Maviza
—Qoralama24 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
24:09
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahamaduhu anasta inuhu anasta g'ufiruh va naudhullohi min surur ya'm husina va min sayyi'ati amalina man yahdixillahi falah mud'ilaluh va man yurg'ilixuh falah hadiyaluh. Mana shadvalloh ilohillalloh va hidahulloh sharik kalah. Va nashkhoda anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma abad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Qarz haqidagi darsimizning ikkinchi qismi.

Odamlar bir biri bilan muomala qilarkin, xohlasin, xohlamasin, biriga qarz beradi, biridan qarz oladi. Uy salomat deb qarz bo'lgan bo'ladi, unga yordam beriladi. Iqtisodiy o'sishlik uchun qarz olinadi. Xullas, qarz bor narsa. Qiyomatgacha bu yo'q bo'lib ketmaydi. Lekin shariat mana shu qarz ishini tartibga keltirishlikni xohlaydi, toki musulmonlar mana shu bilib bilmasdan noto'g'ri ishlarni qilib, qarz ustida musibatga kelishmasin. Bir tomondan muhtoj odamga qarz berishlik savobli ish ekanligini shariat ta'kidlaydi. Va qo'lida bor odam undan buroq qarz so'rab kelsa, berishlikka targ'ib qiladi. Va mana shu ishi uchun katta ajr borligini aytadi. Ikkinchi tomondan, qarzdor odamga uni mas'uliyatini, yelkasidagi javobgarligini eslatadi, ta'kidlaydi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ibn moja rivoyati ma'min muslimin yuqri musliman qordon marrotayining illa ka'na ka sadoqati ham marrotan. Bir musulmon boshqa musulmonga ikki marta qarz bersa, bu bir marta sadaqa qilganga o'xshaydi. Qarzni berdingiz, pulingiz qaytib keladi yana o'zingizga, lekin ana shu pulni sadaqa qiganday bo'lasiz.

Bundan kelib chiqadiki, qarz berayotgan odamga shuncha ajr bor. Shuning uchun shariat bir odam muhtoj bo'lib kelgan paytda qo'lida bor odam qarz bergin shunga, yordam bergin, o'zingga yaxshi bo'ladi deb, qarz berishga nima qiladi, targ'ib qiladi. Sofiyona savri aytadi, sadaqa berishimdan ko'ra, birovga qarz berishim menga mahbubroq. Chunki sadaqa deydi, muhtoj bo'lmaganlarga ham berilishi mumkin, ammo qarzni faqat muhtoj odam oladi. To'g'rida. Bir mahallaga olib borib turib, bir ehsoningiz bor, tarqatyapsiz. Unmidi, shakarmidi, yog'midi? Unga muhtoj odam ham oladi uni, muhtoj bo'lmagan odam ham olaveradi. Ehsonda u.

Ammo qarzni esa faqat muhtoj odam so'raydi. Shuning uchun birodarlar, qarz berishlik savobli ish. Odamlarni qarz berishlikka deymiz targ'ib qiladi va qarz olgan odamni mas'uliyatini ham eslatadi. Qarz agar inson uzmasdan o'tib ketsa dunyodan, muammo bo'ladi unga. Qarz hatto shahidga ham muammo bo' ladi.

Shahidni qarzdan boshqa hamma gunohlari kechiriladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, yug'uf alayhi shahiydi kulludan bin illa dayin. Shahidning qarzdan boshga hamma gunohlar kechiriladi, imom muslimdan. Aytdik ku, Alloh Taolo hamma gunohlarni kechiradi, Alloh Taolo bilan bandani o'rtasidagi gunohlarni. Banda bilan Allohni o'rtasida bo'lgan gunohlarni Alloh kechiradi. Karimzod, umid qilamiz. Lekin bandalarni haqqiga aralashmaydi. Hatto shahid bo'lgan bo'lsa ham. Ko'ryapsizmi? Hatto shahid odam ham ana shu maqomiga, martabasiga yetishlikdan qarzni sababli to'xtatib qo'yiladi.

