# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 236 of 510
- Section: —
- Duration: 25 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/236
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/h_Rdxc_DnLM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=h_Rdxc_DnLM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/235.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/237.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen ilamin. Innal hamdulillahi rahmatuhu anus ta'inuhu anus tavfiruh va na'udh billahi min ash sururiyan fusinga. Omin sayyi'ati amalina, man yahdihillahi falah mudir lala, va man yudhli ilahi falah hadiyalala. Va nashxadu alla ilah illallohu vahidahul a sharikala va nashxaduh anna muhammadan abduhu rasuluh. Immobod assalomu alaykum va rahmatullohi ta'allu va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Sirojiddin o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan edik. Yettinchi baytiga kelganmiz. Sirojiddino'sha aytadi nusammillaha shay'an la kal ashyai va vatan an jihati siddi xoli. Alloh taoloni narsa deymiz. Boshqa narsalarga o'xshamagan narsa. Alloh taolo boshqa narsaga o'xshamadigan narsa va Alloh Taoloni zot deymiz. Oltita tarafdan xoli bo'lgan. Bu Alloh Taoloni qayerda, Alloh qayerda degan savolni muolaja qiladigan payt. Siz bilan bizni hamshahrimiz qisqagina mana shu satrlar bilan Ahli Sunna va Jamoa aqidasini she'riy uslubda qilib yozib bizga tushuntirib qo'ygan.

[1:23] Alloh Taoloni boshqa narsalarga o'xshamagan narsa deymiz va Alloh Taoloni oltita tarafdan xoli bo'lgan zot deymiz. Chunki Alloh Taolo o'zi Qur'onda ley saka mitlihi shayun va huvas samiyul bosir degan, o'zini narsa degan. Qul ayyu shayin akbaru shahadatan guvohlik jihatidan qaysi narsa ulug'roq deb so'rab turib, oyatda, qulaylah deydi. Ayting, Alloh guvohlik jihatdan eng ulug' narsa deydi. Demak, narsa deymiz, faqat boshqa narsalarga o'xshamagan narsa. Mana endi Alloh Taoloni olti tarafdan xoli bo'lgan zot deymiz dedik. Birodarlar, Ahli Sunna va Jamoa ekanligingizni dalili aqidada ash'ari yo moturidiy yo'lini ushlaganligingiz, fiqhiy yo'nalishda to'rala mazhabdan bittasini ushlaganligiz dalil bo'ladi. Ya'ni ahli sunnaval jamoa degani biz shuni tushunamiz. Aqidada yo ash'ariyo, yo moturidiyo bo'lasiz, fiqh yo'nalishida to'rtala mazzhabdan bittasini ushlaysiz. Mana shu o'n beshinchi asrga keldik, o'n to'rt asrdan beri mana musulmonlar yashab o'tgan bo'lsa, Imomu Moturidi, Imomu Ash'ari uchinchi, to'rtinchi asrni vakillari bo'lishgan. Demak, o'n to'rtinchi asrgacha sanaydigan bo'lsak, o'n bir asr salkam o'n ikki asr ummat ikkala aqidani to'g'ri deb kelgan.

[2:47] Va mana shu ikkala aqida maktabining vakillari Alloh Taoloni falon joyda deb e'tiqod qilmagan. Ikki asrda u yoqda paydo bo'lgan toifalar Alloh Taologa joyni, makonni nisbat qilishlikka qattiq urinishadi. Demak, ahli sunnaval jamoa e'tiqodidagi odamlar alloh taolo makon va zamondan behojat deb aytishgan. Alloh Azza va Jallani qayerda degan savolda Ummati Islomiyani ichida uch xil fikr bo'lgan. Masalan, Karomiya, Mushabbaho firqalari Alloh Taoloni maxsus makonda, Arshda deyishgan. Najoriya firqasi Alloh Taolo hamma yerda degan. Lekin Ahlis Sunna va Jamoa esa Allohga zamon ham kerak emas, makon ham kerak emaskida edi. Chunki Alloh Taolo zamon va makonlarni yaratgan, zamon va makon yo'q edi, paydo bo'ldi. Endi Alloh Taolo zamom bilan makon yo'q paytida ham bormidi? Unda qayerda edi?

