Maviza
—Qoralama18 daq

Tobe'inlar hayoti

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
18:22
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim, alhamdulillah assalat va salamun al rasulillah. Said ibn musayyib rohimahulloh. Mualliflar u kishi haqida shunday deyishadi. Ka'na said ibn musayyyib yufdiy va sahobat vahiya. Hali Madinay munavvarada sahobalar tirik turib, Said ibn musayyiib fatvo beradigan kishilardan.

Musulmonlarning amiri Abdulmalik ibn Marvon Baytullohni haj qilishlikni qasd qildi. Ikki Haram sharifni ziyoratini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ro'zayi sharifida u kishiga salom berib, ikki reka namoz o'qishlikni niyat qildi. Damashqdan Hijozga qarab, Madinaviy munavvara qarab ketib borar ekan, musulmonlarning amirini, Banu umayyaning umarolari, qavmining sayyidlari va davlatning bir kibor kishilari birla kuzatib hamrohligida bordi. Amir bilan ba'zi bir farzandlari, o'g'illardan bir qanchalari ham birga borishdi.

Ular Damashqdan Madinaga qarab ketib borishar ekan, qayerda to'xtashmasin ularga chodirlar tikildi, hamda Allohning dinida ilmlari chuqur bo'lishligi uchun ular uchun xos ilm majlislari uyushtirildi. Madinai munavvaraga yetib borishligi bilan musulmonlarning amiri Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni qabrini ziyorat qildi. Ikki rakat namoz o'qidi, Rasulullohga salom berdi, hamda Madinada imkoni boricha uzoqroq turishlik qasdida bo'ldi. Amirul al mo'minining asosiy e'tibori, u kishi bir qattiq e'tibor qilgan narsa, payg'ambarimning masjididagi ilm xalaqalari edi. Chunki u davrda ulug' tavabiyinlardan Said bin Musayevning bir halqasi bir joyda dars qilar edi. O'rvatovning Zubay rohimahullohga quloq solayotgan talabalarning halqasi alohida bir joyda dars qular edi. Abdullohevning ataba va bir qancha ulug' tavabiyimlar majlislar qilar ekan, masjid mana shu ilm majlislari bilan obod bo'lar edi.

Madinada turgan kunlarni birida Xalifa Qaylulla vaqtida uyg'onib ketdi. Ana shu qaylo'lasidan bevaqt uyg'onib ketdi da, xizmatkorga ey Maysara dedi. Labbay amir al mo'miniy. Rasulullohning masjidiga bordim. Ana shu joyda ulamolardan birortasi bo'lsa, bizga hamsuhbat bo'lishligi uchun chaqirib keldi. Amirni buyrug'ini shoshganicha bu Maysara bajargani chiqdi. Payg'ambarimizni masjidiga kirib, tezda bir ko'zini yirtiruvdi, bittagina halqa turar edi. Bir jamoat odam o'tirar edi. Ularning oqsoqoli shayxi oltmish dan o'tgan bir kishi edi. U kishida ulamolardagi bir soddalik, haybat va viqor bor edi. Odamlar to'plamga o'tirgan halqaga borib turib, mana shu halqaga yaqin kelib turib, shayxga bir barmog'i bilan ishora qilib, bu yoqqa qarang deganday qildi.

Bu dars berayotgan shayx haligi kishiga qaradi da, e'tibor qilmadi. So'ngra yaqinroq oldiga borib turib, meni ishora qil ekanmi, ko'rmadingizmi dedi. Haligi shayx aytdi, men menga ishora qildingizmi? Ha, sizga ishora qildim. Nima hojatingiz bor deb so'radi shayx. Majlislari javob berdi. Amiral mo'miniy uyqusdan uyg'onib ketdi.

Menga payg'ambarimizni masjidiga borib, menga hamsuhbat bo'ladigan biror bir kishini chaqirib kel dedi. Deganida boyagi shayx men xalifani hamsuhbatlaridan emasman dedi. Maysara aytdiki, lekin birov bilan suhbatlashgisi kelyapti. Yuring men bilan degan edi. Shayx aytdi, kim bir narsani xohlasa, istasa, o'zi boradi oldiga dedi.

