# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 237 of 510
- Section: —
- Duration: 34 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/237
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/rOOtypEJUEo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=rOOtypEJUEo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/236.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/238.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:13] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan alamin. Vassalotu vassalomu ala shohilmursalin va alayhi vashabi hech ma'il. Allohumma alinama yonfauna va fani bima'lum ta'navazidna ilma. Allohumma aliynal haqqon, haqqon va rizqu nabdeva'a. Va alina al botirov botirov va zuhna jiddiy ma'da va ja indan min ma'yastami unal qovliq yetti biyunah sana vodih ilna bi rohimadika fiya ibodika solihin.

[0:43] Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lubu barakas. Alloh azza va jalla, bu jamlanishimizni xayrli qilsin, tarqalishimizni mag'firatli qilsin va mana shu joyda aytadigan ilmga avval uni fahmlash deydi va unga keng amal qilish deyapman. Alloh taolo hammamizga tavfiqini bergan bo'lsin. Bugungi mavzuyimiz birodarlar ijmo haqida. Ijmoniman.

[1:07] Shariat islomiyada mana shariy hukmlarning dalillari to'rtta o'rindan olinadi. Dalil, ya'ni mana bu narsa halol, mana bu narsa harom desa, dalil so'raladi. Dalil nima? Lug'atda dalil har qanday hissiy yoki ma'naviy, yaxshi yoki yomon narsani ko'rsatuvchi, va uning yo'liga boshlovchi degan ma'noni bildiradi. Endi usulul fiqh ulamolari aytishadi, hukm chiqarish maqsadida to'g'ri yondashuv vositasi bilan xabarga, ya'ni oyat bilan hadisga, olib boradigan narsa dalil deyishadi. Demak, shar'iy hukmlarni chiqarish uchun dastak qilinadigan narsa dalili deyiladi. Dalillar, dalillar umumiy e'tibor qilinganda ikki turli bo'ladi. Ulamolar jumhur ittifoq qilgan dalillar. Ikkinchisi, ulamolarning jumhuri ittifoq qilib qolmagan dalillar. Ya'ni ijmo qilingan dalillar bor, ijmo bo'lmagan dalillar bor. Ijmoda har safar endi ijmoda ekanimda, men boshqa vodiyda, sizlar boshqa vodiyni yurmasliginglar uchun dehqoncha qilib tushuntirib qo'yaman. Yuzta olim bo'lsa, shundan to'qson tasi bir masalada fikri bir xil bo'lgan.

[2:24] Ijmo bo'lgan, ya'ni fikri bir xil bo'lgan. O'n tasi bir har xil masalalarni aytgan. Shunda shu olimlarning katta qismi, to'qson foizi bir xil javobni aytdimi, shu ijmo bo'ladi. Musulmonlarning ommasi, ya'ni mushtohidlarning katta qismo, ummatning katta qismo bitta masalada fikri bir bo'lganligi ijmo deyiladi. Ulamolarning jumg'ir ittifoq qilgan dalillar to'rtta. Qur'oni karim, hadis unabaviga ijmo va qiyos. Mana aytdik, umumiy e'tibor bilan olganda, dalil ikkiga bo'lindi. Ulamolarning ommasi ijmo qilgan dalillar, ulamolarning oommasi ijmo qimagan dalillar. Demak, biz hujjat oladigan, ulamolar ijmo qiladigan dalil manbasi Qur'on, sunnat, ijmo va qiyoz.

[3:19] Ulamolar jumhur ittifoq qilgan dalillarga ergashdik, vojib bo'ladi. Kitobdan, sunnatdan, ijmodan, qiyosdan dalil keltirdimi, shunga ergashdik, itoat qilishdek, qabul qilishlik vojib bo'ladimi? Qur'onda, sunnatdan, iymoda qiyosda kelgan dalilni qabul qilmagan odam gunohkor bo'ladi. Chunki musulmonlarning ommasiga qarshi, teskari yurgan odam bo'ladi bu.

[3:44] Bu nima degani? Agar kimdir ijmoiy ummatga xilof narsani aytadigan bo'lsa, xilof narsaning ko'tarib chiqadigan bo'lmasa, uni bu narsasi qabul qilinmaydi. Masalan, ummat olamni bu borliqni hodis, yangi paydo bo'lgan deb ijmo qiladi. Alloh taolodan boshqa hamma narsa olam deyiladi. Bular avval bo'lmagan, Allohni yaratish bilan paydo bo'lmagan. Demak, hodis, yangiy. Endi mana shu ijmoga teskari fatvo aytgan ahli ilmlar ham bo'lgan. Ular yo'q, olam qadim deyishgan. Mana, demak, olam hodis yangi, bitta bir so'z, ikkinchisida olam qadim, azaldan bo'lgan. Bu bitta so'z. Qaysinisi olinarkan? Ummat ijmo qilgan olamning qadim emasligi, olamning hadisligi olinadi, hodisligi yangiligi.

