# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 252 of 510
- Section: —
- Duration: 12 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/252
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/Ud-GgNmOCPY.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=Ud-GgNmOCPY
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/251.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/253.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:01] Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vala aqibatu lil mutaqin. Vassalatu vassalamu alayhi shirofil muslim va ala alixiy va as hali hajmain. Allohumma al imna man yam fauna. Va onfa'ni bi ma'lam ta'navazid na ilman. Allohumma arenal haqqa, haqqon va zuqna tiba va arenal ba'tila ba'tilan va ro'zg'unat jtina va vajallama mayyas ta me'un al qovla fayat ta biyununa husana vodixin la bi rahmatika fii ibodika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh.

[0:39] Sirojiddin o'shining badul amaliy asarini o'qiyotgan edik, birodarlar. Yigirma ikkinchi baytimiz. Alloh taolo adolatli va rahmatli zotdir. Sirojiddino o'sha aytadi. Voma in fe'lun islahu da iftirodin alal hadil muqaddasiy ritta aliy. Bu ham ana shu hozir biz aytgan Mo'tazila firqasining noto'g'ri aqidalariga berilgan javob.

[1:08] Oliylik sohibi muqaddas, maxluqlarning sifatlaridan xoli Xodiyga aslah ishi aslo farz bo'lmaydi. Nazmiy bayoni. Aslah ishi farz emas ulug' holiga, biror bir nuqsonsiz Mutolii ega. Bu bayt mana shu Mo'tazilik firqasiga raddiya tarzida yozilgan. Mana Mo'tazila firqasini aytdik, noto'g'ri e'tiqodini odamlarga majburan o'tkazmoqchi bo'lgan. Mana yigirma yil mobaynida Abbosiy xalifalarning qilichi bilan.

[1:44] Endi o'zlarini adolat va tavhid tarafdorlarida bilgan mana shu Mo'tazililar quyidagicha e'tiqod qilishar edi. Ularni e'tiqodiga ko'ra, Alloh Taolo adolatli zot, shuning uchun unga bandalarga yaxshi bo'lgan ishni ixtiyor qilishlik vojib bo'ladi deyishgan. Qaytaramiz. Alloh odilzod, shuning uchungi bandalar uchun nima yaxshi bo'lsin, shunday ishni qilishlik Allohga vojib deb e'tiqod etishgan.

[2:14] Vaholanki, Alloh Taolo hech narsaga majbur emas. Alloh Taoloni zimmasiga hech narsa vojib bo'lmaydi. Alloh nimani qilsa, xohlab qiladi. Alloh Taoloning hech narsa majbur qilmaydi. Ko'ryapsizmi, shu e'tiqodni ham chi, bizni tilda tavkat qilishgan. Hujjat dalil keltirgan, mutazililar aqliy, munozarada bahslar juda ham kuchli bo'lgan. Aqlli odamlar bo'lgan. Hujjatdalili zo'r keltirgan. Bahs munozar qiladigan bo'lsa, o'tkazib qo'ygan sizni. Lekin haqiqiy ilm egalari Imom Ahmadga o'xshagan kishilar birorta to'xtatgan. Tushundinglar a? Asosiy gap shuni ustida ketadi. Banda uchun yaxshi bo'lgan ishni bandasiga qilib berishlik alloh taoloning zimmasidagi vojib degan ular.

[2:59] Ularning asosiy da'volari shuki, solah va aslah alloh taoloning zulmasiga vojib deyishgan. Soliq degani yaxshi ish, asliq degani undan ham yaxshi ish. Alloh bandalarga faqat yaxshilikni ravo ko'rish kerak degan e'tiqod, notazilarni e'tiqodi edi. Soliq nima? Soliq degani ya xshi ish. Kufrni ro'parasidagi yaxshi ish iymon. Kasallikni ro'parasida yaxshi ish sog'lik.

[3:30] Kambag'allikni ro'porasida yaxshi. Boylik. Demak, solih deganda shunaqa. Yaxshi ishni ravo ko'rish kerak Alloh. Masalan, bir banda ro'parasida jannatga kirish yo do'zaxga kirishga o'xshagan ish turadigan bo'lsa, Alloh Taolo bandani foydasi uchun uni jannatga kirgizish kerak. Chunki bandani solihini, bandani yaxshiligini o'ylab ish qilishlik kerak. Jannatga kirgilizish kerak deb aytishadi. Vojib aytar edi. Aslah degani bu himmat ko'rsatish degani bo'lsa, bandaning xizmat qilgani uchun savob berish muqobilidagi, xizmatsiz savob berish kabi, ya'ni ishning muqobilidagi muqobilidagi undan da yaxshiroq ishlar tushuniladi. Ularni e'tiqodiga ko'ra yana, agar banda uchun solih bo'lgan jannatda bo'lish yoki aslah bo'lgan oliy maqomda bo'lish turgan bo'lsa, Alloh Taolo banda uchun ikkinchisini tanlab berish kerak, unga vojib deyishar edi. Gap qisqasi Alloh Taoloni obyazm deyishar edi. Alloh Taoloni dolchin deyishar eda. Alloh Taoloning zimmasiga vojib deyishar edida. Va albatta bu buzuq e'tiqod edi.

