# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 250 of 510
- Section: —
- Duration: 31 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/250
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/kxJUsqGcGwQ.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=kxJUsqGcGwQ
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/249.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/251.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:00] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbilen a'lamiy. Vassalatuh vassalam ala shiroful mursalinova ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohum aliknama yonfa'una va fani bema'lam tanavuzi ibna ilma. Allohumma arina al haqqa haqqon va arzuqun at tibaba va arina al ba'tila ba'tilan va arzuqun ajjidinaba. Vo ja'anla min min mayyasda me'un al qovla fayatda biyunun ah sana va adhin la bi rohamatika fii a i badika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

[0:31] Yarog'ul mo'minuni beg'oyri kayfiyin va idrokin va dorbin min misalin. Mo'minlar uni qandaydir bir holatsiz hamda biror idrok qilishsiz, zarbul masalsiz ko'radilar. Nazmiy bayoni. Mo'minlar ko'radilar uni shaklsiz hamda idroksiz u zarbul masalsiz. Darsimiz avvalida bir savolni berib qo'yay, toki javobi qanaqa bo'larkan degan siz bilan bizni birinchimizni qaynatib turadi.

[1:02] Mana jannatinglar jannatga kirganlaridan keyin, do'zoqinglar do'zaxga kirganidan keyin, jannat eshiklari yopilganidan keyin, oxirgi odam, qalbida ya'ni zarracha iymoni bor odam, do'zaxdan chiqib jannatga kirgandan keyin, eshiklar yopiladi va ko'zlar ko'rmagan, quloqlar eshitmagan, insonni aqli bovor qilmaydigan, son sanoqsiz nozi ne'matlar jannat ahllariga beriladi.

[1:29] U yerda inson aqli baror qilmaydigan ne'matlarni ko'radi. Shunday bir huzul halovatda turganda alloh subhanahu va taolo pardani ko'taradi va ular alloh subhanahu vataoloning jamoliga nazar solishadi. Shunda aqllari o'chadi. Hushlaridan ketib. Bu go'zallikni, bu azamatni, bu buyuklikni oldida aqllari o'tishadi. Mana endi eng katta ne'mat, Alloh Aziz va Jalloning diydoriga qarash. Alloh Taolo Qur'onda aytadi, istadibilla lilladina axsanul husna va ziyada. Chiroyli amal qilganlar uchun al husno bor. Al husnoni mufassasalar jannat deb aytishadi.

[2:15] Chiroyli amol qilganlar uchu husno bor, jannat bor va ziyada. Yana ziyodalik bor. Nima u ziyodalik desa, Alloh azza va jallaning jamoliga qarashlik. Alloh azza va jalalar jannatinglarga xitob qiladi. Ya'ni rozimisizlar? Degan ma'noda bir xitob bo'lganda, Parvardigor qanday rozi bo'lmaylik? Axir yuzlarimizni yorug' qilding, amallarimizni ko'paytirding, rahmating bilan, fazling bilan jannatga kirgizding.

[2:46] Allohni rahmati fazli bo'lmasa, hech kim kirmas edi jannatga. Agar adolat qilganda hech kim jannatga haqli bo'lmas edi. Qanday rozi bo'lmaylik deyishadi. Shunda Alloh Taolo yana ziyoda qilaymi deydi. O'zi aqllar to'xtab qoldi, uydagi ne'matlarni ko'rib. Yana ziyodasi bormi deganda Alloh Taolo hijobni ko'taradi. O'rtadagi pardani ko'taradi, Allohni jamoliga qaraydi ular. Shunda hozir aytayotgandek, aqllar, hushlar uchadi. Endi o'ziga kelishadi. Parda tortildi. Endi savol. Endi jannatdagi ne'matlar skushniy bo'lib qolmaydimi?

[3:27] Shu savolida. Tushunarli a? Ollohni ko'rganingdan keyin, ollohga qaraganingdan keyin, bu xurayni nima? Bu yeydigan, ichadigan, u minadigan narsalari nima? Ollohni diydorini ko'rgandan keyin, bular skushniy bo'lib qolmaydimi bizni tilda? Shu savolni inshaalloh nima qilamiz? Muolaja qilamiz. Demak, mo'minlar Jannatga kirganlarida Alloh Taoloni biror bir holatsiz, idrok qilishliksiz va biror narsaga o'xshatishsiz holda ko'radilar. Mo'minlar Jannatga kelishganidan keyin, mana hozir aytib o'tdik, ularga ko'zi ko'rmagan, quloq eshitmagan, son sanasiz ne'matlar beriladi. Mana bu haqida juda ko'p oyatlar bor. Shulardan ayrimlarini o'qiymiz. Astabi billah. Udhulul jannata antumu azvajukum tuxbarun. Yutofo alixin bisi hayfin min zahabin va akvabin va fixa ma tashdahi hil amfusi va taladdul a'yun va antum fixa holidun.

