# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 244 of 510
- Section: —
- Duration: 18 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/244
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/FhLpPGB2NZM.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=FhLpPGB2NZM
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/243.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/245.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vala aqibatu li ilmub taqiyin. Assalatu vassalamu ala ashrafil mursalin va ala alixin va ashabih ajma'in. Allohumma alinama yonfa'na va'nfa'ni bi ma'lamtana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaa va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu natijatina ba. Vaja'al la min ma'yas ta miyaun al qovla fayetta biya una husana, va'dihin la bi rohamat ikki fii ibodika solihiy. Ammavot, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. O'n uchinchi bayt.

[0:41] Sirojiddin o'sha aytadi omad tashbihuli rahmani vajhan fasun an daka as nafal ahaliy. Ar rohmanga o'xshatish rozi bo'lingan yo'l emas, shunday ekan, aholi sinflarini undan saqlagin. Nazmiy bayoni ar rohmanga qiyoslash mumkin emas bilgin, aholi sinfalarin undan saqlagun. Bu paytda Alloh Taologa biror narsani o'xshatish mumkin emasligini tushunamiz. Alloh Taoloni biror narsaga o'xshatib bo'lmaydi. Modomiki shunday ekan, aqli sunna va jamoa vakillariga mana shu haqiqatni yetkazib, ularni adashgan firqalarning fitnalaridan saqlashlikka harakat qiling ma'nosini bildiradi. Ahli sunna bo'lgan odamlarni ana shunday adashgan firqalarning fitnalaridan ehtiyot qilinglar degan ma'noni bildiradi. Demak, birinchi xulosamiz, Alloh Taologa biror narsa nima qilmaydi, o'xshamaydi. Dalil astaydubillah, lay saka metlihi shay'un vahvos samiyul basir. Uning mislidek biron narsa yo'qdir, u eshituvchi va ko'ruvchidir.

[1:56] Qanaqa edi? Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing Allohning zotining idrok qilishingdir. Mana shu shior bo'lsin. Val ajzu andarkil idroki idrokun, val baxsu an serri dati robbi ishirokun.

[2:18] Allohning zotini idrok qila olmasliging, idrok qilishingdir, uning zoti haqida bahs qilishing, shirk keltirishingdir. Har qancha urinmang, har qancha tasavvuringizga bir erk bermang. Allohning qanaqa ekanligini siz tasavvur qila olmaysiz. Allohni qanaqaligini men tasavvurimga sig'dira olmayman ekan dedingizmi? Demak Allohni tanibsiz.

[2:43] Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, allohning zotini i idrok qilishingdir. Sofatu tafasir kitobida mana shu oyat haqida shunday deyiladi. Alloh taoloning zotida ham, sifatlarida ham, amallarida ham unga o'xshash va teng keladigan yo'q. U yakkayu yagona, bemisil, somad zotdir. Bu yerda ko'zlangan asosiy maqsad Alloh taoloning maxluqlarga o'xshashdan pok ekanini bildirishdir. Oyat karimadagi ka harfi rad etishni ta'kidlash uchun kelgan, ba'zi muhaqqiqlar so'zlariga ko'ra, tabib zotni boshqa zotlarga o'xsha tishsiz va sifatlarni ajratmasdan isbot qilishdir. Ya'ni Alloh taoloni zotida ham, fe'lida ham, sifatida ham hech kimga o'xshatib bo'lmaydi.

[3:40] Abdulloh keldi dedingiz. Uni kelishini sifati bor. Chunki Abdullohni o'zini qanaqaligini bilamiz da zotini. Uni kelishini ham bilamiz. Samolyotda keldi, vertolyotda keldi. Qayg'ida keldi, mashinada keldi, velosipedda keldi, piyada keldi. O'malab keldi, yotib keldi, yurib keldi. Abdullohni o'zini qanaqa ekanligini biz tasavvur qila olganligimiz uchun, uni fe'lini ham tasavvur qilolaymiz. Endi Alloh Taoloning zotini qanaqa ekkanligini tasavvur qololmaymizmi? Endi Allohni kelishi qanaqa bo'lishini ham tasavvul qila olmaymiz.

