# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 231 of 510
- Section: —
- Duration: 29 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/231
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/3Pn1vRGKFgA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=3Pn1vRGKFgA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/230.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/232.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:05] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma alin na ma'yam fa'una va fana bi ma'lam tanavasi ibn al ilma. Allohumma arenal haqqa, haqqon va rizqu natibaa va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu najdiy na'ba va ja'allama minn bayasutami un al qovli fayetta bi una aqsana. Vodixil nabirahmat i kafiy a'ibadika solihin ammabad. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alov barakatuh. Alloh aziz va jalloh ushbu said oyog'im kuni barchamizga muborak qilgan bo'lsin. Gunohlarimizni mag'firat qilsin, duolarimizni ijobat qilsin. Mana, birodarlar, shaboniy oyini oxirida turibmiz. Alloh tinchlikini bersa, sog' omon qilsa, dushanba kuni tarixini boshlash niyatimiz bor. Seshanba kunidan inshaalloh ro'za tutamiz. Allohga hamdlar bo'lsin. Bu ramazonga siz bilan bizni yetkazdi. Va Allohga duo qilaylik, mana shu kasallikni Alloh yurtimizdan ko'tarib, o'ttiz kun tarab o'qishlikka Alloh Taolo bizga imkon bersin. Chunki qodiriy ne'matinda zavol, ne'matning qadri, ana shu ne'mat zavolga yuz tutganda bilinadi.

[1:22] Ne'matni yo'qotib qo'yganimizdan keyin qadriga yetamiz. Endi duo qilaylik, Alloh Taolo mana shu o'ttiz kun ro'zani tutib, tarovini masjidlarda o'qishlikka Alloh o'zi bir muvaffaqiyat qilgan bo'lsin. Bugungi mavzuyimiz ramazon fazilati haqida. Tabiiyki, ikki kundan keyin, uch kundan keyin ro'za bo'ladigan bo'lsa, siz bilan bizga mana shu ramazonga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni bilib, bu oyning fazilati haqidagi xabardor bo'lishingiz kerak bo'ladi. Mana birodarlar shahbon oyi nihoyasiga yetdi. Ummat uchun bashorat, xursandchilikni olib, muborak ramazon kirib kelyapti. Muborak bo'lsin ramazon. Bizni ustimizga birodarlar xayriyat, barakat, mag'firat hamda do'zaxdan ozod bo'lishlik oyi, ramazon oyi kelyapti. Muborak bo'lsun. Bu muborak oyda Alloh Taoloning rahmati va marhamati mo'minlarga serob bo'lib yog'ilib turadi. Kim mana shu oyning xayriyatidan mahrum bo'lgan bo'lsa, haqiqatdan mahrum odam ekan. Chunki Alloh biladi birodarlar, keyingi ramazonga biz yetamizmi, yo'qmi? Toat, mag'firat oyi, nur, hidoyat oyi, Qur'on tilovati bo'lgan, barakot bo'lgan oy birodarlar. Buni g'animat bilishligimiz kerak. G'animat bilishiimiz kerak. Albatta, siz bilan biz mu'minlar bu oyni hurmati siz bilan bizni qalbimizda oliy, makonati ulug' birodarlar.

[2:44] Mana shu oyda butun olamlarga rahmat bo'lib, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam payg'ambar bo'lib yuborilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shu oy kirganda sahobalarga bir bashorat qilib aytgan bir qancha hadislarni o'qiymiz. Bu oyning fazilati, bu oyda qilingan amallarning bir boshqa oydagi amallardan farqi, bir qator eslab qo'yamiz. Chunki bu narsalarni doim biz eshitamiz har ramazonda.

[3:12] Alloh Taolo aytadi: Astaydu billah, fadhakkir, fainna zikro tanfaul mo'miniy. Eslating, eslatma bering, zero, eslatma mo'minlarga foyda qiladi. Sizni ilm ahli ekanligingizni belgisi bor. Ya'ni siz ilm ahlidanmisiz, tolibi ilmmisiz? Belgisi shuki, ming marta eshitgan masalangizni bir ming birinchi marta eshitayotganingizda ham, xuddi birinchi marta ishlayotgandek tinglab diqqat qilib o'tirgan bo'lsangiz, demak siz ilm ahlidansiz.