Undan tashqari, masjid keng dedi. Agar amir kelsa, bu xalqqa da, bu majlisda u kishiga ham joy topiladi dedi. Kelsin, unga gapiramiz, lekin biz bormaymiz oldiga dedi. Boyagi xizmatchi Maysara xalifani oldiga qaytib bordi. Borib turib, masjidga borib, bor yo'g'i bitta xalqa borligini topdim. Undagi shayxga borib turib, Amirali Mo'miniyning uyqusidan uyg'onib ketdi. Menga masjidga bor, menga ham shuhrat bo'ladigan odamni chaqirib kel, dedi, deb aytsam, u yerda o'tirgan shayx o'zi bu tamomiy xotirjamlik bilan masjid keng. Agar kelsa, gapiramiz, lekin biz oldiga bormaymiz dedi. Shunda Abdulmalik Umid Marvon uf tortdi da, o'rnidan turib kirib ketyapti. Bu dedi, sayrini Musayyab bo'lsa kerak dedi. Qaniydi unga bormaganingda yu, qaniydi shu gapni gapirmaganingda dedi. Shu gapni gapirib ichkariga kirib ketayotganda, xalifani o'g'illaridan kichigi, kattasiga aytdiki, bu dedi, amiral mu'minni oldida turishingdan bosh tortib, o'zini katta tutayotgan. Amirni majlisida hozir bo'lishni xohlamaykan, kim ekan bu odam dedi.

Axir amirul mo'mininga butun dunyo bosh eggan bo'lsa, rum podshohlari ham xabarlanib turgan bo'lsa. Kim ekan bu o'zini katta ola degan dedi. Shunda Xalifani katta o'g'li kichkiga javob berdi. Bu odam dedi, seni ining Validul Abdulmalikka qizini so'rab, otamizni sovchi qo'yganida, qizini bermagan dedi.

Ya'ni bu shunday Said Musayev shunday odamki, Xalifa o'g'liga qizini so'rab borsa, bermadi. Shunda kishiga hayron bo'ladi, aytdiki, bu qanaqa odam ekan dedi. Validimni Abdulmalikka qizini bermadimi? Validimni Abdurmallikdan ko'ra ustunroq joyini topib berdimikin? Lekin hech bo'lmasa manzilatda, hurmatda bizni inimizga o'xshagan odamga berdimikin dedi.

Katta aka aytdi, yo'q dedi. Men dedi, undan xabarim yo'q dedi. Uni bilmayman dedi. Shunda bu ikki akani suhbatini eshitib turgan Madinalik kishilardan biri aytdiki, ey amirlar, agar ruxsat bersanglar, dedi, sizlarni savolinglarga men javob beraman, dedi. Aytadi, ha, qizini berdi, deydi. Madinalik oddiy bir insonga. Abu Vado ismli yigitga berdi, dedi. Abu Vado meni bir devor qo'shnim, dedi. Xohlasanglar, qanday qilib uylanganligini aytib beraman, dedi. Ikkala aka uka bu Madinalik kishini suhbatiga so'ziga quloq solishdi. Endi bu Madinalik kishi Abu Vodoni tilidan hikoya qiladi. Abu Vodoni shunday deydi: men Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidida ilm talabida Saidinni Musayyabni majlisida hech qachon qolmas edim. Doim Saidin Musayyabni masjidida o'tirardim. Bir necha kun masjidga borolmay qolganimda Saidin Musayyat meni yo'qligimni bilibdi da, men haqimda so'rabdi. Kasal bo'lib qoldi shekilli yoki biror ish bilan ovora bo'ldi deb yaxshi gumon qildi. Bir necha kun o'tgandan keyin masjidga keldim, o'tirdim, salomlashdim. Dars tugaganidan keyin turib ketayapsan, ushlab qoldim. Said Musayev so'radi Abu Vododan. E Abu Vodo, nima bo'ldi sizga dedi. Bir nechagina yo'q bo'lib ketdingiz.

Ayolim vafot qildi. Shuni dafn bilan ovora bo'm dedim. Saidu Musayev aytdi, ey Abu Vodoo, bizga xabar qilmabsiz da. Biz sizga mana shu musibatingizni yoningizda turar edik, janozasini o'g'rdik, dafnidir sizga ko'maklashardik. Abu Vodoo aytdi, Alloh sizdan rozi bo'lsin dedi. Turib ketmoqchi bo'lganimda ushlab qoldi. So'ngra aytdiki, uylanishlik haqida o'ylab ko'rmadingizmi Abu Vodoo dedi. Alloh sizdan rahmat qilsin. Kim ham menga qizimni berar edi, yetim o'sgan bo'lsin. Faqir bo'lsam, qo'limda ikki yoshidir ham pulim bo'lsa, kim ham menga qizini berardi dedi. Deganda Saididdin Musayev men beraman qizimni dedi.

