Maviza
—Qoralama23 daq

Boshqa (alohida ma'ruzalar)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
22:49
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tavfiruh. Va na'ufovillahi men surur ya'nfu sinavamin sayyi'ati amalina. Men yahdihillah hu falah mudir lala. Va men yudlihuhu falah hadiyalar. Va nashxadah la ilaha illallohu vahda hu la sharikala. Va nashxadi anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Siz bilan bizning hamshahrimiz Sirojiddin O'shining Badul Amoli asarini o'qiyapmiz. Bu ahli sunna va jamoaning Moturidiy aqida maktabini ko'zga ko'ringan to'rtta kitobdan bittasi. Faxrlanishayimizga arziydi siz bilan bizning ham shaharimiz. Sirojiddin oshi yigirma yettinchi paytda aytadi, va haqqun amru birojin va sidqun fafixiy nas su axbari avvaliy. Ma'no jihatdan tarjimasi, meroj ishi haq va rostdur. U haqida oliy xabarlarning bayoni bo'lgani sababli. Nazmiy bayoni, meroj voqeasi haq va rost deb bil oliy xabarlarda kelgandir dalil. Bu paytda sirojiddin o'shi ahli sunnaval jamoaning mana shu isro va meroj voqeasiga bo'lgan e'tiqodini bayon qilgan. Ma'lumiylar, rasululloh sollallohu alayhi vasallamni alloh azza va jalla ikrom qilishni xohlagan vaqt kelganida, makkayi mukarramadan baytil maqtisga isro hodisasini berdi. Ya'ni isro degani tungi sayr degani.

Va u yerdan baytil maqdisdan yettinchi osmonga ko'tarildi. Alloh azza va jalla ana shu g'ayb olamidagi narsalarni u zotni ko'rsatdi va u zotga bir ikrom ko'rsatdi. Mana shu paytda payg'ambarimizning hayotidagi eng ulug' hodisalardan biri meroj voqeasi to'g'risida sahih xabarlarda bayon qilinganidek, e'tiqod qilishlik, lozimligi uqtirilyapti.

Isrofo meroj voqeas to'g'risidagi birodarlar juda ko'p kitoblar yozilgan. Mana shu isro va meroj voqeasining tafsilotlari unda bayon qilingan. Isro va Meroj. Isro degani tungi sayr degan ma'noni bildiradi, lug'aviy jihatidan. Endi istilohiy jihatidan, Rasulullohning Makka shahridan Quddusga tungi sayri Isro deyiladi. Mana shu istilohiy ma'no so'radi. Endi Merojchi? Meroj Nabiy sollallohu alayhi vasallam o'sha kechani o'zida Mashridul aqsog'dan oliy samolarga, keyin Sidrotul mutaxoga ko'tarilishligi aytilinadi. Va ana shu kechani o'zi yo Baytul maqtisga qaytganligi xabarlari berilgan. Endi Meroj deganda nimani tushunamiz desa, insonni pastdan yuqoriga ko'taradigan asbobga Meroj deyiladi. Bu narvon deysizmi, lift deysizmi, kran deysizmi, nima bor yana inson yuqoriga ko'tariladigan? Mana shu narsalar Meroj deyiladi. Lekin Payg'ambarimiz osmonga ko'tarilish uchun keltirilgan Merojni qanday ekanligini biz aniq ayta olmaymiz. Chunki rostlar aytadilar, so'ngra Meroj keltirildi, uni ta'riflagani go'zalligini. Tilim ojizlik qiladi, deydilar.

Merojning go'zalligini ta'riflagani tillar ojiz bo'ladi deganlar. Endi meroj g'ayb olamining narsalaridan bo'lganidan keyin, u g'aybiy narsalarning hukmi qatorida shaklini, holatini, rangini, qandayligini bilishga urinib, aqlini qiynash durust emas. Rasululloh aytdilar, meroj osmonga ko'taradigan narsa ekan, juda ham go'zal ekan, tamom.