[4:32] Jannatga kiringlar. Sizlar va juftlaringiz shod bo'lursizlar. Ularga tillodan bo'lgan tovoqlar, va qadahlar aylantirilur. U yerda ko'ngil ishtaha qiladigan va ko'zlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursiz. Demak, bu yeyiladigan, ichiladigan, miniladigan, xullas shunaqa bir insonni ko'zini quvontiradigan ne'matlar beriladi. Xurayinlar beriladi.

[5:05] Mana shu jannat degan Alloh Taoloning mukofotxonasi, ziyofatxonasiga kirishiga ega bo'lgan, mana shunday baxtga muyassar bo'lgan erkaklarga ko'plab ne'matlar beriladi va ular qatorida xo'ra aynlar beriladi. Mana endi erkaklarga xo'ra ayyim berilsa, ayollarga nima beriladi? Jannatga kirgan ayollarga esa bunaqa narsa aytilmagan. Buni hikmat haqida ulamolar quyidagi so'zlarni aytadi. Nima uchun bu narsa aytilmaganini so'ralmaydi, balki Alloh Taoloning xohishi deb qo'yish kerak. Mana shu to'g'risi. Ikkinchi aytiladigan gap, bu yerda ikkita hikmat bor desak adashmaymiz. Birinchisi, ayollarning tabiati hayo. Shuning uchun Alloh Taolo ayollarga ular hayo qiladigan narsani ochiq oydin bayon qilmagan. Ikkinchi gap, oyat karimada erkaklarning ayollarga bo'lgan rag'bati boshqa narsalarni muhabbatidan muqaddam qo'yilgan. Chunki mana dunyoda erkak kishiga eng yoqadigan oltita narsa so'ralganda, birinchisi ayol aytilingan. Astabi billa, zuyuna linna sihu busha havo ti minan nisa i val baniyina, val qanoati il ilm uqontorati i minan dha'a bi val fiddati val xoyli ilm u savomati, val anaami val xalq.

[6:23] Odamlarga ayollardan, bolalardan, to'p to'p tillo va kumushdan, go'zal otlardan, chorvadan, ekin tikindan iborat shahvatlarni muhabbati ziynatlandi. Ziynatli bo'ldi. Mana shu narsalar ko'zimizga chiroyli ko'rinadi. Keng hovli, chiroyli mashina, to'p to'sp oltin kumush, ayollar.

[6:47] Demak, mana shu oyatda insonni nafsi ishtaha qiladigan va uni ko'rganda lazzatlanadigan ne'matlar aytildi. Mana avvalida erkaklarni jannatga targ'ib qiladigan, ular yaxshi ko'radigan narsalarning eng birinchisi aytilganda, ayol aytildi. Shuning uchun erkak kishi shu bir ayolga yetishligi uchun o'zini molini sarflaydi, o'zini qoramog'da bo'lishligi uchun qanaqa sarf xarajat olsa, hammasini qiladi. Chunki dunyoda erkaklar qo'lga kiritadigan eng yaxshi ne'mat, eng yaxshi mato bu solih ayol.

[7:20] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ad dunya mataun. Vahoy ro'matai dunya al mar'atu s soliha. Bu dunyo mato. Uy, mashina, telefon. Dunyo mato. Dunyo matoqdan iborat. Endi mana shu matoqning eng yaxshisi solih ayol deganlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

[7:43] Mana jannatda, jannatinglarga ato qilinadigan eng ulug' ne'mat, Alloh azza va jallaga nazar solishlik hisoblanadi. Mana shunday bir ulug' baxtga muyassar bo'lgan, solih insonlar Alloh taologa qaraydi. Alloh taoloni ko'radi. Mana endi o'sha rahmatulloh alix ana shu holat, Alloh taologa qarash, Alloh taoloni ko'rishlik, qanday bo'lishi haqida so'z yuritadi da, uni shaklsiz, idroksiz va biror timsolsiz bo'lishligini bayon qilgan.