[4:36] Bu to'rtala dalilni haqiqatda dalil ekanligida ixtilof bo'lmagani uchun ham bular mana shu tartib bilan zikr qilindi. Kitob, sunnat, ijmo, qiyos. Endi ulamolar ijmo qilmagan dalillar bor. Bular istehson, masolihul mursala, urf, saddu zaroyi, istehsob, sahobiyning so'zi, Madina ahlining amali va bizdan avvalgilarning qilgan fe'llari. Bu sakkizta dalilda ummat ijmo bo'lmagan. Bular haqida usulul fiqh ilmlarini ilmining ulamolari batafsil bayon qilishgan. Kitob, sunnat, ijmo, qiyos. O'shaning uchun kitob sunnatda bo'lmagan narsani olmaymiz, qilmaymiz, biz faqat kitobni sunnat bilan ketamiz degan birodarlarimiz kamol ilmsizligidan bu gapni gapiryapti. Chunki kitobni sunnatdan keyin ijmo bilan qiyosni olmasa, gunohkor bo'ladi. Ma'qulmi?

[5:32] Bulardan mana shu keyingi o'n marta ulamolar ijmo qilmagan dalillarni dalil sifatida olish masalasida ixtiloflar bor. Shuning uchun usul uchun kitoblarda bu narsalarni tafsilotlari bayon qilingan. Demak, bugungi suhbatimizni mavzusi, birodarlar, shar'iy dalil ekanligida ixtilof bo'lmagan ijmo haqida.

[5:57] Demak, dalil ekanligidan shubha bo'lmagan, ixtilof bo'lmagan manba to'rtta, sanaymiz. Kitob, sunnat, ijmo, qiyos. Ya'ni bir masalani shariat islomiyadagi hukmi qanday deb so'raladigan bo'lsa, mushtohid odam avvalambor bu savolga javobni Qur'ondan istaydi. Birinchi manba. Agar Qur'ondan bunga javob topa olmasa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan istaydi. Undan ham topa olmaydigan bo'lsa. Ijmoga qaraydi. Kitobda ham, sunnatda ham dalil topilmadi. Endi Payg'ambarimizdan keyingi davrda yashab o'tgan ulamolarning mana shu masalaga aytgan gaplari va ittifoqlari bormi yo'qmi, shuni bilishga harakat qiladi.

[6:42] Uchinchi manba ijmo. Endi ijmo ham bo'lmaydigan bo'lsa, demak bu masalada ulamolarning ishtixoniga havola qilinadigan qiyosiy masala ekanligi ma'lum bo'ladi. Endi qiyosiy qoladi. Mana shu ishtixod, ijmo, qiyos bor bo'lganligi uchun, qiyomatgacha qanaqa masalalar chiqsa hayotda, shariatimiz unga javob berishlikka qodir bo'ladi. Bu ummatul muhammadiyaning xususiyati, boshqa ummatlardan afzalligi.

[7:10] Demak, bugungi suhbatimiz ijmo haqida ekan. Endi nima sababdan bu ijmo degan narsani alohida bir dars qilib, mavzu qilib ko'tarib chiqdik. Tarixga qaraydigan bo'lsak, o'tmishda ba'zi bir ahli ilmlardan ijmoga qarshi yurishlik voqea bo'lgan. Ijmoga teskari fatvolar aytishlik sodir bo'lgan. Ana shu fatvolar o'sha zamonda aytilgan bo'lsa, shu zamonni o'zida katta muammolarga sabab bo'lgan.

[7:38] Hozirgi kunimizda ham birodarlar ummat orasida mavjud bo'lgan, ixtiloflar nima sababdan paydo bo'lyapti? Va kimlar sabab bo'lyapti degan savol beriladigan bo'lsa, javob shu bo'ladiki, ijtimoiy ummatga xilof bo'lgan ana shu fatvolar sabab bo'lyapdi. Ana shu ijtimoiy ummatga xilof bo'magan fatvoni ushlab olgan odamlar sabab bo'layapti. Boshqalar emas.

[8:03] Shuning uchun bu mavzuni yoritishlikka biz niyat qildik. Ijmoni nimaligini tushunib olaylik. Va shu ixtilof qilayotgan birodarlarimizni gapi shu ijmoga teskari ekanligini tushunsak, ijmoga teskariga yurishligi mumkin emasligini tushunsangiz, shoyad bu ixtiloflar ko'tarilsa oramizda. Maqsad birovni burnini yerga ishqab qo'yish, birovni bir mulzam qilish, birovning yuzini yerga qaratib qo'yish emas. Maqsad bizga bildirilgan ilmni sizlarga yetkazib qo'yibsizlar. La tubayyunun nahudin nasiy va la taktumona deydi Alloh Taolo. Ya'ni sizlarga berilgan ilmni odamlarga bayon qilasizlar, yashirmaysizlar deydi. Ilmni yetkazyapmiz xolos.