[4:14] Vositel rahmatulloh alayh bunga qo'shimcha qilib aytadiki, uning zotidek zot yo'q, uning ismidek ism yo'q, unung amalidek amal yo'q. Bu ahli haqning, ya'ni ahli sunna va jamoaning mazhabidir. Allohga o'xshaydigan hech narsa yo'q. Hech narsa allohga o' xshamaydi va alloh ham hech narsaga o'xshamaydi. Chunki siz oltita tarafda ichida bo'lgan narsalarni ila tasavvur qila olasiz.

[4:42] Zamon va makon degan qoidani ichidagi narsalarda tasavvur qil olasiz. Uni u yog'ini tasavvur qilib olmaysiz. Endi Alloh Taolo zamonda ham emas, makonda ham emas. Imom Ahmadinda Hambal rahmatulloh alayhi aytadi, Alloh Taolo o'zi yoki Rasuli vasf qilganidan boshqacha vasf qilinmaydi.

[5:06] Qur'on va hadisdan tashqariga chiqilmaydi. Alloh o'zini qanaqa sifatlagan bo'lsa, shunaqa Alloh. Muhammad alayhissalom Allohni qanaqa sufatlagan bo'lsa shunaqa Allohni Taolo. Kitobi sunnatdan tashqariga chiqilmaydi. Imom Bahodirning ustozi Noaybimni Hammaot aytadi kim Allohni uning yaratgan narsasiga o'xshatsa, kofir bo'libdi. Kim Allohni bironta maxluqqa o'xshatsak, kofir boibdi. Kim Alloh yoki Uning Rasuli vasf qilgan narsani inkor qilsa, kofir bo'ldi.

[5:41] Alloh o'zi haqida mana bu sifatim bor dedi. Muhammad alayhissalom Alloh Taoloning manaqa sifati bor dedi. Buni inkor qilsa ham kofir bo'ladi. Ya'ni Alloh o'zini sifatlamagancha sifatlamaymiz va Alloh o'zining sifatlagan narsalarini inkor qilmaymiz. Alloh va Rasuli vasf qilgan narsada o'xshash ham, teng ham yo'qdir.

[6:04] Mana endi Alloh Taoloning sifatlari haqidagi mutashobiy oyatlar haqida gaplashamiz. Mutashobiy oyatlar. Mana, a amintum manfis sama i a yax sifabiku mul ardu fa idahi yetamur. Ya'ni aylanib turgan, iztirobda turgan yerga sizlarni osmondagi Zot yuttirib yuborishdan xotirjammisizlar? Oyatini keltirib turib, manfis sama osmondagi Zot deyapti. Alloh osmonda ekan deb turib, oyatni zohiriga qarab osmondada hukm qilib qattiq olyapti bolalarimiz. Birodarlar, Qur'on oyatlarini o'rganishlik, bu katta ilm. Ulumul Qur'on degan ilm bor, Qur'on ilmlari. Usul degan ilm bor birodarlar, tafsir degan ilm bor. Bu ilmlarni xabarini olmasdan turib, oyatning tarjimasini eshittirib xulosa qilishga haqqimiz yo'q. Qur'onda muhkam oyatlar bor, mutashobih oyatlar bor. Muhkam oyatalar bu shunaqa oyatlarki, bir eshitdingiz tarjimasini, kalyasiga bitta xulosa keldi va bundan boshqa ma'nosi yo'q. Masalan qulf u allohu ahad. Ayting, u Alloh yagonadir. Bo'ldi. Demak Alloh bitta ekan. Boshqa ma'mua yo'q. Endi mutashobih oyati degani, u shunday oyatki, bir eshitdingz, kallangizga kelgan birinchi fikr bilan qatib bo'lmaydi.

