Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbilar amin. Va ala aqibatu li muttaqin. Vassalat va assalomu alayhi sayyidina muhammad as sodiq al va'dil amin. Va alal alihi va ashabihi ajma'in. Mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.
Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun o'ttiz yettinchisi. Ijtimoiy tarbiya, haqlar, bugun do'st haqi. Shu aslida suhbat qilgan bo'lamiz. Biz mana shu ijtimoiytarbiya bobida haqlarini bahs qildik. Ota ona haqqi, qarindoshlar haqqi, qo'shni haqqi, muallim haqqi haqida suhbat qildik. O'tgan darsimizda muallimlarni hurmati, olimlarni, ahli ilmlarga bo'lgan munosabatni bahs qilgan bo'ldik. Bugun inshaalloh Allohning marhamati, fazli bilan do'st haqqi xususida bahs qilamiz.
Farzandni hayotidagi eng muhim va xatarli nuqta bu do'st. Do'st tanlash. Meni kim ekanimni so'rama. Meni do'stim kim ekanligini so'ra. Biz hammamiz bilgan hikmatda boshqacha variant. Do'stingni kimligini menga ayt, men seni kimligingni aytib beraman degan so'zni yana bir ko'rinishi. Meni kimligimni so'rama, meni do'stlarim kimligini so'ra.
Bu bolaga bo'lmaydi. Farzand uchun hayotini avvalida unga eng muhim bo'lgan, xatarli bo'lgan nuqta bu do'st tanlashligi. Mana shu bir ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yosh bola o'rganadigan, atrofdan o'rganadigon narsaning oltmish foizini o'zini do'stlaridan o'rganadi. Qarang, aka ukasidan emas, ota onasidan emas, do'stlaridan o'rganadi. Oltmish foiz o'rganadigan narsasini. Shuning uchun ota onalar farzandlarini kimlar bilan do'st tutayotganligiga qattiq e'tibor berishliklari kerak. Ular mana shu mas'uliyatni his qilishligi kerak. So'rasin, surishtirsin, kim savol bersin, aniqlasin. Aks holda, yomon do'stlarga agar ulfat bo'lib qolsa, haqdan adashishiga, noto'g'ri yo'llarga kirishiga, gunohmasiyatga botishiga va alal oqibat halokatiga sabab bo'lishi mumkin.
Chunki juda ko'p yoshlarni deymizmi, kattalarni deymiz mi, farqi yo'q. Juda ko'pchilikni boshiga tushib qolgan musibatlarni sinchiklab o'rganib chiqsangiz, aksariyatini sababi yomon ulfatlarga borib taqaladi. Sigaret chekishni qayerdan o'rganadi? Ko'chadan o'rganadi. So'kinishni qayerdan o'rganadi? Ko'chadan o'lganadi. Xolos urishtirishni qayerdan o'rganadi, kompyuter o'ynashni chi? Qaranglarda, farzandingizda qanaqa bir sizga yoqmaydigan salbiy sifat bo'lsa, yaxshilab tekshirsangiz, uni albatta ko'chadan o'tgan. Aytganmiz, farzandni qalbini, aqlini bo'sh vaqtini siz foydali narsa bilan to'ldirib qo'ymasangiz, u vaqt bo'sh qolmaydi.
U vaqtni albatta egallab qo'yishadi. Uni aqlidagi, qalbidagi bo'sh joyni albatta to'ldirib qo'yishad. Kimlar? Ulfatlar. Ko'chadagilar. Endi mana shomdagi katta majlisniy imomlardan biri aytadi, buni avval ham aytganmiz. Bir yosh yigit bor edi, darslarga bir tez qatnab turadigan, doim darslarda qoldirmay, birinchi satda o'tiradigan yigit edi. Birdaniga yo'q bo'lib qoldi. So'rab surishtirsa, qamalib qolibdi. Masjidga keladigan, darsni eshitadigan bola qamalib qoldi. Nimaga qamalibdi? O'g'rilarni to'dasiga qo'shilib qolgan. O'g'rilar bilan ulfat bo'lib qolgan.