Qarz insonni yerda qiynaydi, qabrda qiynaydi, oxiratda asr qilib qo'yadi. Domla, qarzni yaxshi narsa emasligini hammamiz ham bilamiz u. Nima keragi bor buncha gapirib? Desa biroq, biz aytamizki, biz bu darslarni yoshlarga ko'proq qaratdik. Hayotda issiq sovuqni ko'rgan, boshidan har xil kun o'tgan oqsoqollarni emas, yoshlarni, chunki yoshlarimiz qarzga juda ham be'etibor bo'lib ketgan. Bizni zamonimizda yoshlarni boshini shunday aylantirishyaptiki, qarzga qanday kirganini bilmay qolyapti.

Ko'rpangga qarab oyog'ingni uzat degan maqol bo'lardi. Bu maqolalar o'shim aktualniy bo'lmay qo'ydi. U olgan qarzini beradigan daromad manbai yo'q. Bir gap bo'lar olaver deydi. Hamma olyapti yu deydi. Tushunarli a? Bu darslarimizdan biz yoshlarni qarzga bo'lgan munosabatini o'zgartirishini xohlayapmiz.

Abu Qatodir roziyallohu anhudan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarini oldida turib, Alloh yo'lidagi jihod va Allohga yomon keltirishlik eng afzal amal ekanligini aytdilar. Yo Rasululloh, aytingchi dedi bir kishi, agar Alloh yo'lida o'ldirilsam, gunohlarim kechiriladimi? Rasululloh ha, agar allohyo'lida o'lilsang, sabrli, ajr umid qiluvchi, yuz o'girmay, olg'a borgan holingda o'tsang, xatolaring kechiriladi.

So'ng Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima deding? Qanday aytding? Haligi odam yana takrorladi. Yo Rasululloh, aytingchi, agar Allohni yo'lida o'ldirilsam, xatolarim kechiriladimi? Rasululloh aytdilar, ha, sabrli, ajr umid qiluvchi, yuz o'girmay, olg'a borgan holingda, faqat qarzdan tashqari. Albatta, Jabroil menga, shuni aytdi, dedilar Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam. Imom Muslim rivoyat.

Mo'minning ruhi osilib turadi. Abu Hurayra roziyalloh anhu dan Payg'ambarimiz aytadilar, nafsul mo'miniy muallaqatun bidaynixiy, xatta yuqudu anhu. Rasululloh aytadilar, mo'minning ruhiy o'lganidan keyin, qarzni to'lanmagunicha osilib turadi, asr bo'lib turadi. Imom Ahmad, Termiziy, Hokim rivoyat. Muallaqatun bedaynihi, qarzi sababli osilib turadi. Nima degani? Imom usulid aytadi, ya'ni u, boyagi ruh, mo'minning ruhi, o'zini ulug' maqomidan to'sib qo'yiladi, deydi. Iroqi aytadi, qarzi uzilgunicha uning ishi to'xtatib qo'yilar. Ya'ni, hukm qilinmagan, najot topdimi bu ruh, yoki halok bo'ldimi, ma'lum emas.

Imom shavkora aytadi, bu holat mana shunday bir osilib turishi, hukm qilinmasdan qolishi, mayitni o'ziga bog'liq bo'ladi. Ya'ni mana shu mayit dunyoda qarzini to'lab qo'yishlikka qodir bo'lib turib, to'lamagan bo'lsa, shu holatga tushadi. Endi bu holat ana shu mayitning vorislarini, mana shu mayitni qarzini tezroq uzishlikka targ'ib qiladi. Ammo kimdir qarz bo'lib o'tgan bo'lsa, qo'lida dunyosi bo'lmagan bo'lsa, ammo qalbida shu qarzni uzaman degan niyati bor bo'lgan bo'lsa. Alloh uni qarzini ado qilib qo'yadi.

Keyingi hadis. Ana shu qarz olayotgan odamni niyati qanchalar muhim ekanligini siz bilan bizga bayon qiladi. Man ahodah vala nasi yuridu adaaha addallohu anhu. Rasululloh aytadilar, kim odamlarning molini olsa, qaytarish niyati bilan, Alloh unga yordam berib, uni qarzini ado qiladi.