[3:48] Ha, bu hadislarni eshitganmiz. Bu hadislarni oyatlarini bilamiz. Ha, bilasizlar. Lekin hozirgi aytayotgan oyatga muvofiq, eslatma berish kimlarga foyda qilar ekan? Mu'minlarga. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar. Imom Ahmaddan bu hadis. Qodaja akum shahru ramadon, shahrun muborak. Taqiq ustingizga ramazon oyi keldi. Muborak oy. Iftar adallohu alaykum siyamahu. Alloh uning ro'zasini sizlarga farz qildi. Yufta hu fiihi abvavbul janna va yu'g'lo hu fiihi abavbul jah'in. Bu oyda jannat eshiklari ochiladi. Jahannam eshiklari berkiladi. Va tug'allu fiihi shayatiyn. Shaytonlar bu oyda bog'lanadi. Fiyi laylatun xoyrun min alfi shahriyunda ming oydan afzal bo'lgan bir kecha bor, qadr kechasi. Man hurima xoy roha, faqodi hurimi. Mana shunday muborak oyni xayriyatidan kim mahrum bo'lgan bo'lsa, haqiqatdan mahrum bo'libdi. Ramazon muborak bo'lsin, birodarlar. Intiqib, siz bilan biz xursandchilik bilan kutgan muborak oy keldi.

[5:00] Bu kelayotgan oyni xursandchilik bilan kutib olish yoki unga siqilishlik ikkita narsaga bog'liq. O'lchov va tushuncha. Qilayotgan ishingiz haqida tasavvuringiz to'g'ri bo'lsa, shu ishni qilayotganingizda sizga u ish huzur beradi. Qiynalib topgan pulingizdan sadaqa beryapsiz. Qiynalab topgan pulingiz dan zakot beryapsiz. Agar nima qilayotganligingiz haqida tasovvuringiz to'qri bo'lsa u berishlik sizga huzur bag'ishlaydi, xuddi olishlik huzur bag'ishlaganidek. Demak qilayotgan ishimiz haqida nima qilaylik?

[5:33] Qo'limizdagi telefonga zaryadka kerak. Kim bir marta, kim ikki marta zaryadka qiladi. Shu zaryadkasi tugab qolsa, telefon o'tkazib qoladi. Siz bilan bizni birodarlar, namozimiz bir kundagi besh marta qilinadigan zaryadka. Dunyo bilan bo'lib, qalbimiz dunyoga berilib, siqilib bo'g'ilib turgan paytimizda namozga kelsak, bir iymonimiz quvvat oladi da, zaryadka olib qolamiz. Haftalik zaryadka bor. Bu juma anamasi. Oyat, hadis, qissalar. Endi yillik bo'ladigan zaryadga bor. Bu nima?

[6:05] Ramazon ro'zasi. Bir yillik orzu qani olishligimiz kerak. Ramazon sabr oyi birodarlar. Shuning uchun Alloh azza va jalla siz bilan bizga Ramazon ro'zasini buyrudi, Allohga kerakmi biz ro'za tutishimiz? Kerak emas. Nimaga buyrudi? Har bitta buyruqni orqasida hikmat bor. Har bitta shariatimizda qaytarilgan man qilingan ishni shu man qilishligida hikmat bor'. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, man lam yada qovla zur va ala amalabihiy. Falay salillahi haja fiy an yada ato amah u vasharah bahu. Kim ro'za tutgan odamlarni ishlatyapti, payg'ambarim. Kim yolg'on gapni to'xtatmasa, ro'za tutib turib. Va mana shu yolg'on gapga bo'lgan amalni to'xtatmasa, bu odamni yemay ichmay qo'yganini allohga keragi yo'q.

[7:00] Birodarlar, ro'zadan maqsad yemay qo'yish, bir qator organizmni rohatlantirish, bir qator bir nima qilib shlaglarni chiqarish emas. Istaydi billa? Ya yo'q allah dini amanu, kutyuban alaykum musseyyamu kamay, kutyuban allallah dini minqoblikkum, la'allakum, tattaqum. Ey iymon keltirganlar, sizlardan avvalgi ummatlarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro'za tutishlik farz qilindi, maqsad nima edi? La'allakum, tattaqum. Shoyat taqvodor bo'lsanglar. Ro'zadan maqsad taqvo. Ro'zadan mas'at taqvo.

