# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 238 of 510
- Section: —
- Duration: 27 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/238
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/ji4tO3x_4lo.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=ji4tO3x_4lo
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/237.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/239.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalatu vassalama alash roh ilmurs alim va ala alihi va ashabi hajmain. Allohumma allimnama yonfauna va fa'na bi ma'lamtana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa, haqqon orzuqunati ba'a va arenal ba'tila va'tila orzuqunati jiddiy naaba. Voja anna min mayyasida miyaunal qovli fayatda biyuna husana, vodixin la birahmatika fiya ibadika solihin. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lidoturakam. Siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin O'shining Badr amaliy asarini dars qilib o'qiyotgan edik. Yettinchi baytdamiz, bugun uchinchi qismi.

[0:47] Sirojiddin Oshi marhamat qilib aytadi, nusa milla ha shay'an la kal ashiya i va datan an jihati siddi xoli. Alloh azza va jallani boshqa shaylar kabi bo'lmagan shay deb ataymiz. Alloh taoloni narsa deyish mumkin. Chunki Alloh Taolo ley saka mit lihi shayun degan. O'zini shay, narsa degan. Lekin orqasidan darrov aytib qo'yamiz, Alloh narsa, lekin boshqa narsalarga o'xshamagan narsa. Allohni boshqa shaylar kabi bo'lmagan shay deb ataymiz va olti tarafdan xoli bo'lgan zot deymiz. O'tgan darsimizda alloh taoloni osmonda deganlarning dalillari va ahli sunnaval jamoani ularga bergan javoblarini dars qilayotganidek, inshaalloh davom etkazamiz.

[1:40] Karomiya, Mushabbaha firqalari, bu adashgan firqalar, Alloh Taolo maxsus makonda, arshda deyishdi. Najoriya firqasi esa Alloh Taoloni hamma yerda dedi. Lekin ahli sunnaval jamoa esa alloh azza va jalla zamon va makondan behojat deb ta'lim berdi. Mana shu siz bilan bizni aqidamiz, e'tiqodimiz.

[2:04] Ha, oyatlar bor, hadislar bor. Oyatlarki, bir eshitganingizda kallangizga kelgan birinchi fikr, ha, Alloh osmonda ekanda degan fikr bo'ladi. Lekin yana boshqa oyatlar bor, ularni eshitganingizdan bir kallangizga kegan fikri, Alloh nafaqat osmonda, yerda ham ekanda degan vahimga kelasiz. Oyatlar bor, muhkam oyatlar bor, oyatlar bor, mutashobiy oyatlar bor. Qur'onning mana shu ilmlaridan bexabar bo'lgan odam, amin tum manfis sama deyapti Alloh Taolo. Osmondagi Zot sizlarni yerga yutib turishdan omondanmisizlar deyapti. Oyatni o'zida pryamoy aytyapti osmonda deb. Qanday buni inkor qilasizlar deb turib, oyatni zohiri bilan xulosa qilsa, aytamizki, birodar shoshmay turing. Mana bu yerda boshqa oyat ham bor. Vohu va ma'kum aynama kun tum. Sizlar qayerda bo'lsanglar ham Alloh sizlar bilan birga. Zohirga qarasangiz, biz qayerda bo'lsak, Alloh ham o'sha yerda ekan. Biz qayerdamiz hozir shu topda? Masjidda. Odamlar bor, dengizni tagida yuribdi, podvodniy nuotkada, kosmosda yuribdi. Oyatni ustiga qarab xulosa qilsangiz, biz qayerday bo'lsak, Alloh o'sha yerda ekanda. Mana oyatni zohirga qarab osmonda deyishingiz noto'g'ri bo'lgandek, mana oyatni zoxirga qarab turib hamma yerda deyishingiz ham noto'g'ru.

