# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 247 of 510
- Section: —
- Duration: 10 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/247
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/h5S6zb4FOT8.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=h5S6zb4FOT8
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/246.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/248.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalamu ala shirofil mursalin va ala alihi vashabi hajmain. Allohumma allinama yonfauna. G'onfaunam bema'allam tanavuzi dinan ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon va zuhna tiba va arenal ba'tila ba'tilan va rizuxunat jtnaba. Vo ja'alla minman yasta me'unul qavla fayetta biuna husana, vodixin la bi rahmat aka fii ibadika solihain an nabart. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va birakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Sirojiddin o'shining badul amoli asarini o'qiyotgan edik. O'n beshinchi bayt. Mutlaqo ehtiyotsiz zot. Va mustahning ilahi an nisain va avladin inatin av rejal.

[0:52] Ma'no jihatdan tarjimasi, ilohim ayollardan behojatdir hamda qiz yoki o'g'illardan ham. Alloh taologa xotin ham kerak emas, o'g'il ham kerak emas. Qiz ham kerak emas! Bu Iso alayhissalom Allohni o'g'li, Xudo Alloh ustunligini bittasi deydigan nasroniylarga berilgan raddiya. Nazmiy bayoni robbimiz oliydir muhtoj qolishdan qiz yo o'g'il bola yu xotin olishdan.

[1:23] Alloh azza va jalla asomad bo'lgan zot. Alloh taolo biron narsaga muhtoj emas. Biron narsaga. Ular qatorida xotinga ham, farzandga ham. Chunki muhtoj bo'lishlik, birodarlar, bu nuqson. Alloh taologa nuqsonlik sifatida nisbat qilib bo'lmaydi. O'zi shu haligi Xudoni o'g'li, Xudoni xotini, Bagomater deydi.

[1:49] Shunda o'z o'zidan savol tug'iladi. O'sha nasroniylarga. Iso, Iso, Xudoni o'g'limi? Ha, Xudoni o'sha deydi ular. Savol. Nimaga bitta? Nimaga qizi yo'q? Agar shu falsafaga quloq soladigan bo'lsak, Xudo o'g'li bo'lsa, demak ota ona otasi ham bo'lishi kerak. Nimaga ota onasini tanishtirmayapti bizga? Nimaga o'zinglar aytyapti? Shunga o'xshagan bir mantiqiy savollar borki, berasiz, to'xtaysiz. U yog'iga seni ahling yetmaydi deb to'xtatib qo'yishadi.

[2:21] Bizning e'tiqodimizda Alloh Taolo farzandga ham, xotinga ham, umuman hech narsaga nima emas. O'sha rahmatullohu alayhi mana shu ma'noni ta'kidlash uchun, u zot qiz bolalarga ham muhtoj emas, o'g'il bolalarga ham muxtoj emas. Arab tilida volat degan kalima o'g'ilbolaga ham, qizbolaga ham ishlatilinib yuboradi. Bu farzand degan kalimaga o'xshaydi.

[2:47] Farzandlaring bormi? Deydi. Deganda biz o'g'ilni ham, qizni ham qo'shib, ha, beshta farzandim bor deysiz. Al volat kalimasini o'g'il bolaga ham, qiz bolaga ham ishlatilishligiga mana Qur'ondagi jinsu rassusga murojaat qilsak, jinlarni tilidan hikoya tarzida aytiladiki, astadibilla, vo anna hu ta'ala jaddu robbina, mattahoda sohibatan vola volada. Albatta, buyukligi oliy bo'lgan robbimiz o'ziga birorta xotin ham, farzand ham tutgan emasdir. Mana volat degan so'z farzand deb tarjima qilindi.

[3:25] Mana biz avval o'qigan paytimizda, o'n to'rtinchi paytda Alloh Taologa zamon ham, biron bir holat ham ta'sir o'tkazmasligini aytgan bo'lsak, bu paytda Alloh teolog hech narsaga muhtoj emasligi aytildi. Endi Alloh Taoloning qanaqa zot ekanligini tanishimiz uchun Ixlos surasi bizga kifoya qiladi.

[3:49] A umumiylilaykum minash shayton rajim, bismillahir rohmanir rohim. Qul hu allohu ahad, allohu somad, lam yalid valam yu'lad, valam yakun lahu kufu an ahad. Biz yaxshi ko'rib o'qiydigan surat. Ayting, ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. U Alloh yagonadir. Alloh as somaddir, ya'ni ehtiyojsizdir. Hech narsaga ehtiyoj yo'q. U tug'magan, va tug'ilmagan ham. Shuningdek, uning hech bir tengi yo'qdir.

[4:23] Mana shu sura haqida, Safvatut Tafosir kitobida shunday deyiladi. Bilgin ki, Alloh Taolo yagonadir deya vasf qilindi. Buni uchta ma'nosi bor bo'lib, uchalasini ham u zotga nisbatan qo'llashlik to'g'ri bo'ladi. Birinchi ma'nosi. Birinchi ma'ssi, u Alloh yagonadir. Ikkinchisi yo'qdir. Bu nimani bildiradi? Adadni rad etadi. Allohni sanoqqa qo'shib bo'lmasligini bildiradi. Va allohu ta'ala vohidun la ming toley qil, adade valaka ming toley qiyin, anna hu la sharikala. Imom azam fiqh akbarda aytadi, Alloh taolo bittadir. Vohidun. Bu keyin ikki, uch, to'rt degan sanoq ma'nosida bitta emas, birinchi, bir emas. Balki sherigi yo'qligi jihatdan bitta deydi.