Chunki atrofimizdagi narsani uchta doiraga bo'ldik. Mana asmol, husnol darslarida. O'zi ham bor, izi ham bor bo'lgan narsalar. O'zi yo'q, lekin izi bor bo'lgan nasalar. O'zi ham, izi ham yo'q narsalar. Uchga bo'linadi atrofimizdaki narsalar. O'si ham bor, izi hamm bor narsalarni idrok qilishlik, beshta his qilish a'zoyimiz bilan bo'ladi. Ko'ramiz, ushlab ko'ramiz, hidlab ko'ramiz va hokazo. Ikkinchisi, o'zi yo'q, lekin izi bor. Bu narsalarni idrok qilishingda aql bo'ladi asbob. Ya'ni, mashinani g'ildiraganda izi turibdi. Mashina o'zi yo'g'i, lekin izi turibdi, demak aqlingizni ishlatdi, mashina bor deysiz. Endi uchinchi doira, bu g'ayb xabarlari. O'zi ham yo'q, izi ham yo'q. Bularni idrok qilishlikdagi asbob sodiq xabarlarni tasdiqlash. Inson qabrga qo'yiladi, qabri ko'z yerdan yetadiganchalik kengaytirib qo'yilad, aqlga sig'mayapti. Qanaqa qilib kengayadi? Ikkita farishta kiradi, gurzuni ko'tarib boshiga chopadi, qanaqa qlib ko'taradi? U yerda bitta odam zo'rg'a tiqilib yotadi yu. Siz ma'novi narsani yoki ma'novi ikkinchi doiradagi narsa bilan g'ayb olamini idrok qilishlikka harakat qilmang.

Bizni qopilardan farqimiz ham shunda da. Qiyomatni kim ko'rib kelibdi? Jannatni kim ko'ribdi, do'zaxni kim ko'ribti? Qabrdagi hisob kitobni kim ko'ribd? Biz mana shu Payg'ambarimiz aytgan xabarlarga tasdiqlaganligimiz uchun, muammomiz boshqalardan farqimiz bor. Meni rozi ham shular qatorida. Rasululloh mana bunday, mana bunday dedilarmi? Tamom, o'shanday ekan. Unga kelishmaymiz.

Ammo istaloqda ko'tarilish ma'nosidagi masdariy ma'no iroda qilingan bo'ladi. Endi savol bor. Isro ham, Meroj ham bir kechada bo'lganmi yoki alohida alohida bo'lganmi? Qaysi biri avval bo'lgan, qaysi biri keyin bo'lgan? Agar alohida bo'gan bo'lsa. Isro va Meroj voqeasi Payg'ambarimizning uyg'oqliklarida bo'lganmimi yoki uxlayotganlaridanmi? Payg'ambarimiz bilan bu Isro va Meroj voqeasi bir marta bo'lganmi yoki ko'p marta bo'lgandi?

Bu haqida turli fikr mulohazalar bor. Isro va Meroj voqeasi qachon bo'ldi degan savolga olti xil qarash bor. Mana kitoblarimizda olti xilqarash bor. Rasululloh o'ninchi yilda, nubuvotni o'ninchi yilida, Hadisha onamiz vafot etdilar, orqasidan Abu To'lib. Hadichonimiz Payg'ambarimizning uyiga kirganda qalbiga taskin berib turadigan, qo'llab turadigan tirigi edi. Undan tashqari boy ayol edi, Rasulullohni tirikchiligini yopib qo'ygan edi muammosini. Tirikchilik g'ami bo'lmagan Payg'ambar bizda, Payg'ambar bo'lganidan keyin. Ungacha tijorat qilganlar o'zi.

Ko'chada Rasulullohga har kim ozor aziyat yetkaza olmas edi. Faqat kurashning zodagonlari, sayyidlar ulug'lari. Abu To'lib vafot etganidan keyin, endi Rasulullohga qurashni to'g'ri kelgan odami kelib, ozor beradigan boshladi. Payg'ambarimiz aytadilar, menga qurashdan haqiqiy aziyat Abu To'lib vafhot etgandan keyin yetdi deganlar. Mana odamlardan iborat ikkita suyanchig'i Rasulullohni vafot etdi.

