# Boshqa (alohida ma'ruzalar)

- Teacher: [Abdulloh Domla](https://mawiza.me/uz-latn/ustozlar/abdulloh-domla.md)
- Course: [Abdulloh Domla — turli maʼruzalar](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest.md), lecture 254 of 510
- Section: —
- Duration: 18 min
- Original title: Boshqa (alohida ma'ruzalar)
- Review status: draft, not reviewed yet
- Web page: https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/254
- Audio (mp3): https://media.mawiza.me/audio/9UavJEqdw1Q.mp3
- Source video: https://www.youtube.com/watch?v=9UavJEqdw1Q
- In this course: [previous](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/253.md) · [next](https://mawiza.me/uz-latn/kurslar/abdulloh-rest/255.md)
- Language: Uzbek, Latin script. Machine transcript: may contain recognition errors.

## Transcript

[0:03] Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anasta inuhu anasta g'ufiruh va nauru billahi min sururiyan husina. Va min sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah muvillala va man yuzililgu falah hadiyala. Va nashxadvalloh ilohi illallohu vahdahlal shariikala.

[0:28] Onashadi anna muhammadan abduhu va rasuluh, ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Qarz oldi berdisi, Odam alayhissalomdan buyog'ida bor va bundan keyin ham bo'ladi. Qarzni odamlar zarurat uchun oladi, hoy havas uchun, orza havasi uchun, isrof uchun oladi. Modomiki qarz insonlarni hayotini bir qismi ekan, shariat islomiya uni ana shu qarz ishini tartibga keltirishingni xohlaydi. Biz bu darslarimiz orqali yoshlarni maqsad qilganmiz. Qarzni yomon narsa ekanligini hamma biladi yu domla. Nima keragi bor buncha gapirishdi deb kimdir aytmoqchi bo'lsa, aytamizki, biz bu gaplarimizni yoshlarga qaratdik. Chunki yoshlarda orzu havas, his, dunyoga bo'lgan muhabbat boshqalardan qattiqroq bo'ladi. Qo'shimcha ravishda, tinimsiz ravishda atrofimizda mana shu dunyo matohi reklama qilinyapti. Ko'zimizga o'tdi ko'rsatilinyapti. Shunga qiziqib turib, qo'lida pul bo'lmagan odamlar, yoshlar ayniqsa qarzga kirib ketyapti. Ha, odamlarni ba'zilari qarzni zarurat uchun olayotgan bo'lishi mumkin. Ammo yoshlarni ichida xususan qarz bo'lib ketayotganlarni qarasangiz, unaqa zarurat uchun qarz olayotgani yo'q.

[1:50] Yangi telefonga, mashinaga, sayohatga, ijtimoiy rambaranglik uchun. Shuning uchun o'tgan darsimizni oxirida aytdik. Ana shu qarzni olib, botib, to'lovmasdan uyini sotib, ko'chada qolib, adab cho'pini yegandan keyin, aytadiki, menga o'sha qarz kerakmidi o'zi? O'sha narsani qarzga olishim zarurmidi deydi, lekin kech bo'ladi. Shuning uchun qarz olmoqchi bo'lib turgan ukam, akam, yaxshilab o'zingga shu bir savolni ber. Men qarzga olmoqchi bo'lmayotgan o'sha narsa menga hozir juda ham zarurmi?

[2:26] Muammolarga kirib qolmay turib, ko'chada qolmay turib el yurtni orasida bo'yniga yig'ilib qolmay turib shu savolni ber. Menga kerakmi hozir? Juda ham zarurmi? Shuni olmasam o'lib qolmaymanmi? Shuni olmasa ko'chada qolib qolmaymanmi? Arzimagan uch kunlik hayoti deb turib, zebi ziynatini deb turib, o'zini inson musibatga qo'ymasligi kerak.

