# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 239 of 510
- Section: —
- Duration: 13 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/239
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Wy1G73DTFRA.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Wy1G73DTFRA
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/238.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/240.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:02] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassolatu vassalom ala ashshirofil mursalin va ala alixiy va ashabihiy ajma'in. Allohumma alim nama yonfa una, vamfa nabiy ma'lam tana vaziydna ilma. Allohumma arenal haqqa, haqqon va rizqu na tibaa va arenal ba'tiyla ba'tiyla va rizqu na jiddiy naaba.

[0:27] Vajalna minmay yesta me'unul qovli fayetta biyununax sana. Vodixin nabirahmatika fiy ibadika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Sirojiddin o'shining badul amoliy asarini dars qilayotgan edik. Bu aqida darslari. Sakkizinchi baytga kelganmiz. Bismillahir rohmanir rohim. Sirojiddino o'sha bobomiz aytadi, sakkizinchi bayta volaysal ismu g'oyronli musamma, lada ahli basiroti xoyri ali.

[1:01] Eng yaxshi kishilar bo'lgan tafakkur qilib, haqiqatni idrok etuvchilar huzurida ism nomlangandan o'zga emasdir. Nazmiy bayoni, ism nomlangandan emasdir o'zga, idrok ahli yaxshi oila nazdida. Bugungi bu mobaytning mavzusi ism o'zining egasiga dalolat qilishlik bayoni haqida. Demak, ism o'zini musammosiga dalolat qildi. O'sha rahmatullo aliyyaxni ism nomlangandan emasdir o'zga degan so'zi alloh taoloning go'zal ismlaridan uning ayni o'zi tushuniladi ma'nosi ifodalanadi. Ya'ni alloh taoloning qaysi ismini aytmaylik, bu ismi alloh taoloning o'zini bildiradi. Ar rohman deganda biz Allohtni tushunamiz. Chunki ism boshqa, ismlanadigan boshqa degan toifalar ham bo'lgan. Ya'ni masalan ar rohman bo'lsa, rahmon alohida narsa, Alloht alohida narsa. Ikkalasi bitta emas deganlar ham bo'lgan .bu darslar orqali nima demoqchimiz? Ahli sunnaval jamoa e'tiqodi, ash'ariy va moturidi aqidasiga tosh otadiganlar doim bo'lgan, hozir ham bor, bundan keyin ham bo'ladi.

[2:19] Bu yangilik emas. Ming yildan beri tosh otib kelishadi bu ikkala aqida maktabiga, doim, doim bu aqidaning ulamolari, imomlari bularga yetarlik, kofiy, shofiy javobni berib, bularni o'rniga qo'yib kelgan. Endi bizni zamonimizga kelib turib bir yangitani avj olib, yangita bir boshqacha bir formada, boshqacha bir kiyimda taqdim qilinayotgan bo'lsa, ana shu noto'g'ri e'tiqodlar xotirjam bo'laylik. Ularni dorisi bor bizni qo'limizda.

[2:47] Demak, ism musammoning o'zini bildiradi. Ism nomlanayotgan, ismlanayotgan zotni o'zini bildirtiradi. Alloh taoloning ismlari bu Alloh taoloning o'zi degani. Bu ism nom egasidan boshqa emasligi to'g'risidagi masala ham adashgan toifalarga raddiya qatorida odamlarga tushuntirish uchun alohida keltirilgan. Masalada bu masala Alloh taoloning ismlari qadimmi yoki hodismi degan masalalarda bir bo'la ega. Alloh taoloningismlari qadimmmi? Ya'ni boshlanishi yo'q, azaldan shunaqami? Yo keyin paydo bo'lganmi degan masalani bir qismi.

[3:32] Jahmiyalar, mo'tazalalar, karromiyalar degan toifalar bo'lgan. Mana shu haqdan adashgan, noto'g'ri e'tiqodda bo'lgan toifalar bo'tgan. Ana shular Alloh Taoloning sifatlarini inkor etishmagan, lekin jism nisbatini berishgan va tashbeh qilishgan. Alloh azza va jalloni sifatlari bor degan, lekin Alloh Taoloni jism deb aytishgan.

[3:58] Va Alloh Taoloni sifatlarini bandalarnikiga, maxluqotlarnikiga o'xshatishgan. Masalan Alloh Taoloni qo'li deganda, insonni qo'lidaqa qo'li deganlari bor. Hozir ham bor. Alloh Taoloni jism deganlari bor, buni ochiq aytmagani bilan, gapirayotgan gapini oxirini qarasangiz jism deydi. Ana shu toifalardan aytishadi, jism bo'lmagan narsa, demak u yo'q narsa deyishadi. Nima degani bu?