Qurash umuman da'vat qilishni nima qilib qo'ydi? Toifga chiqib da'vat qilib kelganida toshbo'ron qilib haydashdi Toifliklar. Makkaga kirgani xavotir bilan turibdilar. Mut'ibn Adiydan himoya so'rab kirdilar Makkaga. Mana shunday holatda Alloh Taolo Payg'ambarimizga ikrom ko'rsatishni xohladi. Qaranglarda. Toshbo'ron bo'lib Toifdan chiqib, ana shu Utuba bilan Shaybani bog'iga kelib, Robbisiga duo qilgan edi. O'n yilda duo qilgan edim. Parvardigor, mazmunan, meni kimga tashlab qo'yasan? Oxiri ko'rinmaydigan yo'lgami, rahm qilmaydigan dushmangami, holini bayon qilib turib, nima uchun bu narsalarni menga berding demagan. Holini bayon qilib turib, Parvardigor, ofiyating yaxshiroq da deb turib, Allohda ofiyat so'radi. Va Payg'ambarimizga Alloh Taolo shu yerda tasalli berishni boshladi. Birinchisi, addos kelib iymon keltirdi. Tasalli.

Tog' farishtalari keldi Jabr alayhissalom bilan. Pachaqlab tashlaymiz agar xohlasangiz mana shu mushriklarni. Ikkinchi tasalli. Mana shu tasalliklar qatorida Alloh Taolo Payg'ambarimizni yettinchi osmonga ko'tardi. Hech qaysi Payg'ambarga bermagan maqom martabani berdi. Bu isro va meroj voqeasi Alloh Taoloning Payg'ambarimizga bergan tasallisi edi. Payg'ambarimizning ko'nglini ko'tarishi edi.

Demak, bir kechada bo'lganmi yoki bir necha kechada bo'lganmi? Rasululloh uxlayotganda bo'ldimi, uyg'onligida bo'ldimi? Ikkalasi bir bo'ldimi, alohida alohida bo'ldimi, uxlayotgandami yoki uyg'onligidami? Bunda turli qarashlar isro va meroj haqida kelgan rivoyatlarda bayon qilingan voqealar sababidan kelib chiqqan.

Ana shunday voqealardan birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Payg'ambarlarni ko'rganligi haqida xabar berganlar. Bu haqida mulohazalar quyidagicha bo'lgan. Rasululloh sallallohu aleyhi vasallamning isro va meroj kechasida Payg'ambarlarning ko'zlari bilan ko'rganlar rivoyat qilingan. Yana u zotning barcha Payg'ambarlardan samoida ham ko'rgani zikr qilingan. Rasululloh burov otini minib turib, Baytul Maqdisga kelganida, hamma Payg'ambarlarni Alloh Taolo tiriltirib, ruhi bilan, jasadi bilan Baytul Maqdisga, Masjidul Aqsoyga tizib qo'ygan edi. Va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga imom bo'lib namoz o'qiganlar. Mana tasallini qarang. Bitta joyda bitta payg'ambarda bo'lishi qanaqa barakot, xayriyat. Endi bir joyda hamma payg'ambarlar Odam alayhissalomdan, Iso alayhissalomgacha qancha payg'ambar kelgan bo'lsa, hammasini Alloh safga tizib qo'ygan edi. Bu qanaqa ikrom, qanaqa izzat?

Shunga ko'ra ba'zilar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tunda sayr ettirishlari uyquda bo'lgan deb saxiy xabarlarni rad qilishadi. Chunki ular og'ir vazmin narsani yuqoriga harakatlanishi va o'likni tirilishi odatga xilof deb bilishgan. Lekin ulamolar mana shu saxiy xabarlanni qabul qilish lozimligini aytishgan. Ha, og'ir narsani yuqoriga ko'tarilishi, og'ir narsa pastga tushishiga o'xshagan narsa. Jabror alayhissalom mana yengil bo'lishiga qaramasdan pastga qarab tushgan. Endi xuddi shunga o'xshagandek, Muhammad alayhissalom ham og'ir vazmin bo'lsa ham yuqoriga yo'qotishligi aqlga to'g'ri keladigan narsa. Chunki osmonlar yerni ustunsiz yaratib qo'ygan Allohga vazmin narsani tevaga ko'tarishiga, ko'tarib bo'lishlikka qodirligi hech kimga sir emas. O'liklarni tiriltilishiga Alloh Taolo uchun hech narsa emas, birodarlar. Alloh taoloni qudratiga, vazmin nasani o'sha darajaga ko'tarishlik qiyinchilik tug'dirmaydi. Yana payg'ambarlarni vafot etib ketgan bo'lsa ham, qayta tiriltirib, bir safga namozga tizib qo'yishligi Alloh taolo uchin ham nima? Oson bo'ladi.