[3:26] O'tgan darsimizda Alloh Taoloni osmonda deydiganlarning keltirgan dalillari va ularga Ahl-i Sunnanning bergan javoblarini o'qidik. Davom etamiz. Mana endi Alloh Taoloning osmonda deydigandlarning dalili Abu Hurayra roziyallohu anhudan keltirilgan hadisda bir kishi Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldiga bir qora tanli cho'rini olib keldi da, yo Rasululloh, meni zimmamda mo'mina cho'rini ozod qilish majburiyati bor, dedi. Ya'ni mo'mina bo'lsa mana bu cho'ri men ozod qilaman dedi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam cho'riga Alloh qayerda dedilar. U barmog'i bilan osmonga ishora qildi. Men kimman dedilar. Nabiy sallallohu aleyhi vasallamga ishora qildi, samoga ishora qildi ya'ni siz Allohni rasulusiz dedi. Shunda Rasululloh uni ozod qil, u mo'minadir dedilar. Abu Dovud rivoyati. Alloh osmonda deydiganlar shu hadisni aytib turib aytadiki, Rasululloh mana shu joriyadan Alloh qayerda deb so'raganlar, bunga javoban osmonga ishora qilgan cho'rini mo'mina dedi. Demak, mana shu hadis ham Allohni osmonda ekanligiga dalil deb aytishadi. Endi, ahli sunni nima deydi?

[4:44] Bu hadisda ham Alloh Taoloni osmonda ekanligiga dalil yo'q. Chunki bu hadisni ayrim rivoyatlarida mana shu ayolni soqov bo'lganligi haqida ham rivoyatlar bor. Soqov bo'gan, chunki ayta olmas edi. Qo'li bilan osmonga ishora qilishingdan boshqa chorasi yo'q edi. Ya'ni o'zini ma'budi mana bu yerdagi butlar daqa emas, balki o'zini iloh deb bilay ekani somoni ham ilohi ekanligini aytmoqchi bo'lgan edi. Undan tashqari bu hadis birodarlar mustarif deyiladi. Mustarif degani tebranuvchi degani va bu uni zaifligiga ishora bo'ladi.

[5:20] Demak, bu hadis bitta rivoyat emas birodarlar. Bir necha rivoyatda kelgan, bittasida Alloh qayerda deb so'ralgan bo'lsa, yana bitta rivoyatida samoda kim bor degan, yana bittarivoyatda guvohlik berasanmi deganlar Rasululloh. Ko'rinib turibdiki, bu hadis murodalar Allohnı osmonda ekanligi dalilga yaramaydi.

[5:44] Alloh osmonda deydiganlarni yana bir dalili, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rohat qilingan hadisda Payg'ambarimiz aytadilar, maxluqotlarning sifatidan holi va oliy Robbimiz, Alloh subhanahu va taolo, har tun kechaning oxirgi uchdan biri qolgan paytda dunyo osmoniga tushadi va kim menga duo qiladi, uni ijobat qilaman. Kim mendan so'raydi, unga ato qilaman. Kim mandan mag'firat so'raydi, uni mag'firat qilaman deydi, dedilar. Muslim rivoyati.

[6:16] Mana shu hadisda ham Alloh Taolo dunyo osmoniga tushadi deyapti. Demak, mana shu hadis ham Allohnı osmonda ekanligiga dalil. Ikki xil fikrda aytadi deydi Imomun Avaviy. Birinchisi, oldingi jumhur ulamolarning va ba'zi mutakalamlarning qarashi quyidagicha bo'lgan. Bu hadisda bayon qilingan narsaning Alloh Taologa loyiq ravishda sodir bo'lishiga iymon keltiriladi. Bu yerda bizni tasavvurimizdagi zohiriy ma'nosi iroda qilinmagan. Alloh Taoloning bir joydan boshqa joyga ko'chish, harakat va bundan boshqa haloyiqqa xos sifatlardan pok ekanligiga e'tiqod qilish bilan birga buning tavili to'g'risida gapirilmaydi. Ya'ni tushadi deganda, biz odamlarda, maxluqlarda tushunadigan ma'noda tushunmaymiz. Tushish tevadan pastga bo'ladi. Bir joydan ikkinchi joyga ko'chdik, maxluqotlarda bo'ladi. Endi mahluqotlarga xos bo'lgan tevadan pastga tushish, bir joydan ikkinchi joyga ko'chishlik degan sifatni Allohga nisbat qilish, Allohga nuqsonini nisbat qilishi bo'ladi. Allohga nuqsanini nisbat qilib ishlashlik birodarlar kufr bo'ladi.