[8:44] Tavassul darsini qilganimizdan keyin har xil bir fikrlar, har xil bir munosabatlar bo'ldi va bo'lishi tabiiy. Odamlar turli tabiat egasi bo'lgandek, turli ilm saviyasini egalari. Birodarlar, tavassul joiz, ummat ijmo qilib kelgan sakkizinchi asrgacha. Qabrni ichida yotgan odamdan so'rash shirk. Shirk, shirk. Tovhidga xilof, xilof, xalof.

[9:10] Qabrni ichidan yotgan odamdan so'rashni shirk ekanligini hech kim ixtilof qilmaydi. Ammo qabrni oldiga borib duo qilish mumkinligi ijmo bor bu odamlar. Tushunarli aka, nimaga bu mavzuni olib chiqdik? Ummat bunga ijmo qilgan dedimi, tamom. Uni olsammi, olmasammi, to'g'rimi, noto'g'rimi deyishniki bizni haqqimiz yo'q. Vojib bo'ladi.

[9:35] Ijmoiy ummatga xilof bo'lgan fatvolar sabab bo'lyapti oramizdagi mushkulalarga va mana shu fatvolarni ushlab olgan odamlar sabab bo'lyapdi. Demak, ijmo qat'iy hujjat ekan. Qur'ondan keyin, sunnatdan keyin turadigan ijmo. Uchinchi dalil manbai. Endi ijmoga teskari yurishni oqibati qanday bo'ladi? Musulmonlarni o'rtasida ixtilof bo'ladi, adovat paydo bo'ladi, parchalanish bo'ladi, to'g'ri yo'ldan adashlik bo'ladi.

[10:09] Misol. Bir podshohni oldiga u qattiq ishongan odam kelib, podshohga aytdiki, tog'ni orqa tomonida bitta katta qo'shin turibdi, bizga hujum qilmoqchi ekan dedi. Ishonchli odam, bitta ishonchli odat. Shu odamni gapiga ishonib turib podshoh o'ziga yana ishonchli bo'lgan odamlardan yuz tasini, yuzta otliq kishini shu xabarni tekshirib kelgani jo'natdi. Yuzta otli' bor edi da, qaytib keldi da, hech qanaqa qo'shin yo'q ekan dedi. Unga xabar keltirgan ikkala taraf ham ishonchli odam. Shunda podshoh, qaysi guruhni, qaysi tarafni so'zini haqiqatga qabul qilish kerak?

[10:49] Yuzta odamni. Bir masalada yuzta mushtohid bitta fatvoda aytgan bo'lsa, endi bitta ilmli mushtohid bo'lgan odam unga teskari gapni aytsa, kimni gapini olishlik to'g'ri bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qabrini ziyorat qilishlik maqsadda chiqishlik mumkin emas degan olimlar bo'lgan. Rasulullohning qabrini ziyorat qilib bo'lmaydi deb turib fatvo chiqargan. Ha, bu yoqda ummat sakkiz asrgacha mumkin deb kelgan. Kimning gapini olamiz?

[11:17] Demak, yuzta odam bir xabarni olib keldi, bitta odam unga teskari xabarni olib keldi. Kimning gapini olamiz ekan? Hammasi ilmli, hammasi mushtohid odamlar. Mana shu bitta odamning gapini qayerda olishgan bo'lsa, o'sha yerda ixtilof bo'lgan, bo'linishi bo'lgan muammo bo'lgan. Garchi fatvo aytayotgan olim mushtohid bo'lgan bo'lsa ham, uning bitta o'zining gapi, bu yoqdagi yuzlagan mushtohidlarning gapiga, ijmoga teskari bo'lganligi uchun, u bitta mushtohidning gapi olinmaydi.

[11:51] Ijmoning lug'aviy va shar'iy ta'rifi. Ijmo lug'atda ikki xil ma'noni anglatadi. Azm va ittifoq. Alloh azza va jalla Yunus surasida Nuh alayhissalomning kofirlarga qilgan xitobini eslatib aytadi. Asta adu billah. Fa ajmi u amrukum va sho'raka akum. Endi Allohga sherik qilgan budlaringiz bilan bilgan ishingizni azm ila qilavering. Demak, ijmo degan so'zning bitta ma'nosi azm qilish, qasd qilish.

