# Tobe'inlar hayoti

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 220 of 510
- Section: —
- Duration: 23 min
- Original title: Tobe'inlar hayoti
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/220
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/XbSqLsWOx8k.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=XbSqLsWOx8k
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/219.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/221.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi ro'mil alamin. Assalomu alayhi vas salamu ala sayyidina muhammadin va ala alihi va aslabihi ajma'in. Ummabvab, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Tovbeinlarning hayotidan keyingi darsni o'qiymiz. Said ibn jubayr rohimahulloh. Ahmadiddin ahambal, u kishi haqida shunday deydi. Said ibn jibayr qatl qilindi. Tahqiq. Yer yuzida uning ilmiga muhtoj bo'lmagan birorta bir inson yo'q edi. Bu kishi o'zini rangini qoraligiga, sochini jingalakligiga, havashiy bo'lganiga qaramasdan, o'zining zamonasidagi eng ulug' insonlardan bo'lishligiga mana shu sifatlari monelik qilinmadi. Bu yigit ilmni alloh taologa yetkazish yo'li ekanligini bilganidan keyin, taqvoni ollohning rozosiga hamda jannatga olib borish yo'li yo'l ekanligini tushungan kundan boshlab, taqvoni o'ng tarafiga, ilmni chap tarafiga qo'yib, ikkalasini mahkam tutdi, hayoti davomida mana shu ikkala sifatni qo'ymadi. Ulg'ayar ekan, yigitlikning avvalida u kishi yo bir kitob mutolasi bilan yoki masjidda safda turib ibodat bilan umrini o'tkazar edi.

[1:22] Said umid jubayr ilmni ulug' sohalardan ta'lim oldi. Abu said al qudriy, adiy ibn hotam at toyiy, abu muso ash'ariy, abu xuroyrat davsi. Abdulloh ibn umar va umrul mo'minoin oisha roziyallohu anho. Lekin shubhasiz o'zining eng ulug' ustozidir, buyuk muallimi deb abdulloh i bin abbos roziyallohuhu anhoni o'ziga lozim tutdi. Abdullohni abbos roziyallohu anhuga xuddi soyasini singari saidulni jubayr ergashiv undan ta'lim oldi. Dinni o'rgandi, ta'vinni o'rganda, lug'atni o'rgandida, hamda imkoni boricha u kishini ilmidan foydalanishlik harakatida bo'ldi. Hamda o'zini zamonasidagi eng ilmli kishilardan biriga aylandi. So'ngra ilm ma'rifat qasdida ko'p musulmon shaharlarni ziyorat qildi va mana shularni orasida o'ziga kofani maskan qilib tanladi. Ramazon kechalarida odamlarga imomlik qilar ekan, bir kuni abdulloh ibn maqsud roziyallohu anhuning qiroati bilan odamlarga tilovat qilar edi. Ikkinchi kuni zaydumni sobit roziyallohi anhuning qiroati bo'lgan tilovat qilardi. Uchinchi kuni boshqa bir qorini tilovati bilan odamilarga tilovat qillar edi. Yiliga ikki marta safarga bel bog'lar edi.

[2:38] Birida rajab oyida umra qilishlik niyatini ehrom bog'lasa, ikkinchisida zulqa oyida Allohni uyiga haj qilishlik uchun ehrom bog'lar edi da. Said umidjuba roziyallohu anhuning uyi talaba ilmlari uchun doim ochig'i edi. Talabalar u kishini keng bilimidan, chuqur bilimidan ko'p foydalanishgan bo'lar edi. Biri kelib, qo'rquv nima deb so'rar edi. Allohdan bo'lgan qo'rquv nima? U kishining javobi. Sen bilan gunohlarni o'rtasini to'sayotgan bo'lsa, mana shu qo'rquvu haqiqiy qo'rquvo. Bir inson Allohdan qo'rqaman desa yu, lekin gunohni qo'rqmay qilib yurgan bo'lsa. Bu qo'rquvi quruq da'vo bo'ladi. Lekin bir inson shu gapni gapirmasa yu, lekin haromlardan tiyilayotgan bo'lsak, shu odam Allohdan qo'shayotgan bo'ladi. Yana biri so'rardi, zikr nima? Saidovni Jubayr javob berardi. Alloh azza va jallaga doim toatda bo'lishligin. Kim Allohga iqbol qilsa, unga itoat qilsa, tahqiq Allohning zikrida bo'libdi. Endi kim Allohdan yuzaga yurib itoat qilmasa, tili erta yu kech tasbeh tahlilda bo'lsa ham, bu kishi zokirlardan bo'lmaydi.