Va man ahodaha yuridu itilafaha atlafahulloh. Endi kim odamlarni molini olsa, nobud qilishlik niyatida, qaytarmaslik niyatida Alloh uni talofatga uchratadi, uni nobud qiladi. Ma'qulmi? O'zi asli qarz olishingizdan ehtiyot bo'lishi kerak. Imomu Tabaroniy Abu Umomodan morfu holatda rivoyat qildi: man da nabidayning finaf sehr fa vafahhu va ma ta taja va zallohu anhu va ardog'ari mahum bima sha. Kim qarz olib, uni qaytarish niyatida bo'lsa va qarzini ato qila olmasdan vafot etsa, Alloh uni avf qiladi va haq dorilarni o'zi bilgan narsa bilan rozi qilib qo'yadi. Olayotganda uzaman degan niyatni oldi, harakat qilib yurib o'lib qoldi. Alloh Taolo haq dorilarnini o'zi rozi qilib qilib qo'ydi deyapti. Davomini o'qiymiz. Endi kim qarz olib, qaytarish niyatida bo'lmasa va shu holda vafot etsa, qiyomat kuni Alloh haqdorga uni haqqini undirib beradi. Tushunyapsizmi?

Inson qarz bilan o'ladigan bo'lsa, mana shu insuruh, mana shu ruh yetishi kerak bo'lgan maqomdan, manzilatdan to'silib turadi. Qarz insonni dunyoda sharafini, erkinligini hattoki iymonini xavf ostiga qo'yadi. Bu degani qarzdor odam qarzini uzmasdan o'lgan bo'lsa, Alloh huzurida bu odam ozod inson deyilmaydi. Ha, birodarlar, iymonli kishi ham, hatto shahid odamni ham qarzi bor bo'lishi mumkin. Agar shu holatda o'tadigan bo'lsa, ular ham jannatga kirishlikdan to'xtatib turiladi.

Nabi sallallohu alayhi vasallamning oldiga bir mayyitni olib kelishsa, kafanlab, janoza o'qishligi uchun qarzi bormi deb so'rardilar. Qarzi bor desa, o'qimasdilar. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi vafot etdi. Biz uni yuvib, hush bo'ylab kafanladik. Keyin Payg'ambar alayhissalomning oldiga janoza o'quvchisi uchun olib keldik.

U zot bir necha qadam bosdilar, so'ng uni qarzi bormi deb so'radilar. Biz ikkidan or qarzi bor yo Rasululloh dedik. U zot orqaga qaytdilar. Ya'ni o'qimadilar. Shunda Abu Qatoda: "Ikki dinor meni zimmamda yo, Rasululloh" dedi. Shundan keyin rasululloh sollallohu alayhi vasallam qarz beruvchining haqqi vafot etgandan soqit bo'ldimi? Dedilar. Abu Qatoda: "Ha" dedi. Shundan keyingi Payg'ambar assalom janozani o'qidilar.

Rasululloh qarzi bor odamni janozasini o'qimas ekan. Buxoriy va Muslimda keltiriladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarzdor holda o'lgan odam olib kelinsa, aytardilarki, bu mayitni qarzini to'lashga biror narsasi bormi? Qarzni to'lagani biror narsa qoldirganmi? Agar bor deyilsa, janoza o'qidilar, yo'q deyilsa, o'zinglar o'qib qo'yinglar deb janoza o'qi emasdilar.

Tushunyapsizlarmi ukalar? Qaysi darajada? Iphone o'n yetti chiqdi, oldinglarmi? A? Qarz bo'lsa ham olinglar, orqada qolasizlarmi? Bir marta yashasanglar axir dunyoda. Qaytilar ekan boshqalardan. Nimaga ular tutadi yu, siz tutmaysiz? E iphone o'n yetti ni olgan bo'lsa, u boy ellik besh oltmish ga kirdi. Qirq yildan beri biznes bilan shug'ullanyapti. Unga yarashaveradi, uni puli bor. Senga balo bormi?