[7:38] Uyqusi yaxshi odamlarni rashshotini qarang. Peshinda o'qib turib bitta tashlasam, asirgacha uxlaydi, qoyil. E uzr, bu hisobda yaxshi. Bunaqa odam uxlagani yaxshi, chunki o'g'ov bo'lsa gunoh qilgandan ko'ra telefon o'ynab, har xil narsani ko'rib. Nima qilgani yaxshi? Uxlagani ya xshi. Lekin birodarlar u ro'zadan maqsad uxlashmas da. Bizni ro'zamiz, o'sha sahobalarda hayotidagi bo'lgan ro'za bilan taqqoslasak, bizni ro'zamiz uyqu va ovqat oyi. Birodalar, ro'za tushdan maqsad kelinlar ertamandan kechgacha oshxonada qolib ketmasin. Boshqa oyda yemaydigan ovqatlarni qilib yemiz. Nima demadinglar? Kelinglar o'sha kelinlarga ham ozgina fursat beraylik. Chunki ro'zadan ko'zlangan maqsad la allakum tattaqun. Shoyad taqvodor bo'lsanglar, ozgina narsa bilan, endi ro'zani hurmati yo'qmi domla?

[8:34] Hurmat nima bilan o'lchanar ekan? Dasturxondagi ovqatni necha xilligi, necha xilligi bilan. Mana bu narsa noto'g'rida. Darsimizni boshida aytdik. Qilayotgan amalingiz haqida, tasavvuringiz to'g'ri bo'lsa, bu ishni qilishingiz ham to'g'ri boladi, qabul bo'lishi ham to'g'risi bo'ladi. Agar tasavvuringiz noto'g'ri bo'ladigan bo'lsa, ro'zada maqsad nima ekan?

[8:58] Taqvo ekan, taqvo sifat ekan. Bu oy birodarlar bandalarini foydasiga yoki zarariga hujjat oladi. Bu oyni hurmatini rioya qilgan odamni Alloh Taolo hurmatini rioya qiladi. Zoya qilgan bandani Alloh zoya qiladi. Birodarlar ro'za bu ixlos ibodati. Nimaga desangiz, namozingizga riyo aralashib qolishi mumkin. Masjidga chiqasiz, hajhingizga, umringizga, boshqa, ammo ro'zaga riyo aralishmaydi. Qanaqa qilib? Issiq, charchadingiz, uyga kirdingiz, xolodilnikda muzdek suv turibdi. Hech kim yo'q, eshik yopiq, xotin eshikda yuribdi. Chanqagansiz. Aytingchi, nima to'satda shu yerda sizni suv ichishdan?

[9:46] Muborak bo'lsin. Muborak bo'lsin. Alloh taolo iymon deb yuribdi. Hechkim ko'rmayapti da. Mana mana shu ixlos bo'ladi. Mazza qilyapsizmi inaki ichmasdan? Yo ichib mazza qilasizmi? Ichmay mazza qilasizmi? Demak, ramazon ro'zasi nima ekan? Bu ixlos ibodat ekan. Alloh azza va jalla mana shu oylarni aylantirib, qachon issiqda, qachon sovuqda, ramazon oyini bizga yuborib, sinaydi. Mana shu sinov bilan siz bilan biz ajralamiz odamlardan. Shu sinov bilgan siz bilan bizni qadrimiz yuksaladi Allohni nazaridan. Mana shu sinov tufayli, imtihon tufayli jannatdagi darajamiz belgilanadi. Jannatga hech kimimizni amalimiz olib kira olmaydi. Siz bilan bizni amalimiz jannatga olib kirmaydi. Allohni rahmati bilan kiramiz. Unda amal nima uchun deyilsa, amal ana shu jannatdagi etajingizni belgilashligi uchun. Astaydulla, alif la min, a hasiba nasu ang yutroqu ang yaquli, amanna va hum la yuhtanu. Alloh Taolo so'rayapti. Alif la amin. Odamlar iymon keltirdik deyishlari bilangina imtihon qilinmagan hollarida o'z holiga tashlab qo'yishini o'yladilarmi? Alloh seni sinaydi manda.

