Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Assalomu alaykum assalomu alayhi rohimir salin va ala alixiy va ashabi hiyoj mayin. Allohumma allimnama yonfauna vamfa'na bi ma'lamtana vazidna ilman. Allohumma alina al haqqon haqqon va rizqunati ba'a. Va renal ba'tila ba'tila orzu hunajdi inaba va ja'inla minman yasta men unal qovli fa yetti bi una axsana va adhin nabi rahmatika fin ibodika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatulloh ta'lim aburakatuh. Yigirma to'rtinchi bayt xotamul anbiyo haqida e'tiqodimiz.
Bobomiz Sirojiddin o'sha aytadi. Vahotmur rusli bez sodiril mualla nabiya hashimiy di jamaliy. Ma'no jihatdan tarjimasi, payg'ambarlarning so'nggisi sodirul muallao bo'lgan go'zallik sohibi Hoshimiy Nabiydir. Nazmiy bayoni, sodir u muallodir hotamun nabiy jismiyu xulqi go'zal rasul Hoshimiy.
Sharhi? Ko'ks insonning ko'ksi sharafli a'zo bo'lganligi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qur'onda ham shu a'zo bilan xoslanganlari uchun istiora qilib keltirildi. Qur'on Karimda Alloh Taolo Payg'ambarimizga aytadiki, alam nashru roh laka sodrok. Ey Muhammad alayhissalom, ko'ksingizni keng ochib qo'ymadikmi? Bu yerdagi ko'ks degan ma'no, birodalar, istiora. Mana sodir kalimasini insonni ko'ksi deb tarjima qilingan, o'zi aslida oldi, peshvosi yoki bo'lmasam hurmatli maqom kabi ma'nolarda qo'llaniladi. Mana shu ma'noda ushbu bayt Muhammad alayhissalotu vassalom Payg'ambarlarning so'nggisi eng oldin yaratilgan zot degan ma'noni bildiradi yoki Payg'ambarilarning so'nggizi hurmatli maqommdagi zotdir ma'nolarini ifodalaydi. Muhammad alayhissatuv assalomning hurmatli maqomda ekanliklari, eng avval yaratilgan Payg'ambar ekanliklari mana xabarlarda keltirilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so'raldi. Abdulloh ibn Shaqiyq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Nabiy sollallohu alalayhi vasallamdan suradi. Yo Rasululloh, qachon Nabiy bo'lgansiz? U zot boburakot, men nabiy bo'lganimda odam alayhissalom ruh bilan jasad orasida edi, dedilar. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. Ya'ni men payg'ambar bo'lganimida odam alayhissa salom ruh bilan jasaddni o'rtasida edi, deb Rasululloh javob berganlar. Buni qanday tushunamiz? Alloh azza va jalla odam alayhissonning zurriyotlarini, insonlarni, jasadlarini yaratishlikdan avval ularning ruhlarini yaratgan. Va ulardan ahd olgan. Almiy Isoq deyiladi o'sha kuni.
Xuddi shunga o'xshab Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning payg'ambar bo'lishlari ham u zotning ruh holatlarida insonlarni jismlari yaratilishidan oldin bo'lganligi xabari berilyapti. Demak, u zot dunyoga kelmasdan avval nabiy bo'lganliklarini xabarini beryaptilar. Payg'ambarlarning so'nggisi Muhammad alayhissalomga iymon keltirishlik deganda biz nimani tushunishimiz kerak?
Birinchidan, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam Alloh Taoloning nabiysi, rasuli va tanlab olganidir. Ikkinchidan, Muhammad alayhi sotuv assalom Qur'on va sunnatda bayon qilinganidek, anbiya va rasullarning, payg'ambarlarining so'nggisidir. U zotdan keyin bironta payg'ambar bo'lmaydi. Kim payg'ambarlikni da'vo qilib chiqqan bo'lsa, bu odam kazzob bo'ladi. Astaydubillah, ma ka'na muhammadun aba ahadim mir rejalikum, va lekin rasululloh va hotaman nabiying va ka'na allohu bikulli shay'in aliyman. Alloh azza va jala a'zob surasida aytadi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Sizlarning erkaklaringizdan birortasiga ota emasdir. Ya'ni Muhammad alayhissalomning o'g'il farzandlari yoshligidan o'tib ketgan. Balog'ati yoshi yetmasdan o'g'illari hammasi vafot etgan. Shuning uchun Alloh to'latyapti, sizlarni oralaringlardagi bironta erkakning otasi emas, o'g'illaringiz yoshligida o'tib ketgan, balki u Allohning elchisi va payg'ambarlarning muhridir. Alloh barcha narsani biluvchi bo'lgan zotdir. Uchinchidan, Muhammad alayhissalomdan keyin payg'ambarlik da'vosini qilgan har qanday kimsa yolg'onchidir.
