Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah. Robbilen a'lamin vala aqibatu li nu'tta'in. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqil va'idin amin. Va ala alihi va as fabihi ajma'in. Ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Tobeinlarning hayotida o'qishlikdagi navbatdagi darsimiz. Kecha Robiya ibn Husayn rahmatulloh alayhning hayotini boshlaganlarga o'qishlikni bugun inshaalloh nohasida yetkazamiz. Bu ikki do'st Robiya ibn Husaynni oldiga keldi. Ularga bir qancha nasihatlarni qildi. So'ngra bizga tikilib qaradida, qalbingizni, qalbingizini tuzating. Odamlardan maxfiy bo'lgan amallaringizni, zero ularni hammasi Allohga ma'lum, ularni davosini qidiringlardir. Mana aytdik, qilayotgan zohiriy ko'rinadigan ishlarimizni hammamiz ko'ramiz, bir xildek tuyulamiz.
Tafovut yo'qdik, hammamiz bir qildik. Ammo maxfiy ishlarimiz bor, yolg'iz qolganimizni qiladigan ishlar. Hech kim ko'rmagandagi holatlarimiz, mana shu ishlarda siz bilan biz birimiz ikkinchimizdan farqlanamiz. Muza so'radi, u maxfiy ishilarimizni qanday qilib isloh qilamiz deganida nasuh tavba qilasizlar. Nasuh tavba nima? Chin qalbdan qilingan tavba. Qaytib shu gunohni qilmayman deb ahd berib qilingan tavba. Mana shu tavbani qilgan kishi nasuh tavba qilgan bo'ladi va o'zini botinini siloh qilgan bo'lad.
Robiyevni Husayn mana shu so'zini aytib yig'ladi. Shunda Munzir unga, siz yig'laysizmi? Dedi. Agar siz falon, falon, falondaqa sifatlaringiz bo'lsa, siz yig'layizmi? Dedi. Robiya aytdi, hay, xo'p. Hayhot. Nima uchun yig'lamang? Axir men shunday bir odamlarni orasida yashadimki, shunday bir odamsni davrida yashadim ki, ularga meni taqqoslasa, ularni oldida men xuddi bir o'g'ir odamdaqa bo'lib qolaman dedi. Ya'ni sahobalarni aytyapti. Men sahobalarni ko'rdim, agar biz ularga taqqoslaydigan bo'lsak, biz o'g'ir yo'lga o'xshab qolamiz ularni oldida deydi. Tobein. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam maqtagan uchinchi asrni vakili o'zini sahobaga taqqoslab o'g'riga o'xshatyapti.
Unda biz kim bo'lamiz? Fitnalar, fisq fujurlar yoyilgan bu zamonda birodarlar bir kishi iymonda, taqvoda, ibodatda yurgan bo'lsa, oilasini islom bilan tarbiyalayotgan bo'lsa, halol luqma berayotgan bo'lmasa, ayollari, qizlari, avlodlarini yopib yurgan bo'lsa. Albatta bu odam o'zini boshqalardan ko'ra taqvosi bilan barator odat biladi.
Ammo o'zini sahobalarga yoki tobeinlarga taqqoslasa chi? Unda kim bo'ladi? Tobein aytyapti, shunday odamlar bilan yashadimki, shunday odamsarni ko'rdimki, ularda oldida men xuddi o'g'ridaqa turaman. Murod ali payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrida mana uhudda musulmonlarga katta musibat yetdi. Bir ayolni ana shu jangda otasi o'lganligini xabari yetdi. Parvo qilmadi. Rasulullohga nima qildi dedi. Akasini o'lganini xabarini aytishdi. Parvo qimadi. Rasulullohni nima qildi? Dedi. Farzandining o'lganligining xabarini aytishdi. Uchinchi odam bilan ajralyapti. Rosulullohga nima qildi deyapti. Eri o'lganligining xabarni ham aytishdi. Rosulullohga nima haq qildi deb so'rayapti. Rosulullohni tinch, xotirjam ekanligini, sog'ligini ko'rganidan keyin, yo Rosululloh, sizni ko'rganimdan keyin har qanday musibat men uchun hech narsa emas dedi. Shunaqa ayollar bormi hozirgi zamonda?