[11:01] Ro'za bilan, kasallik bilan, sinov. Holbuki biz ulardan avvalgi kishilarni imtihon qilib edik. Biz shu imtihon vositasida Alloh imon keltirdik deb rost so'zlagan kishilarni ham, yolg'onchi kimsalarni ham bilur. O'rganazasizlar da, shu mashinani qildiryapti ro'za. Peshinda o'qib bo'lganmiz. Ro'paradagi do'konda uchta bir ellikta ustidagi akalar do'konda ochib, ko'k choyni qo'yib ichib o'tirishibdi.

[11:33] Mayli, saxari bordir, yaxshi gumon qilamiz. Mayli shu doktor tomonidan tutmang degan, mayli. Lekin ro'zani hurmati yo'qmidi? Nagli da shunday qo'yishib ichib o'tiribdi. Hamma kafelar yopiq. O'sha mana bu anaqada, tasavvur, tushuncha noto'g'ri. Ha ich, ichmog'dan ich kasallik bo'lsa, mayli, shariat ruxsat beradi, ammo hurmatini qilib qo'y.

[11:59] Birodarlar, bu oy g'animat, oy, bu shamoldek, bulutdek tez o'tib ketadi. Nafsini jilovlat tarbiyalab qolgan odam yutdi. Robbisini huzurida mana shu oy bandani foydasiga yoki zararliga guvoh beradi. Alloh taolo mana shu ramazonda ro'zasi bilan bandalarni azizligini yoki xor bo'lishligini tayinlaydi, belgilaydi. Bu oy bizni foydamizga yoki zararimizga hujjat bo'ladi. Ramazon keldi, birodarlar. Muborak bo'lsin.

[12:30] Biz ro'za deb aytadigan narsa arab tilida as saun deyiladi. Savm ramazon, ramazon oyining ro'zasi. Savm lug'aviy ma'nosi kishi ikki shahvatini tiyishligiga aytilinadi. Ya'ni qornini va farjini. Mana kimdir kasal, kimdir betob, tutmasligi, yoki safarda yurganligi sababli ro'zadan bir ma'zur bo'lishi mumkin. Lekin Alloh Taolo aytadi, vo antasumi xoyrunlakum inkundum ta'lamun. Endi agar bilsanglar, tutganinglar o'zinglarga yaxshi deyapti Alloh. Kasal odam tutmaydi. Ammo safarga chiqqan odam chi? Masalan hozirgi safarlar avvalgi zamondagi safarlardaqa emas. Turkiyaga borsin, Xitoyga borsin, Dubayga borsin, tijorat bilan gastinitsada yotadi. Konditsioner bor. Hatto ayrim o'sha boshqa mamlakatlardagi odamlar shu darajada o'lchov tushunchasi buzilganligidan musulmon obod yurtda yashaydi. Ramazon oyida safarga chiqishib olar ekan.

[13:37] Nima qilmaslik uchun? Nima deb o'ylaysizlar? Ramazonda ro'za tutmagan odam keyin o'rniga qazosini tutib beradi deb o'ylaysizmi? Qarang, ramazonni yuk, mashaqqat, mehnat deb o'ylayapti. O'zi biz xursandchilik sharaf deb qabul qilardik ku. Ko'ryapsizlarmi? Qayerda yashashdan qat'iy nazar, kimlar bilan yashashdan qattiy nazar, mana bu ikkita narsasi noto'g'ri bo'lsa, tushunchasi o'lchovi, tasavvuri noto'g'ru bo'ladigan bo'lsa, shunday qilayotganlar ham bor. Lekin Alloh aytyapti, u antasu muhayrun akun. Musofir bo'lgan chog'ingni ham tuta olsang, agar sharoiting bo'lsa, tutganing yaxshi deyapti.

[14:13] Hatto ana shu uzirvor odam, o'sha deylik sahridir yoki suv ichib turish kerakdir, saharlikka turadi. Niyatni qiladi. Og'zini yopadi. O'sha dori ichadigan joyigacha tutadi. Tushunyapsizlarmi ro'zani hurmatini? Endi boyagi biz aytayotgan choyda naglicha o'tirganlar, mana bu ikkita narsasi noto'g'ri. Keyingi ramazonga kelasanmi, yo'qmi, Xudo biladi.