Ular bir uyda o'margan. Bu bola o'g'irlikka qatnashmagan qo'li bilan. Ammo ko'chada qarab turgan. O'g'. Bu o'g'rilarning to'dasi ushlanib, so'roq qilinganda, bu bolani ham ataytirilgan, shu bilan qamoqqa kirib ketgan. Ya'ni siz, siz farzandingizga halol luqma egizib, yaxshi tarbiya berib, domlalarni majlislarga olib borib qo'ysangiz u, ammo ko'chadagi ulfatlarini nazorat qila olmasangiz, aytdik, oltmish foiz narsani kimdan o'rganadi? Ko'chadagilardan o'rganadi.
Shuning uchun farzandlarimiz kimlar bilan do'st bo'layotganligini yaxshilab tekshirib chiqishligimiz kerak. Yaxshi ulfat, yaxshi do'st, mushka, anbar sotadigan attorga o'xshaydi. Yomon ulfat, yomon do'st, temirchini bosqoniga dam orodigan odamga o'xshlaydi. Farzandga endi do'stni ham biz tanlab beramizmi degan savol keldimi kalilarga? Endi nima qilamiz? Ko'chadan o'zi topib olar ekanda. Nimaga topib oladi? Chunki siz o'sha do'stni topib bera olmadingiz. Aytdik, siz berolmagan narsani ko'chadan albatta oladi. U bo'sh joy, bo'sh qolmaydi. Farzandingizni o'zingiz bilan yetalab yuring ancha muncha. Ulfatlar uyiga borganda, do'stlar uyiga borgunda, billa borsin, bolalar bilan o'ynasin. Tanishsin, do'stlashsin. Chunki siz ham tarbiyalayapsiz bolangizni islomiy tarbiya bilan, u birodaringiz ham islomiy tarbiya beryapti. Ko'rsin, tanishsin, mana shu yo'l bilan ularga chiroyli yo'l tanlab berishni imkoniyati bor. Va Allohga agar musulmonlar mana shu masalada farzandlarini do'st tanlashida bir ikkinchisiga yordam bermasa, bu katta mushkula bo'ladi. Oqibati ayanchli bo'ladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mafalul jaleysi solih va su'k kaha'mi ila il miski va nafi xil kir. Bu hadis murodalar Imom Buxoriy va Muslimdan keltirilgan. Abu Muso ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. Rasululloh aytadilar, yaxshi suhbatdosh bilan, yomon suhbatdoshning misoli xuddi mushki atir ko'taruvchi bilan temir bosqonini purkovchiga o'xshaydi. Ya'ni bitta odam atir sotadi, bo'yniga kelib olib, bittasi o'sha temirchini bosqonini shu nima qiladi, dam urib turadi.
Mushki ambar ko'targan odamni oldiga kelsangiz, agar pulingiz bo'lsa, sotib olib foydalanasiz undan. Agar pulingiz bo'lmasa, eng kamida hali atirlarni hidi burningizga uradi da, yoqadi sizga. Eng kamida hidlarni mazza qilasiz. Ammo, boyagi temirchini bosqoniga dam uradigan, bosqonga dam uradigan odam, yoniga kelib tegib ketsangiz, kiyimingizni qora qiladi. Agar kiyimingizni tegizmasdan o'tib ketsangiz va bu hidi qalbingizga yoqmaydi.
Bu nozik tashbehni ko'ring. Kishi. Do'stlarini o'zgartirishi bilan o'zini o'zgartirdi. Agar yomon do'stlarni yaxshi do'stlarga almashtirsa, yaxshilikka qarab o'zgaradi. Agar yaxshi do'smlarni yomonlarga almashtirsak, yomonlikka qarab o'rganadi. Ana bitta yo'li ekan a tuzalishda. Farzand kimlar bilan do'stlashdi? Bundan xabardor bo'lishlik kerak. Hozir aytib o'tdik, oltmish foiz o'rganadigan narsasini bola ko'chadan, do'stlaridan o'rganadi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Dovuddan keltirilgan hadis. Abu G'urur roziyallohu anhudan. Qola nabiyu sollallohu alalayhi vasallam al mar'u ala diniy xalilihi, pal yondur ahadukum man yuxalil.
Kishi do'stining dinida bo'ladi. Hozir aytdik ku, do'stlarni yaxshilarga almashtirsangiz, demak yaxshi bo'lasiz. Diningiz yaxshi bo'ladi. Kishi do'stoni dinida bo'lada. Sizlardan bittanglar kim bilan do'st bo'lar ekanini bir qarab qo'ysin dedi. Kim bilan do'stsiz? Siz o'shalarni bittasisiz. Ayrim so'fiylar aytar ekan, xoli senga Allohnı eslatmaydigan, so'zi seni Allohga dalolat qilmaydigan kishini do'st tutmagin. Qaytaramiz? Xoli senga Allohnı eslatmaydigan, so'zi, seni Allohga dalolat qilmaydigan kishini do'st tutmagin.