[8:15] Shaklsiz, timsolsiz ko'riladi. Bu qanaqa bo'ladi? So'favli ayyor bobomiz aytadi, ko'ngilda ketsa, ko'zga tushsa har shay, erur andin munazzakh xoliqi hay. Alloh haqida qanaqa tasavvur kelmasin hayolingizga? Ko'zingiz oldingizga qanday surat kelmasin, Alloh undan pok. Alloh unaqa emas. Chunki Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing, Allohni zotini idrok kilishingdi deyilgan.

[8:51] Allohning zotini qanaqa ekanligini men idrok qila olmayman ekan dedingmi? Demak Allohda tanibsan. Allohning zoti, siri haqida bahs qilish shirkeltirishlik deyiladi. Shuning uchun biz Alloh Taoloni jannatda ko'rar ekan desa o'tirib olib, hayolga erk bermaymiz. Biz nima deb tasavvur qilmaylik? Alloh uni xilofidan. Chunki har safar aytaman ellik besh, ellik olti, ellik sakkiz kallalarimiz bilan u g'ayb olamida bo'ladigan ishlarni xabarini tahlil qilib, mag'zini chaqishga harakat qilmaylik. Aqlimiz yetmaydi u yog'iga. A, bundan yuz yil burun mana shu tirnoqday keladigan plastmasani ichiga yuzta, o'n mingta kitob sig'ib ketadi desa, tasavvur qilganmi odamlar?

[9:33] Qilganmi? Yo'q. Hozir mana fleshkalar ichida o'n ming ta kitob bor. To'g'rimi? Qarang, dunyoda inson ozgina berilgan ilm bilan qilgan kashfiyotlariga insonni aqli lol qolyapti. Biz o'ylanib ham o'tirmaymiz, Alloh Taolo qancha bizga ne'mat berganini. O'sha fleshkani yorib ko'ring da ichida nima bor ekan. Hech narsa yo'q uni ichida. Endi uni ichiga kitob sig'dimi? Sizni aqlingiz olmasa ham. Siz tushuna olmasangiz ham sig'dimi? Endi u yoqqa borganda nima bo'lishigini siz mana bu kallangiz bilan tasavvur qilaman deb harakat qilmay qo'yavering. Ma'qulmi? Qanaqa bo'lishini tushunishingiz muhim emas. Muhimi o'sha borib olib ko'rish.

[10:13] Ko'ngilda ketsa, ko'zga tushsa xarshay, erur andan munazzakh xoliqi hay. Alloh haqida qanaqa tasavvur kelmasin kallangizga, qanaqa surat kelmasin ko'z oldiga, Alloh unaqa emas. Endi idroksiz ko'rish deganda, ko'rilgan narsani tasvirlab bera olmaydigan, uni qandayligini tushuntirib bera olmaydigan hamda yodida saqlab olmaydigan darajada ko'rishi tushuniladi.

[10:44] Mana javob berdik. Nimani tushundinglar? Yodingizda saqlab qololmaysiz. O'shaning uchun o'zingizga kelganingizda jannatda, boyagi ne'matlar svejligicha turadi. Hijob ko'tarildi, jannatinglar Alloh Taologa qarab Allohni ko'rdi, endi uni tasvirlab bera olmaydi. Tili aqli ojiz. Tushuntirib bera olmaydi. Ojiz. Yana yodida saqlab ham qololmaydi.

[11:12] O'ziga kelgandan keyin qarasangiz, ko'rmagandek yana bo'p boyagidek jannatdagi hamma ne'mat nima? Yangi. Aytyapmiz ku, biz Alloh Taoloni shu jannatiga kirib olaylik birodarlar. Siz bilan biz tasavvur qilgan muammo yo'q u yerda. Siz bir muammoni tasavvur qiling, Alloh Taoloni hal qilib qo'ygan. Birodarlar, u Robbimizni mehmonxonasi, Robbimizni ziyofatxonasi, Robbimizni solih bandalariga beradigan mukofotxonasi. U dunyodagi yetti yuz lik emas, sakkiz yuz lik gastinitsa bo'lsin, uch kunda zerikasiz.

[11:44] Mana qayerga intilish kerak. Mana maqsadni qayerga qo'yish kerak. Demak, Alloh Taoloni jannatilar ko'rgandan keyin, uni tasvirlab bera olmaydi, uni tushuntirib bera olmaydi va yodida saqlay olmaydi. Bu haqida Alloh Taolo Qur'onda aytadi. Sidadulla, ujinhi yelma ili nadiro, ila robbiha nadiro. U kunda chiroyli yuzlar bor robbisiga nazar soluvchilar. Ya'ni oyatda aytyapti, robbisiga nazari soladi, qaraydi, ko'radi deb.