[14:38] Har bitta ishni hikmati bor dedik, shariatimizda. Agar ota, bolasiga, tishingni yuvib ol bolam desa, u buyrug'ini bajarishi oson. Chunki bu buyruqni orqasidagi foydani biladi bola. Siz bilan bizga Alloh Taolo zino qilma, o'g'ilni qilma, tarozidan urma dedi, uni orqasidagi hikmatni tushunamizda, bajarishimiz oson. Endi siz bilan bizga buyurilgan buyruqni orkasidagi hikmatini tushunmasak, bajarishimiz qiyin bo'ladi.

[15:10] Endi, endi, ota bolasiga tishini yuv desa, orqasidagi foydasini tushungani uchun oson itoat qiladi. Endi tagga turgan ovqatni qonini ochib turganda bolani yema desa. Nimaga deydi? Nimaga deydi? Yana qaytarib aytaman. Siz hikmatini tushungan ishni, buyrug'ini bajarishini, bajarish oson bo'ladi. Ammo siz hikmatini chunolmasangiz, qiyin bo'ladi. Endi sizni nima majbur qiladi kunduzida och qolishlikka, chanqashlikka, joningizni, nafsingizni qiynashlikka nima majbur qildi? Iymoningiz. Iymoningiz nima deyapti? Modomiki Alloh Taolo shu ishni qil dedimi?

[15:52] Demak, buni orqasida ulkan katta bir foyda hikmat bor. Robbizga bo'lgan iymoningiz sizni ovqatdan to'sadi. Tushunarlimi? Yana qaytarib aytaman, muborak bo'lsin, bu iymon bu. Hech kim ko'rmayapti, a tutdim deb qo'ysangiz kim bilib o'tiribdi. Tilingni chiqar chi deydimi? Qayerdan biladi? Bu faqat mo'min odam qiladigan, ixlos ibodati, sabr ibodati.

[16:16] Orqasidagi hikmatni siz bilan biz tushuna olmasak ham, bo'yin so'nayotganligimiz, siz bilan bizni Allohga bo'lgan iymonimizni ishonchimiz alomati. Inson o'zini nafsini isloh qilishligida, sulugiyatini tuzatishda ro'zani birodarlar ahamiyati katta. Shuning uchun juda ko'p amallar mana shu ro'za tushlik bilan gunoh bo'lgan amallar kafforat qilinadi. Mana hikmatlaridan bittasi. Uylanishniki imkoniyati bo'lmayotgan yigitlarga shariat ro'za tushligini tavsiya qiladi. Chunki mana shu shahvatni sindirishlik, nafsni jilovlashlikka eng kuchli qurollardan bittasi. Bir inson bir narsani xohlayapti, unga imkoniyati yo'q.

[17:05] Yana bitta odam shu narsani xohlyapti, imkoniyati bor. Qaysinisini shu ishdan terishi qiyinroq? Ana endi siz bilan biz imkoniyatimiz bo'lib turib yemay ichmay ekanligimiz, nafsimizni tarbiyalashlikka, nafsimizni jilovlashlikka siz bilan bizga zo'r fursat bo'ladi. Rasululloh aytganlar, ya mashara shabab, mani statu ominqu mulbato falayta zavach. Ey bo'ydoqlar jamoasi, ey yigitlar, kiminglar uylanishlikka imkoniyati bo'lsa, uylansin. Va man lam ya statu, fa alayhi bi saum, fa innahu lahu bijavim. Endi kim uylanishlik imkoniyati bo'lmasa, ro'za tutsin. Chunki u ro'za ana shu yigit uchun shahvatni sindirishlik.

[17:52] Va soimena va soimat va alhafidina furu jahum va alhafidod. Ro'za tutuvchi erkaklar, ro'za tutuvchiy ayollar, avratlarini saqlovchi erkaklar va avratlarni haromdan saqlovchi bo'lgan ayollar. Demak, inson shahvatini kesishlikidagi eng ishonchli vosita nima ekan? Ro'za ekan. Ya'ni qaysi oy kelganligini his qilaylik. Uxlab uxlab nima qilmaylik? Beparvolik bilan o'tkazib yubormaylik birodarlar.