[2:52] Yoshlarni ana shu qarzga bir narsalarni olishlikka targ'ib qilayotgan narsa reklama. Tinimsiz ravishda o'sha dunyoning matohi, hashamati reklama qilinadi. Haliginasi muhabbati qalbiga tushadi, ishqi tushadi, hirsi qo'ziydi, olay deydi, puli yo'q. Endi oson varianti turibdi. Kredit ol deydi. Qarz ol deydi. Hozir mana shu kredit olish, qarz olish oson bo'lganligi uchun, qarz olayotganlar ham ko'p, qarzni orqasidan musibatga kirib ketganlar ham ko'plar.

[3:28] Odam alayhissalom qissasiga qaytaylik. Odam alayhissalonning jannatdan chiqib ketishligiga bir ish sabab bo'ldi. Ana shu ish, ana shu sabab hozir ham bor. Bor bo'lganda ham bu sabab bizni o'rab olgan har tomonimizni. Reklama. Odam alayhi assalomni jannatdan chi qaragan narsani reklama desak, adashmaymizmi?

[3:52] Iblis kelib, alloh taolo man qilgan ana shu daraxtning mevasini yeyishlikni reklamasini qildimi? Alloh azza va jalla odam alayhissalom va havo uchun jannatda hamma narsani muhayyo qildi, hamma narsani halol qildi. Faqat bitta mana bu daraxtga kelma, buni yema, zarar ko'rganlardan bo'lib qolasan dedi.

[4:15] Bitta imtihon, qaranglar, otamiz odam alayhissalomga bitta imtihon bor. Mana shu daraxtga kelmasang bo'ldi. Hamma yog' seniki. Och qolmaysan, yalang'och qolmaysan. Xullas jannat. Iblis kelib nima dedi? Astabi billa. Vo qulna ya adamu uskun anta va zavjukal jannata, va kula minha rog'adan hayta ushi ituma. Vala taqra ba hadixi shajorata, pataku na minal volimin. Alloh taolo aytadi biz aytdik, ey odam, sen jufting bilan jannatni maskan tutgin va undan xohlagan joylaringda bemalol tamomlangin. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmaginki, u holda zolimlardan bo'lib qolasan. Bitta imtihon.

[5:05] Alloh taolo aytadilar, astay debinglar, favas vas ala humash shaytonu li yubdiyala huma man vori yasa anhuma min savatihima. So'ng shayton ularni berkitilgan avratlarini ochib yuborishi uchun vasvasaga soldi va va qola ma na ha kuma robbukuma an hadixi shajarata illa antakuna malakayni av takuna minal xolideen.

[5:32] Shayton aytdi parvardigoringlar, sizlar farishtalarga aylanib qolmasliginglar uchun yoki jannatda abadiy yashab qolmasligingilar uchungina mana shu daraxtdan sizlarni man qildi. Endi qarang, savolni bering. Farishta bo'lib qolishinglarni xohlamadi. Ya'ni shu daraxtni mevasini yesanglar, farishta bo'p qolasizlar va abadiy bo'lasizlar. Keyingi oyatda bitmas, tuganmas mulkni va'da qildi. Uchta narsa, farishta boib qolish, abadiy qolish, boylik, bitmas tuganmas boylik. Endi shu savolni so'raylik o'zimizdan. Odam alayhissalomga jannatda shu uchta narsa kerakmidi?

[6:14] Farishta bo'lib qolsa, erkak ayoli yo'q, yeyish ichish yo'q. Jannatda edi, shunday ham abadiy edi. U yerda pulni nima qilar edi? Ko'rdingizmi shaytonni vasvasasini? Odam alayhissalomga umuman kerak bo'lmagan narsalarni aytib qiziqtirdi. Bizni tilda reklama qildi. Nima nima deb reklama qilibdi? Farishta bo'lib qolasizlar.

[6:39] Abadiy qolasizlar. Boylik. Jannatda bu uchalasi ham kerak emas edi. Vo qosa ma'huma, innilakuma alaminan nasihain. Va albatta men sizlarga xolis nasihatgoyman deb qasam ishdi. Ey odam, men senga abadiyat daraxtini va yo'q bo'lmas mulk u davlatni ko'rsataymi dedi.