Muhammad alayhissalom dan keyin kim payg'ambarligni da'vosi bilan chiqadigan bo'lsa, bu odam kazzob hisoblanadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, savbon roziyallohu anhu xudodan rivoyat qilingan hadis imomi termiziydan keltiriladi. La taqumu san'atu hatta talhaqa qoba ilu min ummati bilmushiri keyin. Ummatimdan bir qabilalar to mushriklarga ergashmagunlargacha qiyomat qoyim bo'lmaydi. Va hatto ya abudul asnam, ular butlarga sig'inishgacha yetib boradi. Mana shu adashganlar. Va innahuu sayakunofiy ummati thalathunakad zabun. Meni ummatimdan o'ttizta yolg'onch chiqadi. Kulluhum yaz'a umu annahuu nabiy. Ularni har bittasi o'zini nabiyman deb gumon qiladi. Va ana xotamun nabiying la nabiya ba'diy. Payg'ambarlarning so'nggisi menman. Mendan keyin nabiy bo'lmaydi dedilar rasululloh. Demak shundan ma'lum bo'ladiki, kim payg'ambarlikni da'vo qilib chiqsa, tamom, bu odam kofir bo'ladi. To'rtinchidan, Muhammad alayhissalotu vassalom yaxshi ko'riladigan va ergashiladigan insonlarning eng ulug'dirlar. Ollohning habibi, sofiyni tanlab olgani. Hech kim Muhammad Mustofo sollallohu alayhi vasallamning maqomiga yeta olmaydi.
Bironta bir payg'ambar, bironta bir boshqa bir solih inson. Va Muhammad alayhi vasallotu alayhi vas allohni yaxshi ko'rishlik birodarlar iymonning belgisi bo'ladi. Agar biz allohni yaxshiroqman degan da'voyimiz chin bo'ladigan bo'lsa, Muhammad alayihissalotu alayhi vassallomni yaxshi ko'rinishligimiz shart. Aslida bila qul in quntun tohibbun alloha fattabi uniy. Ey Muhammad alayhissalom, ayting, agar sizlar allohni yaxshi ko'rsanglar, menga ergashingiz. Yuhubiy bukumullohu va yog'firulakum, zunubakum va allohu g'ofuru rohim. Menga ergashinglar, shunda alloh sizlarni yaxshi ko'taradi, gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir. Demak, yaxshi ko'rishlikka eng haqli bo'lgan zot bu Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ismi aytilganda qalblarimiz bir jizz etishi kerak. Biz Muhammad alayhi salomni yaxshi ko'rsatishligimiz, birodarlar, nimaga bog'liq? U zotni tanishimizga bog'liq. Alhamdulillah, robbil alamin. Mana u zotni siyratlari, u zotni sunnatlarini, siz bilan bizga bayon qilgan, o'rgatadigan kitoblar juda ham ko'p. Mana shu oyatga ko'ra ulamolar aytadilar, umri davomida bir marta salovat va salomatchilik bir musulmon odamga farz bo'ladi.
Ammo u zotni ismi zikr qilingan paytda, u majlisda bo'ladimi, masjidda bo'ladimi? Albatta salovat aytilinishligi kerak. Yoki bo'lmasam umuman sanamasdan, adadini cheklamasdan doimiy ravishda salovat salom aytib yurishlik siz bilan biz uchun zarur bo'ladi birodar. Alloh azza va jalla Ahzoob surasida aytadi astaydu billa innalloha va malayka tahu yu sollu una alin nabiy ya ayyu halladina amanu sollu alayhi va sallimu taslima.