[3:52] Mana shu elementar savol bilan to'xtaydi bu da'voni qilayotganlar. Agar Allohni osmonda deydigan bo'lsak, shu gap to'g'ri bo'lsa, osmonni yaratmay turib qayerda edi Alloh? Ammo o'n sakkizinchi asrda bu yoqda paydo bo'lganlar, Alloh Taoloni osmonda degan fikrni ilgari surishgan. Ularga ahli sunnaval jamoa ulamolarini bergan javoblari bor. Ana shularni ko'rib chiqamiz. Avval Allohni osmonday deydiganlarni dalillari, uni orqasidan Ahli Sunna va Jamoa, ulamolarning ularga bergan javoblarini ko'rib chiqamiz.

[4:31] Alloh osmonda deydiganlar aytishadi. Alloh Taoloni osmonda deyish, nuqsonli sifatni Allohga nisbat berish bo'lmaydi. Ya'ni biz Allohni osmonida deydigan paytimizda, Alloh Taoloni nuqsonli sifik bor deyotganimiz yo'q deydi. Ahli Sunna ulamolar aytadi, Alloh Taoloning bir tarafda deyish, u zotga nuqsonli sifatni nisbat qilish bo'ladi.

[4:56] Masalan, Ahmad o'shda. Bu nima degani? Bu Bishkekda emas, Ahmad degani. Ahmad Farg'onada, bu Ahmad Andijonda emas degani. Bir joyda bo'lish degani, boshqa joyda bo'lmaslik degani. Agar Alloh Taoloni bir joyda desak, boshqa yoqda yo'q degan ma'no kelib chiqadi.

[5:18] Qayerdasan deydi. Masjiddaman deydi. Ketib qoldingmi deydi. Yo'q, uyda turibman hali ham deydimi? Qarang da mana. Qa'dasan desa, masjiddaman deydi, yo'q onadirda. Ketib qoldikmi deydi. Yo't ketmadim, uydaman. Ha nima dedim hozir? Men machitdaman deganim uydan nima qildi?

[5:41] Tushunarli ekan? Allohni osmonda yoki bir joyda deyish, falon joyda yo'q degani bo'lib qoladi. Shuning uchun Alloh Taologa makonni nisbat qilish, Allohga nuqsonni nisbat qildi degani bo'ladi. Bu faqat maxluqlarda bo'ladigan nuqsonli sifat. Tabiiy ravishda bunga o'xshagan qarama qarshi e'tiqodda har ikkala taraf ham o'zini e'tiqodini to'g'ri ekanligini isbotlovchi dalillarni keltiradi. Ya'ni ikkala taraf ham, o'zini e'tiqodi to'g'ri ekkanligini dalillashlik uchun hujjatlar keltirishlik kerak. Shu o'rinda endi Alloh osmonda deydiganlarning dalillarini o'qiymiz, oyatdan va ahli sunnaning unga bergan javobini o'qiymiz.

[6:26] Alloh osmonda diydiganlarning dalili. Astag'firulloh, ilayhi yas adul kalimut toyyibu vala amalut solihu yarfavu. Alloh Taolo Fotir surasida aytadi: har bir xush so'z unga yuksalur va yaxshi amalni ham Alloh o'z dargohiga ko'taraur. Xush kalomlar unga yuksalur. Yuksalish qayoqqa bo'ladi? Yuqoriga bo'ladi. Xush kalomlarni unga Allohga ko'tarilishi Allohning osmonda ekanligiga dalil deyishadi. Kalima xush kalom ko'tarilar ekan, Alloh tomonga ko'tarilish tevaga bo'ladi. Demak, bu oyat Allohni osmonda ekanliga dalil deyishad. Bir eshitganingizda to'g'riga o'xshayaptimi? Aytdik ku, zohirga qarasangiz, bir eshitganingiza o'shanacha bo'lyapti.