Imomi Jaloliddin Suyuti Isro va Meroj haqida shunday deydi. Mufassirlar, muhaddislar, fuqaholar va mutakalamlarning barchalari Isro va Merojning uyg'oqlikda bir kechada bo'lganiga ittifoq qilganlar. Bu haqida ochiq oydin sahih xabarlar kelgan. Qur'oni Karimda bu haqida shunday deyiladi.

Isro Makkadan Baytul Maqdisga sayr qilish Qur'on oyati bilan sobit bo'lgan. Endi Rasulullohning Baytul Maqdisdan yettinchi osmonga ko'tarilishligi hadislar bilan sobit bo'lgan. Shuning uchun kim Isrofni inkor qilsa, kofir bo'ladi. Chunki Qur'on oyatini inkor qilgan bo'ladi. Endi kim Merojni inkor qilsak, kofir bo'maydi, fosiq bo'ladi, bid'atchi bo'ladi.

Alloh azza va jalla Isrof surasida shunday deydi. Audhu billahi minash shaytoni rohi bismillahir rohmanir rohiym. Subhanalladiy asrobiy abadihiy laylan minal masjidil haromi ilal masjidil aqso. Alladiy barokna havlahu li nuriyahumi min ayatina innahuu huvas samiyul bosir. O'z bandasi Muhammad alayhissalomni. Unga mo'jizalarimizdan ko'rsatish uchun Makkadagi Masjidul Haromdan Quddusdagi biz atrofini barakotli qilgan Masjidi Aqsoyga tunda sayr qildirgan zotga tasbeh aytilur. Mana Isrof voqeasi Makkadan Quddusga bir kechada safar qilishligi, sayr qilishligi Qur'on oyati bilan sobit bo'ldi. Kim Isroni yo'q desa, kofir bo'ladi.

Mana tasbeh aytiladi. Tasbeh birodarlar ulug' ishlar qarshisida aytilinadi. Subhanalloh dedingizmi? Demak ulug' ish bo'ldi. Endi, agar Payg'ambarimiz Makkadan Baytul Maqdisga Isro kechasida sayr qilishi, uyqusida bo'lib, u zotni faqat ruhi bilan bo'lganida, bu ishda alohida bir ulug'lik bo'lmas edi. Qurash ham bu narsani darrov inkor qilishga shoshmas edi. Endi banda deganda birodalar ham jasadi, ham ruhi tushuniladi. Agar isro hodisasi rasulullohning ruhini o'zi bilangina bo'lganida, jasadi bilan emas, bandasini ruhini sayr qildirgan zot deyilgan bo'lardi. Oyatda bandasini dedi. Banda dedimi? Jasadi ham ruh ham tushuniladi . Shundan kelib chiqib turib birodalar biz Rasulullohning Isro va Meroshi voqeasi ham jasadi, ham ruhi bilan bo'lgan deb e'tiqod qilamiz.

Qolaversa, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam makkadan baytilmaqtisga safari bo'roq otini minib bo'lgan. Bo'roq otni minib bo'lgandi. Endi Bo'roqqa birodarlar ruh mindirilmaydi, jasadi bilan ruhi bilan bo'sgan Muhammad alayhissalom mindiriladi. Demak mana shulardan ma'lum bo'lyaptiki, Rasululloh ham jasadi, ham ruhi bilan mana shu sayrda bo'lganlar.

Endi savol tug'iladi. Alloh Taolo yettinchi osmonga Payg'ambarimizni ko'tarmoqchi bo'lgan bo'lsa, nimaga Makkadanlar ko'tarib qo'ymasdan Baytul Maqtisga olib bordi? Baytul Maqtinisga olib borishligining hikmatin. Isro va Meroj kechasida avval Baytil Maqtisga borib, keyin samoga ko'tarilish haqida shunday deyiladi kitoblarimizda. Baytil Maqtiska olib borilishida Rasulullohning Meroj haqidagi so'zlarini rost ekanligini izhor etish hukumati bor. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkaga qaytib kelib, bugun kechasi Baytil Maqtnisga borib, ertalab qaytib keldim deganida Qurish ishonmadi.