Otasi o'lyapti, akasi o'lyaptiy, bolasi o'lyaptiya, eri o'lyapti. Bu ayolni qiziqtirayotgan narsa Rosululloh tinchmi? Janglarda ana shu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalarida qatnashgan janglarning birida uchta musulmon yarador bo'lib yotibdi, issiq kuni. Ollohu a'lam yarmi jangida. Uchchalasi ham o'lim arafasida, uchchalasi yam chanqagan, suvni olib keldi.
Suv quyadigan odam. Suv dedi bittasi. Unga olib boruvdi, endi turmushig'iga tutib ichaman desa, namdaroqda yotgan yana bir musulmon suv dedi. Olib bor dedi. Olib bor dadi boyagi jarohatlangan odam. Ehtimol u mendan ko'ra muhtojroqdir dedi. Unga olib borib turmushig'inga tutuvdi, uchinchi odam aytdi suv dedi. Qarang, mana bu odam bir piyola suvini unga ilinib yuborishlikka arziydigan odammi ikkinchi odam? Arziydigan. Chunki u ham uchinchi odamga jo'nata oladi.
Zamon hikmatlaridan turibdi ekan, moy. Do'st uchun jon berishlik unchalik qiyin ish emas. Do'st uchun jon berib yuborishlik unchalik qiyin ish emas. Shunga loyiq do'stni topishlik qiyin ish deyapti. Bular shunaqa do'stlar. Uchalasi ham o'lib ketib, bir piyola suv ichmasdan. Bir ikkinchisiga ilinib. Bularni qilgan esori, bularni bir biriga qilgan xayr saxovatini ko'rib turib, o'zingizni solib ko'ring da shu taroziga. Kimsiz? Kimmiz biz? Hech kim emasmiz.
Hajga ketayotgan hojilarni ko'rganmisizlar? Samolyotga kim birinchi chiqib olish bo'yicha musobaqa bo'ladi. Hammaga joy bor. Hammaga joy bor. Siz oxirgisi sizmi qola ekan? Siz chiqmasangiz samolyot uchmaydi. Ertaroq chiqib olishlik uchun bir birini turtganini ko'rganmisiz? Hajga borganmisiz? Hajjalil asfaltni o'pishlikdagi izdihom tiqilishini ko'rganmisiz? E sabr qilsachi, bir soatga qolmay hammasi o'pi bo'ladi. Lekin mana shu turturaveradi, yelkasiga uraveradi. Shularni ummatda ko'taradigan musulmonlar?
Bizmi o'sha musulmonlar? Hilol davom etadi. Biz uning huzurida turarkanmiz, oldimizga o'g'li kirib, ey ota, onam sizga habis tayinlabdi, ya'ni bir holvani turi. Juda ham bir e'tibor bilan qilibdi. Agar o'shandan yesangiz juda xursand bo'lar ekan, olib kelingmi dedi. Ayolini bunchalar e'tibor bilani tayinlaganini, shu erini xursand qilishiga uchun mehnat qilganligini ko'rib, mayli olib kel dedi. O'g'li chiqib ketdi. Shu payt eshigini taqillatib qoldi biroq. Ochib qorashuvdi bir tilamchi. Ichkariga kirishinligini buyurdi robiya. Tilamchi ichkariga kirdi. Hilola aytadi, bu kirgan odam og'zidan oqqan so'lagi soqolida shunday turibdi. Kiyimlarini jildirvoqqa yirtilgan, bir qari kishi kirib keldi. Ko'rinishidan esi pastga o'xshadi.