[7:14] Endi ahli sunnaval jamoa ulamolari nima deydi? Ushbu oyatda Alloh Taoloni samoda yoki yuqorida ekaniga dalil yo'q, balki xush kalomlarning qabul qilinishiga dalil bor. Xush kalom ko'tariladi degan so'zni ahli sunnaval jamoa ulamolari qabul qilinadi deb ta'sir qiladi. Chunki birodarlar, yuksalish so'zining haqiqiy ma'nosi jismlarga nisbatan ishlatilinadi. Masalan, samolyot havoga yuksaldi. Ya'ni samolyot jism yuksalish degani nimani tushunamiz? Endi kalima, so'z jismmi?

[7:54] So'z jismmi? Yo'q, jism emas. Demak, kalom so'z ustida yuksalish so'zini haqiqiy ma'nosini ishlatib bo'lmaydi. Chunki kalom so'z jism emas, uni yuksalishi qabul qilinishi ma'nosida bo'ladi. Ma'qulmi? Ya'ni yuksalish jismda bo'ladi deyapmiz. Obro'yi ko'tarilib ketdi, mana shu ishidan keyin deydi. Qayoqqa ko'tarilib ketdim?

[8:20] Nima deb tushunasizlar? Yuqoriga ketdimi? Hurmati oshdimi? Mana shu ishdan keyin obro'yi tushib ketdi deydi. Qayo'q tushib ketdi? Qayo'q tishib ketdi? So'zni zohirga olib qaraydigan bo'lsangiz, obro'yi bir jism bo'lishi kerak. Mana obro'yimidi? Nima bo'lib ketdi? Ko'tarilib ko'rinmay ketdi otivaga. Yoki bo'lmasam nima bo'ldi? Tushib ketdi. Xush kalom, yuksalur degani qabul bo'ladi degani. Bu ahli sunnaning dalili.

[8:48] Ikkinchisi, Alloh Taoloni osmonda deydiganlarning dalili. Astabi billa inniy mutavvofiika va rofiuka ilayya. Alloh Taolo Alayhissal Alayhissalomga aytdi men seni vafot ettiruvchi va o'zimga ko'taruvchiman. Alloh Taolo Iso Alayhissalomni o'ziga ko'taruvchi ekanligini aytdi. Bu ham Alloh Taoloning osmonda ekanligiga dalil deyishdi. Chunki ko'tarilish qayoqqa bo'ladi? Yuqoriga.

[9:17] Ahlus sunnaval jamoaning ulamolari aytadi, bu oyat ham aslo Alloh Taoloning yuqorida ekaniga dalil bo'la olmaydi. Chunki biror narsaning yuqorisida bo'lish jismi va chegarasi bor narsalar ustida bo'ladi. Mana qalam. Qalam qo'limni tagida turibdi. Endi tepasiga olsam, qalam qo'limi ustida turibdi. Bir narsaning ustida yoki ostida bo'lishlik jismlarda bo'ladi. Endi Alloh Taolo jism emas. Alloh Taolo jisn emas. Alloh Teolog'ni biron chegara, chegara, chegaralab qo'ya olmaydi. Endi Alloh Teolog'ini Iso alayhissalomni o'zimga ko'taraman degan so'zga keladigan bo'lsak, bu mutasho behoyat bo'lib, qanday qilib ko'targanini u zotni o'zidan boshqa hech kim bilmaydi deymiz.

[10:05] Uchinchidan, Alloh Taolo osmonda deydiganlarning yana bitta dalili, istadiyubillah, amin tun man fissama i yaxshi ifabiku mul ardu fa idahi ya tamur. Yo sizlar, osmondagi zot, sizlarni yerga yuttirib yuborishidan xotirjammisizlar? Osmondagi zot deyapti oyatda. Mana shu oyatdagi osmondagi zot so'zi ham Alloh Taoloni osmonda ekanligiga ochiq oydin dalil deyishadi. Endi Ahli Sunnavali jamoa ulamolari nima deydi?

[10:36] Ushbu oyat quyidagi ma'nolarda ta'sir qilingan. Birinchisi, saltanati, buyrug'i, qaytarig'i va tadbiri samoda bo'lgan zotning sizlarni yerga yuttirib yuborishdan omilda bo'ldingizmi? Samoda deyilishi esa, samo farishtalarning maskani hisoblanadi. Arsh, kursiy, lavhul maxfus kabi ulug' narsalarni o'rni bo'lgani uchun.