[7:26] Sizlar qayerdasizlar? Masjiddasizlar. Qayerda massizlar? Uyda massizlar. Bir joyda bo'lish degani bu Alloh Taologa yarashmaydigan sifat. Bu masalada aytilgan ikkinchi fikr. Aksar mutakallimlar va ba'zi oldingi ulamolarni qarashlari, ushbu hadis bayon qilish e'tiboriga ko'ra, shunga loyiq qilib ta'vil qilinadi. Alloh Taolo tushadi deyaptimi Payg'ambarimiz? Alloh o'zi biladi. Tafsilotini bilmaymiz. Lekin siz bilan biz tevadan pastga tushlik degan ma'noni bu yerda xulosa qilib bo'lmaydi. Mana shu ikkinchi qarashning egalari bu hadisni ikki xil tushuntirishadi. Molik ibn Anas roziyallohu anhuning tavili, tushuntirishi, u Allohninng rahmati, amri yoki farishtalari tushadi ma'nosini anglatadi. Xuddi sultonning xizmatchilari uni buyrug'ini bajarganda, sulton falon ishni qildi deyilganidek. Imomamolik shunday tavil bergan ekan.

[8:30] Ikkinchisi bu istororadir. Ya'ni dunyo osmoniga tushadi so'zi ko'chma ma'noda ishlatiladi. Kechaning uchdan biri qolgan vaqtda duo qiluvchilarning duolari qabul qilinadi degan ma'no beriladi. Duosi ijobat bo'ladi, rahmati tushadi degan ma'noda. Alloh Taolo osmonda deydiganlarning dalili. Zaynab binti Jaxsh onamiz Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nikohlangan. Shunda Payg'ambarimizning boshqa ayollariga qarab Zaynab onamiz aytadiki, sizlarni qarindoshlaringlar nikohlab berishgan, Rasulullohga. Meni esa Alloh Taolo yetti osmon ustidan nikohlab bergan dedi. Buxoriy rivoyat. Alloh osmonda deydiganlar shu hadisni keltirib aytadiki, mana shu hadis ham Allohni osmoni ekanligiga dalil deydi.

[9:21] Ahli sunnaval jamoa ulamolari aytadi, bu hadis ham alloh taoloni yetti osmon ustida ekanligi dalil emas. Chunki hadisda Allohni yetti qavat osmoni ustida demayapti. Nikohlanishlik shu yerda bo'lgan deyapti. Undan tashqari birodarlar xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Rasulullohning o'zlari ham, sahobalari ham, ey odamlar, men Allohni osmonda deb e'tiqod qilaman demagan.

[9:48] Rasulullohning aytilgan hadislari kitoblarda terlab yozilgan bo'lsa, shularni ichida birontasida men Allohni osmonda deb e'tiqod qilaman degan joyi yo'q. Allohni osmondada deb e'tiqodi qilinglar degan bironta hadis yo'q. Payg'ambarimiz nimani ta'lim berganlar? Sahobalar nimani ta'lim qilishgan? Robbisiga bandani qanday qulchilik qilish kerakligini ta'lim berishgan.

[10:15] Birinchi uch asrda yashagan ulamolarda birontasi bu masalani ko'rib, ko'tarmagan. Alloh qayerda degan temani kavlamagan. Lekin keyin turli firqalarni fitnalari paydo bo'lgandan keyingina bu masala to'g'risida chuqur bahs yuritishga majbur bo'lindi. E'tibor bersanglar, mana ikki darsni buyog'ida faqatgina Alloh osmonda deyotganlarni dalilini o'qidik va ahli sunnani bergan raddiyasini o'qiduk. Shu o'rinda o'z o'zidan savol tug'iladi. Nimaga ular dalil keltiradi yu, biz himoyada turamiz.

[10:49] Ahli sunna va jamoa ulamolarining bu masaladagi dalillari. Mana endi bizni dalillarimiz. Birinchisi. Alloh Taolo Qur'onda, istadvilla lay saka mif lihi shayun va huassami yul bosit dedi. Uning mislidek biror shay yo'qdir va o'ta eshituvchi, o'ta ko'ruvchidir. Demak, Allohga o'xshagan biror narsa yo'q. Alloh hech narsaga o'xshamaydi. Biz bilgan hamma narsa yo jism, yo javhar, yo araz.