[18:22] Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Innama siyam u jannatun yasta jinnu biha al abdu minannar. Imomahmatdan. Ro'za qalqon, birodarlar. Albatta, ro'za qal qondir, deydilar rasululloh. U bilan banda o'tdan himoyalanadi. Ma min abdin yasumu yavman fisabilillahi illa ba'dallohu bihdalikal ya'n va jahuh an innari sada'iyni xalifani. Qaysi bir banda dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bu mutofaqunali bo'lgan hadis. Alloh uchun bir kun ro'za tushsa, bir kun, ya'ni alloh uchun ramazonda bir kun ro'za tuzsak, mana shu bandaning yuzini ana shu kun sababli yetmish yilga do'zaxdan uzoqlashtiradi. Bir kuni yetmish yilgan.

[19:08] Sezon deymiz a? Nima deymiz? O'sha kiyim kecha sotadiganga, masalan dublyonga sotadiganga kuz sezon, to'g'rimi? Yo qishmi? Kuz. Chunki uje qishgacha olib bo'lgan bo'ladi da. Yoki bo'lmasam yozgi kiyim sotadiganga sezon qachon? Bahor. O'sha sezonda olib qolaylik deydi. Mana shu sezonda olib olsak, tom yopib olamiz. Ya'ni g'animat biladi mana shu narsani. Ramazon mo'min uchun nima? Sezon. Ko'paytirilgan yetmishta. Bunaqa formula qadi bor.

[19:42] Ro'zadorni savobi behisob qilib beriladi. Astag'firulloh. Innama yof fassobirun na ajrohum beg'oyirihisad. Albatta, sobirlarning, ro'zadorlarning ajrlari hisob kitobsiz beriladi. Kulla amal ibn adama alahum illa siyam fainnahuli va ana ajci bihi. Hadis qarang bir go'zalligini. Alloh taolo aytyaptiki, odam bolasining hamma qilgan amali o'zi uchun. Faqat ro'zasi men uchun. Mana shu so'zga e'tibor beraylik. Namozingiz o'zingizga, sadaqangiz o'zingizgaga, zakyotingiz o'zingizganga, hajjingiz o'zingizhanga, o'zingiz uchun qilasiz. Faqat ro'dasi men uchun deyapti. Va mukofotini ham o'zim beraman deydi. Aytdik ku, hech kim ko'rmaydi da bu ro'zadorligingizni. Hech kim bilmaydi da.

[20:34] Payg'ambarimiz boshqa hadisdan marhamat qiladilar. Muhammadning joni qo'lida bo'lgan zotga qasamki, ya'ni Allohga qasamki. Ro'zadorning og'zidagi hid Alloh uchun qiyomat kunida mushukning hididan ko'ra xushbo'yroq bo'ladi. Bo'lmasam, ro'zador odam ovqat yemaydi, suv ichmaydi, og'zidan noxush hid kelib qoladi. Endi mana shu hid o'zi noxush bo'lgani bilan Allohga mahbus. Nima uchun? Noxushlik uchunmas, kimdan kelayotganligi uchun.

[21:06] Qodir bo'lib turib yemayapti, qodir bo'hib turib ichmayapti. Kimni roziligi uchun? Shu oy kelyapti birodarlar. Yengil shimaraylik. Inshaalloh o'ttiz kun talabaga chiqaman. Inshaalloh sakkiz rakatdan keyin nima qilmayman? Ro'zadorning ikki xursandchiligi bor. U ikkisi bilan xursand bo'ladi. Iftor qilgan paytda, bilasizlarmi shu xursandchilik bor a, Xudoga shukur yetkazib oldim. Xursandchilikmi? Endi buni egizak xursandchiligi bor. Robbisiga ro'baro' bo'lgan kunda shu tutgan ro'zasidan xursand bo'ladi.

[21:41] Hozir aytdik, bu ajablanarli ish emas, chunki ro'zador bu Allohga bo'lgan iymonidan tutadi va o'zini sabrini shu bilan mustahkamlaydi. Ro'zadorlar Alloh ularni gunohlarini mag'firat qilib, o'zini jannatiga kiritadi. Alloh Taolo marhamat qiladi astadi billa. Vas soimen va soimat, val hafidina furujahum val hafidod, va zakiriynalloha kathiron va zakirot, a'adda allohu lahum mag'firatan va ajran abiyma.

