Maviza
—Qoralama24 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
23:40
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robbil alamin. Vala oqibatu billah mutaqin. Assolatu vassalamu ala sayyidina muhammadin va ala alixiy va ashabihiy hazmang. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh subhanahu va taolo mana shu muborak ramazon kechalarida o'qiyotgan tarovehlarimizni qabul qilgan bo'lsin.

Kecha yoki ilgari kuni ertaga ramazon ekan, bugun shak ekan, ertaga bek ekan deyotdik. Mana, inshaalloh bugun o'n tarovehmi, o'n birinchi mi? O'n birinichi. O'n ramazon o'n bir taroveh namozida turibmiz. Ramazonni uchdan biri o'tdi. Har ash shahrun avvaluhu rahmat va usotuhu mavfirah va axiruhu ithum minan mirom. Boyning avvali Alloh Taoloning rahmati. O'rtasi Allohning mag'firati va oxiri jahannamdan omon bo'lmovdi degan ma'noda. Mana ikkinchi o'n kuniga yetib keldik. Alhamdulillah. Chunki mana shu ramazonga qancha odam taqdir qilmagan ekan umri yetib kelmadi. Siz bilan bizga Alloh Taolo nasib qildi. Mana o'tirib tashbeh aytyapmiz, tahlil aytyapmiz. Qur'on to'lov otida turibmiz. Bu ramazon shunday bir g'animat kunlar bir musulmon odam uchun mavsum. Mana hozir endi to'g'risini aytish kerak da. Masalan, birinchi, ikkinchi, uchinchi ramazon kunlarida masjidlarda odamlar hayotda ko'p bo'ladi da. Keyin keyin o'sha ramazonda bir sharoiti bilan, shijoati bilan, qo'ni qo'shnilarni yo'l yo'ri bilan chiqib qolgan odamlar sekin sekin aylanib, oxirida haqiqiy bir Allohda savob umid qilganlar qoladi.

Odamga alam qiladigan joyi o'sha uyga kirib ketganlar nima qilyapti deng. Agar bir tijorati majbur qilgan bo'lsa, kasb akalar shu shunaqa bir taqozo qilayotgan bo'lsa mayli edi. Uyga chiqib yotadi. Kecha o'zimizni mashina ichib ketyapsan, bilyardxonada odamlar to'ldirib bilyard o'ynayapti.

O'ylamaylik. Bu masjidlarga biz o'zimiz yurib kelganimiz yo'q. Alloh taolo siz bilan bizni shu yerga yurgizib keldi. Alloh taolo ana shu o'zi rozi bo'ladigan masjidlarni, ilm xonalarini, dars xonalarini obod qilishni ekan odamlarni ixtiyor qiladi. Ana shu masjidni obod qiladigan qadamlar ham kerak va ana shu aytilmayotgan joylarni ham yurki yuratadigan qadamlarni kerak. Siz bilan bizni o'sha tomonga burib qo'yishga ham Alloh qodir edi. Lekin shukur qilaylik, Alloh o'zi rozi bo'lgan yo'lga siz bilan bizni burdi. Xo'p. Mana ana shu men aytgan joyda shu ishlarni qilib yurgan odamlar haqida nimaga shular ramazon kelganda ham bir uyalmas ekan? Nimaga kutubxonimizda ovqat yeb yurar ekan? Uyalmaydimi? Degan o'zimizga qo'ygan talabni qo'yamiz.

A? O'zimizga qurgan talabni qo'yamiz. Ro'zani hurmatini qilib qo'yish kerak ku deymiz u. Lekin bu ularda qalbi nimalar bilan ovora ekanligini bilmaymiz. Yaxshilab bilib qo'yaylik. O'n yil tosh ko'tarishlik bilan shug'ullangan odam umuman toshga yaqin kelmagan odamga o'zi osonlik bilan ko'taradigan ellik kilo youtubeda ko'tar desa, ko'tara olmasa, e qani odamsan, ko'tarmaysanmi bu, qanaqa bu desa, nohaq bo'ladi. Sen o'n yildan beri ko'taryapsan. Bu umuman kelgan emas. Buni belgilari, buni quvvati, buni poylari pishgan emas. Deysizda, undan xafa bo'lish mumkin emasligini tushuntirasiz.