[12:16] Endi kafillar o'sha kunda Alloh Taoloni ko'rishlikdan to'silib qolishadi. Kalla innahum ar robbihim yavma idin la mahjubun. Yo'q. Albatta ular o'sha kunda o'z robbilarini ko'rishdan to'silurlar. Mo'minlar ko'radi, kafillar to'silib qoladi. Imom Shofiy rahmatulloh alik mana shu oyatda mo'minlarning Alloh Taoloni ko'rishlariga dalil bor degan. Kafolardan to'sildimi? Demak, mo'minlardan to'silmaydi. Imom Umalik rahmatulloh alayhi esa uning dushmanlari to'silgan va uni ko'ra olmaganlaridan keyin o'zining do'stlariga tajalli qiladi. Ya'ni o'zini namoyon qiladiki, u zotni mo'minlar ko'rishadi. Boshqa bir oyat karimada ko'zlar Allohnı idrok eta olmasligi xabari berilgan. Astabi la la tutriqu xul abusorah va hu yudriqu l abusorah va huala ti ful xabir. Ko'zlar uni idrok etmas. Ko'zlarni u idrok etar. Haligi oyatni yoki hadisni zohiriga qarab turib, tarjimasini eshitib turib, xulosa qilib oladigan odamlarga juda ham bir xatar bor shu yerda.

[13:33] Ko'zlar uni idrok eta olmas. Demak, ko'z ko'rmas ekan Allohnı. Demak, Allohnı ko'rib bo'lmas ekan. Qur'ondan dalil bor deyotgan paytda, oyatni zohirga qarab xato qilyapti. Oyatlarni, hadislarni, akalar, ukalar, biz tarjimasiga qarab turib, hukm chiqarishlikka, hukm olishga bizni haqqimiz yo'q. Ma'qulmi? Chunki bir oyatlarni o'qisang, Allohni ko'rib bo'lmaydi deyapti mana. Ko'z ko'rmaydi Allohni deyapti. A tepada robbisiga qaraydi deyapti. Ko'radi deyapti. Qanaqa qilib biz bu muvofiqlashtiramiz birga bu ikkita oyatni?

[14:08] Mana shu o'rinda biz kimligimiz ma'lum bo'lib qoladi. Endi bizga faqatgina ko'zlar ko'rmaydi degan oyatni aytib turib, ikkinchi oyatni aytmasa, ko'rmaydi deb urishib yuraveramiz. Meni hujjatim bor, meni dalilim bor deb. Xo'p, demak bitta oyatda qaraydi dedi, Allohga ko'radi dedi. Bitta oyatda ko'rmaydi ko'zlar uni dedi. Buni qanday tushunamiz?

[14:31] Mana shu oyat Karimani ma'nosini besh xil tabil qilishadi ulamolar. Birinchisi, uni ko'zlar ihota qila olmaydi. Alloh esa ko'zlarini ihota qiladi. Ikkinchisi, ko'zlar uni ko'rmaydi, u ko'zlarini ko'radi. Biz oyatni zohiridan tushungan ma'no. Ko'zlar Allohni ko'ra olmaydi, lekin Alloh ko'zlarini ko'radi. Mana shu so'zni aytuvchilar ikkita dalil keltirishadi. Birinchisi, ko'zlar oldidagi narsani ko'radi. Ko'zlar bilan ko'riladigan narsalar orasida masofa, fazo bo'lishi kerak. Shu bois o'zlariga jips bo'lib turgan narsalarni ko'rmaydi. Agar ko'zlar Uni ko'rsa, U chegaralanib qolishi lozim bo'lib qoladi. Shuning uchun ko'zlar Uni qo'rmaydi.

[15:20] Siz bir narsani ko'rishligingiz uchun jism bo'lishi kerak, yorug'lik bo'lishi keraksiz va ko'zingiz bilan shuni o'rtasida masofa bo'lishi kerakt. Fiqh rahbarda keladi, mo'minlar Allohnı ko'rishadi, Alloh bilan bandalarni o'rtasida musofa bo'lmaydi deydi. Voy, ular qanaqa qilib ko'radi? Mana shunday taqib oldingiz ko'zingizga telefoningizni. Ko'ra olasizmi? Ko'rish uchun nima kerak? Masofa kerak. Imom azam aytyapti, Allohnı ko'rishadi, Alloh bilan bandani o'rtasida masofa bo'lmaydi deyapti. Unda qanaqa qilib ko'radi? Boshida nima dedik bunga?