[7:05] Onam alayhissalomga jannatda bu narsalarni bittasini ham keragi yo'q edi. Farishtaga aylanish, abadiy hayot, bitmas tuganmas boylik. Ana shu kerak bo'lmagan narsalarni aytib qiziqtirdi. Yodlab tashlaysizlar a bir xilgi narsalarni reklamasini. Qaytib, qaytib agressivniy reklama deb qo'yadi bu marketingni tilida. Aytaveradi, aytaveradi, oxiri quyulib qoladi.

[7:31] Zaruratsiz qarz olayotganlar, orzu havas uchun qarz olayotkanlar, ularni ham shayton boshqarib qo'ymayaptimi? Ular ham o'ziga savol bersa bo'lar edi. Men qarzga olmoqchi bo'lgan o'sha narsa menga zarurmi? Meni shu ishni qilishlikka kim targ'ib qilyapti? Iymoni e'tiqodim aqlimmi yoki nafsim bilan shaytonmi? Shuning uchun qarzni osonlik bilan yelkasiga olayotganlar o'zini iymoni, aqli bilan maslahat qilyaptimi yoki shaytonni hoy havaslari, makri bilanmi? Kerakmi degan savolni ukalar, olishdan avval beringlar. Va katta qarzga kirib ketgan odamlarni hayotini ko'rib turib, bir xulosa qilinglar.

[8:17] Modomiki qarz insonlarda hayotida bo'lar ekan, shariat uni tartibga keltirishingni xohlaydi. Qarz ishlarini. Qarz yozib qo'yilishligi kerak. Astaydi billa, ya ayyuha alladina a manu, ida tada yantun bi daynin, ila ajali musamma, faktu bu. Ey mo'minlar, agar belgilangan muddatga qarz olsanglar, uni yozib qo'minglar. Bu Alloh Taoloning buyrug'i. Buni qilishligimiz shart, vojib, lozim va lobud. Oldi berdi bo'ldimi? Qog'ozga tushirib qo'yishlik kerak. Toki meros xo'llari, agar bu odam o'lib ketsa, bilsin otasini qarzini ham, haqqini ham. Chunki vafot etgandan keyin, meros taqsim qilishdan avval qarz masalasi hal qilinadi. Mayitni qarzlari bo'lsa, olib ol, o'zini qoldirgan molidan berib, bularni hisob kitobini bitirib qo'yib turib, keyin vasiyatga o'tiladi. Vasiyatdan olib ol, qarz ishlari hal qilinishligi kerak. Min bag'di vosiyating, yul si bi ha, av dayin. Bu taqsimotlar qilingan vasiyat va qarzlar ado qilingandan keyin bo'lur.

[9:34] Xo'p, mana endi kimdir qarz olishligi kerak bo'ldi. Haqiqatan zarurat bo'ldi. Endi nima qilish kerak? Birinchidan, qarz olishlik istisnoy holat bo'lishi kerak, odatga aylanib qolmasligi kerak. Ikkinchidan, qarzni olgandan keyin yozib qo'yishlik kerak. Uchinchidan, qarzdor qarzni to'lashda saxiy bo'lishi keraks va cho'zmaslik kerak. Tezroq to'lashlik harakatini qilish kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, mutul ul g'aniye zulmun.

[10:08] Boy odamning, qodir odamning qarzini to'lamasdan cho'zishligi zulm deganlar rasululloh. Shuning uchun o'tgan safargi darsimizda aytdik, qarz ishni orqaga tortadi dedik. Qo'lingizda palonchi bilan qarzingiz bor, berib qo'yadigan pul bor. O'sha qo'lingizdagi pulni bir to'rtdan bir, beshdan bir qismini bersangiz qarzdan qutilasiz. Lekin bermaysiz da so'ramayapti deb. Ushlab oborotga kirgizaman deysiz, o'sha qarz, boyagi biz aytayotgan pulingizni beshtan biri, oborotingizni naoborot qiladi.