U o'sha maqomga, o'sha boyniki necha yilda yetdi? O'ttiz yil, qirq yil biznes bilan shuhrillab, indiyetda. Senga kim qo'yibdi, sen hali bo'lsang. Kim qo'yipti senga? Deydigan otasi, akasi yo'q. Deydigan jo'rasi oshnasi yo'q. Balo bormi senga? Qarz bo'lmaslikni eng oson yo'li nima?

Kunidan rozi bo'lishlik. Boshingda tommang bormi? Bor. Issiq ko'rpang bormi? Bormi? Yegan ovqating bormi? Bor? Bemalol yuribsanmi? Tushun, sen eng baxtli odamsan. Payg'ambarimiz aytganlaridek, man batamin kum aminam fil sir bihi. Kim o'zini to'shagida xotirjam tong ottirsa, demak uyi bor, to'shagi bor. Muaffofiy badani hi. Tanasa ofiyatda bo'lsa, uxlayapti, turyapti, yeyapti, ichyapti, kelib chiqyapti. Voyinda huquq tayyon mihi. O'sha kunga yetadigan taomi bo'lsa, eng baxtli odam shu deb Payg'ambarimiz beryaptilar baxtni formulasini. Sen kimlarni formulasiga erishyapsan?

Qarzdorlikdan omon bo'lishni yo'li, hammamiz bilgan qanoat va sabr. Inson unga berilgan rizqqa rozi bo'lishi, nafsini tiyishi. Voy tushuninglar, bu nafs hech qachon to'ymaydi. Rasululloh aytganlaridek, agar inson bolasiga bir vodiy oltin berilsa, ikkinchi vodiy oltinnni orzu qiladi. Insonni ko'zini tuproq to'ldiradi.

Birodarlar, inson to'ymaydi, o'shaning uchun biz o'zimiz ota sifatida, ona sifatida farzandlarimizni qanoatga, sabrga, rozilikka o'rgatishimiz kerak. Nimaga qarzga kirib ketib olamiz? O'sha ta'lim tarbiyani bermadik, qalbini biz to'ldirib qo'ymadik, boyagi rozilik bilan. Qarz, avvalgi darslarimizda aytdik, zarurat qarzi bor va zarurat bo'lmagan qarz bor.

Zarurat qarzi kamoliyot qarzi. Zaruratsiz qarz bo'lishlik, bu xirsning natijasi. Qaytaraman. Zaruratsiz, qarzdor bo'lish, bu hirsning. Natijasi. Ulamolar aytishadi, bandadan sodir bo'ladigan hamma gunohlarning asli uchta gunoh. Uchta gunoh bor, hamma gunohlar shu uchta gunohdan suv ichadi. Agar mana shu uchta gunohni inson qalbida tiyib olsa, nafsida tiyib olsa. Qolgan gunohlardan qutilishi juda ham oson bo'ladi. Ana shu uchta gunohning birinchisi kibr. Ikkinchisi hirs, uchinchisi hasad.

Kibr, hirs, hasad. Kibr shaytondan bo'ldi. Hirs Adam alayhissalomdan bo'ldi. Mana bu daraxtni mevasini yema dedi, hirs o'zi yedi. Uchinchisi, qobildan bo'ldi. Hasad qilib ukasini o'ldirib qo'ydi. Bizni mana shu darslarimizni mavzusi bo'lgan qarzdorlik ham aynan mana shu hirsga borib taqaladi. Boshqalarda bor, unda yo'q. Ko'radi, hirs o'ziydi. Ammo olgani puli yo'q. Shunda nima qiladi odam? Nafs xohlab turibdi.

Hissi qo'zib turibdi. Nima qiladi? Qarz oladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, qod af la hamman aslama va ro'ziqo kafafan va qonnahullohu bima atahum. Kim islomga kirsa. Yetarlicha rizqlansa va Alloh unga bergan narsasiga qanoatlantirib qo'ysa, batafqiq najot topibdi.

Ana kim baxtli odam. Iymoni bor, rizqi yetarli va Alloh unga qanoat bergan. Demak, qarzni sababi nima ekan? Hirs ekan. Endi, shu hirsdan qutilish uchun, qanoatga, kuniga rozilik yetishligi uchun nima qilish kerak?