[15:56] Ellik olti, ellik sakkiz, kallangni ovora qilma. U yoqqa borganda ko'rasan. U yerdagi haqiqatni tushunishlikka harakat qilma bu kallang bilan, u boshqa olam deb aytdik. Mana shu fikrni aytayotganlarning ikkinchi so'zi, eshitish ovozlarini idrok qilishlik degani. Eshitish, ovozlarni tushunish, idrok qilishli degani bo'lsa, ko'rish degani, ranglarni idrok qilish degani bo'ladimi? Endi Alloh Taoloni ranglar bilan vasf qilish mumkin bo'lmaganidek, ko'rish bilan ham vasf qilish ham mumkin emas deyishadi.

[16:28] Uchinchi fikr. Uchinchi ta'lim. Bu dunyoda maxluqotlarning ko'zlari Allohni idrok eta olmaydi. Oxiratda esa Robbisiga nazar soluvchilar ma'nosidagi oyatni taqozosiga ko'ra uni idrok etadilar. U Zot esa dunyoy oxiratda ko'zlarni idrok qiladi. To'rtinchi ta'lim. Dunyoy oxirotda zolimlarning ko'zlari uni Allohni idrok eta olmaydi. Mo'minlarni ko'zlari idrok etadi. Chunki idrok etish osiylardan man qilinib, mo'minlarga ato etiladigan izzat ikrom deyiladi. Beshinchi tabiiy. Ko'zlar uni dunyoviy oxiratda idrok eta olmaydi. Lekin Alloh Taolo o'zining do'stlariga ulardagi beshta sezgilardan boshqa oltinchi sezgini yaratadi, uni o'sha alohida sezgi bilan ko'radilar.

[17:21] Qarang, Allohni ko'zlar ko'ra olmaydi, idrok qila olmaydi, lekin Alloh ko'zlarini idrok qiladi degan oyatni besh xil tavili bor ekan. Biz tarjimasiga qarab turiblar bo'ldi, ko'z ko'z ko'rmaydigan davlat to'xtaymiz da. Shuning uchun biz haddimizni bilaylik, biz o'rnimizni bilaylik. Ming yildan beri turgan aqidani noto'g'ri deb olgani sal insof qilaylik.

[17:48] Mana Alloh azza va jalloni ko'rishlik haq ekanligiga mana Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislaridan ham mana ayrimlarini o'qiymiz. Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallam aytadilar, muttafaaun alik bo'lgan hadisda innakum satarovna robbakum kama tarovna hadal qomaroq va la tutaomuna firu yathihim. Jalil imn Abdulloh roziyallohu anhudan biz Payg'ambar ofis sallallohu veksallam huzunlarida edik. U zot to'lin oy kechasida oyga nazar soldilar. Bilasizlar, oy birinchi, ikkinchi kuni ko'rinmaydi, yangi oy. Uchinchi kundan ko'rinishni boshlaydi. Ingichka bo'lib chiqadi, keyin qalinlashib qalinlashib turib, o'n to'rt kun bo'lganda to'liq oy bo'ladi. Oy to'ladi. Shunday qorong'i kecha tunda mana osmonga qarasangiz to'ldirib turadi osmonni. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to'lin kechasidagi oyga nazar soldilarda, sizlar yaqinda robbilaringizni bu oyni ko'rgandek ko'rasizlar. Uni ko'rishda qiynalmaysizlar. Ya'ni havo ochiq bo'lsa, bulut bo'lmasa, osmonda oy to'liq turgan bo'lsa, odamlar uni ko'rishlikdan qiynaladimi? Qiynalmaydi. Chunki u tevadada. Odamlar tiqilib turgan bo'lsa ham bir joyda, osmonda hammasi bir xil ko'ra oladi.

[19:07] Robbilar shunday ko'rasizlar dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, mutta fahmal alik bo'lgan hadisda. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oyni ko'rgandek ko'rasizlar deyishi, ko'riladigan narsani, ko'riladigon boshqa narsaga o'xshatish emas, balki ko'rishni o'xshatishi degani. Mana qalamni qanday ko'rayotgan bo'lsanglar, Allohni ham shunaqa ko'rasizlar deb bo'lmaydi. Chunki ko'riladigan narsa qalam, ko'riladigan naso Alloh.

