Maviza
—Qoralama8 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
8:20
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vala aqibatu lel mutaqin. Vassalatu vassalamu ala shirofil muslim va ala alixiy va ashabi hajmain. Allohumma alimna man yam fauna. Man fauna bi ma'lam tanavvasi ibn a'ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natiba va arenal ba'tilar ba'tilan va rizqu natijtina va vajal la mayma yessa me'un al qovla fayattabiun na husana va adhixin la bi rahmatika fiy ibadika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.

Sirojiddin o'shining badul amaliy asarini o'qiyotgan edik, birodarlar. Yigirma birinchi matnga keldik. O'tgan darsimizda alloh subhanahu va taoloni jannatda muomalar ko'rinishligi haqida suhbat qilgan edik, davom etamiz. Yigirma binti bayt. Jannatdagi eng oliy ne'mat. Siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin o'sha aytadi: Fayansavna nag'ima ida rohfu faya xusurona ahlil i atizali. Tarjimasi, uni ko'rgan vaqtlarida ne'matlarni unutadilar. Bas, ey odamlar, Muo'taziliklarning adashishlaridan ehtiyot bo'linglar. Nazmiy bayoni neymatlar unutilar uni ko'rsalar qachon, hazil bo'ling Mo'tazila ahliga ziyon. Mana Mo'tazila toifasi. Bular imomahmad umid ahambul davrida ishlariga o'ziga ko'rindi. Abbosiy xalifalarning yoniga vazir bo'lib kirib olishdi va o'zlarining mana shu noto'g'ri e'tiqodlarini yigirma yil davomida qilich bilan ummatga majburan o'tkazishdi. Lekin botil edi bu. Xalifani qilichi bilan odamlarni majbur qilgan bo'lsa ham, biz oyatda aytib o'tdik.

Ko'pik yo'q bo'lib ketadigan narsa, hazaka narsa keladi, ketadi. Ammo odamlarga foyda qiladigan, haqiqiy narsa qoladi. Butun ummatni majbur qilishdi, o'zlarini e'tiqodiga. Ular buzuq e'tiqodlariga ko'ra Allohni ko'rib bo'lmaydi deyishar edi. Qur'onni Allohni kalomi emas, Qur'onni maxluq deyishgan edi. Shunga o'xshagan adashgan e'tiqodlari bor edi. Yana qaytarib aytaman, Abbosiy xalifalarni yoniga kirib olib, qilich bilan ummatni o'zini e'tiqodga majbur qilsa ham, bu e'tiqodini o'tkaza olmadi. Bor yo'g'i yigirma yilda yo'q bo'lib ketaverdi. Shuning uchun aytyapmiz ku, kelar, bizga ko'zimizni yiltirab ko'rinayotgan narsachi, bu yangilik emas. Ahli sunnaval jamoaga hujum qilganlar, tosh otganlar, ming yildan beri tosh otib kelyapti. Va bu ahli sunni o'zini e'tiqodini, yo'lini himoya qilib hujjat dalillab kelyapti.

O'sha birinchi uch asr va undan keyingi davrdagi ulamolarni gapirib ergashamiz, o'sha asl narsa ekan. Oloviddin domlamiz rahmatlik, bir suhbatimizda aytgan ediki, besh yuz yil, sakkiz yuz yilda u yog'ida yozilgan kitoblarni o'qitish kerak madrasalarda. Shunda bo'linish ixtilof bo'lmaydi degan edi. Mana endi tushunib yetyapmiz nima uchun unday deganligini.

Jannatinglar, jannatga kirarkanlar, ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan, son sanosiz ne'matlarga ega bo'lishadi. Alloh taolo bu haqida shunday edi. Astaydu billah. Ala asurun in mavduna muttakiina alayha mutaqobilin, yatu'fu alayhim wildanu muhalladun, bi akvabin va abariqa va kastin min ma'in. La yusoddaun na anha va la yunzifun va fakihating minmayata hoyarun va lahmi toyri minmayashtahun va xo'runain ka ansa lillu ilmaknun jaza ambimakan u ya'malun.