Tilamchi kirishi bilan boyagi o'g'li holvani olib kelishligi bir vaqtga to'g'ri kelib qoldi. Shunday o'g'liga qarab turib, uni ber ana shu so'rovchiga dedi. Bus butun olib borib haligi tilamchini oldiga qo'ydi. Tilamchi bir juda bir xunuk suratda holvani yeyishiga kirishib ketdi. Ikkala qo'li bilan olib, og'ziga tiqib, chaynab chaynab yutib, yutmasdan og'zidan so'ylaylariga aralashib, holvalar oqib, xullas soqollari shunday bir ovqat bo'lib ketdi. Och ovqatli bilan yeb tugatdi, hech narsa qoldirmadi.
Kimga tayinlangan edi? O'g'li otasiga qarab, rohimah kalloh, otajon, buni onam ne mashaqqatlar bilan sizga tayyorlovdi. Sizni ishingizni onam ham xolovdi, biz ham xolovdik. Siz bo'lsa hammasini berib yubordingiz. A bunga bir qismini bersangiz ham bo'laverardi. A umuman boshqa ovqatni bersangiz ham qorni to'yib chiqib ketar edi. A, bu nima yeganini ham bilgani yo'q hali. Deganida, ey o'g'lim, dedi. Agar bu tilamchi nimani yeganini bilmagan bo'lsa, Alloh bildi yu uni nima yeganini dedi.
So'ngra aytdiki, astaydu billah, lantana lul ber rohatta tun fi quminma tuxibun va ma tun fi qumin shay fa innalloha bihi alim. Qarang, tushunchalarni. Suygan narsalaringizdan deydi Alloh Taolo. Yaxshi ko'rgan narsalaringingizdan infoq ehson qilib bermaguningizcha, hargiz yaxshilikka, jannatga yetmaysiz. O'zingiz xohlab yaxshi ko'rib turgan narsangizdan berasiz jannatga ketishlik uchun. Nimani o'ziga ravo kirasiz? Shundan berasiz.
Har qanday narsani info qilsangiz, albatta Alloh uni bilur. Demak, birodarlar, o'zimiz yaxshi ko'rgan narsadan info qilishlikka odatlanishimiz kerak. Bering da, mazza qilasiz. Qiyin. Qiyin. O'zingiz yaxshi ko'lib turgan shu ruchkangiz bordi, men. Birodar, menga ukamga berib yubordingiz. Boshi qiyin.
Bilasizmi, olib ketgandan keyin qanaqa huzur bo'ladi? Xuddi toatni avvalo mashaqqatli bo'lgandek. To'g'rimi? Ibodatni boshi qiyin, ammo odatlarni olganingizdan keyin buni huzuri boshqacha bo'ladi. Ular mana shunday gaplashib turganlarida, Robiy ibn Husaynning, Husaynning bir qarindoshi shoshganicha kelibdi, ey Aboyazid dedi.
Bir xabar olib keldi. Shoshilinch xabar olib kelibdi. Nima gap dedi Robiya? Ey Abuyazid, Husayn, Ali roziyallohu anhuning, Fotima izahroning o'g'li bo'lgan Husayn qatl qilinibdi dedi. Robiya inna lillahi va inna ilayhi roziyuhun dedi. So'ngra qulillahi umma fotirah samavati val ardh, alimal g'oybiy va shahada anta tahqumu bayna ibadi kafiy maaka nufiy hiyaxtalifun oyatini o'qidi. Kim o'ldiribdi? Nimaga o'ldiribti? Ha qurib ketgunlar, la'natlar deb turib, muhokamaga kirishmadi. Oyatni o'qidi. Bu kishi o'zi ko'p gapirmas edi. Kerak emas gapni gapirmas edi! Oyat nimasi buni qanday edi? Ayting, ey Alloh, ey osmonlar va yerni ilk yaratuvchi Zot, g'aybi shahodatni biluvchi Zot, yolg'iz O'zinggina bandalaring o'rtasida ular ixtilof qilib turgan narsalar haqida hukm qilaversin. O'zing hukm qilasan ularning o'rtasida. Boyagi xabarni olib kelgan odam qanoatlanmasdan, e uni qatl qilinish haqida nima deysiz dedi?