[19:35] Ko'riladigan masalan o'xshatish emas bir biridan, bir biriga. Balki ko'rishni o'xshatishi. Bu yerda o'xshatib, ko'riladiga narsani bir xil demoqchi emas. Ko'rishlik bir xil bo'ladi, lekin ko'riladigan massa bir biridan tamomli farq qiladi. Allohni ko'rishini oyga ko'ra, oyni ko'rishga o'xshatilishida ikki xil ma'nosi bor. Birinchisi, to'lin oy kechasida oyni ko'rish to'g'risida hech kim shab sho'ba qilmaydi. Aniq ko'radi hamma. Ikkinchisi, oyni ko'rishda ko'ruvchilar qancha ko'p bo'lishidan qat'iy nazar, hammasi bemashahat ko'radi. Mana shu ikkita ma'no bor.

[20:15] Xo'p, demak, Alloh Taoloni jannatda ko'rishlik haqida Qur'ondagi dalillarni aytdik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mutafaaunalik bo'lgan bitta hadisni aytdik. Endi jannatda Alloh Taoloni ko'rishlik haq ekanligi haqida ahli sunna va jamoaning ittifoqi bor, birodarlar. Ammo Alloh Taoloni ko'rishlik haqidagi dalillarimiz aqliy dalilmi, naqliy dalilami? Aqliy dalili bilan sobit bo'lganmi yoki naqliy dalili bila degan savol bor. Imomo Moturidiy va Imomo Ashariy, mana shu ikkita imom, ahli sunnaning aqida imomlardan ikkitasini o'rtasida, mana shu masalada ikki xil qarash bor.

[21:01] Imomo Ashariy Alloh Taoloni jannatda ko'rishlik aqliy dalil bilan sobit bo'lgan deydi. Imomo Moturidiy naqliy dalil bo'lgan. Aqliy dalili insonda aqli qabul qiladigan dalillar. Inson tushuna oladigan dalillar aqliy dalil deyiladi. Misol bilan tushuntiramiz. Masalan, Alloh Taoloni borligini isbotlab ber desa, aqliy dalili. Yerda sigirni tezaga turibdi, demak sigir bor.

[21:28] Yo'lda mashinani g'ildiragini izlari turibdimi? Deniyema bor? Mashina bor. Bu aqliy dalill. Endi mana shunday koinot turibdimi? Demak uni ham kimdir yaratgan. Mana shu aqliy dalillar bo'ladi. Naqlil dalil degani, oyat va hadisda aytilgan narsa, bu naqliy dalil deyiladi. Aqliy dalil bor, naqliy dalili bor. Aqliy dalil, insonni aqli qabul qiladigan dalillar, naqliy dalil oyat va hadis.

[21:58] Mana ikkala imomning Alloh Taoloni ko'rish haqidagi masaladagi dalillardagi farqi. Aytdik, Imom Ash'ariy aqliy dalillari bilan sobit bo'lmagan Alloh Taoloni ko'rishlik. Imom Ash'ariy rahmatulloh alikning e'tiqodiga ko'ra, jannatga kirgan bandalar o'z ko'zlari bilan Alloh Taoloni ko'rishlari aqliy dalil bilan sobit bo'lmagan. Aqliy dalili shuki, narsalarning ko'rilishi sababli ularning jism yoki arazliklari emas, balki mavjudliklaridir. Ya'ni, qaysi narsa bor bo'lsa, u ko'rilishga salohiyatli bo'ladi. Yo'q narsa esa ko'rilmaydi. Ya'ni shunga ko'ra bor bo'lganlari sababli, tam va hid kabi narsalar ham aslida ko'rish mumkin bo'lgan narsalar. Chunki ular ko'rish mumkin emasligi sababli emas, balki Alloh Taolo bandalarda ularni ko'rishni yaratmagani sababli ko'zga ko'rinmaydilar, xolos. Masalan, hidni ko'rsa bo'ladimi?

[22:57] Tamnichi? Nimaga? Ko'rsa bo'ladi. Lekin ana shu ko'rishlik xususiyatini insonda Alloh paydo qilmagan. Ichinglarda yaxshi povur bo'lsa, ovqatni tuzini ko'zi bilan ko'radi. Qanaqa qilib? Kim aytadi? Qo'l bilan o'lchamaydi. Tashlab oldi tuzni o'quv.