Abu Vodoo aytadi, nima deyishniki bilmasdan tilim qotib qoldi. Meni holimni ko'rib turib, ahvolimni bilib turib, qizingizni nikohlab bera olasizmi degan edi, ha dedi. Chunki bizni uyimizga qizimizni qo'lini so'rab, biz uni dinidan, axloqidan rozi bo'ladigan kishi kelsa, albatta unga nikohlab beramiz dedi. Dedilar. Ana shu ikkalasi o'tirgan joyda majlisni namdarog'ida turgan uchtata odamni chaqirtirdi. Kelib o'tirishdi. Mana shu joyni o'zida Saidul Musayev xalifani o'g'liga bermagan qizini bir necha odamlarni guvohligida nikohlab berdi. Mahriga ikkidir ham pul belgiladi.

Nikohda o'quv bo'ldi, mahdi belgilab bo'ldi. U kishi aytadi, dahshatdan va xursandchilikdan qayoqqa ketayotganimni bilmadim deydi. Uyimga qarab ketib borardim, shu kuni ro'zador edim. Uyiga borib ro'zadorligim ham esimdan chiqib qoldi. O'zimga o'zim, esingga voy bo'lsang vodoo, nima qilyapsan? Kimga xaridor bo'lding? Kimdan qarz olasan? Mushkulingni endi qanday hal qilasan deb xijolat bo'lib turdim. Shom paytiga shunday bir holatda turdimki, shom namozini aytgandan keyin, namozni o'qib bo'lib, dasturxonimdagi yog' va nonidan boshqa narsa yo'q edi dasturxonimizda, shu bilan iftor qilishlikka o'tirdim. Shom paytida og'iz ochilganda eshik taqilladi. Kim u deb so'rasa, sayyidman dedi.

Abu vado aytadi madinada yashaydigan sayyid ismli kishilarni hammasi hayolimdan o'tdi deydi. Allohga qasam, lekin saidimni musayyab bo'lishiga hayolimga kelmadi deydi. Chunki saidimni musayyyab qirq yildan beri masjid bilan uyini o'rtasidan boshqa joyda ko'rilmagan edi. Yo uyiga ketayotgani ko'rilardi, yo masjidga ketayotgani, ko'chada bekordan yurmasdi da. Shuning uchun madinadagi hamma said hayolimdan o'tdi, qaysi said ekan deb. Lekin saidimni mustaqillatib degan hayolimga kelmadim deydi. Eshikni olsam, saidimni musayiyab turibdi.

Shunda xijolat bo'lib, ey abo muhammad, agar buyursangiz men sizni oldingizga borardim dedi. U kishi javob berdi yo'q, biz sizni oldingizda kelishlikka haqqimiz dedi. Ichkariga kiring deganda yo'q dedi. Men bir ish bilan keldim dedi. Nima ish, Alloh sizga rahmat qilsin deganida, Allohning shariat bilan bugun meni qizim sizning ayolingizga aylandi. Sizni mana shu vahshatingizda, sizga hamroh bo'ladigan odam yo'qligini uyingizda bilaman dedi. Shunday holatda siz uyingizda yolg'iz tunab, ayolingiz boshqa joyda alohida tunashligini xohlamadim deganda, abu vodo a, menga voy bosin dedi. Olib keldingizmi qizingizni dedi. Ha dedi. Yon boshida turadi deydi. Shunda qiziga qarab turib, ey qizim, Allohning ismi va barakati bilan kuyovingizni uyiga kiring dedi. Qizi hayoti qattiqligidan oson oqlab kelyotib, etagini bosib, yiqilib shu yerlikka sal qoldi.

Qizini topshirdi ku yo bolaga, ketdi. Bizni o'lchovlarimiz qanchalik ketib qolgan qaranglar. Bu ummatni chiroqlari bo'lgan, yulduzlari bo'lgan kishilar qanday boshlagan hayotda? Bu ummatni boshi qanday bo'lgan? Dunyodan behojab bo'lgan. Xalifani o'g'liga so'rab kelsa, bermay ekan qizini, ikkidir ham, uchidir ham puli bor yigitga olib borib nikohlik bergani hayo qilmayapti. Aytyapti o'lchovda. Bizni uyimizga, bizni qizimizni qo'lini so'rab, biz uni dinidan, axloqidan rozi bo'ladigan odam kelsa, albatta beramiz, chunki meni bo'ynimda omonat. Qizim meni bo'ynumda omonat deydi. Ana shu o'lchovlarni noto'g'riligidan dunyosiga yoki qandaydir boshqa narsasiga qiziqib turib berib, ajrashib kelayotgan ko'p qizlarni, kelinlarni guvohi bo'lyapmiz.