[11:21] Allohdan boshqa hamma narsa yojism, yo javha, yo araz. Masalan, insonni jasadi jism. Uni tirik qilib turgan ruhi javhar. Endi mana shu jism bilan ruhni o'rtasida paydo bo'ladigan xursandchilik, qayg'u, siqilish, bo'g'ilish araz deyiladi. Uchta narsa, jism, javhar, araz. Bu borliqdagi hamma narsa uch odam bittasiga tushadi. Va mana shu uchala narsa, jism javhar, araz bir zamonda bo'ladi va bir makonda bo'ladi. Tushunarlimi? Zamon bilan makonda ichida turishligi uchun yo jism bo'ladi u, yo javhar bo'ladi u, yo araz bo'ladi u.

[12:05] Endi Alloh Taolo jism ham, javhar ham, araz ham emasmi? Demak Alloh Taologa zamon ham kerak emas, makon ham kerak emass. Bizning e'tiqodimiz Alloh azza va jalla zamon va makondan behojat. Allohu la ilaha illa hu alayhi va alayhi yulqi yu'm. Keyingi dalil ahli sunnani. Alloh, undan o'ziga iloh yo'q, u doimiy hayotdadir va qoyyumdir. Alloh Taoloning borligi o'z o'zidan bor. Allohdan boshqa hamma narsa o'zini bor bo'lib turishida nimagadir yoki kimgadir muhtoj bo'ladi.

[12:41] Yerda iz turibdi. Nimaga muhtoj u? Uni bosganga muhtoj. Tutun turibdi. Demak, nimaga muhtoj? O'tga muhtoj. O't nimaga muhtoj. O'tinga, tushunyapsizmi? Bu koinotda bor. Nimaki, bo'lsa, hammasi o'zini bor bo'lib turishida nimagadir muhtoj. Endi Alloh Taoloning borligi, al Qoyum bo'lgan Zot, hech narsaga muhtoj emas.

[13:06] Biz aytayotgan hamma narsa borliqda. Oltita tarafni ichida bo'ladi. Zamon degan narsani ichida bo'lardi. Endi Alloh Teolo biror narsaga muhtojs bo'lmagandan keyin, Allohga zamon ham kerak emas. Makon ham kerak. Biz Allohni poklayapmiz birodarlar. Zamon va makonda bo'lishlik nuqsonidan. Allohni bir joyda deyish, nuqsonini isbat qilish Allohga.

[13:29] Keyingi dalil. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday duoni o'rgatganlar. Vo antal zohiru falaysa favqu aka shay, vo antal botinu falaysa dunaka shay. Sen zohirsan. Sendan yuqorida hech narsa yo'q. Sen botinsan, sendan pastda hech narsa yo'. Hofiz Ahmadiddin Husayn Bayhaqiy rahmatullohu alayhi va alayhi mana shu hadis haqida shunday deydi. Ba'zi do'stlarimiz Alloh Taolodan makonni rad etishga, Payg'ambar alayhissalomning mana shu hadisini dalil qilishgan. Chunki yuqorisida hech narsa bo'lmasa, pastida hech narsabo'lmasa, demak, makonda bo'lmagan bo'ladi da.

[14:15] Bir narsaki, ustida hech narsa yo'q, tagida ham hech narsa yo'. Demak makonda emas da u. Nimanidir tagida turgan bo'lsangiz ham makondasiz, nimani ustida turgan bo'lsa ham makondasiz. Duoda aytilinyapti Payg'ambarimiz, ustingni ham hech kim yo'q, tagini ham hech kim yo'deapti. Demak Alloh Taolo makonda emas. Alloh Taolo biror tarafda bo'lishdan pok ekani to'g'risida ahli sunna va jamoaning so'zlari.

[14:41] Xulofai rozilardan bo'lgan Ali ibn Abit olib aytadi, kan Alloh, valamakan, vahvol an alamakan. Ali ibn Abit alop aytyapti, Alloh bor bo'lgan, biror makon bo'lmagan. U hozir oldin qanday bo'lsa, shunday. Alloh bor edi, osmon yo'q edi. Ali ibn Abitt olop aytdi. Alloh bor edi, makon yo'q edi? Alloh bor edi, osmon yo'q edi. Agar Allohni osmonda desanglar, osmonni yaratmay turib qadi edi.