[11:00] Bu oyatda kofirlarning e'tiqodiga ko'ra xitob qilingan. Ya'ni Alloh Taolo boshqa maxluqotlarga o'xshash deb e'tiqod qiladigan kofirlarga e'tiqodlariga muvofiq holda javob berilgan. Oyatda turibdi, osmondagi zot deyapti. Oyatni zohirga qarasangiz qayerda ekan Alloh? Bu oyatda nima qilasizlar deydi. Ha, shoshmanglar birodarlar. Mana shunga o'xshagan oyatlarda hammasini o'qiganingizdan keyin yana bitta xulosaga keling.

[11:31] Siz faqat bitta dizel motorni ko'rib turib, faqat salarka bilan yuradi mashinalar desangiz, aqldan bo'ladimi? A? Yo faqatgina benzin bilan yuradigan dvigatelni ko'rib turib, faqat benzin bilan yurar desangiz, to'g'rimi? Yana qanaqa motorlar bor? Salarka bor, benzin bor yuradi. Elektr bor, gaz bor. Suv bilan ham yuradigan mashinalar bor. O, qarasanglar, ishlar, anaqalar, kashfiyotchilar qilgan. Siz faqat dizel bilan yuradigon motorni ko'rib olib, faqatgina dizel motor bor demang.

[12:06] Shuning uchun birodar, sizga bitta oyatni aytib turib, mana Alloh Taolo osmonda deyapti o'zini. Bu domlalaring shu oyatga amal qilmaydi desa chi, laqqa tushib qolmanglar. To'xta, o'sha domladan so'raychi. Bir oyat bor o'qisangiz Alloh osmondaganga o'xshayapti. Yana bir oyat bor o'qisangiz, Alloh yerda ekani o'xshaydimi? Qatib olmanglar ukalar.

[12:30] Uchinchidan. Alloh osmonda deydiganlarning dalili. Astadibillah, ya xofu na robbaho min favqi him. Bu Naxl surasidan ellikinchi oyat. Ular ustlaridagi Robbilardan qo'rqurlar. Ular, ya'ni Allohni mo'min bandalari ustlaridagi Robbilardan qo'rqadi. Mana shu oyatda ham Alloh Taoloning yuqorida ekanligi aytilgan. Bu oyat ham Alloh Taoloni osmonda ekaniga dalil deyishdi. Endi ahl u summa nima deb javob beradi? Bu oyatda ham Allohni osmonda yoki arshda ekanligiga dalil yo'q. Endi oyatda ustidagi dedi, ust. Ikki xil ma'noda ishlatilinadi ust degan kalima. Birinchisi, biror jism boshqa jismning bosh tarafida turish ma'nosida. Ya'ni bir ikkinchisining bosh tarafida tursa, ustida deyiladi.

[13:27] Mana qilib berib ko'ring, aka desa, aka, bizni ham ustimizda xo'jayinlar bor deydi. Aka, bizni ustimizda kattalar bor deydi. Ust deganda albatta teva taraf emas. Ustimizda boshliq bor, ustimizda otamiz bor deydi. Otamiz bor, ustimizda deydi. Yo'g'e, ko'rinmayapti yu. Shuning uchun ust degan so'z birodarlar boshliq, boshida turibdi degan ma'nosini ham bildiradi. Aslida bir narsani ustida deganda, bosh tarafi, pasti deganda oyoq tarafi tushuniladi. Shunga ko'ra, ba'zi jismlarning ust tarafi, ba'zi jismlarning past tarafi bo'lishi mumkin. Ya'ni uchinchi etajda turgan odamning past tarafi, ikkinchi etajda turgan, masalan, uyda ichida turgan insonga shift ust taraf bo'ladigan bo'lsa, shift o'n bir ekan chumoli uchun u past taraf bo'ladi.

[14:23] Mana yerda turibmiz. Past tomonni ko'rsatinglar, oyoq tomonni ko'rsa. Endi yuqori tarafni ko'rsatinglarda deyman, tepa tarafni, boshingiz tomonni ko'rasiz. Bu yerda turganingizda, endi kosmonavtni tasavvur qiling. O'zini kelmasdan ochiq fazoga chiqdi kosmosga. Endi qaysi taraf baland, qaysi taraf past bo'ladi? Qaysi taraf teppa, qaysi taraf pas bo'ladi?