[3:54] Ya'ni biz zikr deganda nimani tushunamiz? Shu Subhanalloh, Alhamdulilloh deb tasvirga yurishni tushunamiz. Bu kishi aytyaptiki, zikr degani tiling tinimsiz subhanalloh al hamdulilloh degani bilan ko'zing zinoda, qulog'ing g'iybatda, qo'ling ma'siyatda bo'lsa, bu zikr emas deyapti. Chunki Allohni zikr qilgan odam doim eslayotgan odam bo'ladi. Endi Allohni doim eslayotkan odam gunoh qilmaydi. Allohni inson esdan chiqarganda gunoh qiladi. Demak, bu kishini zikrga bergan ta'rifi, gunohdan o'zingni tiyayotgan bo'lsang, savob ishni qilayotgan bo'lmasang, demak sen zokirlardansan.

[4:30] Saidul Jubayr kofani o'ziga maskan tutgan vaqtda, kofa Hadjoj ibn Yusuf va Saqafiyga tobe bo'lgan shaharlardan edi. Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhuning qatlidan keyin, Hadjoj ibn Jusuf Iroqni Banu Umayya hukmiga bo'yin sindirib qo'ygan edi. Odamlarni ustida ko'p zulinar qilgan, odamlarni qiyin qiynoqqa solgan, musulmonlarni qalbiga qo'rquvni yoygan kishi edi.

[4:59] Hajjojiddin yusufov saqafiyni o'zini amiri Abdurahmon ibn Ash'as bilan bir o'rtasida kelishmovchilik to'qnashishi sodir bo'ldi. Buni sababi shundaki, bu keyinchalik bu to'qnash musulmonlarni tarixida juda bir katta jarohat qoldir musulmonlar uchun. Tarixi shunday bo'ldi. Hajjojon Yusuf, Abdurahmon ibn Ash shash ismli qo'mondonini Sijiston o'lkalarini fath qilishlikka qo'shin bilan yuboradi. Sijiston hozirgi Eron bilan Afg'onistonni o'rtasidagi yerlar.

[5:31] Bu muzaffar qo'mondon g'alaba ketidan g'alabaga erishib, shahar qishloqlarini, qala qasrlarini fath qilar ekan, juda ko'p o'ljalarga ega bo'ldi. Qo'shinni biroz rohatlantirishlik, dam oltirilishi maqsadida, hamda keyingi shaharlarni fath qilishlik uchun yo'l yo'riqlarni ko'rib, kirish chiqish yo'llarini o'rganishlik uchun qo'shinga ozgina dam bermoqchi bo'ldi. Tushgan o'ljani beshtan birini Hajjozga jo'natib, maktub yozdi. Maktubida qo'shinga ozgina rohat, ozgina dam olishlikka ruxsat so'radi.