Xuddi shunga o'xshagandek, qalb, Allohni ibodati bilan, Allohni zikri bilan, chaqlanib, shug'ullanib, quvvatlanmagan bo'lsa, ramazonda akalar siz bilan biz degan ishni qila olmaydi. Bugun qalb kasalligida haqida gaplashamiz. Alloh hozir qilganicha. Bismillahir rohmanir rohim. Kunlarda birida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan o'tirar ekanlar. Bu Anasimni Molik roziyallohu anhu fuqarodan rivoyat qilingan hadis. Rostdan aytdilar, yadoqula alaykum ala ana rojulun min ahliya jannat. Sahobalar Payg'ambarimiz bilan o'tirishibdi bu xalqqa da. Qarang qanday bir baxtli odamlar a? Rasululloh bilan tizzalari tizzalariga tegib, Payg'ambarmizni sollallohu alayhi vasallamni ko'rib, ovozlarini eshitib o'tirishibdilar.

Payg'ambarlarimiz aytdilar, hozir sizlarni oldinglarga jannat ahlidan bo'lgan bir kishi kirib keladi deb. Jannat ahlida bo'lgan bir kirib keladi debdi. Sahobalar qarab turishuvdi. Hozir tahorat olgan, soqollardan suvlari hali oqishi to'xtamagan, qo'liga oyoq kiyimini ushlab, bir ansoriylardan bittasi kirib keldi. Hamma tikilib qarab qoldi.

Unaqa bir mashhur sahoba ham emas, u asharayi mubashshari ham emas. Ertasi kuni sahobalar o'tirganda payg'ambarimiz shu gapini qaytardilar. Yadixular alyakumul a'no roj lomel ahli jannat. Oldinglarga hozir jannat ahllaridan bo'lgan bir kishi kiradi dedi. Yana tikilib turishga kim kirar edi dedi. Kecha yetishib kelib keldi yana. Subhanalloh. Nima ochiqcha amali bor ekan? Aytyapmiz bu xolidul nivalid emas, sayfulloh ilmas luvr. Yoki zuberinul avom emas, xavoriy rasul. Yo Abu Bakr Siddiq, Umar Farig' emas, oddiy bir inson.

Hali ismi ham aytilinmayapti hali u hadisda. Uchinchi kuni Payg'ambarimiz yana shu gapini aytdilar. Yaduxu ala alaykumul an rojilunmin ahli jannat. Hozir oldinglarga jannat ahlidan bo'lgan bir kishi kirib keladi. Subhanalloh. Uchinchi kun ham shu kishi kirib keldi. Abdulloh ibn Amru ibn Os roziyallohu anhu. Beshta Abdullohni bittasi.

O'n to'rtga kirmagan edi yoshi. Qaranglar ukalar, o'n to'rttaga kirmagan bola, nimaga bu kishi jannati ekin, qanaqa bir ochiqcha amali bor ekin deb shu kishini jannatiy deyilishligini sababini qidirib, uyiga kechki payt bordi. Haligi kishi aytdiki, ey amakiy dedi, otam bilan ozgina kelishmovchilik bo'lib qoldi. Bir ikki kun sizga kelib turib tursam dedi.

Haligi kishi rozi bo'ldi. Abdulloh ila amrundil oz qoldi. Xufton namozini o'qidi. Allohni zikr qildi, yotdi uxladi. Deyarli uyida bir oshiqcha amali yo'q ekan. Kechqurun uxlamasdan ibodat qilamikin, bir xos duo o'qirmikin, nima ish qilib chiqarikin dedi. Hech narsa yo'q. Uch kun hech narsani ko'rmadida, oxiri aytdiki, amaki dedi, o'zi uyingizga kelishimdan maqsad dedi, payg'ambarimizni boyagi so'zi bo'ldi. Uch kun hozir oldinglarga jannatiy bir kishi kiradi degandi, siz kim deysiz? Nima oshiqcha amalingiz bor sizda?