[14:48] Karang, ochiq kosmosga chiqqanda uje tepa bilan past yo'q bo'lib ketdi a? Kosmos ham maxluq. Maxluq bo'lgan kosmosga chiqganingizda tepa bilan past degan o'lchov yo'q bo'p qoldi a? Bu o'lchov ishlamayapti a? Maxluqqa ishlamayaptida. Endi Alloh Taologa nisbatan tepa past deyish mumkin ekani? Aqliy dalil kerakmi, naqliy dalil keremi? Hammasi bor kitoblarimizda. Chunki bizni aqidamiz bir ming yuz, bir ming ikki yuz yildan beri sobiq turib, bunaqa hujumlarni ustida sobiq turib g'olib bo'lib yengib kelar ekan aqida.

[15:23] Ya'ni usti degani martaba ma'nosida ham ishlatilinadi. Masalan, podshohda yelpib turgan odam podshohdan tevara turgan bo'lishi mumkin. Inna favqohim qohirun. Albatta biz ular ustidan qahr qiluvchimiz. Mana Fir'avn Banu Isroil haqida aytyapti. Biz ularni ustida qahr o'tkazuvchimiz.

[15:49] Nima? Fir'avn va ana shu misrlik qibitlar Banu Isroilni yelkasiga o'tirib olganmidi? Agar is degan so'zni zohir ma'nosini olsangiz, har bitta Banu Isroilligini ustida bittadan qibit o'tirgan bo'lishi kerakmi? Shu yerda ustida aytgan narsa nima ma'noda bildiryapti? Bizni hukmimiz ularni ustida. Bizni qahrimiz ularni ustidan.

[16:13] Egalik, g'oliblik tarafidan qahr o'tkazuvchimiz degan ma'no chiqadi. Qolaversa, yuqori tarafda turish maqtovga loyiq hisoblanmaydi. Chunki hozir aytganimizdek, qo'riqchi ham podshohdan yuqori tarafdan turishi mumkin. Bu degani podshohdan ko'ra martabasi baland bo'lib ketdi degani emas. Alloh arshning ustida deydiganlarning dalili. Astadibillah, ar rohman alal arsh istava. Ar rohman bo'lgan zot arshga iste'vo qildi. Alloh osmonda deyotganlarning so'zi mana shu oyatda Alloh Taoloni Arshga iste'vo qilgani aytilgan. Arsh esa hamma maxluqotlardan yuqorida hisoblanadi. Shuning uchun ham bu oyat ham Allohni barcha mahluqotlaridan yuqorida ekanligiga dalil bo'ladi deyishadi.

[17:04] Ahli sunnavali jamoa ulamolari nima deydi? Qur'onni karimda ko'plab o'rnida kelgan ar rohman arshga istovo qildi ma'nosidagi oyatni alloh taoloning yuqori tomonda ekanligiga dalill qilib bo'lmaydi. Chunki birodarlar iste'vo degan so'z to'qqiz xil ma'noda keladi arab tilida. Istiqror o'rnatish ma'nosi bor, julus quvvat o'tirish ma'nosi ham bor, qasd qilish ma'nosi haqida, tamomiga yetish ma'nosi, egallash ma'nosi bor. Siz bittasini ushlab turib o'rnashdi degan so'zni olib oladigan bo'lsangiz, xato qilasiz. Chunki bir joyda o'rnashlik Allohga nuqsonli sifat hisoblanadi. Chunki joy maxluqmi? Allohni Arshga o'rnashib oldi desangiz, jism degan bo'lib qolasiz Allohni. U arshni, osmonni hech narsani yaratmay turib Alloh bormidi? Qayerda edi unda?