[5:16] Demak, birinchi ma'nosi Alloh yagona. Demak, ikkinchisi yo'q, bu Allohdan adadni rad qiladi, saloha qo'shib bo'lmaydi. Ikkinchi ma'nosi, u Alloh yagonadir, tengi va sherigi yo'q degani. Bu xuddi palonchi o'zini asrida yagona degan so'zingizdan, unga teng keladigan yo'q ma'nosi tushuniladi. Allohga teng keladigani yo'q. Bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Ammo siz o'zingizni zamonangizda yagona poxlavon bo'lgan bo'lsangiz, sizdan burun bo'lgan sizdan kuchlilari. Sizdan keyin ham bo'ladi sizdan kuchlilari. Ammo Alloh Taoloni yagona deganimizda, avval ham, hozir ham, keyin ham Allohga teng keladigan hech kim yo'q degani. Falahad dalahu, falahzid dalahu, falani dalahu deydi. Imom Azam Fiqhul Akbarda. Allohni chegaralaydigan chegara yo'q. Allohni chegarasi yo'q. Allohning ziddi yo'q. Allahga teskari bo'lgan. Fala nid dala hu. Allohga teng keladigan ham yo'q deydi.

[6:11] Uchinchi ma'nosi, u Alloh, yagona Dir, qismlanmaydi, bo'linmaydi. Masalan, Allohni qo'li, Allohni barmog'i, Allohni yuzi deyilganda, biz aqlimizga insonning yoki bir maxluqotlarning shu a'zolari keladi. Inson qismlardan iborat. Mana qo'l, yelka, bel, bosh degandaqa. Endi Alloh Taoloni qo'li deganda biz bironta maxluqqa o'xshatib qo'yishlikdan qo'rqamiz. Alloh Taoloning sifati deymiz, qanday o'zini ta'riflagan bo'lsa, shunday deymiz.

[6:44] Bizni aqidamizdagi ikkita nozik nuqta. Alloh Taoloni tanishligida birodarlar, biz ikkita narsaga qattiq e'tibor beramiz. Birinchisi, Alloh Taoloni bironta maxluqotga o'xshatilib qo'yishligidan ehtiyot olamiz. Allohni qo'li bor deyapti, demak bizni qo'limizdaqa ekan desa, bu bo'lmaydi. Alloh kuladi deyapti. Tushunish degani nimani tasavvur qilasiz siz? Chehrangizni yorishib ketishligi. Ko'zlaringiz qizilib, og'zingiz kengayib, tishlaringiz ko'rinishiga taba. Sizlar tabassum qilib turibsizlar. Alloh Taolo kuladi, Alloh Taolo tabassum qiladi deganda, siz insonlardagi tabassumni tasavvur qilib emasligingiz kerak.

[7:20] Demak, Allohning zoti haqidagi bizni e'tiqodimizda birinchi e'tibor beradigan narsamiz, Allohni bironta sifatini, fe'lini maxluqladga o'xshatmasligimiz kerak. Ikkinchi ehtiyot bo'ladigan narsamiz Alloh Taoloning bironta sifatining inkor qilib qo'yishdan ehtiyot bolelishimiz kerak. O'xshatmaymiz ham, inkor ham qilmaymiz. Chunki Allohni qo'lida sal kimdir mushabbahalar chiqdi, bizni qo'limizga o'xshagan qo'ldada dindan chiqdi. Mushabbaha Allohni o'xshatishdi maxluqotlarga. Endi Allohga o'xshatmaslik kerak ekan deb turib, qo'li yo'q deyishdi. Vaholanki Qur'onda turibdi. Yadullohi favqai dihim. Allohning qo'li ana shu sahobalarning qo'lini ustida. Alloh qo'l deb turgan bo'lsa, yuz deb turgan bo'lsin, jon deb turgan bo'lasan, o'xshatmalik kerak ekan deb dur inkor qilganlar muattala bo'ldi. Allohni sifatlarini bekorga chiqarib, bular ham kofir bo'ldi. O'xshatganlar ham kofir oldi. Allohni sifatlarini inkor qilganlar ham kofiri oldi. Biz o'rtada turamiz. Allohni svetlarini bironta maxluqqa o'xshatmaymiz va Alloh Taoloni sifatlaridan birontasini inkor ham qilmaymiz.

[8:30] Alloh taoloni xotinga ham, farzandlarga ham hojati yo'q. Alloh taolo Qur'onda aytadi: astayduvilla laqodi kafarolla dina qolu innalloha salis u salatha. Va min amin ilahim illa ilahum vahim. Va illa miyanta hu amma yaqulun la yamassannallah dina kafaru minhum adabun alim. Nasroniylar Allohnı uchlikning bittasi deyishadi. Robbimiz subhanahu va taolo aytyapti, Alloh uchtaning biridir deganlar ham kofir bo'ldilar. Yagona ilohdan boshqa iloh yo'qdir. Agar aytayotgan gaplaridan qaytmasalar, ular orasida kofir bo'lganlarga oxiratda alamli azob yetishi muqarrardur. Demak, Allohnı uchta deganlar kofir bo'ganligini Robbimiz subhanah va taolo mana shu oyatda siz bilan bizga bayon qildi.

[9:23] Demak, matn mustaqnin ilahi an nisain va avla din inasin avrijalin. Ilohim ayollardan behojattir hamda, qiz yo o'g'il bolalardan ham. Robbimiz oliydur muhtoj qolishdan, qiz yo o'sha bola xotin olishdan. Aquli qovli ha da, va astag'firulloh ilay walakom. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'allu va barakatuh.