Mana hozir diqqat qiling. Bu odam pulga bog'liq emas bu ishi. Bu odamni hozir aytadigan gapi, ja ilmga ham bog'liq emass. Nasl nasabga ham bog'liqi emas. O bir jihod maydonida bir qahramonlikka ham bog'liqmas. Hammamizni quvvatimiz, hammamiz qo'limizdan kelayotgan sifatda aytdi. Sizni ko'rganingizdan oshishga amalim yo'q deb.

Amir nur osti o'g'li chiqib ketayotgan edi. Bo'pti shu ekan dedi. To'xtang dedi. Bolam to'xtang dedi da. Faqat dedi, kechqurun har kuni yotib uxlashimdan avval meni qalbimda dedi. Hech qaysi bir musulmonga nisbatan gina, kudurat, hasad bo'lmaydi, dedi. Qalbim toza, dedi. Mana shu amaliyasi bo'lsa kerak deb chiqib ketdi.

Mana aytaylarchi, to'lga bog'liqmi mana shunday sifatga ega bo'lishlik? Kimni bolasi bo'lishiga bog'liqmi? Hech narsaga bog'liq emas. Insonni o'zini qalbi Alloh bilan qanchalik aloqada yoki aloqada emasligiga bog'liq. Hammamizni qo'limizdan keladi. Agar biz ham insof bilan o'zimizdan so'rasak, men ham birorta bir odamga gina, kudurovkam bormi qalbimda, yo'qmi deb so'ranglar. Bugun uyga borganda shuni so'rab ko'ringlar. Uyda o'tirib ahllar bilan bo'lganda, yolg'iz bo'linganda aytinglar. Bizni ham qalbimiz shunaqami yo shunaqa emasmi? Yo bor. Albatta qaysidir qo'shningizdan norozisiz.

Uni yomon ko'rishlikka arziydigan ishi yo'q o'rtada. Bir marta teskari qarab qo'ydi sizga, bir marta, bir bitta qo'li bilan ko'rishib qo'ydi, bir marta xovrayib qo'ydi. Bo'ldi, shu bilan umrini oxirigacha uyingizda yomonlaysiz, bolalaringiz bu odam yomon ekan degan narsa bilan katta bo'ladi. O'zi yomon odam emas u. Demak, qalbni mana shu gina ku durat, hasad, qalb kasalliklaridan omon bo'lishligi insonni bir sahobani jannatiy ekanligiga dalil bo'lyapti.

Ramazon shunday yoki mana shu gina kuduratlardan tozalangan odam. Hasad degan kasal bor, riyo degan kasal bor. Gina degan kasal. Bular chi, bari, bari. Insonni o'zini yeb, o'zini yemirib tugatadigan kasal. Hasadgo'yda hasadi faqat o'ziga zarar. Xuddi olov, o'tinni yeb tugatgandek, hasadgo'yning hasadi uni savoblarni yeb tugatadi. Yana narigi hasad qilinayotgan odamga zarracha ziyon yo'q. Faqat kimga musibat? Faqat o'zigaga. Xalq musofirligi. Bu shunday bir amalki, insonlarni juda ko'pi bu narsaga parvo qilishmaydi. Qalb nima o'zi?

Qalb inson jasadining podshohi. Inson mamlakat bo'lsa, jasadi, shu mamlakatning podshohi bu qalb. Ala imna fe'li jasadiy mudg'otam i va salohat, salohat jasadi kulluhu dedi rasululloh so'risi. Albatta insonning jasadida bir parcha go'sht bor. Agar shu bir parcha go'sht tuzalsa, butun jasad tuzaladi.

Oshna, bunaqa qilib riboga oladigan bo'lsang, boradigan ostanovkang aniq. Faqat necha ostanovka? Uch ostanovkami, to'rt. Lekin aniq o'shaga borishingizda siz unamaydi. Chunki qalb kasal. Insonni qalbi tuzalmas ekan, hech qachon oyoq qo'li tuzalmaydi. Shuning uchun kimni ko'rsak, gunoh mas'uliyatlardan to'xtamasdan, bemalol qilayotgan bo'lsa, birinchi diagnoz aniq. Nimaga ekan bu?