Surishtirib kelsangiz, o'lchov noto'g'ri bo'lgan. Rasulullohu vassalom Fotimai Zahroni Ali roziyallohimga nikohlik berganda eslaylik. Abu Bakr sovchi qo'ydi, Rasululloh indamadi. Umar sovchi qo'di, Rasululloh innamadi. Shunda, e ali, yigirma ikki yigirma uch ga kirgan bola. A siz sovchi qo'maysizmi? Dedi. Ha, menga berarmikin? O, Abu Bakr, Umarlarga bemalol desa, nimaga bermaydi? Axir siz birinchi iymon keltirgan yosh yigitsiz. Birinchi o'lchov. Qo'lidagi dunyosi yo'q. Rosulullohni qarindoshisiz, eng yaqin sohibalardansiz. Borib Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kirib, Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam huzuriga kirib o'tirdi da, shu gapirgani xijolatib o'zi sovchi bo'lib keldi. Rasulullohni qiziga, Fotimai Zahroga.

Nima hojatingiz bor, gapiring deganida, Rasulullohni quzi haqida o'ylagandim dedi. Boshqa gapni gapira olmadim. Payg'ambarimiz xush kelibsiz, safo kelibsiz dedi. Shu bilan tugadi. Tashqariga chiqdi, hamma sahobalar qarab turishibdi, qarang nima bo'ldi, nima bo'ldiy desa, bilmayman nima bo'lganini. Keldim, xush kelibsaz, safo kelibdi dedi, muborak bo'lsin, bundan oshsak gapni kelay yo'q sizga dedi. Bir necha kun o'tdi, Rasulullohdan ham javob bo'lmadi. Ali roziyalloh ichi yonib turibdi. Payg'ambarimiz o'yida turganida eshittirib turib, sahobalarga, Payg'ambarimizni eshittirib, kecha Rasulullohning qizini so'rovdim. Rasululloh xush kelibsiz dedi, lekin uylangani hech narsam yo'q deb qo'ydi. Payg'ambarim eshitdim, nimangiz bor dedi. Rasululloh hech narsamyo'q dedi. Men hadya qilgan xudto miya, savtiz qani dedi. Olib keldi, shuni sotdi, mahalga belgilandi. Payg'ambarimiz ikki kilo hurmat olib kelib qo'ydi. Banu Hoshinni yig'di, hukmni o'qidi, nikohlab berdi, shu bilan kvartiraga olib chiqib qo'ydi da.

Endi Abu Vodiy o'zi yakka qoldi kelin bilan. Uyini tuya qolsin ko'tarilib, qo'shnilari chaqiraydi, bu yoqqa qaranglar dedi. Qo'shnilar chiqishdi. Aytuvdiki, bugun kunduzi Saidul Musayev Payg'ambarimni masjidida ikki dirhamga nikohlab berdi menga. Endi hozir qo'yib ketdi. Yonida turib turinglar, men onamni chaqirib kelay, onam uzoqroqda yashardi desa, qo'shnilardan bo'lgan bir kampir aytdiki, yo'q buvada, sizga voy bo'lsa, nimada ekaningizni bilyapsizmi dedi.

Xalifani o'g'liga bermagan qizini sizga ikkita hamga nikohlarga uyingizga atab berdimi? Ishonmasanglar kirib qaranglar dedi. Kirishuvdi haqiqatan Saidovni, Musayevni qizi edi. Onasini chaqirgani ketdi. Qo'shnilari yolg'iz qoldirmasdan ayollar birga turishdi, kelin bilan. Onasi keldi, kelindi ko'rgandan keyin aytdiki, seni yuzing men yuzimga xoram dedi, o'g'liga. Uch kun kelini menga qo'yib berasan dedi. Ya'ni mana shu ishni qiladi, bu seni yuzing meni yuzimga xonam degani, men aytgan ishni albatta qilasan degan ma'noda.

Eng karima ayollarni bezab ziynatlab kuyovga uzatgandek, men senga bir bezab ziynati bergunimcha uch kun sabr qilib tur dedi. Onasini aytgani qildi, uch kundan keyin xushbo'ylab, ziynatlab, kelinni kuyovni qo'liga topshirdi. Abu Vodo kelinga qararkan, Madinadagi eng go'zal ayollardan biri ekanligini ko'rdi. Qur'onni hibs qilgan, yodlagan, Payg'ambarimizni hadisni rivoyat qilishligini bilgan, hamda erini haqqini eng yaxshi taniydigan ayollardan bittasi edi.