Birinchisi, dunyo haqidagi tasavvurini tuzatish kerak. Dunyo hayotiga bo'lgan munosabatini to'g'rilashlik kerak. Bu dunyo biz uchun imtihon hovlisi deb tushunish kerak. Bu dunyoni mukofot yoki jazo hovlisi emas, imtihon hovlisi. Biz bu yerga sinovga kelganmiz, degan narsani tushunish kerak inson. Ikkinchidan, dunyo hayotida yashar ekan, inson boylarga emas, o'zidan boyroq bo'lganlarga emas, balki o'zidan kambag'alroq bo'lgan odamlarga qarashi kerak.

Yana, ana shu hirsdan qutilishni yana bitta bir yo'li, inson haqiqiy ehtiyojini bilishi kerak. O'zi uchun zarur bo'lgan narsani bilish kerak, zarur emas, ortiqcha narsani ham farqiga borish kerak. Va yana bir yo'li, qarzdorni holiga qarash kerak. O'sha hirsiq o'zi qarzga bir narsa olaman deb turibdimi?

Katta qarzga kirib qolib, hayoti xonavayron bo'lib ketgan odamlarni ko'rish kerak. Hoy, o'sha kuniga rozi bo'lmasdan qarz olaman degan ukalar. Shu qarzga kirib qolgan odamlarni so'rab surishtirib, holidan xabar olinglar da. Qaniydi seni problemang unaqa bo'lsa meniki deydi. Nimaga unaqa deydi? Chunki kattasiga kirib ketdi da.

Kim o'zi xohlayotganda qilib bir yashashga yeta olmayotgan bo'lsa, sabr qilish kerak. Shoshilmaslik kerak. Chunki shoshqaloqlik, besabrlik, qanoatsizlik insonni qarzga botiradi. Oxir oqibat afsusga tiqib qo'yadi. Yana qaytarib aytaman, hozirgi yoshlar hamma narsani birdaniga bo'lishini xohlayapti.

Unaqa bo'lmaydi, jon akalar, Alloh Taolo osmoni yerni olti kunda yaratgan. Ha, Alloh Taolo bo'l desa, bir lahzada hammasi bo'lar edi. Nimaga olti kunda yaratdi? Bizga ibrat, ey bandalar, hamma narsa sekin sekin bo'ladi degani. Sabr Allohni va'dasiga ishonish, uni fazlini kutish. Innama yuva fossoberuni ajrahum beg'oyirih hisob. Albatta, sabr qiluvchilarga ajrlari hisobsiz to'liq qilib beriladi.

Tushuninglar, ey ukalar, ey qirg'inni pastidagilar, sizlar hali yoshsizlar. Falonchi hoji kattaqa boy bo'lgan, yana bir yigirma besh yil vaqt bor sizlarga. Shoshilmanglar. Tez kelgan boylikdan qo'rq. Birdaniga uy oldi. Birdaniga to'rtta uy oldi. Birdanimga o'nta mashina. Birdaniga tilla to'nib tashladi uydagilarni. Unaqa bo'lmaydi da, jon akalar. Yo bu dedi, ekishingizga srazu yetti yuzta pishadimi?

A? Charchasiz, biri chiqadi, biri chiqmaydi. Sabr qilinadimi? Nimaga shoshilasizlar? Qachon qarz olish mumkin? Qachon shariat qarz olishingizga ruxsat beradi, qarz olishlik joiz deydi. Islom dini qarz olishni faqatgina zaruriy holatlarda deydi, olish deydi joizligini. Va faqat juda ehtiyotkorlik bilan yondoshlikka targ'ib qiladi. O'zi umuman dinimiz birodarlar mo'min odamni qanoatga, sabrga, kuniga, rozilikka chaqiradi da, nafsiga ergashib ketishlikdan qaytaradi. Mana qaranglar.

Nasiya bilan ishlaydigan do'konlar bor, xos. Hamma narsani nasiyaga beradi. E'tibor bering da, nasiya savdo halol. To'g'ri, xo'p. Endi ana shu nasiyaga berayotgan shu do'kondagi mollar sizni hayotingiz uchun zarurat narsami hammasi? Ha, ehtimol zarurat narsalar ham bordir, lekin aksariyat berayotgan nasiya narsalari zarurat emas, kamoliyot.