Qalbi kasal ekan. Insonni jasadi og'riydi. Buni sezadi. Qornim og'rib qolibdi, uyim deydi, demak. Kecha onamni orqasidan moloni yeb qo'ydim, ichimga o'tibdi. Jasadi og'risa sezadi. Oyog'iga zirava kirib kelsa sezadi. Tish og'risa sezadi. Sezadi da yugurib borib shu uni oldini olishga harakat qiladi.

A? Misol ichim o'tib, bir yo'li uchib, qurib o'lib qolmaydi deydi, doktorga yuguradi, dorini qiladi. Xullas jasadini olib qolishlikka, jasadini kasalini ketkazishlikka yuguradi, chunki sezadi da buni. Sezadi. Yana jasad qancha yashaydi? Yuz yil yashar, ellik yil yashar. Lekin baribir o'ladi bir kuni. Qalbni kasalini ham odamlar sezarmikin? Insonni qalbi ham birodarlar shamolli edi.

Issiq o'tib ketadi qalbiga. Qalbini ichiga o'tib ketadi. Bu kasallarni ati bor. Hasad. Kibr. Riyo. Gina. Mana shu kasallarni odamlar sezardimikin? Bitta nimasi, ko'rinishi. Bir savobli ish qildingiz, hech kim rahmat demayapti da.

Masalan, masalan, falastot bo'ldingiz, nachitga. Bilishyapti sizni qilganingizni. Hech kim ey rahmat uka, o'n mingdan barakat olib demayapti da, shunga xafa bo'lyapsizmi? Demak qalbingiz kasal. Qalbingiz kasali. Shuning uchun insonni qalbi tuzolmasa ham, hech qachon uni a'zolari, tashqi a'zolari isloh bo'lmaydi.

Insonning qalbi, tirik shu dunyoda yurar ekan, uch xil holatda bo'ladi. Yo sog'lom qalb, yo o'lgan qalb, yo kasal qalb. Tirik qalb qanday bo'ladi? Sog'lom qolb. Sog'lom qalt egasi faqat Alloh bilan ovora bo'ladi. Unga odamlar rahmat deydimi, demaydimi, mo'xtashadimi, mo'xtoshmaydimi, to'g'riga chiqaradimi, chiqarmaydimi, ikki qo'llab ko'rishadimi, ko'rishmaydimi, farqi yo'q.

Insonni qalbi sog'lom bo'ladigan bo'lsa, birodarlar, bu odamlarni muomalasi, boshqa narsaga parvo qilmaydi. Endi sog'lom qalb egasiga nima bor? Ya'u ma'la ya'u fau ma'lu vala banun illa man at alloha biqol bin salimov. U qiyomat kunida deydi Alloh, na moli dunyo, na bola chaqa asqatadi. Hech narsa asqatmaydi u kunda. Vaholanki, hayotimiz mana shu narsalar orqasidan o'tib ketyapti. Yo chaqa qilib olyapmiz, yo bolani o'ylayapmiz. U kunda faqat pokiza qalb, sog'lom qalb egasini mana shu sog'lom qoni asqatadi. Demak, qalbni kasallardan tozalab borsak, mana shu qalb siz bilan bizni jannatga kirishimizga sabab bo'ladi.

Ikkinchisi o'lik qalb. O'lik qalbi. Bu shunday qalbki, oq bilan qorani farqiga bormaydi. Savob gunohni tanimaydi. Nimani xohlasa shaytonni nafsi, shuni qilaveradi. Mana katta demaydi, mana ramazon oyi demaydi, mana masjidni oldi demaydi, mana xiram narsani sotmay demaydi. Bu o'lgan qalb.