[6:05] Hajjoch bu maktubni olganidan keyin qattiq g'azabi keldi. Maktubga javob yozar ekan, qo'mondonlikdan olib tashlashligi bilan qo'rqitib, Abdurahmon ibn Ash'asni qo'rqoqlikda hamda quvvotsizlikda aybladi. Shunda Abdurahmon qo'shinni qo'mondonlarini yig'di. Ularga maktubni o'qib berdi. Hamda Iroq ahliga qilayotgan zulmidan qutilishlik uchun, Hajjozni itoat qilmasdan unga qarshi chiqishlikka atrofidagilarni hammasini da'vat qildi. Ular hammasi bir ovozdan rozi bo'lishdi. Sijistonni va Forsni bir qancha shaharlarni fath qilib bo'lgandan keyin, Abdurahmon ibn Ash'az o'zining amiriga qarshi qo'shin bilan Kofaga, Basraga qo'shin bilani yurish qildi. Bu paytda Hajjoj ibn Yusufni qilayotgan ishlardan norozi bo'lgan odamlarni adadi yana ham ko'paydi. Adovat yana ham qattiq bo'ldi. Chunki Kofani atrofidagi shaharlarda voliy bo'lib turgan voliylar Hajjojga, amirga maktub yozishdi. Maktubida shunday deyishardi. Ahli zimmalar jizya to'lamasligi uchun islomga kirib ketishyapti.

[7:17] Shaharlarni tashqarisida qishloqlarda yashaydigan odamlar shaharga ko'chib kelishib olishyapti. Shuning uchun jizya ham, xiroj yig'ishlik ham ozayib ketdi. Ya'ni mablag' tushmay qo'ydi deganida hajjoj maktub yozdi. Tashqaridan shaharga ko'tishib kelgan hamma odamni qancha bo'lishligidan qat'iy nazar, qachon kelganligidan qat'i nazar haydab tashqariga chiqaringlar dedi. Shaharlarning amirlari hajjojning buyrug'ini amalga oshirishdi. Shaharga ko'chib kelgan, tashqaridan kelgan hamma odamlarni haydab chiqarishdi. Qisqa fursatni ichida. Endi shaharga kelib, yo'lini topib, tijoratini yo'lga qo'yib, endi rizqini topib turgan kishilarni birdaniga haydab chiqarmizlar. Yosh bolalar, qariyalar, ayollar ko'chada qolishdi. Qayoqqa borishini, nima ish qilishligini bilishmay qoldi. Qattiq yig'lashdi, shikoyat qilish lekin foyda bo'lmadi. Ko'fi ahli olimlari imomlari fuqaholari mana shu ishni isloh qilishlik uchun amirlarni oldiga borganida, ularda bu ziyorat hech qanday foyda bermadi. Endi ular ham mana shu zaif insonlar bilan yig'lashlikdan, duo qilishlikdan boshqa chora topisha olmay qoldi. Endi Hajjoj ibn Yusufga qarshi qo'shim bilan kelayotgan Abdurahmon ibn Ash'as, Abdurahmon ibna Ash'as mana shu fursatdan foydalandi.

[8:36] Hamda Ko'fi ahlini Hajjojiy itoat qilmaslikka targ'ib qildi. Juda ko'p ahli ilmlar, ulug' tobeinlar Abdurahmonga ergashdi. Chunki Hajjojni zulmidan, uning istisodidan qutilishlik kerak edi. Unga ijobat qilganlardan Said Mlujubayev, Abdurahmon ibn Abilayroq, Ash Shabiy, Abul Muxtiriy va boshqa boshqa tobeinlar ergashdi. Ikki firqa o'rtasida qattiq jang boshlandi. Avvalida Abdurahmon ibn Ash'asni qo'shini g'olib kela boshladi. Lekin bora bora kunma kun o'tishligi bilan g'alaba pallasi Hajjoj tomonga og'ib ketdi. Hajjoj yengdi. Abdurahmon iban Ash'as qochib qutilishlikka majbur bo'ldi. Uni qo'shinidan tirik qolganlar taslim bo'lishdi.

[9:23] Endi Hajjoj g'olib bo'lganidan keyin, taslim bo'lgan qo'shni askarlarini o'zini huzuriga chaqirtirdi. Boshqatdan unga itoatda ekanligiga qasamyod ishlash uchun chaqirdi. Juda ko'pchilik unga bay'at bergani keldi va juda ko'p chelik ulardan kam bo'lmagan adat itoat qilishlikdan bosh tortdi. Bosh tortganlarni ichida Saididdinni Jubayr ham bor edi.