Darrov muhokamaga berilib ketamiz ku. Shayx nima dedi? Ilallohi iya buhim va alallohi hasa buhim. Qaytib borishlari ham Allohni huzuriga bo'ladi. Hisob kitob qilish ham Allohni zimmasiga bo'ladi dedi. Bizni ishimiz emas u dedi. Ortiqcha so'zni kirishmas edi. Odamlarda muhokama qilinadi yu, mushkulalarini. Foydali gapni gapirardi yoki jim turar edi. Innna ilayna iya bahum, simma innna alayna. Hay sara bahum. Zero deydi Alloh Taolo. Yolg'iz o'zimizga qaytishlari bordir. So'ngra ularni hisob kitob qilish, jazo berish ham yolg'iz bizning zimmamizda. Kim nima qilgan bo'lsa, birodarlar, Allohni oldida albatta javob beradi. Bu dunyoda qutulib ketishi mumkin. Odamlarga zulm qilib, haqqini yeb, tuhmat qilib, bo'xton qilib.
Ammo mo'min bu hayot. Bu katta tomoshani birinchi qismi deb biladi. Ikkinchi qismi ham bor. Shuning uchun xotirjam bo'ladi. Hilol vaqt peshinga yaqinlashib qolganligini ko'rib, vaqtdan foydalanib qolay deb, ey shayx, menga nasihat qiling dedi.
Ustoz nasihat qilishi kerak shogirdiga. Shogird shuni so'rayapti. Hilol ilmga ega bo'lgan odamlarni orasida hurmat topgan, fazl egasiga aylangan edi. Ustozi shogirdiga aytdi. Ey Hilol, odamlar sizni ko'p maqtashlari g'ururlantirib qo'ymasin. Chunki ular sizni zohiringizni yana bilishadi. Faqat tashqarizinglar ko'rib turib baho berib yuboradi. Siz albatta o'z amallaringizga qaytarilasiz. Allohning roziligi ko'zlanmasdan qilingan har qanday amal bekorchidir dedi. Bizni tashqi ko'rinishimizga qarab baho beraveradi odamlar. Ammo qilayotgan ishlarimizda ixlos bo'lmaydigan bo'lsa, qiyomatda yuzimizga uriladi bunday amal bilan.
Shu yerda turgan munzir ham vaqtni g'animat bilib, mengachi, menga ham nasihat qilmaysizmi dedi. Shayx unga qarab turib, ey Munzir, o'zing bilgan ishlarda Allohda taqvo qilgin. Ya'ni halol haromligini aniq bilgan ishlaringni Allohda taqva qilgin. Bilmaydigan narsang haqida so'ralganda balodiganlarga qaytargin. Shu bizni muammoymiz. Bilamizmi, bilmaymizmi, hech bo'lmasa fikr bildirib qo'yamiz da.
Nima nima deylar? Masalan, aniq bilamiz, tog'a tilida nechta farz bor? Usuldachi? Namozda chi? Aniq bilgan narsangni gapir, bilmagan narsangni bilmayman deb qo'yaver. Chunki bugungi juma ma'ruzasida eshitdinglar, Ali ibn Abiturotni beshta nasihatini ichida ilmli odamdan bir narsa so'ralsa, shu narsani bilmasa, bilmayman degani, endi bilmaydigan odam nima qilishi kerak o'zi umuman?
Ey mo'zir, sizlardan biringiz tavba qilmasdan turib, Parvardigor, men senga tavba qildim, demasin, dedi. Sizlar Allohga tavba qildim, demanglar, dedi. Nima uchun? Agar tavba qilmasan, shu gapni aytgan bo'lsa, yolg'onchilik bo'ladi, dedi. Bo'ldi, tavba qildim. Qaytib qo'ymayman, deydi. Deydi da, chiqib turib qilaveradi. Bo'ldi, deydi.