Unaqa odam haqiga duo qilish kerak. Alloh qalbini bir isloh qilgin, alloh insof bergin deyish kerak. Agar sog'lom qalb bo'lsa chi, birodarlar, ikki og'iz nasihat qilganda inson ko'rmayotgan narsasini ko'rsatib ko'rsatmay, mana bo'lib qolibdimi deb turib to'g'irlab oladi o'zini. Ishing nima desa, mana shunaqa yopasiz to'ntalab qolibsan, ishing nima seni desa, demak xohlamayapti o'zi bu tuzatishni. Endi ko'rmay qolgan narsasini, bunday bo'lib qolibdi do'ppingiz desa, i shunaqa bo'lib qolganmi deb to'lab oldimi? Demak u pokiza qalb. Bizni ishimiz duo qilib qo'yish endi. Bizni qo'limizda hukm yo'q, borib turib tiyib qo'ygani.

Sog'lom qalb nasihatni oladi. O'lgan qalb nasihatdan olmaydi. U odamlar haqiga duo qilamiz xolos. Bunday odamni, hal bo'lgan odamni. Nafsi boshqaradi. Haligi, g'arb kinolarida nichego lishnego deydi. Chista biznesda diqqat otib qo'yadi sherigini.

E'tibor berganmisizlar? Shaxsiy hech qanaqa adovatim yo'q deydi. Lekin meni qilayotgan biznesimga sen to'sqinlik qilyapsan, shu biznesim seni o'ldirishlikni talab qilyapti. Lishna deydi, adovatim yo'tdi deydi. Yaxshi odamsan deydi. Lekin biznes deydi. Nichego lishnego chista biznes jimni tortib qo'yadi. Chunki nafsi, biznesi shu odamni yo'q qilishini talab qilsa, yo'q qilaveradi. Yaxshiligini biladi bu odamda. Lekin biznesni ro'parasida turib qoladi.

Endi sizni biznesingizga shariat chek qo'ygan bo'lsa, bu harom degan bo'lsa. Sizni qilayotgan kasbingiz mumkin emas deyotgan bo'lsa? Tiyila olmayapsizmi? Qalbingiz kasal. Uchinchi qalb nima edi? Kasal xalq. Bu xalq, bu shunaqa xalqki, bir savob ish qiladi.

Yaxshilar bilan bo'lib qolsa, qalbi yumshaydi da, chiqib turib masjidni xizmatini qilib qoladi. Haligi qo'shnisiga bitta yordam berib qo'yadi, besh olib, so'ng bir ehson qilib qo'yadi. Yaxshi odamlar bilan yaxshi majlisda bo'lsa, yaxshilik ham qilib qo'yaveradi. Endi, bunaqalar bilan bo'lsa, bunaqa ish ham qilib qoyaveradi. Buni tuzatsa bo'lar ekan. Demak tirik ekan, o'lmabdi hali bu. Buni tuzatsa bo'madi. Endi bu odamni tuzalishi nima bilan bo'ladi?

Namoz bilan bo'lardi. Innos solat atan hanil fakhshhayi va munkar. Namoz fakhsh munkardan qaytaradi. Ilm majlisi bilan bo'ladir. Yaxshi odamlarga hamsuhbat bo'lishligi bilan bo'lardir. Yaxshilar bilan yursa tuzalib ketadi shu odam. Shuning uchun farzandlarimizni, otalar, akalar, kimlar bilan muomala qilib yurganiga qaraylik. Al mar vodala diniy xolidiy degan rasumi bor. Kishi o'zining do'stini dinida bo'ladi deymiz.

Insonni qalbi sog'lom bo'lish uchun nimalarga e'tibor berish kerak? Mana hammamizda o'zimizga yarasha plyus minusimiz bor. Xayriyatimiz ham albatta ko'p, lekin nuqson kamchiligimiz ham yetarli. Har bitta odam o'zini qalbini o'zi isloh qilmasa, tashqaridan kelib biroz tuzatib qo'ymaydi. Sigaretni tashlaysizlar cheki ekanda. Sigaretni o'zinglar tashlaysiz. Tashqaridan borki tashlab qo'ymaydi. Ertaga, ertaga demang, ertaga qiynashib boraveradi. Undan tashqari o'ttiz kun ramazonda kunduzi halol bo'lgan narsadan o'zini tiyishga yuragini quvvatib yubor o'g'il bola.

