun, oxiratni eslab turishlik uchun.

[6:02] Birodalar, bo'sh vaqt bo'lsa kishi ilm o'rganadi. Bo'sh vaqtin o'zingiz o'zingizga ajratmasangiz biroz sizga berib qo'ymaydi. Qaranglarda, shu rizq deb turib, hamma vaqtimizni umrimizni sarflab yuboryapmizmi? Sarflab yuborayapmiz. Rizq kimdan edi? Kim tomonidan kelar edi? O'sha robbimizni rozi qilsak, shu robbimiz bizni qo'llasa, bilasizmi rizq qo'lingizda sal qimirlatib qo'ysa ham kelaverardi. Ayrim odamlarda eshitasan, ishiga shunaqa sho'ng'ib ketganki, ey, bolalar uxlayotganda chiqib ketaman deydi.

[6:32] Shu kechqurun kelganda bolalar uxlay ekan bo'ladi. Bir ikki kun ko'rishmay ham qolamiz deydi. Dadam kelyaptimi uyga? Deb so'raydi bolalarim deydi. Shu bilan zo'r ish qilyapman deb o'ylaydi. Shu bola chaqada yuribman da men deydi. Noto'g'ri bu. Noto'g'ri bu. Ertaga bolalaring mana shu yosinni uyg'onib qoladigan bo'lsa, sendan mehrni ko'rmasa, seni tanimasa, qayoqdan seni hurmat qilsin? Qayoqdan senga muhabbati bo'lsin qalbida? Demak, hamma vaqtimizni ishga sarflanmaymiz, birodarlar. Oilaga, sog'ligimizga, qarindosh urug' uchun, oxirat uchun ham vaqt sarflashlik kerak. Qiyomat kuni bandi o'rnidan qadami jilmaydi, toki umri haqida so'ralmagunicha nimaga sarfladi? Yoshligini, pulini, sog'ligini.

[7:20] Hilol ibn Isaf o'zini do'sti Munzirni saviyaga nima dedi? Ey Munzir, shayximizni oldiga bir borib kelmaymizmi? Dedi. Munzir aytdi, vallohi kofadan mana shu maqsadda kelganman dedi. Alloh Taolo barchamizni bir ahli haqlar bilan birga qilgan bo'lsin. Chunki sodiq, iymonlik, xulqlik bir musulmon kishi bilan birga o'tirish naqadar go'zal bo'ladi. Chunki bunday insonlar bilan o'tirishlik yerdagi jannatda o'tirishing bilan barobar bo'ladi.

[7:53] O'tir, senda siyosatdan gapirmaydi u. O'tir, senlar nahnavoni qimmatlagan ekan, gapirmaydi. O'tir, senilar bir qimmatchilikdan, siyosatdan, gapirmaydi, oxiratdan gapiradi. Mo'zur so'radi. Lekin shayxingdan ruxsat so'radingmi dedi. Seni shayxing kasal bo'lmasdan turib ham o'zi odamlarni ko'p ham xohlayvermas edi. Endi kasal bo'lgandan keyin qanaqa bo'ldi ekan? Ya'ni bu ulug' tobein tabiati yolg'izlikni xohlar edi. Endi insonda tabiat har xil birodarlar.

[8:28] Bu kishini kasali nima edi? Yarmi falaj bo'lib qolgan edi. Bizni nima tilimizda nima? Insult. Insult. Endi qarang da, mana shu kasalni. Insult bo'lib qolgan odam. Ollohni tanimasa, Ollohdan uzoq bo'lsa, bilasizmi bu bola bu odamni hayoti? To'yali hayotda. Ammo mo'minchi, Allohni bergan mehribonligi deydi, uyda o'tiradi, Alloh deb o'tiradi. Oriflardan biri aytgan edi. Dushmanlari meni nima qila oladi? Axir bo'stonim qalbimda bo'lsa. Agar surgun qilishsa yurtimdan, bu men uchun sayohat bo'ladi. Agar qolmasa, xilvat bo'ladi. Axir o'ldirishsa, shahidlik bo'ladi. Meni nima qiloladi dushmanlarim? Birodarlar musulmonni saodati qalbida.

[9:22] Iymoni bilan u baxtli bo'ladi. Chunki bu narsani hech kim tortib ololmaydi undan. Ammo boshqalar boshqalarni saodati nimada? Pulida, uyida, mansabida, mashinasida, xullas, moddiy narsalarida. Bu narsalar olib qo'yilishi mumkin. Endi olib qo'ygandan keyin bu odamni ko'ravering kimligini.