Agar u zot Makkadan to'g'ri ko'tarilib osmonga chiqib tushganida, osmon xabarini aytsa qabul qilmasligi aniq edi. Endi nimaga borildi? Rasulullohning rost gapirganligini isbotlashiga imkon bo'lishi uchun. Rasululloh Baytul Maqtisga borib keldim dedilar, ertalab hali yettinchi osmonga chi qani aytmagan edilar. Shunda Kurash yig'ilib kelib, u zotni yolg'onchi qilmoqchi bo'lishdi. Biz bir oyda borib keladigan masofaga, bir kechada borib keldingmi? Aqlga sig'maydi yu deyishdi da, baytil maqdisga borib, majidul aqsoni ko'rib kelgan odamlar bor edi qurashni ichida, savdo bilan borib kelgan. Shular Rasulullohni yolg'onchimi, rostgo'ymi tekshirishlik uchun Majidul Aqsoni sifatlab ber bizga deyishdi. Chunki Abu Bakr Siddiq aytgan edi, yo Rasululloh, siz Baytul Maqdisga, ya'ni Masjidul Aqsog'a bormagansiz, umringizda, ammo ichimizda ana shu Majlisni ko'rib kelganlar bor, sifatlab bering dedilar.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga Majlisul Aqsoni sifatlab berdi. Demak, avval Makkadan Baytul Maqdiysga borib, keyin osmonga chiqib ketganligini bitta hikmati, Qurish so'raydigan bo'lsa, isbotlashligi uchun. Undan tashqari, ana shu Baytul Maqtisdan qaytib kelayotganlarida yo'lda karvonni xabarini berdilar Rasululloh. Ularni suvini ichib qo'yganligi, ichidan bitta tuyasi qochib ketganligi va Rasululloh osmondan turib ularga tuyalar falon joyda deganliklarini aytdilar.

Necha kunda keladi bu karvon? Deyishganida Payg'ambarimiz uch kun yoki besh kun dedilar. Karvonni boshlab kelayotgan oldidagi katta tuya rangi manaqa, sifati manaqa, jabdullari manaqa deb aytib berdilar. Qorayish chiqib, Rasulullohni gapini rost ekanligini ko'rishdi. Lekin qabul qilishmadi. Demak, nimaga Baytul Maxtisdan ketdi desa osmonga, o'sha yerda bo'lgan narsalarni keng aytib berganda, qorayishga nima bo'lsin? Dalil hujjat bo'lsin.

Payg'ambarimiz yettinchi osmonga Sidratul Muntahogacha ko'tarib borishligi, u zotning ham ruhi, ham jasadi bilan bo'lganligiga dalil bor. Astadibillah. Valaqodiru ahu nazlatan uxro, aynda Sidratul Muntoho, ayndaha jannatul ma'va. Najm so'rasin. Va darhaqiqat, uni boshqa safar ko'rdi. Sidratul Muntoxo oldida. Payg'ambarimiz Jabr alayhissalomni yigirma uch yillik muddat ichida turli ko'rinishlarda kelganligini ko'rganlar. Masalan, o'sha Arbaina Navoiy va kitobimizdagi ikkinchi hadisda soch soqoli qop qora, kiyimlari oppoq, notanish kishi suratga kirib keldi, Jabr alayhissa salom odam suratida.

Banu Xurayza g'azotiga da'vat qilib, Jabr alayhi assalom sahobalaridan dehiyetal kalbini suratiga kirib keldi va boshqa o'rinlar. Ammo Rasululloh Jabr alayhissalomni asl o'zini qanday yaralgan bo'lsa, shu suratida ikki marta ko'rganlar. Bir marta vahiyni olganida Makkada, ikkinchisi ana shu yettinchi osmonda Sidratul Mutaxoni oldida. Shuning uchun Alloh Taolo aytyapti va dar haqiqat uni Jabr alayhissa salomni, Muhammad alayhissa saloh boshqa safar ko'rdi Sidratul Mutaxo oldida. Uning huzurida ma'vo jannati bor. Demak, Rasululloh ikki marta ko'rgan, ko'rishlik uchun Rasululloh ham jasadi bilan, ham ruhi bilan o'sha yerda bo'lishligi kerak.