[15:14] Allohni Arshda deganlarga shu savol beriladi. Alloh Arshda bo'lsa, Arsh yaralmay turib qadi dedi. Ulug' tobinlardan Zaynul Obidin, bu Ali ibn Abitt olib roziyallohu anhuning zurriyotlaridan aytadi, anta allohu la deyla yahvi ikkamakanun, sen biron makon o'z ichiga ololmaydigan Allohsan. Sen shunday Allohsanki, bironta makon seni o'zinichiga ololmaydi. Zaynul Obidinning so'zi.

[15:45] Imom Javohir Sodiq. Bu kishi ham Ali roziyalloh anaqaning zurriyotidan. Bu kishi hijriy saksoninchi yilda Madinada tug'ilgan. Birinchi asr. Javohir sodim aytadi kim Alloh Taoloni biror narsani ichida yo biror narsadan tarkib topgan, yo biror narsa ustida deb hisoblagan bo'lsa, shirk keltiribdi. Chunki u zot agar biror narsaning ichida bo'lsa, chegaralangan bo'lib qoladi. Agar bir narsani ustida bo'lsa ko'tarib turilgan bo'lib qoladi. Agar biror narsa dan tarkib topgan deyilsa, yangidan paydo bo'lgan bo'lib qolar. Qo'shariyning Risolatul Qo'shariyasida keltirilgan.

[16:30] Alloh bir narsani ichida desa, bir narsani ustida desa, bu maxluqlarga tegishli bo'lgan sifatni nisbat qilib qo'yish bo'ladi, Allohga shirk keltirish bo'ladi. Imomushofiya aytadi. Annahu ta'ala ka'na, valamakam Alloh Taolo bor bo'lgan, bironta makon bo'lganmas. Ya'ni Alloh borida makon yo'q edi. Fa xolaqal makani, Alloh makonlarni yaratdi. Vahua ala sifatil azaliyati, kamakani qobla xolqi hilmakan. Bas, makonlarniaratgan, makonlarnini yaratishidan oldingidek azaliy sifatlarida bo'lgan. La yajuzu tag'iru fiy thatixiy va la tabdila fiy sifatixiy. Uning zotida o'zgarish bo'lishi, sifatlarida yangilanish bo'lishi joiz emas. Alloh bor edi, makon yo'q edi. Makoni yaratdi. Yaratmay turib qanaqa edi Alloh? Yaratgandan keyin ham shunaqa.

[17:30] Agar Alloh Taoloning bironta sifati yangilanadi, o'zgaradi desa, inson dindan chiqadi. Sifatlari ham, fe'llari ham o'zgarmaydi. Imom Tavo rahmatullohu alayh o'zining aqidasida yozadi: la taxvih il jihatu siddu kasayil mubtadaat. U zotni olti taraf boshqa maxluqotlarni o'z ishiga olganisa kabi, ichiga sig'dira olmaydi.

[17:57] Aytdik ku, Alloh'dan boshqa nima bo'lsa, kosmos bo'lsin, tog' bo'lsin, yulduzlar bo'lsin, burjlar bo'lsin oltita tarafni ichida. Lekin Alloh Taolo oltita tarafni ichida bo'lmaydi. Chunki oltita tarafni ham kim yaratdi? Keyingisi, Abu Mansur Moturidiy rahmatulloh alayh o'zining tavhidida aytadi. If sabata anna qotkani valamakan, annal qola bilmakan, laisa minna uid tazimiy va tabjiin. Imom Moturidiy aytadi. Zero, u zot, Alloh, bo'lgani va biror makonning bo'lmagani sobitdir. Albatta, u zotga nisbatan makonni aytish, Allohni bir joyda deyish, ulug'lash va maqtash turidan emas. Allohni bir joyday deyish, maqtashga kirmaydi. Chunki bir joyda turish maxluqning sifati. Hofiz Muhammadiddin ibn Hibbon o'zining Sahihimni ibn Hibbonida aytadi, kan Alloh, vala zamana, vala makana. Alloh bor edi, zamon ham, makon ham yo'q edi. Qaranglar, kimlarni ismlarini hozir keltirdik. Ali ibn Abit Olim, Zaynul Obidin, Ja'fari Sodiq, Imom Tahoviy, Imom Shofiy, shularni birontasi Allohni osmonda deyaptimi?