Ko'rdingiz, Alloh esiga kelsin. Suhbatlashib o'tirdingiz, iymoningiz ziyoda bo'lsin. Agar aqlli inson bo'lsa, holi ham, so'zi ham undan yaxshiroq odamlar bilan do'st bo'lishlikka harakat qilishligi kerak. Chunki yaxshi jamoatga qo'shilsangiz, yuksalasiz. Yomon jamoatga qolib qolsangiz, paseyasiz.
Ixtiyor qilish kimni qo'lida ekan? Endi nima qilay endi, birga katta bo'lganmiz da endi. Qanaqa tashlab chiqib ketaman bo'lib, tashlab chiqilib ketasiz, birodar. Ma'siyatdan chiqishni xohlamayapti. Ibodatga yurishni pokiniydi, xohlamayaptimi? Gunohida turib olyapti, nasihat qildingiz, hikmat bilan yo'l tutdingiz, domlani olib keldingiz bir ikki marta, majlis unamayaptimi? Endi tark qilasiz. Endi tark qilassiz. Chunki shunda ham birga borib yuborishlik, sizni ham o'shalardan bitta o'shalarni bittasi ekanligingizni belgisi bo'ladi.
Xo'p, sendan holi va so'zi oliy bo'lgan odam bilan do'st bo'l. E qayerdan bilamiz uni so'zi bilan holini oliy ekanligini? Uni belgisi shuki, u bilan birga bo'lganingda qalbing xotirjam bo'ladi. Uni oldidan turib ketging kelmaydi. Uni suhbatida xotirjamligini his qilasan. Mana shu odamni holi ham, so'zi ham sendan oliy ekan. Gaplashib o'tirsang, qalbing taskin topadi, joning orom oladi, turib ketging kelmaydi.
Endi bir xilgi majlislarga kirib qolamiz, shu tezroq tugasa da, tezroq shu ochdi bersa yu, nima qilsak, turib kelsa, yuraging siqilib ketadi. Katta katta odamlar gapirayotgan gapini eshitib turib. Demak bu odam yaxshi odam emas. Modomiki uni suhbatidan beziyapsizmi? Modomiki tezroq turib ketay deyapsizmi? Demak yaxshi odammas bu. Xolingni yuksalishiga, ilmingni ziyoda bo'lishiga sabab bo'ladigan insonni do'st ku. Do'st birodarlar, farzandlarimizni eng asosiy ehtiyojlardan bittasi. Siz bir yil ertalab yurasiz, ikki yil ertalablaysiz, lekin bolangiz ulg'ayar, unga do'st ulfat kerak.
Bolasi bilan safar qiladi ota, albatta bu yaxshi. Ammo o'zini teng tushlari bo'lsa shu safarda, haligilar bilan ko'proq yayraydi. Chunki siz bilan bolangiz o'rtasida o'ttiz yil, qirq yil farq bo'lishligi mumkin. Shuning uchun do'st albatta kerak. Ijtimoiy uni talabi, do'stsiz uni hayoti yaxshi bo'lmaydi. Shuning uchunga Ali ibn Abid olim aytadilar, farzandlaringizni tarbiya qilinglar. Ularga odob beringlar. Diqqat. Bas ular sizlarning zamoningizdan boshqa zamon uchun yaralganlar.
Ya'ni, men seni yoshingda manaqa edim demanglar. Chunki sizlarda zamoninglar boshqa edi. Hozir boshqa zamonda. Ayni sizdaqa bo'lishini talab qilmang. Sizdaqa bo'maydi, chunki davr boshqa, zamon boshqa. Unda nima qilamiz? Unda nimani talab qilamiz ulardan? Ulardan axloqli bo'lishligini, yaxshi do'stlarni o'ziga ulfat qilishligini, musulmon kishilar bilan birga bo'lishligini talab qiling.