Alloh aytayapti, albatta Alloh va malolikalar nabiyga, Muhammad alayhissalomga salovat aytishadi. Ey iymon keltirganlar, sizlar ham salovat aytinglar deydi. Albatta Alloh va malolikalar Nabiyga, Muhammad alayhissalomiga salovat aytadi, sizlar ham salovat aytinglar ey mo'minlar. Endi Rasulullohga Alloh Taoloning salovat aytishi nima? Farishtalarning salovat aytishi nima? Mo'minlarning salovat aytilishi nima? Alloh Taoloning Muhammad alayhissalomga salovat aytishi, u zotga rahmatini yuborishi. Malolikalar u zotga salovat aytishi, u zot uchun istig'for. Endi odamlarning u zotga salavot aytishlari, u zotning haqlariga duo qilishlaridir.
Tashahudda, xutubada, janozada, azondan keyin duo qilayotgan paytda, xullas, qaysi bir holat bo'lmasin, salovatni ko'p aytishlik, siz bilan bizni bir odatimizga kirsin birodarlar. Va mana shu ulug' amallardan hisoblanadi. Muhammad alayhissatuv assalomga salovat aytishlik. Jismi va xulqi go'zal Hoshimiy Nabiy. O'sha rahmatullo alayh baytning davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni jismiy u xulqi go'ozal rasul hoshimiy deb ta'rifladi. Hoshimiy deyishligi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bobolarning ismi. Mana Hoshim bo'lganligi uchun u zot Hoshimiy deb aytildi. Va Hoshimiylar Qurashning birodarlar ichidagi eng ulug' urug'lardan bo'lgan.
Siyrat kitoblarimizda Payg'ambariz Muhammad Mustofo sollallohu alalayhi vasallamning tashqi qiyofalari, xulq atvolari haqida birodarlar batafsil bayon qilingan. Ana shu xabarlarda u zotning tom ma'noda komil inson bo'lganliklari, jismlarini mukammalligi yu, xulqlarini go'zalligi bilan boshqa insonlardan ajralib turishligi xabar berilgan.
Abu Xirayra roziyallohu anh shunday deydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko'ra go'zalroq kishini ko'rmaganman. Go'yo yuzlarida quyosh balqib turgandek bo'lar edi. Rasulullohdan ko'ra ildam yuradigan kishini ko'rmaganman. Go'yo yer masofasi u zot oyoqlari ostida o'ralib, qisqarib ketayotganga o'xshar edi. U zotning bemalol erkin odim tashlab yurishlariga yetib olish uchun bizlar jiddu jahd bilan tez yurib ham ortda qolib ketardik deydi.
Ka'bi nima oylikdan rivoyat qilinadi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror narsadan xursand bo'lsalar, yuzlaridan xuddi oy parchasi kabi nur taralib ketar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni haqiqiy tanishi orqali u zotga nisbatan qalbda muhabbat yuzaga keladi, birodarlar. Ana shu muhabbat tufayli kishi u zotni hamma insonlardan yaxshi ko'rar ekan bo'ladi. Siz Rasulullohni yaxshi ko'rish uchun tanishingiz kerak avval.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni eng yaqindan tanigan zotlar sahobalar. U zotni ulug'lashgan, u zotni yaxshi ko'rishda hammamizga ibrat bo'lishgan. Ibn kasir o'zining al bidayo va nihaya kitobida keltiradi. Rasulullohning sahobalaridan uchtasini mushriklar asrga olishdi. Mushriklar asriga tushgan zaydimni dasina roziyallohu anhu ni o'ldirishigacha haram hududidan tashqariga olib chiqishdi. Haramda qatl qilib bo'lmaydi. Mushriklar ham bu qoidaga rioya qiladi.
Abu Sofiyon u kishini azoblab, qiynab turib aytadiki, ey Zayd, deydi. Sendan Alloh nomi bilan so'rayman. Hozir seni o'rningda Muhammad sollallohu alayhi vasallam bo'lib, biz uni o'ldirishimizni sen esa uyingda bo'lib qolishini xohlaysanmi? Ya'ni seni shu holatga tushishingga ana shu kishi sabab. Seni shu holatgaga tushishingga sabab bo'lgan odamni o'ldirib, sen bola chaqangni oldida bo'lishini xohlarmiding?