[4:35] Mana birodarlar, siz bilan biz ahli sunna va jamoa ekanligimizni dalili, aqidada moturidiy yo ash'ariy aqidasini ushaymiz. Fiqh yo'nalishida to'rtta mazhabdan bittasini ushaymiz, mana shu siz bilan bizning ahli sunna va al jamoa ekanligingizni dalili. Ahli sunna shular. Ahli sunna va jamoa ekanligingning dalili ikkita qaynotani hammadan yaxshi deb bilishing, ikkita kuyovni yaxshi ko'rishing va mahsiga mahs tortishni joiz deb bilishing seni ahli sunna ekanligingning delili deyiladi. Ikkita qaynata kim?

[5:11] Rasulullohning eng yaqin ikkita sahobasi va qaynotasi Abubakir Siddiq va Umrini Xatto. Nimaga bularni yaxshi ko'rish kerak? Chunki shialar akalar mana shu ikkala ulug' sohibani yomon ko'rishadi. Ikkita kuyov kim? Rasulullohning yana ikkita yaqin sohibasi. Usmonunnafson, Ali ibn Abit Olib. Imom Ashariy o'zi mo'tazililardan bo'lgan. Bilasizlarmi shuni? Moturidiy Imom Ashariy. Imom Ash'ariye o'zi Mo'tazililardan bo'lgan.

[5:43] Lekin. Ularning e'tiqodlarini buzuq ekanligini, noto'g'riligini ko'rgandan keyin, bundan qaytgan va bu e'tiqodni noto'g'ri ekanligini odamlarga bildirgan. Nima sabab bo'lgan Mo'tazila aqidasidan Imom Ash'ariyning chiqib ketishiga? Mo'tazillarning mana shu da'vosi har bitta odamga alloh taolo eng yaxshi ishni tanlab berishligi lozim, allohga vojib degan mana shu e'tiqodi ularni, imom ash sharini ularni noto'g'ri ekanligini tushunishiga sabab bo'lgan.

[6:16] Mana shu masala haqida imom ash shariy bilan mutazilalarning yetakchisi ali jubboy o'rtasida bahs bo'lgan. Imom ash shariy aytyapti, uchta odam haqida nima deysiz? Uchalasi ham vafot etgan. Bittasi mo'min holida, bittasi kofir holida, bittasisi yosh bola holida. Jubboyi javob berdi, Mo'tazillarning peshvosi. Mo'min jannat bilan mukofotlanadi, kofir do'zax bilan jazolanadi, yosh bolaga jazo ham, mukofot ham bo'lmaydi dedi.

[6:51] Imom ash shar'iy. Agar yosh bola jannatga kirishni xohlasa, unga jannatga kirishi mumkin emasmi? Javob yo'q, unga jannatga solih amal qilgan mo'min kiradi. Sen esa solih amaling yo'q deb javob beriladi. Yosh bolangda o'lib ketganda savob ish qilmagansan. Imom ash-Shariy, agar yosh bola, ayb menda emas u. Agar men ham yoshligimda o'lib ketmasam, ulg'aysam, savob amallarni qilib jannatga kirgan bo'lardim desa nima deyiladi?

[7:23] Ali javob berdi. Alloh Taolo unga aytadi. Agar sen ulug' yeganingda, isyon qilib, kofir bo'lib, do'zaxga kirib ketishingni bilgan edim. Shuning uchun sen uchun foydali bo'lgan ishni berdim. Ya'ni yoshligingda seni vafot ettirib qo'ydim. Men yoshligimda o'lib ketganligim meni aybim emas u. Agar men ham balog'atga erishsam, katta bo'lsam, savobli ishlar qilgan bo'lar edim, desa, nima deydi Alloh? Aytadiki, sen katta bo'ladigan bo'lsang, kufr ma'siyatga kirib ketishingni men bilganman. O'shaning uchun kufr ma'siatga kirib, keyin do'zaxga kirganingdan ko'ra, yoshligingda o'lib ketsang, do'zaxga kirmasiding, shu senga yaxshi edi. O'shaning ustida seni yoshligingda vafot ettirib qo'yganman deydi.