[22:15] Qiyomat kunida birodarlar ro'za o'zining egasini shaffof qiladi. Shaffof degani nima degani? Yo'lab yuborish. O, bu bizdan deb yuborish. Kelgizib yuboring bizdan deb qo'yamiz. U qormaqa o'tkazgin deymiz. Demak shunda yo'lab yubor ish. Akalar, hammamiz orzuqunash shafa'at ahu yomon qiyama deb duo qilamiz. Rasulullohning shafoatini bizga rizq qilib bergin. Biz o'sha o'ta olmay turganda, qiynalib turgan paytimizda Payg'ambarimiz kelib turib, o, bizdan bu deb o'tkazib yuboringlar deydi. Ro'za sizni shafoat qiladi. Yo'laydi. Payg'ambarimiz aytadilar, Imom Ahmad'dan bu hadis. As siyamo val qur'anu yashviya an ilil abdiyomal qiyama. Qur'on va ro'za qiyomat kunida shu ikkala amalda qilgan bandani shafoatiga oladi.

[23:06] Talabadan chiqib ketayotgan ukalar sakkiz rakatdan. Mayli, o'zi talaba sunnat, o'qimagan odam gunohkor bo'lmaydi. Ammo chiqib ketib qiladigan ishingiz bilan, mayyada turgan paytingizdagi qiladigan ishizni taqqoslab ko'ring. Qiyomatda ro'za bilan Qur'on shaffof qiladi deyapti. Bitta harfiga o'nta savob bor Qur'onni. Siz tashqarida nima qilasiz chiqib?

[23:27] Keling, niyat qiling, shu ramazonda xuftondan keyin telefonda o'chirib tashlab qo'yaman uyga. Masjidga telefonsiz kelaman. Shunda ro'za aytadi qiyomat kunlarda, ey robbim, men bu bandayni kunduzi taomidan, shahvatidan men qildim. Meni shaffof qildirgin deydi. Qur'on deydi. Uni tunda uyqudan man qildim. Meni unga shaffof qildirgin deydi. Bas Alloh izn beradi, ikkalasi shaffof qiladi. Ro'za bilan Qur'on. Ro'za bil an Qur'on.

[23:59] Rosa ixlos ibodati dedik. Qilayotgan amallarga shubha riyo kirib qolishi mumkin, ammo ro'zaga kira olmaydi birodarlar. Hech kim ko'rmaganda ham robbisidan qo'rqadi, ro'za tutadi. Nafsingizni qiynab, chanqab ichmayotgan paytingizda, qorningizni ochib yemay turgan paytingizda Alloh Taolo aytadi da, ey banda, sen meni taniysan. Meni yaxshi ko'rasan, o'shaning uchun tutyapsan. Meni ko'rib turishimga imoning komil, o'shaning ustida podvarga tushib ham ichmayapsan, tomga chiqib ham ichmayapsansan. Bu qalbingizga huzur bag'ishlaydi, birodarlar. Ro'za jannatga olib boruvchi sabablardan. Ko'pchiligimiz bilgan, adiz, albatta, jannatda Rayyon deb nomlanadigan eshik bor. Undan faqatgina ro'zadorlar kiradi. Sakkizta eshigi bor jannatda. Alloh bizga sakkizalasiga yo'l bersin. Lekin bittasi ochilib qolsa yutdingiz. Mana shu ramazon oyi birodarlar. G'animat bilaylik.

[25:01] U eshikdan faqat ro'zadorlar keladi. Oxirgi ro'zador kirib bo'lgandan keyin yopiladi, boshqa birovga ochilmaydi u eshik. Savol bo'ldi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga. Yo Rasululloh, meni jannatga olib keladigan, meni do'zaxdan uzoq qiladigan amalni o'rgating. Rasululloh aytdilar, ro'zani o'zingizga lozim tuting. Chunki u amalga teng boshqa amal yo'q. Haligi sahoba ikkinchi marta meni bir amalga buyuring deganida, ro'zani o'zingizga lavozim tuting, chunki unga teng bo'lgan boshqa amal yo'q dedilar. Ramazon oyi keldi birodarlar. G'animat bilaylik.