[9:47] Shayxni tabiatini bilishimiz kerak. Undan o'zimiz xohlagan narsani so'raganimiz yaxshimi yo o'zini gapirishini kutib turganimiz yaxshmi dedi, Munzur, Hiloldan. Ya'ni seni shayxing, ustozingdan borib biz so'rasak yaxshimi yo indamay tursak, o'zi gapirgani yaxshimi dedi. Hilola aytdi, bizni shayximiz agar undan so'ramasang, bir yil o'tirsa ham indamay o'tiraveradi dedi.

[10:18] Insonni tabiati birodarlar. Yutba ul mu'minu alal hilali kunli illal xiyonatu val kadib. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Ubom roziyallohu anhu nuqul rovvat qilingan. Yutba ul mu'mino alal hilali kun liha illal xiyonati val kadiba. Har qaysi xulq, har qanday xulq musulmonni tabiatiga joylangan bo'ladi. Faqatgina xiyonat bilan yolg'on bundan mustasno. Nima demoqchimiz? Bir mo'min bor, jim turishni yaxshi ko'radi. Yana bittasi bor, sergaproq bo'ladi. Yana bir odam bor, jamoatni ichida odamlar bilan birga bo'lishni xohlaydi. Yana bir mo'min bor yolg'iz turishni xohlaydi? Bir mo'min bir tashqi ko'rishiga, nohatto chiroyli e'tibor berib, chertib yuradi. Kimdir umuman qaramaydi ustiga. Bu Alloh Taolo insonlarni tabiatiga joylangan narsa. Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar holitun nasa fii axloqiyhim va xolifuhun fii amaliyhim. Odamlarda mana shunga o'xshagan fe'li atvorlaridan aralashib yuringlar. Aytyapmiz, bu sergap, bu kamgap, bu qaysar, bu injiq, bu yolg'iz turishni xohlaydi, bu jamoat ishida turishni xohlamaydi.

[11:41] Bu narsalarda bir birimizni kechirib, avu qul yashashimiz kerak. Odamlarni fe'l atvorlarida aralashib yashanglar, ammo amallarda ularga xilof ish tutinglar, ya'ni gunoh mas'uliyatga kirsa, aralashib ketavermanglar, ajralinglar, gunoh qilmanglar deganlar. Endi musulmonni tabiati har xil bo'lar ekan, tabiatida har xil narsa bo'lar ekan. Faqatgina yolg'on bilan xiyonat bo'lishi kerak emas musulmon tabiatida. Endi qaysi odam musulmonman deb turib, ham yolg'onni, ham xiyonatni qilayotgan bo'lsa, bu odam musulmon emas.

[12:15] Ayakuni mok menu kadda abanda payg'ambarimizdan so'rashgan. Mo'min odam kazzob bo'lishi mumkinmi deganida, payg'ambarmiz yo'q deganlar. Chunki payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam aytganlar, robbin meni to'qqiz narsaga buyurdi. Shulardan va an yakuna somti fikron va nutqi vikron. Va nazoriy ibratan. Ana shu to'qqizta narsani sanab turib payg'ambarimiz aytganlar, robbim meni to'qqiz narsaga buyurdi. Sukutim, fikr, nutqim, zikr, nazarim ibrat bo'lishiga dedi. Robi ibn Husayn bu kishini jim turishligi fikr edi. Shuning uchun jim turgani bu kishini ko'p bo'ladi dedi.

[12:59] Mana endi ular Robi ibn Husaynning oldiga kelishdi. Salom berishdi. Shayxni ahvoli qandayligini so'rashdi. Endi Robiya ibn Husaymni so'ziga e'tibor bering. Kamtarlik shunday bo'ladi. O'zi tavbiyinlar sahobalarcha kamtar bo'lgan. Kamtar insonlar bo'lgan. Ibn Abiy Mulaykata, bu kishi tavbiyinlardan bo'lgan, aytadiki, Payg'ambar alayhissalomni sahobalaridan o'ttiztasi bilan uchrashganman. O'ttizta sahoba bilan suhbatlashgan. Ularda har bittasi munofiq bo'lib qolishdan qo'rqar edi. Nifoqdan qo'r qar edi. Ularni hech qaysi biri men Jabroil bilan meikoyilning iymonida qanaqa iymonim bor demas edi. Tushunarlimi? Sahobani tarbiyasini olgan tobeinlar, Rasulullohni tarbiyasini oldigan sahobalar hammasi nifoqdan qurqar edi va o'zlarining iymoniga baho berishmasdi ular.

[13:59] Inson qanchalar yuksalgan bo'lsa, o'zini shunchalik tergeydi, shunchalik malomat qilib turadi. Robiya ibn Husaym javob berdi. Shayx qanday tong ottirdingiz? Ahvolingiz qanday deb so'raganida, Robiya aytdi, rizqini yeyotgan, ajalini kutayotgan bir gunohkor zaif bandaman dedi.