[4:25] Mana qalam. Bu jism. Bor. Bor bo'lishi uchun bu vujudda. U jism bo'lishi kerak deydi. Ya'niki, nimaki bo'lsa u jism deydi. Bu degani Alloh Taolo jism bo'lmasa yo'q degani chiqadi. Ammo buni hozirgi aqllar bir eshitib ilg'ab ololmaydi. Chunki bu ilmlardan xabardor bo'lmagan odam, ha, haqiqatdan, mana haligi ateistlarni gapida, doskani ko'ryapsizlarmi bolalar? Bor. Ko'ryapsizlar. Trubani ko'ryapsizlarmi bolalar? Bor. Bor. Ollohni ko'ryapsizlarni? Ha ko'zing ko'rmasa, sen idrok qilmasanglar yo'q degani emas da. Demak, jah miyalar, notaziliklar, karro miyalar Ollohni sifatini inkor qilmagan, Ollohni sifatslari bor degan, lekin Olloh Taologa jismni nisbat qilishgan. Shuning uchun arshga o'rnashgan desak, Olloh Taoloni jism degan bo'lib qolamiz. Jism nima? Jism bir makon zamon egallab turgan narsa. Har qanday jismga makon kerak, har qanday jismga zamon kerak. Biz Olloh Taoloni zamon va makondan behojat deyotgan paytimizda Olloh Taoloni jism demayapmiz biz.

[5:38] Adashgan toifalar ism musammodan boshqadir deyishgan. Ya'ni ism boshqa, ism bilan aytgan narsa boshqa deyishgan. Shu ma'noda deyishadi ular, Olloh Taoloning ismlari ham undan boshqadir. Ollohdan boshqa hamma narsa yo'qdan bor bo'lgani uchun, uni ismlari ham yo'qdan borbo'lgan deyishadi. Allohdan boshqa hamma narsasi yangi. Allohdan boshqa hamma narsa maxluq deb turib, demak ismlari ham Alloh Taoloning o'zi emas deyishgan.

[6:11] Endi mana shu toifalarga javob o'laroq, Isrojiddin o'sha shu baytini siz bilan bizga bayon qilyapti. Demak, adashgan toifalar ism musommodan boshqa. Shu ma'noda Alloh Taoloning ismlari ham undan boshqa, Allohdan boshqa hamma narsa yo'qdan bor bo'lgani uchun, uning ismlari ham yo'qdan bor bo'lgan degan da'voni qilishgan. Va mana shu da'volarga dalil keltirib aytishganki, Alloh Taolo Qur'onda, istadibilla, valil la hil asma ul husna. Alloh Taoloning go'zal ismlari bor degan.

[6:47] O'zbek tilidagi so'z arab tilida ism deyiladi. Qalam degani ism. Ikkita so'zni bir biriga qo'shilishligi, ikkita ismni bir biriga qo'shilishi izofa deyiladi atirida. Masalan, qalamning rangi. Qalam so'ziga rang so'zi qo'shilyapti. Qalam boshqa narsa, rang boshqa narsani. Bular mana shu oyatni keltirib turib aytyaptiki, Alloh Taoloning ismlari deyapti. Demak, ism so'zi Alloh so'ziga qo'shilyapti.

[7:22] Ikkita ism bir biriga qo'shilishi izofa deyildi. Endi bu alohida alohida narsa edi, keyin qo'shildi. Endi Alloh va uning ismi deb qo'shganimizdan keyin ham, demak, Allohni boshqa, ismi boshqa bo'ladi deb turib, shunday dalil keltirishdi. Ikkita ismni bir biriga qo'shilishligi, demak u ikkita narsani addaddinasi deganligi. Allohning ismi deganda ikkita so'z qo'shilyaptimi, demak ism boshqa, Alloh boshqa deyishgan.

[7:47] Biz Qur'on hadisni birinchi uch asrda yashagan ulamolarning fahmi bilan tushunsak, shunda adashmaymiz. Qaytarib aytaman. Asosiy aytadigan gaplarim shu. Oyat hadisni keltirgan paytda, u oyat hadisni birinchi asr, ikkinchi asr, uchinchi asrda yashagan ulamolarimiz qanday tushungan bo'lsa, shunday tushunishimiz kerak. Shularning qo'ygan shabloni bilan, andozasi bilan tushunishimiz keladi. Agar unday qilmasak, adashib ketishimiz muqarrar. Allohning oyatini, hadisni o'qib turib, biz noto'g'ri fahm bilan adashamiz. Masalan, nasulloha fanasiyahum.