Bizni davrimizda deb boshlanadi yu. Ha, yaxshi, sizni davringizda gapirganingiz. Ammo hozir boshqa davr. Bugungi darsimiz birodarlar mavzusi shu. Do'st tanlash. Farzand kim bilan nufatchilik qiladi? Nimalarga qiziqadi? Nimalarni yoqtirmaydi? U farzandingni o'rtoqlari, do'stlari, ota onasi kim? Ular nima bilan shug'ullanadi? Bu bolani nima bilan boqqan? Shu narsa bilan qiziqishimiz kerak. Ey, kimlar bilan yuribsan? Kim? Kecha yoningda turgan odam deysiz. Boshinami, jo'rami? Masalan, kim farzandini, hamma jo'ralarni taniydi. Bitta ikkitasi emas, hammasini.
Endi ota onalar nima bilan shug'ullan deb so'ramay qo'yavering. Qarang, bu tarbiyani bir muhim nuqtasi. Chunki qarang, uyingizni zo'r tarbiya berishingiz mumkin. Oilangiz islomiy bo'lishi mumkin, oilangiz zo'r bo'lishi mumkan. Agar ulfatlari chatoq bo'lsa chi, farzandni shular tortib ketib qoladi. Ko'rasizlar u, bir tuzuk odamlarda bolalarini problemaga kirib olganligini. Muammoga kirib qolganini, ota onasiga qarab turib, bu bolasi hech qachon bunaqa bo'lmasligi kerak deysiz. Lekin qayoqdan shunaqa bo'lib qoldi? Shuning uchun qaytarib aytyapmiz, birodarlar, bu yengil mavzu emas. Bu yengil mavzu emas.
E, u oshnasini kimligi, ota onasini surishtirish emas. Hozir o'zi bolasini ham biroq. Ha, o'zi o'zi xohlaganidek kontrol qila olmayapti. Ey, qayerda yurasan ey? Yarim kechasi kelasan. Ha yuribman da, oshnalarim uchun, somon. Yaxshi do'st birodarlar yaxshilik etaylik da. Yomon do'st yomonlik etaylik da. Mana Qur'ondagi bir qancha oyatlarni o'qiymiz, qorin haqidagi. Qorin kim edi? Qorun, Muso alayhissalomning qavmidan bo'lgan odam edi, juda katta boy edi. Shu darajada boy ediki, ya'ni xazinalar bekitilgan xonalarning kalitlarini ko'tarib yurgani, uch to'rtta quvvatli odam qiynalardi.
Alloh Taolo aytadi. Astaydu billah, innna qorun aka namin qavmi musa, fabaho alayhim. Albatta Qorun o'zi Muso qavmidan edi. Bas u qavmdoshlariga kibra havo qildi. Biz unga xazina dafinalardan kalitlarini ko'tarib yurishning o'zi kuch quvvat egalari bo'lgan bir jamoatga og'irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. Shunaqa boy bo'lgan.
O'shanda qavmdoshilar unga hovliqib ketdi, kibra havo quldi. Qavmdoshlarni ichidagi solihlari unga nasihat qildi. La tafro. Xoliqman. Chunki Alloh xoliqma kimsalarni suymas. Birinchi nasihati xoliqma. Va Alloh senga ato etgan moli davlat bilan avvalo oxirat obodligini istagin. Ikkinchisi, oxiratga sarflay. Nasibangni ham dunyodan unutma. Ya'ni dunyodagi nasibang nima? Ikki metr kapan. Esingdan chiqmasin dunyodan olib chiqib ketadigan narsangni, xor uxma.
Alloh senga ehson qilgani kabi, Allohni bandalariga sen ham ehson qil. To'rtinchisi. Beshinchisi, buzg'unchilik qilishga urinma. Solih kishilar o'zini qomidan bo'lgan qorinni ko'rganida, unga qilgan nasihatini ko'ring. Bir yashaysan, qorin. Qanaqa kayf qilib qoldi. Bir marta kelamiz bu hayotga deyaptimi?
Yaxshi, do'stlar yaxshi, ham suhbatlar nimaga dalolat qilyapti? Yaxshilikka. Kel, kel, bo'ladi. Umringda bir marta bo'ladigan narsa. Kel, ayt. Nechta chiqadi mashina? To'g'rimi? E, bu yoqdagi insofli joylar aytadi, qo'y deydi. Umringda bir marotaba bo'ladigan narsani ma'siyat bilan boshlaysanmi deydi. Oilangni qurishlikni avvalini masiyatni suyqurasanmi, qo'y deydi. Bu yoqda aytadi, aytib yuboradi deydi. Bir marta bo'ladi deydi.