[12:24] Ijmo so'zini azm ma'nosida kelgan misol bu. Endi ijmo so'zi ittifoq ma'nosida kelishigini ham aytib o'tamiz. Arablar bir qavm falon ishga ijmo qildi deganda, demak, o'sha ishga ittifoq qilishdi. Shunday qilamiz deb kelishdi. Qaror qabul qilishdi, ittifoq qildi. Yana ijmo jamlanish so'zidan olingan bo'ladi. Bir fikr, bir ish, bir so'z yoki bir e'tiqod atrofida jamlanish, hamfikr bo'lishlik degan ma'nosi ham bor. Endi ijmo degan narsani umumiy tushundik. Endi shariatimizdagi ma'nosi, istilohiy ma'nosi qanaqa? Ijmoni yana jamlanish ekan, qasd qilish ekan. Nima ekan? Bitta fikrni ustiga yig'ilish ekan.

[13:08] Endi ijmoni islom dinidagi, shariatiy islomiyadagi istilohiy ma'nosi, ijmo, Muhammad alayhissalomning vafotidan keyin, u kishining ummatidan bo'lgan mushtohidlarning bir shariy hukmga ittifoqidir. Muhammad alayhi assalomning vafotida keyin, u zotning ummatidan bo'lgan mushtohidlarning bir shariy hukmga ittifoqi. Mana so'zma so'z ko'rib chiqamiz. To'rtta odam bir bo'lsanglar ijmo bo'laveradimi? Yo'q. Boshqa dindagilar bir masalada bir fikrga kelgan bo'lsa ijmo bo'ladimi? Yo'q? Siz bilan biz, avom xalq, bir masalada fikrimiz bir bo'lsa ijmoo deyilaveradimi? Yo't.

[13:48] Ijmo nima ekan? Muhammad alayhissalomning vafotidan keyin deyildi. Muhammad alayhissalomning vafotidan keyin. Bu juda ham bir muhim qayd. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tiriklik davrida qilingan ittifoq ijmo deyilmasligi hammaga ma'lum. Chunki shar'iy masalalar chiqadigan bo'lsa, rasululloh sollallohu alalayhi vasallam tiriy bo'lganlar, to'g'ridan to'g'ri javobini aytganlar, shuning uchun sahobalarni ijmosiga hojat bo'lmagan.

[14:19] Tarifda yana aytildi, u kishining ummatidan bo'lgan. Ya'ni musulmonlar bo'lishga rejimo qilayotgan odamlar. Yana tarifda mushtohidlarning ittifoqi deyildi. To'rtta chora savod yig'ilib olib turiblar bitta masalaga qo'l ko'tarishsa, bu ijmo degani emas. Muhammad alayhissalomning vafotidan keyin, u zotning ummatidan bo'gan mushtohidlarining ittifoqi.

[14:44] Mana shu o'rinda bir mushtohid bir masalada bitta fikrda aytdi, bitta fatvoda aytdi. Lekin qolgan mushtohidlar buni xilofini aytdi. Shunda bu mushtohid bo'lsa ham boyagi bitta odam, ko'pchilik mushtohidlarga teskari bo'lgani uchun buni gapi olinmaydi. Garchi Qur'on hadisdan dalili bo'lsa ham, yana ta'rifda bir shar'iy hukmga ittifoqi deyildi. Bu bilan shar'iy bo'lmagan hukmlarga bo'lgan ittifoq shar'iy ijmo deyilmasligi ma'lum bo'ladi. Masalan, aqliy hukmlarga yoki hissiy hukmlarga bo'lgan ittifox shar'iy ijimo deyilmaydi.

[15:23] Imomutahobiy aytadi vala nuxolifu jamoat al muslimin musulmonlarning jamoasiga xilof yo'l tutmaymiz. Musulmonlarning jamosiga xilof yo'll tutmaymiz. Aksar mushtohidlar bir xil narsani aytib kelyaptimi? Endi biz bunga teskari gapni gapirmaymiz. Bu aqidaviy masala. Imom Abu Dovuddan, Imom Termiziydan, Imom Ahmaddan keltirilgan xanisda, Rasululloh aytadilar men xorajahani il jamiati faqat xola ribu katal islami an unuqihi. Kim jamoatdan, musulmonlar jamoatdan chiqadigan bo'lsa, o'zini bo'ynidan islom bo'yuntirig'ini yechibdi. Ijmoga teskari chiqqan, musulmonlarning ommasiga teskari fatvo aytganlar, jamoatdan ajraganlar bo'yin turg'ini yechib yuboribdi, islom bo'yin turug'ini. Jamoatdan ajralib bo'shalib ketgan odam ketib ketib qayoqqa boradi? Alloh Taolo Qur'onda buni xabarini bergan.

[16:19] Shu o'rinda yana bitta narsani aytib o'tishimiz kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotidan keyin, u kishining ummatidan bo'lgan mushtohidlarning ittifoqi deyildi. Mushtohid degan masalani ham bir alohida bir mavzu qilsak kerak, o'rniga kelganda. Mushtohid qanaqa sifatlarga ega bo'lishi kerak, qanday shartlar topilishi kerak u odamda, qaysi ilmlarni mukammal egasi bo'lishi keraksa, inshaalloh bir dars qilarmiz.