[23:27] Yashang, qaynashiga qarab turib. Shu darajada mohir bo'lib ketganki, tuzumiday qarab turib, tuz o'rnida deydi. Totimaydi. Ta'mni ko'rish mumkin. Ovqatni ta'mini ko'rish mumkan. Lekin hammada bormasa bu xususiyat. Davomiy suratda, davomiy surat o'sha ishni qilaverganda, o'sha ko'zi ochilib qolgan.

[23:50] Alloh Taolo hidni va ta'mni ko'rishlikni bermadi bizga, o'shaning uchun biz ko'rmaymiz uni. Agar Alloh Taolo shu hisni yaratganda, nima qilardik? Yuqorida aytdik ku, Alloh Taolo insonga jannatga kirganda mana bu beshta his qilishlik organidan tashqari oltinchi hissini yaratadi. Shunga ko'ra bor bo'lgan narsalar, bor bo'lgan sababli tam va hidlar kabi narsalar ham aslida ko'rish mumkin bo'lgan narsa, chunki ular ko'rish mumkin emasligi sababli emas, balki Alloh Taolo ana shu narsalarni ko'rishlik sifatini bizda yaratmaganligi uchun ko'rmaymiz. Lekin ko'rishi mumkin. Aslida hit ham, tan ham bor bo'lganligi uchun korishi mumkin edi uni.

[24:32] Demak, qaysi narsa bor bo'lsa, uni ko'rishi mumki bo'lar ekan, deydi imom ash shariy. Alloh Taolo ham bor bo'lgani uchun, u zotni ko'rish albatta lozim hisoblanadi. Shu ma'noda u zotni ko'rish joizligidagi asos mazkur aqliy dalildir deydi. Bormi? Ko'rsa bo'ladi deydi. Borma? Ko'rsa bo'ladi. Bu imom ash shariyning dalili edi. Bu aqliy dalil edi.

[24:58] Endi naqliy dalil. Nima u? Naqliy dalili insonni aqliga qaralmaydi. Qur'onda xabari keldimi? Hadisda xabari keldi mi? Tamom, qabul qilinadi. Masalan, qabrda yotgan odamni parishda kelib gurzi bilan bururadi dedi. Aqlga solsangiz sig'maydi. Qabr tor bo'lsa, parishda qanaqa qilib kiradi? Gurzusini ko'tarsa tomiga tegib qolmaydimi?

[25:22] Qabr insonni ko'zi yetadigan darajada keng qilib qo'yadi solih bandalarga. O'ng tomondan darcha ochib qo'yiladi, jannatini ko'rib yotadi deydi. Qanday? Shu yerda bo'ladimi? Mana aqlga sig'madi, lekin oyatda hadisda aytildimi? Tamom, bu yerda aql ishlatilmaydi. Imomi Motiriddin rahmatulloh alayhi etxodiga ko'ra, jannatga kirgan bandalar o'z ko'zlari bilan Alloh Taoloni ko'rishlari aqliy dalil bilangina emas, balki naqliy dalillar bilan sobit bo'lgan. Masalan, ujuhi yavma ila nadiro ila robbihah nadiro. U kunda chiroyli yuzlar bo'ladi, robbisiga nazar soladigan. Mana oyatda aytyapti.

[26:04] Lilladiyna axsanul husna va ziyara ikkinchi oyat. Naqliy dalil. Go'zal amal qilganlar uchun al husno bor, jannat va ziyodalik. Ziyodalik nima? Allohni yuziga qarashlik. Yana Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yuqorida biz o'qigan hadisi ham mana shu naqliy dalili bo'ladi. To'lin oy kechasida, oyni ko'rishlikda sizlarni biror bir mashaqqatga soladimi? Yo'q. Oyni ko'rishingda qiynalasizlarmi? Yo'q. U kunda robbilarni mana shunday ko'rasizlar dedi. Mana naqliy dalil. Demak, mana shu dalillarni taqozosiga ko'ra, Alloh Taoloni ko'rishlik naqliy dalillar bilan sobit bo'lgan hisoblanadi. Biz Allohni ko'ramiz.

[26:49] Aqliy dalilga ko'ra esa, oxiratda Alloh Taoloni ko'rish joiz bo'ladi. Ya'ni naqlga suyamasdan, aqlni o'ziga qo'yib bersa ham, Alloh Taolohni ko'rish mumkin emasligi hukm chiqarilmaydi, balki joizligi hukm chiqariladi. Shunga ko'ra, biz Muturidda aqidasi Alloh Taoloni ko'rish haqidagi e'tiqodimizning asosi naqliy dalillar hisoblanadi. Ammo nima bor bo'lsa, uni ko'rish mumkin degan aqliy dalil faqatgina naqliy dalilni quvvatlaydi xolos.