Haqiqatdan bir marta bo'ladimi? Kim unga shu maslahatni berdi? Kim shu andozoni kallasiga joylab qo'ydi? Yomon do'stlar. Yomon do'stilar. Nima bo'ldi buni oqibati? Mana shunday bir solih kishilarni nasihatiga quloq solib bo'ldi, nima bo'ldim? Faqhora ja'alaa qov mehi fii zi'natiy. Qolalladina yuriydu unal hay'ati dunya, ya laytalana mislama utya qorun. Innahulodu haddin adin.
So'ng Qorun qavmi oldiga yasan tusan qilib chiqqan edi. Hayoti dunyoni istaydigan kimsalar, uni ko'rib, dunyoni havasida yurgan odamlar, uni ko'rib havas qilib, e, qaniydi, bizlar uchun ham Qorunga ato etilgan mavlu davlat bo'lsa edi, darhaqiqat u ulug' nasiba egasi derdi. Zuorasini katta olganda deyishdi. Havas qilib qolishdi. Yana, soli kishilar nima dedi bularga? Bu soli kishilar Qorunga nasihat qilishdi beshtasini. Mana endi uni holatini havas qilayotganlarga, yana boyagi soli kishilarni nasihati. Ilm, ma'rifat ato etilgan kishilar esa, o'lim bo'lsin sizlarga. Iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr savob yaxshiroq ku. U savobga faqat sabr qanoatli kishilargina erishuvur dedilar. Yana to'g'ri yo'lga chaqirishdi. Yaxshi hamsuhbatlar, yaxshi kishilar.
Fahosaf na bihi va bi darihil ard. Fa maaka ana lahum min fiyati yansuru nahum indunillah va maaka anamina al muntasirin. Oqibati nima bo'ldi uni? Qorinni oqibati nima oldi? Bas, biz Qorinni ham, uning hovli joyini ham yerga yuttirdik. So'ng uning uchun Allohda yordam beradigan biron o'zga jamoat bo'lmadi. Va uning o'zi ham g'oliblardan bo'lmadi, deydi. Endi boyagi havas qilib turganlarni ahvolini ko'ring. U yu, kirib ketdi ertaga. Uni havas qilib turganda nima deyishdi? Va asbaho la dina tamanna u maka nahu bil'amz. Ya qo'luna vayka anna vloha yo buzutur rizqaliman yasha omin ibodiy himoya qidir. Mana endi ko'z ochildi bularni, yer yutib yubordi qarab turishgan joyida.
Va kuni kecha uning martabasini orzu qilgan kimsalar, vo ajab, Alloh bandalaridan o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, o'zini xohlagan bandalarini rizqini tang qilib berar ekanda deb qolishdi. Agar qorin yaxshi kishilarni, yaxshi hamsuhbatlarni, yaxshiroq do'stlarni nasihatiga quloq solganida nima bo'lar edi?
Hayriyatga yetisharmidi? Bu kimni nasihatiga qulo qoldi? Bir marta yashaysan ukaxon, bir kayf qilib qol, umringni bir marta bo'ladigan narsa, deganlarni gapiga kirdi. Voy ishonib yuboringlar. O'shanaqa qilganlar yigirma yil yotgandan keyin o'sha qilgan ishiga hijolat oladi, pushaymon yeydi. Agar aqli kirsa o'sha yigirma yildan keyin. Agar kirmasa aqli, o'shanda ham pushaymon yemaydi. Yig'lab o'tiradi ro'molchasini olib, shunaqa edik qara bir paytlar deb.
Agar kishining yonidagi do'stlari solih insonlar bo'lsa, ular uni to'g'ri yo'lga boshlaydi. Oyat karimada odamlar haddidan oshgan qorinni moli davlatini havas qilishdi. Ammo iymonli, ilmli bo'lgan sonli kishilar esa ularga nasihat qilishdi. Ularni mana shu to'g'ri yo'lga dalolat qilishdi. Islomda farzand tarbiyasi, ijtimoiy tarbiya, haqlar bobidagi do'st haq haqida dars qilgan bo'ldik. Inshaalloh mana shu mavzuni keyingi juma davom etkazgan bo'lamiz. Aquli qovli ha davos taof irullohi