[16:48] Hozirgi davrda, masalan, O'rta Osiyoda olaylik. O'n soat O'rta Osiyoda tug'ilgan, o'sgan, mana shu O'rta Osiyada yashaydigan xalqlardan. Ahli ilmlarni ichidan bironta odam o'zini mushtohidman deb ayta oladimi? Yoki O'rta Osiyoda yashab keyin boshqa yerga ko'chib ketayotgan bo'lsa, o'sha odamlardan mushtohidmi? O'shalarni mushtohid deya olasizlarmi?

[17:14] Yigirmanchi asrda yashagan odam, ikkinchi, uchinchi asrda yoshagan salafi solihiylarning hadislarini rojiq marjuq, sahih zaif deyishlikka, razbor qilishlikka ularni ilmini. Haqqi bor deb olasizlarmi? Ya'ni biz ilmli deb bilgan insonlardan birontasini mushtohiy deb ayta olamizmi? Yo'g'a? Avvalgi zamonlarda yashab o'tgan mushtohiyda mutloq ekanligida shubha bo'lmagan, mazhab boshi imomlarini, fatvolarini, hozirgi davrda yashayotgan odamlar roziq marjuq qilishlikka haqqi bormi?

[17:49] Bu to'rala mazhab boshliqlari, mushtohiydamutloq ekanligiga shubha yo'q. Butun ummat ijmon qilgan bunga. Endi bizni asrimizda yashayotgan odamlar abu hanifaga hadis yetmagan, falonchi buni bilmagan deb turib, ularni ishini tahlil qilishlik bizgami? Ijmoning hujjat ekanligi haqida. Bir masala ustida mushtohid ulamolarning fikrlari bir bo'lsa, o'sha masalani hukmida ittifoq qilishsa, mana shu ijmo, hujjat bo'ladimi, yo'qmi?

[18:25] Ahli sunnaval jamoaning hammasi islom shariatida ijmo qat'iy hujjat ekanligini ta'kidlashgan va bunga ko'plab dalillarni keltirishgan. Mana shu dalillarni bazalarini keltiramiz. Nimani dalilini o'qiymiz ekan hozir? Ijmoni nima ekanligi haqida. Ijmoning qat'iy huujjat ekanligiga dalillar.

[18:52] Ijmonning hujjat ekanligida ixtilof qilganlar kimlar desa, mo'tazilalar, shialar va xabarjilar bo'lgan. Birinchidan, Alloh azza va jalla Niso surasining yuz o'n beshinchi oyatida shunday deydi: astayribillar va man yusha aqiqir rasula min ba'diman tabay yanalahul huda va yattabia g'oyra sabiyli ilm umining nuvallihi ma tavallaa va nuslihi jahannam va sa'd mosliroq. Kim haq yo'lni aniq bilganidan keyin, payg'ambarga ixlof ish qilsa va mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa, mana shu ijmo mo'minlarningyo'li deyiladi. Mo'minlar yo'li nima? Deyilsa mana shu yerdagi ijmo deyiladi.

[19:40] Va mo'minlarning yo'llaridan boshqa yo'lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo'yib beramiz, so'ngra jahannamga doxil qilamiz. Naqadar yomon joy u. Demak, musulmonlarning yo'llarida boshqa yo'llarga ergashlik, ularni jamoasiga xilof ish qilishlik qattiq qoralanyapti. Musulmonlarning ijmosiga, musulmonlarining jamoasiga teskari qilgan ishlarni jahannamga dok'il qilishligini Alloh Taolo va'dasini beryapti.

[20:09] Biz aytayotgan ijmo ham aynan ana shu mo'minlarni yo'li. Unga xilof qilishlik mumkin emas ekan. Ijmo qat'iy hujjat ekanligi mana shu oyatdan ma'lum bo'lyapti. Demak, birinchi dalil. Ikkinchi dalil. Baqara surasini yuz qirq uchinchi oyatida shunday deydi Alloh Taolo, astag'firulloh. Vakadalika ja'annakum ummatan vosato, litakunush shuhada a'la nas voyakuna rasul alaykum shahiydan.

[20:40] Shuningdek, ya'ni haq yo'lga hidoyat qilganimiz kabi, sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo'lishingiz va Payg'ambar sizlarning ustingizda guvoh bo'lishi uchun o'rta adolatli bir millat qildik. Bu oyatda Alloh Taolo ummatni boshqa ummatlar ustida guvohni bo'lishligini, adolatli guvoh bo'lishligini xabarini aytyapti. Endi kim guvohlikka qabul qilinadi desa, so'zi qabul qilinadigan odam. Ya'ni adolatli bo'lgan, so'zi qobil qilinadigan, ishonchli odam guvoh bo'ladi. Fosiq, yolg'onchi odam guvohligi o'tmaydi.