[19:23] Hujjatul Islom Imom G'azzoli rahmatulloh alayh o'zining Qovoyidul Aqoyit kitobida shunday deydi: va'naxula yahud duxul miqdor, va la taxbihil aqtor, va la tohiytubihil jihat, va la taktanif uxul ardu'na va la samavat. Miqdorlar uni chegaralay olmaydi. O'lchovlar Alloh Taoloni chegaralay olmaydi. Chegaralar uni o'z ichiga ola olmaydi. Taraflar uni ihota qila olmaydi. Yerlar ham, osmonlar ham uni qamrab ola olmaydi. Kimni gapi ekan bu? Imom G'azzoli edi.

[19:59] Imomov Fahriddin Roziy aytadi, o'zining Tafsirul Kabirida. Vahuala ali yul avim. U oliydir va avim buyukdir. U zotning Ali ekanidan. Taraf va makon jihatidan balandda ekanligi tushunilmaydi. Oliy degani bir bir narsadan baland degan ma'no tushunilmaydi, taraf tushunilmay edi. Chunki buni Allohni makon jihatidan balandda deyishni noto'g'ri ekanligiga dalolat qiluvchi xabarlar bor. Shunga ko'ra oyatdagi Ali oliydan U zotning yo'g'idan bor bo'lgan narsalarga o'xshashi bo'lishdan oliy ekanligi iroda qilinadi.

[20:39] Shahobiddin Xastaloniy rahmatulloh alih irshodi soliyda aytadi that allohi munazzaxun an il makani val jihad. Alloh taoloning zoti barcha makondan va barcha tarafdan xoliydir. Mulla Aliqur rahmatulloh alix fiqh ul akbarning sharhida shunday deydi ammo u zot taoloning maxluqotlardan oliy ekani Alloh taoloning vahual qohiru favqu ibadihiy so'zidan iste'foda qilingan. U bandalari ustidan g'olibdir. Demak, Alloh taolo mavqe va martaba jihatdan oliy, makon jihatdan emas. Zero bu ahli sunna va jamoa huzurida aniq bo'lgan haqiqatdir.

[21:25] Kimlarni ismini aytdik? Ali ibn Abit Olim, Zaynul Obidin, Ja'farus Sodiq, Imomutahoviy, Imomi G'azzoli, Imomi Shofiy, Imom Ibn Hibbon, Mulla Ali Qori, mana shu Ahlis Sunnaning ulamolari. Mana endi Alloh Taoloning osmonda deydiganlar, Imomo Abu Hanifaning Fiqhul Absaddagi bir matnini keltirishadi da va mana shu gapni Allohning osmonda ekanligiga dalil deb aytishadi. Ayrim bid'atchilar Abu Hanifa rahmatullo alikdan naql qilingan bir rivoyatni keltirishadi da, o'zlarining iddaolariga hujjat qilmoqchi bo'lishadi. U matn quyidagicha. Abu Hanifa aytadi, kimki robbim osmondami yo yerdami bilmayman desa, shu gapi tufayli u kofir bo'libdi. Bu rivoyatni moturu deylarga qarshi dalil qilib, ularni tanqid qiladigan kimsalar haqida ikki xil gapni aytish mumkin. Birinchisi, ana shu bu so'zni moturiddaqidasini noto'g'ri ekanligiga dalil deyotganlar haqida birinchi gap. Ular haqida yaxshi gumon qilamiz. Ular bu rivoyatni noto'g'r tushungan deb hisoblab qo'yamiz. Ikkinchisi, aytishimiz kerak bo'lgan ikkinchi gap, agar gaplarini siyohiga qaralsa, ular mana shu rivoyatni avom xalqni ichida noto'g'ri deya aqidasini noto'g'ir ekan degan shubhani uyg'otishlik uchun ataylab aytishayotgan bo'ladi.

[22:57] Nodomiki ularda bu aytayotgan gapi noto'g'li bo'lsa, to'g'risi qaysi? Imom A'zam haqiqatdan Allohni osmonda demagan odamni, kofir deganmi? To'g'ri javobni ulamolarimizning asarlaridan topamiz. Kamoliddin Ahmad Imna Hasan Xanofi rahmatulloh alayh, Ishoratul Marom min Iborati Imom Abiy Xalifa No'mon asarida bu matnni quyidagicha sharhlaydi.