Bu odam yolg'onchi bo'ladi. Munzur, unday bo'lsa nima deyishimiz kerak? Shayx aytdi: Parvardigor, meni kechirgin, deydilar. Shunda shu duo bo'ladi, dedi. Ey Munzur, tahlil, tahmid, tasbeh, takbirdan boshqa so'zlar, yaxshilik va yomonlik haqidagi savollardan boshqa so'zlar, yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarishdagi so'zlar, Qur'on tilovatidan boshqa so'zlar, bularni barida yaxshilik yo'q, dedi. Mana shulardan tashqari har qanday so'zki, bularda yaxshiligi yo'q dedi. Ortiqcha so'zlarni ehtiyot bo'l dedi. Munzir aytdi, ey shayx, mana siz bilan o'tirdik, biror marta ham she'r o'qimadingiz a? Chunki she'rda hikmat bor, xayriyatlar bor. Sizni tengdoshlaringiz, sizni shogirdlaringiz hammasi she'r o'qiydi yu. Nimaga she'r o' qimaysiz dedi? Shayx aytdiki, dunyoda qanday so'zi aytmaylik, bu dunyoda yoziladi. Oxiratga borganda o'qib beriladi. Meni kitobim menga o'qib berayotgan paytda ichida kerak emas so'zlarni bo'lishini xohlamayman.
Soatlab muhokama qilamiz ku, akalar, kerak emas narsalarni. Har bittasi yoziladi. So'ngra biz hammamizga qarab o'limni ko'p eslanglar, chunki u sizlar kelishini kutayotgan g'oyibingiz. Kelishi kerak bo'lgan odam kelishi kechikkan sari, bugun erta kirib keladida kutishlik ziyoda bo'ladi. Uzoq qilib ketdimi kelishlarga? Demak kirish yaqin qoldi. Kelishi yaqin qoldim. So'ngra yig'ladi. Soqollari ho'l bo'lib o'zini hisob qila boshladi. Ertaga nima qilaman? Ertaga nima deyman? Qachon yer chilparchin qilinganida, parvardigoringiz va farishtalar saf saf bo'lib kelganida, o'sha kunda jahannamni ham keltirib qo'yilganida, ana shu kunda inson ibrat olar, ammo u kunda bu eslatma ibratning foydasi hayodan tegsin. Shu kunda nima qilaman? Yig'ladi.
So'ng yana peshinga o'zi aytildi. O'g'liga, o'g'lim, muvozinga ijobat qilaylik dedi. O'g'li keldi da, otamni ko'tarishib qo'yinglar dedi. Falaj bo'lib qolgani deyarli. O'ng yelkasidan o'g'li, chap yelkasidan men ushladim. Shunday qilib ko'tarib ketarkanmiz, oyoqlari yerda chizib ketar edi. Oyog'i ishlamaydi, so'darilib ketishyapti. Shunda Munzur aytdi, ey Abu Yazid. Ey Abu Yazid, shu holatda borasizmi? Uzringiz bor ekan u, uyingizda o'qib qo'ysangiz bo'lmaydimi?
Shayx javob berdi, ey Munzur, Allohni nido qiluvchisi najotga shoshiladi deb chaqirsa yu, men bormaymanmi dedi. O'malab bo'lsa ham borib uni nidosiga javob beraman dedi. Mana birodarlar robi ibn husayn, rahmatullohu alayhi vashe hayotini qilib o'rgandingiz. Nima xulosa olamiz? Nima ibrat olamiz? Bular birodarlar, siz bilan bizga andoza bo'lgan odamlar.
Agar sahobalarni, Payg'ambarni qo'lida tarbiya olgan desak, mana Payg'ambarni ko'rmagan kishilar. Ular qanday bo'lgan ekan? Og'izdan chiqqan ekan, gapiga hushyor bo'lyapti. O'zini sahob olgan taqqoslab turib, o'zini qanchalik pastligini, kamchiligini ko'ryapti. Alloh Subhanahu va Taolo ibrat olishinglar hammamizga nasib etgan bo'lsin. Aquli hovli hayada va astag'firulloh alayhi valakum. Assalomu alaykum.