[21:19] Endi, bu ummat, agar bir ishda ittifoq qilgan bo'lsa, uning so'zi va guvohligi qabul qilinadi degani. Demak, bu oyat ham, birodarlar. Bu ummatning ittifoqi, ijmosi dalil ekanligini bildirib turibdi. Nechta dalil keltirdik? Ikkita. Uchinchi dalil. Alloh taoloning Hisob surasida shunday deydi. Astag'firulloh. Fain tana azatun fiy shay'in farud duh ila allohi va rasul. Agar, ey musulmonlar, bordi yu biron masalada, biron narsada talashib qolsanglar, u narsani Allohga va Payg'ambariga qaytaringlar. Mana talashib qolsanglar deyapti. Talashib qolsanglar, Alloh va Rasuliga qaytaringlar. Bu degani talashmasanglar, ittifoq qilsanglar, shunga amal qilaveringlar degani chiqadi.

[22:11] Qachon domlani oldiga kelamiz? O'sha o'rtadagi masalada talashib qolganimizda, ikkovimiz ham bir xil fikrga kelgan bo'lsak, ikkalamiz o'qigan kitobimizda bir xil bo'lgan bo'lsa, domlani oldiga bormaymiz. Demak, musulmonlar qachon kitobni sunnatga qaytarish kerak ekan? Talashib qolsa. Demak, talashmaydigan bo'lsa, ummatning ijmosiga ergashsa bo'ladi degani.

[22:35] Demak, ummatning mushtahib ulamolari ittifoq qilgan narsa, ijmo, haqiqiy hujjat ekanligi mana shu oyatdan ham ma'lum bo'lyapti. Endi o'zaro talashib qolsanglar, kitobni sunnatga qaytaringlar deganda birodarlar, bu mushtohidlarga, olimlarga aytilinyapti. Avom xalq o'rtasida chiqib qolgan masalani kitobni sunnatga haydarmaydi, ulamolarga haydaradi. Ulamolar agar ixtilof qilib qolsa, kitobni sunnatdan istaydi. Ammo bizni muammoyimiz nimada? U ham oyat keltiraverdi, bu ham oyat keltiroverdi. Ikkalasini ham gapirayotgan gapiga bu oyat o'zi dalil bo'lmaydi. U ham hadis keltiraverdi. Bu ham hadis keltiroveradi. Birodalar, avom xalq kitob va sunnatga qaytara olmaydi. Ular ulamolarga murojaat qiladi. Tushunarlimi? U har bitta odam o'zi kitob u sunnatga murojaat olaman deyorsa, bilasizlarmi qanaqa mushkulalar paydo bo'ladi?

[23:30] Demak, Qur'on va sunnatga qaydib, undan to'g'ri yechimni topib olish avom xalqni ishi emas, ulamolarning ishi. Ana shu avom xalq oralarida bo'ladigan firqiy, aqidaviy masalalarni javoblarini shu ming yildan ortiqroq muddat kelayotgan mazhabimiz va aqida maktabimizni kitoblaridan topib, ulamolar xalqqa bayon qilib beradi. Agar kitobi sunnatdan ana shu mushtohidlar javob topa olmasa, ishtiqod qiladi. Shundan bizni zilzilamizga fatvo chiqarib beradi. Avom xalq, avom xalq ulamolarga murojaat qilish kerak. Hadisdan dalillar.

[24:09] Ana rasulullohi rodiyallohu anhu qola, qola rasulullohi sollallohu vasallam va la tajjidami yo ummati ala dolali. Bu hadisni imom termiziy, imom ahmad, ibn moja, abu dovud, imom hokim, imom tavroniylar rivoyat qilgan. Rasululloh aytyaptilar, ummatim zalolat ustida jamlanmaydi. Ummat shu zamongacha to'rtala mazhab va ikkita aqida maktabini to'g'ri deb ijmo qilib keldimi, demak mana shu hadis shu aqida maktablari bilan fiqhiy maktablarni to'g'ri aytganiga dalil bo'ladi. Agar zalolat bo'lganda, ummatni fikri bir bo'lmas edi.

[24:49] Ma'qulmi? Birinchi dalil. Demak, u zotning ummatiga bu alloh taoloning marhamati bo'ldi. Bir hukmga ittifoq qildimi, u haq bo'ladi, to'g'ri bo'ladi, unga ergashlik vojib bo'ladi. Hadisdan keyingi dalilimiz. An savvon roziyallohu anhun qoli, qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam la tazalu toifatu min ummati vohiriina alalhaq. La yadur ruhun man xodalag'un, xatta ya'atiya amrulloh va hun kadalik. Savvon roziallohu anhudan rasululloh aytadilar, ummatimdan bir toifasi haqda bardavom bo'ladilar. Ularni ko'maksiz qoldirganlar ularga zarar bera olmaydi. Ular to allohning amri kelgunicha shu holda turadilar. Buxoriy va muslim rivoyati. Ummatimdan bir toufasi, mushtohidlar ulamolari haqda bo'ladi. Ular adashmaydi deyapti. Demak, muhammad alayhissalomning ummati haqni yo'qotmasligi haqida bu hadisda xabar berilyapti. Haq esa unga amal qilishini vojib qiladi. Unga xilof ish tutishlik mumkin emas. Demak, ulamolarning ijrosi nima ekan?