Bir necha kun kuyov kelin turdi, otasi ham, boshqa hech kim ham ziyorat qilmadi. O'zlari bo'lishdi. So'ngra bir necha kundan keyin shayxning qaynotasining majlisiga borib yana o'tirib salom berdi, salomga alik oldi. Majlis tugab, hamma tarqagandan keyin qaynota bilan kuyov o'tiribdi. Qaynota kuyovdan so'rayapti: ayolingizni ahvoli qanday, dedi? Deganida, ayolim, dedi, do'stlar havas qiladigan, dushmanlar hasad qiladigan holatda, dedi. Deganda, alhamdulillah, dedi. Uyimga qaytib borsam, Saidul Musayyab juda bir katta molni yoqamizdan yuboribdi, deydi.

Uyimizga xardor bo'lib kelgan odamni yoki biz birovga xardor bo'ma bor ekan, bo'lsak qiziga, birinchi dini turishlik kerak ekan. Albatta dindor bo'lib turib, ham chiroyli bo'lsa, ham nasib nasab bo'lib, baland bo'lsa, ha boy bo'lsa yaxshi. Lekin birinchi o'rinda nima turar ekan? Dini turar ekan. Bu xalifani ikkala o'g'li bu qizlarni eshitib turib aytishdiki, rostini tark qilib, voqelikni o'ziga ham, oilasiga ham sotib olgan ekan.

Ollohga qasam, Amirul Mu'minining o'g'liga qizini bermasdan baxillik qilmabdi. Balki qizini dunyo fitnasiga, boylik fitnasiga tashlashlikni xohlamabdi. Keyinchalik Said bin Musayyabni hamrohlari aytishdi, nimaga sen? Xalifaga qizingizni berishlikni xohlamasdan, oddiy bir kambag'al musulmonga berding deganda aytdi. Meni qizim meni bo'ynimdagi omonat. Nima ish qilgan bo'lsam, qizimni salohiyati, foydasi uchun qildim. Agar men Xalifaga berganimda, nima bo'lardi, bilasizlarmi? Banu Mayyaning qasriga borsa, u yerdagi asoslarni qimmatligini, qimmatbaho kiyimlarni ko'rsa, o'ng tomonida ham, chap tomonida ham xizmatkorlar tursa, o'zini Xalifaning xotini ekanligini o'ylab turib, dinida fitnaga uchrashingiz mumkin emasmi dedi. Sholik kishilardan biri buni eshittirib aytdiki, haqiqatan bu kishi odamlar orasidagi nodir bir gavhar ekan dedi. Madinalik kishi ayni haq so'zni aytdingiz dedi. Chunki u kunduzda ro'zador, tunlari bedor o'tadigan, qirq marta umrida haj qilgan kishi bu dedi.

Bu kishi Payg'ambarimizni masjida qirq yil takbirul ulug' odam qolmagan ekan. Va hech qachon namozda oldida safda turgan odamni kuragiga qaramagan ekan. Chunki doim birin safda turgan ekan, qirq yil. U kishi kimga kuyov edi o'zi? Madinani xohlagan ayollari inkohe qilinishi mumkin bo'lgan saidul musayyib abu hurayra roziyallohu anhuni qizini dan hech kim ustun qo'ymagan edi. U kishini qaynotasi abu hurayra roziyallohu anhun edi. Taqiq u kishi o'zini yoshlik chog'idan ilmga bag'ishlagan kishilardan edi.

U kishi bir kalimani doimiy suratini takrorlab yuradi, go'yoki u uchun shior edi. Bandalar o'zlarining nafslarini allohning toati bilan aziz qiladilar va robbilarga osunlik bo'lishi bilan nafslarini xor qiladilar. Mana shior. Inson dunyoda azizlikni xohlasa, farqi yo'q, erkak ayol, boy kambag'al, katta kichik. Allohni to otida tursin, aziz bo'laveradi. Agar xor bo'lishligini xohlasa, alloh taologa, ma siyatda davomi bo'lsin.

Alloh subhanah va taolo bularni hayotlarini o'qib, ibratlanishligini hammamizga nasib qilsin. Aqli qovli hayot avaz ta'rifullohi alayhi va bera'kum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashTobe'inlar hayoti