[25:42] Imom Termiziyda keltiriladi, Ramazon oyining birinchi kechasi bo'lishi bilan shaytonlar va itoatsiz jinlar bog'lanadi. O't eshiklari berkitiladi. Ulardan biron eshik ham ochilmaydi. Jannat eshiklari ochiladi. Ulardan biron eshik berkilmaydi. Nido qiluvchi, nido qilib, ey yaxshilik istovchi, shoshil. Ey yomonliklarni istovchi. Maqsadlarini ozaytir deydi. Do'zaxdan bandalar ozod qilinadi va bu har kecha sodir bo'ladi. Darsimizning nihoyasida Tarixatul Nubaydullohdan u kishi tush ko'rdi.

[26:16] Tushida Jannat eshigini oldida turgan edi. Ibn Mochadan bir g'oyat. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oldiga ikkita odam kelib iymon keltirdi. Talxatul Nubaydulloh ko'rdi. Shu ikkalasi o'ldi. Bittasi ikkinchisidan ishtixodliroq edi. Yana jihodda shahid bo'ldi. Ikkinchisi bir yil keyin o'tdi, oddiy o'lim bilan o'ldi. Endi mana shu ikkala kishini Talxatul Nubeydulloh roziyallohu anhuhu jannat eshigi oldida ko'rdi. Uchalamiz turgan ekanmiz deydi.

[26:47] Eshik ochildi da, birinchi bo'lib shahid bo'lib o'tganda emas, ishtixodlik bo'lgan odamda emas, bir yil keyin oddiy o'limi bilan o'tgan kishini olib kirib ketdi. So'nggi qaytib chiqdi, yana ikkinchi boyagi odamni shahid bo'lgan odami olib kirib ketdi. Uni qo'yib chiqqandan keyin, senga hali bu yer mumkin bo'lmadi, qayt dedi, qaytdim. Uyg'ondi da, shu tushini aytib berdi. Odamlar hayron bo'lishdi subhanalloh deb. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam minayyidalika taajjabun. Nimaga hayron bo'lyapsizlar? Deb so'radilar. Ular aytishdiki, yo Rasululloh, ikkalasi bir iymon keltirdi. Birinchisi taqvoliyroq edi. Ishtiqodliroq edi. Yana shahid bo'ldi. Ikkinchisi endi el qatori oddiy, yana oddiy o'limi bilan o'ldi. Qanday qilib? Qanday qilib u burun kirib ketadi dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, alayhissag'od makkata hada ba'da hu sana. Ikkinchi o'lgan odam, birinchi o'lgan adamdan bir yil ko'proq yashadimi? Ha dedi sahobalar. Vo adro karamadona fasoma va solla kada va kada min sajdatiy vsi sana. Ramazon ro'zasini bitta oshicha tutdimi? Ya'ni bir oy oshicha tutdmi ro'zani, tutdi.

[28:03] Bir yil ilhomazda falon falon harakatini o'qidimi, sajdasini qildimi? Ha dedi. Rasululloh aytdilar, fama bayna huma, abadu minma bayna samayi va al art. Endi bu ikkalasini o'rtasidagi, maqomdagi darajadagi martaba osmon bilan yerning orasidagi katta farqi bor dedi. Mana birodarlar, o'tgan yilgi ramazondan bu ramazonga kim yetib keldi, kim yetib kelmadi. O'sha bitta ramazonni oshcha tutdi, bir yil namozni ko'p o'qigan odamni darajasi balandroq bo'ldi. Chunki ramazonni tutdi u. Bir yil oshcha namoz o'qidi. Alloh aziz va jalloh xayrli amallarimiz bilan umrimizni barakotli qilsin. Kela ekan ramazonda hammamizga Alloh muborak qilsin. Mana shu shijoat bilan, muhabbat bilan, g'ayrat bilan tutaylik. Muhabbat bilan qilingan amal sizga rohat beradi.

[28:52] Shuning uchun qilayotgan ishimizga agar muhabbat bilan yondashadigan bo'lsak, qilayotgan ishimizga tushunchamiz, o'lchovimiz to'g'ri bo'lgan bo'lsa, u bizga mashaqqat bo'lishligi kerak emas. Alloh azza va jala hammamizga ramazoni muborak qilgan bo'lsin. Aqulu hovli ha'da va astag'firulloh