[26:03] Hujjat ekan. Keyingi hadisimiz. An abibosurati rodiyallohu anhu qoli, qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam sa'l tu robbiy alla tajjidamiya ummatiy ala adolat fa atoningha. Rasul aytayaptilar, men robbimdan ummatim zalolatda jamlanmasligini so'radim, bas, uni menga ato qildi. Rasululloh so'ragan ekanlar. Ummatim xato ustida jamlanmasin, xatoni ustida gapi gapiga to'g'ri kelmasin, ittifoq bo'lmasin deb duo qilgan ekanlar. Mana alloh taolo ummatga bu narsani berdi. Demak, ijmo birodarlar, kitobi sunnatdan keyingi uchinchi manba.

[26:46] Kim ijmoga teskari yurgan bo'lsa, musulmonlarni yo'liga teskari yurga bo'ladi. Kim ijmoga teskariga yurgan bo'lsalar, shular ixtilof qilyapti. Shu ijmoga teskalik bo'lgan fatvolar musulmonlarniki o'rtasiga parokandalik solyapti. Mana mushkulani ildizi qayerda? Agar ummat ijmo qilgan narsaga amal qilib kelsa, ummat o'rtasida ixtilof bo'lmaydi.

[27:10] Hadisdan keyingi dalilimiz. An inumaro roziyallohu anhu qoli, qoli rasulullohi sollallohu alayhi vasallam. Innalloh ala yajma va hadihil umma ala dololatin abadan. Yadullohi ma'ljama. Va man shadza, shadza finnal. Rasul aytadilar, albatta Alloh azza va jalla bu ummatni hech qachon zalolatda jamlamaydi. Allohning qo'li jamoat bilan birgadir. Kim ajralsa, jahannamga ajralur.

[27:43] Imom termiziy, imom mahmud, ibn moja, tabaroniylar har xil larblar bilan mana shu hadisni rivoyat qilgan. Biz keltirgan mana shu hadislarda birodarlar, Alloh aziz va jalloh bu ummatning agar bir ish ustida ittifoq qilib, jamlanishi sodir bo'lgan bo'lsa, xatodan, zalolatdan saqlashini xabarni beryapti. Bundan ham ummatni ijmosi to'g'ri yo'l ekanligini tushunsak bo'ladi.

[28:11] Demak, uchta oyatdan dalil keltirdik, to'rtta hadisdan dalil keltirtirdik. Shariatda faqatgina mustahid ulamolarning ittifoqi ijmo deyilyapti. Bitta olimning so'zi, garchi u mustahid bo'lsa ham, garchi olim bo'lsa ham , garchi garchi bo'lsa ham ijmo bo'lishi mumkin emas. Demak, ularni ijmonlari xatodan saqlangan bo'ladi. Bu boshqa ummatlarga berilmagan ulkan sharafdir.

[28:39] Yuqoridagi dalillardan shariatimizda ijmo qat'iy dalil ekanligini bilib oldik. Qat'iy dalilda inkor qilgan kimsa esa dindan chiqib kofir bo'ladi. Tushunyapsizlarmi? Bu degani, kim ijmoni inkor qilsa, dindan chiqilib ketadi degani. Demak, ijmo qat'iy hujjat. Lekin afsuski, o'tmishda ahli ilmlardan mana shu ijmoga qarshi yuvganlar, ijmoga qarshifat olganlar bor bo'lgan. Ana shu fatvolari o'zini zamonida katta mushkulalarga sabab bo'lgan. Ijmoiy ummatga xilof bo'lgan, teskari bo'lgan, ana shu fatvolarni ushlab olgan ayrim musulmonlar hozirgi kunda musulmonlarni orasida bo'lar ekan ixtiloflarga, bo'lmishlarga sabab bo'lib turishibdi.

[29:27] Mana endi misol bormi domla? O'sha ummatning ijmosiga teskari aytilgan fatvolardan. Birinchi misol. Ahlul sunna va jamoaning ulamolari ijmo qilishgan. Nimaga? Allohning zotida hodislik yuz bermaydi. Alloh taoloning zotida bir o'zgarish bo'lmaydi, yangilik paydo bo'lmaydi.