Ular oltindan yasalgan so'ralarda, yastangan hollarida bir birlariga yuzma yuz bo'lib o'tirurlar. Ustlarida esa mangu yosh bolalar aylanib xizmatda yururlar. Oqar chashmadan olingan may to'la qadahlar, ko'zalar va kosalar bilan. U maylardan ularning boshlari ham og'ri emas, mast ham bo'lmaslar. Yana o'zlari tanlab oladigan mevalar bilan, ishtahalari tortadigan qush go'shtlari bilan ham ta'minlanib tururlar. Yana ular uchun oppoq yulduzli, katta va chiroyli ko'zli xur qizlar ham bo'lurki, ular xuddi pardaga o'ralgan durlar kabidir. Bu ular dunyoda qilib o'tgan amallarning mukofotidir.

Mana shunday ajoyib noz ne'matlar ichida Jannat ila o'tirarkan, Alloh Subhanahu va Taolo pardani ko'taradi va ular Alloh Taoloning diydorini ko'radilar, hamma narsani unutishadi. Shu ma'noda Hisnonni Hasson aytadi, albatta Alloh Taolo Jannat ahliga o'zini namoyon qiladi. Jannat ahli uni ko'rgan paytlarida Jannat ne'matlarini unutadilar.

Ammo unutadi degani, keyin ular uchun Jannat zerikarli bo'lib qoladi degani emas. O'tgan safar aytdik a? Alloh Taoloni jamolini ko'rgandan keyin, bu Jannatdagi ne'matlarni qadri qolmaydi. Allohni jamolini ko'rib olish qayerda yu, bu yerdagi Jannatdagi nematlar qayerda. Ollohni diydorini ko'rgandan keyin, Jannatdagi ne'matlar zerikarli bo'lib qolmaydimi degan savolga javob berdik. Nima deb?

Ollohni jamolini ko'rib, ular tasvirlab, tushuntirib bera olmaydi va eslab qololmaydi. Alloh Taolo pardani tortgandan keyin, yana bob boyagidek Jannat yangiligicha turaveradi birodarlar. Demak, jannatinglar Alloh Taolo ko'rgan vaqtida uni tasvirlab bo'lmaydigan darajada ulug'ligidan boshqa ne'matlarni unutib unga mahliyo bo'lib qoladi. Ammo jamolini Alloh Taolo to'sgandan keyin, ana shu ko'rilgan narsani tasvirlab, tushuntirib bera olmasliklari, yodda saqlab qololmaganliklari sababidan, idrok eta olmaganligidan jannat ne'matlarni ichida yana rohatlari nima qilishaveradi? Yashayverishadi.

Mulla Ali Qori aytadi, Hazr bo'ling, Mo'tazila ahliga ziyon degan paytda, Mo'tazili firqasidagilar bordi yu jannatga kirib qolishsa ham, bular ham La ilaha illalloh deganda, ular Alloh Taoloni jamoliga qarashingdan mahrum bo'ladi degan ishora bor deb aytadi. Bu mulla aliqurning so'zi edi. Chunki banda Alloh haqida qanday gumonda bo'lsa, Alloh shunday bo'ladi.

Hadis hududida Alloh Taolo aytadi ana endi donni abdi bi in donna xoyron falahum va in donna sharron falahum. Men bandamning men haqimda qilgan gumonidaman. Ya'ni bandam meni qanday gumon qilsa shunaqaman. Agar men haqimda yaxshilikni gumon qilsa, yaxshilik unga bo'ladi. Agar men ha qimda yomon narsani gumon qilsa yomonlik unga bo'lardi. Ana shu hadislarda keladi, do'zaxga hukm qilindi bir banda. Qalbida iymoni bor. Gunohlari ko'pligidan do'zaxga huquq qilindi. Iymon bilan chiqib olgan dunyoni. Do'zax olib kirib ketayotganda orqaga qarab qo'yar ekan. Shunaqa mazmunda hadis bor. Alloh taolo to'xtatinglar deydi. Nimaga orqaga qarading deydi.

Hali banda parvardigor, men sen haqingda bunaqa gumon qilmagan edim. Nima deb gumon qilgan qilgansan men haqimda? Meni kechiradi, meni jannatga kirgizadi deb gumon qilganman sen haqimda der ekan. Shunda Alloh taolo kirgizilar buni jannatga deydi. Shuning uchun hadisda aytilyapti, men haqimda yaxshilikni gumon qilsa, yaxshilikni topadi, yomonlikni gumon qilsak, yomonlikni topadi. Mo'tazila toifasidagilar Allohnı jannatga kelganda ko'rib bo'lmaydi dedimi? Demak bular Allohnı ko'rmaydi endi. Mulla Aliquli shunday deb aytadi.

Aql u hovli har vas tafirullohu alayhi va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)