[9:48] Taslim bo'lganlar Hajjozga bay'at berish uchun kelar ekan, Hajjozdan eshitgan gapidan dahshatga tushishdi. Hajjoz nima dedi ularga? Hujjajga qarshi jang qilgan, lekin mag'lub bo'lib kelib, taslim bo'lib, sizga boshqadan itoat qilishlikka so'z beraman deb kelgan askarga aytardi, sen Amirul mo'minningning volisiga qarshi chiqib, kofir bo'lganligingni tan olasanmi derdi.

[10:15] Iymonda turgan mo'minlarga kofirman deb aytasan. Chunki sen menga qarshi chiqding degan gapni aytdi. Amirul mo'miningningning volisiga qarshi chiqqanliging uchun kofir bo'lganligingni tan olasanmi dedi. Ha deganlarda qo'yib yuborardi, yo'q deganlarda qatl qilardi. Bu inson o'ziga o'zi kofir bo'ganligini tan olishlik bo'ladi. Aytyapmiz ku, bu Hajjoz zolim bo'lgandi. Odamlarni ba'zilari jonini saqlab qolishlik uchun kofr bo'lganligini tan olardi, ba'zilari inkor qilardi, Hajjoz ularni qatl qilardi, dedi.

[10:51] Bu dahshatli qatli onda mingdan ortiq haqiqiy iymonli kishilar qatl bo'lib ketdi. Va bir qanchalari o'zlariga kufrni nisbat qilib, tirik qolishdi. Ana shu qatl qilingan kishilardan, xususan qabilasidan bir oqsoqol kishini olib kelishdi. Bu kishi ikki firqa o'rtasida jang ketayotganda daryoda u betida yashar edi, aralashmagan edi. Lekin Hajjot zolim bo'lganligidan hammani olib keltirgan edi. U oqsoqolni ham olib kelishdi, undan so'rashdi. Sen nima ish qilding? U aytdi, bu jang bo'layotganda men daryoni u yog'ida edim dedi. Endi siz g'olib bo'lganingizdan keyin, ey amir, sizga bay'at begani oldingizga keldim dedi. Desa haligi Hajjoch, qo'ling qurusum dedi. Amiring dushmanlari bilan jang qilayotganda, menga yordam berish edi o'rniga. Daryoda shekilli tomosha qilib turdingmi dedi. Kofir bo'lganligingni tan olasanmi dedi. U kishi aytdiki, sakson yil Allohga iborat qilganimdan keyin, o'zimni yana kofirligimni tan olsam, mendan yomonrog'idan bo'lmaydi yer yuzlarda dedi. Qanday qilib tan olaman mendan?

[11:57] Unda men seni o'ldiraman dedi. Oqsoqol aytdi, qo'lingdan kelgan ishni qil. Chunki bugun bo'lmasa ertaga o'lo degan odamman. Sakson ga kirdi bu kishi. Bugun bo'lmalasa ertaga o'llaman dedi. Buyurdi, qatl qildi. Xonada ham, hajjojda, dushmanlar tomonida ham bunaqa yoshi ulug' odam yo'q edi boshqa. Mana shu kishini ham ayab o'tirmadi, qatl qildim. Aralashmagan edi fitnaga.

[12:23] So'ngra kamilovni ziyod nahaiyni olib kelishdi. Bu kishi ham tobeinlardan. O'zingni kofir bo'lganligingga guvohlik berasanmi dedi. U kishi aytdi, Allohga qasam guvohlik bermayman dedi. Undan men seni qatl qilaman. Xohlagan ishingni qil dedi. Chunki meni o'ldiradigan bo'lsang, ertaga hisob bor. Uchrashuvimiz Alloh Taoloning huzurida bo'ladi dedi. Hajajatda, bu kun seni foydanga emas, ziyoningga hujjat bo'ladi qiyomatda deganida, bugun sen qozi bo'lib turganliging uchun aytyapsan bu gapni dedi. Allohni oldiga borganda ko'ramiz dedi. Uni buyurdi, qatl qildi.