Tomini yopa olmayapti, qish kelib qoldi. Qarzga tunika olsin, bu zarurat. Tomni yopdi, eshik romga pul yetmayapti, qarzga olsin, bu ham zarurat. Ko'mir kerak, qish kelib koldi, bu zarurat. Shunaqa zaruratmi shu do'konda sotilayotgan narsalar? Ha, birodarlar, nasiyaga berishlik shariatda joiz. Nasiyaga bir narsa olishlik mumkin muhtoj odamga, faqat o'sha olayotgan narsamiz zaruratmi?

Qani shunaqa bir nasiya do'kon bo'lsa, shunaqa muhtoj bo'lgan qurilish materiallari sotsa odamlarga. Qish kelib qolgan paytda ochib qo'ysa, tunuka bo'limi, nasiyaga beramiz deb, chunki zarurat bo'lib qoldi odamlarga. Yo ko'mirda nasiyaga bersa qishda. Yo'q. Biz ana shu nasiya do'konlaridan olayotgan narsalarimiz va bolalarimiz olayotgan narsa kamoliyot, usiz ham kuningiz o'tayotgan edi.

Hayotda qarz tufayli halok bo'lganlar juda ham ko'p. Hozirgi kunda qarzda yo'q odamni topish qiyin. Deyarli hammani qarzi bor desak adashmasak kerak. Kimdir bankdan olgan qarzni, kimdir boshqadan olgan. Ha, ba'zilar zarurat uchun olgan bo'lishi mumkin. Lekin ayrim odamlar, ehtimol ko'pchilik zarurat bo'lmagan narsa uchun qarz olib olgan.

Takror aytamiz, biz qarzdan ehtiyot bo'lish kerak deyotganimizda, qanaqa qarzni nazarda tutyapmiz? Kamoliyot, zebi ziynat, zarurat bo'lmagan narsalarni qarzga olishdan ehtiyot bo'lishni chaqiryapmiz. Hashamat uchun olingan qarz, orzu havas uchun olingani qarz, zaruratsiz qarz.

Hozirga kelib odamlar nima uchun qarz olyapti? Ayniqsa yoshlar? Sananglar. Yangi telefon. Yangi mashina, sayohat, yangi mebel, uy jihozlari, restoranda to'y qilish, ijtimoiy rang baranglik uchun. Shu narsalar aslida bunga hozir zarurmi? Ana shu qarzni olishdan avval shu savolni berishimiz kerak. Shu olmoqchi bo'layotgan narsam, nasiyaga, qarzga, menga hozir zarurmi? Yo'q, bu savolni olayotganda bermaydi. Qachon beradi bu savolni?

Ish xolda bo'lgandan keyin. Qarzga botib, to'lolmay, uyqusiz qochib, haq dorilar tinchitmasdan, jonidan to'lagandan keyin aytadiki, menga kerakmidi shu narsa deydi. Shuning uchun qarz olishni rejalashtirib turgan ukam, shu savolni o'zingga ber. Muammolarga kirmay turib, uyingni sotishga majbur bo'lmay turib, tinchliging, halovating buzilmay turib, el yurtni orasida bo'yni egallab qolmasdan turib, pushomonga botmasdan turib o'zingdan so'ra. Menga shu narsa hozir zarurmi? Shu narsaga muhtojmanmi? Shu narsa olmasam hayotim to'xtab qolmaydimi?

Arzimagan uch kunlik dunyo hayotimi deb turib, oxiratda boy berib qo'ymaslik kerak. Esimizdan chiqmasin, hatto shahid ham hatto shahid ham o'zini maqomiga yetishlikdan qarzi sababli to'silib qoladi. Alloh azza va jalla mana shunday bir zaruratsiz qarz olishlikdan Alloh o'zi bir panoh bersin. Kunimizga rozi bo'lib, sabr qanoat qilib yashashlikka tavfiq bergan bo'lsin.

Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu livalakum. Innallohi va malakati hu yusalluna ala nabi ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallamu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)