[7:27] A amin tun man fiz sana oyati, osmondagi zot deyapti. Osmonda zoti bilanmi, ilmi bilanmi, qudrati bilanmi? Robbin keladi va ja a robbuki oyati bor. Qiyomatda robbin keladi deyapti. Birinchi ma'nosi, demak, bir jismni ikkinchi tomonga qarab a tochkadan b tochkaga yursa keldi bo'ladi. Kallangizga kelgandan birinchi ma'nosi shu. Lekin u bilan cheklanilmaydi. Muhkam oyat, bir eshitdingiz, bitta ma'no bor, undan boshqa ma'no yo'q. Muhkam oy at, mutashobiy x oyat, bir qancha ma'nolarni ifoda qilishi mumkin bo'lgan oyatlar.

[8:04] Mutashobiy x oyatlarni uch qismga bo'lishi mumkin. Birinchisi, zohira alloh taologa taraf nisbatini berishni vahimga keltiruvchi mutashobiy xoyat. Bir eshitdingiz. Birinchi eshitgan xulosangizdan Alloh Taolo bir tarafda ekan degan xulosaga keldingiz. Astay deb ila ya xofunna robbaho min folqixin. Ular ustlaridagi Robbilaridan qo'rqadilar. Kallalarga nima keldi birinchi ma'no? Demak Alloh qayerda ekan? Tepada ekan. Mutashobiy xoyat. Bu oyatni zohiriy ma'nosiga qarasangiz, Alloh Taolo tepada ekan degan hayolga olib keladi sizni. Tarafni hayolingizga olib kelyapti.

[8:51] Ikkinchi xil mutashabbiy oyatlardan, zohiri Alloh Taologa jism nisbatini berishni vahimga keltiruvchi oyat. Eshitdingiz? Ha, Alloh Taolo jism ekan degan hayol keldi. Astaydu billah vo jaa robbuka val malaku soffan soffan. Robbim. Va ma'ruakalar saf saf bo'lib kelsa, robbing kelsa, aytdik ku, kelish degani jismda bo'ladi. Tochka a, tochka b. Jism tochka a dan tochka b ga jilishi kelish deyiladi. Birinchi oyatda eshitganingizda, Alloh Taolo bir tarafda ekan degan hayol keldi kallangizga. Ikkinchi oyatda eshittganingizda, nima keldi kallanga?

[9:37] Alloh Taolo jism ekan degan hayoldi keldi. Uchinchi oyat. Zohiri Alloh Taologa a'zo nisbatini berishni vahimga keltiruvchi mutashabbiy oyat. Eshitsangiz, ha, Allohni bunaqa a'zosi bor ekan degan narsa keldi kallangizga. Va sizlar deb bilinglar. Yadullohi favqu aydihim.

[9:59] Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xudoyberdiyat sulhida sahobalardan bay'at olganlar. Ya'ni qorayish bilan urushib oladigan bo'lsa, meni tashlab ketib qolmaysizlar, deb Payg'ambarimiz qo'lini tutdilar. Bir ming to'rt yuzta sahoba qo'lini qo'yib, Payg'ambar bizga bay'at berdi. Bu bay'at tugagandan keyin Alloh Taolo aytyapti, Allohning qo'li ularning qo'lini ustida.

[10:22] Demak Allohni nimasi bor ekan? Bir eshitganingizda Alloh Taoloda qo'li bor ekan deb turib, Allohga jismni nisbat qilishlik, Alloh Taologa a'zoni nisbat qilishi keldimi xayolingizga? Mana shu oyatlar mutassobih oyatlar deyiladi. Birodarlar, aqida, aqida, muhkam oyatlar bilan shakllanadi. Mutassobih oyoqlar bilan emas.

[10:48] Birinchi oyatda Alloh Taolo bir tarafda ekan degan hayolga bordingiz. Ikkinchi oyatda Allohni jism ekanda degan hayolga bordingiz. Uchinchi oyatda Alloh Taoloning bir a'zosi bor ekan degan hayolda bordingiz. Lekin bu ma'nolarga jazm qilinmaydi. Aniq mana shunaqa deyilmaydi, chunki bu mutashodiy holat. Bir qancha ma'nolarni ifoda qilishi mumkin. Bir qancha manolari bor.