Bu sahobaning javobi shunday bo'ldi. Allohga qasam ichib aytamanki, Muhammad alayhissalom hozir o'z o'rnida bo'lib, u zotga aziyat beradigan bitta tikan qadalishini evaziga ham uyimda o'tirgan bo'lishini xolamayman dedi. Ya'ni meni o'ldirog'i, Rasululloh o'tirgan joyida oyog'iga bitta tikan kirmasin dedi. O'lishga rozi, lekin Rasulullohga yomonlikni ravo ko'rmaydi. Chunki o'zini jonidan ham yaxshi ko'radi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni. Shunda Abdusufiy ona aytdi. Muhammadning sahobalari uni yaxshi ko'raganlaridek, biror insonning birovni yaxshi ko'rtganini uchratmaganman dedi.
Ha, ular Rasulullohni shunday yaxshi ko'rinishgan. Payg'ambarimiz aytadilar: la yu'minu ahadukum xatta akuna ahabba ilayhi mivaladihi va valadihi va nasiyasi ma'in. Sizlarni bitta ilarni iymoninglar komil bo'lmaydi, to men unga bolasidan ham, otasidan ham va hamma insonlardan ham ko'proq sevimli bo'lmagunimcha.
Boshqa rivoyatlarda hatto o'zini jonidan ham ko'proq yaxshi ko'rmagunimcha. O'zingizdan ham ko'proq yaxshi ko'rasiz. Hamma odamlardan ko'proq ya xoros bo'lasiz, shunda iymoningiz komil bo'ladi. Birodarlar, Rasulullohni yaxshi ko'rishlik, iymonning taqozosi, iymonning sharti. U zotni yaxshi ko'lmagan odam iymonim komil deyishi mumkin emas. Ha, Muhammad alayhissalotu vassalom ana shunday yaxshi ko'rinishlikka haqli bo'lgan zot edilar.
Muhammad alayhiissalotu vassaalamning axloqini Alloh Taolo qanday maqtadi? Qaranglarda. Muhammad alayhissalotu vassalomning hamma sifatlari maqtovga loyiq. U zot jang maydonida zo'r jangchi bo'lganlar. Zo'r siyosatchi bo'lganlar, zo'r ota bo'lganlari, zo'r savdogar bo'lganlarlar, zo'r do'st bo'lganlarilar. Qo'yingki, qanaqa sifatlar bo'lsa, yaxshi sifatlar, hammasi Rasulullohni mujassam bo'lgan. Endi Alloh Taolo Muhammad alayhissalomni maqtagan paytda zo'r jangchi deb maqtamayapti. Zo'r siyosatchi deb maqtamayyapti. Zo'rt savdogarda maqtamayaptimi? Nimasini maqtayapti? Axloqini.
Istadibillah, vo innakala ala xuluq in adhim. Albatta, siz, ey Muhammad alayhi salom, buyuk xulq ustidadirsiz. Birodarlar, Muhammad alayhu sotuv assalomning xulqi ilm bo'lgan. Halimli bo'lgan, hayo bo'lgan, ibodat bo'lgan, saxiyli bo'lgan. U zotning xulqi sabr bo'lgan, shukur bo'lgan, tavozey bo'lgan, zuxd bo'lgan. O'z zotning xulqlari rahmat bo'lgan, shafqat bo'lgan. Go'zal muomala bo'lgan. Namunaviy odob bo'lgan, bulardan boshqa komil inson uchun lozim bo'lgan qanday oliy hislatlar bo'lsa, ularni barchasi u zotda mujassam edi. Birodalar, zo'r qori siz desa, to'g'ri edi. Zo'r ibodatxon siz desa, tog'ri edi, zo'r namozxon siz desa to'g'riydi, nutqich chiroyli desa to'g'di edi. Hammasi to'g'ri bo'lardi, lekin Alloh Taolo nimasini muhtadi?