Qaytarib aytaman. O'ttiz kun halol narsadan, xorammas, o'zini tiyishga, nafsida, qalbida quvvat topgan o'g'il bola, xoram narsani erta qachon tashlashga quvvat topish kerak. Demak o'zi xohlamayapti ekan. O'zi xohlayapti ekan. Chunki men tashlay olmayman degan odam, ro'za ham tutolmasligi kerak.

Ha, yana bizni xonadan tushganimizda, birinchi og'zimizga tushgan narsa onamizni suti bo'lgan. Ikki yil yondik, keyin shart chiqarishvordi. E, o'lib qolmadik. O'rgandik. Endi u tashlash bilan bu tashlashni farqi, narigi tashlashda bizda ixtiyor yo'q edi. Majbur qilishni o'rgandim. Endi o'zimizni ixtiyorimizda da, o'zimizni o'zimiz qiynalganimiz kelmayapti.

Xalq sog'lom bo'lishlik uchun birinchi zikrda bo'lishi kerak. Ala bi zikr illa shu taqmoyim bilan qulu. Qalblar dedi Alloh, Allohni zikri bilan orom olmaydimi deyapti. Agar boshqacharoq qilib aytsak, seni qalbing bandi faqat Allohni zikri bo'lganda orom oladi. Pul bilan orom olmaydi. Mansab bilan, hurmat bilan orom olmaydi. Insonni qalbi sog'lom bo'lish uchun doim zikrda bo'lishligi kerak. Insonni qilmini sog'lom bo'llashini bitta alomati gunoh qilib qo'yib turib, pishaymon yeydi u. Bekor qildim, shuni deydi. Jahl ustida so'kib yubordi, jahl ustida onasiga otasiga baqirib yubordi. Bir munkarish qilib qo'ydi da, keyin afsus chekadi bu odam. Bizda bormi shu sifat? Agar bo'lsa, bu qalbni sog'lig'ini yana bitta belgisi.

Payg'ambarimiz aytadilar, Ibn Mas'uddan, Imom Termiziyning sahhlarida mo'min banda qilib qo'ygan gunohini xuddi ustiga tushib ketishi mumkin bo'lgan tog'dek ko'rib qo'rqib turadi. Bekor qildim shuni, bir betimni teshib chiqmasa da shu ishni. Bekor qildimm da shu ishda. Bir betimni tesib chiqmasa qo'rqilib turadi. Endi munofiq otanchi?

Gunohni qilib qo'yib turib nima bo'libdi? Bo'libdi. Mana. Yashayapman shuncha yildan beri shu ishni qilib turib. Hech narsa bo'lmayaptimi? Nima deysan dedi? Birodarlar, Payg'ambarimiz Sultoniddin aka aytadilar, seni qilayotgan gunohingni to'xtatmaganingga qarab, rizqing ravon kelib, ishlaring tekkizib bo'lib turgan bo'lsa, bu hadisning mazmuni. Qilayotgangunohingni to'ng'atmaganingga qaramasdan, rizqing, tijorating roma ketayotgan bo'lsa, bilginki bu istidroj deydi.

Istidroj degani rosa ko'tarib turib yerga chopish degani. Ha, hech narsa olmayapti yu mana, agar shuncha baqirishyapsan, shu do'qish, hech narsa olmayapti yu. Qo'rqing. Qo'rqing. Alloh ko'taryapti ekan, tashlab yuboradi pastga. Qalbi pokiz inson ibodatdan lazzat topadi. Akalar, mana tarovehda yuribsizlar. Rohat topyapsizlarmi?