[11:16] Agar mana shu uchchala oyatni zohiriy ma'nosini olsak, Alloh Taoloning sifatlari haqida kelgan muhkam oyatlarga teskari bo'lib qolyapti. Oyatda aytdik, Allohga o'xshaydigan biror narsa yo'q dedik. Bu muhkam oyat. Allohga o'xiigan biror narsayo'q, muhkam oyat, hech narsaga o'xshatib bo'lmaydi. Lekin mutasaddih oyatni o'qidingiz, bir tarafdanga o'xshadi Alloh, jismga o'xshadialloh va a'zosi borga o'xshad Alloh. Muhkam oyatda nima deyildi? Hech narsa o'xshamaydi Allohga dedimi? Mana qaramash qarash bo'lib qoldi. Shuning uchun bizni aqidamiz muhkam oyatlar bilan shakllanadi, mutashobih oyatlar bilan emas.

[12:02] Ko'chada, musulmonlarni o'rtasida bo'layotgan ixtilofli masalalarni qaranglarda, bari mutashobih oyatlarni ustida bo'lyapti. Endi tushuntira olyapmanmi ukalar? Qaysi masalani ko'tarib Alloh osmonda, Allohni yuzi arshga iste'fo qildi degan temalarda qarasanglar, muhkam oyatlar emas bo'ladi. Mutashobih oyatlarni ko'tarayotganlar fitna qo'zayotganlar bo'ladi.

[12:27] Shuning uchun mutashobih oyatlarni qanday tushunishlik kerakligi haqida juda ham ko'p bahs munozaralar bo'lgan. Mana endi mutashobih oyatarga nisbatan bizni e'tiqodimiz qanaqa bo'ladi? Bizni mavqifimiz. Mana osmondagi zot deyapti. Nimada tushunamiz shuni? Arshga iste'fo qildi deyapti. Iste'foni to'qqiz xil ma'nosi bor ekan. Bittasi o'tirib olish ekan. Bittasini egallab olish ekan. Alloh arshga o'rnashdi deymizmi? Muhkamoyat tushunarli, bitta ma'no qabul qildik, tugadi. Ammo mutashobixda bir qancha ma'no bor ekan. Qanaqa munosabatda bo'lamiz?

[13:09] Ulamolar mana shunday mutashobiy oyatlar haqida ahli sunna va jamoa e'tiqodidagi odamlarni asosiy qarashi to'rtta ekanligini aytishadi. Mutashobiy oyalarga oyatlarga nisbatan bizni qarashimiz to'rt xil bo'ladi. Birinchisi, tafviz. Mutashobiy oylarda nima qilamiz desa, tafviz qilamiz deydi. Tafviz nima? Mutashabih oyatlarning zohiridagi ma'nolaridan Alloh Taoloni holi deb bilamiz. Ana shu oyatlardan nimani iroda qilgan bo'lsa, Alloh Taolo o'zi biladi deymiz. Bu Moturidiy aqidasini yo'li. Biz mutashabih oyatlarni Allohga tafviz qilamiz. Mutashabih oyatlardagi bizni tutgan mavqevimiz tafviz.

[14:00] Va haqiqiy ma'nosini Alloh o'zi biladi deymiz, yopamiz. Mutashabih oyatlarga ikkinchi munosabat. Bu ta'vil. Ta'vil nima? Ya'ni mutashabih oyatlarni zohiriy ma'nolaridan boshqa ma'no berishni joiz deb bilish. Bu Ash'ariya mazhabidagi ba'zi ulamolarning tutgan yo'li. Mutashabih oyatlarda biz bilmaymiz tafsilotini Alloh biladi deymiz ekan. Ash'aliylarning ayrim olimlari muhkam oyatlarga mos qilib ta'vil qilamiz der ekan. Masalan Allohning qo'li ularning qo'ling ustida. Qanaqa tushunamiz desa, ash'aliylarning yarim olimlari aytyapti, Allohning madadi, Allohning qo'llashi deb tushunamiz der ekan'.