Mashhur vatandoshimiz Najmiddin Nasafiy isrof va meroj haqida shunday yozgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uyg'oqligida jismonan samoga ko'tarilishlari, so'ngra Alloh xohlagan oyliklarga yuksatilishlari haqdir. Alloma Taftazoniy aytadi, mazkur matnlarni sharhlab, Majidul Hanomdan Baytul Maqdisga qilingan isro Qur'on bilan sobit bo'lgan xabar. Yerdan samoga ko'tarilishi mashhur xabar, samodan jannatga yoki arshga yoki undan boshqa joyga ko'tarilishlari ohad xabardir. So'ngra to'g'risi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam robbilarini qalblari bilan ko'rganlaridir, ko'zlari bilan ko'targan emas.

Safiyu rahmon Muborakforiy rohi xil maxtumda mana shu isrof va meros voqeasi qachon bo'lgan degan masalaga olti xil qarashni keltiradi javob qilib. Birinchisi, isrof Alloh uzodni nubovotga musharraf etgan yili bo'lgan deydi. Ya'ni Payg'ambar bo'lgan yili ko'rdi deb aytadi. Ikkinchi fikr, payg'ambar buvazg'andan keyin besh yil o'tib bo'ldi deydi. Uchinchi fikr, nubovatning o'ninchi yilida rajabning yigirma yettinchi kechasida bo'lgan deyiladi. To'rtinchi fikr, hijratdan o'n olti oy oldin, nubovatining o'n ikkinchi yili, ramazon oyida bo'lgan, deyiladi. Beshinchi fikr, hijdatdan bir yil ikki oy oldin, nubevatning o'n uchinchi yili, muharram oyida bo'lgandi deyiladi va oltinchi fikr, hijratdan bir yil oldin, nubovotning o'n uchinchi robiyul avval oy, o'n uchincha yili robiyul avval oila bo'lgan deydi. Keyin so'zda davom etib aytadi bu alloma. Isro surasida isro qissasi bitta oyatda zikr qilingani, so'ngra mana isroil va ularning buzg'unchiliklari haqida so'z yuritilgani, keyin qur'onning eng to'g'ri yo'lga hidoyat qilish haqidagi xabar berilgani hamda bu oyatlarning orasidagi bog'liqliklar va ularning hikmatlari haqida atroflicha so'z yuritib, oxirida aytadiki, ushbu hikmatlarga ko'ra isro birinchi aqaba bay'atidan salgina oldin yoki ikki aqaba bay'atlarni orasida bo'lgan deyiladi.

Demak, isro voqeasi makkadan mashidul aqsog'ga ko'chishligi isrof, oyat bilan sobit bo'ldi. Rasulullohning baytil maqdisdan yettinchi osmonga ko'tarilganligi rasulullohning hadislari bilan sobit bo'ti. Isrofni inkor qilgan odam kofir bo'ladi. Merojni inkor qilgin odam fosiq bo'ladi.

So'f ollohyor bobomiz aytadi, yaqin bilgil, ana merojin ey yor, tani birlar edi, ham erdi bedor. Habibin har nechuk qilsa sarafroz, xudoni rahmati ko'pdur emas oz. Ya'ni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni Meroj kechasida uyg'oq holda bo'lganligi, ham ruhi, ham tanasi bilan bo'lganligiga haq deb bilgin. Zero Alloh Taolo o'zini suyukli bandasini xohlaganicha izzat ikrom qilishi mumkin. Buni hech qanaqa ajablanarli joyi yo'q.

Xulosa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Isro va Meroj hodisasi haq. Biz bunga iymon keltiramiz. Isro Makkadan Baytul Maqdisga qilingan tungi sayr, bu Qur'on oyati bilan sobit bo'lgan. Uni inkor qilgan odam kofir bo'ladi. Rasulullohning Baytul Maqdisdan yettinchi osmonga Sidratul Mutaxoga ko'tarilganligi va mana shu g'ayb olamida ko'rgan narsalar Rasulullohning hadislari bilan sobit bo'lgan. Buni inkor qilgan odam fosiq, fojial bo'ladi, ammo kofir bo'lmaydi.

Aquli qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malaka tohi yu salluna alannabi. Ya yu halladina amanu sollallohu alayhi va sallimu taslima.

Keyingi darsni tinglashBoshqa (alohida ma'ruzalar)