[13:02] Yana bir kishini olib kelishdi. Bu kishini Hajjoz o'zi yomon ko'radi avvaldan. Uni qatl qilib, qonini oqizib, uni ustidan zafar qozonishni xohlab, unga hali gapirmasdan turib aytdiki, bu odam o'zini kofir bo'lganligini tan olmaydi deb o'ylayman dedi. Ya'ni qatl qilib yuboraverish kerak deganida boyagi odam aytdiki, yo'q dedi. Meni halok qilma dedi. Men kofir bo'ldim dedi. Fir'avnidan ko'ra qattiqroq kofir bo'ldim dedi. Qo'yib yuborishga majbur bo'ldi. Ketdi hali odam. Hajjoz uni qonun to'ka olmaganiga ichiga o'ti bilan yonib qoldi. Bu dahshatli qatla onida mingdan ortiq haqiqiy mo'minlar qatl qilindi. Va bir qanchalari kofirlikni nisbatlab o'zlariga omon qolishdi. Said umid jubayirchi? Said umid jubayer oldida ikkita yo'l turganligini aniq bildi. Yo kofir bo'ldim deb tirik qoladi, yoki Hajjoz qatl qiladi. Uni zulmidan, tajovuzdan omon qolishiga uchun kofani tark qilib, Makkaga yaqin bo'lgan bir kichkina qishloqqa kirdi, mana shu yerda o'n yil yashadi.

[14:09] Ya'ni mana shu o'n yilni ichida Hajjozni bu qahri g'azabi, bu qalbi deyotgan o'ti, yongan o'ti o'tishligi kerak, lekin o'tishmadi. Hech kim kutmagan bir voqea sodir bo'ldi. Makkaga Banu Muayyaning amirlaridan yangi amir keldi. Xolidin Abdulloh al Qasriy. U amir bo'lib kelgandan keyin, Said ibn Jubayrni do'stlari kelib aytishdiki, ey ibn Jubayir, bu amirni yomonligidan hech qaysimizga omonlik yo'q. Agar sizni qayerdaligingizni bilsa, albatta sizga zarar yetkazadi. Bu o'lkalarni tark qiling dedi. Deganida Saiduniy Jubayr aytdiki, birinchi marta qochganligimdan Allohdaan hayo qilyapman dedi. Nima bo'lsa ham mana shu shaharda turishlikni qasd qildim. Alloh taoloni yozgani bo'ladi dedi. Haqiqatda bu yangi amir haqida odamlarni qilgan gumoni to'g'ri edi. Yaxshi odam emas edi. Saiduniy jubairni qayerda yashayotganligidan xabar topgandan keyin, uni tutib kelishiga uchun askarlarni yubordi. Askarlar shayxning uyiga bordi, chaqirishdi, do'stlarini birodarlari. Natijada tavba tazovur qilgan edik. Alloh taolodan duo, alloh taologa duo qilib, rohatni topdik.

[15:26] Uchalamiz ham allohdan shahidlikni so'rovdik. Alloh ikkita ulfatimga shahidlikni berdi. Endi men ham mana shahidni kutyapman dedi. Hali gapini tugatmasdan turib, ichkaridan kichkinagina qizcha chiqdi da, askarlar otasini qo'lini bog'lab olib ketayotganini ko'rib, otasini bo'yniga mahkam osilib yig'lab turib oldi. Otasini oxirgi marta ko'rayotganligi ma'lum bo'lib turibdi. Shunda bolasini rafiq bilan, yumshoqlik bilan o'zidan nari qildi da, aytdiki, qizim, onangizga salom ayting. Va aytingki, eng keyingi uchrashuvimiz, inshaalloh, jannatda bo'ladi dedi. Askarlar Hajjojni oldiga Saidulni Jubayrni olib ketishdi.

[16:09] Hajjojni o'rnida turar ekan, Saidulni Jubayerga qarab, qalbida bir jina adovati, kudurati to'la holda, isming nima dedi? Saidulni Juboyirman dedi. Deganida, balki shaqibni kursaydirsan dedi. Masxaralab. Meni onam dedi Saididdin Jubayr. Sendan ko'ra meni ismim yaxshiroq bo'ladi dedi. Ya'ni meni ismim shunaqa. Saididdin Jubayer dedi. Muhammad haqida nima deysan dedi hajjoj?