[10:42] O'sha yuz so'mni oborot qilmasdan yigirma so'm qarzingizni berib qo'ying, sakson da oborot qiling, ishingizni o'sganini ko'rasiz. Xoyru nasi yaxshi, nuqum qodav an. Rasululloh aytadilar, odamlarning yaxshisi qarzini yaxshi to'lovchisidir. Buxoriy va muslimdan. Xo'p, qarz olishiga to'g'ri keldi. Niyatni to'g'ri qilsin.

[11:07] Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mana quyidagi biz o'qiydigan hadislarida qarz olayotgan odamning niyati qanchalar muhim ekanligini bilib olsak bo'ladi. Payg'ambarmiz aytadilar, man ahoda mualla nasi yuridu adaaha addallohu anhu. Kim odamlarni molini qaytarish niyatida olsa, ya'ni to'layman, qaytarib beraman degan niyatda qarz olsa, Alloh unga yordam beradi. Va man ahodaha yuridu itlafaha atlafahulloh. Endi kim odamlardan molni olsa qarzga, qaytarib bermayman degan niyatda, talofatga uchratish niyatida olsa, Alloh uni molini, uni pulini talofatga uchatadi. Demak, qarzni olayotgan paytda chin dildan niyat qilmagan bo'lsa, qaytaraman deb, Alloh bunaqa odamga yordam bermaydi.

[12:02] Qarzni to'lamaslik niyatida olgan odam o'g'ri hisoblanadi. Payg'ambarimiz aytyaptilar, ayyu ma rojulin, ya dinu daynan, vaho va mujmiuni ala alla yufiyahu, iyahoo laqiyallohu sariqon. Qaysi bir kishi qarz olsa yu, u qarzni uzmasligini qasd qilsa, Allohga u odam o'g'ri holida yo'liqadi. Shuning uchun, qarzga kirishga majbur bo'lib qolgan bo'lsak, zarurat uchun olaylik. Keragicha olaylik, oshiqcha olmaylik va albatta to'layman degan niyatni olaylik.

[12:42] Qarz olayotgan odam o'sha qarz olayotkan paytdayoq birinchi imkoniyat bo'lib qolgan paytda qaytarib beraman degan niyatda qilsin va qo'lidan kelgancha sabablarni qilsin, Alloh Taolo unga yordam berishligini sabab shartlardan bittasi shu. Qani endi, niyatga. To'layman desangiz Alloh yordam berar ekan. Uchta odamga Alloh Taolo yordam beradi. Uchta qarzdorga Alloh Taolo yo'l yordam beradi'. Abu said al hududiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Salat satun haqqun Alloh azza va jalla, av nuhum. Uch kishiga Allohning yordami haqdir.

[13:23] Qarzdor bo'lgan uchta odamga Allohni albatta yordam beradi al mukata bo'lladiy yuridul ada'a. Qul. O'zini xo'jayini bilan kelishuv qilgan. O'zini ozod qilishlikka. Men ancha pul olib kelib berasan, ozodsan deb. Mana shu mukofot deyiladi. O'sha pulni topib ozod bo'laman degan niyatda qarz bo'lgan bo'lsa, mana shu qul, mana shu qulga Alloh Taolo albatta yordam beradi. Albatta ozod bo'ladi inshaalloh. Ikkinchisi, va na ki hu la di yuridul afafa. Uylanayotgan bir odamki, yigitki, zinoga kirib ketmay, iffatimni saqlang, pokiza ture, uning uchun uylanishim kerak deb turib puli yo'q, qarz olyapti uylanishlikka. Mana shu niyatda. Alloh Taolo bunga ham yordam beradi, qarzdan qutiladi.