[8:06] Imom Ashir aytdi, unday bo'lsa, do'zaxgacha giriftor bo'lgan kofir ham Parvardigor, uni holatini nima bo'lganligini bilgan ekansan. Kofir bo'lishini. Shuning uchun yoshligida o'ldirib, uni foydasiga ish qilibsan. Meni ham kofir bo'lib, do'zaxga ketishimni bilgansan u. Meni ham yoshligimda o'ldirib qo'ya olmagan ekansan da, desa, nima dedi degan javob bo'ladi dedi.

[8:28] Mo'tazil yetakchisi Ali Juboy to'xtab qoldi shu yerda. Mana boshida aytdik ku. Banda uchun yaxshi ishni qilishlik Alloh Taoloning zimmasidagi vojib degan e'tiqodini noto'g'ri ekanligi mana shu savol bilan ko'rinib qoldi ko'zga. Ana shundan keyin Imom Ash'ariy mo'taziliy firqasini qarashlarini chuqur tahlil qilib, xato ekanini tushunib, omma xalqni ularni xato e'tiqodlaridan ogohini qidirishlikka kirishgan.

[8:59] Mana endi mo'tazil firqasini bu buzuq da'vosiga qat'iy dalillar bilan keskin raddiyalar berilgan. Shuning uchun o'sha rahmatullo alik mana shu buzuq da'volarning muqobilidagi ahli sunna va jamoning qarashlarini qisqa qilib, aslah ishi farz emas ulug' hodiyga biror bir nuqsonsiz mutoliyga deb deb bayon qilib qo'ydi.

[9:24] Xulosa. Alloh taolo uchun biror narsani qilishlik vojib emas. Alloh taolo hech narsani qilishi majbur emas. Nimani qilsa, Alloh o'zining ixtiyori bilan qiladi. Alloh taolo Qur'onda aytadi, astadvillar. Valav sha allohu la ja'alakum ummatan vahida, valakin yudil luman yasha, u va yahdiy man yasha, vala tus alunna amma kuntum ta'malu. Agar Alloh xohlaganida, albatta sizlarni bir ummat qilgan bo'lur edi. Lekin u o'zi xohlagan kimsalarni yo'lidan ozdirur va o'zi xohligan kishilarni to'g'ri yo'lga hidoyat qilur, albatta sizlar bu dunyoda qilib o'tgan ishinglar haqida so'ralursizlar. Ya'ni agar Alloh xohlaganidan yer yuzidagi hamma odamlarni bitta millat, bitta xalq qilib qo'yar edi. Ixtilof ham bo'lmasdi, bo'linish ham bo'lmas edi. Lekin u zotning hikmati ilohiyasi bunday bo'lishini xohlamadi.

[10:23] Ayrim odamlar ixtiyor qiladi hidoyatni. Alloh hidoyat qiladi ularni. Ayrim bandalar zalolatni ixtiyor qilardi, Alloh Taolo o'zini holiga tashlab qo'yadi ularni. Bu oyatda banda uchun eng yaxshi va eng manfaatli bo'lgan hidoyatning Alloh Taologa vojib emasligi, balki xohlaganini zalolatga ketkazishi va xohlaganini hidoyat qilishi bayon qilinmoqda.

[10:51] Alloh bir bandani hidoyat qilgan bo'lsa, Allohni fazli. Alloh bir bandoni zalolatga ketqizgan bo'lsa adolati. Tashlab qo'ydi yordamsiz. Zalolatga qarab ketdi. Ibnotulloh Sikandarul Rahmatulloh alayhiyetda Hikomul atoyiyada barcha narsalar Alloh Taoloning xohishiga suyanadi, uning xohishi esa hech narsa suyanmaydi.

[11:15] Borliqdagi barcha narsalar, Alloh Taolo xohlaganligi sababli vujudga keladi. Allohni xohishi bilan bo'ladi bu dunyodagi hamma narsa. Alloh taologa esa, maxluqotlarning xohishlarini vojib qiladigan bironta sabab bo'lmaydi. Chunki Alloh Taolo, nimani xohlasa qiladi, nimani xohlamasa qilmaydi. Demak, Alloh Taolo bir banda uchun foydali bo'lgan ishni qilishlik Alloh Taoloni zimmasida emas. Aqlu qovli, ha davos ta'firullohu alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