[17:57] Arshga o'rnashdi desa, arshga o'rtashmay turib qayerda turuvdi? Arshni yaratmay turib qayerdaydi unda? Shuning uchun kimdir axir oyatda kelgan u deb turib, sog'lom e'tiqod, himoyasida bo'lgan qo'shtirnoq ichidagi jonkuyarlar qilayotgan va aql yer yashib, yo'ldan ozganlarni to'g'ri yo'lga solish iddaosi bilan chirinayotganlar bo'lsa, bu qo'shtirnovichidagi jonkuyalarga quyidagi gaplarni aytishimiz kerak bo'ladi. Agar oyatni qanday kelgan bo'lsa, shunday olsak, zohirga qarab oladigan bo'lsak, boshqa oyatlarga ham shunaqa muomala qilaylik. Oyatda osmonda deyapti. Oyatda arshga iste'fo qildi deyapti. Oyoqda o'zimga ko'taraman deyapti. Zohirga qarab turib osmonda deb birinchi ma'nosini oladigan bo'lsanglar, quyidagi oyatlarga ham quloq solinglar ukalar. Astabi'lla, vahual ladey fissamay ilahun va fil ardi ilah. U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir.

[19:00] Zohirdan nima deyapti? Yerda ham iloh ekan. Qayerda ekan Alloh? Osmonda ham ekan, yerda ham ekan. Zohirga qarasangiz. Yoki bo'lmasam, ana shu oyatlarni zohirga qarab turib, qanday kelsa shunday olamiz deydigan, ta'vilga unamaydigan, katta shu shayxlardan bittasidan so'ralgan. Shayx deb so'rashgan.

[19:23] Vahua ma'qum, aynama kundum oyati bor. U Alloh qayerda bo'lmaylar sizlar bilan birga deyapti. Qanday tushunamiz degan. Biz qayerdamiz? Yerdamiz, o'shdamiz. Demak Alloh qayerda ekan? O'shda ekan. Bir odam dengizni tubiga kirib ketdi podvodniy lodka bilan. U qayerda? Dengizni tubida. Alloh u bilan ham birga ekan. Bir odam kosmosda yuribdi, o'sha mksni ichida. Alloh qayerda ekansiz?

[19:54] Modomiki oyatni zohiriga qarab, ustiga, ma'noga qarab xulosa chiqarish kerak bo'ladigan bo'lsa, ma'novi ikkita oyatni Alloh Taolo yerda ham deyapti. Sizlar qayerda bo'lsangiz, sizlar bilan birga ham deyapti? Boyagi shayx o'ylanib turib, vahum ma'qum bi ilmihi deb javob bergan. Alloh rahmat qilsa o'tib ketdi odamlar. U Alloh o'zining ilmi bilan sizlar bilan birgalik deb. Mana shu tavil deyiladi. Mana shu oyatni ustidagi ma'nosi emas, tagidagi ma'noni olish deyiladi.

[20:27] Shu o'rinda biror nimaga oyatda kelgan ma'noni isbotlamaysiz desa, javob bera olsangiz, albatta Moturidiy yo Ash'ariy ulamolarni javoblaridan bittasini berishga majbur bo'lasiz xolos. Alloh biz bilan birgalikda qanaqa deganda iloji yo'q, Moturidiy Ash'ariylarni so'zini aytdi. Tavvil qildi. U o'zi zoti bilan birga emas sizlar bilan. Nimasi bilan birga? Ilmi bilan birga.

[20:56] Bunaqa qo'shtirnoq ichidagi jonkuylarga quyidagi savollar berilganda ham, albatta yo'q deyishdan boshqa hech qanday chorasi yo'q. Savol. Alloh Taolo arshni yaratgandan keyin, Alloh Taoloda ana shu arshni yaratishdan oldin bo'lmagan bir sifat paydo bo'lganmi? Arshni yaratmasdan turib, Alloh bir sifat bilan edi. Arshni yaratgandan keyin yangi sifat paydo boradimi Allohda? Yo'q. Alloh taoloning sifatlarida bironta yangilik bo'lishi mumkin emas.

[21:28] Arshni yoritishidan oldin, Alloh taolo biror tarafda bo'lganmi? Yo'q. Arshni yositgandan keyin, u Alloh. Ana shu arshni bir tarafida bo'lganmi? Agar ha deyiladigan bo'lsa, Alloh taolo bilan arshni o'rtasida muayyan bir chegara bor deyish kerak bo'lib qoladi. Zero Alloh taolo azalda biror tarafda bo'lmagan deyishni ma'nosi, Alloh uchun bironta chegara ham, masofa ham yo'q degan ma'noni bildiradi.