[8:26] Ular, mushriylar, kofirlar Allohni unutishgan edi, Alloh ham ularni unutdi. Demak Alloh Taolo unutuvchi ekanda. Mana oyatni qarang da, unutdi deyapti. Agar zohirga qarasangiz, Allohni unutar ekanda deysiz da. Lekin Alloh Taoloda unutishlik bormi? Voma akana robbuka nasiya, boshqa oyatda aytadi, robbing unutuvchi emas deydi. Oyat qarama qarshi kelyaptimi? Mana shunaqa ikkita oyatni shunday olib kelib qo'yadi, gangituraverasiz qayoqqa ketishni bilmasdan. Shuning uchun qaytarib aytaman, o'n ikki o'n birinchi asrda yashaganlarni fahmi bilan tushunmaymiz Qur'on oyatlarini. Sahobalar, tavbiyinlar, taba tavbiyinlar qanaqa tushungan bu oyatlarni? Shularning andozasi bilan tushunsak, inekin gangimaymiz. Mana bu fikr aylanib qolayotgan, boshi aynib qolayotkan ukalarimizni oldidan ekkan joyi shu yer. Tushunib olinglar.

[9:20] Bitta oyatda ular Allohni unutishgan edi, Alloh ularni unutdi deyapti. Demak Alloh nima ekan? Aytinglar, nima xulosa keldi? Unutuvchi ekanda. Unutishlik nuqsonmi yoki nuqson emasmi? Nuqson a? Allohga nuqsonni nisbat qilgan odam nima bo'ladi? Kofir bo'ladimi? Oyatda aytib turib kofir qilib qo'yapti sizni. Endi bu yoqda turibdi, o mana aka ana robbuka, nasiya, robbingni unutuvchi emas deyapti. Qanday buni ikkalasini bir qilamiz? Shu yerda unutadi degani Alloh Taolo o'zini holiga tiqshab qo'ydi, ta'vil qilinadi.

[9:57] Ana shu ism musommodan boshqa, Allohni o'zi boshqa, ismi boshqa deganlarning gapini aytdik. Ular aytishadi, valillahi il asma al husna oyati. Ushbu oyat Karimada Alloh Taolo ismlarini o'ziga izofa qilgan. Ismlar esa o'zidan boshqaga izofa qilinishi, o'ziga izovfa qilinmasligi hech kimga sir emas.

[10:22] Agar ism bilan musammo bir bo'lganida, ismlarini o'sha izofa qilishi to'g'ri bo'lmay qolardi deyishadi. Endi biz nimada betqot qilamiz? Alloh boshqa, ismlari boshqa deymizmi? Yoki Alloh ham ismi ham bitta deymizmi? De o'ylanasiz. Sizga qaysi yoqyapti? Sizni nazaringizda qaysi to'g'ri? Yo'q, bu yerda siz yaingizni olib qo'yasiz da, mana bu uch asrdagilar nima degan deysiz. O'shalar nima desa, o'sha to'g'ri deysiz. Garchi sizga yoqmasa ham, garchi sizni tushuna olmayotgan bo'lsam, o'shalarniki to'g'ri desiz.

[11:00] Bu masala to'g'risida Nuriddin Sobuniy Bidoy yotufi Usuliddin asarida shunday deydi. Bu masaladagi to'g'ri gap bizni so'zimiz. Agar birov Alloh desa, bu odam Allohni zikr qildi desa ham bo'ladi. Allohni ismini zikr qil desa ham bo'lad. Agar ism bilan musammo bir bo'lmaganida, bunday deyish to'g'ri bo'lmas edi. Bunga dalil, istadibillar fasad behbismi robbikal alin.

[11:28] Bas ulug' robbning ismini nuqsonlardan xoli deb yod et. Shu yerda subhanah robbiyalar azin deganingizda, Allohni ismini zikr qildi desangiz ham to'g'ri. Allohni zikr qil desangiz ham to'g'ri. Xulosa, Allohning o'zi ham, Allohning ismlari ham bitta deymiz. Alloh boshqa, ismi boshqa demaymiz. Yana aqliy dalil.

[11:52] Masalan, bir odamni bitta xotini bor. Bir odamni bir dona xotini bor, ismi Zaynab. Shunda yonida o'tirganlarga qarab turib, Zaynabni taloq qildim desa, xotiniga taloq tushadimi, tushmaydimi? Tushadi. Yo ismiga taloq tushi, o'ziga taloq tishmaydimi? Chunki bu yerdagi ism ham, muammo ham bitta narsa. Mana aqliy dalil.

[12:19] Xo'p, xulosalaymiz. Mana ayrim ulamolar yana aytishadiki, albatta Alloh Taoloning ismi musammosi bo'lgan zotning ayni o'zidir. Ismi ham, zoti ham o'zi. Ya'ni ism haqidagi hukm musammo haqidagi hikm bo'lish e'tiboriga ko'ra. Bunga dalil. Astadibillat. Tabarakas murabbika del jalaliy va al ikrom. Robbining ismi muborak bo'ldi. Shu yerda muborak bo'tdi. Ismmi Allohni o'zimi?

[12:51] Ajratmaymiz. Ismi ham muborak bo'ldi, Alloh ham muborak. Chunki ism bilan mustammo bizda nima? Bitta narsa. Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum assalom.