[14:22] Hilol shogirdi, Hilol kofaga kuchli bir mohir tabib kelibdi. Sizni oldingizga olib kelaymi, ruxsat berasizmi dedi. Robbiy aytdiki, ey Hilol, men davolanishlik haqligini bilaman dedi. Birodarlar, musulmon odamga kasal yetsa, Allohda deb turib qabul qiladi va mana shu davolashlikka ham kirishadi. Chunki kasal Allohda bo'lgandek, uni shifosi ham kimdan? Allohda.

[14:56] Davolanishlikda tarq qilgan odam gunohkor bo'ladi. Fiqh hukm shuki, bir kasalga chalinganingizni bildingiz va bundan davolanishlik kerakligini ham bildingiz. Jasadingizga zarar yetkazishini bilib turib, davolanmayotgan bo'lsangiz, gunohkor bo'lasiz. Bolalaringizda tishi kariyes bo'layotgan bo'lsa, bo'pti, tushib ketadi.

[15:22] Deyotgan bo'lsangiz gunohkor olasiz. Qarang. Salomatligingizga zarar yetadigan kasaldan xabardor bo'ldingiz. Bor ekan shu kasal. Davolamasangiz gunohkor olasiz. Kasal bo'lib turib, davolamasangiz, gunohkor bo'lasiz ekan. Endi sog' odam o'zini o'zi kasal qilayotgani nima deymiz? Sigaret chekadiganlar. Kasalga chalindingiz, Alloh'dan keldi. Oshqozoningiz og'rib qoldi, pochkangiz og'rib qolibdi. Davolamasiz gunohkor bo'lar ekansiz. Endi sog' jasadingizni o'zingiz kasal qilayotganda nima bo'ladi?

[15:56] Men ko'p aytganman shu gapimni. Sigaret chekayotgan akalar, bu jasadingiz siz uchun kerak bo'lmasa, bu jasading siz bolalaringiz uchun kerak. O'zingizga kerak bo'lmassangiz, bolalar uchun o'zi ehtiyot qiling. Xotinga keraksiz, bolalarga keraksiz. Ishonchli, taqvoliy musulmon tabibni ta'limotlariga amal qilishlik birodarlar farz bo'ladi. Chunki bu musulmon tabib sizni jasadingizdagi qonunlarni biladi. Siz uni ta'limotiga amal qilayotgan paytingizda, duxturni aytgani qilayotganingizda musulmon duxturni, siz Alloh Taoloning buyrug'ini bajarayotgan bo'lasiz. Xotirjam bo'ling.

[16:39] Hilol ustoziga tabib olib kelishni taklif qiluvdi. Ustozi men davoni haqligini bilaman dedi. Lekin men Od, Samud, Ashabur Ros va ularni oralaridagi ko'p qavmlar haqida fikr qildim. Ular vayron bo'lib ketgan kofir qavmlar. Ularni dunyoga bo'lgan hirsini, dunyoni matohiga bo'lgan rag'batini ko'rdim. Ular bizdan ko'ra kuchliroq, quvvatliroq edi. Onalarida tabiblari ham bor edi, bemollari ham bor edi. Davolovchilar ham ketdi, davolanishlar ham ketdi dedi. So'ngra chuqur xo'rsinib turib, agar shu narsanglar meni kasalim bo'lganida, albatta undan davolanardim dedi. Ya'ni meni kasalim bitta shu shonli bo'lganida.

[17:33] Meni bitta kasalim shu farajda bo'lganida, albatta davolanardim dedi. Ya'ni bu emas meni eng asosiy kasalim demoqchi. Shunda Munzir unday bo'lsa kasalingiz nima ey shayx dedi. Kasalim dedi, gunoh dedi. Gunohlarim. Munzir aytdi, unda dorisi nima? Robiya istig'for dedi. Bu Munzir shayxdan ko'proq foydalanib qolish uchun, ko'proq narsani o'rganib olish uchun yana savol berdi. Bu kasaldan shifo qanaqa bo'ladi? Robiya aytdi, tavba qilib, keyin shu gunohga qaytmasliging dedi. Eng katta kasal bu gunoh. Bu kasalning dorisi istig'for. Endi shifo berganini qanaqa yerdan bilaman? Shu gunohga kutmadikmi? Demak Alloh senga shifo beribdi dedi. Kundek ravshan ma'nolar. Ali ibn Abiturubning hikmatlaridan u kishi aytadi, beshta narsani esda tutinglar. Birinchisi, banda faqat o'zini Robbisidangina umid qilsin. Faqat Allohda umid qilsin, otasidan ham emas, qulpon oy pishiq, badrin pishig'i, dehqonlarni qo'liga pul tushishidan ham emas, faqat Allohda umid qilsin!