[27:22] Ushbu qarashni yanada to'ldirish ma'nosida Fahriddin Roziy rahmatullo alikning quyidagi gapini keltirishimiz mumkin. U kishi aytadi. Bu masaladagi bizning mazhabimiz shayx abumansur motirudi ixtiyor qilgan ushbu qarashdir. Ya'ni, e'tiqodimizni isbot qilishda samai dalillarni mahkam ushlash lozimligidir. Ana shu yo'limiz raqibga xatosini tezroq anglatishga va avom xalqqa tushuntirishga eng munosib yo'ldir. Agar raqib ushbu naqliy dalillarimizga e'tiroz ma'nosida o'zlarining shubhalarini keltirsalar, shunda biz ularga qarshi aqliy dalillarni ham keltiramiz.

[28:00] Xulosa, Imom Ashshariy rahmatulloh alayh mo'tazilalarga qarshi kurashib, ularni e'tiqodlari noto'g'ri ekanini ular suyangan aqliy dalillar bilan isbotlab bergan. Ya'ni mo'tazilalarning bu masaladagi e'tiqodi quyidagicha bo'lgan. Nima narsa ko'riladigan bo'lsa, u ko'rishini ro'parasida turishi kerak. Endi ro'parasida turadigan narsa bir tarafda bo'lishi kerak. Endi bir tarafda turgan narsa jism bo'lishi keraks. Agar kim Alloh Taoloni ko'radi desa, bir tarafda turadi, jism degan bo'ladi. Endi Alloh Taoloni jism degan bo'sa, nima bo'ladi? Kopir bo'ladi.

[28:38] Bir tarafda turish esa, bir makonda bo'lishini taqozo qiladi. Makonda turgan narsa esa jism bo'ladi yo araz bo'ladi. Alloh Taolo bunday bo'lishi muhol. Shuning uchun Alloh Taoloni ko'rish mumkin emas deb e'tiqod qilish lozim bo'ladi, deydilar. Kimlar? Mo'taziliklar. Endi bu masaladachi? Agar siz birinchi marta bu temada suhbat qilib, Mo'tazilikdan o'tirib qolsangiz, qanoatlantirib yuboradi sizni.

[29:04] Alloh Taoloni ko'rish degani, ko'rish jismda bo'ladi. Ko'riladigan narsa ro'parangda turishi kerak, bir. Ro'parangda tursa, demak bir joyda turibdi ikki. Bir joyda tursa,demak jism u. Endi Allohni jism deb bo'lmaydi da, demak ko'rib bo'lmaydi deb turib, bu tomondan olib ketgan bular. Imom Ash'ariy ana shu iddaoga, ularni uslublarda javob berib, narsalarning ko'rilish sababi ularning jism yo arazligi emas, balki borligi degandir. Imom Omon Otun edi rahmatullohu alayhi sa ijmo qilingan masalaga bildirilgan e'tirozga e'tibor berilmaydi, qabilada ish tutgan. Ummat ijmo qildimi, Alloh ko'radi, tamom. Ijmoga e'tiroz qilindimi, bu e'tirozga parvo qilinmaydi degan qabilada ish turgan Imom Motiru deydi.

[29:51] Ya'ni Alloh Taoloni ko'rish haqidagi e'tiqod Qur'on bilan, mutavotir hadis bilan, ijmo bilan sobit bo'lgan. Mutazillarning qarashlari esa keyinchalik paydo bo'lgan. Shuning uchun ularning bu iddaolariga e'tibor berilmaydi. Xulosalaymiz darsimizni. Biz Imomimiz Motirida haqida sizda turgan mo'minlar jannatda Alloh Taoloni ko'ramiz deb e'tiqod qilamiz. Alloh Taoloni koramiz, uni eslab qolish, tasvirlash, tushuntirib berishsiz.

[30:25] Yarohul mo'minuni beg'oyri kayfiyin va idrokin va dorbin minmitaliyin. Mo'minlar uni qandaydir bir holatsiz hamda biror idrok qilishsiz, zarbul masalsiz ko'radilar. Mo'minlar ko'radilar uni shaklsiz hamda idroksiz u zarbul masalsiz. Aquli qovli hada, astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakat hushaluni ala nabiy, ya yuhalladina amano sollallohu alayhi vasallim mutasaddik.