[16:38] Muhammadina Abdulloh sollallohu alayhi vasallam haqida aytyapsanmi deganida hajjoj ha dedi. Deganida odam bolalarning saidi tanlab olingan nabiy avvalgi oxirgi insonlarning eng afzali, risolatni ko'targan, an'anani ado qilgan, Alloh uchun, kitobi uchun, musulmon uchun nasihat qilgan kishi deb aytaman dedi. Abu Bakr, hali nima deysan dedi hajjoch? Saidul jubayr javob berdi. U Rasulullohning xalifasi siddiq, hamid holda ketgan, said holda yashagan, Rasulullohning manhajini o'zgartirmasdan, tamomiy ergashgan kishi.

[17:16] Umar haqida nima deysan dedi? U zot. Alloh Taolo uning qo'li bilan, haq bilan, botinni ajratgan eng yaxshi Alloh, Allohning eng yaxshi bandalaridan, Rasulullohning va Abu Bakrning sunnatida ketgan kishi, hamid holda yashagan, shahid holda ketgan deb tan olaman dedi. Usmon haqida nima dedingiz, hajjoj? U mashaqqat qo'shilib jihozlagan, ro'mol hovuzini kavlagan, o'zini nafsi uchun jannatdan uy sotib olgan, Rasulullohning ikki qiziga Allohning vahisi orqali nikohlangan kishi deb tan olaman dedi. Ali haqida nima deysan? U Rasululloh svetlaniyning amakivachchasi, eng birinchi islomga kirgan yosh yigit, Fotimai Zahroning kuyovi, jannat yigitlarining saidi Hasan va Husaynning otasi deb tan olaman dedi dedi.

[18:09] So'ngra Hajjo so'radi. Bani Umayyani xalifalaridan qaysini hissi senga yoqadi dedi. Saidul Jubayr Allohga ko'proq yoqqani yoqadi menga dedi. Qaysinisi Allohga ko'broq yoqadi dedi. Ichini ham, tashini ham bilgan Parvardigorim biladi ularni dedi. Ya'ni ularni ichini ham, tashi ni ham bilib turgan Allohga biladi qaysinisini yoqishligini o'zi gap. Deganda, men haqimda nima deysan dedi.

[18:33] Ya'ni zolim bo'lgan Hajjoz men haqimda nimada deysan dedi. Deganida aytdi, sen o'zingni kimligingni yaxshi bilasan dedi. Hajjoj aytdi, sendan eshitmoqchiman dedi. Mendan eshitadigan narsang seni xursand qilmaydi dedi. Saidun saidun jubayri aytdi, agar sen meni dunyoyimni fasod qilsang, men seni oxiratingni fasod qilaman. Hajjoj aytsdi, tolla dedi, qanaqa o'limda xohlaysan dedi. Qanday qilib o'ldiray dedi. Dodi, aytdi, ey hajjoz sen tanlasang dedi. Ya'ni meni qanday qilib o'dirsang, qiyomatda Alloh Taolo seni mana shunday qatl qiladi. Sen ixtiyor qil o'lim dedi. Seni avf qilishimizni xohlaysanmi dedi hajjoz.

[19:16] Saididdinni jubayrati, agar avf qilishlik Allohdan bo'lsa qabul qilaman. Sendan hech qanday avf ham kerak emas, sendan hech qanaqa uzr ham kerak emas menga dedi. Shunda hajjoz jallodga buyurdi. Jallod o'zini asboblarini ko'tarib keldi. Said ul jubayr qatl qilishligi aniq bo'lgandan keyin, hajjojga qarab turib, bir tabassum qilib qo'ydi. Nimaga tabassum qilyapsan?