[21:59] Chunki masofasi bor narsa qaysidir makonda turgan bo'ladi. Alloh taolo esa zamon va makonsiz bordir. Alloh bor edi, makon yo'q edi. Alloh bor edi, zamon yo'q edi. Alloh bor edi, hech narsa yo'q edi! O'shanda ham Alloh bor edi. Keyin zamoni yaratdi, makonni yaratdi. Yaratgandan keyin ham, yaratishdan avval qanday bo'lgan bo'lsa, shunday turibdi.

[22:26] Kan Alloh deydi Ali ibn Abit Olib. Ali ibn Abit alifni gapi o'tadimi bizga hujjatga? O'tadimi? O'tadi a? Ali roziyallohu anhu. Kan Alloh deydi. Valamakan, vahvo al'ani alamakani. Alloh bor edi, makon yo'q edi. Hozir Alloh avval qanday bo'lgan bo'lsa, shunday.

[22:52] Agar arshni yaratgandan keyin ham uning biror tarafda emas deyilsa, ya'ni arshning biror tarafida emas deyilsa, unda Alloh Taolo hech qayerda yo'q ekanda degan ma'no chiqib qolmaydimi? Deyilsa, ha, Alloh Taolo hecha bir makonda va hech bir zamonda emas, balki zamonlar va makonlarni yo'g'idan bor qilgan, o'zi yaratgan narsalarni ichida bo'lishidan oliy bo'lgan zot deb e'tiqod qilinadi. Moturiddiy aqliyasini e'tiqodi xuddi shu. Alloh zamondan ham, makondan ham be xojat.

[23:26] Yana ham tushunishimiz osonroq bo'lishi uchun, Alloh Taolo vojibil vujud. Maxluqotlar mumkinul vujud. Nima degani? Alloh Taoloning bor bo'lishi shart. Maxluqotilar bor bo'lishi ham mumkin, yo'q bo'lishi ham mukin. Ota bolaga nisbatan vojibil vujudd. Ota bo'lmasa, bola bo'lmaydi. Ota bo'lmasa bola bo'lmaydi. Bola uchun ota vojibul vujud bo'lishi shart. Ammo farzand ota uchun mumkinul vujud. Bu bo'lmasligi ham mumkinda bolasi. Alloh azza va jalla bor bo'lmasa, boshqa hech narsa bor bo'lmas edi. Tushunarlimi? Alloh bo'lishi sharti, chunki Alloh bo'lmasa boshqa hechnarsa bo'lmaydi'. Endi modomiki makon bilan zamon yo'q bo'lganda ham Alloh bormidi? Demak Alloh bilan Allohga zamon bilan makon bo'lmas ekan?

[24:23] Xulosani tushundinglarmi, birodarlar? Oyatlarning zohiriga, tarjimasiga, bir eshitgan paytingizdek kallasiga kelgan ma'nosiga asoslanib turib, e'tiqod shakllanmaydi. E'tiqod mutashobih oyatlar bilan shakllanmaydi, muhkam oyatlar bilan yakunlanadi. Mutashobih oyatlarni muhkam oyatga moslanib turib ta'vil qilinadi. Agar sizga oyatni, hadisni zohirga qarab turib hukm chiqarishlik o'zingizga bir hunar qilib oladigan bo'lsangiz, Alloh Taoloning osmonda deganingizdek, yerda ham deyishingizga to'g'ri keladi. Lekin biz oyatlarni zohirga qanaqa hukm chiqarmaymiz. Bu oyatlarni, hadislarni Salafi Solihalarimiz qanday tushungan bo'lsa, shunday tushunishlik bilan to'g'ri yo'lda sobit bo'lamiz.

[25:12] Shuning uchun birodarlar har kim oyat hadisidan hujjat keltiraveradi, o'z ichasiga ta'sir ta'vil qilaveradi. Ammo, ammo u sizni tushunishingiz, birinchi uch asrda yashagan ulamolarning fahmidan kelib chiqmagan bo'lsa, siz adashib ketishligingiz turgan gap bo'ladi. Aqvli qovli