[18:50] Ikkinchisi, faqat gunohlardan qo'rqinglar. Boshqa narsadan qo'rqmanglar. Uchinchisi, bilmagan kishi ta'lim olgani uyalmasin. To'rtinchisi, olim bilmagan narsasi haqida so'ralsa, vallohu a'lam deyishlikdan hayo qilmasin. Chunki yarim ilm bo'ladi bu. E, men bilmayman ekan bu narsani deb qo'yib yuboring bilmasangiz.

[19:16] Chunki bilmayman deyishlik yarim ilm bo'ldi. Beshinchisi, jasad uchun bosh qanchalar muhim bo'lsa, jasad u chun bosh qanchalalar muhim bo'lsin, iymon u chun sabr ham shunchalar muhim. Bosh yo'g'i bo'lsa, ja sat yashamagandek, sabr yo'g'i bosa iymon ham bor bo'lmaydi. Birodarlar, biz hayotini o'qib o'rganayotgan bu ulug' insonlar ham o'tib ketdi. Ularga zamondosh bo'lganlar ham o'tib ketdi. Boy ham o'tdi, kambag'al ham o'tdi, hokim ham, mahkum ham o'tdi, sog' ham, kasal ham o'tdi. O'ldi hammasi. Yuz yildan keyin birortamiz qolmaymiz, biz ham. Ularni hammasi ertayda yotishibdi. Qilgan yaxshi yomon amalini, mukofotini kutib yotishibdi. Demak, hali tirik ekanmiz, savobli ishlarni qilishlikka shoshilib qolaylik.

[20:09] Shuning uchun hayot har qancha uzun bo'lmasin, baribir bir kun kelib tugashligi bor. So'ngra Robiya, bu ikki mehmoniga tikilib turib qarab, qalbingizni, qalbingizini tuzating. Odamlardan maxfiy bo'lgan amallaringizni tuzating. Zero ularni hammasi Allohga ma'lum. Ularni da'vosini qidiringlar dedi.

[20:33] Maxfiy ishlar. Hech kim bilmaydigan ishlarimiz bor. Hammamizni ham sirimiz bor o'zimizga yarasha. Hech kim bilmaydi. Ammo Alloh bilib turadi bularni. Mana masjidda o'tiribmiz hammamiz. Namoz o'qiyapmiz, ro'za tutyapmiz, hajga boryapmiz, zakot beryapmiz. Bir xilimiz bu masalada. Ammo bitta ishda hammamizni o'rtog'imizda bir tafovut bor. Bu maxfiy ishlarimizda. Ichimizdagi sirlarimizda. Tashxis zo'r bo'lgandek, ichingiz ham zo'r bo'lsin, Allohga demak boshqalardan ko'ra yaqinroq ekansiz. Munzir aytdi. Bu narsani davosi nima?

[21:10] Nasux tavba. Dedi, yig'ladi, soqolari ho'l bo'ldi. Nasux tavba nima? Chin qalbdan qilingan tavba. Shu gunohga qaytmayman deb qilingan tavba. Ulamolar aytadi, qilingan gunohni Alloh Taolo avf qilishigina uchta sharti bor. Birinchisi, shu gunohdan to'xtashlik kerak.

[21:34] Shu gunohda qilganligingizga qattiq pushaymon eshishingiz kerak, qalb qaltan. Va qaytib qilmaslikka Allohga ahd berdingizmi? Qilmaganman deyvering. Men esimni taniganimdan beri namoz o'qiyman men. Ey, chu'ppa kunduz yolg'on gapiryapsan a baqri aytyapsan? Men esimni tanigandan beri namoz, chunki esimni qachon tanidim?

[22:00] Shuning uchun ichmay qo'ydingizmi, esingizni tanidingiz. Demak, esingizni taniygansiz, demak, ishmayapsiz. Alloh hisob kitob qiladi bizni gunohlarimizni. Alloh men o'zim o'chirdim deb tursa, bandasi kim bo'libdi? Va bilib qo'yinglar, sen kechada iching yurudi deb gapirayotgan odam, ibodatdagi, taqvodagi odam bo'lmaydi u. U narigi ko'chadagilar bo'ladi ular. Uni qiladi gapiga, umuman parvo qilmaysa ham, bolaveradi. Inshaalloh. Bu ulug' tobenni hayoti haqidagi darsini ertaga davom etkazgan bo'lamiz. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