[19:42] Said ul Jubayev javob berib aytdi. Alloh Taoloni senga bo'lgan halilligidan, seni esa Parvardigoringga jur'atingdan tabassum qilyapman dedi. Sen shunchalik Alloh Taologa jur'at qilib, isyon qilsang ham, Alloh Taolo senga halim bo'layotganligiga tabassum qilyapman dedi. Shunda jallodga buyurdi, buni qatl qildi dedi. Shunda Saidin ul Jubayt yuzini qiblariga qarab turib, vajjah tu vajihiy lilladee fath surau samalati val aro va hanifah va ma'anamin al moshinikin. Men haq yo'lga moyil bo'lgan xonimda yuzini osmonlar va yerni yaratgan Zotga qaratdim va men mushliklardan emasman dedi. Deganda hajjoj achchig'i kelib, yuzini qimladan teskari qilib qo'ylar dedi. Teskari qilib bo'lganda quyidagi oyatda o'qidi. Fainama tuvallu fatam ma vajibulloh. Bas qay tarafga yuz bursangiz, o'sha joy Allohning tarafidir dedi. G'azabi kelgan hajjoj yuzini yerga qaratinglar dedi. Yuzini yerga qaratganda minha xoloqnakun, vafiha noidukun va minha nuxrijukun tarato nuxro. Biz sizlarni yerdan yaratdik. Yana unga qaytaravermiz va qiyomat kuni sizlarni yana bir bor undan chiaravermiz degan oyatni o'qidi. U yoqqa ursa ham oyatni aytyapti.

[20:58] Bu yoqqa ursang ham oyatni ayatyapti. Yerga qaratsa ham oyatni ayetyapti. So'yinglar buni tez tez Allohnin dushmanini dedi Hajjoj. Allohni oyatlarini hujjat qiladigan bunaqa boshqa odamni ko'rmadim dedi. Saididdin Jubaynni qatl qilishdi. Qatl qilishlikdan avval bu zot qo'lini ko'kka ko'tarib shunday duo qildi. Parvardigoroh, mendan keyin hech kimni Hajjojni qo'liga topshirmagin dedi. Ya'ni hech kimni ustidan Hajjojni hokim qilmagin mendan keyin dedi.

[21:31] Saidni Jubayir qatl qilingandan o'n besh kun o'tib o'tmasdan Hajjojga bir kasal tegdi. Bu dardi og'irlashdi. Qattiq azobga, mashaqqatga qoldi. Ozgina dam olar edi, ko'proq vaqtdan mashaqqat o'tar edi. Ozgine ko'ziga ketib, orom olar edi, cho'chib uyg'onadi, qichqirar edi. Bu Saidni Jubayir meni kaketagimdan ushlab turibdi. Bu Saidni Jubayir mendan nima uchun meni o'ldirding deb so'rayapti. Yig'lar edi, aytardiki, men bilan Saididdin Jubaynni nima ishi bor? Meni undan nari qilinglar.

[22:03] Saididdin Jubayerni qatl qilib, hech qancha vaqt o'tmasdan, mana shunday bir mehnat mashaqqatni ichida Hadjoj ibn Yusuf ham vafot etdi. Mana shunday zolim bo'lgan Hadjoj ibn Yo'sufni ham hech kim islom tarixida kofir degan emas, fosil degan, haddan oshgan degan, zolim degan lekin kofir degan emas. Uni tuproqni tortib, yerga ko'mganlaridan keyin, ba'zi bir kishilar o'zlarining tushlarida ko'rishdi.

[22:33] Undan so'rashdi tushida. Ey Hajjoj, musulmonlarni qatl qilganliging uchun Alloh sen bilan qanday muomala qildi? Hajjoj aytdi, har bitta o'ldirilgan kishi uchun bir martadan Alloh qatl qildi meni. Har bitta o'ldirganimga bittadan qatl qildi, lekin Saidimni, Jubaynni o'ldirganimizga yetmish marta meni qatl qildi dedi. Alloh Subhanahu va Taolo bunday bir ulug' zotlarning hayotini o'qib o'rganib, ibratlanishlikni hammamizga nasib qilgan bo'lsin. Aqlu qavli, haydov, astag'firullohu alaykum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