[29:51] Chunki Alloh hodislikni, ya'ni yangiliklarni o'rni emas, balki bu hodislik, yangiliklarning yaratuvchisi deb ijmo qilishgan. Lekin mana shu ummatning ijmosiga teskari fatvo otgan olimlar aytishganki, Allohning zotida hodisliklar yuz beradi. Yangilik, o'zgarish paydo bo'ladi deyishgan. U tushish, ko'tarilish, harakatlanish, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish va o'tirish kabi hodisliklar bilan sifatlanadi deyishgan.

[30:24] Ummat, Allohni zotida hech narsa o'zgarishi bo'lmaydi, hech qanday yangilik bo'lmaydi deyapti. Lekin bu xilof qilganlar Alloh tushadi, chiqadi, Allohning zotida o'zgarishlik bo'lishi mumkin deyapti. Tushundinglarmi mushkulani qanchalik kattaligini? Va mana shunga oyat hadisdan dalillar keltiradi o'zi. Ammo ijmoga teskari bo'lgani uchun bu gapi to'g'ri bo'lmaydi.

[30:46] Ikkinchi misol. Ahlul sunnaval jamoa aytadi. Ittifoq qilgan narsasi, Allohning zoti juzlardan a'zo va bo'laklardan pok. U hech bir maxluqqa o'xshamagan, yagona bo'lgan zotdir. Uning qismlari ham yo'q, u tarkib topmagan va jism bo'lmagan zot deb ijmo qilgan, umuman. Bo'laklarga biz bo'linamiz, qo'l, oyoq, tana, bosh, ko'st, bo'linamiz. Biz juzlardan tashkil topganmiz, qismlarimiz bor. Alloh Taolo unaqa emas, deb ummat ijmo qilgan. Ammo mana shu ijmonga teskari fatvo aytgan olimlar aytishganki, Allohning juzlari bor va u ana shu juzlardan tarkib topgan deydi.

[31:29] Yana bitta misol. Ahlul sunna val jamoaning ijmosi. Olam, olam, bu borliq. Allohdan boshqa hamma narsa. Ya'ni Allohdan boshga hamma narsa olam. Va olam hodis deydi ahli sunna. Yangi paydo bo'lgan. U yo'q edi bu olam, bu borliq. Alloh uni yo'g'dan bor qildi, demak yangi paydo bo'magan, hodis deydi. Lekin ahli sunnaga xilof xato aytgan ana shu olimlar, olam ham qadim, avvaldan bor bo'lgan deyishadi.

[32:00] Biz yuqorida aytgan misollar e'tiqodiy masalalardagi ijmoga tegishli edi. Aqidada mana shunday bir xilof gaplarni aytishgan. Endi ahli sunnaval jamoaning fiqhiy masalalarga qilgan ijmonlariga qarshi berilgan ba'zi fatvolar. Ahli sunnaval jamoaning fuqaholari, agar er ayoliga bir lafz bilan uchtaloqsan desa, uchtaloq tushadi deyishgan. Bu ijmo qilingan masala. Ummatning ijmosiga teskari yo'l tutganlar, bir lafz bilano uchtaloq aytilsa, uchtaloqi tushmaydi degan.

[32:33] Ikkinchi misol. Ahli sunnavval jamoa ulamolari agar inson farz namozini qasddan o'qimasa va bu namozda vaqti chiqib kelsa, unga shu namozni qazo qilishlik vojib bo'ladi deb ijmo qilishgan. Lekin ijmoiy ummatga xilof bo'lgan olimlar qasddan tarqalingan namozga qazo yo'q deb aytishgan. Yana ahli sunnaval jamoa fuqarolari kishi ayolini hayz vaqtida taloq qilsa, garchi bu sunnatga xilof taloq bo'lsa ham, taloq tushadi deb aytishgan va bunga ijmo qilishgan. Lekin ummatning ijmosiga xilof yurgan olimlar hayz vaqtda taloq tushmaydi deb qarshi yurishgan.

[33:17] Birodarlar, misol juda ham ko'p. Misol juda ham katta. Ba'zilarni aytdik xolos. Xulosa. Ijmo Muhammad alayhissalomning vafotidan keyin, u kishining ummatidan bo'lgan mushtohidlarning bir shar'iy hukmga ittifoqi. Ijmo qat'iy hujjattdir.

[33:41] Ulamolar jumhur ittifoq qilgan dalillarga ergashlik, ijmoga ergashlik vojib. Ummati islomiya ijmoni ming yildan ko'proq davr mobaynida mahkam ushlab kelgan va to'g'ri yo'ldan adashmagan. Ijmoga teskari yurishning sabablari ixtiloflar, parchalanishlar, musulmonlar orasiga adovat kelishligi va adashishlik. Kim ijmoni inkor qilsa, dindan chiqib ketishlik xavf ostida qoladi.

[34:10] Aquli qovli ha da, va astag'firullohu alayhi valakum, innallohu va malaka taqu yu sallun a ala nabiy. Ya ayyuha'lla dini amal u sollu alayhi vasalli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim og'ir ekan.