[14:12] Val g'oziy fiy sabiylin la va allohni yo'lidagi g'oziy, jangchiga. Mana shu uchta odamga Alloh Taolo albatta yordam beradi. O'zi umuman qarz so'rash kimga mumkin degan savol bo'lsa, Payg'ambarimizning ushbu hadisi shunga javob beradi. Kim qarz so'rashi haqqi bor? Kimga halol?

[14:34] Qarz so'rish faqat uch kishiga haloldir. Mana endi ko'raylik. Payg'ambar biz mana shu uchta odam qarz so'raversin deyaptilar, ruxsat beryaptilar. Roj ilin tahammala himalatan. Fahallat lahul mas'alatu hatta yusibaha summa yumsik. Bir kishi qarz so'rashi mumkin. Kim u? Bir kishiki garovni zimmasiga olgan, ya'ni birovni o'rtada bo'layotgan muammoli masalani bo'ldi men to'layman deb turib hal qilib qo'ydi. Boshqalarni muammosi hal bo'lishi uchun, o'rtadagi janjalni to'xtatish uchun men to'layman da bo'yniga oldi.

[15:12] Mana shu odamga qarz so'rash halol bo'ladi. To shu narsani ado qilgunicha, keyin to'xtaydi so'rashdan. Varojulin asobadxo'ja i xatun, ijita xat ma'lahu, fahallatlahul mas'alatu, xatta yusiba qivaman min ayshin. Ikkinchi odam kim? Bir kishining mol mulkini ofat yo'q qilgan. Ya'ni yuk tushib ketdi dengizga konteynerda, yo bir dehqonchiligini qor urib ketdi, shamol urib ketdi.

[15:44] Unga so'rash halol bo'ladi. Toki yashash uchun yetarli narsaga erishgunicha. O'sha yashash uchunga yetarli narsalarga ega bo'lib qolganda so'rashni to'xtatish kerak. Uchinchisi, varojulin asobat khu faqatun xatta yaqumat salatatun min ziyavil hija min qavmixi laqot asobat khu lanin faqa. Yana bir kishiki, kambag'allikka duchor bo'lgan, toki uning qavmidan uchta aqlli odam falonchiga kambag'allik yetib qolibdi deb qo'ysa, ya'ni uchta aqlliy odam shu odam muhtoj bo'lib qolibdi desa, shunga halol bo'ladi so'rash. Toki yashash uchun yetarli narsaga yoki hayotini tikkalashga erga erishgunicha.

[16:28] Birinchi toifa. Bu bir kishi odamlar o'rtasidagi nizoni, janjalni bartaraf qilish uchun garov yoki tovonni to'lashni bo'yniga olgan. Ana shu odam odamlardan so'rashlik mumkin bo'ladi. So'raydi, to'lovni qoplaganidan keyin, keyin to'xtatadi. Ikkinchi odam. Bunaqa odam bir shunaqa bir ofatga uchraydiki, hamma yog'idan mahrum bo'ladi. U ham so'rashi mumkin, to o'sha ehtiyojini qondiradigan narsaga erishgunicha. Uchinchisi, bir kishiki qattiq qashshoqlikka tushib qoladi. Ana shu odamni qonunidan bo'lgan aqlli uchta odam aytadiki, qiynalib qolibdi, muhtoj bo'lib qolibdi deb guvohlikka o'tadi. Shunda unga so'rashing mumkin bo'ladi. U ham o'ziga yetarli molni topgunicha.

[17:11] Bulardan boshqa holatlarda, ey qabiysa, odamlardan so'rash harom hisoblanadi. Bu yo'li bilan mol topgan kishi harom mol yegan hisoblanadi. Alloh aziz va jalloh zaruratsiz qazolishidan o'zi panoh bersin. Alloh taolo bergan rizqiga rozi bo'lib yashashlikka o'zi taallu bergan bo'lsin.

[17:34] Aqo'li qovli ha da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malaka tahui salluni ala nabi. Ya yuhrilladina amanu, sollallohu alayhi va sallam mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.