[23:24] Mazkur gapni aytgan kimsaning kofir bo'lishi, Bori Subhanahu va Taoloni bir tarafga va bir o'ringa xoslab qo'ygani uchundir deydi. Irshodul Marom kitobida. Allohni bir joyda desa kofir bo'ladi. Vaholanki biror taraf va biror o'ringa xoslangan barcha narsalarning o'zgaga muhtoj bo'lishi va yo'qdan bor bo'lgan narsalar sirasiga kirishi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir. Shunga ko'ra, bu gap Alloh Taologa ochiq oydin nuqsonni nisbat berishligi hisoblanadi. Demak, Alloh osmonda deyayotganlarni foydasiga emas, Abu Hanifani bu gapi, balki zarariga aslida chi, Allohni osmonda deyotgan birodarlarimiz Abu Hanifani tan olishmaydi o'zi.

[24:14] Juda ham bir diqqatga molik joyi. Abu Hanifani tani olishmaydi o'sha. Ammo mana shu birgina shu o'rinda ularni nazarida ular uchun hujjat deb bilishgan matnni keltirishadi da va mana shu Abu Hanifaning gapini noto'g'ri deyilarni noto'g'ir ekanligiga dalil qilib ko'rsatmoqchi bo'lishadi. Agar insof qilinadigan bo'lsa, bizni imomimizni birodarlar faqat shu gapininglar emas, qolgan gapini ham olinglar.

[24:40] Abu Hanifani tan olsak, birodarlar hamma gapini olaylik. Ularni keltirayotgan mana shu matn Fiqh ul Absadda keltiriladi. Moturidiylarni aqidasini xato ekaniga dalil qilmoqchi bo'lishni oladigan bo'lsan, birodarlar shu kitobni davomini ham o'qiylik. Shu matn kelgandan keyingi matnni ham o'qiy lik. Chunki shu kitobni davomini o'qisak, ularda gapirilgan gapini noto'g'ri ekanligiga kitobni davomi javob beradi.

[25:09] Fiqh afzalni davomida Abu Hanifa aytadi: Alloh bor edi, makon yo'q edi. Alloh maxluqotlarni yaratishdan avval ham bor edi. Qayerda so'zi ham, maxluq ham, biror narsa ham yo'q edi? U Alloh barcha rassani yaratuvchisidir. Abu Hanifa rahmatulloh alayhni gapini boshini eshitdingizmi? Oxirigacha eshitib turib keyin xulosa qiling.

[25:38] Shu insofdan bo'ladimi, bo'lmaydimi? O'zi aksar muammosi shunda. Mana bu kitobda manaqa deyilgan deydi, tagini o'qing da. Biz aytayotgan gap bor tagida. U kitobda davomini o'qiy olmaysiz, u kitobda davominingizga aytib bermaydi. Mana Aboxanifani gapini ham olmaydi bular kerak bo'lsa. Aboxanifa ham Allohni osmonda degan, lekin bular Aboxanifani kapini olmaydi deyishadi va tuhmat bu. O'sha kitobni oxirigacha o'qing, keyin bitta xulosaga keling birodar.

[26:07] Ya'ni. Mana shu matn ular aytayotgandek, Alloh Taoloni osmonda demagan odam kofir bo'ladi degan ma'noga emas, aksincha, Alloh Taoloning biror tarafga xoslab qo'yish kufr bo'ladi dekan ma'noga dalolat qiladi. Chunki bu gap Alloh Taolo yo osmonda, yo yerda, ammo men qaysi biri ekanini bilmayman degan ma'noda dalolat qilib qoladi. Allohni yo osmonda deyapti, yo yerda deyapti. Agar shunaqa desa, kofir bo'ladimi.

[26:36] Abu Hanifa No'monimiz Sobiti rahmatullohi mana shu narsani aytyapti. Osmonda demasang kofir bo'lasan demayapti. Osmondan desang kofir bo'llasan, yerda desang kofir bolasan deyapti. Shuning uchun ahli sunnaval jamoa e'tiqodiga ko'ra, moturidiylar, ash'ariylar e'tiqodigaga ko'ra, Alloh Taolo osmondan ham, biror tarafda ham emas deb e'tiqod qilinadi.

[27:02] Aqul qovli ha da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakati yu'qsinlar