Rohat topyapsizmi? Bilasizlarmi qanaqa rohat bu? Qur'onda bitta harfini o'qisa qancha savob bor edi? O'nta. Endi ramazonda qilingan bittami, yetmish taga o'tadi. Nechta ekan? Yetti yuz, bitta harfiga. Adashmasam qul hul allohu ahad degan o'n bitta harf bor. Ko'p aytadilar o'n bir da yetti yuz ga. Bu qulg'on lahatni o'zida. Qorilar Qur'on o'qiyapti, necha minglagan harfda. Mana shuni o'ylab turib, sizni oxirgizdagi qanaqa savob o'tgani bo'lsa, mazza qilib turing, tugatmasin, qor bu yigit qor o'qisin. Chunki ertaga o'lib qolsangiz, mana shu savobdan mahrum bo'lib qolasiz.

Haqiqiy xalqni pokizi inson Allohni so'zini eshitganda rohat topadi. Ibodatdan molalanmaydi. Inson Qur'on tilovatida turar ekan, rohat topadi. Agar qalbi toza bo'lsa. Endi tushunganimizda qaniydi birodarlar. Hozir mana sizlar ko'pchiligimiz arab tilini bilmaymiz. Eshitib faqat o'sha ohangiga, tovushiga mazza qilyapmiz a. Endi agar buni mazmunini tushunib turib eshitsangiz birodar, uni tili bilan tasvirlab ber bo'lmaydi. Shuning uchun bolalarimizni ilmga beraylik, Qur'on yodlasin, arab tilini o'rgansin, dinni bir yaxshilab o'rganishsin.

Usmon roziyallohim aytadi, Allohga qasam, agar qalblarimiz pokiza bo'lganda, agar qalblarimiz pokiza bo'lganida, Robbimizni kalomini eshitib charchamas edik. Qalbimiz toza bo'lganida Allohni kalomini eshitirib, biz hargiz malollanmagan bo'lardik. Qalbni kasalligiga alomatlardan bittasi, boya aytdik, inson gunoh qilib turib, o'kinmaydi bunga. Gunoh qilib, uyalmaydi. Bu qalbni kasalligiga belgil.

Ummatimning mujohirlaridan tashqari hammasi avf qilinadi. Mujohir degani gunohni ochiq qiladiganlar. Payg'ambarimiz aytyapti, meni ummatimni hammasini gunohi kechiriladi. Faqat gunohni qilib turib, oshkor qiladiganlari. U banda deydi Payg'ambarimimiz gunoh qiladi, Robbisi yashirib qo'yadi, bildirmaydi hech kimga. Lekin ertalab chiqib olib, kecha bunday qildi, bunday qildi.

Robbisi yashiriq qo'ydi uni. Voy yomon qildim, manaqa ichib o'tirdik. Keyin bunday bo'ldi, haligi qiluvdim, bunday bo'lib ketdi deydi. Alloh bekitib qo'ydi, birovga bildirmadi uni. Xayol qilish to'niga o'zi oshkor aytyapti. Mana shu qilgan gunohini qilib turib, uyalmaydigan mujohirlarni Alloh gunohini kechirmaydi. Bu insonni qalbini kasalligini belgisi. Shuning uchun kishi, Yahyo bo'lmon o'zi aytgandek, qilgan gunohingni kichkinaligiga qaramay, kimga osiy bo'lakkaniga qara. Tushunarli a? Katta gunoh kichkina gunoh dema, kimga osiy bo'la akaningga qara deydi.

Hamda xalqni kasaliga yana bitta belgisi, ilohiy dorini zahar bilan teng ko'radi bunaqa odamlar. Qo'y deydi. Qo'y, mana shu masalangni. Qori akani aytib qo'ydim, bugun bizga ziyofat kelsa. Bekor qilsin. Qo'y unday gaplashib o'tiraylik, qo'y. Zikr tilovat, istig'for, qiyomullayl, solovat duo ilm majlisi qalbni isloh qiladigan, qalbni kiriltiradigan amallardan. Alloh taolo hammamizni qalbimizni tirik qilsin. Mana shu ramazon kechalarida xudo ekanligi borib, hammamizni qabul qilsin. Hamda keyingi ramazonga sog' omon yetkazgan bo'lsin. Aquli hovli hayb va astag'firullohi alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)