[14:45] Ta'vil ayrim ash'ali ulamolarning yo'li ekan. Uchinchi munosabat, mutassobek oyatlarga uchinchi bir munosabat, asli ma'lum, kayfiyati noma'lum deb bilish. Bu Imom Moliyni gapi. Imom Molikning majlisiga bir kishi kelib, ey Imom, ar rohman, alal arsh istova.

[15:09] Iste'fo qanaqa bo'ladi dedi. Alloh arshga iste'fo qildi. Imom Moliydan tafsilotini so'radi. Arishga iste'fo qildi, qanaqa bo'ladi deganida, Imom Moliy yerga qarab o'ylanib qoldi. Chunki masala juda ham jiddiy masala edi. Qiyin savol edi. Juda bir nozik javob berishlik kerak edi. Terga botib ketdi. So'ngra boshini ko'tarib, iste'fo ma'lum. Qandayligi noma'lum. Bunday savol berishlik bid'at. Bu yomon odam ekan, majlisdan chiqarib yuboringlar dedi. Chiqarib yurishdi. Ya'ni. Istevo ma'lum, qandayligi noma'lum. Mutashabih oyatlarga qilinadigan uchinchi muomala ahli sunnaning uchinchi munosabati asli ma'lum, lekin qandayligi kayfiyati noma'lum?

[16:01] Ya'ni mazkur oyatlardan ularning haqiqati iroda qilingan, Alloh Taoloning mazkur sifatlari bandalarning sifatlariga o'xshamaydi va ularning qandayligi ma'lum deb bilish. Hofiz Zahobiy kabi bir qancha ulamolarni tutgan yo'li mana shu. Mutashobiy oyatlarga ahli ustunlarning birinchi munosabati nima bo'ldi? Tafviz. Ikkinchi munosabati ta'vil, uchinchisi asli ma'lum, haqiqati, tafsiloti noma'lum. To'rtinchi munosabatda ta'vil va tafviz o'rtasini ushlash. Ta'vil va ta'vviz o'rtasiligi yo'lini tutish. Ya'ni, ta'vil qiluvchilarning bergan ma'nosi muhkam oyatga mos va arab tili taqozosiga yaqin bo'lsa, inkor qilinmaydi. Ammo uzoq bo'lsa, undan saqlaniladi. Agar odatda hamma faqat o'shanagina tushunadigan arab tili iste'molidagi yorqin ma'nosi bo'lsa, o'sha ma'no beriladi, deb bilish. Allomi Ibn Daqiq idning tutgan yo'li.

[17:08] Xulosa. Mana shu to'rala qarashning asosiy maqsadi nima edi? Mutashabiy oyatlarga bo'lgan to'rt xil qarash bor dedik. Ahli sunni to'rt xilqarash bilan qaraydi. Shu to'rt xilxilqarashdan maqsad, birinchisi, alloh taoloni maxluqotlarga o'xshatib qo'yishdan saqlanish. Asosiy maqsudni bittasi shu. Allohni bironta maxluqqa o'xshatilib qo'ymaylik. Ikkinchi maqsad, Alloh Taoloning sifatlaridan birortasini inkor qilib qo'yishdan saqlanish.

[17:41] Allohni bironta ma'ruf qo'yishotib qo'ymaslik, ikkinchisi bironta sifatini inkor qilib quymaslik. Alloh Taolo qo'li deyapti. O'zi aytyapti, Yadullohi deyapti. Qo'li yo'q desangiz dindan chiqasiz. Lekin qo'li bor, bizni qo'limizga o'xshaganda siz ham dindan chiqazsiz. Alloh Taoloning yuzi deyapti. Allohning yuzi bizning yuzimizga o'xshagan yuzda siz ham dindan chiqasiz. Allohning yuzu yo'q desa siz ham inkor qilgan bo'lasiz, dindan chiqaziz. O'xshatib qo'yishdan ham ehtiyot olamiz. Bor sifatini inkor qilib qo'yishidan ham ehtiyot bo'lamiz. Aquli qovli ha da, va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malakati huyu sallun ala nabi, ya ayyu halladina amal u sollu alayhi va sallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi.