Axloqini. Ukalar, qo'ygan soqolimiz, shimalagan poychalarimiz, o'qiyotgan namozimizni aylantirayotgan tasbehlarimiz qadri bo'lmay qoladi agar axloqimiz go'zal bo'lmasa. Xulq. Maddin yo Rasululloh. Din nima? Yo Rasululloh deb so'rashganlarida husnul xulq deganlar. Go'zal xulq deganilar. Ro'parangda turgan mo'min birodarining axloqi, seni axloqingdan balandmi? Demak uni iymoni ham baland deyiladi. Ukalar, xulq dinimiz. Ma'qulmi? Soqolni qo'yib sigaret chekib turgan ukalarni ko'ramiz. Mashinada shunday tikka o'tib ketyapti qizilga. Katta gapirsa kattani gapini olmaydi, kichkinaga rahm shafqati yo'q.
Tushundinglarmi ukalar? Xulqinglarni go'zal qilinglar. Xulqinglarnini go'zal q ilinglar. Chunki xulq ajoyib narsada. Masalan, nimada yuribmiz to'qson to'qqiz foiz odam ko'chada? Nimada yuribbmiz? Bola chaqa, tirik. Ana shu tirikchiliginglarni zo'r bo'lishligi, rizqinglarda barakot bo'lishingga ham xulqni to'g'ridan to'g'ri aloqasi bor, ishonavoringlar.
Olamlar uchun rahmat qilib yuborilgan Muhammad alayhissalomning birodarlar bundan boshqacha bo'lishi mumkin emas edi. Alloh Taolo aytadi: Astabiilla, voma arsalna aka illa rahmatan li la alamin. Biz sizni, ey Muhammad alayhi assalom, butun olamlarga ayni rahmat qilib yiborganmiz. Muhammad alayhissalom bu borliq uchun rahmat birodarlar. Faqatgina musulmonlarga emas, umuman hamma insonlarga. Faqat inson toifasiga emas, jamoat oddiy olamiga ham, tog'u toshga ham, suvga ham, hayvonlarga ham, bu borliqdagi hamma narsa uchun Alloh Taoloning rahmati.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'zlari bu haqida aytadilar: Abu Hurayra roziyallohu anhudan: Innama'na rahmatun muhdatun. Albatta men hadya qilingan rahmatman. Hadya qilingan. Alloh taoloning bu borliqqa hadya qilgan rahmati bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari mu'minlar uchun ibrat namuna hisoblanadi. Biz rasulullohni hayotini o'qib o'rganib, u zotning sunnatlarini o'rganib. Hayotimizda qo'limizdan kelganicha tadbiq qilishga harakat qilishimiz kerak.
U zotning xulqlarida nima bo'lgan? Barcha yomon so'zlardan, ishlardan tiyilish. Odamlar bilan muomalada ovozini baland ko'tarmaslik, kechirimli bo'lish, zimmasidagi vazifani bajarishda sustkashlik qilmaslik, ko'p kulmaslik, hojatmandlarni hojatlarini ravo qilishga shoshilishlik, oilasiga uy ishlarda ko'mak berish, hayitlarda, to'ylarda eng yaxshi kiyimlarni kiyish, oz ovqat bilan kifoyalanishlik, ortiqcha maqtovga rozi bo'lmaslik, birovga aziyat berish mumkin bo'lgan so'zlarni hazillashib ham aytmaslik, do'stlarini birontasiga ham yomon ko'z bilan qaramaslik, shirin so'zli bo'lish, faqat rost Gapni gapirish, insonlarga ham, hayvonlarga ham rahm shafqatli bo'lish, baxillik qilmaslik, tungi uyquda erta yotib, erta turish, jamoat nomusiga kechikmaslik, g'azabi kelganda a'uzubillahi minash shaytoni rohim deyish, ko'p gapirishdan tiyilish, qur'oni karimni tushunib, tadabbur bilan qanoat qilish va o'zgalarni tilovatini ham tinglab yurish, doim xushbo'yliklar ishlatib yurish, doimo isboga ishlatib yuriish, shijoatli bo'lish, o'zining zarariga bo'lsa ham haqni gapirish, insonlarning
Nasihatlarini qabul qilish, ayollari va farzandlar o'rtasida adolat bilan ish yuritish, insonlarining aziyatlariga sabrli bo'lish, o'zi uchun yaxshi ko'rgan narsani boshqalarga ham ravo ko'rish, salomni ko'paytirish, kiyimlari, soch soqollarini orasida tutish. Aquli quvli had va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malayka tahuf yu salluna ala nabi. Ya yu halladina a'manu sollu alayhi va sallimut aslima. Assalomu alaykum.